Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Tunda turib namoz o‘qishning fazilati


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


1-bob. Tunda turib namoz o‘qishning fazilati 

 

Solimning otalari Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh 



sallalloxu alayhi va sallam hayotliklarida biror kishi tush ko‘rsa, (Rasulullohga) aytib 

berar erdi. Men ham bir tush ko‘rsam-u, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib 

bersam, deb orzu qilar erdim. Yosh yigitcha edim. Bir kuni masjidda uxlab yotganimda 

tush ko‘rdim. Tushimda ikki farishta kelib meni ushlab do‘zaxga olib borishdi. Qarasam, 

do‘zax quduq singari atrofi o‘ralgan bo‘lib, uning ikki minorasi bor erkan. Do‘zaxda 

odamlar yuribdir, ularni men tanidim. So‘ng, «Meni do‘zax o‘tidan asrag‘il!» deb Ollohga 

iltijo qila boshladim. Shu payt yonimizga yana bir boshqa farishta kelib menga: 

«Qo‘rqmag‘il!» - dedi (keyin uyg‘onib ketdim). Ko‘rgan tushimni Hafsa opamga aytib 

berdim, ul esa Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib beribdir. Shunda Rasululloh 

sallalloxu alayhi va sallam: «Abdulloh o‘zi yaxshi yigit-u, lekin koshki erdi kechasi turib 

namoz o‘qimoqni odat qilsa erdi!- debdilar». 

Shundan keyin Abdulloh kechalari uxlamay namoz o‘qib chiqadirgan bo‘lgan erkan. 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

222


2-bob. Tungi namozda uzoqroq sajda qilmoq 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi 11 rak’at 



namoz o‘qir erdilar. Har bir sajdada sizlar 50 oyat o‘qiganingizda ketgancha fursat bosh 

ko‘tarmay turar erdilar. Vomdod namozidan avval ersa, ikki rak’at sunnat o‘qib olar 

erdilar. Keyin, muazzin namozga chaqirguncha yonboshlar erdilar». 

 

3-bob. Kasal odam tungi namozni o‘rnidan turmay, o‘tirib o‘qiydir 

 

Asvad raziyallohu anhuga Jundub raziyallohu anhu quyidagi hadisni rivoyat qilgan 



erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo‘ldilar. Shunda kechasi 

o‘qiydirgan namozni o‘rinlaridan turmay, (o‘tirib) o‘qidilar». 

 

Jundub ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jabroil alayhissalom Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam huzurlariga birmuncha vaqt kelmay qo‘ydilar. Quraysh 

qabilasidan bir xotin: «Shaytoni uning oldiga kelmay qo‘ydi» - deb gap tarqatdi. Shunda, 

«Va-z-zu-ho va-l-layli izo sajo mo vadda’aka rabbuka va mo qalo» degan oyat nozil 

bo‘ldi. Tarjimasi: «Yorug‘ kun va qorong‘u kecha haqqi, rabbing sendan o‘z aloqasini 

uzgani ham yo‘qdir va seni yomon ko‘rib qolgani ham yo‘qdir». 

 

4-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tungi namoz va nafl o‘qishga 



majbur qilmay undaganlari; Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamning (qizlari) 

Fotimani va (kuyovlari) Hazrat Alini (ikkalalaridan ham Olloh rozi bo‘lsin!) 

eshikni taqillatib, tungi namozga uyg‘otganlari 

 

Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



bir kuni kechasi uyg‘onib: «Subhonalloh, bul kecha nechuk fitnalar va nechuk xazinalar 

nozil bo‘ldi erkan?! (ya’ni, kimlarga azob va kimlarga rahmat nozil bo‘ldi erkan?!). Kim 

hujralarda yotganlarni uyg‘otg‘aydir! Yo rab, bu dunyoda kiyimliklar u dunyoda 

yalang‘ochdirlar!» — dedilar». 

 

Hazrat Ali ibn Abu Tolib rivoyat qiladirlar: «Bir kuni kechasi Rasululloh sallallohu alayhi 



va sallam men birlan qizlari Fotimani eshikni taqillatib uyg‘otdilar-da, «Namoz 

o‘qisalaringiz bo‘lmaydirmi?» — dedilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, jonimiz Olloh 

taoloning qo‘lidadir, egar bizni uyg‘otmoqni xohlasa, o‘zi uyg‘otg‘aydir»,— degan erdim, 

menga bir so‘z ham aytmadilar. Biroq qaytib ketayotganlarida qo‘llarini sonlariga urib: 

«Inson o‘zi azaldan shundoq aytishqoq erdi»,— deganlarini eshitdim». 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga farz 



bo‘lib qolmog‘ini qo‘rqib o‘zlariga yoqqan ba’zi bir amallarni qilmas erdilar. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam «Zuho» namozini o‘qiganlarida, albatta men ham birga 

o‘qiydirman». 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni kechasi 



masjidda namoz o‘qidilar, ularga ergashib, bir qancha kishilar ham o‘qishdi. Ertasi kuni 

kechasi odam ancha ko‘paydi. Uchinchi va to‘rtinchi kechaga borib ersa, nihoyatda 

ko‘payib ketdi. Kelasi kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqmadilar. 

Tong otgach, bomdod namozidan so‘ng: «Tarovih namozi o‘qiydirman, deb qilgan sa’yu 

kushishingizni ko‘rib xursand bo‘ldim. Oldingizga chiqmog‘imga hech narsa mone’lik 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

223


qilgani yo‘qdir. Ammo, kechasi namoz o‘qimoq sizlarga farz bo‘lib qolmog‘idan 

qo‘rqg‘aymen»,— dedilar. Bu voqea Ramazon oyida bo‘lgan erdi». 

 

5-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oyoqlari shishib ketguncha 

nafl o‘qiganlari 

 

Oisha onamiz: «Hatto oyoqlari yorilib ketar erdi»,— degandilar. 



 

Mug‘iyra ibn Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam kechasi turib namoz o‘qir erdilar, hatto (ruku’, sajda qilaverib), oyoqlari (yokim 

boldirlari) shishib ketar erdi. Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Axir, 

sizning butun gunohlaringizni Olloh afv qilgan-ku!» - deyishdi. Shunda Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Shukr qilguvchi banda bo‘lmayinmi?»-dedilar». 

 

6-bob. Saharda (turmay) uxlagan kishi haqida 

 

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi' va sallam (bir kuni 



menga) bunday degandilar: «Olloh taologa ko‘proq Dovud alayhissalomning namoz 

o‘qimaklari va ro‘za tutmaklari yoqar erdi, Dovud alayhissalom yarim kechagacha uxlar 

erdilar. Kechaning 1/3 qismida ibodat qilar erdilar va 1/6 qismida uxlar erdilar. Kunora 

ro‘za tutar erdilar». 

 

Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nima 



qilmoqni yaxshi ko‘rar erdilar?» -deb Oisha onamizdan so‘radim. «Doimiy ibodatni»,- 

dedilar. «Qachon turib namoz o‘qir erdilar?»-dedim. «Xo‘roz qichqirganda»,- dedilar». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



xo‘rozning birinchi qichqirig‘ini eshitiboq turib namoz o‘qir erdilar». 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening hujramda 



yotib qolgan kunlari biror marta ham turib saharni qarshi olgan ermaslar». 

 

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kecha Rasululloh birlan 



birga namoz o‘qidim. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qiyomda uzoq turib 

qolganlaridan hatto niyatim buzildi»,- dedim Abu Voilga. «Ne qilmoqchi bo‘ldingiz?» - 

deb so‘radi Abu Voil. «Rasulullohni qiyomda qoldirib, o‘zim o‘tirib olsammikin, degan 

xayolga bordim, dedim». 

 

Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



kechasi tahajjud namoziga tursalar, og‘izlarini misvok birlan tozalar erdilar». 

 

7-bob. Rasululloh sallallohu alayqi va sallam tungi namozni qanday o‘qir 



erdilar? Rasululloh sallallohu alayqi va sallamning tungi namozlari necha rak’at 

bo‘lardi? 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, tungi 



namoz nechuk o‘qilur? - dedi. «Ikki-ikki rak’atdan bo‘lg‘aydir, tong otib qoldimikin, 

deganingda ersa, bir rak’at o‘qib, vitr qilg‘aysen»,-dedilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

224


Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohsallallohu alayhi va sallamning 

tungi namozlari 13 rak’at bo‘lur erdi. Har 2 rak’atdan so‘ng salom berar erdilar». 

 

Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Oisha onamizdan Rasulullohning tungi 



namozlari haqida so‘radim. Oisha onamiz: «Gohida 7 rak’at, gohida 9 rak’at va ba’zan 

11 rak’at bo‘lar erdi, bomdod namozining 2 rak’at sunnati bunga kirmaydir»,- dedilar». 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi 13 rak’at 



namoz o‘qir erdilar, bunga vitr va bomdodning 2 rak’at sunnati ham kirg‘aydir». 

 

8-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tungi namozlari va uyqulari 



to‘g‘risida qamda kechasi namoz o‘qishning farz ekanligini bekor qilmoq 

to‘g‘risida 

 

Olloh taolo tungi namoz to‘g‘risida bunday deydir: «Ey burkanib yotgan Payg‘ambar 



alayhissalom, kechasi turib namoz o‘qig‘il, tunning ozroq qismida (yokim yarmida yokim 

undan ham ozrog‘ida yokim sal ko‘prog‘ida) uxlag‘il! Qur’oni Kariymni shoshilmasdan, 

tartib birlan o‘qig‘il, Biz senga bul dunyoda amal qilmoq og‘ir, biroq oxiratda tarozi 

bosadirgan oyati kariymalar nozil qilg‘aydirmiz. Kechasi turib namoz o‘qimoq qiyin bo‘lsa 

ham, matni zehnga mustahkam o‘rnashg‘aydir. Sening kunduzi ko‘p toat-ibodat 

qilmog‘ingni bilurmen». Olloh taolo yana bunday deydir: «Olloh taolo tuni birlan ibodat 

qilib chiqmoqqa qurbingiz yetmaslig‘in bilur, shuning uchun ham sizlarni kechirg‘aydir. 

Kechasi qo‘lingizdan kelganicha namoz o‘qingiz! Olloh taolo ba’zi biringizning bemor 

ekanlig‘ingizni, ba’zi biringizning rizq istab, dunyo kezib yurganingizni va ba’zi 

biringizning Olloh yo‘lida g‘azot qilayotganingizni bilg‘aydir. Shuning uchun qo‘lingizdan 

kelganicha Qur’on tilovat qilingiz, namoz o‘qingiz, zakot beringiz va Olloh yo‘lida xayr-

sadaqalar qilingiz! Bu dunyoda neki yaxshilig‘ qilg‘aydirsiz, oxiratda Olloh huzurida 

buning evaziga o‘ylaganingizdan ko‘ra ko‘proq savob topg‘aydirsiz!» Ibn Abbos 

raziyallohu anhu: «Oyatdagi «Noshiat al-layli» degan ibora habashchasiga kechasi turib 

tahajjud namoz o‘qimoqni bildirg‘aydir»,- deydilar. Imom Buxoriy: «Ashaddu vat’an» 

degan ibora Qur’on oyatlarining kishi qulog‘i, 'ko‘zi va qalbiga yaxshi o‘rnashuvchan 

erkanlig‘ini anglatg‘aydir»,- deydilar. 

 

Anas raziyallohu anhu Humaydga bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyining ayrim kunlari ro‘za tutmay yurar erdilar, 

hatto butunlay ro‘za tutmasalar kerak, deb o‘ylar erdik, ba’zi kunlari ersa, qatorasiga 

ro‘za tutar erdilar, hatto endi og‘iz ochmasalar kerak, deb o‘ylar erdik. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallamning kechasi qachon namoz o‘qimaklarini bilmoqchi bo‘lib, qay 

vaqt bormang, o‘shal vaqtda namoz o‘qiyotganlarini ko‘rar erdingiz, shuningdek qachon 

uxlamaklarini bilmoqchi bo‘lib, qay vaqt bormang, o‘shal vaqtda uxlayotganlarini ko‘rar 

erdingiz». 

 

9-bob. Agar inson kechasi turib namoz o‘qimasa, shayton uning orqa miyasini 



tugib qo‘yadir 

 

AbuHurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar birontangiz 



kechasi turib namoz o‘qimay yotaversangiz, shayton orqa miyangizga uchta tugun 

tugkaydir, har bir tuguncha: «Kecha hali uzoq, uxlayverg‘il!» - deb dam urg‘aydir (kuf-

suf qilg‘aydir). Kishi, agar uyqusidan uyg‘onib Ollohning zikrini qilsa, tugunning bittasi 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

225


yechilg‘aydir, agar turib tahorat olsa, ikkinchisi yechilg‘aydir, agar namoz o‘qisa, 

uchinchi tugun ham yechilib, toat-ibodatga g‘ayratli, dili xush bo‘lib qolg‘aydir. Agar 

kechasi uyg‘onib shunday qilmasa, ertasi dili g‘ash va yalqov bo‘lib yurg‘aydir»,- deb 

aytdilar». 

 

Sumra ibn Jundub raziyallohu anhu tush to‘g‘risida rivoyat qila turib: «Kimki tushida 



boshini tosh birlan yorayotganlarini ko‘rsa, demak ul Qur’oni Kariymni yodlamak ta unga 

amal qilmakni tark etgan va farz namozini o‘qimay uxlagan odamdir!» - dedilar. 

 

10-bob. Kimki namoz o‘qimay uxlasa, shayton uning qulog‘iga siyib qo‘yadir 

 

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 



huzurlaridagi bir suhbatda «Bir kishi tong otguncha uxlab, kechasi namozga turmadi»,- 

deb aytishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ul kishining qulog‘iga 

shayton siyib qo‘yibdir»,- dedilar. 

 

11-bob. Tun oxirlab qolganda turib duo va namoz o‘qimoq 

 

Olloh taolo: «Yaxshi mo‘‘minlar kechasi oz uxlab, saharlari Ollohga istigfor 



aytg‘aydirlar»,- deydi. 

 

AbuHurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Rabbimiz - Olloh 



taolo Hazratlari har kechaning 1/3 qismi qolganda osmonning yerga eng yaqin qavatiga 

tushib: «Kim meni da’vat qilg‘aydir, men unga labbay degaymen, kimki mendan tilak 

tilag‘aydir, tilagiga yetkazg‘aymek, kim mendan kechirim so‘rag‘aydir, uni 

kechirg‘aydirmen»,- deydi». 

 

12-bob. Tunning birinchi qismida uxlab, uning oxirgi qismini bedor o‘tkazgan 

kishi 

 

Salmon Forsiy Abu Dardo’ raziyallohu anhuga: «Tunning birinchi qismida uxlab, uning 



oxirgi qismida uyg‘oq bo‘lg‘il! Rasululloh shunday deganlar»,- deb aytdilar. 

 

Asvad raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi 



nechuk namoz o‘qir erdilar?» - deb Oisha onamizdan so‘radim. Oisha onamiz: 

«Kechaning birinchi qismida uxlab, oxirgy qismida namoz o‘qir erdilar. Keyin, jimo’ 

qilgilari kelsa, to‘shakka kelib yotar erdilar. Muazzin kelib azon aytganda, agar lozim 

bo‘lsa, g‘usl qilar erdilar, lozim bo‘lmasa, tahorat olib namozga chiqar erdilar». 

 

13-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Ramazon va boshqa kunlari 

kechasi turib namoz o‘qiganlari haqida 

 

Abu Salama raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon kechalari 



nechuk namoz o‘qir erdilar?» - deb Oisha onamizdan so‘radilar. «Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallamning Ramazon oyida ham, boshqa oylarda ham kechasi turib o‘qiydirgan 

namozlari 11 rak’atdan oshmas erdi,- dedilar Oisha onamiz,- avval 4 rak’at o‘qir erdilar. 

Har bir rak’atni naqadar uzoq va maromiga yetkazib ado etmaklarini so‘ramasang ham 

bo‘lur. Keyin, yana to‘rt rak’at o‘qir erdilar, buni ham shu qadar uzoq va maromiga 

yetkazib ado etar erdilarki, asti qo‘yavergil! Undan so‘ng, yana uch rak’at namoz o‘qir 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

226


erdilar. Bir kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, vitr 

o‘qimay uxlaydirmisiz?» - desam, Ey Oisha, ko‘zim uxlaydir-u, qalbim uxlamaydir»,- deb 

javob qildilar». 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tungi 



namozning har bir rak’atida o‘tirib qiroat qilganlarini ko‘rmadim. Faqat, keksayib 

qolganlaridagina kechasi nafl namozini o‘tirib o‘qir erdilar, shunda ham 30-40 oyat 

qolganda o‘rinlaridan turib o‘qir erdilar, keyin ruku’ qilar erdilar». 

 

14-bob. Kecha-yu kunduz tahoratli yurmoqning fazilati 

 

AbuHurayra rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod 



namozi oldidan Bilolga: «Ey Bilol, qani aytg‘il-chi menga, islom yo‘lida qilgan eng savobli 

ishing qaysidir? Chunkim men jannatda yonginamda sening oyoq tovushlaringni 

eshitdim»,-dedilar. Bilol: «Men kechasimi, kunduzimi, doimo tahorat olib yurg‘aydirmen 

va shul tahoratim birlan menga buyurilgan hamma namozlarni o‘qig‘aydirmen»,- 

dedilar». 

 

15-bob. Ibodatni qiyinlashtirib yuborishning makruhligi to‘g‘risida 

 

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga 



kirsalar, masjidning ikki ustuniga arqon bog‘lab qo‘yilgan erkan. Shunda, «Bu nechuk 

arqondir?» - deb so‘radilar. «Bu - Zaynab onamizning arqonlari. Namoz o‘qiyotganlarida 

shunga osilib qiyomga turg‘aydirlar»,- deyishdi sahobalar. Rasululloh: «Bunday 

qilmangiz, har kim quvvatiga qarab namoz o‘qisin, qiyomga turolmasa, o‘tirib o‘qisin!»-

dedilar». 

 

Oisha opamiz rivoyat qiladirlar: «Baniy Asad qabilasiga mansub bir ayol huzurimda 



o‘tirgan erdi. Shul payt Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyga kirib kelib: «Bu ayol 

kimdir?»-deb so‘radilar. «Bu - o‘shal, kechasi uxlamay namoz o‘qib chiqadyrgan ayol»,- 

dedim. So‘ng, mazkur ayolning nechuk namoz o‘qimoga to‘g‘risida so‘zlashdik. Shunda 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bunday qilmangiz, amali solihlarni qurbingyaz 

yetgancha ado etingiz, qancha ibodat qilsangiz ham, Olloh taologa malol kelmaydi-yu, 

biroq o‘zingizga malol kelib qolmasin!» -dedilar». 

 

16-bob. Kechalari ibodat qiladirgan odamning tarki odat qilmog‘i makruh 

 

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam menga: «Ey Abdulloh, falonchi qabilida ish tutmag‘il! Ul kechalari turib ibodat 

qilur erdi, endi ersa, tarki odat qildi»,- dedilar». 

 

17-bob. 

 

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: 



«Sening to‘g‘ringda menga aytgan so‘zlari to‘g‘rimi? Sen kechalari turib ibodat qilur 

erkansan, kunduzi ersa, ro‘za tutar erkansan?» - dedilar. Men: «Ha, shundoq 

qilurmen»,- dedim. «Agar shundoq qilur ersang, ko‘zing kirtayg‘aydir, sillang qurig‘aydir, 

axir, badaningning ham, bola-chaqangning ham senda haqqi bordir-ku! Ba’zi kunlari 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

227


ro‘za tutg‘il, ba’zi kunlari tutmag‘il, kechaning ayrim soatlarida ibodat qilgil va ayrim 

soatlarida uxlab dam olg‘il!» - dedilar Janob Rasululloh». 

 

18-bob. Kechasi uygonib namoz o‘qigan odamning fazilati haqida 

 

Uboda ibn Somit: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu xususda bunday 



deganlar»,— deb rivoyatqiladirlar: «Kimki kechasi uyg‘onib: «Lo iloha illa-l-lohu 

vahdahu, lo shariyka lahu, lahu-l-mulku va lahu-l-hamdu va huva alo kulli shay’in 

qadiyr. Al-hamdu li-l-lohi va subhona-l-lohi va lo iloha illa-l-lohu va-l-lohu akbar va lo 

havla va lo quvvata illo billoh» (tarjimasi: «Ollohdan boshqa tangri yo‘qdir, uning yolg‘iz 

o‘zigina mavjuddir, uning sherigi yo‘qdir, jamiki mulk unikidir, barcha maqtovlar unga 

xosdir va u har bir narsaga qodirdir! Ollohta madhu maqtovlar bo‘lsin! Ollohdan o‘zga 

tangri yo‘qdir, Olloh eng buyukdir! Olloh irodasisiz hech narsa bo‘lmag‘aydir») degan 

duoni o‘qib, so‘ng «Ilohi, meni kechirg‘il!» desa, duosi mustajob bo‘lg‘aydir, keyin 

tahorat olib namoz o‘qisa, namozi qabul bo‘lg‘usidir». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Abdulloh'ibn Ravoha, albatta,'yomon (noto‘g‘ri) so‘z 



aytmag‘aydir»,- deb quyidagi qissani (she’rni) aytib berdilar: «Doimo Olloh Kitobin o‘qir 

Hazrat Rasululloh, Qop-qaro tun bag‘rini yuz pora qilgan tong guvoh. Ko‘rsatib bizga 

hidoyat, haq yo‘lig‘a boshladi, Bihamdilloh, so‘qir ko‘zlar ochildi, bo‘lmadik gumroh. 

Mushrikiylar jismiga parqu to‘shak ham botganida, Rasululloh ostlari qotdi to‘shaksiz tun 

bo‘yi, e voh!» 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



davrlarida tush ko‘rsam, qo‘limda bir parcha «istabraq» degan mato bor ermish. Men 

o‘shal mato parchasi Jannatning qay yeriga uchib borsa, o‘sha joyga bormakni istar 

emishman. Bir payt, ikki kishi keldiyu, meni ushlab do‘zaxga olib bormoqchi bo‘ldi. 

Yo‘lda bir farishta yo‘liqib menga: «Qo‘rqmag‘il!» - dedi. Keyin, ularga qarab: «Qo‘yib 

yuboringiz!» - deb aytdi. Men tushimni Hafsa opamga aytgan erdim, ul Rasulullohga 

aytib beribdir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Abdulloh o‘zi qandoq yaxshi 

yigitdir, biroq kechasi turib namoz o‘qisa erdi!»-debdilar». «Shu-shu Abdulloh kechasi 

turib namoz o‘qiydirgan bo‘ldi,- deydilar Nofi’,-Bir kuni sahobai kiromlar Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallamga ko‘rgan tushlarini aytib, ta’birini so‘rashdi. Ramazonning 

oxirgi 10 kunligining 7- nchi kechasi (Qadr kechasi) erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam: «Nazarimda, barchangizning tushingiz Ramazonning oxirgi 10 kunligiga to‘g‘ri 

kelib qolibdir. Kimki Qadr kechasini kutib olmoqchi ersa, Ramazonning oxirgi 10 

kunligida kutsin!» - dedilar». 

 

19-bob. Bomdodda ikki rak’at qo‘shimcha namoz o‘qish haqida 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xufton o‘qidilar, 



keyin yana 8 rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng o‘tirgan holda ikki rak’at namoz o‘qidilar. 

Bomdodning azoni birlan takbiri o‘rtasida ersa, ikki rak’at (qo‘shimcha) namoz o‘qib 

oldilar. Bu odatni sira ham tark etmas erdilar». 

 

20-bob. Bomdodning ikki rak’at sunnatini o‘qigandan so‘ng o‘ng qo‘lini bosib 



yonboshlamoq 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

228


namozining ikki rak’at sunnatini o‘qiganlaridan so‘ng o‘ng qo‘llarini bosib yonboshlar 

erdilar». 

 

21-bob. Bomdod namozining ikki rak’at sunnatini o‘qib bo‘lgandan keyin 

yonboshlash o‘rniga so‘zlashib o‘tirmoq 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod 



namozining sunnatini o‘qib bo‘lganlaridan keyin, agar uyg‘oq bo‘lsam, men birlan 

so‘zlashib o‘tirar erdilar, agar uyg‘oq bo‘lmasam, muazzin azon aytguncha yonboshlar 

erdilar». 

 

22-bob. Nafl namozlarini ikki-ikki rak’atdan o‘qish to‘g‘risidagi hadislar 

 

Ammor, Abu Zarr, Anas, Jobir ibn Zayd, Ikrima va Zuhriy (Olloh ulardan rozi bo‘lsin!) 



ham nafl namozlarining ikki-ikki rak’atdan o‘qilmog‘ini eslatib o‘tganlar. Yahyo ibn Sa’id: 

«Kunduzi o‘qiladirgan naflning har ikki rak’atidan keyin salom bermagan birorta ham 

ulamoni (faqihni) bilmasmen».- deydilar. 

 

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga Qur’oni 



Kariym suralarini o‘rgatganlaridek har bir ishda istixora (Ollohdan tilak tilamoq) aytishni 

o‘rgatar erdilar. Bir kuni Janob Rasululloh: «Agar biror ishga bel bog‘lasangiz, avval ikki 

rak’at farzsiz namoz o‘qingiz, so‘ng mana bu duoni aytingiz, dedilar: «Ollohumma 

astaxiyruka bi-ilmika va astaqdiruka bi-qudratika va as’aluka min fazlik-al-aziym, fa-

innaka taqdiru va lo aqdiru va ta’lamu va lo a’lamu va anta allomu-l-g‘uyub, Ollohumma 

in kunta ta’lamu anna hoza-l-amr xayrun liy fiy diyniy va ma’oshiy va oqibati amriy (av 

qola ojili amriy) va ojilihi fa-qdirhu liy va yassirhu liy, summa borik liy fiyhi va in kunta 

ta’lamu hoza-l-amr sharrun liy fiy diyniy va ma’oshiy va oqibati amriy (av qola fiy ojili 

amriy) va ojilihi fa-srifhu anniy va-srifniy anhu va-qdir liyi-l-xayr haysu kona, summa 

arziniy bihi». «Mazkur duoni aytib bo‘lgach,- dedilar Janob Rasululloh,- Ollohga o‘z 

tilagingizni aytg‘aysiz». Duoning tarjimasi: «Ilohi, meni ilmingdan ogoh qilg‘il! Qudrating 

ila meni bardam qilg‘il! Cheksiz fazlu karamingdan meni bahramand etg‘il! Ilohi, men bel 

bog‘lagan ish dinimga, hayotimga hamda kasbu korimga yaxshilig‘ keltiradimi, yo‘qmi, 

o‘zing bilg‘aydirsen. Agar yaxshilig‘ keltiradirgan bo‘lsa, uni menga nasib aylab, oson 

qilg‘il va unga baraka ato etg‘il! Ilohi, men bel bog‘lagan ish dinimga, hayotimga va 

kasbu korimga yomonlig‘ keltiradimi, yo‘qmi, o‘zing bilg‘aydirsen. Agar yomonlig‘ 

keltiradirgan bo‘lsa, uni mendan, meni undan yiroq aylag‘il! Menga yaxshilig‘ 

keltiradirgan ishni ravo ko‘rib, rozi qilg‘il!» 

 

Abu Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Qaysi biringiz (namozdan tashqari vaqtda) masjidga kirsangiz o‘tirmasdan avval ikki 

rak’at namoz o‘qingiz!»- deganlar». 

 

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga imomlik 



qilib, ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng: «Mehmondorchilikdan qaytishda duo o‘rniga 

namoz o‘qingiz!»-dedilar». 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alaygqi va 



sallam birlan birga peshindan avval ikki rak’at, peshindan keyin ham ikki rak’at namoz 

o‘qidim, so‘ngra jum’adan keyin ham, shomdan keyin ham, xuftondan keyin ham ikki 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling