Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Uxlayotgan odamning orqa tomonida namoz o‘qimoq
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 105-bob. Namozxon oldidan har qanday narsa o‘tsa ham, namoz buzilmaydir, deydiganlarning dalili
- 106-bob. Namozxon namoz o‘qiyotib yelkasiga qizchasini mindirib olsa...
- 107-bob. Kishi hayz ko‘rgan ayol yotgan ko‘rpaga qarab namoz o‘qisa, karohiyati bormi
- 108-bob. Kishi sajdaga bosh qo‘yayotib: «Menga xalal beryapsan, sal yig‘ishtirinibroq yotg‘il!» — deb xotinini turtib qo‘yishi mumkinmi
- 109-bob. Ayol kishining namozxon ustidagi biror ozor berib turgan narsani olib tashlashi
- 1-bob. Olloh taoloning «(Ollohga) tavba qilib, undan qo‘rqingiz va namoz o‘qingiz, mushrik bo‘lib ketmangiz!» — degan kalomi sharifi xususida
- 2-bob. Namoz o‘qimoqqa bay’at qilmoq xususida
- 4-bob. Namozning fazilati uning o‘z vaqtida ekanlig‘idadir
- 5-bob. Besh vaqt namoz gunohlarga kafforatdir
- 6-bob. Namoz vaqtini boy bermoq haqida
- 7-bob. Namozxon rabbi — Olloh taologa munojot qilg‘aydir
- 8-bob. Jazirama kunlarda salqin tushmog‘ini kutib peshin o‘qimoq haqida
- 10-bob. Kun oqqanda peshin o‘qimoq haqida
- 11-bob. Asr vaqti to‘g‘risida
- 12-bob. (Yana) asr vaqti qaqida
- 13-bob. Asrni qazo qilib qo‘ygan kishining gunohi haqida
103-bob. Uxlayotgan odamning orqa tomonida namoz o‘qimoq
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qir erdilar, men u kishining o‘rinlarida qiblaga ko‘ndalang holda yotardim. Vitr o‘qimoqchi bo‘lganlarida meni uyg‘otar erdilar. U kishi birlan vitr o‘qir erdim».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 107
104-bob. Ayolning orqa tarafida nafl namozi o‘qimoq
Oisha onamiz bunday degan edilar: «Oyog‘imni uzatib yotgan erdim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib oyoq tomonimda namoz o‘qiy boshladilar. U kishi sajda qilayotganlarida meni turtib qo‘yardilar, men oyog‘imni yig‘ishtirib olardim, qiyomga tursalar, uzatib yuborardim. O’sha paytlarda uylarda chiroq bo‘lmas erdi».
deydiganlarning dalili
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Ollohga qasam ichib ayturmankim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiyotganlarida o‘rin-to‘shakda u kishining qibla tomonlarida yonboshlab yotgan erdim. O’rnimdan turib ketay desam, u kishiga qibla bo‘lib qolib, ozor berib qo‘yg‘ayman. Shunda sekingina o‘rnimdan sug‘urilib chiqdim-da, oyoqlari yonidan o‘tib ketdim».
Ya’qub ibn Ibrohimdan akasining o‘g‘li Ibn Shihob namozni buzadirgan narsalar to‘g‘risida so‘rabdir. Shunda Ya’qub ibn Ibrohim: «Namozni hech narsa buzmaydir», — deb javob beribdir.
Oisha onamiz bunday deganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi turib namoz o‘qir erdilar, men esam u kishining qibla tomonlarida o‘rin-to‘shakda uzala tushib yotar erdim».
Abu Qatoda naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Zaynabning qizchasini (nabiralarini) bo‘yinlariga mindirib olib namoz o‘qir erdilar. Sajda qilsalar, tushirib qo‘yar erdilar, qiyomga tursalar, ko‘tarib olar erdilar» (bu — shofi’iy, hanafiy va hanbaliy mazhablarida farzda ham, naflda ham joiz, ammo molikiy mazhabida faqat nafl namozdagina mumkin hisoblanadir).
Maymuna onamiz rivoyat qiladilar: «Mening o‘rin-to‘shagim Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qiydirgan joylari ro‘parasida erdi. Ehtimol, men o‘rnimda yotganimda kiyimlari menga tegib ketgandir».
Yana Maymuna onamiz rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qir erdilar, men ersam hayz ko‘rgan holimda yonginalarida uxlab yotar erdim. Sajdaga borsalar, kiyimlari menga tegar erdi».
Umar ibn Ali naql qiladilar: «Oisha onamiz «Namozxonning oldidan it, eshak va xotin kishi o‘tsa, namoz buzilg‘aydir, degan kishilarga qarata: «Juda ham yomon o‘xshatish qildingiz, bizni it va eshakka teng qildingiz! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 108
o‘qiyotganlarida u kishining qibla tomonlarida yonboshlab yotganim esimda. Sajda qilmoqchi bo‘lsalar, oyog‘imga turtib qo‘yar erdilar, men oyog‘imni yig‘ib olar erdim»,— dedilar».
tashlashi
Abdulloh ibn Mas’ud dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’batulloh yonida namoz o‘qiyotgan erdilar. Quraysh mushriklaridan bir to‘dasi o‘zlarining har doim yig‘ilishadigan joylarida gaplashib o‘tirishardi. Nogahon, ulardan biri: «Manavining ibodatni ko‘z-ko‘z qilmog‘ini ko‘ringiz! Qaysi biringiz falonchilarning qushxonasidan ichak-chavoq olib kelib, u sajdaga borganda, ikki kuragining o‘rtasiga tashlay olursiz?» — dedi. Shunda ularning eng badbaxti turib ichak-chavoq olib kelgani ketdi. Olib kelgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sajda qilmoqlarini poylab turib, ikki kuraklari o‘rtasiga tashladi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajdada turib qoldilar. Mushriklar bir-birlariga qarab qotib-qotib kulishdi. Bir kishi buni payg‘ambarimizning qizlari Fotimaga borib aytdi. Qizaloqlari yugurib kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajdada turar erdilar. Fotima ichak-chavoqlarni u kishining yelkalaridan olib tashladi-da, mushriklarni qarg‘adi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni tugatganlaridan so‘ng: «Ilohi, Qurayshni halokatga uchratg‘il!»—deb uch marta duoi bad qildilar. Keyin (bir oz o‘ylab turgach): «Ilohi, Amr ibn Hishomni, Uqba ibn Rabi’ani, Shayba ibn Rabi’ani, Valid ibn Utbani, Umayya ibn Xalafni, Uqba ibn Abu Mu’itni, Ammora ibn Validni halok qilg‘il»,— deb nomma-nom aytdilar. Ollohga qasam ichib ayturmenki, ularning hammasini Badr jangida o‘lib yotganini ko‘rdim, ularni sudrab olib borib suvsiz quduqqa tashladilar». «Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quduqqa tashlanganlarni oxiratda la’natlag‘aysan!» deb Ollohga iltijo qildilar»,— deydilar Abdulloh raziyallohu anhu.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 109
ÉΟó¡Î0
«!$# Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$# NAMOZ VAQTLARI HAQIDA KITOB
Olloh taolo bu xususda: «Namoz vaqtlari mo‘‘min bandalarga Kitobda belgilab berilmishdir» — deydi.
Abdulloh ibn Muslima rivoyat qiladilar: «Bir kuni Umar ibn Abdulaziz namozni kechiktirib o‘qidi (asr namozi bo‘lsa kerak). Shunda uning huzuriga Urva ibn Zubayr kirib: «Bir kuni Mug‘ira ibn Shu’ba Iroqdalik kezida namozni kechiktirib o‘qiganida Abu Mas’ud al- Ansoriy: «Bu nesidir, ey Mug‘ira! Men senga Jabroil alayhissalom osmondan tushib, namoz o‘qidilar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham namoz o‘qidilar; Jabroil alayhissalom yana namoz o‘qidilar, Janob Rasululloh ham namoz o‘qidilar; Jabroil alayhissalom yana namoz o‘qidilar, Janob Rasululloh ham namoz o‘qidilar; Jabroil alayhissalom yana namoz o‘qidilar. Janob Rasululloh ham namoz o‘qidilar; Jabroil alayhissalom yana namoz o‘qidilar, Janob Rasululloh ham namoz o‘qidilar. Keyin: «Menga shundoq qilmoq (ya’ni, besh vaqt namoz o‘qimoq) amr qilinmishdir»,— dedilar, deb o‘rgatmaganmidim?! »—dedi. Umar ibn Abdulaziz Urvaga: «Neni nazarda tutib so‘zlayotganingizni bilurmen, Jabroil alayhissalom Janob Rasulullohga namoz vaqtlarini belgilab bergandirlar»,— dedi. Urva: «Bashiyr ibn Abu Mas’ud ham otasi Abu Mas’ud xususida shundoq deb hikoya qilib bergan erdi. Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asrni hujralariga Quyosh tushmasdan ilgari o‘qib olar erdilar»— deganlar»,— dedi».
o‘qingiz, mushrik bo‘lib ketmangiz!» — degan kalomi sharifi xususida
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga Abd ul -Qays qabilasidan vakillar kelib, «Anavi Rabiy’a qavmi bizga xalal bermoqda, huzuringizga haj oyidan boshqa vaqt kelmakka imkonimiz yo‘qdir. Bizga biror narsa buyursangiz, biz uni sizdan o‘rganib, uyimizdagilarga borib o‘rgatsak!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Sizlarga to‘rt narsani buyurib, to‘rt narsani, man’ qilg‘aymen: Ollohga iymon keltirmoq (ya’ni, Lo iloha illa-l-lohu, demoq), mening Ollohning Rasuli ekanlig‘imni tan olmoq, namoz o‘qimoq va o‘ljangizning beshdan berini zakot qilmoqni buyurg‘aymen hamda dubbo’, hantam, muqayyar va naqiyrni man’ qilg‘aydirmen»,— dedilar».
Jarir ibn Abdulloh: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga namoz o‘qimoq, zakot bermoq va (bu haqda) har bir musulmonga nasihat qilmoqqa bay’at qildim»,— deydilar.
Shaqiq raziyallohu anhu Huzayfa raziyallohu anhudan naql qiladilar: «Umar raziyallohu anhuning huzurlarida o‘tirgan erdik. «Qaysi biringiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning fitna to‘g‘risida aytgan so‘zlarini eslab qolgandirsiz?» — dedilar. «Men, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 110
qandoq aytgan bo‘lsalar, shundoqligicha eslab qolgandirman»,— dedim. «Qani, aytg‘ilchi!» — dedilar. Men: «Odamning o‘z ayoli, mol-dunyosi, bolalari va qo‘shnisidan sodir bo‘ladirg‘an fitnalarga namoz, ro‘za, sadaqa hamda amr va ta’qiqqa rioya qilmoq kafforat erur»,— dedim. U kishi: «Yo‘q, men buni ermas, balkim, dengiz to‘lqinlari yanglig‘ bosib keladirgan fitnani nazarda tutgan erdim»,— dedilar. «Yo Amir al- mo‘‘minin, siz bundan qo‘rqmasangiz ham bo‘lur, chunkim siz birlan o‘sha fitna o‘rtasinda bir yopiq eshik g‘ov bo‘lib turibdir»,— dedim. Hazrat Umar: «O’shal eshik sindirilg‘aymidir yokim ochilg‘aymidir?» — dedilar. «Sindirilg‘aydir», — dedim. Hazrat Umar: «Demak, keyin mutlaqo yopilmas erkan»,— dedilar. Biz: «Hazrat Umar qaysi eshik nazarda tutilganini angladilarmi?» — deb Huzayfadan so‘radik. Ul kishi: «Ha, ertangi kundan oldin tun bo‘lmog‘ini bilganlaridek yaxshi bilg‘aydirlar, men ul kishiga Janob Rasulullohning hadislarini to‘la-to‘kis (bexato) aytib bergandirman» — dedilar. Keyin, biz Huzayfadan boshqa so‘ramakka botinmay, Masruqqa: «Sen so‘rag‘il-chi!»— dedik. Masruq so‘ragan erdi, ul kishi: «O’shal eshik Hazrat Umarning o‘zlaridir»,— dedilar».
Ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi bir xotindan qiblaning qaysi tomonda erkanlig‘ini surishtirib turgan erdi, Nabiy sallallohu alayhi va sallam kelib, unga qiblani ko‘rsatib qo‘ydilar. Shunda Olloh taolo: «Ertadan kechgacha va tunning bir qismida namoz o‘qig‘il, darhaqiqat yaxshilig‘ yomonlig‘ni mahv etg‘usidir!»— degan oyati karimasini nozil qildi. Boyagi kishi: «Yo Rasululloh, bu menga taalluqlimidir?»—dedi. Janob Rasululloh «Barcha ummatlarimg‘a taalluqlidir»,—dedilar».
Abu Umar va Shayboniy raziyallohu anhumo rivoyat qiladirlar: «Abdulloh raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Bandalarning qaysi amali Olloh taologa xush kelg‘aydir?»—deb so‘radi. Janob Rasululloh: «O’z vaqtida o‘qilg‘an namoz»,— dedilar. Abdulloh: «Undan keyin-chi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Ota-onaga itoatli bo‘lmoqlig‘»,— dedilar. «Yana qaysi?» — dedi Abdulloh. «Olloh yo‘lida jihod qilmoqlig‘»,— dedilar Janob Rasululloh. «Bularni menga Janob Rasulul:loh aytganlar, agar unga zarracha qo‘shib-chatigan bo‘lsam, xudo ursin!» — degandi Abdulloh».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga: «Birortangiz uyingizning oldidan oqib o‘tadirg‘an daryoda (yokim soyda) har kuni besh mahal yuvinsangiz, badanimda kir qolmish, deb ayturmisiz?» — dedilar. Odamlar: «Sira ham kir qolmag‘aydir»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Besh vaqt namoz ham shunga o‘xshash bo‘lib, Olloh taolo ular tufayli gunohlarni kechirg‘aydir»,— deb aytdilar».
Raylon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Anas raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam davrlaridagidan ko‘ra yaxshiroq narsani bilmasman, ul namoz deb atalg‘aydir»,— dedilar. Keyin: «Namozni boy bermoq birlan undan tegadirgan savobni ham boy berib qo‘ymadingizmi!?» — deb qo‘shib qo‘ydilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 111
Zuhriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Damashqda Anas ibn Molikning huzurlariga kirsam, yig‘lab o‘tirgan erkanlar. «Nechun yig‘laydirsiz?»—dedim. Ul kishi: «O’zim bilgan narsalar ichinda namozdan ko‘ra yaxshiroq narsani bilmasman, bul namoz ersa, boy berilmishdir»,— deb aytdilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki namoz o‘qig‘aydir, rabbig‘a munojot etg‘aydir (ya’ni, Olloh birlan suhbat qilg‘aydir), shu boisdan o‘ng tomoniga tupurmasin, ammo chap oyogi ostig‘a tupursa bo‘lur»,— deb aytdilar».
Qatoda raziyallohu anhu: «Namozxon ro‘parasiga yokim old tomoniga tupurmaydir, ammo chap tomoniga yokim ikki oyog‘i ostiga tupursa bo‘lur»,— deydilar.
Shu’ba raziyallohu anhu: «Namozxon old tomonita ham, o‘ng tomoniga ham tupurmaydir, ammo chap tomoniga yokim oyog‘i ostiga tupursa bo‘lur»,— deydilar.
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qomatingizni tekis tutib sajda qilingiz, bilaklaringizni it yanglig‘ (erga) tashlab olmangiz, agar tupurmak lozim ersa, ro‘parangizga ham, o‘ng tomoningizga ham tupurmangiz, chunkim siz rabbingizg‘a munojot qilursiz (ya’ni, qalbingiz tili ila rabbingiz birlan suhbatlashursiz)»,— deb aytdilar».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kun qattiq isib ketsa, namozni salqin tushganda o‘qingiz, jazirama issiq jahannam nafasi yanglig‘dir», — dedilar».
Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning muazzinlari peshinga azon aytdi. Shunda Janob Rasululloh: «Salqinlatg‘il, salqinlatg‘il (yokim salqin tushmog‘ini kutg‘il, salqin tushmog‘ini kutg‘il)! Jazirama issiq jahannam nafasi yanglig‘dir. Kun qattiq isib ketsa, tepaliklar yonida soya paydo bo‘lganini ko‘rmagunimizcha, namoz o‘qimay turingiz!», — dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kun qattiq isib ketsa, peshinni, salqin tushganda o‘qingiz, jazirama issiq jahannam nafasi yanglig‘dir! O’t (olov) rabbiga shikoyat qilib: «Yo rabbiy, o‘zimni-o‘zim yeb qo‘ydim (bir- birimni yeb qo‘ydim)», — der. Demak, o‘tning o‘zi ikkitadir, biri — qishda, ikkinchisi — yozda bo‘lg‘aydir. Haddan ziyod isib ketganingizda yozdagisini, haddan ziyod sovuq qotg‘aningizda ersa, qishdagisini his qilg‘aydirsiz», — dedilar».
Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kun qattiq isib ketsa, peshinni salqin tushganda o‘qingiz, jazirama issiq jahannam nafasi yanglig‘dir! » — dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 112
9-bob. Safar chog‘ida peshinni salqin tushganda o‘qimoq haqida
Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik. Muazzin peshinga azon aytmoqchi bo‘ldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Salqin tushmog‘ini kutg‘il!» — dedilar. Keyin, yana aytmoqchi bo‘luvdi: «Tepaliklar yonida soya paydo bo‘lganini ko‘rmagukimizcha, kutib turg‘il!»— dedilar-da, «Jazirama issiq jahannam nafasi yanglig‘dir, agar kun qattiq isib ketsa, namozni salqin tushganda o‘qingiz!» — deb qo‘shib qo‘ydilar».
Jobir raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam kun qattiq qizigan paytda namoz o‘qir erdilar»,— deydilar.
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kun oqqanda chiqib, peshin o‘qidilar. So‘ng minbarga chiqib, qiyomat haqida va o‘shal kuni bo‘ladirgan buyuk ishlar to‘g‘risida eslab, so‘zladilar. Keyin: «Kimki biror narsa to‘g‘risida so‘ramoqchi ersa, so‘rasin, ko‘zim ochiqligida ilgari men sialarga aytib bermaganim narsalar xususinda so‘rab qolingiz!» — dedilar. Shunda odamlar yig‘idan o‘zlarini tiya olmadilar, Janob Rasululloh bo‘lsalar, nuqul: «So‘rab qolingiz!» — der edilar.
Ittifoqo, Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy o‘rnidan turib: «Mening otam kimdir?» — dedi. Janob Rasululloh: «Otang Huzofadir»,— dedilar, keyin: «Yana so‘rangiz!» — deb takrorlayverdilar. Shunda Umar tiz cho‘kib turib: «Biz Ollohni rabbimiz deb, islomni dinimiz deb, Muhammadni payg‘ambarimiz deb tan oldik»,— dedi-da, jim qoldi. Janob Rasululloh: «Hrzirgina menga mana shul devor tomonda jannat birlan do‘zax ko‘rsatildi, men bunchalik yaxshilig‘ va yomonlig‘ni ko‘rmagan erdim»,— dedilar».
Abu Barza raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bomdodni har birimiz yonimizdagi namozxonni taniydirgan darajada havo yorishganda o‘qir erdilar va oltmishtadan yuztagacha oyat tilovat qilur erdilar. Peshinni kun oqqanda, asrni ersa, birortamiz shaharning eng chekxasiga borib qaytganimizda ham kunning tafti hali o‘lmagan paytda o‘qir erdilar».
Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Barza shom haqida ne deganin bilmasman, yodimdan chiqibdir, lekin u «Janob Rasululloh xuftonni tunning uchdan bir qismini o‘tkazib o‘qiyverar erdilar»,— degandi, keyin yana: «Tun yarim bo‘lganda»,— deb qo‘shib ham qo‘ygandi».
Anas ibn Molik: «Jazirama issiq kunlari Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib peshin o‘qisak, peshonamiz yer taftidan kuyib qolmog‘idan qo‘rqib, kiyimimizga sajda qilur erdik»,— deydilar.
Abu Usoma raziyallohu anhu Hishomdan naql qilib: «Janob Rasululloh asr o‘qiganlarida Oisha onamizning hujralaridan quyosh hali chiqib ketmagan erdi»,— deydilar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 113
Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asrni quyosh hali hujramdan chiqib ketmay turib, o‘qir erdilar»,— dedilar.
Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam quyosh hali hujramdan chiqib ketmay turib va hujramg‘a soya tushmay turib, asr o‘qidilar»,— dedilar.
Oisha onamiz: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam quyosh hali hujramga tushib turganda, hujramda soyadan asar ham yo‘q paytda asr o‘qir erdilar»,— dedilar.
Sayyor ibn Saloma rivoyat qiladilar: «Men va otam Abu Barzaning huzurlariga kirdik. Otam u kishidan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam besh vaqt namozni qandoq o‘qir erdilar?» — deb so‘radilar. Ul kishi: «Sizlar uvlo deb ataydirgan peshinni kun oqqan paytda, asrni ersa birortamiz shaharning eng chekkasiga borib qaytganimizda ham kunning tafti hali o‘lmagan paytda o‘qir erdilar (shom haqida aytgan gaplarini esimdan chiqarib qo‘yibdirman), sizlar atama deb ataydirgan xuftonni ersa kechiktirib o‘qimoqni afzal ko‘rar erdilar hamda xuftondan oldin uxlamakni va undan keyin so‘zlashib o‘ltirmakni yomon ko‘rar erdilar. Bomdodni kishi yonida o‘tirgan namozxonni taniydirgan darajada havo yorishganda o‘qib bo‘lar erdilar va oltmishtadan yuztagacha oyat tilovat qilur erdilar»,— dedilar».
Anas ibn Molik: «Biz asr o‘qiyotgan erdik, keyin bir kishi Baniy Amr ibn Avf qavmi oldiga borib qarasa, ular ham asr o‘qishayotgan erkan, — dedilar.
Sahl ibn Hunayf raziyallohu anhu Abu Umomadan naql qiladilar: «Biz Umar ibn Abdulaziz birlan birga peshin o‘qidik, so‘ng chiqib, Anas ibn Molikning huzurlariga kirdik, Ul kishi asr o‘qiyotgan erkanlar Men: «Ey amaki, hozir siz qay namozni o‘qidingiz? — dedim. Ul kishi: «Asr o‘qidim, Janob Rasululloh biz birlan shundrq namoz o‘qir erdilar»,— deb javob qildilar».
Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam quyosh balanddaligida, hali uning tafti so‘nmagan paytda asr o‘qir erdilar. Keyin, yo‘lovchi (shaharning) eng chekkasiga borib, qaytsa ham hanuz quyosh balandda turgan bo‘lur erdi. Shaharning ayrim chekka joylari birlan masjid oralig‘i to‘rt mil yokim shunga yaqin kelur erdi»,— dedilar.
Ibn Shihob raziyallohu anhu Anas ibn Molikdan naql qilib: «Biz asr o‘qir erdik. Keyin, birortamiz Masjid ul-Qabo’ga borib qaytganimizda ham Quyosh hanuz balandda turgan bo‘lar erdi»,— deydilar.
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Asrni qazo qilib qo‘ygan odam bola-chaqasiyu, mol-dunyosidan ajragan kishi yanglig‘dir»,— deb aytganlar».
Abu Abdulloh: «Asrni qazo qilib qo‘ysangiz, biror kishingiz o‘ldirilgan yokim mol- dunyoingiz o‘g‘irlangan yanglig‘ katta yo‘qotish qilgaydirsiz»,—deydilar. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 114
14-bob. Kimki asr o‘qimasa...
Abu Mulayh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Burayda birlan birga Zu-G’aym kuni gazotda bo‘ldik, o‘shanda ul kishi: «Asrni ertaroq o‘qingiz, Janob Rasululloh: «Asr o‘qimagan kishi biror ishi barbod bo‘lgan kishi yanglig‘dir, deb aytganlar»,— dedilar».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling