Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Namozxon (namozda) kiyimini orqaga qaytarmaydir


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


136-bob. Namozxon (namozda) kiyimini orqaga qaytarmaydir 

 

Ibn Abbos: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yetti a’zo birlan sajda 



qilmoqqa hamda sochim birlan kiyimimni orqaga qaytarmaslikka buyurildim, deb 

aytganlar»,— deydilar. 

 

137-bob. Sajdada duo va tasbih aytmoq 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’ va sajda 



qilganlarida «Subhonakallohumma, rabbano va bihamdika, Ollohummag‘-firli» degan 

duoni ko‘p o‘qir erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qur’ondagi («Fasabbih 

bihamdi rabbika vastag‘firhu») oyatni talqin qilib shunday der erdilar». 

 

138-bob. Ikki sajda o‘rtasida bir zum tin olmoq 

 

Molik ibn Huvayris sheriklariga: «Ey, sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 



qandoq namoz, o‘qiganlarini aytib berayinmi yo ko‘rsatib berayinmi?» — dedi. «Bu 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

163


namozdan tashqari vaqtda bo‘lgan erdi»,— deydilar Abu Qiloba. Molik o‘rnidan turib, 

takbir aytib namoz o‘qimoqqa kirishdi, keyin ruku’ qildi, so‘ng takbir aytib ruku’dan 

boshini ko‘tardi, keyin bir oz tin olib, sajda qildi, so‘ng sajdadan bosh ko‘tarib, bir oz tin 

oldi. Abu Qiloba: «Ul shayximiz Amr ibn Salamaga o‘xshab namoz o‘qidi»,— deydilar. 

«O’sha shayx namozda boshqalar qilmaydigan narsalarni qilar erdi, 3-nchi rak’atning 

oxiri v 4-nchi rak’atning boshlanishida bir oz tin olur erdi»,— deydilar Ayyub raziyallohu 

anhu. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida bir oy turdik,— deydilar 

Molik,— shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga: «Ahlingizga qaytsangiz, 

falon namozni falon vaqtda va falon namozni falon vaqtda o‘qingiz. Namoz vaqti bo‘lsa, 

oralaringizdan bir kishi azon aytsin, yoshi kattasi imom bo‘lsin!» — dedilar». 

 

Barro ibn Ozib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajda, ruku’ va ikki sajda 



o‘rtasidagi o‘tirishga deyarli bir xil vaqt sarflar erdilar»,— deydilar.  

 

Anas raziyallohu anhu: «Men, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan nechuk 



namoz o‘qigan bo‘lsalar, sizlar birlan ham xuddi shundoq namoz o‘qig‘aydirman»,— 

dedilar. «Anas namozda boshqalar qilmaydirgan harakatlarni qilar erdi, men sizlarning 

bundoq qilganingizni ko‘rmaganman. Ul ruku’dan bosh ko‘targanda va ikki sajda 

o‘rtasida bir oz tin olar erdi, hatto biz (sajdaga borish) esidan chiqib qoldimikin, deb 

o‘ylar erdik»,— deydilar Sobit raziyallohu anhu. 

 

139-bob. Namozxon sajdada bilaklarini yerga tekkizmaydir 

 

Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilaklarini yerga tekkizmay va 



biqinlariga siqib olmay sajda qilar erdilar»,— deydilar. 

 

Anas ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga: «Urta miyona sajda 



qilingiz, bilaklaringizni haddan ziyod cho‘zib, it yotish qilmangiz! deb aytganlar»,— 

deydilar. 

 

140-bob. Namozxonning, toq rak’at qilganda, avval bir oz o‘tirib olib, keyin 

turmog‘i 

 

Molik ibn Huvayris Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qiyotganlarini 



ko‘rdi. Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam toq rak’at qilganlarida ham avval bir oz 

nafasni rostlab olib keyin turdilar. 

 

141-bob. Namozxon rak’atdan turayotganda yerga qanday turaladi? 

 

Abu Qiloba raziyallohu anhu Ayyub raziyallohu anhuga bunday debdilar: «Molik ibn 



Huvayris mana shu masjidimizga kelib biz birlan namoz o‘qidilar. Ul kishi bizga: «O’zim 

namoz o‘qimoqchi bo‘lmasam-da, sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 

nechuk namoz o‘qiganlarini ko‘rsatib berayin»,— dedilar. «Janob Rasululloh qanday 

namoz o‘qir erkanlar? deb so‘radim»,— deydilar Ayyub. «Mana shu shayximiz singari 

o‘qir erkanlar»,— debdilar Abu Qiloba. 

 

«Usha shayx (ruku’dan ruku’ga o‘tishda) to‘liq takbir aytar erdi. Ikkinchi sajdadan bosh 



ko‘targach, bir oz o‘tirib, keyin yerga tiranib turar erdi»,— deydilar Ayyub. 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

164


142-bob. Namozxon 2-nchi rak’atdan turayotib takbir aytadir  

 

Ibn Zubayr (rak’atdan) turayotib takbir aytar erdi. 



 

Sa’id ibn Hars rivoyat qiladirlar: «Abu Sa’id bizga namoz o‘qib berdi, takbirni ovoz 

chiqarib aytdi. Sajdaga borayotganda ham va undan bosh ko‘tarayotganda ham, ikkala 

rak’atdan turayotganda ham takbir aytdi. Keyin: «Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallamning shunday namoz o‘qiyotganlarini ko‘rganman»,— dedi». 

 

Mutarraf ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Imron birlan men Hazrat Aliga iqtido qilib namoz 



o‘qidik. Hazrat Ali sajda qilsalar ham, sajdadan bosh ko‘tarsalar ham, ikkala rak’atdan 

turayotganlarida ham takbir aytar erdilar. Salom bergandan so‘ng Imron mening 

qo‘limni ushlab turib: «Mana bu kishi biz birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

singari namoz o‘qidi» yoki «Mana bu odamning namoz o‘qishi menga Janob Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qishlarini eslatdi»,— dedi». 

 

143-bob. Tashahhudda o‘tirishning sunnati (qonun-qoidasi) 

 

Ummu Dardo’ namozda erkak kishi singari o‘tirar erdi. U fiqh olimasi erdi. 



 

Abdulloh ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umarning chordana qurib 

tashahhudda o‘tirganlarini ko‘rdim. Yoshlik qilib men ham shunday qildim. Shunda 

Abdulloh ibn Umar menga: «Bunday qilmag‘il, namozning sunnatiga ko‘ra, o‘ng 

oyog‘ingni tiklab, chap oyog‘ingni bukib o‘tirmog‘ing lozim»,— dedilar. Men: «Siz 

chordana qurib o‘tiribsiz-ku!» — dedim. «Mening oyoqlarim yaramaydir»,— dedilar». 

 

Muhammad ibn Amr ibn Ato rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamning bir jamoa sahobalari birlan birga o‘tirgan erdim. Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallamning nechuk namoz o‘qiganlarini esladik. Shunda Abu Humayd As-So’idiy: 

«Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qanday namoz o‘qiganlarini 

hammangizdan ko‘ra ko‘proq bilurmen. Janob Rasululloh takbiri tahrima aytganlarida 

qo‘llarini yelka barobarida ko‘tardilar, ruku’ga borganlarida tizzalarini ushladilar, keyin 

qomatlarini rostladilar. Ruku’dan bosh ko‘targanlarida umurtqalarining har bir bo‘g‘ini 

joy-joyiga kelguncha qadlarini rostladilar. Keyin, bilaklarini yerga tekkizmay va 

biqinlariga siqib olmay hamda oyoq panjalarining uchlarini qiblaga qaratib sajda qildilar. 

Ikkinchi rak’atda o‘ng oyoqlarini tiklab, chap oyoqlarining ustiga o‘tirdilar. Oxirgi 

rak’atda ersa chap oyoqlarini oldinroqqa uzatib, o‘ng oyoqlarini tiklab, dumbalarini yerga 

qo‘yib o‘tirdilar». 

 

144-bob. Dastlabki tashahhudga o‘tirish farz ermas 

 

Chunkim Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkinchi rak’atdan keyin o‘tirmasdan turib 



ketganlarida (sahobalar tasbih aytib eslatishganda) qaytib o‘tirmadilar. 

 

Zuhriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Menga Abdurrahmon ibn Hurmuz Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallamning ular birlan peshin namozini o‘qiganlarini aytdi. Janob 

Rasululloh ikkinchi rak’atdan keyin o‘tirmasdan turib ketibdilar, odamlar ham u kishi 

birlan birga o‘rinlaridan turishibdi. Namoz tugagach, odamlar payg‘ambarimizning salom 

bermoqlarini kutishibdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa o‘tirgan 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

165


hollarida salom bermasdan takbir aytib, ikki marta sajda (sajdai sahv) qilibdilar, so‘ng 

salom beribdilar». 

 

145-bob. Dastlabki tashahhudga o‘tirmoq 

 

Abdulloh ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan 



peshin namozini o‘qidilar. (Ikkinchi rak’atdan keyin) tashahhudga o‘tirishlari lozim bo‘la 

turib, turib ketdilar. Namoz tugagach, o‘tirgan hollarida ikki marta sajda qildilar». 

 

146-bob. Oxirgi tashahhudga o‘tirmoqning vojibligi 

 

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido 



qilib namoz o‘qiganimizda: «Jabroil va Mikoilga salom, falonchi va pistonchiga salom»,— 

deb aytardik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga: «Olloh taoloning 

ismlaridan biri — salomdir. Qaysi biringiz namoz o‘qig‘aydirsiz, «Barcha madhu 

olqishlarimiz, toat-ibodatu ezgu amallarimiz Olloh taologa munosibdir, ey payg‘ambar 

alayhissalom, sizga Olloh taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin, bizga hamda 

hamma solih bandalarga ersa Olloh taoloning salomi bo‘lsin!»—deb aytingiz. Agar 

shundoq (hamma solih bandalarga) desangiz, yeru ko‘kdagi hamma solih bandalarga 

savobi tekkaydir»,— der erdilar. (Duoning davomi): «Ollohdan boshqa iloh yo‘q, deb 

guvohlik berg‘aydirmen, shuningdek Muhammad Ollohning bandasi hamda bizga 

yuborgan elchisidir, deb ham guvohlik berg‘aydirmen». 

 

147-bob. Namozda salom berishdan avval duo o‘qimoq 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozda 



«Ollohumma inniy a’uzu bika min azobi qabrin va a’uzu bika min fitnat-il-Masihi-d-

Dajjoli va a’uzu bika min fitnat-il-mahyo va fitnat-il-mamoti, Ollohumma inniy a’uzu bika 

min-al-ma’sami va-l-mag‘rami» degan duoni o‘qir erdilar (Duoning ma’nosi: «Ilohi, meni 

qabr azobidan, Dajjol fitnasidan saqlag‘il, tiriklikdayu o‘lim oldida bo‘ladigan fitnalardan 

asrag‘il! Ilohi, meni gunohkor va kishilardan qarzdor bo‘lmoqdan o‘zing asrag‘il!»). 

Shunda bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Nechun muncha, qarzdor 

qnlib qo‘ymag‘il, deb iltijo qilursiz?» — dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam: «Agar kishi to‘layolmaydigan darajada qarzdor bo‘lib qolg‘aydir, doimo yolg‘on 

gapirg‘aydir, va’da qilsa, ustidan chiqmagaydir»,— dedilar». 

 

Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz oxirida Dajjol 



fitnasidan asramoqni Ollohdan iltijo qilganlarini eshitdim»,— deydilar. 

 

Abu Bakr Siddiq Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: Namozda o‘qiydirgan bir duo 



o‘rgating»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: . «Ilohi, men o‘z jonimga 

ko‘p zulm qildim, (bunday) gunohlarni sendan boshqa hech kim kechira olmag‘aydir, 

faqat o‘zing kechira olg‘aydirsan. Ilohi, fazlu marhamatingni darig‘ tutmay, meni 

mag‘firat qilg‘aysen, mendan rahmatingni ayamagaysen, Sen gunohlarni kechirg‘uvchi 

va bandalarni mag‘firat qiluvchi zotdirsen! degan duoni o‘qig‘il!» — dedilar. Mazkur 

duoning arabchasi: «Ollohumma inniy zalamtu nafsiy zulman kasiro va lo yag‘firu-z-

zunuba illo anta, fag‘firliy mag‘firatan min indika varhamniy, innaka ant-al-g‘afurur-

rahiym». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

166


148-bob. Tashahhuddan keyin o‘qishga duo tanlamoq 

 

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 



namoz o‘qiganimizda «Assalomu alallohi min ibodihi. Assalomu alo fulonin va fulonin» 

der erdik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Assalomu alallohi» demangiz, 

chunkim salom — Ollohning ismlaridan, At-Tahiyyotu lillohi vas-salavotu vat-tayyibot, 

assalomu alayka ayyu-han-nabiyyu va rahmatullohi va barakotuh. Assalomu alayno va 

alo ibodillohis-solihiyn» deb aytingiz. Agar siz shunday deb aytsangiz, osmondagi (yokim 

yeru osmon o‘rtasidagi) har bir solih bandaga savobi te'kkaydir (Duoning davomi: 

«Ashhadu alla iloha illallohu vashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu»), undan 

keyin duolardan o‘zingizga yoqqanini tanlab olib o‘qiyveringiz»,— dedilar». 

 

149-bob. Peshona va burniga tekkan loyni namozni o‘qib bo‘lmaguncha 

artmagan kishi 

 

Imom Buxoriy: «Humaydning namoz vaqtida peshonaga tekkan narsani (loy, changni) 



artib bo‘lmasligiga quyidagi hadisni dalil qilayotganining shohidi bo‘ldim»,— deydilar:  

 

Abu Salama: «Abu Sa’id al-Xudriydan shul tug‘rida so‘radim»,—deydilar. Abu Sa’id al-



Xudriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning loy joyda sajda qilayotganlarini, 

hatto peshonalariga tekkan loyni namoz tamom bo‘lmaguncha artmaganlarini 

ko‘rdim»,— deb javob beribdilar». 

 

150-bob. Namoz o‘qib bo‘lgach, salom bermoq 

 

Ummu Salama onamiz Hind binti al-Harsga: «Rasululloh.sallallohu alayhi va sallam 



namozda salom berganlaridan keyin ham ayollar ketmay turishardi. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam ham darrov ketib qolmas erdilar»,— deb aytgan erkanlar. «Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam, ayollarning erkaklar birlan aralash ketmasliklari, erkaklar 

ketib bo‘lgach, bemalol o‘zlari ketmoqlari uchun shunday qilgan bo‘lsalar kerak»,— 

deydilar Abu Shihob. 

 

151-bob. Iqtido qilg‘uvchi imom salom berganda salom beradir 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu imom salom bergandan so‘ng orqadagilar ham salom 



bermog‘ini ma’qullar erdilar. 

 

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qidik, salom berganlarida 



salom berdik»,— deydilar Atbon raziyallohu anhu. 

 

152-bob. «Imomning salomiga alik qaytarmasa ham bo‘ladir, namozda 



berilgan salom kifoya qiladir»,— degan kishi 

 

Mahmud ibn Rabi’ rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni yaxshi 



eslarmen, ul kishi uyimizga kelganlarida men yosh bola erdim, paqirdan bir xo‘plam suv 

olib, hazillashib yuzimga purkab yuborganlarini ham yaxshi eslarmen, Menga Mahmud 

Atbon ibn Molik quyidagi hadisni aytib bergan zrdilar: «Men o‘z qavmim bo‘lmish Baniy 

Solimga imomlik qilur erdim. Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga 

kelib: «Mening ko‘zim xira bo‘lib qoldi, yog‘ingarchilik bo‘lsa, masjidga borolmayotirman. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

167


Biznikiga borib, namoz o‘qib bersangiz, men siz namoz o‘qigan joyni o‘zimga namozgoh 

qilib olg‘ay erdim»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Inshoolloh, 

shundoq qilurmen»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan Abu Bakr 

Siddiq kun qizigan vaqtda menikiga keldilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

kirishga ruxsat so‘radilar, men uyga taklif qilib, o‘tirishga joy ko‘rsatdim. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam o‘tirmasdan: «Qaerda namoz o‘qib bermog‘imni 

istag‘aysen?»—dedilar. Men o‘zimga yoqqan joyni ko‘rsatdim, Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam namoz o‘qishga kirishdilar, biz ul kishiga iqtido qildik. Janrb Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam salom berganlarida, biz ham salom berdik. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam namozda qanday salom bersalar, shunday salom berdik, alik 

olmadik». 

 

153-bob. Namozdan keyin zikr aytmoq 

 

Ibn Abbosning ozod qilingan quli Abu Ma’bad: «Menga Ibn Abbos bunday degan 



erdilar»,— deydi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida odamlar farz 

namozidan so‘ng baland ovoz birlan zikr aytishur erdi, men buni yaxshi eslab 

qolganman». 

 

Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozni tugatganlarini takbir 



aytganlaridan bilur erdim»,— deydilar (Namozdan so‘ng «Subhonalloh, Alhamdu lilloh, 

Ollohu akbar» deb zikr aytmoq). 

 

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Faqirlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 



qoshlariga kelib: «Jannatning eng yaxshi joylari ham, dunyoning eng yaxshi ne’matlari 

ham boylarga tekkaydir. Biz qanday namoz o‘qisak va ro‘za tutsak, ular ham shunday 

namoz o‘qib, ro‘za tutishg‘aydir. Buning ustiga ular mol-dunyoga ham egadirlar. Mol-

dunyolari bo‘lgach, haj qilishg‘aydir va sadaqalar berishg‘aydir»,— deyishdi. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam ularga javoban: «Sizga boylar erishgan martabadan ham 

yuksakroq martabaga sazovor etadirgan bir narsani o‘rgatayinmi? Agar (mening 

aytganlarimni qilsangiz), sizdan yaxshiroq odam bo‘lmag‘aydir, siz erishgan martabaga 

hech kim erisha olmag‘aydir. Quloq solingiz, har bir farz namozidan so‘ng 

«Subhonalloh», «Alhamdu lilloh» va «Ollohu akbar» deb 33 martadan aytg‘aysiz»,— 

dedilar. Shu onda biz «Subhonalloh — 33 marta, Alhamdu lilloh — 33 marta, Ollohu 

akbar — 34 marta» deb o‘zaro tortishib qoldik. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallamning huzurlariga kirdik. Janob Rasululloh: «Subhonalloh, Alhamdu lilloh va Ollohu 

akbarning har birini 33 martadan aytg‘aysen, deb aytdilar»,— deydilar Abu Hurayra». 

 

Mug‘ira Ibn Sho‘‘baning kotibi — Varrod raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Mug‘ira 



Muoviyaga atab bunday deb xat yozdirdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har 

bir farz namozidan so‘ng «Lo iloha illallohu vahdahu, lo shariyka lahu, lahu-l-mulku va 

lahu-l-hamdu va huva alo kulli shay’in qadiyr. Ollohumma lo moni’a limo a’tayta va lo 

mu’tiya limo mana’ta va lo yanfa’u zo-l-jaddi minka-l-jaddu» deb aytar erdilar». 

 

154-bob. Imom (namozdan so‘ng) salom bergach, odamlarga qarab o‘girilib 

o‘tiradir 

 

Sumra Ibn Jundub naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib 



bo‘lsalar, bizga qarab o‘girilib o‘ltirar erdilar». 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

168


 

Zayd ibn Xolid al-Juhaniy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

Hudaybiya degan joyda kechqurun yoqqan yomg‘ir nami ustida biz birlan bomdod 

namozini o‘qidilar. Namozdan so‘ng Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

odamlarga o‘girilib: «Rabbingiz ne deydir, bilurmisiz?» — dedilar. Odamlar: «Olloh va 

uning Rasuli biladir»,— deyishdi, «Olloh: «Bandalarimdan ba’zilari menga ishonib 

mo‘‘min bo‘ldilar, ba’zilari ersa, menga ishonmay, kofir bo‘ldilar. Ammo, kimki bizning 

yomg‘irimizni Ollohning fazlu rahmatidan sodir bo‘ldi, desa, ul myonga iymon keltirib, 

sayyoralarni inkor qilgan bo‘lg‘aydir. Ammo, kimki falon sayyoraning undoq bo‘lmog‘i va 

piston sayyoraning mundoq bo‘lmog‘idan yomg‘ir yog‘di, desa, ul kofir bo‘lib, 

sayyoralarga sig‘ingan bo‘lur»,— deydi»,— dedilar Janob Rasululloh». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni 



xufton namozini o‘qishni yarim kechagacha kechiktirdilar. Namozdan so‘ng bizlarga 

o‘girilib: «Odamlar allaqachon namozlarini o‘qib bo‘lib yotdilar, ammo sizlar ersangiz 

hanuz joynamoz ustidasizlar»,— dedilar». 

 

155-bob. Imomning, salom bergandan keyin ham joynamoz ustida qolmog‘i 

 

Nofi’ raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Ibn Umar, farz o‘qib bo‘lgandan keyin ham



joynamozdan jilmasdan nafl o‘qiyverar erdilar. Hazrat Abu Bakrning nevarasi Qosim ham 

shunday qilur erdi». 

 

Abu Hurayra: «Imom farz o‘qigan joyda nafl o‘qimaydir, degan hadisni Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallamga noto‘g‘ri nisbat berishadi»,— deydilar. 

 

Ummu Salama rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz tugab, 



salom berganlaridan so‘ng, xotinlar masjiddan chiqib ketar erdilar. Ular Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam masjiddan chiqqunlarigacha uylariga yetib olar erdilar». 

 

156-bob. Imom (namoz tugab, salom bergach) biror zarur narsani eslab 

namozxonlarni tark etishi mumkinmi? 

 

Uqba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Madinada Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam bizga namozda imomlik qildilar. Namoz tugab, salom berganlaridan so‘ng, 

odamlarni oralab o‘tib, xotinlaridan birining hujrasiga kirib ketdilar. Janob Rasulullohning 

shoshib turib ketganlari odamlarni xavotirga soldi. Bir ozdan keyin ul zot hujradan chiqib 

keldilar va shoshib turib ketganlarining boisini aytdilar: «Bizda bir oz tilla bor erdi, shu 

yodimga tushib qoldi. Fikrimni chalg‘itmasin, deb odamlarga ulashib bermoqni 

buyurdim». 

 

157-bob. Chap yokim o‘ng tomoni birlai namozxonlarga o‘girilib qaramoq 

 

Anas raziyallohu anhu o‘ng tomonlari birlan ham, chap tomonlari birlan ham 



nomozxonlarga o‘girilib qarayverar erdilar. Faqat bir tomoni birlan o‘girilib 

qaraydiganlarni qoralar erdilar. 

 

Asvad raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas’ud: «Hech qaysingiz 



o‘zingizcha, faqat o‘ng tomon birlan o‘girilmoq lozim, deb aytib, shaytonga 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

169


namozingizdan nasiba ulashmangiz! Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning chap 

tomonlari birlan ham o‘girilganlarini ko‘p ko‘rganman»,— deydilar». 

 

158-bob. Xom sarimsoq, xonaki va yovvoyi piyoz yeyish to‘g‘risida Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallamning «Kimki ochilikdanmi yokim boshqa sababdanmi

sarimsoq va xom piyoz yegan ersa, bizning masjidimizga kelmasin!» — 

deganlari to‘g‘risida 

 

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar urushi 



ketayotgan kunlardan birida: «Kimki mana bu ko‘katdan, ya’ni sarimsoqdan yegan ersa, 

bizning namozgohimizga yaqinlashmasin!» — deb aytganlar». 

 

Jobir ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki mana 



bu ko‘katdan yegan ersa (sarimsoqni ko‘rsatdilar), bizning masjidlarimizga kelmasin!»—

deb aytganlar. Ato raziyallohu anhu: «Janob Rasululloh xom sarimsoqni aytdilarmi 

yokim pishganinimi?»— deb mendan so‘radilar. «Nazarimda, faqatgina xomini 

aytdilar»,— deb javob berdim». 

 

Ato raziyallohu anhu Jobir ibn Abdullohdap eshitganlarini Ibn Shihobga bunday deb 



rivoyat qilgan erkanlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki sarimsoq 

yokim piyoz yegaydir, bizdan ham, masjidimizdan ham nariroq yursin, uyida o‘tirsin!» — 

deydilar. Bir payt Janob Rasulullohga ko‘katlardan tayyorlangan taom keltirildi. Unda 

qanaqadir hid borligini sezib, nimala.rdan tayyorlanganligini so‘radilar. Uning ichidagi 

bor ko‘katlarni birma-bir aytib berishdi. So‘ng, Janob Rasululloh sahobalarni ovqatga 

taklif qildilar, lekin ular ul kishining o‘zlari yemaganlari uchun tortinishdi. Shunda 

Rasululloh: «Sizlar yeyaveringiz, menga bo‘lmaydir, chunkim men farishtalar birlan 

so‘zlashurmen, ular bu hidni yomon ko‘rishg‘aydir»,— dedilar». 

 

Abdulaziz rivoyat qiladirlar: «Bir kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sarimsoq 



to‘g‘risida ne deganlar?»—deb Anasdan so‘radi. Anas: «Janob Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam: «Kimki mana bu ko‘katni (sarimsoqni) yegaydir, bizga yaqinlashmasin 

va biz birlan birga namoz o‘qimasin!» deb aytganlar»,— dedi. 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling