Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Qachon bolalarga g‘usl va tahorat vojib bo‘ladir? Qachon ular jamoat


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


159-bob. Qachon bolalarga g‘usl va tahorat vojib bo‘ladir? Qachon ular jamoat 

yig‘inlari, hayitlar va janozalarda qatnashadirlar, kattalar safida turib namoz 

o‘qiydirlar? 

 

Sha’biy quyidagi hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga tashlandiq 



bolaning qabriga borib janoza o‘qigan kishidan eshitibdir: «Janob Rasululloh janozada 

imomlik qildilar. Odamlar Janob Rasulullohga iqtido qilishdi (yosh bolalar ham 

qatnashishdi). Sulaymon mendan: «Bu hadisni kim aytib bergan erdi?»—deb so‘radi. 

Men: «Ibn Abbos»,— dedim». 

 

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum’a 



ko‘ni g‘usl qilmoqlik har bir balog‘atga yetgan insonga vojibdir»,— deganlar». 

 

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Xolam Maymunanikida bir kecha tunab qoldim. Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam ham uyquga yotdilar. Kechaning bir qismi o‘tgach, Janob 

Rasululloh turib devorga osig‘liq meshchani oldilar, so‘ng yengil-elpi tahorat olib namoz 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

170


o‘qiy boshladilar. Men ham ul kishi, singari tahorat olib, chap tomonlariga kelib turgan 

erdim, o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar. So‘ng, Olloh xohlagancha namoz o‘qidilar, 

keyin yonboshladilar, hatto pishillaganlari ham eshitildi. Bir ozdan keyin muazzin kelib 

namozga chaqirdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qayta tahorat olmay 

muazzin birlan birga namozga chiqib ketdilar. Sufyon raziyallohu anhu: «Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallamning ko‘zlari uxlaydi-yu, qalblari uxlamaydir»,— deydi. Amr: 

«Payg‘ambarlarning ko‘rgan tushlari Ollohning ularga yuborgan vahiyidir»,— deb, «Men 

tushimda ko‘rsam, seni Olloh yo‘lida qurbon qilayotgan erkanman» degan oyati karimani 

o‘qidi». 

 

Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Katta buvim Mulayka taom tayyorlab, Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallamni mehmonga chaqirdilar. Rasululloh taomni yeb bo‘lgach: 

«Turingiz, birga namoz o‘qiymiz»,— dedilar. Men turib, eskiligidan qorayib ketgan 

bo‘yramizga suv sepdim, so‘ng Rasululloh namozni boshladilar. Men birlan bir yetim bola 

orqalarida safga turdik, buvim bo‘lsalar, bizning orqamizda turdilar. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam 2 rak’at namoz o‘qidilar». 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir urg‘ochi eshak minib Minoga keldim. 



Balog‘atga yetib qolgan erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Minoda sutrasiz 

(qibla tomonni to‘smay) odamlar birlan namoz o‘qiyotgan erkanlar. Ba’zi bir saflarni 

oralab o‘tdimda, eshakdan tushib, uni o‘tlagani qo‘yib yubordim, keyin safga kelib 

turdim. Bu qilmishim uchun menga hech kim tanbeh bermadi». 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftonga 



kech qoldilar, hatto Hazrat Umar: «Yosh bolalar, xotinlar uxlab qoldilar»,— deb ovoz 

qildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam chiqib: «Darhaqiqat, Yer yuzidagi aholining 

birortasi ham hozir xufton o‘qiyotgani yo‘q»,— dedilar. Usha kunlarda Madina ahlidan 

boshqa hech kim namoz o‘qimas erdi». 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Menga bir kishi: «Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallam birlan birga hayit namozida qatnashganmisiz?»,— dedi. Men: «Ha, 

qatnashganman, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yaqinligim bo‘lmaganda, 

yoshim qichikligi sababli qatnasha olmagan bo‘lar erdim»,— dedim-da, quyidagilarni 

hikoya qilib berdim: «Janob Rasululloh Kusayr ibn Salt hovlisi yonida menga tug‘ni 

tutqizdilar, so‘ng avval erkaklarga, keyin ayollarga va’z aytdilar, oxiratni eslatib, sadaqa 

qilmoqqa buyurdilar. Ayollar uzuk va sirg‘alarini olib Bilolning etagiga tashlay 

boshladilar. Shundan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abdulloh va Bilol 

uylariga ketdilar». 

 

160-bob. Ayollarning kechasi va g‘ira-shirada masjidlarga chiqmoqlari 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xufton 



namoziga kech qoldilar, hatto Hazrat Umar: «Xotinlar va bolalar uxlab qoldilar»,— deb 

ovoz qildilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam chiqib: «Yer yuzida sizdan 

bo‘lak biror kishi bu namozni o‘qiyman, deb turgani yo‘q»,—: dedilar. O’sha kunlarda 

Madinadan boshqa joyda namoz o‘qilmas erdi. Madina ahli xufton namozini Quyosh 

botayotgandagi shafaqning yo‘qolishidan boshlab, to tunning 3/1 bo‘lagi tugaguncha 

bo‘lgan vaqt ichida o‘qir erdi». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

171


Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 

«Agar xotinlaringiz kechasi namoz o‘qimoq uchun masjidga chiqmoqqa ijozat so‘rasalar, 

ijozat beringiz»,— deganlar». 

 

Hind binti al-Harsga Ummu Salama quyidagi hadisni aytib bergan erkanlar: «Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam davrlarida ayollar farz namozini o‘qib bo‘lib, salom 

berishgach, o‘rinlaridan turib uylariga ketishar erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam bilan erkaklar ersa, ayollar ketib olsin, deb birmuncha vaqt kutib turishar erdi». 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozini 



o‘qir erdilar, namozdan so‘ng xotinlar chimmatlariga o‘ralib g‘ira-shirada uylariga 

qaytishar erdi, qorong‘ida ularni hech kim tanimas erdi». 

 

Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam: «Men, cho‘zibroq namoz o‘qiyman, deganimda go‘daklarning yig‘isini eshitib, 

onasiga og‘ir tushmasin, degayman-da, namozni yengillatgayman»,— deganlar». 

 

Oisha onamiz: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayot bo‘lib, ayollarda paydo 



bo‘lgan ushbu zebu ziynatlarni ko‘rganlarida erdi, Baniy Isroil kabi ularning masjidlarga 

bormaklarini albatta man’ qilgan bo‘lur zrdilar»,— degan erkanlar. 

 

Yahyo shu haqda gapira turib, «Baniy Isroil xotin-qizlarining masjidlarga borishi man’ 



qilingan erdimi?»—deb so‘rabdi Umradan. Shunda Umra: «Ha»,— degan erkan. 

 

161-bob. Ayollarning erkaklar orqasida safga turmog‘i 

 

Ummu Salama quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz 



o‘qib bo‘lib salom berganlarida ayollar o‘rinlaridan turib uylariga ketishar erdi. Janob 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘zlari ersalar, o‘rinlaridan turmay bir oz 

o‘ltirar erdilar. Zuhriy bu haqda: «Ul zot, erkaklardan avval xotinlar uylariga yetib 

olsinlar, deb shunday qilgan bo‘lsalar kerak, yana Olloh bilg‘aydir»,— deydilar. Anas 

raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ummu 

Sulaymnikida namoz o‘qidilar. Men va bir yetim bola Rasulullohning orqalarida iqtido 

qilib safga turdik, Ummu Sulaym ersa, bizning orqamizda turdilar». 

 

162-bob. Ayollar bomdod namozidan keyin uylariga qaytmog‘lari hamda 



masjidda kamroq ushlanib turmog‘lari lozim 

 

Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozini o‘qib 



bo‘lganlaridan keyin ayollar uylariga qaytishar erdi. G’ira-shirada ularni hech kim 

tanimas erdi»,— deydilar. 

 

163-bob. Ayol kishining masjidga chiqmoq uchun eridan ijozat so‘ramog‘i 

 

Solim ibn Abdullohning otalari Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam: «Agar birortangizning xotiningiz masjidga chiqmoqqa ijozat 

so‘rag‘aydir, ruxsat beringiz,— deganlar». 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

172


ÉΟó¡Î0

 

«!$#



 

Ç⎯≈uΗ÷q§9$#

 

ÉΟŠÏm§9$#



 

 

JUM’A KITOBI 

 

1-bob. Jum’aning farz ekanligi 

 

Olloh taolo: «Agar jum’a kuni jum’a namoziga azon aytib chaqirilg‘aydir, oldi-sotdini 



qo‘yib, Ollohni zikr etmoqqa shoshilingiz. Agar bilsangiz, Ollohni zikr etmoqqa 

shoshilmoq sizlar uchun xayrlidir!»-deydir. 

 

Abu Hurayra: «Bu xususda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar»,- 



dedilar: «Biz bu dunyoda eng oxirgilarmiz, qiyomat kunida ersa, hurmat-ehtirom 

jihatdan eng birinchilarmiz. Ammo, Ahli kitoblarga bizdan avval kitob nozil qilingan 

hamda ularga shu jum’a kuni haftalik bayram sifatida farz qilingan erdi. Ammo, ular 

jum’a kunini bayram qilmoq to‘g‘risida kelisha olmadilar. Bu kunni bayram qilmoqni 

Olloh bizga muyassar etdi. Barcha bizdan keyin bayram qilg‘aydir, yahudiylar ertaga, 

nasorolar ersa, indinga bayram qilishg‘aydir». 

 

2-bob. Jum’a kuni g‘usl qilmoqning afzalligi; balog‘atga yetmagan bolalarning 

yokim ayollarning jum’aga qatnashmoqlari lozimmi? 

 

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi 



biringiz bo‘lmangiz, jum’aga kelsangiz, g‘usl qilib kelingiz!»-deganlar». 

 

Ibn Umar naql qiladirlar: «Umar ibn al-Xattob jum’a kuni minbarda tikka turib xutba 



aytayotgan erdilar, nogahon Rasulullohning sahobalaridan bir kishi (masjidga) kirib 

keldi. Shunda Hazrat Umar baland ovoz birlan: «Hozir qay vaqt bo‘ldi? (nechun kech 

qolding?)» - dedilar. «Men bir ish birlan band erdim, uyimga ham borolganim yo‘q, 

azonni eshitdimu, tahorat olib yugurdim»,- dedi boyagi kishi. «G’usl qilmasdan tahorat 

qilganini qarangiz! Vaholanki, sen Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jum’aga 

g‘usl qilib kelmoqni buyurganlarini bilursen»,-dedilarHazrat Umar». 

 

Abu Sa’id al-Xudriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum’a kuni g‘usl qilmoq 



har bir balog‘atga yetgan inson uchun vojibdur!» - deganlar», -deydilar. 

 

3-bob. Jum’aga xushbo‘y narsalar sepib bormoq 

 

Abu Sa’id rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum’a kuni g‘usl 



qilmoq, shuningdek tish tozalamoq va topilsa, xushbo‘y narsalar sepmoq har bir 

balog‘atga yetgan odam uchun vojibdir!» - deganlar. «G’usl qilmoq - vojib ekanligiga 

guvohman, lekin tish tozalamoq va xushbo‘y narsalar sepmoq vojibmidir yo yo‘qmidir, 

buni Olloh bilg‘aydir. Hadisda ersa, vojib deb aytilgan»,- deydilar Amr raziyallohu anhu». 

 

4-bob. Jum’aning afzalliklari 

 

Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar»,— deydilar: 



«Kimki, jum’a kuni nahs bo‘lganida g‘usl qilganidek g‘usl qilib masjidga birinchi bo‘lib 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

173


borg‘aydir, go‘yokim bir tuya qurbonlik qilgandek savob olg‘aydir va kimki ikkinchi bo‘lib 

borg‘aydir, go‘yokim bir sigir so‘yib qurbonlik qilgandek savob olg‘aydir va kimki 

uchinchi bo‘lib borg‘aydir, bir qo‘y so‘yib qurbonlik qilgandek savob olg‘aydir va kimki 

to‘rtinchi bo‘lib borg‘aydir, bir tovuq sadaqa qilgandek savob olg‘aydir va kimki beshinchi 

bo‘lib borg‘aydir, bir tuxum sadaqa qilgandek savob olg‘aydir. Imom xutba aytgani 

chiqsa, maloikalar ham xutba eshitmoq uchun hozir bo‘lishgaydir, ammo maloikalar 

bundan keyin kelgaylar uchun savob daftarlarini yopib qo‘yg‘aydirlar». 

 

5-bob. 

 

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Hazrat Umar raziyallohu anhu jum’a kuni xutba aytib 



turgan erdilar, masjidga bir kishi kirib keldi. Shunda Umar unga: «Nega namozga kech 

qoldingiz?»-dedilar. Ul kishi: «Azonni eshitdim-u, tahorat olib kelaverdim»,- dedi. Umar: 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Har biringiz jum’aga g‘usl qilib boringiz!» 

deganlarini eshitmaganmisiz?» -dedilar». 

 

6-bob. Jum’aga gul yog‘i surtib bormoq 

 

Salmon al-Forsiy naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kishikim jum’a 



kuni g‘usl qilib, qo‘ldan kelgancha poklanib, xushbo‘y yog‘lar birlan soch-soqollarini 

moylab yokim uyida bor bo‘lgan xushbo‘y narsalardan o‘ziga sepib, so‘ng masjidga kelsa 

va ikki kishi orasidan ularga ozor bermay o‘tib, Olloh taolo nasib qilgancha namoz o‘qisa, 

imom gapirganda jim turib quloq, solsa, o‘sha jum’a birlan o‘tgan jum’a o‘rtasidagi 

gunohlarining hammasi kechirilg‘aydir»,-deganlar». 

 

Tovus raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum’a 



kuni nahs bo‘lmasangiz ham g‘usl qilingiz va boshlaringizni yuvingiz, o‘zingizga xushbo‘y 

narsalar sepingiz! deganlar»,- deyishadi, shunga siz ne dersiz? dyob Ibn Abbosga 

aytdim. Ibn Abbos: «Ha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘usl haqida shundoq deb 

aytganlar, ammo xushbo‘y narsalar to‘g‘risida nelar deganlarini bilmasmen» ,— dedi». 

 

«Ibn Abbos Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jum’a kuni g‘usl qilmoq to‘g‘risida 



aytgan gaplarini so‘zlab berdi. Shunda men: Xushbo‘y narsalar sepadirmi yokim bor 

bo‘lsa, xushbo‘y yog‘lar surtadirmi? deb Ibn Abbosdan so‘radim» ,— deydilar Tovus 

raziyallohu anhu, Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysinisini nazarda 

tutganlarini aniq bilmasmen»,- debdi. 

 

7-bob. Jum’a namoziga eng yaxshi kiyimlarni kiyib bormoq 

 

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu masjid eshigi 



oldida ipak matodan tikilgan chopon sotishayotganini ko‘rib Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallamga: «Yo Rasululloh, shu choponni sotib olsangiz, jum’a kuni va mehmonlar 

kelganda kiyar erdingiz»,- dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu choponni 

oxiratdan umidini uzgan odam kiyg‘aydir»,- dedilar. Keyinchalik, Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallamga o‘sha ipak chopondan bir nechasini hadya qilib yuborishdi. Shunda 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam choponlardan birini Hazrat Umarga berdilar. Hazrat 

Umar: «Yo Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, ipak choponni menga kiydirdingiz, 

vaholanki bu to‘g‘rida boshqa narsa degan erdingiz?!» - dedilar. Janob Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Men senga choponni o‘zing kiyg‘il, deb berganim yo‘q»,- 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

174


dedilar. Umar ibn al-Xattob choponni Makkadagi mushrik (Ollohga shirk keltirgan) 

ukalariga kiydirib yubordilar». 

 

8-bob. Jum’a kuny misvok birlan tish tozalamoq 

 

Abu Sa’id al-Xudriy: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tishlarini misvok birlan 



tozalar erdilar»,- deydilar. 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Ummatimga qiyin qilib qo‘yg‘aymen demaganimda, har bir namoz o‘qishdan oldin 

misvok birlan tish tozalamoqni buyurar erdim»,- deganlar». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Sizlarga misvok birlan tish tozalamoq to‘g‘risida juda ham ko‘p aytdim»,-deganlar». 

 

Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



kechasi tashahhudga turganlarida ogizlarini misvok birlan tozalar erdilar». 

 

9-bob. Birovning misvoki birlan tish tozalagan kishi 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Abdurrahmon ibn Abu Bakr qo‘lida misvok birlan 



hujramga kirib keldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga qaradilar. Men 

Abdurrahmonga: «Shu misvokni menga bering», — dedim. Menga berdilar. Misvokning 

ishlatilgan qismini sindirib tashladim, so‘ng uchini tishlab yumshatdim-da, Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallamga berdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (betob bo‘lib 

yotgandilar) ko‘kragimga suyanib turib, tishlarini tozaladilar» 

 

10-bob. Jum’a kuni bomdodda o‘qiladigan zam sura 

 

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’a kuni 



bomdod namozining birinchi rak’atida «Alif, lom, mim tanzil» surasini, ikkinchi rak’atida 

ersa, «Hal ato ala-l-inson» surasini o‘qir erdilar». 

 

11-bob. Qishloq va shaharlarda jum’a o‘qimoq 

 

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning masjidlarida 



o‘qilgan jum’adan keyingi birinchi jum’a Bahrayn qishloqlaridan biridagi Abd ul-Qays 

masjidida o‘qildi». 

 

Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Har biringiz vasiydirsiz» 



deganlarini eshitganman»,— dedi. Lays ibn Sa’id ersa: «Menga Yunus bundoq degandi» 

deb quyidagini qo‘shimcha qildilar: «Bir kuni  

Raziyq ibn Hakim Vodiy ul-Quroda turganida Ibn Shihobga masala so‘rab: «Ey Ibn 

Shihob, qo‘l ostimdagilarni jum’a namoziga to‘playinmi yokim yo‘qmi?» deb xat yozdi, 

men ham o‘sha yerda erdim. Raziyq o‘sha vaqtlarda dalada ish boshqaruvchi bo‘lib, qo‘l 

ostida sudanlik bir jamoa xizmatchilar va boshqalar ishlashar erdi. Raziyq Ayla degan 

shaharga amirlik qilib turgan kunlardan birida Ibn Shihob unga javob yo‘lladi. Raziyq 

xatni o‘qiyotganida men eshitib turgan erdim, unda Ibn Shihob Raziyqqa qo‘l 

ostidagilarni jum’aga yig‘moqni buyurib, bunday degandi: «Rasululloh sallallohu alayhi 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

175


va sallamning «Har biringiz o‘z qo‘l ostingizdagilarga vasiy va mas’uldirsizlar. Imom o‘z 

qo‘l ostidagilarga vasiy va mas’uldir. Erkaklar o‘z oila a’zolariga vasiy va mas’uldirlar, 

ayollar o‘z erining uyidagi bor narsalarga mas’uldir. Xizmatkor o‘z xo‘jayinining moliga 

mas’ul bo‘lib, ularni ehtiyotlamog‘i lozim» deganlarini Abdulloh ibn Umardan 

eshitganman». Nazarimda, Ibn Shihob: «Bola o‘z otasining moliga mas’ul bo‘lib, uni 

ehtiyotlamog‘i lozim, har biringiz o‘z qo‘l ostingizdagilarga vasiy va mas’uldirsizlar» deb 

ham yozgandi shekilli». 

 

12-bob. Jum’ada qatnashmaydirgan ayollar, bolalar va boshqalarga jum’a kuni 



gusl lozimmi yoki yo‘qmi? 

 

Ibn Umar: «Jum’a kuni g‘usl qilmoqlik jum’a o‘qishi farz bo‘lgan kishilargagina 



lozimdir,— deydilar. 

 

Solim ibn Abdullohning otalari - Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam: «Kimki jum’aga kelsa, g‘usl qilib kelsin!» deb aytganlar» ,— deydilar. 

 

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum’a 



kuni g‘usl qilmoq har bir balog‘atga yetgan insonga lozimdir!» deb aytganlar» ,— 

deydilar.  

 

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biz bu dunyoda 



oxirgilarmiz, Qiyomat kuni ersa, izzat-hurmat jihatidan birinchilardirmiz. Avval ularga, 

keyin bizga Kitob nozil bo‘ldi. Ular o‘zaro tortishib jum’a kunini bayram kuni deb belgilay 

olmadilar. Bu kunni bayram qilmoqni Olloh bizga muyassar etdi. Yahudiylar ertaga, 

nasorolar ersa, indinga bayram qilishg‘aydir»,- deb bir oz jim qoldilar, keyin yana: «Har 

bir musulmon 7 kunda bir marta boshdan-oyoq yuvinib g‘usl qilmog‘i lozimdir!» - deb 

qo‘shib qo‘ydilar». 

 

Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh haqqi-hurmati, har bir 



musulmon 7 kunning birida g‘usl qilmog‘i lozimdir!»-deganlar»,-deydilar. 

 

Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ayollarga kechasi masjidlarga borib 



namoz o‘qimoqqa ruxsat beringiz!» deganlar»,- deydilar. 

 

«Umarning bir xotini bor erdi. Bomdod va xufton namozlarini masjidda jamrat birlan 



o‘qir erdi. Unga: «Nega jamoat oldiga chiqg‘aysen? Bu Umarga yoqmasligini, 

odamlardan seni rashk qilmog‘ini bilursen-ku, axir! - deyishdi. Xotin: «Meni bundan 

qaytarmog‘i uchun ne mone’lik qilg‘aydir?»-dedi. «Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallamning «Olloh bandalarining Olloh masjidlariga bormoqlariga mone’lik qilmangiz!» 

degan so‘zoi mone’lik qilg‘aydir»,- deyishdi. 

 

13-bob. Yomg‘irli kunda jum’aga kelmaslikka ruxsat 

 

Ibn Abbos yomg‘ir yog‘ayotgan kuni muazzinga: «Ashhadu anna Muhammadan 



Rasululloh» deganingdan keyin «Hayya alassalot» demoq o‘rniga «Salluu fi buyutikum» 

(Uylaringizda o‘qingiz) deb aytgin!» - dedilar.  

Shunda odamlarga bu gap yoqmagandek bo‘ldi. Ibn Abbos: «Mendan yaxshiroq kishi 

(Rasululloh sallallohu alayhi va sallam) ham shundoq qilganlar. Bugun jum’aga kelmoq 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

176


og‘ir, men sizlarga qiyin bo‘lmasin, loyu suv kechib kelmangiz, deb shundoq qildim»,- 

dedilar. 

 

14-bob. Qanchalik uzoq joydan jum’aga kelinadir va kimga (jum’aga) kelmoq 

vojib? 

 

Olloh taolo: «Jum’a kuni jum’aga azon aytilg‘aydir, oldi-sotdingizni qo‘yib, Ollohni zikr 



etmoqqa oshiqingiz!»-deydi. Ato raziyallohu anhu: «Agar jum’a namozi o‘qiladirgan 

qishloqda bo‘lsang-u, jum’a namoziga azon aytilsa, azonni eshitsang ham, eshitmasang 

ham jum’aga kelmog‘ing lozim va farzdir!»-deydilar. Anas raziyallohu anhu jum’ani goho 

o‘z qasrida, goho masjidda o‘qir erdi. Qasri Basradan 2 farsax (taxm. 15-16 km) narida 

erdi. 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Odamlar navbati birlan uzoq qishloqlardan, shahar 



chekkalaridan changu tuproqqa botib, terlab-pishib jum’aga kelishar erdi. Bir kuni bir 

kishi Rasulullohni menikida ekanliklarida ko‘rgani keldi. Shunda Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam: «Qani endi, mana shu kuningizni (jum’ani) deb yaxshiroq 

poklansangiz!» -dedilar». 

 

15-bob. Quyosh qiyomdan oqqanda jum’a vaqti boshlanadir 

 

Yahyo ibn Sa’id rivoyat qiladirlar: «Amra degan ayoldan jum’a kuni g‘usl qilmoq haqida 



so‘raganimda, ul Oisha onamizning shu xususda aytib bergan so‘zlarini aytdi: 

«Mehnatkash odamlar kun qiyomdan oqqach, o‘sha ahvolda jum’aga kelaverar erdilar. 

Shunda ularga, g‘usl qilib kelsangiz erdi, ter hidi ko‘tarilib ketar erdi, deyilardi». 

 

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasulullox, sallallohu alayhi va sallam jum’a namozini 



quyosh qiyomdan oqqan paytda o‘qir erdilar». 

 

Anas raziyallohu anhu: «Jum’a namozini ertaroq o‘qib, keyin bir oz uxlab olar erdik»,- 



deydilar. 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling