Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Biror sababga ko‘ra, namozxonlardan birining imomning yonida


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


47-bob. Biror sababga ko‘ra, namozxonlardan birining imomning yonida 

turmog’i 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob 



yotganlarida Abu Bakrga jamoatga imomlik qilmoqni buyurdilar. Abu Bakr (o‘shanda) 

imomlik qilgan erdilar». Urva raziyallohu anhu ushbu hadisni quyidagicha davom 

ettiradirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlarini yengil his etib, namozga 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

136


chiqdilar. Abu Bakr jamoatga imomlik qilayotgan erdi. Rasulullohni ko‘rgach, (o‘rin 

bo‘shatmak maqsadida) orqasiga tisarila boshladi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam unga: «O’rningdan jilmag‘il!» — deb ishora qildilar. Keyin, Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam Abu Bakrning yoniga kelib yonma-yon o‘tirdilar. Abu Bakr Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib tik turib namoz o‘qidilar. Odamlar ersa Abu 

Bakrga iqtido qilib namoz o‘qishdi». 

 

48-bob. Kech qolayotgan imomning o‘rniga o‘tib imomlik qilayotgan odam, 

imom kelib qolsa, tisarilib o‘rnini bo‘shatsa ham, bo‘shatmasa ham, namoz joiz 

bo‘ladir 

 

Sahl ibn Sa’d naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Amr qabilasi nizosini 



tinchitmoq uchun ketgan erdilar. Namoz vaqti bo‘lib qolgach, muazzin Abu Bakrga kelib: 

«Takbir aytayinmi?» — dedi. Abu Vakr: «Mayli»,— dedilar. Abu Bakr jamoatga imomlik 

qilib turganlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib qoldilar. Odamlar safdan joy 

berdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birinchi safga kelib turdilar. Odamlar Abu 

Bakrni ogohlantirmoq uchun chapak chaldilar. Abu Bakr payqamadilar. Odamlar 

qattiqroq chapak ura boshladilar. Shundagina Abu Bakr Janob Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallamning kelganlarini ko‘rdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 

«O’rningda turg‘il!» — deb ishora qildilar. Abu Bakr raziyallohu anhu Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallamning (ishonch bildirib) «Joyingda turaverg‘il!» — deb 

buyurganlaridan xursand bo‘lib, Ollohga hamd aytib, ikki qo‘llarini tepaga ko‘tardilar-da, 

orqalariga tisarilib, birinchi safga turib oldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

joylariga o‘tib jamoatga imomlik qildilar. Namoz tugagach, Abu Bakrga: 

«Buyurganimdan so‘ng nechun joyingizda turavermadingiz?» — dedilar. Abu Bakr: 

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilarida namoz o‘qimoqqa Abu Bakrning 

haqqi yo‘qdir!» — deb javob berdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ne bo‘ldi 

sizlarga, ko‘p qarsak chaldingiz? Kimki namozda biror narsani ko‘rg‘aydir, tasbih 

(subhonalloh) aytsin, tisbih aytsa, unga qaraydilar. Chapak chalmoq ersa xotinlarning 

ishidir»,— dedilar». 

 

49-bob. Agar namozxonlarning qiroati bir xil bo‘lsa, oralarida yoshi ulug‘i 

imomlik qiladir 

 

Molik ibn Huvayris naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga 



keldik. Hammamiz tengqur, yosh yigitlar erdik. Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallamning huzurlarida 20 kuncha turib qoldik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

juda mehribon erdilar, (yurtimizni sog‘inganimizni bilib): «Yurtingizga qaytsangiz, u 

yerdagilarga dinni o‘rgatingiz, falon vaqtda falon namozni, falon vaqtda falon namozni 

o‘qiydirsiz, deb ularga buyuringiz, namoz vaqti bo‘lganda biringiz azon aytingiz, 

orangizda kattangiz imomlikka o‘tsin!» — dedilar». 

 

50-bob. Imom biror qavmning ziyofatiga borsa, namoz vaqtida ularga imomlik 

qiladir 

 

Atbon ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni uyimga taklif 



etgan erdim. Ul kishi kelib, kirishga ijozat so‘radilar. Keyin: «Uyingning qay yerida 

namoz o‘qib bermog‘imni istaydirsan?» — dedilar. Men bir joyni ko‘rsatdim. Ras ululloh 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

137


sallallohu alayhi va sallam namozga turdilar. Biz u kishiga iqtido qildik. Namozdan keyin 

salom berdilar. Biz ham salom berdik». 

 

51-bob. Imomga iqtido qilmoq kerak, ul shuning uchun imom qilingandir! 

 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, vafotlaridan oldingi betoblik paytlarida, o‘tirib 



imomlik qilar erdilar. Ibn Mas’ud: «Namozxon boshini imomdan avval ko‘tarsa, qaytarib 

tushirg‘aydir-da, imom boshini ikkinchi bor ko‘tarmaguncha kutib turg‘aydir, keyin 

imomga ergashg‘aydir»,— deganlar. Hasan Basriy: «Imom birlan birga ikki rak’at o‘qib, 

sajda etolmagan odam oxirgi rak’atda ikki marta sajda qilg‘aydir, keyin bir rak’atini 

qayta o‘qig‘aydir, sajda qilmoqni esdan chiqarib, o‘rnidan turib ketgan odam qayta o‘tirib 

sajda qilg‘aydir»,— deydilar. 

 

Ubaydulloh ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Oisha onamizning huzurlariga kirdim. 



«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning betob yotgan paytlari to‘g‘risida menga 

so‘zlab bersangiz!» — deb iltimos qildim. Oisha onamiz: «Mayli»,— deb hikoya qila 

ketdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam og‘irlashib qolganlarida: «Odamlar 

namoz o‘qidilarmi?»—deb so‘radilar. Biz: «Yo‘q, sizni kutishmoqda»,— dedik. «Tog‘oraga 

o‘tqazib, ustimdan suv quyingiz!» — dedilar. Biz aytganlarini qildik. O’rinlaridan tura 

boshlaganlarida hushlaridan ketdilar. Hushlariga kelgach: «Odamlar namoz 

o‘qidilarmi?»—dedilar. Biz: «Yo‘q, sizni kutishmoqda»,— dedik. Janob Rasululloh: 

«Tog‘oraga o‘tqazib, ustimdan suv quyingiz!» —dedilar. Biz aytganlarini qildik. 

O’rinlaridan turmoqchi erdilar, yana hushlaridan ketdilar. Hushlariga kelgach: «Odamlar 

namoz o‘qidilarmi?» — dedilar. Biz: «Yo‘q, sizni kutishmoqda»,— dedik. Masjidda odam 

liq to‘la. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xufton iamoziga chiqishlarini 

kutishmoqda. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrga imomlik qilmakni 

buyurdilar. Bir kishi borib, Abu Bakrga: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

sizni jamoatga imomlik qilsin, deb buyurdilar»,— dedi. Abu Bakr ko‘ngli yumshoq odam 

erdilar. Shuning uchun ham Umarga: «Siz imomlik qilingiz!» — dedilar. Umar: «O’zingiz 

bunga mendan ko‘ra qaqliroqdirsiz!» — dedilar. Abu Bakr o‘sha kuni imomlik qildilar., 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlarini bir oz yengil his etib, ikki kishining 

yordamida namozga chiqdilar, ulardan biri Abbos edi. Abu Bakr Janob Rasulullohni ko‘rib 

joy bo‘shatmoqchi bo‘ldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Orqangizga 

tisarilmangiz, joyingizdan jilmangiz!» — deb ishora qildilar. Keyin Abbosga: «Meni 

yonlariga o‘tqazingiz!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Abu Bakrning 

yoniga o‘tqazdilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘tirib namoz o‘qidilar. 

Abu Bakr tik turib Rasulullohga iqtido qildilar. Odamlar ersa Abu Bakrga iqtido qilishdi». 

 

Ubaydulloh raziyallohu anhu bunday rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Abbos huzuriga 



kirib, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning betobliklari haqida Oisha onamiz 

menga aytib berganlarini sizga aytayinmi?» — dedim. «Aytg‘il!»— dedilar. Men aytdim. 

Biror so‘zimni inkor qilmadilar, lekin: «Ogam Abbos birlan birga bo‘lgan ikkinchi 

kishining nomini senga aytdilarmi?» — deb so‘radilar. Men: «Yo‘q»,— dedim. «Ul Ali 

erdi!» — dedilar». 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob 



bo‘lganlaridan uyda o‘tirgan holda namoz o‘qidilar. Iqtido qilayotganlar ersa tik turib 

o‘qishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «o‘tiringiz!» deb ishora qildilar. 

Namozdan keyin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom iqtido qilmoqlari uchun 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

138


tayinlangandir, agar ul ruku’ qilg‘aydir, ruku’ qilingiz, ruku’dan bosh ko‘targ‘aydir, bosh 

ko‘taringiz, o‘tirib namoz o‘qig‘aydir, o‘tirib namoz o‘qingiz!»— dedilar». 

 

Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ot minib yiqildilar, 



o‘ng tomonlari shilinib ketdi. Namozni o‘tirgan holda o‘qidilar. Shunda biz ham o‘tirib 

o‘qidik. Namozni tugatgach, bizga o‘girilib: «Gap shulkim, imom iqtido qilmoqlari uchun 

imom qilingandir, agar ul tik turib o‘qig‘aydir, tik turib o‘qingiz, ruku’ qilg‘aydir, ruku’ 

qilingiz, ruku’dan bosh ko‘targ‘aydir, bosh ko‘taringiz, «Sami’allohu liman hamidahu» 

desa, «Rabbano va lakalhamd» deb aytingiz. Agar tik turib o‘qig‘aydir, tik turib 

o‘qingiz!» — dedilar». Imom Buxoriy aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

«Imom o‘tirib o‘qig‘aydir, o‘tirib o‘qingiz! »degan so‘zlarini bundan ilgarigi betoblik 

paytlarida aytganlar, so‘nggi kasal bo‘lganlarida ersa Janob Rasululloh o‘tirib namoz 

o‘qiganlar. Odamlar tik turib o‘qishgan, ularga o‘tirmoqni buyurmaganlar. Oxirgisi 

hisobga oling‘aydir,zero oxirgisi Janob Rasulullohning tabiatlariga mosdir». 

 

52-bob. Imomga iqtido etib namoz o‘qiyotgan odam qachon sajda qiladir? 

 

Anas raziyallohu anhu: «Imom sajda qilsa, sajda qilingiz!» — deydilar. 



 

Abdulloh ibn Yazid: «Quyidagini menga Barro aytib bergan erdi, ul hech yolg‘on 

so‘zlamaydir»,— deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Sami’allohu liman 

hamidahu» deb sajdaga bormagunlaricha, birontamiz sajdaga bormas erdik, keyin sajda 

qilar erdik». 

 

53-bob. Imomdan avval boshini ko‘targan odamning gunohi 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Oralaringizda kimdir imomdan avval boshini ko‘targaydir, uning boshini Olloh taolo 

eshakning boshiga yokim ko‘rinishini eshakning ko‘rinishiga aylantirib qo‘ymog‘idan 

qo‘rqmag‘aymi (qo‘rqmag‘aydirmi)?» — dedilar». 

 

54-bob. Qul yoki ozod qilingan qulning imomlikka o‘tmog‘i haqida 

 

Oisha onamizga Zakvon degan qullari imomlik qilur erdi, Qur’onga ko‘ra, haromi bola 



ham, badaviy ham, balog‘atga yetmagan bola ham imom bo‘lmog‘i joizdir. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Imomlikka Qur’oni Karimni mukammal bilgan kishi 

o‘tg‘aydir»,—deganlari uchun ham Imom Buxoriy: «Qul, biror aybi bo‘lmasa, jamoatga 

qatnashmakdan mahrum qilinmag‘aydir»,— deydilar». 

 

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Qubodagi Asaba degan joyga kelgan dastlabki muhojirlarga 



(Rasulullohning kelishlaridan avval) Abu Huzayfaning ozod qilingan quli Solim imomlik 

qilur erdi. U Qur’onni hammadan yaxshiroq bilur erdi». 

 

Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Garchi 



sizlarga boshi mayizdek qop-qora qul boshliq qilib tayinlansa ham, unga quloq solib, 

itoat etingiz!» — deganlar». 

 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

139


55-bob. Imom yomon imomlik qilsa, gunohi o‘ziga 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Imomlar sizlarga imomlik qilib namoz o‘qiydirlar. Agar to‘g‘ri, to‘liq o‘qig‘aydirlar, 

sizlarga ham, o‘zlariga ham savob, bo‘lg‘aydir. Xato qilsalar, sizlarga savob-u, gunohi 

o‘zlariga bo‘lg‘aydir»,— deganlar». 

 

56-bob. Yo‘ldan ozgan va bid’atchi odamning imomligi xususida 

 

Hasan Basriy: «Bid’atchining orqasida ham namoz o‘qiyverg‘il, bid’atining zarari 



o‘zigadir»,— deganlar. Imom Buxoriy: «(Ushbu hadisni) bizga Muhammad ibn Yusuf 

aytib berdilar»,— deydilar. 

 

Ubaydulloh ibn Adiy ibn Xiyor Usmon ibn Affonning huzurlariga kirdi. Hazrat Usmon 



siqilib o‘tirgan erkanlar. Usmonga: «Siz jamoat imomidirsiz, boshingizga nechuk ishlar 

tushdi, ko‘rib turibsiz. Bizga ersa fitnachi kishilar imom bo‘lib olmishlar, biz ularga iqtido 

qilib, gunohkor bo‘lmakdan qo‘rqadirmiz»,— dedi. Shunda Usmon: «Namoz odamlar 

qilayotgan ishlarning eng yaxshisidir. Agar kishilar xayrlik ish qilayotgan bo‘lsalar, sen 

ham ularning xayrlik ishlariga bosh qo‘shg‘il, agar yomon ishga qo‘l urgan bo‘lsalar, 

ularning yomonligidan chetlang‘il!»—dedilar. Zuhriy: «Juda zarur bo‘lmasa, xotinchalish 

(xunasa) odamga iqtido qilinmaydir»,— deydilar. 

 

Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Zarrga: «Agar 



boshi mayizdek qop-qora habash imom ersa ham, unga quloq solg‘il va itoat etg‘il!»—

degan ekanlar». 

 

57-bob. Agar namoz o‘qiyotganlar ikki kishi bo‘lsa, biri imom bo‘lib, ikkinchisi 

uning o‘ng tomoniga o‘tib iqtido qiladir 

 

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Maymuna xolamnikida tunab qoldim. Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallam xuftonni masjidda o‘qidilar. Keyin, uylariga kelib to‘rt rak’at namoz 

o‘qidilar. So‘ng, uxladilar, keyin o‘rinlaridan turib, tahorat olib namoz boshladilar. Men 

chap yonlariga borib turdim. Meni o‘ng yonlariga o‘tkazib qo‘ydilar. Avval besh rak’at, 

keyin ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng uxladilar, hatto pishillaganlarini eshitdim. Keyin, 

namozi bomdodni o‘qigani chiqib ketdilar». 

 

58-bob. Agar iqtido qilg‘uvchi birgina bo‘lsa-yu, imomning chap tomonida 



tursa, imom uni o‘ng tomoniga o‘tkazib qo‘ysa, namozlari buzilmaydir 

 

Ibn Abbos naql qiladirlar: «Maymuna xolamnikida tunab qoldim. O’sha kechasy 



Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xolamning uylarida erkanlar. Tahorat olib namozga 

turdilar. Men chap tomonlarida turib iqtido qildim, meni o‘ng tomonlariga o‘tkazib 

qo‘ydilar. Shunda o‘n uch rak’at namoz o‘qidilar. Keyin, uxladilar, hatto pishilladilar ham. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uxlasalar, pishillar edilar. Keyin, ul kishini muazzin 

kelib chaqirdi. Chiqib jamoatga imomlik qildilar, tahorat olmadilar (yonboshlab dam 

olganlarida, qalblari uyg‘oq bo‘lgani uchun tahoratlari sinmas erdi)». 

 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

140


59-bob. Kishining imomlik qilaman degan niyati bo‘lmasa-yu, odamlar kelib 

unga iqtido qilinsa... 

 

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Maymuna xolamnikida tunab qoldim. Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallam kechasi turib namoz o‘qidilar. Men ham turib u kishi birlan o‘qidim. 

Chap tomonlarida turgan erdim, belimdan ushlab o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar» 

 

60-bob. Agar imom namoznm cho‘zib yuborsa-yu, iqtido qilg‘uvchining biror 

hojati bo‘lsa, u safdan chiqib, o‘zi o‘qib olsa... 

 

Jobir ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Muoz ibn Jabal Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



birlan birga xuftonni o‘qib, so‘ng borib qavmiga imomlik qilur erdi. (Bir kuni) xuftonda 

qavmiga ymomlik qilayotib Surai Baqarani zam qildi. Shunda bir kishi safdan ajralib 

chiqdi-da, o‘zi alohida namoz o‘qib, ketdi. Muoz u kishini yomonlagandek bo‘ldi. Buni 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yetkazdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallam Muozga: «Sen fitnachidirsan, fitnachidirsan, fitnachidirsan!» yoki «Bunaqa 

holda fitnachi bo‘lib qolg‘aysan, fitnachi bo‘lib qolg‘aysan, fitnachi bo‘lib qolg‘aysan!»—

deb uch marta aytdilar-da, bundan keyin (o‘lchami) o‘rtacharoq ikkita surani zam 

qilmakni buyurdilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam buyurgan o‘sha suraning 

qaysi ekanligini eslay olmayotirman»,— deydilar Amr raziyallohu anhu». 

 

61-bob. Imomning qiyomni yengilroq, ruku’ va sujudni to‘laroq qilmog‘i 



xususida 

 

Abu Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Men, 



falonchi imom namozni cho‘zib yuborayotgani uchun namozi bomdodga 

bormayotirman»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning va’z aytayotganlarida 

o‘sha kundagidan ko‘ra g‘azablanganroq holatlarini ko‘rmaganman. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam o‘shanda: «Sizlarning oralaringizda odamlarni jamoat namozidan 

bezdirayotganlar bordir. Qay biringiz jamoatga imomlik qilgaydirsiz, namozni 

osonlashtiringiz, chunkim namozxonlar orasinda zaif, kasalmand, keksa va ishi zarur 

odamlar bordir!» — dedilar». 

 

62-bob. Agar kishi namozni yolg‘iz o‘zi o‘qisa, xohlaganicha cho‘zaversin! 

 

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar birortangiz 



jamoatga imomlik qilg‘aydirsiz, namozni osonlashtirib o‘qingiz, chunkim namozxonlar 

orasinda zaif, kasal va keksalar bordir. Agar qaysi biringiz namozni yolg‘iz o‘zingiz 

o‘qig‘aydirsiz, istagancha cho‘zaveringiz!» —dedilar». 

 

63-bob. Imom namozni cho‘zib yuborganda ustidan shikoyat qilgan kishi 

 

Abu Usayd: «Namozimizni juda ham cho‘zib yubording, ey bolam!» — degan ekanlar. 



 

Abu Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo 

Rasululloh, imom namozni cho‘zib yuborayotganidan bomdod namoziga 

bormayotirman»,— dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘azablandilar. 

O’sha kundagidan ko‘ra qattiqroq g‘azablanganlarini ko‘rmagan erdim. Janob Rasululloh: 

«Ey odamlar, sizlarning oralaringizda namozdan bezdirg‘uvchilar bordir. Kimki imom 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

141


bo‘lib (namoz) o‘qig‘aydir, yengil o‘qisin, chunki uning orqasinda zaif, keksa va ishi zarur 

kishilar bordir!»—dedilar». 

 

Jobir ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Qorong‘i kecha erdi. Muoz jamoatga imomlik qilib 



xufton o‘qiyotgan paytda bir kishi ikki tuyani yetaklab kelib qoldi. Tuyalarini ko‘yib, 

Muozga iqtido qildi. Muoz «Surai Baqarani» yoki «Surai Nisoni» zam qilib o‘qiy 

boshlaganda boyagi kishi oradan chiqib ketdi. Muoz uning orqasidan yomonlab qoldi. 

Buni ul kishiga yetkazishgan erdi, borib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga shikoyat 

qildi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muozga: «Ey Muoz, sen 

fitnachidirmisan yokim g‘aybatchidirmisan?» — deb uch marta .qaytarib aytdilar, keyin: 

«Sabbih-isma rabbika-l-a’lo...» va «Va-sh-shamsi va zuhoho...» hamda «Va-l-layli izo 

yag‘sho...» deb boshlanadigan suralarni zam qilib o‘qisang bo‘lmag‘aymidir?! Axir sening 

orqangda keksa, zaif va hojatmand kishilar ham borku!» — dedilar». 

 

64-bob. Namozni qisqa va mukammal o‘qimoq to‘g‘risida  

 

Anas ibn Molik: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni qisqa qilib ham, 



mukammal qilib ham o‘qir erdilar» — deydilar. 

 

65-bob. Chaqaloq yig‘lab qolganda namozni qisqaroq o‘qimoq xususida 

 

Abu Qatoda rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men namozni 



uzunroq qilib o‘qimoqchi bo‘lganimda, chaqaloq yig‘lab qolsa, onasiga og‘ir tushmasin 

deb, qisqaroq o‘qiydirmen»,— degan ekanlar». 

 

Anas ibn Molik raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamdan ko‘ra namozni qisqaroq va mukammalroq o‘qiydirgan birorta odamni 

uchratmadim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam chaqaloq yig‘isini eshitib, onasiga 

qiyin bo‘lmasin deb, namozni qisqaroq o‘qir erdilar». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men 



namozni uzunroq o‘qimoqchi bo‘lib boshlaydirman-u, ammo chaqaloqning yig‘isini 

eshitib, onasiga og‘ir bo‘lmasin deb, qisqartirg‘ayman»,— degan ekanlar». 

 

Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men, 



namozni uzunroq o‘qiydirman, deganimda chaqaloqning yig‘isini eshitib qolg‘ayman. 

Shunda o‘ning onasiga og‘ir tushmoqligini fahmlab, namozni yengillatg‘ayman»,— degan 

ekanlar». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men 



namozni uzunroq o‘qimoqchi bo‘lib boshlaydirman-u, ammo bola yig‘isini eshitib qolib, 

uning onasi aziyat chekmog‘ini o‘ylab, yengillatg‘ayman»,— degan ekanlar». 

bb-bob. Bir kishi imomga iqtido qilib namoz o‘qisa-yu, so‘ng o‘z qavmiga borib imomlik 

qilsa... 

 

66-bob. Bir kishi imomga iqtido qilib namoz o’qisa-yu, so’ng o’z qavmiga borib 

imomlik qilsa… 

 

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Muoz raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

142


alayhi va sallamga iqtido qilib namoz o‘qidilar, so‘ng o‘z qavmlariga borib imomlik 

qildilar». 

 

67-bob. Imomning takbirini odamlarga eshittirib turgan kishi 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam og‘ir yotganlarida 



Bilol namozga chaqirib keldi. Shunda Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoatga 

imomlik qilsin!» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, Abu Bakr ko‘ngli bo‘sh odamdirlar, ul 

kishi sizning o‘rningizda imomlik qilsalar, odamlar yig‘ilaridan qiroatlarini eshitolmay 

qolg‘aydir, yaxshisi Umarga buyuringiz!» — dedim. Janob Rasululloh: «Abu Bakrga 

buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin!»— deb qaytarib aytdilar. Men Hafsaga: «Abu Bakr 

ko‘ngli bo‘sh odamdirlar, o‘rningizda tursalar, yig‘ilaridan odamlar Qiroatlarini eshitmay 

qolg‘aydirlar, Umarga buyura qolingiz, deb Rasulullohga aytg‘il!»— dedim. Rasululloh: 

«Sizlar Yusuf alayhissalom qissasidagi xotinlar singaridirsizlar. Buyuringiz Abu Bakrga, 

jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar. Abu Bakr namozni boshlagach, Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam yengil tortdilar. Keyin, ikqi kishi yordamida oyoqlarini zo‘rg‘a bosib 

masjidga chiqdilar. Abu Bakr Rasulullohning sharpalarini sezib joy bo‘shatmoq uchun 

orqaga tisarila boshladilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’rningdan 

qimirlamag‘il!» — deb ishora qildilar. Rasululloh sallallohu alay hi va sallam Abu 

Bakrning chap yonlariga kelib o‘tirdilar. Abu Bakr tik turib o‘qidilar. Janob Rasululloh 

o‘tirgan hollarida o‘qidilar. Abu Bakr Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 

aytayotgan takbirlarini odamlarga eshittirib turdilar». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling