Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Xuftondan keyin bola-chaqalari va mehmonlar birlan so‘zlashib
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
40-bob. Xuftondan keyin bola-chaqalari va mehmonlar birlan so‘zlashib o‘tirmoq haqida
Abdurrahmon ibn Abu Bakr rivoyat qiladirlar: «Ashob us-suffa, ya’ni masjidning hovlisidagi supada yashaydirgan uysiz kishilar nihoyatda kambag‘al erdilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimning uyida ikki kishiga yetg‘ulik ovqat bo‘lsa, uch kishini, to‘rt kishiga yetg‘ulik ovqat bulsa, besh-olti kishini olib ketib, to‘yg‘azsin!» — dedilar. Abu Bakr uch kishini olib keldilar. Janob Rasululloh ersa o‘n kipshni olib ketdilar (Ularning ichida men, otam, onam, bilmayman, yana xotinim, Abu Bakr birlan payg‘ambarimizning xonadonlari o‘rtasidagi yugurdak ham bor erdi shekilli). Abu Bakr payg‘ambarimizning ovqatlanib olmoqlarini kutib turdilar. Tunning xudo xohlagancha qismi o‘tgandan keyin uylariga qaytdilar. Shunda xotinlari: «Mehmonlarni tashlab qay yerlarda yuribsiz?» — dedi. Abu Bakr: «Ularni ovqatlantirmadingmi?» — dedilar. Xotinlari: «Sizni kelasiz deb unamadilar, ketib qoldilar»,— dedi. Abu Bakr so‘kindilar-da: «O’zlaringiz yeyaveringiz, xudo xaqqi, men sira yemasmen!»— dedilar. Oyalohga qasam ichib ayturmenkim, ovqatni qancha yesak ham, kamaymak o‘rniga ko‘payib borar erdi. Biz to‘ygunimizcha yedik, lekin ovqat ilgarigidan ham ko‘payib ketdi. Abu Bakr buni ko‘rib, xotinlariga: «Ey Baniy Firosning singlisi, nega bunday bo‘ldi?»—dedilar. Xotinlari: «Ko‘zlarimg‘a ishongim kelmas, ovqat ilgarigidan uch barobar ko‘payib ketdi»,— dedi. Abu Bakr ovqatdan yedilarda: «Bu shaytonning ishidir»,— dedilar. Ya’ni, ovqat yemasmen, deb ichgan qasamlarini nazarda tutdilar. Keyin, yana bir luqma yeb, qolganini Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib ketdilar. Men o‘sha yerda qolib tong ottirdim. Biz birlan bir qavm o‘rtasida ittifoq tuzilgan bo‘lib, uning vaqti o‘tgan erdi. Biz o‘n ikki kishi bo‘lib ajralib chikdik. Ularning har biri birlan qancha odam kelganini bilar erdim, barchalari birgalikda o‘sha ovqatdan yedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 122
ÉΟó¡Î0
«!$# Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$# AZON (AYTISH) KITOBI
azon aytgaydirsiz, mushriklar masxara qilg‘aydirlar, chunkim alar Ollohga qilinadirg‘on ibodatga aqli yetmaydirg‘on qavmdir» hamda «namozg‘a azon aytilsa, jum’a kunidan boshlab aytilsin!» — degan kalomi sharifi
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «(Janob Rasululloh) odamlarni namozga chaqirmoq uchun (avval) o‘t yoqmoq, zang chalmoq lozimligini aytdilar, so‘ng yahudiy va nasorolarning ibodatga qanday da’vat qilganliklari eslariga tushib, Bilolga azon jumlalarini ikki martadan, takbir jumlalarini ersa bir martadan aytmakni buyurdilar».
Ibn Umar aytar erdilar: «Musulmonlar Madinaga kelganlarida bir yerga to‘planishib, namoz vaqtini belgilab olishur erdilar. Namozga azon aytishmas erdilar. Bir kuni namozga chaqirmoq to‘g‘risida so‘zlashib qoldilar. Ba’zilar: «Nasorolar zang chalgani kabi zang chalingiz!» — desa, ba’zilar: «Yahudiylar shubbur (karnay) chalgani singari bir narsa chalaylik!» — deyishdi. Shunda Hazrat Umar: «Namozga chaqirmoqqa bir kishini yubormaysizlarmi?» — dedilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Bilol, turg‘il o‘rningdan, namozga chaqirg‘il!» — deb aytdilar».
Anas raziyallohu anhu: «Bilolga azonning jumlalarini juft-juft qilib, takbirni toq qilib, «Qad qomat-is-salot» ni ersa ikki marta aytmak buyurildi»,— deydilar.
Anas raziyallohu anhu: «Odamlar to‘plangach, namoz vaqti bo‘lganligini biror narsa birlan ma’lum qilmak kerakligi haqida so‘zlashdilar. Avval, o‘t yoqmak yokim zang chalmak kerak, deyishdi. Shunda Bilolga azonni juft kilib, takbirni ersa toq qilib aytmak buyurildi»,— deydilar.
Anas raziyallohu anhu: «Bilolga azon so‘zlarini juft-juft qilib, takbir so‘zlarini ersa toq aytmak buyurildi»,— deydilar. Ismoil: «Ushbuni Ayyubga aytgan erdim, «Lekin, Qad qomat-is-salot» juft aytiladir» — dedi»,— deydilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namozga azon aytilgan kezda shayton orqasidan yel chiqarib, to azon eshitilmaydirgan yergacha qochg‘aydir. Azon aytib bo‘lingach, tag‘in qaytib kelg‘aydir. Takbir aytilmog‘i birlan yana orqasiga qochg‘aydir. Muazzin takbir aytmakni tugatgach, namozxonlarning diliga g‘ulg‘ula solmak uchun tag‘in qaytib kelg‘aydir. Shayton: «Falon narsani eslag‘il, piston narsani eslag‘il»,— deb namozxonning namozdan oldin esiga
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 123
kelmagan narsalarni eslatg‘aydir, hatto namozxon necha rak’at o‘qiganini bilmay qolgaydir»,— deganlar».
Umar ibn Abdulaziz: «Azonni aniq, baland ovoz birlan, ohangga solmasdan aytg‘il, agar shundoq qilmassen, bizga muazzinlik qilmoqqa yaramassen!» — deganlar.
Abdurrahmon ibn Abdullohga bobolari quyidagi hadisni aytib bergan erkanlar: «Abu Sa’id al-Xudriy menga: «Nazarimda, sen qo‘yni va dalani yaxshi ko‘radirgan ko‘ring‘aysen, agar qo‘y boqayotgan ersang yokim shunchaki dalada ersang-u, namozga azon aytsang, azonni baland ovoz birlan aytg‘il, chunkim past ovoz birlan aytsang, uzoqdagi xoh jin, xoh inson, xoh jonli va xoh jonsiz narsa bo‘lsin, tovushingni eshitmay qolg‘aydir. Ular qiyomatda sening azon aytganingga guvohlik berg‘aydir»,— degandilar. Abu Sa’id al-Xudriy: «Buni men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitgandim»,— deydilar».
Anas ibn Molik quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar biz birlan biror qavm urush qilayotgan ersa, tong otguncha urushgani qo‘ymas erdilar. Tongda azon ovozini eshitib urushni to‘xtatar erdilar, azon ovozini eshitmasalar, urushni davom ettiraverardilar. Bir kuni Xaybarga qarab yo‘lga chiqib, tunda yetib bordik. Tong otgach, hali azon aytilmagan paytda, ota,m Abu Talha ulovlarini mindilar, men orqalariga mingashib oldim, oyog‘im Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ayoqlariga tegib borar erdi. Xaybarliklar savat va ketmonlarini ko‘tarib, qarshimizga chiqdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rib: «Bu Muhammaddir, xudo haqqi, bu Muhammaddir! —deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni ko‘rib: «Ollohu akbar, Ollohu akbar, Xaybar xarob bo‘ldi, biz biror qavmning hovlisig‘a kelib tushsak, bizni chaqimchilik qilg‘anlarning holiga voydir!» — dedilar».
Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Azon ovozini eshitganingizda muazzin aytayotgan so‘zlarni takrorlab turingiz!» — deganlar».
Iso ibn Talha: «Bir kuni men Muoviyaning muazzin aytayotgan so‘zlarni «Ashhadu anna Muhammadan Rasululloh» degan joyigacha takroran aytib turganini ko‘rdim», — deydilar.
Yahyo ibn Abu Kasiyr yuqoridagi hadisga o‘xshash hadisni rivoyat qila turib, dedilar: «Ba’zi birodarlarimiz menga aytdilarki, Muoviya, muazzin «Hayya alas-salot» deganda, «Lo havla va lo quvvata illo billohi» deb aytibdi-da: «Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning ham shundoq deganlarini eshitgandirman», — debdi».
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki azonni eshitgach, «Ilohi, ushbu mukammal da’vat hamda abadiy namoz sohibi bo‘lmish Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 124
Muhammad alayhissalomning martabasini ulug‘ qilib, ne’matlaringni anga bisyor qilg‘aysan, ul zotga o‘zing va’da qilg‘an maqomi mahmudni (eng sharafli o‘rinni) ato etg‘aysan!» desa, qiyomatda men uni shafoat qilg‘aydirman», — deganlar.
Bir kuni qavmlar azon aytmakni talashib qoldilar. Shunda Sa’d ibn Vaqqos chek tashladilar, chekiga tushgan kishi azon aytdi.
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlar azon aytmakning hamda birinchi safda turib namoz o‘qimakning qanchalik savobi borlig‘ini bilganlarida erdi, hech bo‘lmaganda chek tashlab, o‘z niyatlariga erishgan bo‘lur erdilar. Agar odamlar jamoat birlan namoz o‘qimakning savobini bilg‘ay erdilar, kim o‘zarga masjidg‘a rgurib ketgan bo‘lur erdilar. Agar odamlar bomdod birlan xufton namozini jamoat birlan birga o‘qimakda ne savob borlig‘ini bilsalar erdi, emaklab bo‘lsa ham borishg‘ay erdilar», — deganlar».
Sulaymon ibn Surd azon aytayotib boshqa so‘zlarni ham gapirib yubordilar. Hasan Basriy: «Azon yokim takbir aytayotib kulmoqning zarari yo‘qdir», — deydilar.
Abdulloh ibn Hars rivoyat qiladirlar: «Yog‘ingarchilik bo‘lib turgan kunlardan birida Ibn Abbos bizga va’z aytdilar. Muazzin «Hayya ala-s-salot» deb aytayotganda Ibn Abbos uni to‘xtatib, «Namozni har kim o‘z joyida o‘qisin!» — deb qichqirmakni buyurdilar. Kishilar ajablanib bir-birlariga qaradilar. Shunda Ibn Abbos: «Ibn Abbosdan yaxshiroq kishi (ya’ni, Rasululloh) ham shunday qilgandirlar. Bugun jum’a, shunday qilsa bo‘lg‘aydir»,— dedilar».
aytish mumkin
Solim ibn Abdullohping otalari Abdulloh ibn Umar quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bilol (bomdod namozi uchun) juda erta azon aytg‘aydir. Sizlar Ibn Ummi Maktum azon aytguncha yeb-ichib o‘tiraveringiz»,— dedilar. Ibn Ummi Maktum ko‘zi ojiz odam erdi. Biror kishi unga: «Tong otdi, tong otdi» deb aytmaguncha, azon aytmas erdi».
Abdulloh ibn Umar naql qiladirlar: «Umm ul-mu’minin (mo‘minlar onasi) Hafsa (Rasulullohning xotinlari): «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muazzin bomdodga azon aytmakdan kechikib qolsa-yu, tong otib qolsa, (masjidda) namoz boshlanmagidan avval yengilgina ikki rak’at namoz o‘qib olar erdilar»,— deb aytganlar».
Oisha raziyallohu anho naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozi uchun aytiladigan azon birlan takbir o‘rtasida yengilgina ikki rak’at namoz o‘qib olar erdilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 125
Abdulloh ibn Umar quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bilol kechasi (juda erta) azon aytg‘aydir, sizlar Ibn Ummi Maktum azon aytg‘uncha yeb-ichaveringiz»,— deganlar».
Abdulloh ibn Mas’ud bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bilol azon aytganda birortangiz saharlik qilmoqdan to‘xtamangiz, chunkim muazzin uxlab yotganlarni uyg‘otmoq uchun, uyg‘oqlarni namozga chorlamoq uchun qorong‘uda azon aytg‘aydir»,— dedilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam barmoqlarini osmonga ko‘tarib pastga tushirdilar-da, «Bu hali tong otganini anglatmag‘aydir, mana bundoq bo‘lsa, tong otgan bo‘lur»,— deb barmoqlarini endi ufq bo‘ylab yurgizdilar» (ya’ni, quyosh nurlari avval tikkasiga taralg‘aydir, bu tong otdi, degani ermas, nur ko‘ndalangiga taralsagina tong otgan hisoblang‘ay).
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Oisha onamiz bundoq degandilar»,— deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va. sallam: «Bilol kechasi azon aytg‘aydir. Sizlar Ibn Ummi Maktum azon aytguncha, yeb-ichaveringiz,—deganlar».
Abdulloh ibn Mag‘fal al-Muzaniy rivoyatlari: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir azon birlan takbir o‘rtasidagi vaqtda istagan kishi bir karra namoz o‘qib olsa bo‘lur»,— deb uch bor qaytarib aytdilar».
Anas ibn Molik quyidagini aytib berdilar: «Muazzin azon aytsa, Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamning sahobalari o‘rinlaridan turib, o‘zlari namoz o‘qiydirgan ustunlar qarshisiga shoshilishar erdi, hatto Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylaridan chiqqanlarida ular azon birlan takbir oralig‘ida o‘qiydirgan namozni o‘qiyotgan bo‘lishardi. Shom namozidan avval ular ham ikki rak’at namoz o‘qib olishardi. Azon birlan takbir o‘rtasidagi vaqt unchalik ko‘p bo‘lmas erdi».
Imom Buxoriy: «Shom namozining azoni birlan takbiri orasinda hech qancha vaqt yo‘q erdi»,— deydilar. Imom Navaviy: «Shomning azoni birlan takbiri o‘rtasinda ikki rak’at namoz o‘qimak mustahabdir»,— deydilar. Imom Molik: «Shomda azon birlan takbir orasinda namoz o‘qimoq joizdir»,— deydilar. Hanafiylar ersa: «Shomning azoni birlan takbiri o‘rtasinda uch qadam yurgudek fursat bordir»,— deyishadi.
Oisha onamiz bunday deganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muazzin bomdod namoziga azon aytib bo‘lgach, o‘rinlaridan turib, tong otgunicha yengilgina ikki rak’at namoz o‘qib olar erdilar, so‘ng muazzin takbir aytgunicha o‘ng tomonlarini bosib yonboshlar erdilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 126
16-bob. Xohlagan kishi har bir azon birlan takbir o‘rtasida namoz o‘qib olmog‘i mumkin
Abdulloh ibn Mag‘fal bunday deganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir azon birlan takbir o‘rtasida namoz bordir, har biz azon birlan takbir o‘rtasinda namoz bordir. uchinchisi xohlagan kishiga»,— dedilar».
Molik ibn al-Huvayris rivoyat qiladirlar: «Qavmimga tegishli bir necha kishi birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning uylariga keldim. Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlarida 20 kun turdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam juda ham rahmdil va mehribon erkanlar. Ahlimizni sog‘inganimizni ko‘rgach, «Ahlingizga qaytingiz, ular birlan birga bo‘lingiz, ularga o‘rgatingiz, namoz o‘qingiz, namoz taqti bo‘lsa, bir kishi azon aytsin, ichingizda kattarogingiz ersa imomlik qilsin»,— dedilar».
va takbir aytmoq; muazzinning sovuq kechada yokim yomg‘irli kechada «namozni joy-joylaringizda o‘qingiz», deb azon chaqirmog‘i
Abu Zarr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik. Muazzin azon aytmoqchi bo‘lganda, Rasululloh unga: «Salqinlatg‘il (shoshmay turg‘il)»,— dedilar. Keyin u yana azon aytmoqchi erdi, Rasululloh yana: «Salqinlatg‘il»,— dedilar. Keyin yana azon aytmoqchi bo‘lganida, Rasululloh yana: «Salqinlatg‘il»,— dedilar, hatto tepaliklarning soyasi o‘zi barobarligiga keldi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kunning harorati jahannamdan kelayotgandek»,— dedilar».
Molik ibn al-Huvayris naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga safarga ketayotgan ikki kishi kirib keldi. Rasululloh ularga: «Safarga chiqqanlaringizda avval azon aytingiz, so‘ng takbir aytingiz, keyin kattangiz imomatga o‘tsin»,— dedilar».
Molik ibn al-Huvayris naql qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning uylariga yosh yigitlik vaqtimizda borib, 20 kun turdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam rahmdil va mehribon erdilar. Janob Rasululloh ahlimizni sog‘inganimizni bilib, uyimizda kimlarni tashlab kelganligimizni so‘radilar, Biz aytdik» Shunda Rasululloh: «Ahlingiz oldiga qaytingiz. Ular birlan birga bo‘lingiz, ularga shari’at hukmlarini o‘rgatingiz. Men sizlarga buyurganlarimni ularga ham buyuringiz»,— deb ancha nasihat qildilar (ularning ba’zisi yodimdan chiqqan), keyin, «Men nechuk namoz o‘qigan ersam, shundok, namoz o‘qingiz. Namoz vaqti bo‘lsa, bittangiz azon aytingiz, kattangiz imomatga o‘tsin»,— dedilar».
Nofi’ rivoyat qiladilar: «Ibn Umar sovuq kechalardan birida Dajnonda (tepalik nomi) azon aytdilar, keyin bizga: «Joy-joylaringizga borib namoz o‘qingiz, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam azon aytgandan keyin muazzinga: «Safardalig‘ kezingizda sovuq kecha yokim loygarchilik bo‘lsa, joy-joylaringizda namoz o‘qingiz» deb aytmoqni buyurardilar»,— dedilar».
Avn ibn Abu Juhayfa otalaridan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Abtaxda (joyning nomi) ko‘rdim. Bilol kelib azon aytdilar. Keyin, uchi Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 127
nayza hassalarini olib chiqib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ro‘paralariga sanchib qo‘ydilar, so‘ng takbir aytdilar».
«Bilol azon aytayotganda ikki barmog‘ini ikki qulog‘iga tiqdi, Ibn Umar ersa ikki barmog‘ini qulog‘iga tiqmas erdi», deb zikr qilinadir. Ibrohim: «Tahoratsiz azon aytmoqning zarari yo‘qdir»,— deydilar. Ato: «Azon aytmoq uchun tahorat olmoq ham farz, ham sunnatdir»,— deganlar. Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamma vaqt ham Ollohning zikrini qilaverar erdilar»,— deydilar,
Avn ibn Abu Juhayfa rivoyat qiladirlar: «Mening otam bir kuni Bilolning azon aytayotib boshini u yoqdan bu yoqqa burayotganini ko‘rgan erkanlar».
Ibn Sirin: «Namoz vaqti o‘tib ketibdir»,— demoqni makruh sanab, «Buning o‘rniga, namozga yetolmay qolibmiz, desin»,— deydilar. Imom Buxoriy ersa Ibn Sirikning so‘zini rad qilib, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning so‘zlari («Namoz o‘tib ketibdir») to‘g‘ri»,—deydilar.
Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari bunday degan janlar: «Bir vaqt biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan namoz o‘qiyotgan erdik, birdan odamlarning shovqin- suroni eshitildi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘lganlaridan so‘ng: «Sizlarga ne bo‘ldi?» — dedilar. «Namozga shoshildik»,—deyishdi. Rasululloh: «Namozga kelganda undoq qilmangiz, tinchlikka rioya qilingiz. Namozning qay yeriga yetib kelsangiz, o‘sha joyidan qo‘shilib o‘qiyveringiz, qanchasi o‘tib ketgan ersa, keyin o‘zingiz to‘ldirib o‘qib olingiz!» — dedilar».
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namozga qachon yetib kelsangiz, kelgan joyidan davom ettiraveringiz, qolganini keyin to‘ldirib o‘qib olingiz!»—deganlar»,— deydilar Qatoda raziyallohu anhu.
Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar takbir aytilganini eshitsangiz, hovliqmay, viqor birlan namozga kelingiz. Namozga qachon yetib kelsangiz, kelgan joyidan jamoatga qo‘shilib o‘qiyveringiz, qolganini to‘ldirib o‘qib olg‘aysizlar»,— deganlar».
Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Takbir aytilayotgan paytda, to meni ko‘rmaguningizcha, safga turmangiz!» — deganlar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 128
23-bob. Kishi namozxonlar safiga shoshilib kelib turmasin, tinchlik saqlab, ohistalik birlan tursin!
Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Takbir aytilayotganda safga turmangiz, tinchlikka rioya qilingiz!»— deganlar».
bo‘lg‘aymi?
Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujralaridan chiqdilar. Namozga takbir aytildi, saflar tiklandi, Janob Rasululloh mehrob qarshisiga kelib turdilar. Namozga takbiri tahrima aytilmog‘ini kutib turgan erdik, «O’rinlaringizdan qimirlamangiz!»— deb hujralariga kirib ketdilar, shu holatimizda turib qoldik. Bir ozdan so‘ng sochlari ho‘lg boshlaridan suv tomib turgan holda qaytib chiqdilar, g‘usl qilibdirlar».
kelgunicha kutib turilg‘aydir
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Namozga takbir aytildi, odamlar saflarini to‘g‘rilashdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujralaridan chiqib, oldinga o‘tdilar. U kishi jimo’dan keyingi holatda erkanlar. «O’rningizdan qimirlamangiz!» — deb qaytib kirib ketdilar. So‘ng, g‘usl qilib chiqdilar, sochlaridan suv tomib turardi. Keyin, odamlar birlan namoz o‘qidilar».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling