Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Kishining «Hali namoz o‘qimadik»,— demog‘i
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27-bob. Takbir aytilgandan keyin imom biror zarurat bilan band bo‘lmog‘i mumkinmi
- 28-bob. Namozga takbir aytilgandan so‘ng (birov bilan) so‘zlashmoq
- 30-bob. Jamoat birlan namoz o‘qimoqning fazilati
- 31-bob. Namozi bomdodni jamoat birlan o‘qimoqning fazilati
- 32-bob. Peshin namoziga ertaroq bormoqning fazilati
- 33-bob. Masjid tomon bosgan qadamlarni hisoblamoq
- 34-bob. Xufton namozini jamoat birlan o‘qimoqning fazilati
- 35-bob. Ikki kishi va undan ortig‘i jamoatdir
- 36-bob. Masjidda namoz vaqti bo‘lmog‘ini kutib o‘tirgan kishining hamda masjidlarning fazilati bayoni
- 37-bob. Masjidga erta borib, kech qaytmoqning fazilati
- 38-bob. Namozga takbir aytilsa, farz namozdan boshqa namozlar to‘xtatilg‘aydir
- 39-bob. Kasal kishining jamoat oldiga chiqmoqqa haddi bormi (imomatga o‘ta oladirmi)
- 40-bob. Yomg‘ir yoki kasallik tufayli masjidga bormay o‘z uyida namoz o‘qimoqqa ruxsat berilgani haqida
- 41-bob. Imom jum’a kuni, yomg‘ir yog‘ib turgan bo‘lsa, hozir bo‘lganlar bilan namoz o‘qib, xutba aytadirmi
- 42-bob. Ovqat tayyor bo‘lsa-yu, namozga takbir aytilsa...
- 43-bob. Imomning qo‘lida yegulik narsa bo‘lsa-yu, namozga chaqirilsa...
- 44-bob. Kimki uyida bir zarur ish qilib turgan bo‘lsa-yu, namozga takbir aytilsa, ishini tashlab, namozga chiqadir
- 45-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qanday namoz o‘qiganlarini hamda ul zotning buyurgan sunnaglarini o‘rgatish niyatidagina odamlarga
- 46-bob. Olim va fozil kishilar imomlik qilishga haqliroqdirlar
26-bob. Kishining «Hali namoz o‘qimadik»,— demog‘i
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Xandaq voqeasi kuni Hazrat Umar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, Olloh haqqi-hurmati, kun botib ketdi hamki, namozi asrni o‘qiyolmay qoldim»,— dedilar. Bu gapni aytganlarida iftor qilib bo‘lingandi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohga qasam ichib ayturmenkim, men ham hali namozi asrni o‘qimabman»,— dedilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bathon degan joyga bordilar, men ham u kishi birlan birga bordim, tahorat oldilar, so‘ng (kun botgandan keyin) namozi asrni o‘qidilar, undan keyin shomni o‘qidilar».
mumkinmi?
Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Namozga takbir aytildi hamki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidning yonida bir kishi birlan gaplashib turaverdilar, hatto (ayrim) namozxonlar uxlab qoldilar».
Humayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Sobit al-Bunonyydan namozga takbir aytilgandan keyin (birov bilan) gallashgan kishi to‘g‘risida so‘radim. Shunda u: «Namozga takbir aytilgandan keyin bir kishi kelib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni gapga tutib qolgandi, deb Anas menga aytgandi»,— dedi».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 129
29-bob. Jamoat birlan namoz o‘qishning vojibligi
Hasan Basriyni onalari mehribonchilik qilib, xufton namozini jamoat birlan o‘qimak uchun masjidga borishdan qaytaribdirlar, shunda ul kishi itoat qilmabdirlar.
Abu Hurayra naql qiladilar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Olloh taolo haqqi- hurmati, odamlarga «O’tin yig‘ingiz!» deb buyursamu o‘tin yig‘salar, keyin, «Namoz o‘qingiz!» desamu bir kishi azon aytsa, ikkinchisi imomlik qilsa, so‘ngra namozga kelmagan kishilarning uylariga borib, ustilaridan o‘t yoqib yuborsam! Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, jamoat birlan namoz o‘qimoqqa kelmagan o‘sha kishilarning birontasi bu yerga (masjidga) kelganda pishirilgan yog‘li go‘sht yokim kalla-pocha yemoqni bilsa erdi, albatta xuftonga kelgan bo‘lur erdi»,— dedilar».
Asvad ibn Yazid o‘z jamoatlari birlan namoz o‘qimoqqa ulgurmay qolsalar, boshqa masjidga borar erdilar. Anas namoz o‘qib bo‘linganda masjidga keldilar, so‘ng azon va takbir aytib, (boshqa) jamoat birlan namoz o‘qidilar.
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jamoat birlan o‘qilgan namoz savobi yolg‘iz o‘qilgan namoz savobidan 27 marta ortiqdir»,— dedilar».
Abu Sa’id al-Xudriy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Jamoat birlan o‘qilgan namoz savobi yolg‘iz o‘qilgan namoz savobidan 25 marta ortiqdir»,-— deganlarini eshitgan erkanlar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar»,— deb rivoyat qiladilar: «Kishining jamoat birlan o‘qigan namozining savobi uyida yolg‘iz o‘qigan namozi va bozorda o‘qigan namozining savobidan 25 barobar ortiq bo‘lg‘aydir. Bunga kishi yaxshilab tahorat olib, uyidan masjidga faqat namoz o‘qiydirman, degan niyatda chiqsagina erishmog‘i mumkindir. Shu niyatda bosgan har bir qadamini ko‘tarib ulgurmasidan Olloh taolo uning martabasini bir daraja ko‘targ‘aydir va bitta gunohidan kechg‘aydir. Namoz o‘qiyotganida ersa maloikalar uning tepasida: «Ilohi, bul bandangni yar'laqag‘aysen, bul bandangga rahm qilg‘aysen!» — deb iltijo qilib turishg‘aydir. Qaysi biringiz namoz o‘qiydirman, deb kutib turgan ersangiz, namoz o‘qiyotgan hisobida bo‘lg‘aydirsiz»!
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan quyidagi hadisni eshitganman»,— deydilar: «Har biringizning jamoat birlan o‘qigan namozingizning savobi yolgaz o‘qigan namozingiz savobidan 25 marta ortiq bo‘lg‘aydir. Tungi farishtalar birlan kunduzgi farishtalarning barchasi namozi bomdodga kelib jamuljam bo‘lishg‘aydir». Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Agar xohlasangiz, «Inna qur’on-al-fajri kona mashxudan (namozi bomdodda qilingan qiroat farushtalar ham qatnashsa arziydirgan qiroat bo‘ldi)» — degan oyati karimani o‘qingiz»,— deydilar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 130
Abdulloh ibn Umar: «Jamoat namozi 27 marta ortiqdir»,— deganlar.
Ummu Dardo’ rivoyat qiladirlar: «Abu Dardo’ oldimga g‘azablanib kirib keldilar. «Nechun g‘azablanmakdasiz?» — dedim. «Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, Muhammad ummatining jamoat birlan namoz o‘qimogidan bo‘lak biror savoblik ishi qolmadi»,— dedilar». Abu Muso naql qiladirlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Namozdan eng ko‘p savob oladirgan odam masjiddan eng uzoqda turadirgan odamdir, chunki ul ko‘p yurib, ko‘proq aziyat chekib kelg‘aydir. Jamoat birlan namoz o‘qimakni kutayotgan kishiga tegadirgan savob, o‘zi namozini o‘qib, yotib olgan odamga tegadirgan savobdan behad ortiqdir»,— deganlar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degan edilar»,— deb rivoyat qiladirlar: «Bir kuni bir kishi ko‘chada ketayotgan erdi. Yo‘lda yotgan tikanni ko‘rib, chetga olib tashladi. Olloh taolo uning qilmishidan rozi bo‘ldi va uning gunohlarinr} kechirdi.
Beshta sababdin o‘lgan kishilar shahid bo‘ladirlar: vabodan o‘lganlar, qorin og‘rigi birlan o‘lganlar, g‘arq bo‘lib o‘lganlar, biror narsaning tagida qolib o‘lganlar va Olloh taolo yo‘lida jihod qilib o‘lganlar.
Odamlar azon aytmoq va namozda birinchi safda turmoqning nechog‘liq savobli erkanini bilganlarida, hech ilojini topmasalar, chek tashlab o‘z niyatlariga erishgan bo‘lur erdilar.
Namozga ertaroq bormakning qandoq savobi borlig‘ini bilganlarida, masjidga qarab kim o‘zarga yugurgan bo‘lur erdilar, xufton birlan bomdod namozining sayubini bilganlarida, masjidga emaklab bo‘lsa ham borur erdilar».
Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Baniy Salama, izlaringizni hisoblab yurmaydirmisiz?»,—dedilar. Mujohid «Qilg‘an ishlarini va izlarini yozib qo‘yg‘aydirmiz» degan oyati karimadagi «izlarini» so‘zini «qadamlarini» deb tafsir qildi».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Baniy salamaliklar o‘z joylarini tashlab, Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamga yaqinroq yerga ko‘chib kelmoqchi bo‘ldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaning xuvillab qolmog‘ini istamay: «Izlaringizni (qadamlaringizni) hisoblab yurmaydirmisiz?»— dedilar (ya’ni, masjidga qancha uzoq yo‘l bosib kelsangiz, shuncha sayub bo‘lg‘aydir, degan ma’noda). Mujohid: «Izlaringizni» degani — «erda yayov qadam bosib kelmoq demakdir»,— deydi».
Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar»—deydilar: «Munofiqlarga namozi bomdod birlan namozi xuftondan ko‘ra og‘irroq namoz yo‘qdir. Ikkala namozda qancha savob borlig‘ini bilganlarida masjidga emaklab bo‘lsa ham Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 131
kelg‘ay erdilar. Muazzinga buyursam, azon aytsa, keyin bir kishyga buyursam, odamlarga imomlik qilsa, keyin azonni eshitib, namozga chiqmaganlarning ustidan o‘t qo‘ysam!»
Molik ibn al-Huvayris rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi yu sallam (safarga ketayotgan ikki kishiga): «Namoz vaqti kelsa, biringiz azon va takbir aytingiz, kattangiz imom bo‘lsin»,— deganlar».
Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tahoratini sindirmay joynamozda namoz vaqti bo‘lmog‘ini kutib o‘tirgan har bir kishini maloikalar: «Ilohi, bul kishining gunohlarini mag‘firat qilg‘aysen, bul kishiga rahmatingni darig‘ tutmag‘aysen!» — deb duo qilg‘aydirlar. Namoz o‘qiydirman degan niyatdagine uyiga ketmay masjidda o‘tirgan kishi namoz o‘qiyotgan barobarida bo‘lg‘aydir»,— deganlar».
Abu Hurayra quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo yetti toifa mo‘minlarga, oxirat kuni hech soya qolmaganda, Arshining soyasidan joy berg‘usidir: odil boshliqqa; rabbiga taqvo birlan ibodat qilib ulg‘aygan yigitga; masjidlardan ko‘nglini uzolmaydirg‘an kishiga; Ollohni deb birov birlan do‘stlashgan va Olloxni deb do‘stidan uzoqlashgan (voz kechgan) kishiga; martabali, kelishgan bir ayol zinoga taklif qilsa, «Men Ollohdan qo‘rqurmen»,— degan kishiga; o‘ng qo‘li qilganini chap qo‘li bilmaydirgan qilib xufyona sadaqa bergan kishiga; xilvatda Olloh taoloni eslab ho‘ng-ho‘ng yig‘lag‘an kishiga»,— deganlar».
Humayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uzuk taqqanmilar?» — deb Anasdak so‘rashdi. «Ha, taqqanlar. Bir kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xufton namozini yarim kechagacha kechiktirdilar, biz birlan namoz o‘qigani chiqdilar. Namozdan keyin: «Odamlar allaqachon namoz o‘qib yotdilar, sizlar ersangiz hanuz namoz o‘qimakdasiz»,— dedilar. O’shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning uzuklari yarqirashiga qarab turganim halishdek ko‘z o‘ngimdadir»,— dedi Anas».
37-bob. Masjidga erta borib, kech qaytmoqning fazilati
Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki masjidg‘a erta borib, kech qaytg‘aydir, Olloh taolo unga har bir kech qaytgani uchun jannatda ziyofat tayyorlab qo‘yg‘usidir»,— deganlar».
Abdulloh ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kishining yonidan o‘tdilar» deb boshlanadigan bir hadisni aytib bergan erkanlar. Imom Buxoriy : «Ushbu hadisni Azudlik Molik ibn Buqayna ismlig‘ bir kishi Hafs ibn Osimga quyidagicha rivoyat qilgan erkan»,— deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoega takbir aytilgandan
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 132
keyin ham ikki rak’at namoz o‘qigan bir kishini ko‘rib, ul tomonga o‘girildilar, uni odamlar o‘rab oldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bomdod sunnatini to‘rt rak’at o‘qiydirmisan? Bomdod sunnatini to‘rt rak’at o‘qiydirmisan?» — deb uni koyidilar (chunkim imomga iqtido qilmog‘i lozim erdi)».
Asvad raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Oisha onamizning huzurlarida erdik. Jamoat birlan namoz o‘qimoq va uning afzalliklari to‘g‘risida so‘zlashib o‘tirdik. Shunda Oisha onamiz quyidagilarni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning vafotlaridan oldingi kasallyk kunlaridan birida azon aytildi. Janob Rasululloh: «Abu Vakrga buyuringiz, imomatga o‘tsin!»— dedilar. «Abu Bakr ko‘ngli bo‘sh, yig‘loq odam. Sizning o‘rningizda imomlik qila olmag‘ay», — deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boyagi so‘zlarini takrorladilar (Oisha onamiz birlan boshqalar yana rad qildilar). Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uchinchi marta: «Siz xotinlar Yusuf alayhissalomning qissasidagi Zulayho va uning dugonalariga o‘xshagan xotinlardirsiz (dilingizdagi gapning aksini aytursiz), Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga o‘tib imomlik qilsin!» — dedilar. Abu Bakr chiqib imomatga o‘tdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlarini bir oz yengil hys qildilar. So‘ng, ikki kishi yonlariga kkrib, qo‘ltiqlab namozga olib chiqdi. Betoblikdan oyoqlarini zo‘rg‘a sudrab bosayotganlari hozirgidek ko‘z o‘ngimda. Abu Bakr Janob Rasulullohning chiqib kelayotganlarini ko‘rib joy bo‘shatmoqchi bo‘ldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’rningda turg‘il!» — deb ishora qildilar. So‘ng, Abu Bakrning yonlariga kelib o‘tirdilar».
A’mashdan «Abu Bakr Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, odamlar ersa Abu Bakrga iqtido qilganmilar?» — deb so‘rashdi. A’mash «ha» degan ma’noda bosh irg‘ab qo‘ydilar. Abu Muoviya bunga qo‘shimcha qilib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrning chap yonida o‘tirib o‘qidilar, Abu Bakr ersa tik turib o‘qidilar»,— dedilar.
Ubaydulloh ibn Abdulloh Oisha onamizdan quyidagi hadisni eshitgon erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, og‘irlashib qolgan paytlarida, tuzalgunlaricha mening uyimda yotmoqchi ekanliklarini aytib hamma xotinlaridan ijozat so‘radilar. Ular rozi bo‘lishdi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki kishi yordamida oyoqlarini zo‘r-bazo‘r bosib mening uyimga chiqdilar. Bir qo‘ltiqlaridan Abbos va ikkinchi qo‘ltiqlaridan bir kishi ushlab olib chiqishdi». «Oisha onamiz aytib bergan hadisni Ibn Abbosga hikoya qilib berdim,— deydilar Ubaydulloh, u mendan: «Oisha onamiz tilga olmagan o‘sha kishining kim ekanligini bilurmisen?» — dyob so‘radi. Men: «Yo‘q»,— dedim. «Bul — Ali ibn Abu Tolib erdilar»,— dedi».
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar sovuq va shamol bo‘lib turgan tunda namozga azon aytdilar. Keyin: «Namozni joy-joylaringizda o‘qiyveringiz, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muazzinga: «Yomg‘irli, sovuq kechada namozni joy-joylaringizda o‘qiyveringiz, deb aytmakni buyurar erdilar»,— dedklar».
Mahmud ibn ar-Rabi’ naql qiladirlar: «Atbon ibn Molik ko‘zi ojiz holda qavmiga imomlik Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 133
qilur erdi. Bir ko‘ni u Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, (goh) kecha qorong‘i bo‘lg‘aydir, (goh) sel bo‘lg‘aydir, men ersam ko‘zi ojiz odamdirimen, mening uyimga borib bir joyda namoz o‘qib beringiz, o‘shal yerni namozgoh qilib olayin»,—dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning uyiga kelib: «Qaerda o‘qib bermog‘imni istaydirsen?» — dedilar. Ul bir joyni ko‘rsatdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘shal joyda namoz o‘qib berdilar».
Abdulloh ibn Hars rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos yomg‘ir yog‘ib, loygarchilik bo‘lgan kuni bizga xutba aytdilar, so‘ng muazzinga azonning «Hayya alas-salot» degan joyiga kelganda «namozni joy-joyingizda o‘qiyveringiz», deb aytmakni buyurdilar. Hozir bo‘lganlar bu gap yoqmagandek bir-birlariga qarab qo‘yishdi. Shunda Ibn Abbos: «Sizlar bu gapni yoqtirmadingiz shekilli. Bu gapni mendan yaxshiroq kishi, ya’ni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytgandirlar. Ul kishi shundoq qilmoqni buyurgandirlar. Men sizlarni mashaqqatga qo‘ymoqni xohlamadim»,— dedilar». Boshqa bir hadisda Ibn Abbos: «Men sizlarni gunohkor qilmakni xohlamadim, sizlar tizzangizdan loy kechib kelgan bo‘lur erdingiz, deb aytgandi»,— deyiladi.
Abu Salamadan naql qiladirlar: «Abu Sa’id al-Xudriydan Laylat ul-Qadr to‘g‘risida so‘radim. Ul kishi: «Bir bulut kelib, masjidning ustiga yomg‘ir yogdi. Masjidning tomiga xurmo shoxlari yopilgan erdi, yomg‘ir shipdan o‘tib ketdi. Namozga takbir aytildi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jiqqa loy ustida sajda qilayotganlarini, hatto peshonalariga loy ham tekkanini ko‘rdim»,— dedilar».
Anas ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Ansoriylardan bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, men siz birlan birga namoz o‘qiy olmasmen»,— dedi. Ul semiz, yo‘g‘on kishi erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ovqat tayyorlab, uyiga chaqirdi. Suv sepib, tozalab bir bo‘yrani taglariga solib berdi. Bo‘yra ustida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at namoz o‘qidilar».
Oluljorudlik bir kishi Anasga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam choshgoh namozini o‘qir erdilarmi?» — dedi. Anas: «O’qiganlarini faqat o‘shal kuni ko‘rdim»,— dedilar.
Ibn Umar ovqatlanib olgach, namoz o‘qir erdilar. «Dili xotirjamlik birlan namoz o‘qimoq uchun avval hojatini chiqarib olmoqlik kishining faqihligidandir»,— deydilar Abu Dardo’ raziyallohu anhu.
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar olingizga kechki ovqat olib kelingan bo‘lg‘aydir-u, namozga takbir aytilg‘aydir, avval ovqatni yeb olingiz»,— deb aytganlar».
Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kechki ovqatingiz tayyor bo‘lsa, shomni o‘qimoqdan avval, ovqatni yeb olingiz, ovqatni shoshmasdan yengizlar»,— deganlar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 134
Ibn Umar quyidagi hadisni aytdilyr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar (kechki) ovqatingizni oldingizga olib kelib qo‘yg‘aydirlar-u, namoz vaqti bo‘lib qolg‘aydir, avval ovqatni yeb olingiz, shoshmasdan, to‘yib yeb olingiz»,— deganlar». Ibn Umar oldilariga ovqat qo‘yilsa-yu, namozga takbir aytilsa, ovqatni to‘yib yeb olmagunlaricha namozga kelmas erdilar. Imomning qiroatini eshitib tursalar ham ovqatlanishda davom etardilar.
Ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz ovqat ustida bo‘lg‘aydirsiz-u, namozga takbir aytilg‘aydir, nafsingiz ovqatga qonguncha namozga shoshilmangiz»,— deganlar».
Ja’far ibn Amr otalari Amr ibn Umayyadan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘yning qo‘l go‘shtini kesib yeyayotganlarini ko‘rdim. Shunda namozga chaqirildi. O’rinlaridan turdilar, pichoqni tashlab, tahorat olmay namoz o‘qidilar».
ishini tashlab, namozga chiqadir
Asvad raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Oisha onamizdan «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylarida ne qilur erdilar?» — deb so‘radim. «Uy yumushlari birlan band bo‘lur erdilar (Janob Rasululloh xotinlariga yordam bermoqlarini nazarda tutadilar), namozga chaqirilgan kezda qilayotgan ishlarini tashlab chiqar erdilar»,— dedilar».
hamda ul zotning buyurgan sunnaglarini o‘rgatish niyatidagina odamlarga namoz o‘qib bergan kishi
Ayyub raziyallohu anhu: «Abu Qiloba bunday degandi»,— deydilar: «Bizning mana shu masjidimizga Molik ibn Huvayris kelib: «Men o‘zi namoz o‘qimoqchi bo‘lmasam-da, sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nechuk namoz o‘qiganlarini ko‘rgan bo‘lsam, o‘shandoq namoz o‘qib berayin»,— dedilar. Men Abu Qilobadan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nechuk namoz o‘qir erkanlar?» — deb so‘radim. «Mana bu shayximiz singari»,— dedi. Shayximiz (keksa odam erdilar), birinchi rak’atda sajdadan bosh ko‘targanlaridan keyin, ozgina o‘tirib olar erdilar».
Abu Muso rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo‘lib qoldilar. Kasallari kuchaygach: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin!» — dedilar. Oisha onamiz: «Abu Bakr ko‘ngli yumshoq kishidirlar, sizning o‘rningizda turib imomlik qila olmag‘aylar»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Odamlarga buyuringiz, Abu Bakr jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin!» — deb qaytarib aytdilar. Oisha onamiz yana rad qildilar. Janob Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin! Siz xotinlar Yusuf alayhissalomning qissasidagi xotinlar singaridirsizlar»,— deb yana qaytarib aytdilar. Janob Rasulullohning buyruqlarini Abu Bakrga yetkazishdi. Abu Bakr Janob Rasulullohning hayotliklarida jamoat oldiga chiqib imomlik qildilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 135
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob yotganlarida: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin!» — dedilar. Men: «Abu Bakr o‘rningizga imomlik qilsalar, yig‘lab yuborg‘aydirlar, odamlar qiroatlarini eshitolmay qolg‘aydir, Umarga buyuringiz, imomlik qilsin!» — dedim. Keyin: «Abu Bakr sizning o‘rningizda tursalar, yig‘ilaridan qiroatlari eshitilmay qolg‘aydir, imomlikni Umarga buyura qolingiz, deb Rasulullohga aytg‘il!» —dedim Hafsaga. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tek turg‘il, sizlar Yusuf alayhissalomning qissasidagi xotinlar singaridirsizlar, Abu Bakrga buyuringiz, imomlik qilsin!» — dedilar Hafsaga».
Shunda Hafsa: «Sendan hech yaxshilig‘ ko‘rmadim-da!» — degan erkanlar Oisha onamizga.
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga o‘n yil ergashib yurdim, ul kishining xizmatlarini qilib, suhbatlarida birga bo‘ldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafotlaridan oldin betob yotganlarida Abu Bakr jamoatga imomlik qilardi. Dushanba kuni biz sahobalar namozda saf tortib turgan erdik, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xujralarining pardasini ochib, bizga qaradilar. Janob Rasululloh oyoqlarida tik turar erdilar, yuzlari xuddi kitob varag‘idek oppoq, ozgin va chiroylig‘ erdi. Keyin, bizga tabassum qilib jilmaydilar. Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rib, suyunganimizdan safdan chiqmoqchi bo‘ldik. Abu Bakr Siddiq ersa birinchi safga kirib olmoq uchun orqasiga tisarila boshladi. Ul, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga chiqmoqchilar, deb o‘yladi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, namozni davom ettiraveringiz, degan ma’noda bizga ishora qildilar-da, pardani yopib qo‘ydilar. Ul zot shu kuni vafot etdilar».
Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uch kun namozga chiqa olmadilar. Namozga takbir aytildi, Abu Bakr oldinga (imomlikka) o‘tdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujralarining pardasini ko‘tardilar. Hech qachon Janob Rasulullohning chehralarini ko‘rgan kezimizdagidek suyunmagan erdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrga «Oldinga (imomlikka) o‘tg‘il!» deb ishora qildilar- da, pardani yopdilar. Keyin, vafot etgunlaricha pardani ochmoqqa darmonlari yetmadi».
Hamza ibn Abdullohning otalari Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh og‘ir yotganlarida, «Namozga chiqa olasizmi?»—deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Abu Bakrga aytingiz, jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar. Oisha onamiz: «Abu Bakr ko‘ngli bo‘sh odamdirlar, qiroat qilsalar, yig‘idan to‘xtay olmag‘aylar»,— dedilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Buyuringiz unga, jamoatga imomlik qilsin!» — dedilar. Oisha onamiz yana boyagi so‘zlarini takrorladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana: «Buyuringiz unga, jamoatga imomlik qilsin! Sizlar Yusuf alayhissalom qissasidagi xotinlar singaridirsiz»,— dedilar».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling