Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Qarsak chalmoq xotinlarga hos qiliq ekanligi haqida
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-bob. Namoz o‘qiyotib orqaga tisarilgan yokim biror sababga ko‘ra oldinga (namozxonlarning oldingi safiga) o‘tib olgan kishilar haqida
- 7-bob. Namoz o‘qiyotgan bolani onasi chaqirib qolsa...
- 8-bob. Namoz o‘qiyotib sajda qilinadirgan yerni mayda toshlardan tozalab tashlamoq
- 9-bob. Sajdaga bosh qo‘yiladirgan yerga kiyimini yozib qo‘ymoq
- 10-bob. Namozda qanday harakatlar qilmoq joiz bo‘ladir
- 11-bob. Namoz o‘qiyotgan odamning uloni bo‘shab (echilib) ketsa...
- 12-bob. Namozda tupurish va uf tortish haqida
- 13-bob. Erkak kishi, mumkin emasligini bilmasdan imomni biror narsadan ogohlantirmoq uchun kaftini kaftiga urib ovoz qilsa, namozi buzilmaydir
- 15-bob. Namozda salomga alik olinmaydir
- 16-bob. Namoz o‘qiyotib biror zarurat bilan qo‘lini tepaga ko‘tarmoq haqida
- 17-bob. Namozda qo‘lni belga qo‘yib turmoq joiz ermas
- 18-bob. Namoz o‘qiyotib boshqa bir narsa haqida fikr yuritmoq
- 19-bob. Sajdai sahv haqida (namozning ikkinchi rak’atida o‘tirmasdan turib ketgandagi xatoni tuzatmoq uchun kilinadigan sajda)
- 20-bob. Agar namozxon to‘rt rak’atli namozni besh rak’at qilib o‘qib qo‘ysa...
- 21-bob. Namozxon ikkinchi yoki uchinchi rak’atda bilmay salom berib qo‘ysa, odatdagi sajda kabi yoki undan uzoqroq yana ikki marta sajda qiladir
- 22-bob. Sajdai sahv qilgandan so‘ng «At-Tahiyyot» ni o‘qimay salom bergan kishi xususida
- 23-bob. Namozda yanglishgan odam har ikkala sajdai sahvda takbir aytadir
- 24-bob. Uch yoki to‘rt rak’at o‘qiganini unutsa, sajdai sahv qiladir.
- 26-bob. Birov namoz o‘qiyotgan kishiga gapirsa-yu, u: «nari turg‘il!»-deb
5-bob. Qarsak chalmoq xotinlarga hos qiliq ekanligi haqida
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tasbih aytmoq erkaklarga, qarsak chalmoqersa, xotinlarga xos odatdir! » - deganlar (bu yerda imomni ogohlantirmoq uchun chapak chalib ovoz chiqarmoq nazarda tutilgan)».
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tasbih aytib (imomni) ogohlantirmoq erkaklarga , kaftni kaftga urib odaz chiqarib (imomni) ogohlantirmoq xotinlarga xos odatdir»,- deganlar».
Sahl ibn Sa’d bu haqda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to‘g‘rilaridagi hadislarda rivoyat qilganlar.
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Seshanba kuni musulmonlar Abu Bakr Siddiq imomligida (Rasululloh betob erdilar) bomdod namozini o‘qishayotgan erdi. Shu layt Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oisha onamizning hujralaridagi pardani Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 237
ochib, ularga jilmayib qarab qo‘ydilar. Abu Bakr Siddiq, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga chiqmoqchilar, deb o‘ylab, joy bo‘shatmoq maqsadida orqalariga tisarildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rib xursand bo‘lib ketgan musulmonlar namozni buzib qo‘yay deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni davom ettiringiz, degan ma’noda ishora qildilar-da, pardani yopib qo‘ydilar. Ul zot shul kuni vafot etdilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Menga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam quyidagi voqeani rivoyat qilib bergan erdilar»,- deydilar. «Bir bola o‘z hujrasida (namoz o‘qib) turgan erdi. Shu payt onasi: «Ey Jurayj»,- deb chaqirib qoldi. Bola (onasining ovozini eshitgach): «Ilohi, chiqayin desam, namoz o‘qimog‘im kerak, chiqmayin desam, onam chaqirmoqdalar, ne qilsam erkan?» - dedi. Onasi: «Ey Jurayj»,- deb ikkinchi marta chaqirdi. Bola yana: «Ilohi, chiqayin desam, namoz o‘qimog‘im kerak, chiqmayin desam, onam chaqirmakdalar, ne qilsam erkan?» - dedi. Onasi: «Ey Jurayj»,-deb uchinchi marta chaqirdi. Bola yana: «Ilohi, chiqayin desam, namoz o‘qimog‘im kerak, chiqmayin desam, onam chaqirmakdalar, ne qilsam erkan?» -dedi. Onasi: «Ilohi, Jurayj fohisha xotinlar yuziga nazari tushmay o‘lmasin!» -deb qarg‘adi.
Jurayjning hujrasiga bir cho‘pon xotin kirib-chiqib yurar erdi. Bir kuni shu xotin tug‘ib qo‘ydi. Xotindan: «Bolani kimdan tug‘ding?»- deb so‘rashdi. Xotin: «Jurayjdan» ,— dedi. Buni eshitgan Jurayj hujrasidan chiqib kelib: «Bolani mendan tuqqanman, deyayotgan xotin qani? » - dedi, so‘ng bolaga qarab: «Ey go‘dak, otang kim? »- deb so‘radi. «Otam qo‘yboqar cho‘pon»,- dedi chaqaloq (Jurayj namozni onasidan ham ustun qo‘ygani uchun Olloh taolo unga ana shundoq karomat ato qildi)».
tashlamoq
Mu’ayyiqib raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajdaga bosh qo‘yiladirgan yerni mayda toshlardan tozalab tashlayotgan kishiga: «(Namoz davomida) bir marta shundoq qilmog‘ing mumkin»,-dedilar».
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga jazirama issiqda namoz o‘qiyotib, yerning nihoyatda qizib ketganligidan birortamiz ham sajdada peshonamizni yerga tekkizolmay qoldik. Shunda kiyimimizni sajdagohga yozib qo‘yib, o‘shaning ustiga sajda qildik».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiyotganlarida qibla tomonlarida oyog‘imni uzatib yotgan bo‘lardim. Sajda qilayotganlarida oyog‘imni yig‘ishtirib olardim, sajdadan bosh ko‘targanlarida ersa, yana uzatib yuborar edim (qorong‘uda)».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 238
namoz o‘qib bo‘lib, bunday dedilar: «Namoz o‘qiyotganimda shayton paydo bo‘lib, namozimni buzmoq niyatida menga hamla qildi. Olloh taolo madadi birlan uni daf qilmakka muyassar bo‘ldim. Ertalab sizlar ko‘ringiz, deb uni tutib masjidning ustuniga bog‘lab qo‘ymoqchi bo‘lganimda, Sulaymon alayhissalomning «Ilohi, meni shundoq bir narsaga ega qilgilkim, toki mendan keyin unga hech kim muyassar bo‘lolmasin!»- degan gaplari yodimga tushdi. Shunda Olloh taolo shaytonning umidini puchga chiqarib quvib yubordi».
Qatoda raziyallohu anhu: «Namozxon kiyimini o‘g‘ri olib qochsa, namozni qo‘yib, o‘g‘rini quvlag‘aydir»,- deydilar.
Al-Azraq ibn Qays rivoyat qiladirlar: «Ahvoz degan yerda xavorijlar birlan urushayotgan erdik. Men daryo bo‘yida turgan erdim, Bir vaqt, bir kishining oti yuganini ushlab turgan holda namoz o‘qiyotganiki ko‘rib qoldim. Oti kuchlilik qilib uni joynamozdan nariga sudrab keta boshladi». Mazkur rivoyatni Shu’ba raziyallohu anhu bunday deb davom ettiradilar: «O’sha namozxon Abu Barza. al-Aslamiy bo‘lib, uni xavorijlardan bir kishi: «Ilohi, bu cholni baloga giriftor qilg‘il!» - deb duoibad qildi. Abu Barza namozini tugatgach: «Men sizlarning gapingizni eshitdim. Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bmrlan birga olti (yokim yetti, yokim sakkiz) yil g‘azot qildim, ummatlariga namoz xususida bir qancha yengillik berganlarini ko‘rdim. Otim sudrab ketayotgan bo‘lsa ham, namoz o‘qiganim afzal, chunkim uni o‘z holiga qo‘yib yuborsam, o‘tlab uzoqlarga ketib qolg‘aydir»,- dedi».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Quyosh tutildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib uzun sura o‘qidilar, so‘ng ruku’ qildilar, ruku’da uzoq turdilar, keyin ruku’dan bosh ko‘tarib, boshqa bir surani o‘qiy boshladilar. So‘ng ruku’ qilib, sajda qildilar-da, birinchi rak’atni yakunladilar. Ikkinchi rak’atni ham shu tariqa o‘qidilar. Keyin, bizga qarab: «Quyosh birlan Oy Olloh taolo qudratining ikki dalilidir. Ularning tutilganini ko‘rsangiz, tutilib bo‘lguncha namoz o‘qingiz! Mana shu yerda turib menga va’da qilingan hamma narsani ko‘rdim. Qo‘limni uzatib oldinga intilayotganimni ko‘rgan vaqtlaringizda men jannatdan bir meva uzib olmoqchi bo‘lgan zrdim, orqamga (cho‘chib) tisarilganimda ersa, ja~ hannam o‘tining gurillab yonayotganini ko‘rgan erdim. Jahannamda Amr ibn Luhoni ko‘rdim, ul (hayotligida uy) hayvonlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygan odam erdi»,- dedilar».
Abdulloh ibn Amr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilganda namoz o‘qiyotib uf tortdilar», - deydilar.
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidning qiblaga qaragan deyuridagi tupukni ko‘rib, masjid ahlidan xafa bo‘lganlaridan: «Namoz o‘qiyotganingizda Olloh taolo har biringizning ro‘parangizda bo‘lg‘aydir, shuning uchun qiblaga qarab tupura ko‘rmangiz! » - dedilar-da, muborak qo‘llariga bir tosh olib devordagi tupikni qirib tashladilar». «Qaysi biringiz tupurmoqchi bo‘lsangiz, chap yoningizga tupuringiz!»- deydilar Ibn Umar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 239
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namoz o‘qiyotgan har bir mo‘min o‘z rabbi birlan suhbatlashg‘aydir. Shuning uchun old tomoniga va o‘ng yoniga tupurmasin, chap yoniga yokim oyog‘ining ostiga tupursin!» - dedilar».
ogohlantirmoq uchun kaftini kaftiga urib ovoz qilsa, namozi buzilmaydir
Yuqorida Sahl ibn Sa’dning shunga doir hadisi keltirib o‘tilgan. 14-bob. Agar namozxonga «oldinga o‘tg‘il yokim kutib turg‘il!» deyilsa, kutib turgani ma’qul
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qiyotgan odamlar izorlarini kichikligidan bo‘yinlariga tang‘ib olishar erdi. Shunda xotinlarga: «Erkaklar batamom o‘tirib olgunlaricha boshlaringizni sajdadan ko‘garmangiz!»-deb buyurishar erdi (chunkim erkaklar sajda qilganda avratlari ko‘rinib qolardi)».
Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga namoz o‘qiyotganlarida ham salom berar zrdim. Menga alik olar erdilar. Lekin, bir kuni Habashistondan qaytib kelganimizda Janob Rasulullohga namoz o‘qiyotganlarida salom bersam, alik olmadilar. Namozdan keyin: «Namoz o‘qiyotib boshqa narsalarga chalg‘imaslik kerak»,- dedilar».
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni o‘zlarining bir hojatlarini bajarib kelmakka yubordilar. Men topshiriqni bajargach, qaytib kelib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga salom berdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salomimga alik olmadilar. Birgina Ollohga ayon, o‘shanda ancha ko‘nglim ranjidi. O’zimga-o‘zim: «Ehtimol, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechikib qolganim uchun mendan xafa bo‘lib yurgandirlar?» - dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qayta salom bersam, yana alik olmadilar, dilim avvalgidan ham ko‘proq ranjidi, keyin yana salom berdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu gal salomimga alik olib: «Salomingga alik olmog‘imga namoz mone’lik qildi, men namoz o‘qiyotgan erdim»,-dedilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulov ustida qibladan boshqa yoqqa qaragan holda namoz o‘qiyotgan erdilar».
Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning quloqlariga «Baniy Amr ibn Avf qabylasi Qubo masjidida janjallashib qolishibdi» degan xabar yetdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir qancha sahobalarini olib, ularni yarashtirmoqqa chiqdilar. Muhokama cho‘zilib ketib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oz ushlanib qoldilar. Namoz vaqti ham bo‘ldi. Bilol kelib Abu Bakr Siddiqqa: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ushlanib qoldilar. Namoz vaqti bo‘ldi, jamoatga imomlik qilmaydirmisiz? » - dedilar. «Istasangiz, mayli»,- dedilar Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 240
Abu Bakr. Bilol azon aytdilar, Abu Bakr Siddiq ersa, mehrobga o‘tib takbiri tahrima aytdilar. Shu payt Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib birinchi safga turdilar. Odamlar Abu Bakrni ogohlantirmoq uchun chapak chala boshlashdi. Abu'Bakr shunda ham sezmadilar. Odamlar qattiqroq qarsak chalishgandan keyingina atrofga alanglab Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rib qoldilar. Janob Rasululloh ul kishiga «Namozni davom ettiraverg‘il» degan ma’noda qo‘llari birlan ishora qildilar. Abu Bakr qo‘llarini tepaga ko‘tarib Ollohga hamd aytdilar-da, orqaga tisarildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ul kishining birinchi safga kelib turganlarini ko‘rib oldinga o‘tib imomlik qildilar. Namozdan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga qarab: «Ey, odamlar, sizlarga ne bo‘ldi o‘zi? Xuddi bir narsa bo‘lgandek namozda qarsak chaldingiz. Qarsak chalmoq xotinlarning ishidir, namoz vaqtida biror kishiga bir nima bo‘lib qolsa, (imomni ogohlantirmoq uchun) «Subhonalloh» desin!»-dedilar. So‘ng, Abu Bakrga: «Ey Abu Bakr, namozni davom ettiraveringiz» deb ishora qilganimda, nega joyingizda qolavermadingiz?» - dedilar. Abu Bakr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga o‘tib, namoz o‘qimog‘im o‘rinli emasdir»,- deb javob qildilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiyotib belni ushlamakni man’ qilganlar»,- deydilar.
Umar ibn Ali: «Menga Abu Hurayra aytdilarkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozda belga qo‘lni qo‘yib turmoqni makruh qilgan ermishlar»,-deydilar.
Hazrat Umar: «Men namoz o‘qiyotib askarlarimni jihodga tayyorlag‘ayman»,-degan ekanlar.
Uqba ibn Hafsa rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga asr o‘qidim. Janob Rasululloh salom berdilar-da, tezda o‘rinlaridan turib, xrtinlarining hujrasiga kirib ketdilar. Bir ozdan keyin chiqib, qavmlarining yuzlaridagi taajjub alomatini ko‘rib: «Namoz o‘qiyotganimda uyimizda tilla borligi yodimga tushib qoldi, men uning tuni birlan uyimizda turib qolmog‘ini istamay, odamlarga ulashib bermakni buyurdim»,- dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namozga azon aytilsa, shayton azon ovozi eshitilmaydirgan yergacha orqasidan yel chiqarib qochg‘aydir. Muazzin to‘xtasa, yana kelg‘aydir va namozxonga «Uni eslag‘il, buni eslag‘il» deb tokim ul necha rak’at o‘qiganini esidan chiqarguncha chalg‘itg‘aydir»,- dedilar».
Abu Salama ibn Abdurrahman: «Qaysi biringiz namozda shu ahvolga tushsangiz, tashahhudga o‘tirgandan keyin yana ikki marta sajda qilingiz! » - deganlar. Bu so‘zni ul kishi Abu Hurayradan eshitibdirlar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Odamlar: «Abu Hurayra Rasululloh hususlarida juda ko‘p hadis rivoyat qilg‘aydir!» - deyishadi. Men bir kishini uchratib, unga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kecha tunda qaysi surani o‘qidilar?» - Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 241
dedim. «Bilmasman»,- dedi. «Unda, namozda bo‘lmabsan-da?!» - dedim.
«Nega, qatnashganman»,- dedi boyagi kishi. «Falon va falon suralarni o‘qiganlarini men bilaman-ku!» - dedim (demak, Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sunnatlarini yodlab qolmoq uchun butun vujudlari birlan quloq solganlar)».
ketgandagi xatoni tuzatmoq uchun kilinadigan sajda)
Abdulloh ibn Buhayna raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Besh vaqt namozlardan birida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga imomlik qildilar. Shunda ikkinchi rak’atdan keyin, o‘tirmasdan turib ketdilar. Ketlaridan odamlar ham turishdi. Namozni tugatib, salom bermoqlarini kutib turdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salom bermoqdan avval, o‘tirgan hollarida takbir aytib ikki marta sajda qildilar-da, so‘ng salom berdilar».
Abdulloh ibn Buhayna rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin namozining ikkinchi rak’atidan so‘ng, o‘tirmasdan turib ketdilar. Shunda namozni tugatgach, ikki marta sajda qilib, keyin salom berdilar».
Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin namozini besh rak’at o‘qib yubordilar. Salomdan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Namozning rak’ati ko‘paytirildimi?» - deb so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Nega bundoq dersizlar?»-dedilar. «Besh rak’at o‘qidingiz»,- deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahv uchun (xatoni yuvmoq uchun) yana ikki marta sajda qildilar».
odatdagi sajda kabi yoki undan uzoqroq yana ikki marta sajda qiladir
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga imomlik qilib peshin yokim asr namozini o‘qidilar. Ikkinchi rak’atga kelganda salom berdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Zulyadayn degan kishi: «Yo Rasululloh, namoz qisqardimi?» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalariga qarab: «Zulyadayn to‘g‘ri aytayotirmi?» - dedilar. Sahobalar: «Ha»,- deb javob berishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahv uchun yana ikki rak’at namoz o‘qib, so‘ng ikki marta sajda qildilar».
Sa’d rivoyat qiladilar: «Ursh ibn Zubayr bizga imom bo‘lib shom o‘qiganida ikkinchi rak’atdan keyin salom berdi. So‘ng, (biz birlan) bir oz so‘zlashgach, namozning qolganini o‘qib, sajdai sahv qildi-da: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shundoq qilganlar»,- dedi».
kishi xususida
Anas raziyallohu anhu va Hasan Basriy sajdai sahvdan so‘ng «At-Tahiyyot»ni Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 242
o‘qimadilar. Qatoda: «Sajdai sahvdan so‘ng «At-Tahiyyot» o‘qilmaydir»,-deydilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at o‘qib, namozni tugatdilar. Shunda ul kishiga Zulyadayn: «Yo Rasululloh, namoz qisqardimi yoki yodingizdan chiqardingizmi?» -dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Zulyadayn to‘g‘ri aytayotirmi? »-dedilar. Odamlar: «Ha»,- deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana ikki rak’at namoz o‘qib, salom berdilar, so‘ng takbir aytib, odatdagidek yokim undan uzoqroq sajda qildilar. Keyin, sajdadan boshlarini ko‘tarib («At-Tahiyyot» ni o‘qimay) salom berdilar-da, o‘rinlaridan turdilar».
Salama ibn Alqama rivoyat qiladirlar: «Muhammad ibn Sirindan: «Sajdai sahvdan so‘ng «At-Tahiyyot» o‘qilg‘aydirmi?» -deb so‘radim. «Abu Hurayraning hadisida yo‘q-ku!» - dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin yokim asr namozida (Muhammad ibn Sirin: «Asr namozida bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman»,-deydilar) ikki rak’at o‘qib, salom berdilar, keyin o‘rinlaridan turdilar-da, masjidga kira-verishdagi yog‘ochga borib suyandilar. Namozxonlar orasida Abu Bakr va Umar ham bor edilar, lekin bu to‘g‘rida Janob Rasulullohga gapirmoqqa istihola qilishdi. Odamlar bir-birlariga «Namoz qisqardimi, namoz qisqardimi?» - deya shoshib masjiddan chiqib kela boshladilar. Ularning orasida bir kishi bor erdi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uni «Zulyadayn» der edilar. O’sha kishi: «Yo Rasululloh, yodingizdan chiqardingizmi yokim namoz qisqardimi? » - deb so‘radi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Esimdan chiqarganim ham yo‘q, namoz qisqargani ham yo‘qdir»,- dedilar. Zulyadayn: «Yo‘q, yodingizdan chiqardingiz»,- dedi. Shundan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana ikki rak’at namoz o‘qib, salom berdilar, so‘ng takbir aytib, odatdagidek yokim undan uzunroq sajda qildilar. so‘ng boshlarini ko‘tarib takbir aytdilar, Sajdaga boshlarini qo‘yayotib ham odatdagidek yokim undan uzokroqtakbir aytdilar».
Abdulloh ibn Buhayna raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin namozida qiyomda turgan erdilar, faqat oxirgi o‘ltirmoq qolgan erdi. Namozni tugatganlarydan so‘ng, salom bermay turib, ikki marta sajdai sahv qildilar. Har bir sajdadan keyin, o‘tirgan hollarida takbir aytdilar, odamlar ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga sahv bo‘lgan oxirgi o‘tirish evaziga sajda qilishdi».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namozga azon aytilsa, shayton azon eshitilmaydirgan yergacha orqasidan yel chiqarib qochg‘aydyr. Azon tugasa, qaytib kelg‘aydir. Namozga takbir aytilsa, yana qochg‘aydir, takbir tugasa, yana qaytib kelib, namozxonni vasvasa qilmoq uchun: «Uni eslag‘il, buni eslag‘il»,- deb yodiga kelmagan narsalarni eslatg‘aydir. Pirovardida namozxoy necha rak’at namoz o‘qiganini bilmay qolur. Agar birortangiz shu kuyga tushg‘aydirsiz, o‘tirgan holda sajdai sahv qilingiz!» -deganlar,
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 243
25-bob. Farz va nafl namozlarida sajdai sahv qilmoq
Ibn Abbos raziyallohu anhu vitr namozidan so‘ng sajdai sahv qildilar. Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz (nafl yokim farz) namozi o‘qiyotgan ersangiz, shayton kelib fikringizni chalg‘ita boshlag‘aydir, hatto necha rak’at o‘qiganingizni bilmay qolursiz. Agar shundoq ahvolga tushgaydirsiz, o‘tirgan holda sahv uchun ikki marta sajda qilingiz!»-deb aytganlar».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling