Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Asr namozining fazilati haqida


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


15-bob. Asr namozining fazilati haqida 

 

Jarir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan 



birga erdik. Tunda Oyga (ya’ni, to‘lin Oyga) qarab: «Keyinchalik, sizlar mana shul Oyni 

ko‘rib turganingizdek rabbingizni ko‘rgaydirsizlar, uni ko‘rurmen desangiz, bir-biringizni 

ranjitmangiz! Agar kun chiqmog‘i va kun botmog‘idan oldingi namozlarni shaytonga boy 

bermaslik qo‘lingizdan kelg‘aydir, ularni doim o‘qingiz!»—dedilar-da, «Quyosh 

chiqmog‘idan burun ham, Quyosh botmog‘idan burun ham, rabbingni maqtab tasbih 

aytg‘il!»—deb qiroat qildilar». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 



«Sizlarni maloikalar kechayu-kunduz kuzatib yurg‘aydirlar. Bomdod va asrda kelib 

to‘planishg‘aydir, so‘ng sizlar birlan birga bo‘lgan maloikalar Arshi A’loga chiqadirlar, 

Olloh taolo maloikalardan ko‘ra yaxshiroq bilsa ham: «Bandalarimni nechuk holatda 

tashlab keldingiz?» — deb ulardan so‘rag‘aydir. Maloikalar: «Kelayotganimizda ham, 

borganimizda ham namoz o‘qiyotgan erdilar»,— deb aytg‘aydirlar». 

 

16-bob. Kun potishidan oldin asr o‘qiyotgan kishi qolgan bir rak’atini o‘qib 



ulgurmasligini fahmlab qolsa, namozini o‘qib tugatadi 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Quyosh botmog‘idan oldin asr namozining bir sajdasini o‘qib ulgurmasligini fahmlab 

qolgan odam namozini nihoyasiga yetkazg‘aydir. Quyosh chiqmog‘idan oldin bomdod 

namozining bir sajdasini o‘qib ulgurmasligiga aqli yetgan odam ham namozini 

tugallag‘aydir»,— deb aytdilar». 

 

17-bob. Shom namozi o‘qiladigan vaqt haqida 

 

Ato raziyallohu anhu: «Kasal odam shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qiydi»,— deydilar.  



 

Rofi’ ibn Xadiyj: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga shomni o‘tirgan 

yerimizdan yoy otsak, o‘qimiz tekkan joyni ko‘ra oladigan paytda o‘qir erdik»,— 

deydilar. 

 

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam peshinni kun 



qizigan paytda, asrni quyosh tiniq paytda, shomni quyosh botganda o‘qir erdilar. Ba’zida 

xuftonni, namozxonlarning to‘planganini ko‘rsalar, tezlashtirar erdilar, ularning 

kechikayotganini ko‘rganlarida esa, kechiktirar erdilar. Bomdodni qorong‘u paytda o‘qir 

erdilar»,— deydilar. 

 

Salama raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga shomni kun 



yuziga parda tortganda o‘qir erdik»,— deydilar. 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

115


 

18-bob. Shomni xufton deb atashlarini makruh qilgan kishi haqida 

 

Abdulloh al-Maziniy rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Badaviylarning 



shom deb atalmish namozingizni boshqa nom birlan atamoqlariga yo‘l qo‘ymangiz. 

Badaviylar shomni xufton deb atamoqdalar», — deb aytdilar». 

 

19-bob. Asho’ va atama bayoni hamda ikkalasini «Bemalol ishlatsa bo‘lg‘aydir» 

degan kishi haqida 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Asho’ (xufton) va fajr (bomdod) 



namozlari munofiqlarga og‘ir kelib qoldi. Shunda Janob Rasululloh: «Atama (xufton) va 

fajr (bomdod) namozlarida nechuk savob borlig‘ini bilishsa erdi!»—dedilar. 

 

Abu Abdulloh: «Asho’ (xufton) deb ataydirmi, atama (xufton) deb ataydirmi, kishining 



o‘z ixtiyoridadir, masalan, Olloh taolo: «Kimki asho’din (xuftondin) keyin...» deb 

aytadir»,— deydilar. Abu Muso: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan navbatma-

navbat asho’ga imomlik qilur erdik. Bu safar ham bizning navbatimiz erdi, ittifoqo, u 

kishi asho’ga imomlik qilg‘aymen, deb salla o‘rab chiqdilar»,— deydilar. Ibn Abbos va 

Oisha onamiz: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam asho’ga salla o‘rab chiqdilar»,— 

deydilar. Ba’zilar Oisha onamizdan naql qilib: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam atamaga 

(xuftonga) salla o‘rab chiqdilar»,— deyishadi. Jobir raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu 

alayhi va sallam asho’ o‘qir erdilar»,— deydilar. Abu Barza: «Nabiy sallallohu alayhi va 

sallam asho’ni kechiktirib o‘qir erdilar»,— deydilar. Anas: «Nabiy sallallohu alayhi va 

sallam asho’ni juda kech o‘qidilar»,— deydilar. Ibn Umar, Abu Ayyub va Ibn Abbos: 

«Nabiy sallalloxu alayhi va sallam shom va asho’ o‘qidilar»,— deyishadi. 

 

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Tunlardan birida Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallam odamlar atama deb ataydirgan asho’ (xufton) namozini biz birlan birga 

o‘qidilar. Keyin, Janob Rasululloh bizga yuzlanib: «Bilib qo‘yingiz, mana shul kechadan 

roppa-rosa yuz yil o‘tgach, yer yuzida hozir mavjud bo‘lgan odamlardan birortasi ham 

qolmag‘aydir»,— dedilar». 

 

20-bob. Namozxonlar vaqtida yig‘ilganda yokim kech qolganda xufton qachon 

o‘qiladir? 

 

Muhammad ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Jobirdan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning 



nechuk namoz o‘qimoqlarini so‘radik, ul kishi: «Janob Rasululloh peshinni kun qattiq 

qizigan paytda, asrni Quyoshning tafti o‘lmagan paytda, shomni Quyosh botganda, 

xuftonni ersa, masjidga odam ko‘p yig‘ilganda tezdan o‘qiyverar erdilar. Masjidga odam 

kam yig‘ilganda xuftonni kechiktirar erdilar. Bomdodni qorong‘uda o‘qir erdilar — dedi». 

 

21-bob. Xuftonning fazilati 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Tunlardan birida Rasululloh sallallohu alayhi 



va sallam xuftonga imomlik qilmoqlari lozim erdi. Bu voqea islom tarqalmasidan oldin 

bo‘lgan erdi. O’shanda Janob Rasululloh hadeganda masjidga chiqavermadilar, hatto 

Hazrat Umar: «Xotinlar va bolalar uxlab qoldilar»,— deb ovoz qildilar. Shundan keyin 

Janob Rasululloh masjidga yig‘ilgan namozxonlarga qarab: «Bul namozni (xuftonni) 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

116


sizlardan bo‘lak yer yuzida hech kim o‘qiydirmen, deb muntazir bo‘lib o‘tirgani 

yo‘qdir»,— dedilar». 

 

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men va men birlan kemada birga kelgan 



sheriklarim Bathon degan joyga kelib tushgan erdik, Nabiy sallallohu alayhi va sallam 

ersalar Madinada erdilar. Ul kishi har kecha bizlardan bittamizga (navbatma-navbat) 

xuftonga imomlik qilmakni tayinlar erdilar. Men va mening sheriklarim ul kishi birlan 

kelishib oldik, ul kishi ba’zi bir yumushlari bo‘lganligi sababli tunning yarmigacha 

imomlik qildilar. Keyin, Janob Rasululloh chiqib biz birlan namoz o‘qidilar. Namozni o‘qib 

bo‘lgach, o‘sha yerda hozir bo‘lganlarga qarab: «Olloh taolo sizlarga ato etgan 

ne’matdan o‘zgalarni ham sekingina xabardor qilingiz, shu soatda sizlardan boshqa hech 

kim namoz o‘qiyotgani yo‘q!»— dedilar». 

 

22-bob. Xuftondan oldin uxlamak makruxdir 

 

Abu Barza raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftondan oldin 



uxlamakni va xuftondan keyin so‘zlashib o‘ltirmakni makruh der erdilar»,— deydilar. 

 

23-bob. Xuftondan oldin charchab uxlab qolgan kishi xususida 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



xuftonga imomlik qilmaklari lozim erdi, (uxlab qolib) hadeganda chiqavermadilar. 

Shunda Hazrat Umar: «Xotinlaru bolalar uxlab qoldi»,— deb ovoz qilib u kishini 

chaqirdilar. Janob Rasululloh chiqib: «Yer yuzida sizlardan boshqa hech kim xufton 

o‘qiydirmen, deb muntazir bo‘lib o‘ltirgani yo‘qdir»,— dedilar. O’sha vaqtlarda 

Madinadan boshqa hech qaerda namoz o‘qilmas erdi. Xuftonni shafaq yo‘qolgandan 

boshlab, tunning birinchi qismining uchdan biri oralig‘ida o‘qishar erdi». 

 

 Abdulloh ibn Umar raziyalohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam tunlardan birida xufton vaqtida band bo‘lib qolib, unga bir oz kechikdilar, hatto 

biz u kishini kutib masjidda uxlab qoldik, bir uyg‘onib, keyin yana uxlab qoldik va yana 

uyg‘ondik, shundan keyingina Janob Rasululloh bizning oldimizga chiqdilar, so‘ng bizga 

qarab: «Yer yuzida hech kim xufton o‘qiydirmen, deb muntazir bo‘lib o‘tirgani yo‘qdir», 

— dedilar». Ibn Umarning o‘zlari, uyqu g‘oliblik qilib, xuftonni qazo qilib qo‘ymakdan 

qo‘rqmasalar, undan oldin yokim undan keyin mizg‘ib olaverar erdilar. 

 

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunlardan birida 



xuftonga kechikdilar, hatto odamlar uxlab qoldilar, uyg‘onib, yana bir uxlab turdilar. 

Shunda Umar ibn Xattob turib, «Namoz!» deb ovoz qildilar. Ato va ibn Abbos: «Shundan 

keyin Janob Rasululloh ikki qo‘llari boshlarida, sochlaridan suv tomgancha chiqib 

keldilar-da, «Agar ummatimga mashaqqat bo‘lmog‘ini xohlaganimda, xuftonni shu tariqa 

o‘qimoqni buyurar erdim, dedilar», — deb aytishdi». 

 

24-bob. Xuftonni yarim kechagacha o‘qisa bo‘lg‘aydir 

 

Abu Barza raziyallohu anhuning aitishlaricha, Nabiy sallallohu alayhi va sallam xuftonni 



kechiktirib o‘qimoqni afzal ko‘rar erkanlar. 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xuftonni 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

117


yarim kechaga borib o‘qidilar. Keyin, yana namoz o‘qidilar. So‘ng: «Odamlar allaqachon 

namozlarini o‘qib uxladilar, ammo sizlar o‘qiymiz, deb kutgan namozingizni (ya’ni, 

xuftonni) o‘qimakdasizlar»,— dedilar. 

 

25-bob. Bomdod namozining fazilati 

 

Jarir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamning 



huzurlarida erdik, to‘lin oyga qarab, «Sizlar mana shu oyni ko‘rib turganingizdek 

rabbingizni ko‘rg‘aydirsizlar. Uni ko‘raman desangiz, bir-birlaringizni ranjitmangiz! 

Quyosh chiqmog‘idan va botmog‘idan ilgarigi namozlarni shaytonga boy bermaslik 

qo‘lingizdan kelsa, ularni muttasil o‘qingiz!» — dedilar. So‘ng: «Quyosh chiqmog‘idan va 

botmog‘idan burun rabbingni maqtab tasbih aytg‘il!» — deb qo‘shib qo‘ydilar». 

 

26-bob. Bomdod o‘qiladigan vaqt haqida 

 

Zayd ibn Sobit rivoyat qiladirlar: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga 



saharlik qildik, keyin turib bomdod o‘qidik. Men: «Saharlik birlan bomdod oralig‘ida 

qancha vaqt bordir?» — deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Ellik yokim oltmish oyat 

o‘qig‘ulik fursat bordir», — dedilar». 

 

Anas ibn Molik: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam va Zayd ibn Sobit ikkalalari saharlik 



qildilar. Saharlik qilib bo‘lishgach, Nabiy sallallohu alayhi va sallam bomdod o‘qidilar»,— 

dedi. Qatoda raziyallohu anhu: «Men Anasdan, saharlik qilib bo‘lishgandan to namozga 

kirishgunlariga qadar qancha vaqt o‘tdi? — deb so‘radim»,— deydilar. Shunda Anas: 

«Kishi allikta oyat o‘qig‘anchalik»,— deb jayub bergan erkan. 

 

Sahl ibn Sa’d: «Bola-chaqam birlan saharlik qilayotgan erdim, birdan, Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam birlan bomdod namozi o‘qimak lozimligi esimga tushib 

qoldi»,— deydilar. 

 

Oisha raziyallohu anho: «Biz musulmon ayollar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



birlan birga bomdod namozi o‘qimak uchun chodiramizga o‘ralib (masjidga) borar erdik. 

So‘ngra, namozni o‘qib bo‘lib, uyimizga qaytayotganimizda qorong‘uda bizni hech kim 

tanimas erdi (ya’ni, bomdod namozi o‘qib bo‘linganda hali kun yorishmagan bo‘lardi)»,— 

deydilar. 

 

27-bob. Bomdod o‘qiyotgan odam qolgan bir rak’atini quyosh chikquncha o‘qib 

ulgurmasligini anglasa... 

 

Abu Xurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Kimki bom-dodning bir rak’atini quyosh chiqquncha o‘qib ulgurmasligini fahmlab qolsa, 

qolganini o‘qib tugatsin, kimki asrning bir rak’atini quyosh botguncha o‘qib 

ulgurmasligini fahmlab qolsa, uni ham o‘qib tugatsin!» — dedilar». 

 

28-bob. Namoz o‘qiyotgan odam qolgan bir rak’atini o‘qib ulgurmasligini 



fahmlab qolsa...  

 

Abu Xurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

118


«Kimki namozining bir rak’atini o‘qib ulgurmasligini fahmlab qolsa, uni o‘qib tugatsin!»—

dedilar». 

 

29-bob. Tong otgandan keyin quyosh chiqib bo‘lguncha namoz o‘qilmaydir 

 

Hazrat Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tong otgandan keyin 



quyosh chiqib bo‘lguncha va asrdan keyin quyosh botib bo‘lguncha namoz o‘qimakni 

man’ qildilar»,— deydilar. 

 

Ibn Umar raziyallohu anhuning aytishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Quyosh chiqayotgan va botayotgan vaqtda o‘qigan namozingizdan savob umid 

qilmangiz!» — deb aytgan erkanlar, 

 

Ibn Umar raziyallohu anhuning yana bir boshqa rivoyatlariga ko‘ra, Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallam: «Agar quyosh yuzidan pardasini olayotgan ersa, butkul olib bo‘lg‘uncha 

yokim parda tortayotgan ersa, butkul tortib bo‘lg‘uncha namozingizni kechiktiringiz!» — 

deb aytgan erkanlar. 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhuning aytishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



ikki xil kelishuvni, ikki xil kiyim kiymakni va ikki namozni o‘qimakni man’ qilgan 

erkanlar: tong otgandan keyin quyosh chiqib bo‘lguncha va asrdan keyin quyosh botib 

bo‘lguncha namoz o‘qimak; badanga yopishib turadirgan va badani ko‘rinib turadirgan 

kiyimlarni kiymak; birov birlan til biriktirib, dushmanlik hamda aloqa qilmak. 

 

30-bob. Quyosh botmay turib o‘qilgan namoz savobsizdir 

 

Ibn Umar raziyallohu anhuning aytishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Birortangiz quyosh chiqayotgan va batayotgan paytda namoz o‘qisangiz, savobdan 

mahrum bo‘lg‘aydirsiz!»—deb aytgan erkanlar. 

 

Abu Sa’id Xudriyning aytishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tong 



otgandan keyin quyosh chiqib bo‘lguncha ham, asrdan keyin quyosh botib bo‘lguncha 

ham namoz o‘qilmag‘aydir»,—deb aytgan erkanlar. 

 

Himron ibn Abbon quyidagi hadisni rivoyat qiladirlar: «Muoviya bir kuni: «Sizlar 



o‘qiyotgan namozni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga yurib ham biror 

marta o‘qiganlarini ko‘rmaganmiz, u kishi asrdan keyin ikki rak’at namoz o‘qimakni man’ 

qilgan erdilar»,— deb aytdilar». 

 

Hafs ibn Osimning Abu Hurayradan naql qilishlaricha, Rasululloh sallalloxu alayhi va 



sallam tong otgandan keyin quyosh chiqquncha va asrdan keyin quyosh botguncha 

namoz o‘qimakni makruh qilgan erkanlar. 

 

31-bob. Asr va tong otgandan keyingi namozlardan boshqasini man’ qilmagan 

kishi xususida  

 

Ibn Umar raziyallohu anhu «Men birodarlarim nechuk namoz o‘qiyotganlarini ko‘rgan 



ersam, shundok, namoz o‘qiydirmen. Men biror kipjning kechasi va kunduzi, istagan 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

119


paytda namoz o‘qimog‘iga qarshi ermasmen, quyosh chiqayotgan! va quyosh 

batayotgan paytda o‘qimasa, basdir»,— deydilar. 

 

32-bob. Asrdan keyin o‘qiladirgan qo‘shimcha va shunga o‘xshash namozlar 

haqida 

 

Ummu Salama rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam asrdan keyin ikki 



rak’at namoz o‘qidilar-da, «Hali Abd ul-Quddus qabilasidan kelgan kishilar mening 

peshindan keyin ikki rak’at namoz o‘qimog‘imga xalal berdilar»,— dedilar». 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Xudo haqqi, Janob Rasululloh Ollohga ro‘para 



bo‘lgunlariga (vafot etgunlariga) qadar peshin va asrdan keyin o‘qiydigan ikki rak’at 

namozlarini sira tark etmadilar. U kishi keksayib qolib, o‘sha namozlarni ko‘pincha o‘tirib 

o‘qiydirgan bo‘lib qolganlarida Ollohga ro‘para bo‘ldilar (vafot etdilar). Janob Rasululloh 

qo‘shimcha ikki rak’at namozni ummatlarim ham o‘rganib olib, qiynalib qolmasinlar deb, 

masjidda o‘qimas erdilar, aksincha ummatlariga yengillik yaratmoqqa intilar erdilar». 

 

Hishomning otalari rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho: «Ey, singlimning «o‘g‘li 



(jiyanim)! Nabiy sallallohu alayhi va sallam asrdan keyingi ikki rak’at namozni mening 

huzurimda o‘qimagan kunlari bo‘lmagandir»,— dedilar». 

 

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdoddan oldingi va 



asrdan keyingi o‘qiydirgan ikki rak’at namozlarini yashirmas ham erdilar, e’lon ham 

qilmas erdilar»,— deydilar. 

 

Asvad va Masruq raziyallohu anhumoning aytishlaricha, Oisha onamiz: «Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam kunda asrdan keyingi ikki rak’at namozni o‘qimay mening 

huzurimga kelmas erdilar»,— degan ekanlar. 

 

33-bob. Havo bulut bo‘lgan kuni namozni ertaroq o‘qimoq haqida 

 

Abu Mulayh rivoyat qiladirlar: «Havo bulut bo‘lgan kuni Burayda birlan birga erdik. Ul: 



«Namozni ertaroq o‘qingiz! Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Asr namozini o‘qimagan 

kishi go‘yokim biror ishi barbod bo‘lg‘an kishi yanglig‘dir!»—deganlar»,— deb aytdi». 

 

34-bob. Azon vaqti o‘tgan bo‘lsa ham azon aytilgani to‘g‘risida 

 

Abu Qatoda otalaridan naql qiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan 



birga kechasi yo‘lga chiqdik. Yo‘lda uchragan qavmlardan biri: «Yo Rasululloh, bizga bir 

mehmon bo‘lib ketsangiz!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Uxlab qolib, namozga 

turolmay qolg‘aysizlarmi, deb qo‘rqg‘aymen»,— dedilar. Shunda Bilol: «Men sizlarni 

uyg‘otib qo‘yurmen»,—dedi. Mehmondorchilikdan keyin uyquga yotishdi, Bilol tuyasiga 

yastanib uxlab qoldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam uyg‘otganlarida oftob yuzidan 

niqobini olgan erdi. Janob Rasululloh: «Ey Bilol! Qani aytganingni qilganing?» — dedilar. 

Bilol: «Uyqu meni yengib qo‘yibdir»,— dedi. Janob Rasululloh: «Olloh taolo istagan 

vaqtida joningizni olib, istagan vaqtida sizga jon ato etg‘aydir, ey Bilol, turg‘il, azon 

aytib, odamlarni namozga chaqirg‘il!»—dedilar. Keyin, turib tahorat qildilar. Quyosh 

ko‘tarilib, kun yorishib ketganda namoz o‘qidilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

120


35-bob. Vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan odamlar birlan jamoat bo‘lib namoz 

o‘qimoq xususida 

 

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Xandaq kuni quyosh botgach, Umar ibn Xattob 



kelib, Quraysh kofirlarini so‘ka boshladilar, so‘ng: «Yo Rasululloh, quyosh botay deb 

turganda zo‘rg‘a asr o‘qib ulgurdim»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Xudo haqqi, namoz 

o‘qimabsen»,— dedilar. Keyin, Bathonga jo‘nadik, yetib boruach, tahorat oldilar, biz ham 

tahorat oldik. So‘ng, quyosh botgach, asr o‘qidilar, undan keyin shom o‘qidilar». 

 

36-bob. Biror namozni esidan chiqarib o‘qimagan odam esiga tushganda o‘sha 

namoznigina ioda qilgaydir (qayta o‘qig‘aydir) 

 

Ibrohim raziyallohu anhu: «Kimki yigirma yil davomida namozlardan birini o‘qimagan 



ersa, o‘sha o‘qimagan namozinigina ioda qilg‘aydir».— deydilar. 

 

Anas raziyallohu anhuning aytishlaricha, Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki biror 



namozni unutib o‘qimagan ersa, esiga tushganda o‘qig‘aydir, o‘qilmay qolgan namoz 

uchun o‘sha namozning o‘zini ioda qilmakdan boshqa kafforat yo‘qdir, (Ollohni) xotirlab 

namoz o‘qigil!» —degan ekanlar. 

 

37-bob. Avval qazo bo‘lgan namoz o‘qilg‘aydir 

 

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Xandaq kuni Umar ibn Xattob Quraysh 



kofirlarini so‘kib: «Yo Rasulalloh, quyosh botay deb turganda zo‘rg‘a asr o‘qib 

ulgurdim»,— dedilar. Keyin, Bathonga bordik. Quyosh botgandan so‘ng asr, keyin shom 

o‘qidilar». 

 

38-bob. Xuftondan keyin gaplashib o‘tirmoqni yoqtirmaganliklari haqida 

 

Abu Minhol rivoyat qiladirlar: «Otam birlan birga Abu Barzaning huzurlariga bordik. 



Otam ul kishiga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam besh vaqt namozni nechuk o‘qir 

erdilar, bizga aytib bering!»— dedilar. Abu Barza: «Sizlar uvlo deb ataydirgan peshinni 

kun oqqan paytda, asrni birortamiz shaharning eng chekkasiga borib uyimizga 

qaytganimizda ham kunning tafti hali o‘lmagan paytda o‘qir erdilar (Shom haqida aytgan 

so‘zlarini esimdan chiqarib qo‘yibdirman), xuftonni ersa, kechiktirib o‘qimakni afzal 

ko‘rar erdilar, xuftondan oldin uxlamakni ham, undan keyin so‘zlashib o‘ltirmakni ham 

yoqtirmas erdilar. Bomdodni kishi yonida o‘ltirgan namozxonni taniydirgan darajada 

havo yorishganda o‘qib bo‘lur erdilar va oltmishtadan yuztagacha oyat tilovat qilur 

erdilar»,— deb aytdilar». 

 

39-bob. Xuftondan keyin fiqq va savob haqida so‘zlashib o‘tirmoq 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kuni yarim kechaga yaqinlashib qolgan 



paytda Nabiy sallalloxu alayhi va sallam kelyb biz birlan namoz o‘qidilar, so‘ng: 

«Odamlar namoz o‘qib bo‘lib, allaqachon uxladilar, shundoq emasmidir? Sizlar ersangiz, 

hanuz joynamozni tark etganingiz yo‘qdir, savob umid aylab ibodat qilmakdasiz, savob 

umid aylayveringiz!» — deb xutba aytdilar», 

 

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallalloxu alayhi va sallam hayotlarida 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

121


so‘nggi bor xufton o‘qidilar. Ikki yelkalariga salom berganlaridan, so‘ng. turib: «Mana 

shu ko‘rib turgan kechangizdan boshlab yuz yil o‘tgach, Yer yuzida hozir mavjud bo‘lgan 

kishilardan birortasi ham qolmag‘aydir»,— dedilar. Odamlar Janob Rasulullohning 

so‘zlarini yuz yil ichida hech kim qolmas erkan, deb noto‘g‘ri tushunishib, vahimaga 

tushdilar. Aslida ersa, Janob Rasululloh bugun mana shu yerda o‘tirgan tengkurlardan 

birortasi ham qolmaslig‘ini nazarda tutgan erdilar. 



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling