Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


tahorat vositasi qilib berildi»,— deganlari xususida


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


tahorat vositasi qilib berildi»,— deganlari xususida 

 

Jobir ibn Abdullohning naql qilishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 



degan ekanlar: «Olloh taolo tomonidan menga ilgarigi payg‘ambarlarning birortasiga 

ham ato etilmagan beshta imtiyoz berilmishdir: 1) Bir oylik yo‘lda to‘rganimdayoq 

dushmanlarim yuragiga qo‘rquv solinib, g‘olib qilinmishmen 2) Butun yer yuzi menga 

sajdagoh qilib berilmishdir. Qaysi bir ummatimga namoz vaqti qaerda to‘g‘ri kelsa, o‘sha 

yerda namoz o‘qiyversin! 3) Jangda olingan o‘lja menga halol qilinmishdir 4) Har bir 

payg‘ambar o‘z qavmigagina payg‘ambar qilib yuborilur erdi. Men ersam, hamma 

odamlarga payg‘ambar qilib yuborilmishmen 5) Menga shafoat qilmoq imkoniyati ham 

berilmishdur». 

 

57-bob. Masjidda ayol kishining (agar uning boshqa boshpanasi bo‘lmasa) 

yashamog‘i va uxlamog‘i to‘g‘risida 

 

Oisha onamiz quyidagicha naql qiladilar: «Arab qavmlaridan birining yosh zanjiya (negr 



qiz) joriyasini ozod qildilar. U ozod qilganlar birlan birga qoldi. O’sha zanjiya qiz: «Bir 

kuni men qabiladagi yosh kelinchaklardan biri birlan o‘ynagani chiqdim. Kelinchakning 

qizil taqinchog‘i bor erdi», — debdi. Oisha onamiz aytadilar: «Kelinchak tanqinchog‘ini 

bir joyga qo‘yibdir, shu payt bir kush uchib kelib, taqinchoqni go‘sht deb o‘ylab olyb 

qochibdir». «Taqinchoqni qidirishdi, hech topa olmadilar, keyin menga sen olding, deb 

tuhmat qildilar-da, hamma yog‘imni tinta boshladilar (Oisha onamiz aytadilar: Hatto 

uning oldini ham qarab ko‘ribdilar»). Ollohga qasam ichib ayturmenkim, men ular birlan 

birga turibman-u, birdan qush uchib o‘tib, munchoqni yerga tashladi. Munchoq 

shundoqqina ularning oldiga tushdi. «Mana o‘sha sizlar menga olding, deb tuhmat 

qilayotgan narsa, (vaholanki) men bu gunohdan uzoqdirman, dedim» — debdi zanjiya 

qiz. Oisha onamiz aytadilar: «Zanjiya qiz Rasululloh huzurlariga kelib, islomga kirdi. 

Uning masjidda chodiri (yoki bir boshpanasi) bo‘lib, mening oldimga kelib turar erdi. 

Men u birlan suhbatlashib o‘tirar erdim. «Taqinchoq voqeasi sodir bo‘lgan kun 

rabbimizning ajoyibotlaridandir. U meni kufr olamidan qutqardi», — deb qo‘yardi. Bir, 

kuni men: «Senga ne bo‘lgan o‘zi, qachon qarasa, men birlan o‘tirganingda taqinchoq 

to‘g‘risida bayt aytasan?» — deganimda, u mazkur qissani aytib bergan erdi». 

 

58-bob. Masjidda kishilarning uxlamog‘i to‘g‘risida 

 

Anas raziyallohu anhu quyidagi hadisni keltiradilar: «Aql qabilasidan bir jamoa kishilar 



Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi, ular Masjid un-Nabiy 

supasida yashab turgandi. Abdurrahmon ibn Abu Bakr: «Supada yashovchi kishilar 

faqirlar erdi», — deydi». 

 

«Abdulloh ibn Umar bo‘ydoqlik vaqtlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 



masjidlarida yotib qolar erdi», — deydilar Nofi’ raziyallohu anhu. 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

94

Sahl ibn Sa’d naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Fotimaning 



uyiga keldilar. (Kuyovlari) Alini uydan topmadilar. Shunda Fotimaga: «Amakivachchang 

(ya’ni, ering) qaerdadir?» — dedilar. «O’rtamizdan bir narsa o‘tgan erdi, mendan 

g‘azablanib, chiqib ketdi, namozdan keyin qaylula ham qilgani yo‘q (kunduzi mizg‘igani 

ham yo‘q)»,— dedi Fotima. Shunda Rasululloh yonlaridagi kishiga: «Qaragal, u qaerda 

erkan»,— dedilar. Kishi kelib: «Yo Rasululloh, u masjidda yotibdir»,— dedi. Rasululloh 

masjidga keldilar. Ali esa masjidda ridolari yelkadan tushib ketgan, yelkalariga tufroq 

tekkan holda yotgan erkanlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Alining yelkalaridagi 

tufroqni qoqib turib: «Turg‘il yigit, turg‘il tufroq yigit!» — dedilar». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu riyuyat qiladilar: «Ahli supalardan (masjidda yotib 



yuruvchilardan) biror yetmish nafarini ko‘rdim, birortasining ridosi yo‘q, yo bir parcha 

lungi yokim ko‘ylakni (kichikligidan) bo‘yniga osib olgan, ba’zisiniki boldirgacha, 

ayrimlariniki to‘piqqacha ham yetmaydir. «Avratim ko‘rinib qolmasin»,— deb doim qo‘li 

birlan kiyimini ushlab yuradir». 

 

59-bob. Safardan qaytgach, o‘qiladigan namoz 

 

Ka’b ibn Molik aytadilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safardan kelsalar, 



eng avvalo masjidga kirib namoz o‘qir edilar». 

 

Jobir ibn Abdulloh naql qiladilar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamning xuzurlariga 



keldim, u kishi masjidda erkanlar. Nazarimda choshgoh vaqti erdi. Shunda Misvar: 

«Rasululloh menga: «Safardan qaytibdursen (shukronasiga) ikki rak’at namoz o‘qib 

olg‘il!» — dedilar. Keyin, menda qarzlari bor edi, qarzlarimni ham berdilar, yana unga 

qo‘shib hadya pul ham berdilar»,— dedi». 

 

60-bob. Kimki masjidga kirsa, ikki rak’at namoz o‘qisin! 

 

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz masjidga kirg‘aydirsiz, ikki rak’at 



namoz o‘qimay, o‘tirmangiz!—deganlar»,— deydilar Abu Qatoda. 

 

61-bob. Masjidda tahorat sindirish to‘g‘risida 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Qaysi biringaz namoz o‘qisangiz, farishtalar siz uchun istig‘for aytib turg‘aydirlar, 

shundoq erkan (namoz vaqtida masjidda) tahoratingizni sindirmangiz! Farishtalar: «Bu 

kishining gunohlarini kechirg‘il, ilohi, bu kishiga rahm qilg‘il! — deb turg‘aydirlar»,— 

deganlar». 

 

62-bob. Masjid un-Nabiyning binosi 

 

Abu Sa’d naql qiladilar: «Rasulullohning masjidlari shipi xurmo shoxidan erdi. Hazrat 



Umar (xalifalik davrida) masjid binosini tuzatmakni buyurdilar. Ustaga: «Odamlarni 

yomg‘irdan asrag‘il, lekin masjidni qizartirib. sargaytirib bo‘yamag‘il, odamlarning 

xayolini buzmasin!»— dedilar. Anas: «(Keyinchalik) odamlar masjid binosi birlan 

faxrlanib yurg‘aydirlar-u, lekin kam ta’mir qilg‘aydirlar»,— dedilar. Ibn Abbos esa: 

«Ollohga qasamyod qilib ayturmankim, yahudiy va nasorolar ibodatxonalarini 

bezaganidek, sizlar ham masjidlarni bezaydirsizlar»,— dedilar». 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

95

 



Ibn Abdulloh bunday deb aytgan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

davrlarida Masjid un-Nabiyning devori xom g‘ishtdan, shipi xurmo shoxidan, ustunlari 

ersa xurmo yog‘ochidan erdi. Abu Bakr xalifalik qilgan vaqtida masjidga biror o‘zgarish 

kiritmadi. Xalifa Umar esa masjidning bo‘yiga ham eniga ham qo‘shdi. Asosiy binoni 

o‘zgartirmadi. Devori xom g‘ishtligicha, shipi xurmo shoxidan qilinganicha qoldi, ammo 

ustunlarini o‘zgartirdi. Chunki ular chirigan erdi. Keyin, Usmon raziyallohu anhu masjid 

binosiga ko‘p o‘zgarishlar kiritdi. Masjidning devorlarini naqshli toshlar va ganch birlan 

bezattirdi, ustunlarini ham naqshli toshlardan qurdirdi, shipini ersa soj daraxti 

yog‘ochidan yasattirdi». 

 

63-bob. Masjid qurilishiga hashar qilish 

 

Olloh taolo bunday deydi: «Mushriklarning, o‘zlarini kofir erkanliklarini bila turib, Olloh 



taoloning masjidlarini obod qilmoqlari foydasizdir. Ularning barcha qilgan ishlari bekor 

ketgandir (savobi yo‘qdir), ular do‘zaxda (otashda) abadiy yong‘aydirlar, Olloh taoloning 

masjidlarini, Ollohning birligiga, oxirat kunining haqligiga ishongan, namoz o‘qiydirgan, 

zakot bergan va Ollohdan boshqa hech kimdan qo‘rqmagan kishilargina obod qilg‘aydir. 

Shoyad o‘shalar hidoyat topgan (eng to‘g‘ri yo‘lda yashag‘an) ersalar!».  

 

Ikrima bunday deb rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos men va o‘g‘illari Aliga: «Boringiz, Abu 



Sa’iddan hadis eshitingiz!» — dedilar. Biz bordik, u kishi bog‘da ishlayotgan ekanlar, 

ridolarini olib, unga o‘randilar-da, bizga hadis ayta boshladilar, to Masjid un-Nabiy binosi 

qurilishigacha gapirib berdilar, so‘ng: «Biz g‘ishtni bitta-bittadan ko‘tarar erdik, Ammor 

esa ikkita-ikkitadan ko‘tarar erdi. Shu payt Rasululloh uni ko‘rib qoldilar-u, ustidagi 

changni qoqib: «Ammorning holiga yuy! Ammor ularni jannatga da’vat qilur, ular ersa 

Ammorni do‘zaxga da’vat qilmoqdalar»,— dedilar. Shunda Ammor: «Fitnalar balosidan 

Ollohning o‘zi asrasin meni!—deb qo‘ydi»,— dedilar. 

 

64-bob. Usta va hunarmandlardan masjid va minbarlarni tuzatishda yordam 



so‘ramoq 

 

Sahl ibn Sa’id naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Duradgor 



g‘ulomig‘a buyursin, menga o‘rindiq yasab bersin!»—deb bir ansoriy ayolga odam 

yubordilar». 

 

Jobir raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berdilar: «Bir xotin Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, sizga bir o‘rindiq yasatib beraymi, chunki mening 

duradgor g‘ulomim bor»,— dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar 

istasang, mayli»,— dedilar. So‘ngra u xotin o‘rindiq yasatib berdi». 

 

65-bob. Masjid qurgan kishi fazilati xususida 

 

Usmon Zunnurayn bunday degan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 



masjidlarini ta’mirlamak paytida odamlar turli g‘iybat gaplarni ayta boshladilar. Usmon 

raziyallohu anhu ularga: «Sizlar gapni ko‘paytirib yubordingiz, men Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallamning «Kimki (shu suhbatda bo‘lgan Bakir. «Ollohning rizoligini istab, 

degan edi shekilli»,— deydilar) masjid qurg‘aydir, Olloh taolo jannatda unga shunga 

o‘xshash qasr barpo qilg‘usidir, deganlarini eshitganman»,— dedilar». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

96

 



66-bob. Masjidda o‘q-yoyning uchidan ushlab yurilg‘aydir 

 

Sufyon raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berdilar: «Men Amrga: «Sen Jobir ibn 



Abdullohning «Bir kishi masjidda o‘q-yoy birlan yurgan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallam unga: «Yoyning uchidan (tig‘idan) ushlab yurg‘il!» — deb aytgan erdilar» 

deganini eshitganmisan? » — dedim. Amr: «Ha, eshitganman»,— dedi». 

 

67-bob. Masjidda yurish tartibi 

 

Abu Muso naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bizning 



masjidlarimizda yokim bozorlarimizda yoyga o‘xshash tig‘li narsa birlan yuradirg‘on ersa, 

uning tig‘idan ushlab yursin, tokim biror musulmong‘a jarohat yetkazmagaydir!» — 

deganlar». 

 

68-bob. Masjidda she’r aytmoq to‘g‘risida 

 

Abu Salama ibn Abdurrahmon ibn Avf quyidagi hadisni aytib berganlar: «Hasson ibn 



Sobit (shoir), Abu Hurayraning guvoh bo‘lmoqlarini so‘rab: «Olloh haqqi-hurmati, 

aytingiz-chi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ey Hasson, ilohi, Rasulullohga 

Ruh ul-Quddusni (Jabroilni) madadkor aylag‘il, deb (she’r) ayt!» deganlarini 

eshitganmisiz?» — dedi. Abu Hurayra: «Ha, eshitganman»,— dedilar». 

 

69-bob. Nayzabardorlarning masjidga kirmog‘i joiz 

 

Oisha onamiz bunday degan erdilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 



hujram eshigi oldida turganlarini va habash jangchilar harbiy mashq qilayotganini 

ko‘rdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni, ularning o‘yiniga qarayotganimda, 

ridolari birlan to‘sar erdilar». Ushbu hadisni Ibrohim ibn Munzar: «Oisha onamiz: 

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim, habash jangchilar (u yerda) 

nayzabozlik qilishayotgan erkan»—deganlar», deb bir oz o‘zgartirib aytib berdi. 

 

70-bob. Masjid minbaridan turib oldi-sotdi to‘g‘risida so‘zlash 

 

Oisha onamiz huzurlariga Burayra ismli ayol kelib, o‘zining qullikdan ozod bo‘lmog‘iga 



to‘lanadigan pulga yordam qilmaklarini so‘radi. Oisha onamiz: «Agar istasang, men 

zimmangdagi mablag‘ni egangga berg‘aydirman, lekin unda sen mening panohimga 

o‘tg‘aydirsan»,— dedilar. Uning egalari: «Agar shuni xohlasangiz, zimmasida qolgan 

qarzini siz bera qolingiz»,— deyishdi. Sufyon: «Agar xohlasangiz, uni ozod qilingiz, lekin 

u bizning panohimizda qolg‘aydir, deyishgandi»,—degandilar. Rasululloh kelganlaridan 

keyin Oisha onamiz haligi gapni aytdilar. Shunda Rasululloh: «Uni sotib olg‘il va ozod 

qilg‘il, kimki ozod qilgan ersa, u o‘shaning panohiga o‘tg‘aydir»,—dedilar. So‘ng, 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarga chiqib: «Ne bo‘ldi odamlarga, Olloh 

taoloning Kitobida yo‘q narsalarni shart qilib qo‘ygaydir, garchi ul yuz karra shart qilib 

qo‘ysa ham, mutlaqo hisobga o‘tmagaydir» deb aytdilar»,— deydilar Sufyon. Imom 

Molik Oisha onamiz haqlarida rivoyat qilgan hadisda «Minbarga chiqdilar» degan joyi 

yo‘q. 


 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

97

71-bob. Masjidda qarzdordan pulini qistamoq va berasan, deb turib olmoqning 



hukmi 

 

Ka’b ibn Molik Ibn Abu Hidraddan qarzini qistadi. Ikkovlari janjallashib baqir-chaqir 



qilishganini Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylarida turib eshitdilar. Hujralarining 

pardasini ochib: «Ey, Ka’b!» — dedilar. «Labbayka, yo Rasululloh! » — dedi. 

«Qarzingning yarmini kechg‘il!» — dedilar yoki shu ma’noda ishora qildilar. Ka’b: «Xo‘p, 

kechdim»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi»va sallam Ibn Abu Hidradga: «Turg‘il, 

qarzingni to‘lag‘il!»—dedilar. 

 

72-bob. Masjidga tushgan latta-putta, xas-cho‘p va boshqa tashlandiq 



narsalarni yig‘ishtirmoq hamda masjidni supurmoq 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu naql qiladilar: «Bir qop-qora kishi (yoki qop-qora xotin) 



masjidni supurib yurar erdi. Bir kuni u vafot etib qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam uni so‘raganlarida, «Vafot etdi»,— deyishdi. Rasululloh: «Meni chaqirmabsizlar-

da, unga janoza o‘qig‘ay erdim. Qabrini ko‘rsatingiz»,— debdilar. So‘ng, qabriga borib

janoza o‘qibdilar». 

 

73-bob. Kayf qiladirgan ichimliklar sotishni masjidda taqiqlash 

 

Oisha onamiz quyidagi hadisni aytdilar: «Sudxo‘rlik harom, deb aytilgan surai Baqara 



oyatlari nozil bo‘lganda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqib ularni 

o‘qib berdilar, so‘ng ichimlik sotmakni man’ qildilar». 

 

74-bob. Masjidga xizmat qilish 

 

Ibn Abbos bu xususda Bibi Maryamning «Surai oli Imron» dagi «Ilohi, qornimdagi 



homilamni senga nazr etdim, u faqat masjidga xizmat qilg‘usidir» degan so‘zlarini 

keltiradilar. 

 

Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xotinmi yoki erkakmi, bir odam masjidda 



xizmat qilib yurar erdi»,— dedilar Abu Hurayra. Abu Rofi’: «Nazarimda, o‘sha xotin kishi 

erdi»,— dedilar. So‘ngra, Abu Hurayra o‘sha masjidga xizmat qilg‘uvchi odam vafot 

etgandan keyin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning xususida nimalar deganlarini 

va uning qabriga borib janoza o‘qiganlarini aytdilar». 

 

75-bob. Asir va dushmanni masjidga bog‘lab qo‘ymoq 

 

Abu Hurayra: «Janob Rasululloh bunday dedilar»,— deb rivoyat qiladilar: «Ifrit degan jin 



kecha kechqurun ro‘paramga kelib qolmishdir, (oldimga o‘tib) namozimni buzmoqchi 

bo‘lmishdir. Olloh taolo menga uni ushlamakka imkoniyat berdi. Tong otgach, 

hammangiz ko‘ringiz deb masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘ymoqchi bo‘ldim. Shunda 

birodarim Sulaymon alayhissalomning «Ilohi, meni kechirg‘il va menga shunday bir 

qudrat berg‘ilki, u mendan keyingilarda bo‘lmasin!» degan duosini esladim». «Janob 

Rasululloh Ifrit degan jinni keyin haydab yubordilar»,— deydilar Ravh raziyallohu anhu. 

 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

98

76-bob. Kofirning musulmon bo‘lganidan keyin g‘usl qilmog‘i lozimligi va 



(yana) masjidga asirni bog‘lab qo‘ymoqlik haqida 

 

Shurayh qarzdorlarni masjid ustunlariga bog‘lab qo‘ymoqni buyurar erdilar. 



 

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Najd tomonga 

askar yubordilar. Ular Baniy Hanifa qabilasidan bir kishini tutib kelishdi. Uning ismi 

Sumoma ibn Asol erdi. Asirni masjid ustunlaridan biriga bog‘ladilar. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam ichkaridan chiqib: «Sumomani qo‘yib yuboringiz!» — dedilar. Sumoma 

masjid yaqinidagi xurmozorga kirib g‘usl qildi, so‘ng masjidga kirib: «Ashhadu allo iloha 

illallohh va ashhadu anna Muhammadan rasululloh deb iymon keltirdi». 

 

77-bob. Masjidda kasallar va boshqalar uchun chodir qurishning joizliga 

 

Oisha onamiz dedilar: «Xandaq urushida Sa’d qo‘lining yo‘g‘on tomiridan yaralandi. 



Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning uchun masjidga chodir tiklab berdilar. Yaqin 

kishilari uni tez-tez ko‘rib turmoqlari uchun shunday qildilar. Kasalning masjidda 

yotmog‘i sahobalarni xafa qilmadi. Masjidda Baniy Rifor qabilasiga tegishli yana bir 

chodir ham bor erdi. Ular ham bundan ranjimadilar, faqat Sa’dning chodiridan oqib 

chiqayotgan qon ularni tashvishga soldi. Ular: «Ey, chodirdagilar, ne bo‘ldi? Sizning 

chodiringizdan qon oqib chiqayotir»,— deyishdi. Borib qarasalar, Sa’dning jarohatidan 

qon oqayotgan erkan. Shu jarohatdan Sa’d vafot etdi». 

 

78-bob. Biror zarurat sababli masjidga tuya birlan kirish haqida 

 

Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’batullohni tuyada tavof qildilar»,— 



deydilar. 

 

Ummu Salama quyidagi hadisni aytib berdilar: «Men Rasulullohga tobim yo‘qlig‘idan 



shikoyat qildim. Rasululloh: «Odamlarga ergashib tuyada tavof qilaverg‘il!» — dedilar. 

Men tuyada tavof qildim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam esa, Ka’batulloh yonida 

«At-Tur» surasini zam qilib namoz o‘qir edilar». 

 

79-bob. 

 

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 



sahobalaridan ikki kishi Janob Rasulullohning huzurlaridan qorong‘i kechada chiqdilar. 

Ularning yo‘lini bir nur chiroq kabi yoritib borar erdi. O’sha chiroqqa o‘xshagan nur to 

ikkalalarining yo‘llari ajralmaguncha birga bordi, keyin ikkiga bo‘linib, ularning har birini 

uylarigacha kuzatib qo‘ydi». 

 

80-bob. Masjidga uyidan darcha va yo‘l ochmoq 

 

Abu Sa’id rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutbada va’z aytib: 



«Olloh taolo bandasiga bu dunyoni yokim o‘zining huzuridagi oxiratni tanlamak imkonini 

berdi, bandasi Olloh huzuridagisini tanladi»,— dedilar. Shunda Abu Bakr yig‘ladilar. Men 

o‘zimga o‘zim: «Bu mo‘ysafid nega yig‘layotir erkan, Olloh bandasiga: «Bu dunyoni 

yokim oxiratni tanlag‘il!» — desa, bandasi Olloh huzuridagi oxiratni tanlasa, shunga ham 

yig‘laydirmi?» — dedim. Keyin bilsam, o‘sha banda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

99

ekanlar. Buni bizga Abu Bakr aytdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey, Abu 



Bakr, yig‘lamangiz! Siz molini ham, ezgu so‘zini ham mendan ayamagan eng yaxshi 

odamdirsiz! Agar Ollohdan boshqa yana ummatlarimdan biror kishini ham o‘zimga xalil 

(eng yaqin do‘st) tutmog‘imga ijozat bo‘lg‘ay erdi, Abu Bakrni do‘st tutar erdim. Ammo 

bu mumkin emasdir. Islom birodarligi va islom do‘stlig‘igina mumkindir. Uydan masjidga 

qaratib ochilgan darchalarning birortasi ham qoldirilmay, urib tashlansin! Faqat Abu 

Bakrning darchasigina qolsa, basdir!»—dedilar». 

 

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafotlaridan oldingi 



kasallik paytlarida boshlarini mato birlan boglab chiqdilar, Minbarga o‘tirib, Ollohga 

hamdu sano aytdilar. So‘ng: «Abu Bakrdan ko‘ra ko‘proq molu jonini menga fido qilgan 

inson yo‘q! Agar odamlar orasidan o‘zimga xalil (eng yaqin do‘st)tutadirg‘an bo‘lsam, 

Abu Bakrni tutar erdim. Lekin Ollohnigina eng yaqin do‘st tutmoq mumkindir. Shu 

boisdan insonlarga islom do‘stligi afzalroqdir. Masjid ichidagi Abu Bakrning darchasidan 

boshqa barcha darchalarni urib tashlangiz!» — dedilar». 

 

81-bob. Ka’batulloh va masjidlar eshigini ochmoq va ularni berkitmoq 

to‘g‘risida 

 

«Ey, Abdumalik, Ibn Abbos masjidlarini va uning eshiklarini bir ko‘rganingda erdi!» deb 



aytdi menga Ibn Abu Mulayka», — deydilar Ibn Jurayj. 

 

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga keldilar. 



Usmon ibn Talha: «Eshikni ochingiz!» — deb oyuz qildi. Eshikni ochishgach, Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam (Ka’baga) kirdilar. U kishi birlan birga Bilol, Usoma ibn Zayd 

va Usmon ibn Talhalar ham kirdi. So‘ng, eshikni yopib qo‘ydilar. Bir ozdan keyin 

hammalari qaytib chiqdilar. Men shosha-pisha: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

namoz o‘qidilarmi, yo‘qmi? » — dedim Bilolga. 

— Ha, o‘qidilar, — dedi. 

— Qaysi joyda? — dedim. 

— Ikki ustun oralig‘ida, — dedi. 

Qarangkim, o‘shanda «necha rak’at» deb so‘rash xayolimdan ko‘tarilibdir». 

 

82-bob. Masjidga mushriklarning kirmog‘i xususida 

 

Sa’id ibn Abu Sa’id: «Quyidagi o‘adisni Abu Hurayradan eshitdim», — deydilar: 



«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Najd tomonga askar yubordilar. Askarlar Baniy 

Hanifa qabilasidan bir kishini tutib kelishdi. Uni Sumoma ibn Asol deyishardi. Sumomani 

masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘ydilar» (bu hadis yuqorida aytilgan). 

 

83-bob. Masjidlarda baland ovoz birlan gaplashmoqning noo‘rinligi 

 

Soib ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Masjidda turgan erdim, bir kishi mayda tosh otib meni 



chaqirdi, qarasam, Hazrat Umar erkanlar. «Anavi ikki kishini olib kelg‘il!» — dedilar. 

Ikkovini boshlab keldim. «Kimsizlar? Qaerdansizlar?» — dedilar Hazrat Umar. 

«Toiflikmiz»,— deyishdi. «Agar Madina ahlidan bo‘lganingizda, darra urdirardim, (bu 

qanaqasi?) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidlarida ovozlaringizni 

ko‘targ‘aysizlar?»—dedilar Hazrat Umar. 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling