Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Bir kishi imomga, odamlar ersa unga iqtido qilmog‘i xususida


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


68-bob. Bir kishi imomga, odamlar ersa unga iqtido qilmog‘i xususida 

 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Siz menga iqtido qilingiz, sizga 



orqangizdagilar iqtido qilsinlar!»— deganlari xususida quyidagi hadis zikr qilinadi: 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam og‘ir yotganlarida 



Bilol ul kishini namozga chaqirib keldi. Janob Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, 

jamoat oldiga o‘tib imomlik qilsin!» — dedilar. Men: «Yo Rasululloh, Abu Bakr ko‘ngli 

bo‘sh odamdirlar, ul kishi sizning o‘rningizda imomlik qilsalar, yig‘ilaridan odamlar 

qiroatlarini eshitolmay qolg‘aydirlar, yaxshisi Umarga buyura qolingiz!»—dedim. Janob 

Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar. Shunda men 

Hafsaga: «Abu Bakr ko‘ngli bo‘sh odamdirlar, o‘rningizga imomlik qilsalar, yig‘lab 

yuboradilar, odamlar qiroatlarini eshitolmag‘aydirlar, Umarga buyura qolingiz, deb 

Rasulullohga aytg‘yl!» — dedim. Rasululloh: «Sizlar Yusuf alayhissalom qissasidagi 

xotinlarga o‘xshaydirsizlar, buyuringiz, Abu Bakr jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar. 

 

Abu Bakr imomlik qilmoqqa kirishgach, Rasululloh yengil tortdilar, so‘ng ikki kishi 



ko‘magida oyoqlarini sudrab bosib masjidga chiqdilar. Abu Bakr Janob Rasulullohning 

kelayotganlarini sezib, joy bo‘shatmoqchi bo‘ldilar. Rasululloh: «Urningda turaverg‘il!»—

deb ishora qildilar. Rasulullohni Abu Bakrning chap yonlariga olib borib o‘tqazishdi. 

Rasululloh o‘tirgan hollarida imomlik qildilar, Abu Bakr ul kishiga, odamlar ersa Abu 

Bakrga iqtido kildilar». 

 

69-bob. Imom ikkilansa, odamlarning so‘ziga ishonadirmi? 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

143


ikki rak’at o‘qib, namozni tugatdilar, salom berib odamlarga o‘girildilar. Shunda 

Zalyadayn: «Yo Rasululloh, namoz qisqardimi yo esingizdan chiqardingizmi?» — dedi. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Zulyadayn to‘g‘ri aytmakdami?» — dedilar. , 

 

Odamlar Zulyadaynning so‘zini tasdiqlashdi.Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana 



ikki rak’at o‘qidilar, odamlar ul kishiga iqtido qildilar, so‘ng salom berdilar. Keyin, takbir 

aytib, avvaldagidek yokim undan ham uzunroq sajdai sahv qildilar». 

 

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam . peshin namozini 



ikki rak’at o‘qidilar. Shunda Janob Rasulullohga: «Ikki rak’at o‘qidingiz»,— deyishdi. 

Janob Rasululloh yana ikki rak’at, namoz o‘qib, salom berdilar, keyin sajdai sahv 

qildilar». 

 

70-bob. Imom namozda yig‘lasa... 

 

Abdulloh ibn Shaddod rivoyat qiladirlar: «Hazrat Umarning «Innamo ashku bassiy va 



huzniy ila-l-lohi» (Dardu g‘amimdan faqat Ollohning o‘zigagina shikoyat qilg‘aydurmen) 

degan oyatni o‘qiyotib yig‘layotganlarini men oxirgi safda turib ham eshitdim». 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kasal bo‘lib 



yotganlarida: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar. Men: «Abu 

Bakr sizning o‘rningizga tursalar, yig‘ilaridan odamlar qiroatlarini eshita olmag‘aydirlar, 

Umarga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsinlar!» — dedim. Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallam: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin!»—deb qaytarib aytdilar. 

Shunda men Hafsaga: «Abu Bakr sizning o‘rningizga tursalar, odamlar yigilaridan 

qiroatlarini eshita olmag‘aydirlar, Umarga buyuringiz, imomlik qilsin, deb Rasulullohga 

aytg‘il!» — dedim. U shunday dedi. Shunda Rasululloh: «Tek turg‘il, sizlar Yusuf 

alayhissalom qissasidagi xotinlar kabisizlar. Dilingizdagining aksini aytg‘aysizlar. Abu 

Bakrga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin!» — dedilar. 

 

Hafsa menga: «Sendan hech yaxshilig‘ ko‘rmadim!»—dedi xafa bulib». 



 

71-bob. Takbir aytayotganda va undan keyin saflarni to‘g‘rilash 

 

No‘mon ibn Bashir naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohga 



qasamyod qilib ayturmenkim, saflaringizni to‘g‘rilamasangiz, Olloh taolo dillaringizni bir-

biriga qarama-qarshi qilib qo‘yg‘aydir!» — deb aytganlar». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Saflarni to‘g‘rilangiz, men sizlarni teskari turib ham ko‘rg‘aydurmen!» — dedilar». 

 

72-bob. Saflar to‘g‘rilanayotganda imomning odamlarga o‘girilib qaramogi 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Namozga takbir aytildi. Rasululloh yuzlarini 



bizga o‘girib qaradilar-da: «Saflarni to‘g‘rilangiz, jipslashib turingiz, men sizlarni teskari 

turib ham ko‘rg‘aydurmen!»— dedilar». 

 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

144


73-bob. Birinchi saf 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 



degandilar»,— deydilar: «Suvda g‘arq bo‘lganlar, qorin og‘rig‘i va vabodan o‘lganlar 

yokim biror narsa bosib qolib o‘lganlar shahid o‘lgan hisoblanur. Kishilar namozga erta 

kelmog‘ning nechuk savobi borligini bilsalar erdi, (masjidga kim oldin bormakka) 

musobaqa qilishur erdi. Namozi xufton birlan namozi bomdodda nechuk savob borligini 

bilganlarida, sudralib (emaklab) bo‘lsa ham (masjidga) kelishur erdi. Birinchi safda 

nechuk savob borligini bilishsa erdi, qur’a (chek) tashlashar erdi». 

 

74-bob. Safni to‘g‘rilamoq namozning mukammal bo‘lmog‘i shartlaridandir! 

 

Abu Hurayra quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom 



iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir, bunga rioya qilingiz. Agar ruku’ qilg‘aydir, 

ruku’ qilingiz, agar «Sami’allohu liman hamidahu» degaydir, «Rabbano va laka-l-hamd» 

deb aytingiz! Agar sajda qilg‘aydir, sajda qilingiz, agar o‘tirib o‘kig‘aydir, hammangiz 

o‘tirib o‘qingiz! Namozda safni to‘g‘rilangiz, chunkim safning to‘g‘ri bo‘lmog‘i namoz 

ko‘rkidir!» — dedilar». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Saflaringizni to‘g‘rilangiz, chunkim saflarni to‘g‘ri qilmoq namozning mukammal 

bo‘lmog‘idir!» — dedilar». 

 

75-bob. Safni to‘g‘rilamagan (to‘ldirmagan) kishining gunohi 

 

Bashir ibn Yasor rivoyat qiladirlar: «Anas raziyallohu anhu Basradan Madinaga keldi. 



Anasga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlaridan keyin bizdan qanday 

kamchilik topdingiz?»— deyishdi. Anas: «Sizlar safni to‘g‘rilab, to‘ldirmas ekansizlar, 

bundan bo‘lak xato topmadim»,— dedi. (Imom Buxoriy safni to‘g‘rilamoqni — vojib, 

mujtahid ulamolar ersa — sunnat deb hisoblag‘aylar. Chunki Anas ularga namozni 

qaytarib o‘qimakni buyurmadilar)». 

 

76-bob. Safda oyoqni oyoqqa, yelkani yelkaga tegizib turmoq 

 

Nu’mon ibn Bashir: «(Safda) har birimizning tavonimiz yonimizdagining tavoniga tegib 



turganining shohidi bo‘lganman»,— deydilar. 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Safingizni to‘g‘rilab turingiz, men sizlarni teskari turib .ham ko‘rg‘aydirmen»,— degan 

erdilar. Biz, Rasulullohning davrlarida safda turganimizda har birimizing yelkamiz 

yonimizdagining yelkasiga, oyog‘imiz oyog‘iga tegib turar erdi». 

 

77-bob. Agar iqtido qiluvchi kishi imomning chap yoniga kelib tursa, imom uni 



orqa tomonidan aylantirib, o‘ng yoniga turg‘izib qo‘ysa, namoz buzilmaydir 

 

Ibn Abbos quyidagi hadisni aytdilar: «Bir kuni tunda Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam birlan birga namoz o‘qidim. O’shanda chap tomonlariga kelib turgan erdim. Janob 

Rasululloh meni boshimdan ushlab, orqa tomonlaridan aylantirib, o‘ng yonlariga 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

145


turg‘azib qo‘ydilar. Namozdan keyin yonboshladilar, so‘ng muazzin keldi, o‘rinlaridan 

turib namoz o‘qidilar, (qayta) tahorat olmadilar». 

 

78-bob. Ayolning yakka o‘zi bir saf bo‘ladi 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men va oir yetim bola biznikida Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallamg‘a iqtido qilib namoz o‘qidik, onam Ummu Sulaym ersa 

orqamizda turib iqtido qildilar». 

 

79-bob. Imom va masjidning o‘ng tomoni afzal 

 

Ibn Abbos quyidagi hadisni aytdilar: «Bir kuni kechasi Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamning chap tomonlarida turib iqtido qildim. Shunda Rasululloh qo‘limdan ushlab, 

«Orqamdan aylang‘il!»— deb ishora qildilar-da, o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar». 

 

80-bob. Agar imom bilan qavm (namozxonlar) o‘rtasida devor yokim qandaydir 

to‘siq bo‘lsa... 

 

Hasan Basriy: «Sen birlan imom o‘rtasida daryo bo‘lsa ham unga iqtido qilib namoz 



o‘qimog‘ingning zarari yo‘qdir»,— deydilar. Abu Mijlaz: «Garchi namozxon birlan imom 

orasidan yo‘l o‘tgan bo‘lsa-da, takbir ovozi , eshitilib tursa, iqtido qilib namoz 

o‘qilaverg‘aydir»,—deydilar. 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi bir to‘siq 



ortida namoz o‘qiy boshladilar, to‘siqning bo‘yi past erdi. Odamlar Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallamni ko‘rib, o‘rtalarida to‘siq bo‘lsa-da, ul kishiga iqtido qilib namoz 

o‘qidilar. Tong otguncha namoz o‘qidilar, keyin o‘rtada to‘siq bo‘lganda namoz o‘qimoq 

haqida suhbatlashdilar. Ertasi kechasi ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

namozga turdilar, odamlar ul kishiga iqtido qilishdi. Bu narsa 2 yoki 3 kecha 

qaytarilgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha joyga namoz o‘qimoqqa 

chiqmadilar. Tong otgach, odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bu kecha 

namozga chiqmaganliklarining sababini so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 

«Men kechasi turib namoz o‘qimoq sizlarga farz bo‘lib qolmog‘idan qo‘rqdim»,— 

dedilar». 

 

81-bob. Kechasi (turib) namoz o‘qimoq 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bir 



bo‘yralari bo‘lardi. Kunduzi (ustida) o‘tirar erdilar, kechasi esa (namoz o‘qiyotganlarida 

o‘sha birlan qibla tomonni) to‘sib qo‘yar erdilar. Odamlar ul kishiga iqtido qilib namoz 

o‘qishar erdi». 

 

Zayd ibn Sobit quyidagi hadisni aytdilar: «RasululLOH sallallohu alayhi va sallam 



o‘zlariga to‘siq qilib oldilar (nazarimda, Busur ibn Sa’id menga: «Ramazonda bo‘yradan 

to‘sik qilib oldilar»,— degandi). Ramazonda bir necha kecha namoz o‘qidilar, ba’zi 

sahobalar to‘siq ortida turib ul kishiga iqtido qilib namoz o‘qidilar. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam buni bilib qolib, tashqariga chiqmay, uylarida namoz o‘qidilar. Keyin 

chiqib: «Ey odamlar, men sizlarning qilayotgan ishlaringizdan boxabarmen, (naflni) 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

146


uylaringizda o‘qingiz. Chunkim (nafl) namozini uyda, farz namozini ersa masjidda 

o‘qimoq afzaldir»,— dedilar». 

 

82-bob. Namozni «Ollohu akbar» deb takbiri tahrima aytish bilan 

boshlamoqning fazilati 

 

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam otdan yiqilib, 



o‘ng yonlari shikastlandi. Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi bir 

namozda o‘tirgan hollarida imomatga o‘tdilar. Biz ham o‘tirib iqtido qildik. Namozdan 

keyin Janob Rasululloh bizga: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir. Agar ul 

tik turib o‘qigaydir, tik turib o‘qingiz. Agar ruku’ qilg‘aydir, ruku’ qilingiz. Agar 

«Sami’allohu liman hamidahu» degaydir, «Rabbano va laka-l-hamd» deb aytingiz!» — 

dedilar». 

 

Anas raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



otdan yiqilib, oyoqlari shilinib keldilar. Shunda biz bilan o‘tirib namoz o‘qidilar, biz ham 

o‘tirgan holda iqtido qildik. Namoz tugagach, bizga o‘girilib: «Imom iqtido qilmoqlari 

uchundir. Ul takbiri tahrima aytsa, takbiri tahrima aytingiz. Ruku’ qilsa, ruku’ qilingiz, 

ruku’dan tursa, turingiz. Agar «Sami’allohu liman hamidahu» desa, «Rabbano va laka-l-

hamd» deb aytingiz. Sajda qilsa, sajda qilingiz!»—dedilar». 

 

Abu Hurayra quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom 



iqtido qilmoqlari uchun imom qiling‘aydir, agar imom takbiri tahrima aytg‘aydir, takbiri 

tahrima aytingiz, ruku’ qilg‘aydir, ruku’ qilingiz, «Sami’allohu liman hamidahu» degaydir, 

«Rabbano va laka-l-hamd» deb aytingiz, sajda qilg‘aydir, sajda qilingiz. O’tirib 

o‘qig‘aydir, o‘tirib o‘qingiz!» — dedilar». 

 

83-bob. Takbiri tahrima aytmoq ayni paytda qo‘lni ko‘tarmoq birlan boshlanur 

 

Solim ibn Abdullohning otalari Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallam namoz o‘qishni boshlayotganlarida qo‘llarini yelka barobar ko‘tarar 

erdilar, takbir aytib ruku’ qilayotganlarida ham, ruku’dan bosh ko‘tarayotganlarida ham 

qo‘llarini yelka barobar ko‘tarar erdilar va «Sami’allohu liman hamidahu», «Rabbano va 

laka-l-hamd»,— der erdilar. Lekin sajda qilayotganda bunday qilmas erdilar». 

 

Abdulloh ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz 



o‘qiyotib qo‘llarini yelka barobarida ko‘targanlarini ko‘rdim. Takbir aytib ruku’ 

qilayotganlarida ham, ruku’dan boshlarini ko‘tarayotganlarida ham shunday qilar 

erdilar». 

 

84-bob. Takbiri tahrima aytayotganda qo‘lni qaergacha ko‘tarmoq lozim? 

 

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalar birlan namoz o‘qiyotib qo‘llarini yelka 



barobarida ko‘tardilar»,— deydilar Abu Humayd. 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallamning takbiri tahrima aytayotganlarida qo‘llarini yelka barobarida 

ko‘targanlarini ko‘rdim, ruku’da takbir aytayotganlarida ham, «Sami’allohu liman 

hamidahu» deganlarida ham shunday qildilar. Sajda qilayotganlarida «Rabbano va laka-


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

147


l-hamd» dedilar, lekin qo‘llarini ko‘tarmadilar, sajdadan boshlarini ko‘tarayotganlarida 

ham bunday qilmadilar». 

 

85-bob. Ikkinchi rak’atdan turganda qo‘lni ko‘tarmoq 

 

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu takbiri tahrima 



aytib namozni boshlayotganlarida qo‘llarini yelka barobarida ko‘tarar erdilar. Ruku’ 

qilganlarida ham, «Sami’allohu liman hamidahu» deganlarida ham, ikkinchi rak’atdan 

turganlarida ham shunday qilar erdilar (Ibn Umar raziyallohu anhu buni Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallamga nisbat berg‘aydirlar)». 

 

86-bob. Namozda (qiyomda) o‘ng qo‘lini chap qo‘lining ustiga qo‘ymoq 

 

Sahl ibn Sa’d naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga namozda 



(qiyomda)turganda o‘ng qo‘lni chap bilak ustiga qo‘ymoqni buyurar erdilar (Ibn Hazm: 

«Bunday qilmoqni kim buyurganligini aniq ayta "olmasmen, amma Sahl ibn Sa’d buni 

Janob Rasulullohga nisbat berg‘aydir»,— deydilar. Imom Buxoriy: «Nisbat 

berilg‘aydir»,—deydilar-u, biroq kimga nisbat. berilmog‘ini aytmaydilar)». 

 

87-bob. Namozda (Ollohga) bo‘yin egib turmoq 

 

Abu Hurayra quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meni 



sizlar faqat qarshisidagini ko‘rg‘aydir, deb o‘ylaydirmisiz? Ollohga qasam ichib 

ayturmenkim, menga sizlarning ruku’laringyz ham, xushu’laringiz (xudoga bo‘yin egib 

turishlaringiz) ham maxfiy ermasdir, men sizlarni orqamni o‘girib turganimda ham 

ko‘rg‘aymen»,— dedilar». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ruku’ 



va sajdalarni to‘la-to‘kis bajaringiz, men sizlarning ruku’ va sajdalaringizni orqamny 

o‘girib turib ham ko‘rg‘aymen (yokim «ketimdan ham ko‘rib turg‘aymen»)»,—degan 

edilar shekilli».  

 

88-bob. Namozxon takbiri tahrimadan keyin nimani o‘qiydir? 

 

Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr va Umar 



namozni «Alhamdu lillohi rabb il-olamiyn» ni o‘qimoq birlan boshlar erdilar»,— deydilar. 

 

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam takbiri tahrima birlan namoz qiroati o‘rtasida jim 



qolar erdilar»,— deb aytgan erkanlar Abu Hurayra. 

 

«O’shanda Abu Hurayra: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oz jim qolar 



erdilar»,— deb aytgan erdi shekilli. Men bir kuni Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, 

ota-onam haqqi-hurmati, takbiri tahrima birlan namoz qiroati o‘rtasida jim qolganingizda 

ichingizda nelarni o‘qiydirsiz? deb aytdim»,— deydilar Abu Zarr. Janob Rasululloh: 

«Ilohi, men birlan xatolarim orasini Mag‘rib birlan Mashriq oralig‘idek uzoq qilg‘il, oppoq 

matoga tekkan dog‘ni suv, qor va muz birlan yuvib ketgazgandek, meni gunohlarimdan 

forig‘ etgil! deyman»,— dedilar». 

 

Asmo binti Abu Bakr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

148


tutilganda o‘qiladirgan namoz (salot ul-kusuf) o‘qidilar. Qiyomda uzoq turib qoldilar. 

Keyin, ruku’ qildilar, ruku’da ham uzoq turib qoldilar. Keyin, yana ruku’ qildilar, bu gal 

ham uzoq turib qoldilar. So‘ng, qadlarini tiklab undan ham uzoq turib qoldilar, so‘ngra 

uzoq ruku’ qildilar, keyin sajda qildilar, sajdada ham uzoq turib qoldilar. Sajdadan 

boshlarini ko‘tarib, yana sajda qildilar. Bu safar ham uzoq turib qoldilar. So‘ngra, 

qiyomga turib uzoq jim qoldilar, keyin uzoq ruku’da turdilar, so‘ng turib, qiyomda uzoq 

turdilar, keyin yana ruku’ qildilar, ruku’da uzoq turdilar, so‘ng ruku’dan turib, qiyomda 

uzoq turdilar, keyin yana ruku’ qildilar, ruku’da uzoq turdilar( so‘ngra ruku’dan turib, 

yana sajda qildilar, sajdada uzoq turdilar, keyin sajdadan bosh ko‘tarib, yana sajda 

qildilar, sajdada uzoq turdilar. So‘ng, namozni (tugatib) o‘girildilar-da: «Hozirgina jannat 

menga juda yaqin keldi, hatto jur’at qilib qo‘l uzatsam, mevalaridan sizlarga olib chiqqan 

bo‘lur erdim. Do‘zax ham menga shundoqqina yaqin keldi, hatto: «Yo rabbiy, men 

shular birlan birgamanmi (ular birlan birga meni ham azoblag‘aydirsanmi)?»—deb 

yubordim. Nogahon, mushuk tirnab azoblayotgan bir xotinga ko‘zim tushdi: «Buning ne 

gunohi bordir?» — dedim. «Mushukni qamab qo‘yib, unga ovqat bermagan, o‘zi yemak 

topib yesin, deb ham qo‘yib yubormagan. Natijada mushukni ochlikdan o‘ldirgan»,— 

dedilar». 

 

Nofi’: «O’shanda, Janob Rasululloh: «O’zi hasharot topib yesin deb ham qo‘yib 



yubormagan» degandilar shekilli»,— deydilar. 

 

89-bob. Namoz o‘qiyotib imomga qaramoq 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Kun tutilganda 



o‘qiladirgan namoz haqida gapirayotib: «Men do‘zaxning parchalanib ayqash-uyqash 

bo‘lib ketganini ko‘rib, vahmdan orqamga tisarildim»,— dedilar». 

 

Abu Ma’mar raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Biz Xabbobdan «Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallam peshinda va asrda zam sura o‘qirmi erdilar?»—deb so‘radik. «Ha»,— 

dedi. «Buni qanday» qilib bilur erdingiz?»—dedik. «Soqollarining qimirlashidan»,— dedi 

(demak, ul kishi namoz vaqtida imomga qaraganlar)». 

 

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Sahobalar Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamga iqtido qilib namoz o‘qiyotganlarida Janob Rasulullohning sajdaga borganlarini 

ko‘rmagunlaricha sajda qilishmas erdi». 

 

Abdulloh ibn Abbos naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida Kun 



tutildi. Janob Rasululloh Kun tutilganda o‘qiladigan namozni o‘qidilar. Namozdan keyin: 

«Yo Rasululloh, qiyomda turganingizda nimanidir ushlamoqchi bo‘lib qo‘l uzatganingizni 

va orqangizga tisarilganingizni ko‘rdik»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Men jannatni 

ko‘rib, uning mevasidan olmoqchi bo‘ldim. Agar olganimda, uni qiyomatga qadar tanovul 

qilib yurgan bo‘lur erdingizlar»,.— dedilar». 

 

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan namoz 



o‘qib, so‘ng minbarga ko‘tarildilar. Qo‘llari birlan masjidning qibla tomoniga ishora qilib: 

«Hozirgina, siz birlan namoz o‘qiyotganimda ana shu devor tomonda jannat va do‘zaxni 

ko‘rdim, xuddi surati tushirilgandek juda aniq ko‘rdim, yaxshilik birlan yomonlikning 

farqini bugungidek aniq ko‘rmagan erdim»,— deb uch marta aytdilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

149


90-bob. Namoz o‘qiyotib osmonga nazar tashlamoq 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Odamlarga ne bo‘libdir o‘zi? Namoz o‘qiyotib nuqul osmonga qaraydirlar?» — dedilar. 

Keyin, bu haqda: «Odamlar namoz o‘qiyotib osmonga qaramoqni bas qilsalar, qilg‘aylar, 

bo‘lmasa ko‘zlari ko‘r qiling‘aydir»,— deb qattiqroq gap aytdilar». 

 

91-bob. Namoz o‘qiyotib u yoq, bu yoqqa alanglashning makruhligi 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Namoz o‘qiyotib u yoq, bu yoqqa alanglamoq to‘g‘risida 



Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘radim. .Janob Rasululloh: «Bu — 

shaytonning bandaning namozidan bir changal (o‘g‘irlab) olmog‘idir!»—dedilar». 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam guldor qamisa 



kiyib namoz o‘qidilar. So‘ng: «Bu kiyimning gullari dilimni mashgul qildi (meni alaxsitdi). 

Buni Abu Jahmga olib borib beringiz, o‘rniga anbijoniyya (ko‘ylak) olib kelingiz!»— 

dedilar». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling