Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 84-bob. Masjidda davra olib o‘tirmaknikg joizligi
- 85-bob. Masjidda cho‘zilib va oyoqni uzatib yotmoq haqida
- 86-bob. Masjidni yo‘l chekkasiga, odamlarga xalal bermaydigan qilib qurmoq
- 87-bob. Bozordagi masjidda namoz o‘qimoq
- 88-bob. Masjid va boshqa joylarda (biror zaruratga ko‘ra) ikki panja barmoqlarini bir-biriga chalishtirmoq
- 89-bob. Madinaga boradigan yo‘llar yoqasidagi masjidlar va Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to‘xtab namoz o‘qigan joylar
- 91-bob. Namozxon birlan to‘siq oralig‘i qancha bo‘lmoqligi bayonida
- 92-bob. Ro‘parasiga sanchib qo‘yilgan nayzaga qarab namoz o‘qimoq
- 93-bob. Uchi nayza hassaga qarab namoz o‘qimoq
- 94-bob. Makkai Mukarrama va boshqa joylarda namozxon oldiga sutra (to‘siq) qo‘yish
- 95-bob. Ustunga qarab namoz o‘qimoq
- 98-bob. Cho‘ktirib qo‘yilgan tuya hamda daraxt va egarga qarab namoz o‘qimoq
- 99-bob. Chorpoyaga qarab namoz o‘qimoq
- 100-bob. Namoz o‘quvchi odam oldidan o‘tayotgan odamni orqasiga qaytaradi
- 101-bob. Namoz o‘qiyotgan odamning oldidan o‘tuvchi kishining gunohi
- 102-bob. Namoz o‘qiyotgan kishining ro‘parasiga kelib turmoq
www.ziyouz.com kutubxonasi 100
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida Ka’b ibn Molik Ibn Abu Hidraddan masjidda qarzini qistadi. Ular ovozlarini ko‘tarib janjallasha boshladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylarida turib ularning ovozini eshitdilar. Keyin, hujralarining pardasini ochib: «Ey, Ka’b ibn Molik!» — dedilar. «Labbay, yo Rasululloh?» — dedi Ka’b. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muborak qo‘llari birlan «qarzingning yarmini kechgil!» deb ishora qildilar. «Kechdim, yo Rasululloh sallallohu alayhi va sallam!»—dedi Ka’b. Rasululloh: «Turg‘il, qarzingni to‘lag‘il!» — dedilar Hidradga».
Ibn Umar quyidagi hadisni aytdilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan minbarda turganlarida: «Kechasi o‘qiladirgan namoz to‘g‘risida ne deysiz?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ikki rak’atdan-ikki rak’atdan o‘qiydir, tong otib qolmog‘idan xavfsiraganda, bir rak’at o‘qiydir, o‘qiganlari vitr o‘rnig‘a o‘tg‘aydir»,— dedilar. Hazrat Umar: «Tungi namozingizni toq o‘qingiz, chunkim Rasululloh shunday deb buyurganlar»,— deganlar».
Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarda va’z aytib turganlarida bir kishi kelib: «Tungi namoz qanday o‘qiladir?» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ikki rak’atdan-ikki rak’atdan, tong otib qolmog‘idan qo‘rqsang, bir rak’at o‘qiydirsan, o‘qiganlaringning hammasi vitr o‘rniga o‘tg‘aydir»,— dedilar». Ibn Umarning boshqa bir rivoyatlari «Rasululloh masjidda turganlarida bir kishi dedi» deb boshlangan.
Abu Voqid al-Laysiy quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidda (jamoat birlan birga) o‘tirganlarida uch kishi keldi. Shundan ikkitasi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yonlariga keldi, bittasi ersa qaytib ketdi. Boyagi ikki kishining biri davradan bo‘sh joy topib o‘tirdi, ikkinchisi ersa davrada o‘tirganlarning orqa tomoniga kelib o‘tirdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam suhbatni tamomlagach: «Sizga uch kishi to‘g‘risida bashorat aytaymi? Birinchisi Ollohga o‘zini topshirdi (dilida Ollohdan joy so‘radi), Olloh unga joy berdi, ikkinchisi ersa (davrani tashlab ketmoqqa) Ollohdan uyaldi, Olloh ham (unga azob bermoqdan) uyalg‘aydir. Ammo uchinchisi (Rasululloh majlisidan) yuz o‘girdi, Olloh ham undan yuz o‘girdi»,— dedilar». '
Ibod ibn Tamim amakilari Abdullohdan eshitib, rivoyat qiladilar: «Abdulloh Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning masjidda bir oyoqlarini ikkinchi oyoqlari ustiga qo‘yib chalqancha yotganlarini ko‘rdilar. Sa’id ibn Musayyab: «Hazrat Umar va Usmon ibn Affonlar ham shunday qilishar erdi»,— deydilar».
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Aqlimni tanibmankim, ota-onamning dindor, taqvodor ekanliklarini bilurman, o‘sha kezlari Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning biznikiga kelmagan kunlari bo‘lmas erdi, ertayu-kech biznikida erdilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 101
«Abu Bakr hovlilari sahniga masjid qurmoqni ko‘pdan niyat qilib yurar edilar, oxiri qurdilar ham. Keyin, unda namoz va Qur’on o‘qiy boshladilar,— deydilar Urva ibn Zubayr,— yo‘ldan o‘tib ketayotgan mushrik xotinlar va ularning bolalari u kishining qarshilarida to‘xtab, qiziqib qarashar erdi. Abu Bakr Qur’on o‘qiyotganda ko‘z yoshlarini to‘xtata olmaydirgan yig‘loq kishi erdilar. Bu Quraysh qabilasiga mansub mushrik a’yonlarni xavotirga sola boshlabdi» (chunki ular bola-chaqalarining islom diniga kirib ketishidan cho‘chishardi).
Ibn Avn darvozasi berkitib qo‘yiladigan hovlidagi Masjidda namoz o‘qidi. Abu Xurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar»,— deb rivoyat qiladilar: «Jamoat birlan o‘qilgan namozning savobi uyda o‘qilgan namozning savobidan 25 marta ortiqdir, chunkim qaysi biringiz bo‘lmangiz, yaxshilab tahorat olib namoz o‘qiydirman, degan niyatda masjidg‘a ravona bo‘lsan-giz, masjidga yetib kelguningizcha bosgan har bir qadamin-giz uchun Olloh taolo mavqeingizni bir daraja ko‘targ‘ai-dir va bir gunohingizni kechirg‘aydir. Kishi masjidga kirgach, unga namoz o‘qiyotgan kishiga tegadirgan savob tekkusidir. Namoz o‘qib turganida, agar tahoratini sindi-rib ozor bermag‘aydir, maloikalar tepasida turib: «Ilohi, bu bandangni kechirg‘il, unga rahm qilg‘il!» deb salavot aytib turishg‘aydir».
Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam barmoqlarini chalishtirdilar»,— deydilar. Osim ibn Muhammad bunday deydilar: «Quyidagi hadisni otamdan eshitgan erdim, lekin yodimda qolmabdir. Ukam Voqid otamdan eshitib, uni menga qayta aytib berdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Amrga: «Ey Abdulloh ibn Amr, odamlar birlan mana shunday muomala qilaversang, bo‘lmaydirmi?» deb barmoqlarini bir-biriga chalishtirgan erkanlar».
Abu Muso rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Binoni to‘rtta devori ushlab turgandek mo‘‘minlar ham bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab turg‘aydirlar» deb barmoqlarini bir-biriga chalishtirib ko‘rsatdilar».
Ibn Sirin Abu Hurayradan eshitib, quyidagi hadisni aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam imomatga o‘tib, biz birlan peshin yoki asr namozini o‘qidilar»,— deb aytgan erdi Abu Hurayra, lekin mening yodimdan ko‘tarilibdir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at namoz o‘qib salom berdilar. So‘ng, o‘rinlaridan turib, masjid chekkasidagi yog‘ochga borib suyandilar, bir narsadan g‘azablangandek o‘ng qo‘llarining barmoqlarini chap qo‘llarining barmoqlari orasiga kirgizib chalishtirdilar-da, chap kaftlarining orqasiga o‘ng yuzlarini qo‘ydilar. Shoshilibroq turgan kishilar masjid eshigidan chiqishdi. Ularning orasida Abu Bakr va Umar ham bor erdilar. Ular Rasulullohga bir narsa degani cho‘chishdilar. Shunda Zulyadayn degan qo‘li uzun bir kishi: «Yo Rasululloh, yodingizdan chiqardingizmi yokim namoz qisqardimi?» — dedi. Rasululloh: «Unutganim ham yo‘q, qisqarmadi ham»,— dedilar-da, «Zulyadayn aytgandek bo‘ldimi?»—deb qo‘shib qo‘ydilar "Ha, shunday bo‘ldi»,— deyishdi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldinga o‘tib, qolgan rak’atlarni o‘qidilar, keyin Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 102
salom berdilar va takbir aytib, odatdagidek yoki undan uzoqroq sajdai sahv qildilar. Keyyn, boshlarini ko‘tarib takbir aytib, sajda qildilar, yana takbir aytib, odatdagidek yoki undan uzoqroq sajda qildilar».
Ehtimol, Ibn Sirindan: «Salom berdilarmi?» — deb so‘rashgandir. U: «Imron ibn Husayn menga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam keyin salom berganlar» deb aytgan»,— deydi.
89-bob. Madinaga boradigan yo‘llar yoqasidagi masjidlar va Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to‘xtab namoz o‘qigan joylar
Muso ibn Uqba quyidagicha naql qiladilar: «Solim ibn Abdullohning Madinaga boradirgan yo‘lning ayrim joylarida ataylab to‘xtab namoz o‘qiyotganini ko‘rdim. Uning aytishycha, otasi Abdulloh ibn Umar ham shu joylarda namoz o‘qir erkan, u Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning aynan shu joylarda namoz o‘qiganlarini ko‘rgan erkan».
Muso ibn Uqba rivoyat qiladirlar: «Nofi’: «Ibn Umar raziyallohu anhu o‘sha joylarda namoz o‘qir erdilar»,— dedi. Men Solimdan: «Shu to‘g‘rimi?» — deb so‘radim. U Nofi’ning «Rasululloh o‘sha joylarning hammasida namoz o‘qiganlar»,— degan fikriga qo‘shildi. Lekin, Nofi’ birlan Solim Rasulullohning Ravho’ tepaligida namoz o‘qiganliklari to‘g‘risida aniq bir gap aytisha olmadi».
Nofi’: «Menga Abdulloh bunday degandi»,— deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam umra (kichik haj) va haj (katta haj) qilgani yo‘lga chiqqanlarida Zulhulayfa degan joydagi masjidda to‘xtab, samra daraxtining tagida dam olardilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haj yoki umradan qaytishda (shu yo‘ldan yursalar) Batni Vodiyning sharqiy chekkasidagi Batho degan joyda tushar erdilar. Keyin, tong otguncha shu yerda qolar erdilar. Katta, qoyatosh yonidagi masjidda ham, ustiga masjid qurilgan tepalikda ham qolmas erdilar. Rasulullohning tanlagan joylari vodiyning chuqur yerida erdi. Abdulloh bu joyda namoz o‘qimoqni odat qilgandi. Ilgari Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham Abdulloh namoz o‘qigan joyda namoz o‘qigan erkanlar, keyinchalik, o‘sha joyni sel olib, ko‘mib yuborgan erkan. Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va rallam Ravho tepaligidagi katta masjid o‘rnida ermas, balkim kichik masjid o‘rnida namoz o‘qiganlar»,— dedilar. Keyin menga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qigan joylarini tushuntirayotib: «Yamandan Makkaga olib boradirgan yo‘lning chekkasidagi masjidda namoz o‘qib turganingda o‘ng tomoningda bo‘ladir, masjid birlan o‘sha joy oralig‘i bir tosh otimdan ko‘p ermas yokim shunga yaqin keladir»,— deb ham aytdilar.
Ibn Umar Ravhodan chiqaverishdagi Irq degan joyga qarab namoz o‘qir erdilar. Madinaga ketayotganingda Irq birlan Ravho tepaligi oralig‘ida masjid bor. Abdulloh o‘sha masjidda namoz o‘qimas erdilar. Masjidni orqaroqda qoldirib, Irqqa qarab namoz o‘qir erdilar. Abdulloh o‘sha joyda namoz o‘qimoq uchun Ravhodan peshinni o‘qimay qaytar erdilar. Agar Makkadan kelayotgan bo‘lsalar-u, shu joyga tongdan biror soat ilgari yoki saharning oxirrog‘ida kelib qolsalar, bomdod namozini o‘qimoq uchun ataylab to‘xtar erdilar. Abdulloh bunday degandilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yo‘lning o‘ng tomonidagi Ruvaysa degan qishloq yaqinidagi katta daraxtning tagiga kelib tushar erdilar. Keng va tekis joydagi bu daraxt tepalikka yaqinroq, Ruvaysadan ikki mil narida. Tepalik usti bino singari tekis bo‘lib, sal qiyshiqroq, pastda ersa ko‘plab qum uyumlari
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 103
mavjud. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Arj qishlog‘ining orqasidagi qum tepalikning chekkasida namoz o‘qir erdilar». Hadaba degan tepalik tomonga ketayotganingdagi masjid yonida 2 yoki 3 ta qabr bor. Qabrlar ustiga katta-katta toshlar o‘rnatilgan. Abdulloh kun ko‘tarilgandan keyin yo‘lning o‘ng tomonidagi salamazor (salama — daraxt turi) oralab Arjdan yo‘lga chiqar erdilar. Peshinni o‘sha masjidga borib o‘qir erdilar. Abdulloh bunday degandilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Harsha tog‘i etagidagi pastlikka, yo‘lning chap tomonidagi daraxtlar tagiga kelib tushar erdilar. O’sha pastlik Harsha tog‘ining bir yoniga tutash erdi. U bilan yo‘l o‘rtasidagi masofa bir kamon o‘qi yetgulik erdi». Abdulloh yo‘l yoqasiga yaqinroq eng uzun daraxtning tagida namoz o‘qir erdilar. Abdulloh bunday degandilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madina tbmondan kelayotganlarida Marrizahron degan joyga yaqinroq joylashgan bir pastlikda dam olardilar. Makkadan kelayotganlarida esa yo‘lning chap tomonida joylashgan Safravot degan joy orqali yana o‘sha pastlikka tushar erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib tushadirgan jrylari birlan yo‘l o‘rtasidagi masofa tosh otganda yetgulik edi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zu Tuvan degan joyda tong otguncha qolar erdilar. Makkadan kelayotganlarida esa u yerda bomdod vaqtigacha qolib, bomdod namozini o‘qib ketar erdilar».
NAMOZ O’QILADIGAN JOYNING QIBLA TOMONMNI TO’SIB QO’YISH HAQIDAGI BOBLAR
Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Minoda (qurbonlik qiladigan joyda) odamlar birlan namoz o‘qiyotgan edilar. Men balog‘at yoshiga yotay deb qolgandim. Janob Rasululloh oldilariga to‘siq qo‘ymay namoz o‘qiyotgan edilar. Tasodifan men bir urg‘ochi eshak minib kelib qoldim, bir necha namozxonlarning oldidan o‘tdim-da, eshakdan tushib, uni o‘tlagani haydab yubordim, keyin o‘zim namozxonlar safiga kelib turdim. O’shanda menga hech.kim tanbeh bermadi».
Ibn Umar quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayit namozi o‘qigani chiqsalar, g‘ulomlariga uchi nayza hassalarini olib kelmoqni buyurar erdilar. Keyin, hassani ro‘paralariga sanchib qo‘yib, o‘shanga qarab namoz o‘qir zrdilar. Odamlar ersa u kishining orqalarida (to‘siq qo‘ymay) namoz o‘qishardi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarga chiqqanlarida ham shunday qilar erdilar. O’sha sababdan amirlar ham namozgohga chiqqanlarida o‘zlari birlan hassa oladirgan bo‘lishdi».
Avn ibn Abu Juhayfa quyidagi hadispi otamdan eshitgandim, deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Batho degan joyda ro‘paralariga uchi nayza hassalarini sanchib qo‘yib, biz birlan namoz o‘qidilar. Peshinni 2 rak’at, asrni 2 rak’at o‘qidilar. Oldilaridan bir ayol va eshak o‘tib ketsa ham, parvo qilmadilar».
Sahl ibn Sa’d naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qiyotgan joylari birlan devor orasida bir qo‘y o‘tgudek masofa bor erdi». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 104
Salama ibn Abu Ka’b dedilar: «Minbar birlan masjid devori oralig‘i qo‘y o‘tgudek erdi».
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ro‘paralariga nayza sanchib qo‘yishar erdi, o‘shanga qarab namoz o‘qir erdilar».
Avn ibn Abu Juhayfa quyidagini otam aytib bergandilar, dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kun qizigan paytda bizning oldimizga chiqdilar, tahorat oldilar, so‘ng biz birlan peshin va asrni o‘qidilar. Ro‘paralariga uchi nayza hassalari sanchib qo‘yilgan bo‘lib, ayollar va eshaklar uning narigi tomonidan o‘taverardi».
Ato ibn Abu Maymuna quyidagini Anas ibn Molikdan eshitdim, dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar hojatga chiqsalar, men va bir xizmatkor bola nayza yoki hassa yohud uchi nayza hassa (namozda ro‘paraga sanchib qo‘ymoq uchun) hamda suv olib, orqalaridan ergashar erdik. Hojatlaridan bo‘shaganlarida idishdagi suvni berar erdik».
94-bob. Makkai Mukarrama va boshqa joylarda namozxon oldiga sutra (to‘siq) qo‘yish
Abu Juhayfa naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, tush paytida yo‘lga chiqib, Batho degan joyda ro‘paralariga uchi nayza hassani sutra (to‘siq) qilib sanchib qo‘ydilar-da, peshin va asrni ikki rak’atdan (sunnat va farzini) o‘qidilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tahorat olganlarida tushgan suvni odamlar olib, badanlariga surta boshladilar».
«Masjiddagi ustunlar, ularga suyanib gaplashib o‘tirgan bekorchilardan ko‘ra, namozxonlarga kerak!» — deganlar Hazrat Umar, Hazrat Umar ikki ustun oralig‘ida namoz o‘qiyotgan bir kishini ko‘rib: «Ustunga yaqinroq borib namoz o‘qig‘il!» — dedilar.
Yazid ibn Abu Ubayd dedilar: «Salama ibn al-Akva’ birlan birga (masjidga) kelgan erdim, (Abu Muslim) Usmon Mushafi yonidagi ustun oldida namoz o‘qiyotgan erkan. Men: «Ey, Abo Muslim, siz doim shu ustun ro‘parasida namoz o‘qimoqni yaxshi ko‘rasiz-a?» — dedim. «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning doim shu ustun ro‘parasida namoz o‘qiganlarini ko‘rganman»,—dedilar».
Anas raziyallohu anhu dedilar: «Rasululloh sallalohu alayhi va sallam sahobalarining kiborlari mag‘rib tomondagi ustunlar tagidan joy olmoqqa shoshilayotganlarini ko‘rdim». Shu’ba raziyallohu anhu ushbu hadisga «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (masjidga) chiqqunlaricha», deb qo‘shib qo‘ydilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 105
96-bob. Jamoatsiz, yolg‘iz o‘zi ustunlar orasida namoz o‘qimoq
Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’batullohga kirdilar, Usoma ibn Zayd, Usmon ibn Talha va Bilol ham birga erdilar. U yerda bir oz bo‘lgach, qaytib chiqdilar. Men birinchi bo‘lib ichkariga kirdim-da, «Qaerda namoz o‘qidilar?» — deb Biloldan so‘radim. «Oldindagi ikki ustun oralig‘ida»,— deb aytdi».
Abdulloh ibn Umar quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’batullohga kirdilar. Usoma ibn Zayd, Bilol va Usmon ibn Talha ham birga erdilar. Eshiklarni yopib olishdi. Qaytib chiqishgach, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ne qildilar?» —deb Biloldan so‘radim. «Bir ustunni o‘ng tomonlarida, ikkinchi ustunni chap tomonlarida, uchinchi ustunni esa orqalarida qoldirib (o‘sha paytda Ka’batullohda 6 ta ustun bo‘lgandi) namoz o‘qidilar»,— dedi. «Nofi’ menga: «Ikki ustun o‘ng tomonlarida bo‘lgandi, deb aytdi»,— deydilar Ismoil raziyallohu anhu.
Nofi’ raziyallohu anhu dedilar: «Abdulloh ibn Umar Ka’baga kirsalar, eshikni orqada qoldirib, ro‘paradagi devorga 3 gaz qolguncha yaqin borar erdilar. Bilol «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qigan joylari» deb ko‘rsatgan joyda namoz o‘qir erdilar. Ibn Umar: «Ka’baning ichiga kirgach, istagan tomonga qarab namoz o‘qisa bo‘laveradi»,— deganlar».
Ibn Umar raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berganlar: «Bir kuni Ubaydulloh menga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuyalarini o‘zlariga nisbatan ko‘ndalang cho‘ktirib qo‘yib, unga qarab namoz o‘qir erdilar»,— dedi. «Agar tuyalari o‘rnidan turib ketsa, ne qilur erdilar»,— dedim. Egarini ro‘paralariga ko‘ndalangiga qo‘yib olib, namoz o‘qiyverardilar»,— dedi».
Ibn Umarning o‘zlari ham shunday qilar ekanlar. 99-bob. Chorpoyaga qarab namoz o‘qimoq
Oisha onamizga kimdir: «Namozxonning oldidan it, eshak yokim ayol o‘tsa, namozi buzilg‘aydir» — deganda, «Hali bizni it yokim eshakka teng qildilaringmi?»—dedilar. «Men chorpoyada yotardim,— deydilar Oisha onamiz,—Rasululloh sallallohu alayhi va sallam chorpoyaning qoq o‘rtasiga qarab namoz o‘qir erdilar. Men u kishining qibla tomonlariga to‘g‘ri kelib qolganimdan xijolat tortib, oyog‘imni ko‘rpa ichiga yig‘ishtirib olardim».
Ibn Umar tashahhudda (Kalimai shahodat aytmoqda) o‘tirganlarida ham, Ka’batullohda ham oldilaridan o‘tayotgan kishini qaytardilar. «Agar qaytmasa, qo‘ling birlan itarib qaytarg‘il!» —dedilar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 106
Abu Solih rivoyat qiladilar: «Jum’a kuni men Abu Sa’idning ro‘parasiga sutra (to‘siq) qo‘yib olib namoz o‘qiyotganini ko‘rdim (boshqa bir hadisda, bu voqeani Janob Rasululloh aytib bergandilar, deyiladi). Abu Mu’it qabilasiga mansub bir bola uning oldidan o‘tmoqchi bo‘ldi. Abu Sa’id bolani ko‘kragidan itarib qaytardi. Bola boshqa o‘tadigan joy topmasdan uning oldidan o‘tgani yana qaytib keldi. Abu Sa’id bolani qattiqroq itardi. Bolaning jahli chiqib Abu Sa’idni haqorat qildi-da, Marvon huzuriga shikoyat qilgani kirib ketdi. Abu Sa’id ham uning ketidan kirdi. Marvon: «Ey, Abu Sa’id, jiyaningiz (bu bola) birlan sizning orangizda ne o‘tdi?»—dedi. Abu Sa’id: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Agar birortangiz sutraga (to‘siqqa) qarab namoz o‘qiyotganingizda biror kishi sutra birlan sizning orangizdan o‘tmoqchi bo‘lg‘aydir, uni qaytaringiz, agar unamag‘aydir, urib qaytaringiz, chunkim u shaytondir!» — deganlarini eshitganman»,— dedi».
Abdulloh ibn Yusuf quyidagi hadisni aytib berdilar: «Zayd ibn Xolid Umar ibn Ubaydullohning quli Abunnazrni «Namoz o‘quvchilar oldidan o‘tuvchilar to‘g‘risida Abu Juhaym Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan nimalar eshitgan erkan, bilib kelg‘il!» — deb yubordi. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namoz o‘qiyotgan odam oldidan o‘tg‘uvchilar nechuk gunoh qilayotganlarini bilganlarida erdi, namozxonning oldidan kesib o‘tmay, yaxshisi qirq (kun, oy, yil?) to‘xtab, kutib turgan bo‘lur erdilar» degandilar» — debdi Abu Juhaym.
Abunnazr: «O’shanda, qirq qun, deb edilarmi, qirq oy yokim qirq yil, deb edilarmi, esimda yo‘q»,— deydir».
Usmon Zunnurayn namoz o‘qiyotgan kishining ro‘parasiga kelib turmoqni makruh hisobladilar. Darhaqiqat, bu namozxonning ko‘nglini buzsa yokim fikrini bo‘lsa, makruhdir, ammo aksincha bo‘lsa, zarari yo‘qdir.
Zayd ibn Sobit: «Men bunga parvo qilmaydirman, namoz o‘qiyotgan erkak kishining ro‘parasiga erkak kishining kelib turmog‘i, namozni buzmaydir» — deydilar.
Oisha onamiz haqlarida rivoyat qiladilar: «Oisha onamizning huzurlarida namozni buzadirgan narsalar haqida suhbat borardi. Sahobalar: «Namozni namozxonning oldidan it, eshak va ayolning o‘tmog‘i buzg‘aydir» deyishdi. Oisha onamiz: «Bizni itga tenglashtirdingizmi?! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, men qibla tomonda o‘rindiqda yonboshlab yotganimda kelib, namoz o‘qiy boshlar erdilar. U kishining qibla taraflarida uzala tushib yotmoqni o‘zimga ep ko‘rmay, sekingina o‘rnimdan sug‘urilib chiqib ketar erdim»,— dedilar».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling