Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


www.ziyouz.com kutubxonasi 

191


turmushga chiqmagan) qizlarga ham, paranji yopinadirgan qizlarga ham hayit namozida 

qatnashmakni buyurishar erdi. Hayz ko‘rgan ayollar namozgohdan chetroqda turar 

erdilar»,- deydilar. 

 

16-bob. Yosh bolalarning namozgohga chiqmog‘i 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



birlan birga Ro‘za hayiti yokim Qurbon hayiti kuni namozgohga chiqdim (men yosh bola 

erdim). Hayit namozini o‘qib bo‘lib, (erkaklarga) xutba aytdilar, so‘ng xotinlar oldiga 

borib, ularga ham va’z aytib, nasihat qildilar hamda ularni sadaqa bermakka da’vat 

qildilar». 

 

17-bob. Hayit namozi o‘qilgandan keyin imomning odamlarga qarab xutba 

aytmog‘i 

 

Abu Sa’id: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga qarab xutba aytdilar»,- 



deydilar. 

 

Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurbon 



hayitida ikki rak’at hayit namozi o‘qigach, bizga qarab: «Bizning bugun qiladirgan 

birinchi qurbonlig‘imiz - eng avvalo namoz o‘qimoqdir, keyin ersa, qo‘y so‘yib qurbonlik 

qilg‘aymiz. Kimki shunday qilg‘aydir, bizning sunnatimizni ado etgan bo‘lur, ammo kimki 

hayit namozidan avval qo‘y so‘ysa, o‘z oilasiga go‘sht tayyorlab bergan bo‘lur. 

Qurbonlikka buning hech aloqasi yo‘qdir!»-dedilar. Shunda bir kishi turib: «Yo 

Rasululloh, men hayit namozidan avval qo‘y so‘yib qo‘yibdirman. Menda yana ikki 

yashardan yoshroq bir echki bolasi bordir»,-dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 

«O’shani so‘ya qolg‘il, lekin bu sendan keyin biror kishiga ruxsat etilmag‘aydir! - dedilar. 

 

18-bob. Namozgohga o‘rnatilgan bayroq 

 

Ibn Abbosdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga hayit namoziga 



borganmisiz?» - deb so‘rashdi. «Ha, borganman, lekin Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallamga yaqin odam bo‘lmaganimda namozga borolmagan bo‘lur erdim, chunkim men 

hali yosh bola erdim-da!» - dedilar Ibn Abbos, keyin yana davom etib, quyidagilarni 

aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Kasir ibn Salt hovlisi yonida 

o‘rnatilgan bayroq yoniga kelib hayit namozini o‘qidilar, so‘ng erkaklarga xutba aytdilar. 

Keyin, xotinlar oldiga borib (yonlarida Bilol ham bor erdi), ularga ham va’z aytib, nasihat 

qildilar, ularni sadaqa bermakka da’vat etdilar. Xotinlarning qo‘llarini cho‘zib, Bilolning 

etagiga taqinchoqlarini sadaqa qilib tashlayotganlarini ko‘rdim. Keyin, Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam Bilol birlan birga uylariga qaytdilar». 

 

19-bob. Imomning hayit namozida xotinlarga va’z-nasihat aytmog‘i 

 

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ro‘za 



hayitida o‘rinlaridan turib hayit namozini o‘qidilar, so‘ng xutba aytdilar. Xutba aytib 

bo‘lib, minbardan tushdilar va xotinlar oldiga bordilar. Bilolning qo‘liga suyanib turib, 

ularga va’z-nasihat qildilar. Xotinlar Bilolning etagiga sadaqa tashlay boshladilar. Men: 

«Fitri ro‘za berishganmidi, o‘shanda?»-deb Atodan so‘radim. Ato: «Yo‘q, fitri ro‘za ermas 

erdi, lekin o‘shanda xotinlar sirga va bilaguzuklarini sadaqa qilishgandi»,- dedi. «Ne deb 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

192


o‘ylaydirsiz, imom hozir ham o‘sha paytdagidek xotinlarga sadaqa bermakni buyurmog‘i 

va ularga va’z-nasihat qilmog‘i mumkinmi?» - deb so‘radim. «Ha, albatta, shunday 

qilmoqlari kerak, lekin imomlar nega bunday qilishmag‘aydir, bilmasman»,- dedi Ato». 

 

Ibn Abbos naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr, Umar va 



Usmon birlan birga ham Ro‘za hayitlarida namoz o‘qiganman. Ularning hammalari ham 

hayit namozini xutbadan avval o‘qir erdilar, so‘ng xutba qilar erdilar. Bir kuni Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam hayit namoziga chiqdilar. O’sha kungi voqea haligacha ko‘z 

o‘ngimda. O’shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam erkaklarga qo‘llari birlan 

«O’tiringiz!» deb ishora qilgandilar, erkaklar safini oralab o‘tib, xotinlar oldiga 

borgandilar. Ul kishi birlan birga Bilol ham bor erdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam «Ey payg‘ambar alayhissalom, agar mo‘‘min xotinlar senga bay’at (qasam) 

qilmakka kelsalar...» degan oyati karimani o‘qib: «Ey xotinlar, sizlar o‘sha va’dada 

turibsizlarmi?»-degandilar. Xotinlardan biri: «Ha, biz o‘sha so‘zda turibmiz»,- deb javob 

bergandi. Boshqa xotinlar ersa indamagandi. Rasululloh sallallohu alayxd va sallam: 

«Shunday erkan, unda sadaqa qilingiz!»- degandilar. Bilol ersa etagini ochib: «Ota-

onam sizlarga fido bo‘lsin, marhamat qilingiz!» - degandi. Shunda xotinlar sirg‘alari 

bormi, uzuklari, bormi, hammasini Bilolning etagiga tashlagandi». 

 

Abdurrazzoq: «Johiliya davrida uzuk va sirg‘alar katta-katta bo‘lar erdi»,-deydi. 



 

20-bob. Xotin kishining hayit namoziga yopinib chiqishga paranjisi bo‘lmasa... 

 

Hafsa binti Sirin rivoyat qiladirlar: «Hayit kuni ayollarimizning hayit namoziga 



chiqishlarini man’ qilar erdik. Bir vaqt bir ayol (Ummu Atiyya) kelib Baniy Xalaf qasriga 

tushdi. Men borib u bilan gaplashdim. Opasining eri Rasululloh sallalloxu alayhi va 

sallam birlan birga 12 marta g‘azot qilgan erkan. Opasi ham eri birlan birga 6 ta 

g‘azotda qatnashgan erkan. O’sha rpasi: «Biz kasallarga qarar erdik, yaradorlarni 

davolar erdik. Bir kuni: «Yo Rasululloh, birontamizning yopinchig‘imiz bo‘lmasa, hayit 

kuni namozga chiqmasak, gunoh bo‘lmagaymi?» - debdi. Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam: «Dugonasining yopinchig‘laridan birini olib tursin, yaxshilikka (hayit namoziga) 

qatnashsin va mo‘‘minlar birlan duo o‘qisin!»-debdilar. Ummu Atiyyadan: «Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam falon narsalar haqida ne deganlar, eshitganmisiz?» -deb 

so‘radim, «Ha, otam. haqqi-hurmati, eshitganman (ul, Janob Rasulullohning nomlarini 

tilga olganda, ko‘pincha «otam haqqi-hurmati»,- deb qo‘yardi). Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam endigina bo‘yiga yetgan qizlarga ham, paranji yopinadirgan ayollarga 

ham, hayz ko‘rgan xotinlarga ham namozga chiqmoqni buyurar erdilar»,- dedi. «Xayz 

ko‘rgan xotinlarga hammi?» - deb so‘radim. Shunda u: «Ha, hayz ko‘rgan xotin Arafotga 

chiqmaydirmi? Yokim falon qilmaydirmi, yo piston qilmaydirmi? deya haj marosimlarini 

sanay ketdi». 

 

21-bob. Hayz ko‘rgan xotinlarning namozgohdan narida turmog‘i 

 

Ummu Atiyya: «Bizga namozgohga chiqmakni buyurishar erdi, hayz ko‘rganlar ham, 



endigina bo‘yiga yetgan qizlar ham, paranji yopinadirgan ayollar ham, xammamiz 

chiqardik. Ammo, hayz ko‘rgan xotinlar namozgohdan chetda turib ishtirok etishdi»,-

deydilar. 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

193


22-bob. Hayit kuni namozgohda qurbonlik qilmoq 

 

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi' va sallam Qurbon hayiti kuni 



namozgohda (tuya, sigir yokim qo‘y) so‘yib qurbonlik qilur erdilar». 

 

23-bob. Hayit namozi xutbasida imom va odamlarning gapirmog‘i; Imomdan 



biror narsa to‘g‘risida so‘ralsa, javob beradirmi? 

 

Barro ibn Ozib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurbon hayiti 



kuni namozdan so‘ng xutbaga chiqib: «Kimki biz singari namoz o‘qib, qurbonlik 

qilg‘aydir, ul shubhasiz to‘g‘ri qurbonlik qilibdir. Kimki qurbonlikka atalgan qo‘yni hayit 

namozidan avval so‘ygan ersa, ul qurbonlik ermas, go‘shtdir!» -dedilar. Shunda Abu 

Burda o‘rnidan turib: «Yo Rasululloh, Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, hayit 

namoziga chiqishdan oldin qurbonlikka atalgan qo‘yni, bugun yeb-ichadirgan kun deb 

tushunib, shoshib so‘yib qo‘yibman. Go‘shtidan o‘zim ham yedim, qo‘shnilarim va bola-

chaqalarimga ham yedirdim»,- dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ul 

go‘shtga so‘yilgan qo‘ydir!»-dedilar. Abu Burda: «Menda bir yashar echki bor, ikki 

yashar qo‘ydan ham yaxshiroq, o‘shani so‘ysam, qurbonlikka o‘tg‘aydirmi?» - dedi. 

Janob Rasululloh: «Ha, bo‘lur, lekin bu sendan keyin biror kishiga ham ruxsat 

etilmag‘aydir!» -dedilar. Keyin, yana bunday deb qo‘shib qo‘ydilar: «Kimki hayit 

namozidan avval qurbonlik so‘ygan bo‘lsa, namozdan keyin o‘rniga boshqasini so‘ysin! 

Kimki so‘ymagan bo‘lsa, namozdan keyin «Bismilloh» deb so‘ysin!» 

 

24-bob. Hayit namozidan qaytayotganda borgan yo‘l qolib, boshqa yo‘ldan 



yurganlari 

 

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurbon hayiti 



kuni hayit namozini o‘qib, keyin xutbaga chiqdilar. Kim namozdan avval qurbonlikni 

so‘yib qo‘ygan bo‘lsa, qaytadan so‘ymoqni buyurdilar. Shunda ansoriylardan bir kishi 

turib: «Yo Rasulalloh, mening qo‘shnilarim bor («ular muhtojroq yokim faqirroq»,- dedi), 

. shuning uchun men namozdan avval qurbonlikni so‘ydim. Menda yana bir yashar 

echkicha bor, u menga ikkita qo‘zidan ham afzal,- dedi. Rasululloh unga o‘sha echkini 

qurbonlik qilmoqni buyurdilar». 

 

Jundub raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayit 



kuni namoz o‘qib, xutba qildilar, so‘ng qurbonlik so‘ydilar». 

 

Jobir raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayit kuni 



namozga borgan yo‘l qolib, boshqa yo‘ldan qaytar erdilar». 

 

25-bob. Hayit namoziga ulgurmay qolgan erkaklar ham, namozgohga kela 



olmagan xotinlar ham, uyda va qishloqda qolganlar ham ikki rak’at namoz 

o‘qiydir 

 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu kun (ya’ni, hayit) biz ahli islomlarning 



bayramimizdir!» - deb aytganlar. 

 

Anas ibn Molik shahardan chetda yashovchi Ibn Abu Utba degan mavlosiga (ozod 



qilingan quliga) bola-chaqalarini yig‘moqni buyurdi, Ibn Abu Utba bola-chaqalarini 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

194


chaqirib kelgach, Anas shaharliklar qanday namoz o‘qib, takbir aytishsa, o‘shanday 

namoz o‘qib, takbir aytdi. «Qora xalq hayitda to‘planib,- deydi Ikrima,-mamlakat 

boshlig‘i o‘qigandek ikki rak’at namoz o‘qiydir». «Hayit namoziga ulgurmay qolgan odam 

ikki rak’at namoz o‘qiydir»,- deydi Ato.  

 

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr Oisha onamizning huzurlariga 



kirdilar. Oisha onamiz oldilarida ikki cho‘ri qiz, Mino kunlari bo‘lishiga qaramay, doira 

chalib o‘ynashar erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kiyimlariga burkanib yotar 

erdilar. Abu Bakr Siddiq cho‘rilarni koyib berdilar. Shunda Janob Rasululloh yuzlarini 

ochib: «Qo‘yabering ularni, ey Abu Bakr! Bu kunlar bayram kunlari, Minoga chiqadigan 

kunlar» - dedilar. Oisha onamiz: «Masjid hovlisida harbiy o‘yin o‘ynayotgan habashlarni 

tomosha qilayotganimda Janob Rasululloh meni pana qilib turganlarini eslayman. 

O’shanda (Umar) o‘yinni to‘xtatgan erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam esa 

Umarga: «Qo‘yabering, biz ularga ruxsat berdik, o‘ynaveringlar, ey Baniy Arfada!» 

degan erdilar»,- deydilar». 

 

26-bob. Hayit namozidan avval va undan keyin namoz o‘qish mumkinmi? 

 

Abulmu’allo: «Ibn Abbos, hayit namozidan avval namoz o‘qish makruh, deb aytibdirlar, 



buni menga Sa’id aytdi»,- deydilar. 

 

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ro‘za hayitida 



namozgohga chiqdilar va ikki rak’at hayit namozi o‘qidilar. Hayit namozidan avval ham, 

keyin ham boshqa namoz o‘qimadilar. O’shanda Janob Rasululloh birlan birga Bilol ham 

bor erdi». 

 

27-bob. Vitr haqidagi hadislar 

 

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh' sallallohu alayhi va sallamdan tunda 



o‘qiladirgan namoz haqida so‘radi. Shunda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 

«Tungi namoz ikki rak’at-ikki rak’atdan o‘qilg‘aydir. Qaysi biringiz namozi bomdodning 

qazo bo‘lib qolishidan cho‘chisangiz, bir, rak’at o‘qingiz, shu o‘qiganingiz vitr bo‘lg‘aydir» 

,— dedilar». 

 

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar vitr namozining birinchi 



rak’ati birlan ikkinchi rak’ati o‘rtasida ham salom berar, hatto biror hojatlari bo‘lsa, 

bajarib kelmakni buyurar erdilar». 

 

Kurayb raziyallohu anhuga Ibn Abbos quyidagi hadisni aytib bergan erkaplar: «Bir kuni 



Maymuna xolamnikida tunab qoldim. Yostiqning ensiz tomoniga men, enli tomoniga ersa 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan xotinlari -Maymuna xolam bosh qo‘yib 

yotdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yarim kechagacha uxladilar. So‘ng, 

o‘rinlaridan turib uyquni ketkazish uchun yuzlarini qo‘llari birlan ishqadilar. Keyin, «Oli 

Imrbn» dan 10 oyat o‘qidilar, so‘ng o‘rinlaridan turib, osiqliq meshchani olib yaxshilab 

tahorat qildilar. Keyin, namozga turdilar. Men ham tahorat olib yonlariga borib turdim. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ng qo‘llari birlan qulog‘imni (erkalatib) ishqab 

qo‘ydilar, so‘ng ikki rak’at, keyin ikki rak’at, keyin ikki rak’at, keyin ikki rak’at, keyin ikki 

rak’at, keyin yana ikki rak’at namoz o‘qidilar. Keyin, bir rak’at vitr o‘qidilar, so‘ng 

muazzin kelguncha yonboshladilar. Muazzin kelgandan keyin o‘rinlaridan turib ikki rak’at 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

195


namoz o‘qidilar, keyin hujralaridan chiqib odamlar birlan ikki rak’at bomdod o‘qidilar ». 

 

Abdulloh ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kechasigi 



namoz ikki rak’at-ikki rak’atdan o‘qilg‘aydir. Namozdan uyingga qaytging kelganda bir 

rak’at o‘qigil. O’sha yuqorida o‘qigan namozlaringning hammasi vitr bo‘lg‘aydir»,- 

dedilar. Qosim: «Balog‘atga yetganimizdan (ya’ni, masjidga chiqadigan bo‘lganimizdan) 

boshlab, odamlarning uch rak’atdan vitr o‘qiyotganini ko‘rdik. Bir rak’at o‘qishning ham, 

uch rak’at o‘qishning ham, menimcha hech bir zarari bo‘lmasa kerak»,- deydi». 

 

Urva ibn Zubayrga Oisha onamiz bunday debdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam o‘n bir rak’at vitr o‘qir erdilar (tunda o‘qiydirgan namoz nazarda tutilayotir). 

Sajda qilganlarida, siz 50 oyat o‘qimakka qancha vaqt sarf qilsangiz, o‘shancha muddat 

bosh ko‘tarmay turardilar. Namozi bomdodni o‘qishdan avval ikki rak’at sunnat o‘qir 

erdilar. So‘ng, muazzin kelib namozga chaqirguncha o‘ng qo‘llarini bosib yonboshlab 

yotar erdilar». 

 

28-bob. Vitr o‘qiladirgan vaqtlar 

 

Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyquga yotishdan avval vitr 



o‘qimakni tavsiya qildilar»,- deydilar. 

 

Anas ibn Sirin: «Ayting-chi, namozi bomdoddan avval o‘qiladirgan ikki rak’at sunnatni 



uzunroq qiroat qilayinmi?» - deb Ibn Umardan so‘rabdilar. Ibn Umar bunday deb javob 

beribdirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi ikki rak’at-ikki rak’at namoz 

va bir rak’at vitr o‘qir erdilar. Namozi bomdoddan avval ,ersa, tezlik birlan ikki rak’at 

namoz o‘qib olar erdilar». 

 

Oisha onamiz: «Har kecha Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tong otargacha vitr o‘qir 



erdilar»,- deydilar. 

 

29-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlarini vitrga 



uyg‘otganlari 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi namoz 



o‘qir erdilar. Men ersam, ul kishining ro‘paralarida ko‘ndalang bo‘lib to‘shakda yotar 

erdim. Qachon vitr o‘qiydirgan bo‘lsalar, meni uyg‘otar erdilar, men ham vitr o‘qir 

erdim». 

 

30-bob. Namozxon kechaoigi namozning oxirini vitr qilsin! 

 

Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:'«Kechasigi namozingizning 



oxirini vitr qilingiz!» deb aytganlar»,- deydilar. 

 

31-bob. Ot-ulov ustida vitr o‘qimoq 

 

Sa’id ibn Yasor rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar birlan birga Makka ko‘chalaridan 



birida ketayotgan erdim. Shunda tong otib qolmog‘idan qo‘rqib, otdan tushdim-da, vitr 

o‘qib oldim. Keyin, Abdullohga yetib oldim. Abdulloh menga: «Qaerda qolib ketding?»-

dedi. Tong otib qolmog‘idan qo‘rqib, vitr o‘qib oldim, dedim. Abdulloh: «Bu borada 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

196


Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan ibrat olsang bo‘lmaydirmi?!» - dedi. «Olloh 

haqqi, albatta shundoq»,-dedim. Abdulloh: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuya 

ustida ham vitr o‘qir erdilar»,-dedi». 

 

32-bob. Safarda vitr o‘qimoq 

 

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda qayoqqa 



qarab ketayotgan bo‘lsalar, o‘sha tomonga qarab ulov ustida imo-ishora birlan, kechasigi 

nafl namozlarini o‘qib ketaverar erdilar. Lekin, farz va vitr namozlarini ulov ustida 

o‘qimas erdilar». 

 

33-bob. Ruku’dan avval va ruku’dan keyin Qunut duosini o‘qimoq 

 

Muhammad ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod 



namozida Duoi Qunutni o‘qirmidilar?» - deb Anasdan so‘rashdi. «Ha, o‘qir erdilar»,- 

dedilar. «Ruku’dan avval o‘qiganmilar?» - deyishdi yana. «Ruku’dan bir oz keyinroq»,- 

dedilar». 

 

Osim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Anas ibn Molikdan Duoi Qunut to‘g‘risida 



so‘radim. «Qunut - shar’iy, bor narsa» ,— dedilar. «Ruku’dan avvalmi yokim keyinmi?» - 

dedim. «Ruku’dan avval» ,— dedilar. «Menga falonchi aytdikim, siz «Ruku’dan keyin» 

degan emishsiz?!» -dedim. «Yolg‘on aytibdir!-dedilar Anas ibn Molik, - gap shundakim, 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oygina ruku’dan keyin Qunut o‘qiganlar. 

O’shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yetmishga yaqin qorilarni mushrik 

qavmlardan biriga (islomga da’vat qilgani) yuborgan erdilar. Har ikki tomon o‘rtasida 

sulh tuzilganligiga qaramay, mushriklar qorilarni o‘ldirishgan erdi. Shu boisdan 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oy mobaynida besh vaqt namozning oxirgi 

rak’atlarida o‘ldirganlarni duoi bad qilib Qunut duosini o‘qigandilar». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oy 



davomida besh vaqt namozning oxirgi rak’atlarida Ra’l va Zakvon qabilalarini duoi bad 

qilib, Qunut duosini o‘qidilar». 

Anas raziyallohu anhu: «Qunut shom va bomdod namozlarida o‘qilar erdi»,-deydilar. 

 

34-bob. Olloh taolodan yomg‘ir so‘ramoq; Janob Rasulullohning yomg‘ir so‘rab 



iltijo qilganlari 

 

Ibod ibn Tamimning amakilari bunday degan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam Olloh taolodan yomg‘ir so‘ramoq uchun (namozgohga) chiqdilar, so‘ng ridolarini 

tanalariga yaxshilab o‘rab olib, iltijo qila boshladilar». 

 

35-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ilohi, ularga Yusuf 

alayhissalom davrlaridagidek qurg‘oqchilik (yillarini) yuborgil!» deb duoi bad 

qilganlari haqida 

 

Abu Lurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har doim oxirgi 



rak’atdan bosh ko‘targanlarida: «Ilohi, Iyosh ibn Abu Rabi’aga najot bergil! Ilohi, Salama 

ibn Hishomga najot berg‘il! Ilohi, Valid ibn Validga najot berg‘il! Ilohi, zaif mo‘‘minlarga 

najot berg‘il! Ilohi, Muzar qabilasiga nisbatan azobingni kuchaytirib, ularga Yusuf 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

197


alayhissalom davrlaridagidek qurg‘oqchilik (yillarini) yuborg‘il!» - deb iltijo qilar erdilar. 

Keyin, yana: «Olloh taolo G’ifor (qabilasinyng) gunohlarini mag‘firat qilsin! Olloh taolo 

Aslam (qabilasiga) omonliq bersin!» - deb qo‘yar erdilar». 

 

Ibn Abu az-Zinod: «Janob Rasululloh bu duolarning hammasini bomdod namozida aytar 



erdilar, deb otam aytgandilar»,- deydi. 

 

Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas’udning huzurida o‘tirgan 



erdik. Shunda ul: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quraysh ahlining islomdan yuz 

o‘girganini ko‘rib, «Ilohi, Qurayshga yetti yil davomida Yusuf alayhissalom 

davrlaridagidek qahatchilik yuborg‘il!» deb duoi bad qilgandilar»,—dedi. Keyin, shundan 

so‘ng bo‘lgan voqealarni birma-bir hikoya qilib berdi: «Quraysh boshiga qahatchilik 

tushdi, o‘simliklarning barcha turi qurib, qovjirab ketdi. Qurayshliklar harom o‘lgan 

hayvonlarning hatto terisigacha yeb bitirishdi. Ochlikdan sillalari qurib, osmonga 

qarasalar, ko‘zlari tinib, boshlari aylanadirgan bo‘lib qoldi. Shunda Abu Sufyon Janob 

Rasululloh huzurlariga kelib: «Ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam, siz bizga 

Ollohga itoat qilmakni va qarindoshchilikka rioya qilmakni buyurg‘aysiz-ku! 

Qarindoshlaringiz bo‘lmish Quraysh ahli qahatchilik va ochlikdan halok bo‘lmoqda, 

ularning haqqiga Olloh taolodan najot tilab, duo qilingiz!» — dedilar. Shunda Janob 

Rasululloh Olloh taolo oyati karimasining «Osmonni tutun qoplaydirg‘an kunni kutg‘il!» 

degan joyidan, «... Biz qattiq jazolab (urib), qasos oladirg‘an kunni kutg‘il!» degan 

joyigacha o‘qidilar. (Mana, o‘zingiz bilursiz) osmonni tutun qoplaydirgan kun ham, qattiq 

jazolab (urib), o‘ch oladirg‘an kun ham bo‘lib o‘tdi. Ushanda Janob Rasululloh o‘qigan 

oyatlari—«Rum» surasining dastlabki oyatidir». 

 

36-bob. Qahatchilik bo‘lganda odamlarning «Olloh taolodan yomg‘ir tilab 

bering!» deb imomga aytmog‘i 

 

Abdulloh ibn Dinorga otalari quyidagicha rivoyat qilgan erkanlar: «Ibn Umarning «Ey 



Tangrim, beva-bechoralar va yetim-esirlar haqqi, yomg‘ir, yogdirg‘il!» degan 

mazmundagi Abu Tolib yozgan she’rni o‘qib iltijo qilayotganini eshitdim». 

 

Solimga otasi Abdulloh ibn Umar bunday deb aytgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallamning minbarda turib yomg‘ir so‘rashlari bilanoq yuzlariga yomg‘ir 

tomchilay boshlaganini ko‘rganimda shoir Abu Tolibning «Ey Tangrim, beva-bechoralar 

va yetim-esirlar haqqi, yomg‘ir yog‘dirg‘il!» degan mazmundagi she’ri yodimga tushgan 

erdi shekilli». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hazrat Umar, qurg‘oqchilik bo‘lganda, Abbos 



ibn Abd ul-Mutallibni o‘rtaga qo‘yib Ollohdan yomg‘ir so‘rar erdilar. «Ilohiy, biz sendan 

payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamni o‘rtaga qo‘yib yomg‘ir so‘rar erdik, yomg‘ir 

berar erding. Endi biz Rasulullohning amakilarini o‘rtaga qo‘yib sendan yomg‘ir 

so‘raymiz, yomg‘ir berg‘il bizga!» deb iltijo qilur erdilar. So‘ng, Olloh taolo yomg‘ir 

yuborar erdi». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling