Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Avratni yopg‘uvchi kiyimlar bayoni
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-bob. Ridosiz namoz o‘qimoq
- 12-bob. Sonning avrat ekanligi haqida
- 14-bob. Agar guldor ko‘ylak kiygan bo‘lsa-yu, ko‘ylagining gullariga ko‘zi tushib, xayoli qochadigan bo‘lsa, o‘sha kiyimda namoz o‘qisa joizmi
- 15-bob. Agar xoch yoki suratlar solingan kiyimda namoz o‘qisa, namozi buzilgaydirmi va bu xususda nimalar man’ qilingaydir
- 16-bob. Rasulullohning ipak choponda namoz o‘qib, keyin uni schib tashlaganlari to‘g‘risida
- 17-bob. Qizil kiyimda namoz o‘qimoqning hukmi
- 18-bob. Tom, minbar va taxta ustida namoz o‘qimoq hukmi
- 19-bob. Namozxon sajda qilgan vaqtida kiyimi xotiniga tegib ketsa, namozi buziladirmi
- 20-bob. Bo‘yra ustida namoz o‘qimoq hukmi
- 21-bob. Xumra ustida namoz o‘qimoq
- 23-bob. Jazirama issiqda kiyim ustiga sajda qilmoq
- 24-bob. Poyabzalda namoz o‘qimoq hukmi
- 25-bob. Mahsida namoz o‘qimoq
- 26-bob. Namozxon qiyomiga yetkazib sajda qilmasa (namozi qabul bo‘lmaydi)
- 27-bob. Ikki bilakni yerga tekkizmay (bilaklar yengidan chiqib ko‘rinadigan darajada) o‘zidan nariroqqa sajda qilmoq
- 28-bob. (Joynamozda) oyoq panjalari uchini qiblaga to‘g‘rilashning afzalligi
- 29-bob. Madina, Shom va Mashriq ahlining qiblasi; qibla na mashriqda va na mag‘ribda
- 30-bob. Olloh taolo: «Maqomi Ibroximda namoz o‘qingiz!»—deydir
- 31-bob. Qayerda bo‘lsa ham qiblaga qarab namoz o‘qimoq kerak
10-bob. Avratni yopg‘uvchi kiyimlar bayoni
Abu Sa’id al-Xudriydan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yengi yo‘q va tor kiyim kiymoqni, tizzani quchoqlab, oldini ochib o‘tirmoqni qattiq qoraladilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki xil savdo-sotiqdan qaytardilar: 1) Aytganiga bor-baraka kilmoqdan (savdolashmay olmoqdan); 2) Bo‘lgani shu, deb narxini tushirmay turib olmoqdan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yengi yo‘q va tor kiyim kiymoqdan, tizzani quchoqlab, avratini ochib o‘tirmoqdan ham qaytarganlar».
«Abu Bakr raziyallohu anhu meni o‘sha haj vaqtida «Bu yildan keyin birorta ham mushrik hajga kelmasin va Ka’batullohni yalang‘och tavof qilmasin!» deb odamlarga hayit kuni Minoda jar solishi lozim bo‘lgan kishilar qoshiga jo‘natdilar»,— debdilar Abu Hurayra raziyallohu anhu Humayd ibn Abdurrahmonga. «O’shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Aliga «Baroat surasi» ni odamlarga e’lon qilmakni topshirib, uning ketidan yuborgan erdilar»,— deydilar Humayd. Hayit kuni Minoda biz birlan birga Hazrat Ali «Bu yildan keyin birorta ham mushrik hajga kelmasin va Ka’bani yalang‘och tavof qilmasin!»—deb e’lon qildilar»,— deydilar Abu Hurayra.
Muhammad ibn Munkadirdan: «Jobir ibn Abdullohning huzurlariga kirdik, u kishi birgina Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 80 kiyimga (matoga) o‘ranib olgan holda namoz o‘qiyotgan erkanlar. Ridolari ersa, yerda yotibdir. Namozni o‘qib bo‘lib o‘girilganlaridan keyin: «Ey Abu Abdulloh, ridoyingizni yerga tashlab qo‘yib, namoz o‘qimakdamisiz?»— dedik. «Ha, sizga o‘xshagan johillarga bir ko‘rsatib qo‘yayin dedim-da! Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shu ahvolda namoz o‘qiganlarini ko‘rganman»,— dedilar».
Jarhad raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Son avratdir, deganlar»,— deydilar. Anas: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (izorlarini tizzadan yuqori tortib o‘tirganlarida) sonlari ochilib qoldi»,— deydilar. Anas aytgan hidis to‘g‘riroq, ammo Jarhad bo‘lsa, ulamolar o‘rtasida ixtilof chiqmasliga uchun ushbu hadisni ehtiyotkorlik birlan aytgan. Abu Muso: «Usmon, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirganida u kishi tizzalarini yopdilar»,— deydilar. Abu Zarr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, u kishining sonlari mening sonimni bosib turganda (ko‘pchilikning ichida tiqilishib o‘tirganda), oyat nazil bo‘ldi. Shunda u kishining sonlari shu qadar og‘irlashdiki, hatto oyogim sinib ketadi deb qo‘rqdim»,— deganlar».
Anas raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berganlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam hijrat qildilar. Haybar tashqarisida g‘ira-shirada bomdod namozini o‘qidik. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulovlarini mindilar, Abu Talha ham mindi, men ersam unga mingashdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Haybar ko‘chalarida ulovda ketib borayotganlarida tizzam u kishining sonlariga tegib turar erdi (ko‘cha tor zrdi). Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (ulovni niqtamoq uchun) izorlarini yuqori tortdilar. Men hatto Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sonlarining oqligini ko‘rdim. Haybarga kirgan vaqtlarida: «Ollohu akbar, Haybar xarob bo‘ldi. Biz biror qavm yashayotgan joyga kelib tushsak, bu haqda xabar yetkazg‘uvchilarning holiga voy!» deb uch bor aytdilar. Anas: «Qavm o‘z ishiga chiqdi»,— dedi. Buni Muhammad alayhissalomga aytishdi».
Abdulaziz roviy: «Bizga ushbu hadisni aytib bergan ba’zi kishilar: «O’shanda askar bilan borgan erdilar, deyishgandi»,— deydilar. Anas aytdilar: «Haybarni kuch bilan qo‘lga kiritdik, anchagina asir ham oldik. Shunda Dihya kelib: «Yo Rasululloh, ayol asirlardan birini menga cho‘rilikka bering!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Borg‘il, bittasini olg‘il!»—dedilar. U Safiyya binti Huyayni oldi. Bir kishi Rasulullohga: «Yo Rasululloh, Dihyaga Baniy Nazir va Baniy Qurayza qabilalarining sayyidasi Safiyya binti Huyayni berdingiz, Safiyya faqat sizga munosibdir!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dihyani chaqiringiz!» — dedilar. Dihya Safiyya birlan birga keldi. Janob Rasululloh Safiyyaga qaragach, Dihyaga: «Asirlardan boshqa birini olg‘il!» — dedilar. Keyin, Safiyyani ozod qilib, unga uylandilar. Sobit: «Men bunga ishonmayman»,— dedi Anasga. Anas dedilar: «O’zlari uni ozod qildilar, hatto yo‘lda bo‘lsalar ham, unga uylandilar. Ummu Sulaym uni Rasulullohga tunlardan birida hadya qildilar. Shunday qilib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kuyov bo‘ldilar. Rasululloh: «Har kim topganini olib kelsin!» — dedilar, keyin yerga charm palos yozdilar. Odamlarning biri xurmo, biri yog‘ ko‘tarib kela boshladi, Rasululloh: «Hisobga olib qo‘yg‘aymen».— dedilar. As-Suvayq: «To‘yguningizcha yebichinglar!» — degandilar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘shanda to‘ylari bo‘lgandi»,— deb eslaydilar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 81
Ikrima: «Ayol kalta kiyimda namoz o‘qimog‘i mumkin (agar boshqasi bo‘lmasa)»,— deydilar.
Oisha onamiz aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozini o‘qirdilar. U kishiga iqtido qilib mu’mina ayollar ham ro‘mollariga (paranjilariga) o‘ralgan holda namoz o‘qishar erdi. Keyin uylariga qaytib ketishar erdi, hech kim ularni tanimas erdi».
tushib, xayoli qochadigan bo‘lsa, o‘sha kiyimda namoz o‘qisa joizmi?
Oisha raziyallohu anho aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam gulli qamisa kiyib namoz o‘qirdilar. Nogahon qamisaning guliga bir nazar tashladilar, namozni o‘qib bo‘lgach, o‘girilib: «Bu qamisamni Abu Jahmga olib borib beringiz, o‘rniga uning anbijoniyasidan (gulsiz matosidan) olib kelingiz, chunki bu qamisa hali meni namozdan alaxsitdi»,— dedilar».
«Oisha onamizga Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: Namoz o‘qiyotganimda qamisamning guliga qarab qoldim. Meni namozdan chalg‘itadi, deb qo‘rqamay, degan ekanlar»,— deydilar Hishom ibn Urva.
Anas raziyallohu anhu dedilar: «Oisha onamizning gulli jun pardalari bo‘lardi. U bilan uylarining bir tomonini to‘sib qo‘ygandilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu pardangni bizning ro‘paramizdan olib tashlag‘il, chunki undagi suratlar men namoz o‘qiyotganimda doim ko‘rinib turg‘aydir (xayolimni bo‘lg‘aydir)»,— dedilar».
tashlaganlari to‘g‘risida
Uqba ibn Omirdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ipak chopon hadya qilishdi. Rasululloh uni kiyib (Olloh taolo ipak kiyimni erkaklarga harom qilishidan avval), namrz o‘qidilar. Keyin, namozdan turiboq xazar qilgandek shosha-pisha uni yechib tashladilar. «Bu (ipak kiyim) taqvodor kishilarga yaramaydir»,— dedilar».
Avn ibn Abu Juhayfa otalaridan eshitganlarini bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni charmdan qilingan qizil chodirda ko‘rdim. Bilol u kishiga tahorat uchun suv quyib berayotgan erdi. Odamlar ersalar Rasulullohning tahoratlaridan tushayotgan suvni talashib olishar erdilar. Kimga nasib qilsa, badaniga surtar erdi, nasib qilmagan birodarining qo‘lida qolgan namni o‘ziga surtib olar erdi. Keyin Bilolning anzani (temir uchlik hassani) olib, yerga sanchib qo‘ygapini ko‘rdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizil hulla (izor, rido-lungi va yelkaga tashlaydigan mato) kiyib chiqdilar, izorlarini bir oz shimarib olgandilar. Rasululloh hassalarini pana
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 82 qilib odamlar birlan ikki rak’at namoz o‘qidilar. Odamlar va hayyunlar hassalarini chetlab o‘tayotganini ko‘rdim».
Imom Buxoriy aytdilar: «Hasan Basriy muz va ko‘priklar ustida, garchi uning tagidan yoki ustidan yohud oldidan najosat oqib turgan ersa-da, namoz o‘qimoqning zarari yo‘qdir, fakat namozxon birlan najosat o‘rtasini biror narsa to‘sib turgan ersa, bas»,— deydilar. Abu Hurayra masjidning tomida imom bo‘lib namoz o‘qidilar (Shofi’iy va Hanafiy mazhablarida imom va namozxonlarning namoz o‘qigan joylari biri ikkinchisidan baland bo‘lmog‘i makruhdir, zarurat tug‘ilgandagina mumkin). Ibn Umar qor ustida namoz o‘qidilar.
Abu Hazm aytganlar: «Odamlar Sahl ibn Sa’ddan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbarlari nimadan qilingan?» — deb so‘radilar. Sahl: «Odamlar orasinda buni mendan yaxshiroq biladirgan odam qolmadi. U «yulg‘un» degan o‘rmon daraxtidan qilingandir, uni falonchining ozod qilingan quli falonchi yasagandir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (usta) minbarni yasab olib kelib qo‘ygach, unga chiqdilar-da, qiblaga qarab: «Ollohu akbar»,— dedilar, odamlar u kishiga iqtido qildilar. Janob Rasululloh qiroat qildilar va ruku’ qildilar. Odamlar ham ketlaridan ruku’ qildilar. Keyin, Rasululloh boshlarini (qadlarini) ko‘tardilar, minbardan tisarilib tushib, yerda sajda qildilar. Keyin, yana minbarga qaytib chiqdilar-da, qiroat qildilar, so‘ng ruku’. qildilar. Keyin, boshlarini (qadlarini) ko‘tardilar, minbardan tisarilib tushib, yana yerda sajda qildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qilgan ishlari mana shu». Imom Buxoriyga Ali ibn Abdulloh: «Ahmad ibn Hanbal rahimahullohu mendan shu hadis to‘g‘risida, so‘radi»,— deb aytibdir. Ahmad ibn Hanbal: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlardan balandda turganlar va shu hadisga ko‘ra, imom odamlardan balandda tursa, zarari yo‘qdir, demoqchimisiz?» — debdi Ali ibn Abdulloh: «Sufyon ibn Uyaynadan shu hadis to‘g‘risida ko‘p so‘rashar erdi, siz hech eshitmaganmisiz?» — debdilar Ahmad ibn Hanbalga. Ahmad: «Yo‘q,— deb javob beribdilar.
Anas ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (hijratning 5-nchi yili, zulhijja oyi) otdan yiqilib, o‘shanda boldirlari yoki kuraklari shilinib ketgandi. Bir oy xotinlari oldiga kirmaslikka ahd qilgandilar. Yog‘och ustunli hujralarida o‘tirganlarida sahobalar u kishini ko‘rgani keldilar. Rasululloh o‘tirgan hollarida imomatga o‘tdilar, sahobalari ersa tik turgan hollarida namoz o‘qidilar. Rasululloh salom bergach: «Imomga iqtido qilmoq lozimdir. Shuning uchun imom «Ollohu akbar» deganda siz ham takbir aytingiz, ruku’ qilsa, siz ham ruku’ qilingiz, sajda qilsa, siz ham sajda qilingiz. Agar tik turib namoz o‘qisa, tik turib o‘qingiz!»—dedilar (Rasululloh kasal bo‘lganlari uchun ham butun namoz davomida o‘tirgan hollarida imomlik qilganlar. Sahobalar ersa tik turib o‘qiyvermasdan o‘zlari bilib iqtido qilavermoqlari kerak erdi). Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 29 kun deganda oilalari oldiga chiqdilar. Shunda ular: «Siz bir oyga ahd qilgan erdingiz-ku?» — deyishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu oy 29 kun (dan iborat)»,— dedilar».
Maymuna onamiz aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qir Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 83 erdilar, men ersam hayz holimda u kishining ro‘paralarida o‘tirgan erdim, sajda qilganlarida ba’zan kiyimlari menga tegib ketar erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xumra (xurmo bargidan to‘qilgan joynamoz) ustida namoz o‘qir erdilar».
Jobir va Abu Sa’id kemada tik turib namoz o‘qidilar. Hasan Basriy: «Kemada ketayotganingda sheriklaringga malol kelmasa, tikka turib namoz o‘qiyverasan va kema birlan birga aylanavyorasan (qibla qayoqda, deb o‘tirmaysan). Agar sheriklaringga malol kelsa, o‘tirib, o‘qiysan»,— deganlar.
Anas ibn Molik aytib berganlar: «Buvim Mulayka taom tayyorlab Rasulullohni chaqirdilar. Janob Rasululloh taomdan yedilar, so‘ng: «Turingiz, namoz o‘qiymiz, men imomlik qilurmen»,— dedilar. Men turib, eskiligidan qorayib ketgan bo‘yraga suv sochdim (tozalamak uchun). So‘ng, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bo‘yra ustiga chiqdilar. Men birlan bir yetim bola orqalarida turdik. Buvim ersalar bizning orqamizda turdilar. Janob Rasululloh ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng namozni tugatib turdilar».
Maymuna onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xumrada namoz o‘qir erdilar»,— deb aytganlar.
Anas raziyallohu anhu o‘rin-to‘shak ustida namoz o‘qidilar. Anas: «Rasululloh sallalloho‘ alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qir erdik. Shunda ba’zi birimiz kiyimimiz ustida namoz o‘qir erdik»,— deydilar.
Oisha onamiz aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ro‘paralarida yotar erdim, oyoqlarim ersa u kishining qibla tomonlariga uzatiq erdi, sajda qilgan vaqtlarida turtar erdilar, men oyoqlarimni yig‘ishtirib olar erdim. Qomatlarini rostlaganlarida yana uzatar erdim. O’sha vaqtlarda uylar chiroqsiz bo‘lur erdi».
Urva raziyallohu anhu aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayollarining ko‘rpasida namoz o‘qir erdilar. Oisha onamiz esa Rasululloh birlan qibla o‘rtasida janozada tobut qo‘yilgandek uzanib yotar erdilar».
Arrok raziyallohu anhu menga Urva bunday degandi, deydilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qir erdilar. Oisha onamiz esa (ikkalalari yotadigan) ko‘rpa ustida Rasululloh birlan qibla o‘rtasida ko‘ndalang bo‘lib yotar erdilar».
Hasan Basriy aytib berganlar: «Sahobalar sajdaga bosh qo‘yadirgan joyning nihoyatda issiqlig‘idan qo‘llarini kiyimlarining yengidan chiqarmay, salla va qalansuvalarini oldilariga qo‘yib, ustiga sajda qilur erdilar».
Anas ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 84 namoz o‘qir erdik. Shunda ba’zi birimiz sajdagohning qattiq issiqlig‘idan kiyimimizning bir chetiga (etagi yoki yengini tortib qo‘yib) sajdaga bosh qo‘yar erdik».
Sa’id ibn Yazid aytib berganlar: «Anas ibn Molikdan Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam poyabzal kiyib namoz o‘qirmidilar?» — deb so‘radim, «Ha»,— dedi (poyabzalning tagi quruq bo‘lsa, unda namoz o‘qimoq mumkin, ammo tagi ho‘l bo‘lsa, najosat tekkanligi ehtimoli bor, uni yuvmoq lozimdir»,— deydilar Imom Hanifa)».
Hamom ibn Hars aytib berganlar: «Jarir ibn Abdullohni ko‘rdim, u kishi peshob qildilar, keyin tahorat oldilar, mahsilariga mash tortib, so‘ng turib namoz o‘qidilar. Mash tortmoq to‘g‘risida u kishidan so‘ralganda: «Janob Rasulullohning shunday qilganlarini ko‘rdim»,— dedilar. Ibrohim raziyallohu anhu: «Jarir ibn Adullohning bu gapi qavmga juda ma’qul keldi, chunki u eng keyingi sahobalardan erdi»,— deydilar».
Mug‘iyra ibn Shu’ba aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga tahorat uchun suv berdim (u kishi tahorat oldilar). Mahsilariga mash tortib, keyin namoz o‘qidilar».
Abu Voil raziyallohu anhu aytib berganlar: «Huzayfa bir kishining ruqu’ va sajdani qiyomiga yetkazmay namoz o‘qiganini ko‘rib, u namozini tugatgach: «Namoz o‘qimading»,—dedi. Keyin, nazarimda, boyagi odamga: «O’lsang, Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sunnatlarini bajarmay o‘lgan bo‘lursan»,— dedi ham shekilli».
darajada) o‘zidan nariroqqa sajda qilmoq
Abdulloh ibn Molik: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qisalar sajdada qo‘lni o‘zlaridan uzoqroqqa tashlar erdilar, hatto qo‘ltiqlarining oppoqligi ko‘rinar erdi»,— deydilar. Lays ibn Sa’d esa: «Ja’far ibn Rabi’a ham shu hadisga o‘xshash hadisni rivoyat qilib bergan erdi»,— debdilar.
Anas ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bizning namozni o‘qig‘aydir, bizning qiblamizni qibla qilg‘aydir, biz so‘ygan mol-hol go‘shtidan yegaydir, u Olloh va uning Rasuli himoyasidagi musulmondir. Ollohning himoyasiga ko‘rnamaklik qilmangiz!» — deganlar».
Anas ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mana bunday deb aytganlar»,— deydilar: «Odamlar lo iloha illallohu» deydigan bo‘lgunlaricha jang qilmoqqa buyurildim. Agar ular kalimai tayyibani aytg‘aydirlar, bizning namozni o‘qigaydirlar, qiblamizni qibla qilg‘aydirlar va biz so‘ygandek (mol, qo‘y va boshqalar) so‘yg‘aydirlar, ularning qonini to‘kmoq va molini olmoq bizga haromdir. Zero ularning molu jonlari ham, oxirat hisobi Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 85 ham Ollohning ixtiyoridadir». Anas ibn Molikdan Maymun ibn Siyoh: «Ey Abu Hamza, (mo‘‘min bandalarga) qanday bandaning molini talamoq va qonini to‘kmoq haromdir?»—deb so‘radilar. Anas: «Kimki lo iloha illalloxu degaydir, qiblamizni qibla qilg‘aydir, namozimizni o‘qig‘aydiru biz so‘ygan mol-hol go‘shtini yegaydir, u musulmondir. Musulmonga ne huquq berilg‘aydir, unga ham o‘sha huquq berilg‘usidir va musulmonga qanday vazifa yuklang‘aydir, unga ham o‘sha vazifa yuklang‘usidir»,— dedilar.
mag‘ribda
Abu Ayyub raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qazoi hojatga borsangiz, qiblaga yuzlanib yoki qiblaga orqa qilib o‘tirmangiz, balki mashriqqa qarab o‘tiringiz yokim mag‘ribga qarab o‘tiringiz! deb aytganlar»,— deydilar. Abu Ayyub yana bunday deydilar: «Shomga keldik, tahoratxona qiblaga qaratib qurilgan erkan. Sal burilib o‘tirdik-da, Ollohga istig‘for aytdik».
Amr ibn Dinor aytganlar: «Ibn Umardan kishi Baytullohni tavof qilsa-yu, Safo va Marva oralig‘ida yugurmasa, xotinini jimo’ qilmog‘i joizmi?» — deb so‘radik. Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib yetti marta Ka’bani tavof qildilar. Maqomi Ibrohim orqasida ikki rak’at namoz o‘qidilar, Safo va Maryu oralig‘ida yugurdilar. Bu borada siz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan yaxshi ibrat olmog‘ingiz kerak erdi»,— dedilar. Jobir ibn Abdullohdan (shu haqda) so‘rasak: «Safo va Marva o‘rtasini tavof qilmaguncha, xotinga yaqinlashilmaydir»,— dedilar».
Sayf raziyallohu anhu quyidagi hadisni Mujohiddan eshitdim dedilar: «Ibn Umar huzurlariga kelib, «Ana, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’baga kirib ketdilar»,— deyishdi. Men borsam, Janob Rasululloh Ka’badan chiqqan erkanlar, Bilol ersa Ka’ba eshiklari oralig‘ida turgan erkan. Biloldan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba ichida namoz o‘qidilarmi?» — deb so‘radim. Bilol: «Ha, kiraverishdagi ikki ustunning o‘ng tomonida ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng turib Ka’baga qarab yana ikki rak’at namoz o‘qidilar»,— dedi».
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi yu sallam: «Qaerda bo‘lsang ham, qiblaga qarab takbir aytg‘il! — deganlar»,— deydilar.
Al-Barro ibn Ozib aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bayt ul-Muqaddasga qarab 16 yoki 17 oy namoz o‘qigan erdilar. Aslida Rasulullah sallallohu alayhi va sallam Ka’baga qarab namoz o‘qimoqni yaxshi ko‘rar erdilar. Olloh taolo Rasulullohga «Yuzingni bir Ka’baga, bir osmonga qaratayotganingni ko‘rib turibmiz» degan oyatini nozil qildi va: «Odamlarning eng aqlsizi yaxudiylardir. Ularni ilgarigi qiblani o‘zgartirmoqqa ne majbur qilmishdir? Sen: «Mag‘ribu Mashriq ham Ollohnikidir, u o‘zi xohlagan bandasiga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatg‘usidir, deb aytgil!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga bir kishi namoz o‘qidi, keyin u asr namozini Bayt ul-Muqaddasga qarab o‘qiyotgan bir
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 86 ansoriy qavm oldiga borib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ka’baga qarab namoz o‘qiganini aytdi. Shunda qavmning barchasi Ka’baga o‘girildi».
Jobir raziyallohu anhudan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuya minib ketayotganlarida, u qayoqqa qarab ketayotgan bo‘lsa, o‘sha tomonga qarab namoz o‘qiyverardilar. Lekin namoz farzini o‘qimoqchi bo‘lsalar, tuyadan tushib, qiblaga qarab o‘qirdilar».
Abdulloh ibn Mas’ud: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin yoki asr namozini o‘qidilar»,— dedi. «O’shanda ko‘paytirib o‘qidilarmi yo kamaytirib o‘qidilarmi, aniq aytolmayman»,— dedi Ibrohim. Rasululloh (ikki yelkalariga) salom berganlaridan keyin: «Yo Rasululloh, namozga biror yangilik kiritildimi?» — deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Nega bunday deysizlar?»—dedilar. «Siz bunday o‘qidingiz», deb ko‘rsatishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam cho‘kkalab o‘tirdilar-da, qiblaga qarab ikki bor sajda qilib, so‘ng salom berdilar. Keyin, bizlarga o‘girilib: «Namozda biror yangilik bo‘lg‘aydir, albatta men sizlarga xabar qilg‘aydirman, lekin (albatta) men ham siz kabi odamdirman, siz unutganingizdek men ham unutg‘ayman. Agar unutsam, eslatingiz, agar birortangaz namoz o‘qiyotib necha rak’at o‘qiganingizni unutsangaz, o‘z taxminingiz bo‘yicha namozni nihoyasiga yetkazingiz, so‘ng salom beringiz, undan keyin ikki rak’at namoz o‘qingiz!» — dedilar.
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling