Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Namozxon namoz vaqtida sodir bo‘lgan biror ishga e’tibor beradimi


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


92-bob. Namozxon namoz vaqtida sodir bo‘lgan biror ishga e’tibor beradimi 

yoki naq qibla tomondagi biror narsaga qaraydimi? 

 

«Abu Bakr o‘girilib qaragan erdilar, yonlarida Janob Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamni ko‘rdilar»,— deydilar Sahl raziyallohu anhu. 

 

Ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jamoat oldida namoz 



o‘qiyotib, masjidning qibla tomoni devoridagi tupukka ko‘zlari tushdi. Darrov uni qirib 

tashladilar. Namoz tugagach: «Qaysi biringiz namoz o‘qiyotgan ersangiz, Olloh taolo old 

tomoningizda bo‘lg‘aydir. Shuning uchun hech biringiz old tomonga tupurmangiz!» — 

dedilar». 

 

Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Sahobalar namozi bomdod o‘qishayotganda Janob 



Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Oisha onamizning hujralari pardasini ochib, 

ularga tabassum qilib qarab qo‘yganlari sahobalarni taajjubga soldi. Abu Bakr, Janob 

Rasulullohni namozga chiqmoqchilar, deb o‘ylab joy bo‘shatmoqchi bo‘ldilar. Janob 

Rasululloh sahobalar namozni to‘xtatmoqchi bo‘layotganlarini payqab, «Namrzni davom 

ettiringiz!» — deb ishora qildilar-da, pardani yopib qo‘ydilar. Shu kunning oxiriga borib 

Janob Rasululloh vafot etdilar». 

 

93-bob. Imom va unga iqtido qilg‘uvchilarning barcha namozlarda — safarda va 

safarda bo‘lmagan paytda o‘qiladirgan namozlarda ham, ovoz chiqarib va 

ichida o‘qiladirgan namozlarda ham qiroat qilmogining vojibligi 

 

Jobir ibn Sumra rivoyat qiladirlar: «Kufa ahli Sa’d ustidan xalifa Umarga shiyoyat 



qilgakda Hazrat Umar uni amirlikdan bo‘shatib, o‘rniga Ammorni tayinlagan erdilar. 

O’shanda Kufa ahli Sa’dning har bir ishidan kir qidirib shiqoyat qilishgan erdi, hatto 

«Sa’d namozni yaxshi o‘qimaydir»,— deb ham aytishgan erdy. Hazrat Umar Sa’dga 

odam yubordilar. Kelgach, unga: « Ey Abu Ishoq, Kufa ahli seni, namozni yaxshi 

o‘qimaydir, deyishmoqda»,— dedilar. Abu Ishoq: «Ular ne desalar, deyaversinlar, ammo 

men Oyalohga qasam ichib ayturmenkim, ularga imomlik qilganimda Rasululloh 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

150


sallallohu alayhi va sallam nechuk namoz o‘qigan bo‘lsalar,o‘shandoq namoz 

o‘qiyotirman, biror narsani tushirib qoldirayotganim yo‘q, ovoz chiqarib o‘qiydirgan joyini 

ovoz chiqarib, ichida o‘qiydirgan joyini ichimda qiroat qilayotirman, xufton namozining 

dastlabki ikki rak’atida uzoqroq turg‘ayman, keyingi ikki rak’atida ersa ozroq 

turg‘ayman»,—dedi. Hazrat Umar: «Bu sening fikringdir»,— deb u birlan birga bir kishini 

(yoki bir necha kishini) Kufaga yubordilar. Sa’d birlan birga borgan kishi Kufaning har bir 

masjidiga kirib, ahlidan Sa’d xususida so‘radi, hamma Sa’dni maqtadi. Lekin, Baniy Abas 

masjidiga kirganlarida bir kishi (ismi — Usoma ibn Qatoda, kunyasi — Abu Sa’da) 

o‘rnidan turib: «Ammo, Ollohni o‘rtaga qo‘yib bizdan so‘rar erkansan, to‘g‘risini aytmoq 

kerak. Sa’d kichik harbiy qism birlan urushga bormaydir, faqat yirik qismlar birlan 

boradir. O’ljalarni teng bo‘lishmaydir, adolatli hukm chiqarmaydir»,— deb aytdi. Bunga 

javoban Sa’d: «Ollohga qasam ichib ayturmenkim, seni uch marta duoi bad qilg‘ayman. 

Ilohi, agar shu bandang yolgon so‘zlayotgan bo‘lsa-yu, shuhrat uchun riyo yo‘liga kirgan 

bo‘lsa, uning umrini uzun qilib, faqirligini (muhtojligini) ziyoda etg‘il, boshi sira 

fitnalardan chiqmasin!» — dedi. Keyinchalik Ibn Qatodani ko‘rib, undan hol-ahvol 

so‘rasam: «Men baloga giriftor bo‘lgan bir keksa cholman. Menga Sa’dning duoi badi 

urdi»,—deb aytdi. Abdumalik menga: «Keyinchalik men ham uni ko‘rdim. Keksaligidan 

qoshlari o‘sib ketgan, hatto ko‘zlarini ham yopib turibdir, o‘zi ersa yo‘lda uchragan qiz-

juvonlarga ko‘z qisadir»,— dedi». 

 

Uboda ibn Somit raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Alhamduni 



(Fotiha surasini) o‘qimagan kishining namozi namoz ermas! deganlar»,— deydilar. 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



masjidga kirdilar. Ketlaridan bir kishi ham masjidga kirib namoz o‘qidi. Namozdan so‘ng 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga salom berdi. Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam salomiga alik olib: «Qayta namoz o‘qig‘il, chunkim sen namoz o‘qimading!»—

dedilar. U joyiga qaytib borib avvalgidek namoz o‘qidi. So‘ng kelib Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallamga salom berdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana: «Qaytg‘il, 

qayta boshdan namoz o‘qig‘il, chunkim sen namoz o‘qimading!»— dedilar. Uch marta 

shunday qildilar. U kishi oxiri: «Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Ollohga qasam 

ichib ayturmenkim, bundan yaxshiroq o‘qiy olmasmen. Menga o‘rgating»,— dedi. Janob 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Avval takbiri tahrima aytg‘il, so‘ng Qur’ondan 

bilganlaringni o‘qig‘il, keyin shoshmasdan ruku’ qilg‘il. Ruku’da bir oz tin olg‘il, keyin 

qaddingni yaxshilab tiklag‘il, so‘ng sajda etg‘il, bir oz tin olg‘il, so‘ngra sajdadan turib 

o‘tirg‘il, yana bir oz tin olg‘il. Namozingning qolganini ham xuddi shundoq qilib 

o‘qig‘il!»— deb aytdilar». 

 

94-bob. Peshin namozida qiroat qilmoq 

 

Jobir ibn Sumra raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Sa’d raziyallohu anhu Hazrat 



O’marg.a: «Ularga imomlik qilganimda peshin va asr namozini Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam o‘qiganlaridek qilib o‘qiyotgan erdim. Hech narsani unutayotganim yo‘q 

erdi. Avvalgi ikki rak’atni cho‘zib, keyingi ikki rak’atni ersa qisqa qiroat qilayotgan 

erdim»,— dedi. Shunda Hazrat Umar: «Bu sening fikringdir»,— degan erdilar». 

 

Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam peshin namozining dastlabki ikki rak’atida Surai «Fotiha» birlan yana bitta sura 

o‘qir erdilar. Birinchi rak’atni uzunroq, ikkinchi rak’atni ersa qisqaroq o‘qir erdilar, goho 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

151


ba’zi oyatni eshittirib qiroat qilar erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asr 

namozida ham, bomdod namozida ham Surai «Fotiha» birlan yana bitta sura o‘qir 

erdilar, birinchi rak’atni uzoqroq, ikkinchi rak’atni ersa qisqaroq o‘qir erdilar». 

 

Abu Ma’mar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin va asr 



namozlarida qiroat qilarmidilar?»—deb Xabbondan so‘radik. «Ha»,— dedi. «Buni qanday 

bilardingiz?» — dedik. «Soqollarining qimirlashidan»,— dedi». 

 

95-bob. Asr namozida qiroat qilmoq 

 

Abu Ma’mar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asr va peshin 



namozlarida qiroat qilarmidilar?»—deb Xabbondan so‘radik. «Ha»,— dedi. «Buni qanday 

bilardingiz?»—dedik. «Soqollarining qimirlashidan» ,— dedi». 

 

Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari Abu Qatoda naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallam peshin va asrning dastlabki ikki rak’atida Surai «Fotiha» birlan yana 

bitta sura o‘qir erdilar, goho ba’zi oyatni eshittirib qiroat qilur erdilar». 

 

96-bob. Shomda qiroat qilmoq 

 

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Onam Umm ul-Fazl mening «Va-l-mursalotu urfan» 



surasini o‘qiyotganimni eshitib: «Ey bolam, Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, shu 

surani o‘qishing birlan bir narsani esimga tushirding. Bu sura men Raso‘lulloh sallallohu 

alayhi va sallamdan eshitgan oxirgi suradir, uni shom namozida o‘qigan erdilar»,— 

dedilar». 

 

Marvon ibn Hakam naql qiladirlar: «Zayd ibn Sobit menga: «Ne bo‘ldi seyga, shom 



namozida qisqa suralarni o‘qiyotirsan? Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 

eng uzun suralarni o‘qiyotganlarini eshitganman»,— dedi». 

 

97-bob. Shom namozida ovoz chiqarib qiroat qilmoq 

 

Muhammad ibn Jubayrning otalari: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 



shom namozida «At-Tur» surasini o‘qiyotganlarini eshitdim»,—dedilar. 

 

98-bob. Xufton namozida ovoz chiqarib qiroat qilmoq 

 

Abu Rofi’ rivoyat qiladirlar: «Men Abu Hurayra birlan xufton namozini o‘qidim. Abu 



Hurayra xufton namozida «Iza-s-samounshaqqat» surasini qiroat qilib sajda qildilar. 

Shunda buning sababini so‘radim. Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

xuftonda imomlik qilganlarida shu surani o‘qib sajda qilgandirlar, men ham iqtido qilib 

sajda etgandirman, endi ul kishi birlan qiyomatda uchrashgunimcha shu surani o‘qib 

sajda qilaverg‘ayman»,— dedilar». 

 

Adiy raziyallohu anhu: «Men Barroning «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda 



erkanliklarida xufton namozining ikki rak’atidan birida «Va-t-tiyn va-z-zaytun» surasini 

o‘qidilar» deganini eshitganman»,— deydilar. 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

152


99-bob. Xufton namozida (sura) qiroat qilib sajda qilmoq 

 

Abu Rofi’ rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra birlan birga xufton namozini o‘qidim. Ul xufton 



namozida «Iza-s-samounshaqqat» surasini o‘qidi, so‘ng sajda qildi. Shunda unga: «Bu 

nesidur?» — dedim. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftonda imomlik 

qilganlarida shu surani o‘qib sajda qilgan erdilar, men iqtido qilib sajda etgan erdim. 

Endi qiyomatda ul kishi birlan uchrashgunimizcha shu surani o‘qib sajda 

qilaverg‘ayman»,— dedilar». 

 

100-bob. Xufton namozida qiroat qilmoq 

 

Adiyga Barro bunday debdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xufton 



namozida «Va-t-tiyn va-z-zaytun» surasini o‘qiganlarini eshitdim. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallamdan ko‘ra ovozi yokim qiroati yaxshiroq kishini ko‘rmaganman». 

 

101-bob. Namozxon xuftonning dastlabki ikki rak’atida uzunroq, keyingi ikki 

rak’atida esa qisqaroq qiroat qiladir 

 

Abu Avnga Jobir ibn Sumra bunday deb aytgan ekanlar: «Hazrat Umar: «Sa’d, sening 



ustingdan har bir narsa to‘g‘risida, hatto namoz to‘g‘risida ham shikoyat qildilar»,— 

dedilar. Sa’d: «Ammo men dastlabki ikki rak’atda uzunroq, keyingi ikki rak’atda ersa 

qisqaroq qiroat qilg‘ayman. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib 

o‘qiganimdek o‘qiyotirman»,— dedi. «To‘g‘ri aytding, bu o‘zing haqqingdagi fikringdir» 

yokim «Bu mening sen to‘g‘ringdagi fikrimdir»,— dedilar Hazrat Umar». 

 

102-bob. Bomdod namozida qiroat qilmoq 

 

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «At-Tur» surasini qiroat qildilar»,— deydilar 



Ummu Salama raziyallohu anho. 

 

Yasor ibn Saloma rivoyat qiladirlar: «Men va otam ikkimiz Abu Barza Aslamiy 



huzurlariga kirib namoz vaqtlari to‘g‘risida so‘radik. Ul kishi bunday dedilar: «Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam peshin namozini kun oqqanda o‘qir erdilar. Asrni o‘qib 

bo‘lganlaridan keyin, agar kishi shaharning eng chekkasiga borsa, hali Quyoshning 

harorati pasaymagan bo‘lur erdi (Abu Barza shom to‘g‘risida ne deganlarini bilmasman, 

yodimdan ko‘tarilibdir). Tunning uchdan bir qismi o‘tguncha kutib o‘tirmay xuftonni o‘qib 

olar erdilar. Xuftondan avval uxlamakni va xuftondan keyin so‘zlashib o‘tirmakni 

yoqtirmas erdilar. Namozi bomdodni o‘qib bo‘lganlarida kishi yonidagi sherigini 

taniydirgan darajada yorug‘ bo‘lur erdi. Bomdodning ikkala rak’atida yokim bir 

rak’atining o‘zida 60 dan 100 tagacha oyat o‘qir erdilar». 

 

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Har bir namozda Qur’on o‘qilg‘aydir. Janob Rasululloh 



bizga nelar degan bo‘lsalar, hammasini sizlarga yetkazdik, neni bizga aytmagan 

bo‘lsalar, o‘shani biz ham sizlarga aytmadik. Surai «Fotiha» ga boshqa surani zam 

qilmasangiz ham bo‘lg‘aydir, biroq zam qilsangiz, nur ustiga a’lo nur!». 

 

103-bob. Bomdod namozini ovoz chiqarib qiroat qilmoq 

 

Ummu Salama aytadirlar: «Odamlarga ergashib Ka’batullohni tavof qildim. Rasululloh 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

153


sallallohu alayhi va sallam ersalar bomdod namozini o‘qiyotib, «At-Tur» surasini qiroat 

qilayotgan erdilar». 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir 



jamoa sahobalar birlan birga Ukoz bozoriga bormakni niyat qilib chiqdilar. (Shu payt) 

shaytonlar bilan osmondan keladirgan xabar yo‘li oralig‘i to‘sildi, osmonga quloq 

solmoqchi bo‘lgan shaytonlarga o‘t otildi. Shaytonlar bir-birlariga: «Osmondan 

keladirgan xabar yo‘lining to‘silib qolganiga faqat yerda biror hodisa ro‘y berganligi 

sabab bo‘lmog‘i mumkin. Yerni Mag‘ribdan Mashriqqacha aylanib ko‘ringlar-chi, nega 

osmondan keladirgan xabar yo‘li bizga to‘sib qo‘yilgan erkan?» — deyishdi. Tuhoma tog‘i 

tomon yo‘llangan shaytonlar u yerdan qaytayotib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni 

Nahla degan joyda sahobalar birlan bomdod namozini o‘qiyotganlarida uchratib qolishdi. 

Shaytonlar Qur’onni eshitib: «Xudo haqqi, osmondan keladirgan xabar yo‘lini bizdan 

to‘sib turgan narsa xuddi mana shuldir»,— deb o‘z qavmlari oldiga qaytib ketishdi. Yetib 

borishgach: «Ey qavmimiz, biz to‘g‘ri yo‘lga chorlovchi ajoyib Qur’on eshitdik, unga 

iymon keltirdik, rabbimizga hech bir shirk keltirmaymiz»,— dedilar. Shunda Olloh taolo 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga «Qul uhiya ilayya» deb boshlanadirgan «Jin 

surasini» nozil qildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga jinlar aytgan gaplar ham 

vahiy qilindi». 

 

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozning 



ovoz chiqarib o‘qish buyurilgan joyini ovoz chiqarib o‘qidilar, buyurilmagan joyini 

ichlarida o‘qidilar. Olloh taoloning «Va mo kona rabbuka nasiyyan»—«Rabbingiz 

unutg‘uvchi ermasdir» (ushbu oyatda Olloh taolo namozning qaerini ovoz chiqarib va 

qaerini ovoz chiqarmay o‘qimoq, kerakligini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga 

ayon qildi) hamda «Laqad kona lakum fi rasulillohi usvatan hasanatan» —«Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallamning sizlarga yaxshi ibratlari bordir» (ushbu oyatda Olloh taolo 

Dini islomni faqatgina Qur’on birlan ermas, balkim Rasulullohning qilmishlari birlan ham 

mukammal qilajagini aytadir) degan oyatlari mana shu xususdadir». 

 

104-bob. Bir rak’atda ikki surani jam qilib o‘qimoq; suraning oxirgi oyatlarini 

o‘qimoq; suraning kattasidan avval kichigini o‘qimoq hamda suraning dastlabki 

oyatlarini o‘qimoq 

 

Abdulloh ibn Soib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod 



namozida «Mu’minun» surasini o‘qidilar. Muso va Horun yokim Iso to‘g‘risidagi oyatga 

kelgan vaqtlarida ul kishini yo‘tal tutgan erdi, ruku’ qildilar (bu — suraning ba’zi bir 

qismini zam qilmoq mumkinligini bildiradir). Umar raziyallohu anhu birinchi rak’atda 

«Baqara» dan 120 oyat o‘qidilar, ikkinchi rak’atda ersa (7 ta katta suradan tashqari) 

bitta sura (100 oyatga yaqin) o‘qidilar. Ahnaf ibn Qays raziyallohu anhu birinchi rak’atda 

«Kahf» surasini, ikkinchi rak’atda ersa «Yusuf» yokim «Yunus» surasini o‘qidilar. 

 

Ahnaf Hazrat Umar birlan birga bomdod namozida shu ikki surani o‘qiganini aytdi. Ibn 



Mas’ud raziyallohu anhu birinchi rak’atda «Anfol» surasidan 40 oyat, ikkinchi rak’atda 

ersa «Tivolk mufassal» dan bir sura o‘qidilar. «Bir surani ikki rak’atga bo‘lib yokim bir 

surani ikki rak’atda takroran o‘qimoq joizdir, zero bularninS har biri Ollohning 

kitobidir»,— deydilar. 

 

Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Ansoriylardan bir kishi Qubo masjidida imomlik 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

154


qilur erdi. Ul har safar namozda bir sura qo‘shib o‘qiydirgan bo‘lsa, «Qul huvallohu 

ahad» ni o‘qir erdi. Agar undan keyin yana bir sura o‘qiydirgan bo‘lsa, unga ham «Qul 

huvallohu ahad» ni qo‘shib o‘qir erdi. Har bir rak’atda shunday qilur erdi. Shunda uning 

qavmi: «Siz namozni doimo «Ixlos» surasi birlan boshlaysiz. Shuning o‘zi kifoya 

qilmag‘aydir, deb o‘ylaysizmi? Nechun unga yana bir sura qo‘shg‘aysiz? «Ixlos» 

surasining o‘zinigina yokim uning o‘rniga boshqa bir surani o‘qisangiz bo‘lmag‘aymi?» — 

deyishdi. Ul kishi: «Men bunday qila olmasman. Agar meni yaxshi ko‘rsangiz, shunga 

ko‘ng‘aysiz, aks holda men sizlarga imomlik qilmasman»,— dedi. 

 

Qavmi uni juda yaxshi ko‘rar va ul kishidan bo‘lak kishining imom bo‘lmog‘ini istamas 



erdi. Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam o‘sha qavmning qishlog‘iga borganlarida bu 

haqda ma’lum qilishdi. Janob Rasululloh: «Ey falonchi, qavming buyurgan ishni 

qilmog‘ingga ne monelik qilur, ne sababdin har rak’atda shul surani o‘qig‘aysen?» — 

dedilar. «Men shul surani yaxshi ko‘rg‘aymen»,— deb aytdi imom. «Bul suraga nisbatan 

bo‘lsan muhabbating seni jannatga kiritg‘usidir»,— dedilar Janob Rasululloh». 

 

Abu Voil rivoyat qiladirlar: «Bir kishi, Ibn Mas’udning huzurlariga kelib: «Kechki 



namozning bir rak’atida «Mufassal» dagi suralarning hammasini o‘qidim»,— dedi. 

Shunda Ibn Mas’ud unga: «Bu qilganing yaxshi ermas, unda, she’rni sharillatib 

o‘qigandek o‘qibdirsan-da! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir-biriga qo‘shib 

o‘qiydirgan o‘xshash suralarni bilur erding-ku?!» deb, «Mufassal» dagi har rak’atda 2 

tasi o‘qiladirgan 20 ta surani eslatdilar». 

 

105-bob. Farz namozining oxirgi ikki rak’atida surai «Fotiha» ni o‘qimoq 

 

Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam peshinning avvalgi ikki rak’atida Surai «Fotiha» birlan yana ikki surani va keyingi 

ikki rak’atida Surai «Fotiha» ning o‘zini o‘qir erdilar. (Ba’zi bir) oyatni bizga eshittirib 

o‘qir erdilar. Birinchi 'rak’atni cho‘zib, ykkinchi rak’atni ersa qisqaroq. o‘qir erdilar. 

Namozi asrda ham bomdodda ham shunday qilur erdilar». 

 

106-bob. Peshin va asrni ovoz chiqarmay o‘qish  

 

 Abu Ma’mar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin va asr 



namozlarida ham qiroat qilarmidilar?» — dedim Xabbobga. «Ha»,— dedi. «Qandoq bilur 

erding?»—dedik. «Soqollarining qimirlaganidan»,— dedi Xabbob». 

 

107-bob. Imom (ba’zi) oyatni eshittirib o‘qisa... 

 

Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam peshin va asr namozlarining avvalgi ikki rak’atida Surai «Fotiha» birlan yana bitta 

sura o‘qir erdilar, goho oyatni bizga eshittirib o‘qir erdilar. Birinchi rak’atda uzunroq o‘qir 

erdilar». 

 

108-bob. Namozxon birinchi rak’atda uzunroq qiroat qilg‘aydir 

 

Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin 



namozining birinchi rak’atida uzunroq, ikkinchi rak’atida ersa qisqaroq qiroat qilur 

erdilar. Bomdod namozida ham shundoq qilur erdilar». 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

155


 

109-bob. Imomning «Omin» deb eshittirib aytmog‘i 

 

Ato raziyallohu anhu: «Omin — duodir»,— deganlar. Abdulloh ibn Zubayr: «Omin»,— 



dedilar va orqalaridagilar ham: «Omin»,— deyishdi, hatto masjid jannatdek gurkirab 

ketdi. Abu Hurayra raziyallohu anhu imomga: «Ominni shoshilib aytmangiz!» — derdilar. 

«Ibn Umar «Omin»da yaxshilik (savob, fazilat) bor, deb aytur erdi»,— deydilar Nofi’. 

 

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom «omin» 



desa, sizlar ham «omin» deb aytingiz, chunkim kimning «omin» degani maloikalarning 

«omin» deganiga to‘g‘ri kelg‘aydir, qilgan gunohlari kechirilg‘aydir»,— deganlar. Ibn 

Zuhriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «omin» der erdilar»,— deydilar». 

 

110-bob. «Omin» demoqning fazilati 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Sizlar «omin» desangiz-u, osmonda maloikalar ham siz birlan barobar «omin» desalar, 

qilgan gunohlaringiz mag‘firat etilg‘aydir»,— deganlar». 

 

111-bob. Namozxonlarning ovoz chiqarib «omin» demog‘i 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Imom «G’ayril magzubi alayhim valazzollin» desa, «omin» deb aytingiz! Chunkim 

kimning «omin»i farishtalarning «omin»iga to‘g‘ri kelib qolg‘aydir, qilgan gunohlari 

kechirilg‘aydir»,— deganlar». 

 

112-bob. Namozxon safga kirmasdan avval ruku’ qilsa, joizmi? 

 

Muso ibn Ismoil rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’ 



qilib turganlarida, masjidga yetib keldi, so‘ng safga yetmasdan avval ruku’ qildi, keyin 

bu qilmishini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytdi. Janob Rasululloh sallallohu 

aylahi va sallam: «Olloh taolo namozga ixlosmandligingizni ziyoda qilsin, boshqa bunday 

qilmangiz!»—dedilar (boshqa bir rivoyatda «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

unga: «Namozga kelsangiz, safga kirib, so‘ng ruku’ qilingiz! deganlar»,— deyiladi). 

 

113-bob. Ruku’da takbirni to‘liq aytmoq 

 

Imron ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Hazrat Ali birlan birga Basrada namoz o‘qidik. 



Hazrat Ali Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘qib yurgan namozimizni 

eslatib, «Ul kishi har gal sajdadan bosh ko‘targanlarida va har gal sajda qilganlarida 

takbir aytar erdilar»,— dedilar». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to‘g‘rilarida 



gapirayotib: «Ul zot namozda sahobalarga imomlik qilsalar, har sajdaga borganlarida va 

har sajdadan bosh ko‘targanlarida takbir aytar erdilar, men hammangizdan ko‘ra 

ko‘proq Janob Rasulullohga o‘xshatib namoz o‘qiydirman»,— dedilar. 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling