Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Qibla to‘g‘risida aytilgan hadislar, yanglishib qibladan boshqa tomonga
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 34-bob Masjiddagi manqani mayda tosh birlan ko‘chirib tashlamoq
- 35-bob. Namozxon o‘ng tomoniga tupurmasin!
- 36-bob. Chap tomoniga yoki chap oyog‘ining ostiga tupursin!
- 37-bob. Masjidda tupurgan kishi aybini qanday yuvg‘aydir
- 39-bob. Agar tupugini qaytarolmasa, kiyimining bir chekkasiga (yokim ro‘molchasiga) tupursin!
- 40-bob. Imomning namozni mukammal o‘qish va qiblani yoddan chiqarmaslik to‘g‘risida odamlarga va’z aytmog‘i
- 41-bob. Falon qavmning masjidi, deyish joizmi
- 42-bob. Masjidda mol taqsimlash va masjidga xurmo shingilini osish
- 43-bob. Masjidga borib ovqatga taklif qilgan va unga «xo‘p» deb javob qilgan kishilar
- 44-bob. Masjidda qozilik va li’on qilmoq
- 46-bob. Uylarda (masjid) maxsus namoz o‘qiydirgan joy qilib olish
- 47-bob. Masjid va boshqa joylarga o‘ng oyoq birlan kirmoq
- 49-bob. Qo‘yxonalarda namoz o‘qimakning hukmi
- 50-bob. Tuyaxonalarda namoz o‘qimakning hukmi
- 51-bob. Oldida tandir yokim o‘t (alanga) yohud qandaydir sig‘inish manbai turgani holda faqat Olloh taoloni nazarda tutib namoz o‘qigan kishi xususida
- 52-bob. Qabristonda namoz o‘qimaslik to‘g‘risida
- 54-bob. Kanisada (cherkovda) namoz o‘qimoqning hukmi
- 56-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Yer menga sajdagoh ham
32-bob. Qibla to‘g‘risida aytilgan hadislar, yanglishib qibladan boshqa tomonga qarab namoz o‘qigan kishi namozini qaytarib o‘qimasligi haqida
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at namoz o‘qib, qiblani yanglishtirganlarini sezib, odamlarga o‘girildilar, keyin, qolgan ikki rak’atni qiblaga qarab o‘qib, namozni tugalladilar.
Hazrat Umar dedilar: «Rabbim mening uch niyatimni ro‘yobga chiqardi. «Yo Rasululloh, Maqomi Ibrohimda namoz o‘qimoqni odat qilsak erdi!» — deganimda, «Maqomi Ibrohimda namoz o‘qingiz!» degan oyat nozil bo‘ldi, «Yo Rasululloh, xotinlaringizga yopinmakni buyursangiz erdi! Chunki ularga yaxshi odam ham, yomon odam ham gapirg‘aydir» — deganimda, «Hijob oyati» nozil bo‘ldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari bunga qarshilik qilishdi, shunda men: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sizlarni qo‘yib yuborsalar, Olloh taolo o‘rningizga sizdan ko‘ra yaxshiroq xotinlarni ato qilmog‘i mumkindir» — deganimda, aynan shu mazmunda oyat nozil bo‘ldi». Humayd: «Yuqoridagi hadisni Anasdan men ham eshitgandirmen»,— deydilar.
Abdulloh ibn Umar aytib berganlar: «Qubo masjidida odamlar bomdod namozini o‘qishayotgan vaqtda, bir kishi kelib: «Shu kecha Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Qur’on oyati nozil bo‘ldi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Ka’ba tarafga qarab namoz o‘qimoq buyurildi», — dedi. Odamlar yuzlarini Ka’baga qaratdilar. Ular avval yuzlarini Shom tomonga qaratib namoz o‘qiyotgan erdilar».
Abdulloh ibn Mas’ud dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshinda 5 rak’at farz o‘qidilar, Shunda sahobalar: «Namozning rak’ati ko‘paytirildimi?» — deb so‘radilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Nechun bunday deb so‘raydirsiz?» — dedilar. «Besh rak’at farz o‘qidingiz», — deyishdi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oyoqlarini tashahhudda o‘tirgandek qilib bukdilar-da, yana ikki marta sajda qildilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 87
33-bob. Masjiddagi tupukni qo‘l bilan ko‘chirib tashlash
Anas aytadilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidning qibla tomonidagi devorida (qotib qolgan) balg‘amni ko‘rdilar. Bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga juda og‘ir botdi, hatto yuzlarida xafa bo‘lganlari ko‘rinib turardi. Rasululloh o‘rinlaridan turib, balg‘amni qo‘l bilan ko‘chirib tashladilar, so‘ng: «Qaysi biringiz namoz o‘qig‘aydirsiz, rabbingiz birlan so‘zlashg‘aydirsiz, rabbingiz oldingizda, qiblada bo‘lg‘aydir. Shuning uchun birortangiz qibla tomonga tupurmangiz, agar zarur bo‘lg‘aydir, chap tomonga yoki oyoq tagiga tupuringiz!» — dedilar. Keyin, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ridolarining bir tarafini ushlab, unga tupurib buklab qo‘ydilarda: «Yokim mana shunday qilingiz!» — dedilar».
Abdulloh ibn Umar dedilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidning qibla tomoni deyuridagi tupukni ko‘rib, qirib tashladilar, keyin odamlarga qarab: «Agar birortangiz namoz o‘qiyotgan ersangiz, qibla tomonga tupurmangiz. Chunki, Olloh taolo kishi namoz o‘qiyotganida qibla tomonda bo‘lg‘aydir», — dedilar».
Oisha onamiz dedilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qibla tomon devordagi manqani (yoki balg‘amni) ko‘rib, qirib tashladilar».
Ibn Abbos: «Agar ho‘l axlatni bosib olsang, uni suv birlan yuvg‘il, agar quruq bo‘lsa, yuqmasa, yuvmag‘il!» — deganlar.
Abu Hurayra va Abu Sa’id raziyallohu anhumo aytib berishgan hadis: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjid deyuridagi manqani ko‘rib, uni tosh birlan ko‘chirib tashladilar, keyin: «Birortangiz burningizni qoqmoqchi ersangiz, old va o‘ng tomoningizga qoqmangiz, chap tomonga yokim chap oyog‘ingiz ostiga qoqingiz»,— dedilar».
Abu Hurayra va Abu Sa’id raziyallohu anhumo aytib berishgan hadis: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjid devoridagi manqani ko‘rib, uni mayda tosh birlan ko‘chirdilar, keyin: «Birortangiz burun qoqsangiz, old va o‘ng tomonga qoqmangiz, chap tomoningizga yokim chap oyog‘ingiz ostiga qoqingiz!»—dedilar».
Qatoda raziyallohu anhu Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Birortangiz old tomoningizga ham, o‘ng tomoningizga ham tupurmangiz, ammo chap tomoningizga yokim oyog‘ingiz ostiga tupursangiz bo‘lur» deganlarini «Menga Anas aytib bergan»,— deydilar.
Qatodadan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘‘min kishi namoz o‘qiyotganida rabbi bilan so‘zlashg‘aydir, (shu boisdan) old va o‘ng tomoniga zinhor tupurmasin, chap tomoniga yokim chap oyog‘ining ostig‘a tupursin!» — deganlar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 88
Abu Sa’id al-Xudriydan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidning qibla tarafi devoridagi manqani ko‘rib, uni tosh birlan ko‘chirib tashladilar. Keyin, odamlarni old va o‘ng tomonga tupurmaslikka da’vat qildilar. Lekin chap tomonga va chap oyoq ostiga tupurishdan qaytarmadilar. Az-Zuhriy Abu Sa’id aytib bergan ushbu hadisga o‘xshash hadisni Hamiddan eshitgan erkan».
Qatodadan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Masjidda tupurmoqlik gunohdir, bu gunoh tupukni ko‘mmoq ila yuvilg‘usidir»,—deb aytdilar».
Hamomdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz namozda tursangiz, old tomonga tupurmangiz, chunkim siz Olloh birlan so‘zlashayotgan bo‘lursiz. Modomiki, namozda turgan erkansiz, o‘ng tomonga ham tupurmangiz, chunkim o‘ng tomoningizda farishta bordir. Chap tomoningizga yokim chap oyog‘ingiz ostiga tupuringiz, so‘ng uni ko‘mib qo‘yingiz!»—deganlar».
Anas dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qibla tomon devordagi manqani ko‘rib, uni o‘z qo‘llari birlan artib tashladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bundan xafa bo‘lganlari sezildi, bu u kishiga juda og‘ir botganidan: «Qaysi biryngiz namoz o‘qig‘aydirsiz, rabbingiz birlan so‘zlashayotgan bo‘lursiz yokim rabbingiz oldingizda va qibla tomonda bo‘lg‘aydir. Shu boisdan zinhor qibla tarafga tupurmangiz, ammo chap tarafingizga yokim chap oyog‘ingiz ostiga tupursangiz bo‘lur»,— dedilar. Keyin, ridolarining bir tarafini olib, unga tupirdilar-da, buklab qo‘ydilar (iloji bo‘lmaganda shunday qilingiz, degan ma’noda)».
to‘g‘risida odamlarga va’z aytmog‘i
Abu Hurayra aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiblani ko‘rib turibsizlarmi? Ollohga qasamyod qilib ayturmankim, sizning sajdangiz ham, ruku’ingiz ham menga maxfiy ermasdir, men sizni orqamda tursangiz ham ko‘rib turg‘ayman»,— dedilar».
Anas raziyallohu anhu aytib berganlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan birga namoz o‘qidilar, so‘ng minbarga ko‘tarilib, namoz va uning ruku’lari (arkonlari) to‘g‘risida gapirib: «Men sizni oldimdan ko‘rgandek, orqamdan ham ko‘rg‘ayman»,— dedilar».
Abdulloh ibn Umar aytib berganlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sovutilgan otlar (mingan chavandozlar) o‘rtasida Xafyo’ degan joydan Saniyyat ul-Vido’ Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 89 degan joygacha, sovutilmagan otlar (mingan chavandozlar) o‘rtasida esa Saniyyat ul- Vido’dan to Baniy Zurayx, masjidigacha poyga uyushtirdilar». Poygachilar orasida Abdulloh ham bor edilar.
Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Bahrayndan mol keltirishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Masjidga to‘kib qo‘yingiz»,— dedilar. Bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ilgari keltirilgan mollardan ham ko‘p erdi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga chiqdilar, lekin molga qayrilib ham boqmadilar. Namozni tugatganlaridan keyingina molni taqsimlashga kirishdilar, ko‘zlari tushgan odamga ulashdilar, hech kim qolmadi, hammasiga berdilar. Shu payt amakilari Abbos kelib qoldilar va: «Yo Rasululloh, shu moldan menga ham beringiz, chunki men (Badr urushida) o‘zim va ukam Uqayl uchun fidya berdim (jon to‘lovi to‘ladim)»,—dedilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Oling!»— dedilar. Abbos ridolariga hovuchlab soldilar, keyin ko‘tarishga urindilar, ko‘tara olmadilar. So‘ng: «Yo Rasululloh, birontasiga aytingiz, ko‘tartirib yuborsin!»—dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo‘q!»— dedilar. «(Bo‘lmasa) o‘zingiz ko‘targ‘izib yuboringiz!»—dedilar Abbos. Rasululloh yana «Yo‘q!» — dedilar. Amakilari bir oz to‘kib, so‘ng ko‘tarishga urindilar, yana ko‘tara olmadilar. So‘ng: «Rasululloh, buyuringiz, birontasi ko‘tartirib yuborsin!»—dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana: «Yo‘q!»— dedilar. Amakilari: «O’zingiz ko‘tartirib yuboringiz!»— dedilar. Rasululloh bu gal ham: «Yo‘q!»—dedilar. Abbos yana ozgina to‘kib tashladilar, keyin yelkalariga ko‘tarib chiqib ketdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abbos amakilari ko‘zga ko‘rinmay ketgunlaricha orqalaridan tikilib qoldilar, u kishining molga nisbatan bo‘lgan xirsiga ajablandilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha yerda moldan biron dirham qolmaguncha o‘rinlaridan turmadilar».
Abdulloh ibn Umar aytib berganlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sovutilgan otlar (mingan chavandozlar) o‘rtasida Hafyo’ degan joydan Saniyyat ul-Vido’ degan joygacha, sovutilmagan otlar (mingan chavandozlar) o‘rtasida esa Saniyyat ul- Vido’dan to Baniy Zurayh masjidigacha poyga uyushtirdilar». Poygachilar orasida Abdulloh ham bor edilar.
Ishoq ibn Abdullohga Anas aytib bergan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni masjidda bir jamoa odamlar orasidan topdim, yonlariga bordim. Shunda menga: «Abu Talha yubordimi seni?» — dedilar. «Ha»,— dedim. «Ovqatgami?»— dedilar. «Ha»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yonlaridagi kishilarga: «Turingiz, ketdik!» — deb o‘rinlaridan qo‘zg‘aldilar. Men ham ular bilan birga yo‘l oldim».
Sahl ibn Sa’d aytib berganlar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, nima deysiz, kimki xotini birlan yot zrkakning yotganini ko‘rsa, o‘ldiradimi?»— deb so‘radi. O’sha kishi birlan xotini masjidda bizga li’on qildi (ya’ni, har biri o‘z davosini aytib, «Agar yolg‘on so‘zlasam, menga Ollohning la’nati bo‘lsin!» — deyishdi), men buning shohidiman».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 90
tekshirmay namozini o‘zi xohlagan joyda o‘qiyveradimi yoki xonadon sohibi ko‘rsatgan joyda o‘qiydimi?
Utbon ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening hovlimga keldilar va: «Uyingning qaerida namoz o‘qimog‘imni istaydursen?» — dedilar. Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir joyni ko‘rsatdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam takbir aytib, namoz o‘qiy boshladilar. Biz orqalarida saf turib iqtido qildik. Ikki rak’at namoz o‘qidilar».
Barro ibn Ozib o‘z hoshtasidagi masjidida jamoat bilan namoz o‘qidi. Mahmud ibn ar-Rabi’ rivoyat qiladilar: «Utbon — Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning, Badr urushida birga qatnashgan ansoriy sahobalaridandir. U Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga kelib: «Yo Rasululloh, ko‘zim xiralashib qoldi. Men o‘z qavmimning imomiman. Yomg‘ir yog‘ganda mening uyim birlan qavmim o‘rtasidagi vodiyda suv to‘planib, ularning masjidiga borib namoz o‘qib bera olmayotirman. Yo Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, sizdan iltijo qilg‘ayman, menikiga borib, uyimda namoz o‘qisangiz, men o‘sha joyni o‘zimga namozgoh qilib olsam!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga: «Inshoolloh, shunday qilg‘aydurman»,— dedilar. Utbon aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va Abu Bakr Siddiq erta bilan quyosh bir oz ko‘tarilgach, keldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kirishga ruxsat so‘radilar. Ularni hovliga taklif qildim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyga kirgach, o‘tirmasdan: «Uyingning qay yerida namoz o‘qib bermog‘imni istaydursen?» — dedilar. Men uyimning bir tomonini Rasulullohga ko‘rsatdim. Ul zot o‘sha yerda namozga takbiri tahrima aytdilar. Biz orqalarida saf turib, u kishiga iqtido qildik, ikki rak’at namoz o‘qib, keyin salom berdilar. Biz Rasulullohni, u kishi uchun tayyorlangan «xazira» degan taomni yeb keting, deb qo‘ymadik. Mahallamdagilar (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelibdilar, deb) ketma-ket uyimga kirib kelishdi. Ulardan biri: «Molik ibn Duxshin qani?» — dedi. Kimdir: «U munofiq, Olloh va uning Rasulini yaxshi ko‘rmaydir»,— dedi. Shunda Rasululloh: «Undoq demangiz, u Ollohning rizolig‘ini tilab, «Lo iloha illallohu Muhammadun Rasululloh»,— deganku, bilmaydursizmi?» — dedilar. Kimdir: «Olloh va uning Rasuli yaxshiroq bilg‘aydir»,— dedi. Yana kimdir: «Biz uning munofiqlarga yondoshayotganini, ularning yonini olayotganini ko‘rayotirmiz»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohning rizolig‘ini istab, «Lo iloha illallohu Muhammadun rasululloh»,— degan kishiga Olloh do‘zax o‘tini harom ayladi»,— dedilar. Ibn Shihob az- Zuhriy: «Keyin ushbu hadisni al-Husayn ibn Muhammaddan so‘radim. U Baniy Solim qabilasining nufuzli kishilaridan biri bo‘lib, mazkur hadisni tasdiqlaydir»,— deydilar».
Ibn Umar (masjidga) o‘ng oyoq birlan kirib, chap oyoq birlan chiqar erdilar. Oisha onamiz aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamma ishni iloji boricha o‘ngidan boshlamoqni yaxshi ko‘rar edilar (tahoratni ham, soch taramoqni ham, poyabzal kiymoqni ham)».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 91
ko‘chirib, o‘rniga masjid qursa, bo‘lg‘aymi?
payg‘ambarlarining qabrlarini masjidlarga aylantirib oldilar»,— deganlariga doir hamda qabrlar usti va atrofida namoz o‘qimakning makruhligi xususida
Hazrat Umar Anas ibn Molikning qabr oldida namoz o‘qiyotganini ko‘rib: «E, yaxshimas, bu qabr, qabr-ku!» — dedilar-u, lekin namozni qaytarib o‘qimakni buyurmadilar.
Oisha onamiz aytib berganlar: «Ummu Habiba va Ummu Salama Habashistonda o‘zlari ko‘rgan kanisalar va uning ichidagi suratlarni eslab, so‘zlashib o‘tirdilar, so‘ng, bular to‘g‘risida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ham aytdilar. Rasululloh: «Ular, agar oralarida biror taqvodor kishi vafot etg‘aydir, uning qabri ustiga masjid qurib, o‘sha suratlarni solg‘aydirlar. Ular qiyomat kuni Olloh dargohida eng yomon xalqdir»,— dedilar».
Anas ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga keldilar. Madinaning yuqori qismidagi Banu Amr mahallasiga kelib tushdilar. U yerda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 14 kecha turib qoldilar. Keyin, Banu Najjorga odam yubordilar. Ular qilichlarini taqib, tayyor bo‘lib kelishdi. hozir ham ko‘z oldimda turibdi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuyalarida o‘tiribdilar. Abu Bakr esa orqalariga mingashib olgan, Banu Najjor chor atroflarida, hatto Abu Ayyub maydoniga sig‘may ketishgan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz vaqti qaerda to‘g‘ri kelib qolsa, o‘sha yerda namoz o‘qimakni yaxshi ko‘rar edilar va (hatto) qo‘y qo‘ralarida ham namoz o‘qiyverardilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjid qurmakni buyurib, Banu Najjor qabilasining bir jamoasiga odam yubordilar. Ular kelgach, «Ey Baniy Najjor, menga mana bu bog‘ hovlilaringizni sotingiz!»—dedilar. Ular: «Yo‘q, Ollohga qasam ichib aytg‘aymizkim, pul olmag‘aymiz, fi sabililloh beramiz»,— deyishdi. Anas aytadir: «O’sha bog‘-hovli ichida boya men sizlarga aytganim mushriklar qabrlari, xarobalar bo‘lib, xurmozor ham bor erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mushriklarning qabrlarini ko‘chirmakni buyurdilar, keyin xarobalar ham tekislandi. Xurmolarni kesishga buyurdilar, kesishdi. Xurmo yog‘ochlari (bo‘lajak) masjidning qibla tomoniga taxlab qo‘yildi. Odamlar poydevorga tosh tera boshladilar, ular bayt aytib tosh tashyshardi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham ular birlan birga ishlar erdilar va nuqul: «Ilohi, oxirat xayriyatidan boshqa xayriyat yo‘qdir, muhojiru ansoriylarni mag‘firat qilg‘aysen!» — der erdilar».
Abu at-Tayyohdan: «Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘y qo‘ralarida namoz o‘qir erdilar»,— degandi. Keyinchalik uning «Rasulullol, sallallohu alayhi va sallam masjid bino bo‘lmasdan avval qo‘yxonalarda namoz o‘qir erdilar»,— deganini ham eshitganman».
Nofi’ raziyallohu anhu: «Ibn Umar tuyasiga qarab namoz o‘qiyotganini ko‘rdim, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 92 Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ham shunday qilganlarini ko‘rganman»,— deganlar (tuya qibla tarafda to‘siq bo‘lib turgan)».
turgani holda faqat Olloh taoloni nazarda tutib namoz o‘qigan kishi xususida
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men namoz o‘qiyotganimda ko‘zimga do‘zax otashi namoyon qilindi, deb aytganlar»,— deydilar Anas.
Abdulloh ibn Abbos dedilar: «Quyosh tutildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qidilar, keyin: «Namoz o‘qiyogganimda menga do‘zax o‘ti ko‘rsatildi. Bugungacha bundan dahshatliroq manzarani ko‘rmagandurmen»,— dedilar».
Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uyingizda ham namoz o‘qingiz. Uyingizni mozorga o‘xshatib qo‘ymangiz!— deganlar»,— deydilar.
haqida
«Hazrat Ali Bobildagi odam yutgan yerda namoz o‘qimoqni rad etdilar»,— deyiladi. Abdulloh ibn Umar naql qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Anavi boshiga azob yuborilgan qavmning yeriga kirmangiz. Mobodo kirsangiz, yig‘lab kiringiz. Agar yig‘lay olmasangiz, kirmangiz. Tag‘in ularning boshiga tushgan musibat sizning ham boshingizga tushmasin!»—deganlar».
Umar raziyallohu anhu: «Biz kanisalaringizga ulardagi suratlar sababli kirmag‘aymiz»,— deganlar. Ibn Abbos surati yo‘q kanisada namoz o‘qir erdi, surati bo‘lsa, o‘qimas erdi.
Oisha onamiz naql qiladilar: «Ummu Salama Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Habashistonda ko‘rgan Mariya kanisasi, uning ichidagi suratlar to‘g‘risida so‘zlab berdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ular shunday qavmdurkim, agar oralarida biror solih banda yokim solih kishi o‘lg‘aydir, uning qabri ustiga masjid qurib, unga o‘sha suratlarni solg‘aydirlar. Ular Olloh taolo dargohidagi eng yomon xalqdir»,— dedilar».
Oisha onamiz va Abdulloh ibn Abbos quyidagicha naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolo dargohiga rihlat etmak muddati yaqinlashgach, muborak yuzlarini guldor bir mato birlan yopdilar, isib ketganlaridan keyin ochib tashladilar. Shu holatda bo‘la turib: «Yahudiy va nasorolarg‘a Ollohning la’nati bo‘lsin! Ular payg‘ambarlarining qabrlarini masjid qilib olmishlar»,— dedilar» (Bu bilan Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘z ummatlarini yahudiy va nasorolar qilmishidan hazar qilmoqqa da’vat etdilar, deydi muhaddis). Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 93
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo yahudiylarni o‘ldirsin! Ular payg‘ambarlarining qabrlarini masjid qilib olmishlar, deb aytganlar»,— deydilar Abu Hurayra raziyallohu anhu.
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling