Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Tuya, yilqi va qo‘y siydiklarining hamda ular saqlanadigan joylarning
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 72-bob. Ko‘lmak suv to‘g‘risida
- 73-bob. Agar namozxonning ustiga nopok narsa tashlansa yoki o‘limtik tashlansa, namozi buzilmaydi
- 74-bob. Kiyimga tekkan tupuk, manqa va shunga o‘xshash narsalar hukmi
- 75-bob. Nabiz (xurmo sharbati) yoki mast qiluvchi ichimliklar bilan tahorat olmoq joiz emas
- 76-bob. Ayol kishi otasining yuzidagi qonni yuvib qo‘yishining joizligi
- 77-bob. Misvok bilan tish tozalamoq
- 78-bob. Misvokni (ikki kishi turgan bo‘lsa) yoshi kattasiga bermoq
- 79-bob. Tahorat olib yotmoqning fazilati
- 2-bob. Eru-xotinning birga g‘usl qilmog‘i
- 3-bob. Bir so’ (3-6 litr) yoki shunga yaqin suv bilan g‘usl qilmoq
- 4-bob. Boshga uch hovuch suv quymoq
- 6 -bob. G’uslni xushbo‘yliklar ishlatishdan boshlamoq
- 7-bob. Jimo’dan keyin g‘usl qilish vaqtida og‘iz va burunni chayqamoq hukmi
- 8-bob. Qo‘lni poklash uchun yerga ishqamoq
- 9-bob. Jimo’ qilgan kishi agar qo‘liga iflos tegmagan bo‘lsa, qo‘lini yuvmay turib suvga tiqishi mumkinmi
- 10-bob. G’usl bilan tahoratni alohida-alohida qilmoq joizmi
- 11-bob. G’uslda avval o‘ng kaftiga suv olib, keyin chap kaftiga quyish to‘g‘risida
- 12-bob. Kishi xotini bilan bir marta aloqa qilib, keyin (g‘usl qilmasdan) yana aloqa qilishi yoki (hamma) xotinlarini aylanib chiqqach, bir marta g‘usl qilishi
- 13-bob. Maziy (olat uchiga maniydan oldin keladigan nam) kelsa, tahorat joizmi
- 14 -bob. O’ziga xushbo‘y narsalar sepib, keyin g‘usl qilsa-yu, lekin badanida hidi qolsa, joizmi
70-bob. Tuya, yilqi va qo‘y siydiklarining hamda ular saqlanadigan joylarning (qo‘ra, molxonaning) hukmi
Abu Muso Dorulbaridda (karvonsaroyda), shundaygina yonlarida sayhon yer bo‘la turib, tezaklar ustida namoz o‘qidilar. Keyin: «U yer ham, bu yer ham bari bir»,— dedilar.
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ukul yoki Arina degan joydan (Madinaga) odamlar kelishdi. Madinada ular qorin og‘riq kasaliga mubtalo bo‘ldilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularga shahar tashqarisida o‘tlab yurgan sog‘in tuyalar sutidan va siydigidan ichmoqni buyurdilar. Ular shunday qilishdi. Sog‘ayganlaridan keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tuyaboqarlarini o‘ldirib, tuyalarni haydab ketishdi. Erta tongda bu to‘g‘rida xabar qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularning izidan askar yubordilar, kun yoyilgan vaqtda ularni asir qilib olib kelishdi. Qo‘l va oyoqlarini kesib, ko‘zlariga mil tortib, toshloq joyga tashlab qo‘ydilar. «Suv-suv» deyishardi, lekin suv berishmas edi. Abu Qiloba bunday dedilar: «Ular o‘g‘rilik qildilar, odam o‘ldirdilar va iymon keltirganlaridan keyin yana qayta kofir bo‘ldilar, dindan chiqdilar, Alloh va uning Rasuliga dushmanlik qildilar».
Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjid qurilishidan avval qo‘yxonalarda namoz o‘qir edilar».
Zuhriy bu xususda bunday deganlar: «Suvning ta’mi, hidi yoki rangi o‘zgarmasa, ishlatsa bo‘ladi». Hammod: «O’limtikning pati suvga tushsa, zarari yo‘qdir»,— deganlar. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 51 Fil va boshqa go‘shti yeyilmaydigan hayvonlar suyagi to‘g‘risida Zuhriy bunday deganlar: «O’tmish olimlarining ko‘pini ko‘rdim, o‘lgan hayvonlarning suyagidan yasalgan taroq bilan sochlarini tarashar edi, xushbo‘ylik solinadigan idishlari ham o‘sha suyaklardan tayyorlangan edi. Ular buning zarari yo‘q, deb bilishar edilar». Ibn Sirin va Ibrohim: «Fil suyagi bilan savdo-sotiq qilmoqning zarari yo‘q»,— der edilar.
Maymuna raziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan quyuq yog‘g‘a tushib, o‘lib qolgan sichqon hukmi to‘g‘risida so‘radilar. Shunda Rasululloh: «Sichqonni va uning atrofidagi yog‘ni olib tashlab, qolganini yeyaveringiz»,— deb javob qildilar».
Maymuna onamiz yana bunday deganlar: «Shu hadisning o‘zini Muin sal boshqacharoq qilib aytib berdi, keyin men eslab qololmaydigan darajada yana juda ko‘p hadis rivoyat qildi».
Abu Hurayra raziyallohu anhu quyidagi hadisni keltiradilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Musulmon odam Alloh yo‘lida qancha so‘z aytgan bo‘lsa, qiyomat kuni o‘shancha jarohati bor shahid qiyofasida namoyon bo‘ladi, badanining rangi tig‘ urilganda oqib turgan qon rangida, hidi mushk hidi kabi bo‘ladi»,— deganlar. (Bu o‘rinda ushbu hadis keltirilishining boisi quyidagicha: mushk aslida hayvonlar bezidan olinadi va haromdir, lekin ishlov berilgach, xushbo‘y moddaga aylanib, haromlik hukmidan chiqadi. Shuningdek shahidlar qoni ham Alloh yo‘lida to‘kilgani uchun haromlik hukmidan chiqib, poklik - halollik hukmiga o‘tadi).
Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: «Biz bu dunyoda oxirgilarmiz, u dunyoda esa, birinchilarmiz»,—deganlarini eshitgan ekanlar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu Payg‘ambarimizning ana shu hadislariga tayanib aytganlar: «Birortangiz ko‘lmak suvga siymangiz, sizdan keyin birov tahorat olgay».
tashlansa, namozi buzilmaydi
Ibn Umar namoz o‘qiyotib, kiyimlariga qon tekkanini ko‘rib qolsalar, uni yechib tashlar edilar-da, namozni davom ettiraverar edilar.
Ibn al-Musayyab va ash-Sha’biy: «Agar biror kishi namoz o‘qiyotganida kiyimiga qon yoki maniy tekkanini yohud qiblani yanglishtirganini yoki tayammum qilgan holda ekanligini bilib qolsa-yu, suv axtarmoq vaqtida namoz qazo bo‘lmog‘ini anglasa, namozni qaytarib o‘qimaydi»,— deganlar.
Abdulloh ibn Mas’uddan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ka’batulloh yonida namoz o‘qiyotgan edilar Abu Jahl (Islom dushmani) va uning sheriklari o‘sha yerda o‘tirishgan edi. O’zaro bir-birlariga: «Qaysi biringiz falonchi so‘ygan tuyaning ichak- chavog‘ini keltirib, Muhammad sajda qilayotganda ustiga tashlay olasiz?»—deyishdi. Shunda qavmning eng badbaxti ichak-chavog‘ni olib kelgani ketdi, keltirgach, Muhammad alayhis-salomning sajdaga bosh qo‘yishlarini poylab turib, ikki kuraklari
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 52 o‘rtasiga tashladi. Abdulloh ibn Mas’ud: «Men qarab turibman-u, hech narsa qila olmayman, agar kuch-quvvatim bo‘lganda edi... deyman»,— deydilar. Ular qotib-qotib kula boshladilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qizlari Fotima kelib, olib tashlamaguncha sajdadan boshlarini ko‘tarmadilar. Qizlari ichak-chavog‘ni yelkalaridan olib tashlagach, boshlarini ko‘tarib: «Ilohi, Qurayshni (qabilani) halok qil!»— deb uch marta duoi bad qildilar. Duoi bad qilganlari ularga og‘ir botdi. «Ular bu shaharda qilingan duo mustajob bo‘lmog‘ini bilishar edi», — deydilar Ibn Mas’ud. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam boshqatdan: «Ilohi, Abu Jahlni, Utba ibn Rabi’ani, Shayba ibn Rabi’ani, Valid ibn Utbani, Umayya ibn Xalafni, Uqba ibn Abu Mu’itni halok qilg‘il!» —deb nomma- nom duoi bad qildilar. Yettinchi nomni ham aytdilar, lekin biz eslab qololmadik. Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam nomlarini sanagan kishilarning barchasi Badr urushida o‘ldirilib, quduqqa tashlanganini aniq ko‘rdim»,— deydilar Ibn Mas’ud.
Marvon bunday rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Hudaybiyaga qilingan safar chog‘ida yo‘lda ketayotib burun qoqsalar, sahobalarning kaftlariga tushar edi (ular yerga tushmog‘iga qo‘yishmas edilar), ular darrov tabarruk qilib yuzlari va badanlariga surtib olishar edilar».
Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kiyimlarining etagiga tufladilar (namozda)». Anas bu hadisni «uzoq hikoya qilgan (bu haqda keyinroq batafsil aytiladi).
Hasan Basriy nabiz bilan tahorat olmoqni makruh deganlar. Ato ibn Abu Raboh: «Menga nabiz yoki sut bilan tahorat qilgandan, tayammum qilmoq afzalroq»,— deb aytganlar.
Oisha raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Mast qiladigan ichimliklarning barchasi haromdir!» — deb aytganlar».
Abulamid: «Oyog‘imga mash tortib qo‘yingiz, oyog‘im og‘riyapti»,— deganlar. Abu Hozim bunday deganlar: «Odamlar Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning jarohatlari nima bilan davolandi?» — deb so‘raganlarida, yonginasida turgan edim. «Bu to‘g‘rida mendan ko‘ra yaxshiroq biladigan odam qolmadi. Ali qalqonida suv keltirar edi, Fotima esa Rasulullohning muborak yuzlaridagi qonni yuvar edi, so‘ng, bo‘yrani kuydirib, kulni jarohatga bosar edi», — dedi Sahl.
Ibn Abbos rivoyati: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uylarida yotib qoldim. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 53 Misvok bilan tish tozaladilar». Abu Muso quyidagi hadisni o‘g‘illari Abu Burdaga aytib bergan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldilariga borsam, misvok bilan o‘xchib-o‘xchib tishlarini yuvayotgan ekanlar. Misvok og‘zilarida-yu, qayt qilayotgan odamning ovoziga o‘xshash ovoz qilyaptilar».
Huzayfa raziyalloxu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kechasi tursalar, misvok bilan tishlarini tozalar edilar».
Ibn Umar raziyalloxu anhuga Rasulullox sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Tushimda men 2 misvok bilan tish tozalayotgan emishman. Yonimga ikki kishi keldi, biri ikkinchisidan (yoshi) kattaroqdir. Misvokni kichkinasiga uzatdim, shunda menga: «Kattasiga bering!» — deb aytildi. Misvokni kattasiga berdim». «Ushbu hadisni Naim ibn Hammod ham qisqaroq qilib aytib bergan»,— deydilar Imom Buxoriy.
Barro ibn Ozib dedilar: «Menga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «O’ringa yotadigan bo‘lsang, namozga tahorat olganingdek tahorat olgin. Keyin o‘ng yoning bilan yotgin, so‘ngra («Allohumma aslamtu vajhiy ilayka va favvaztu amriy ilayka vaalja’tu zahriy ilayka rag‘batan va rahbatan ilayka, lo malja’a va lo manjo minka illo ilayka. Allohumma omantu bi kitabika-llaziy anzalta va binabiyyika-llaziy arsalta» degin! Agar shu kechada vofot etsang, dini islomda, Ibrohim millatida vafot etgan bo‘lasan. Bu so‘zlarni eng so‘nggida aytgin!» Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bir boshdan qaytarib aytib berayotib, «Allohumma omantu bi kitabika-llaziy anzalta» degan joyiga kelganimda «rasulika-llaziy» deb yubordim. Shunda Rasululloh: «Bunday emas, «nabiyyika-llaziy» deb aytgin!» — dedilar». Duoning mazmuni: «Ilohi, o‘zimni ham, kori-borimni ham o‘zingga topshirdim, savobingdan umid qilib va azobingdan qo‘rqib, senga suyandim, sening najotingdan o‘zga najot yo‘qdir, sening panohingdan o‘zga panoh yo‘qdir. Ilohi, nozil qilgan Kitobingga ishondim va yuborgan payg‘ambaringga iymon keltirdim».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 54 ÉΟó¡Î0 «!$#
Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$# G’USL KITOBI
Alloh taolo bunday deydi: «Agar yaqinlik (aloqa) etsangiz, g‘usl qilingiz! Agar betob bo‘lsangiz, yoki safarda bo‘lsangiz, yoki qazoi hojat etsangiz yoki ayolga yaqinlashsangiz-u suv topmasangiz, toza tuproqqa tayammum qilingiz, yuzingizga surtingiz va ikki qo‘lingizga surtingiz. Alloh taolo sizni qiynab qo‘yishni istamaydi, ammo sizning gunohdan va nopokliqdan forig‘ bo‘lishingizni istaydi. Sizga mo‘l-ko‘l ne’mat ato qilgayman, shoyadki siz shukr etsangiz!»
Alloh taolo yana bir oyati karimasida aytadi: «Ey mo‘‘minlar, mast holda nima deb aytayotganingizni biladigan bo‘lguningizcha namozga kirmangiz va nopok holda tahorat olmaguningizcha masjidga yaqin bormangiz, yo‘lovchi bo‘lsangiz, o‘tib ketsangiz, mayli. Agar betob bo‘lsangiz yoki safarda bo‘lsangiz yoki tahorat ushatsangiz yoki xotinga yaqinlik qilsangiz-u, suv topmasangiz, toza tuproqqa tayammum qilingiz ikki kaftingizni tuproqqa tekkizib yuzingizga surtingiz va qo‘llaringizga surtingiz. Darhaqiqat, Alloh taolo (gunohlarni) avf qilguvchi va kechirguvchidir».
Rasulullohning xotinlari Oisha raziyallohu anho dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jimo’dan keyingi g‘uslni avval qo‘llarini yuvishdan boshlar edilar. Keyin namozga tahorat olgandek tahorat olar edilar, so‘ng qo‘llarini suvga tiqib ho‘llab, sochlarining oralariga panjalarini kirgizib, ishqar edilar, keyin boshlariga 3 hovuch suv quyar edilar. Shundan so‘ng butun badanlarini suv quyib yuvar edilar».
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xotinlari Maymuna raziyalloxu anxo dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga tahorat olgandek tahorat oldilar, lekin oyoqlarini yuvmadilar (mustahab qildilar). So‘ng maniy tekkan joyni yuvib tashladilar, keyin ustlariga suv quyib, butun badanlarini yuvdilar-da, chetga chiqib turib, ikki oyoqlarini yuvdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning jimo’dan keyingi g‘usllari mana shudir».
Oisha raziyallohu anho dedilar: «Men va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir idishdan g‘usl qilar edik. Idishning nomi farq (7-5 litrga yaqin suv sig‘adirgan tog‘ora) deb atalar edi».
Abu Bakr ibn Hafs Abu Salamaning mana bunday deganini eshitgan ekanlar: «Men va Oishaning ukasi ikkalamiz Oisha raziyallohu anhoning huzurlariga kirdik. Ukasi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qanday g‘usl qilmoqlari to‘g‘risida so‘radi. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 55 Shunda Oisha raziyallohu anho bir so’ suv sig‘g‘udek idishda suv keltirmakni buyurdilar. Suv keltirilgach, g‘usl qildilar. Suvni boshlaridan quydilar. Ular bilan bizning oramizda parda bor edi.
Abu Ja’far aytadilar: «Jobir huzurida bir jamoa kishilar bor edi, ulardan biri g‘usl to‘g‘risida so‘radi. «Senga bir so’ suv kifoya qiladi»,— dedi Jobir. «Menga kifoya qilmaydi»,— dedi u. Shunda Jobir: «Sendan ko‘ra sochi ko‘proq, o‘zi yaxshiroq kishiga (Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga, demoqchi) ham kifoya qilgan edi»,— dedi. Keyin yupun kiyingan holda imomatga o‘tdi».
Ibn Abbosdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va Maymuna onamiz bir idishdagi suvga g‘usl qilar edilar». Imom Buxoriy aytadilar: «Ibn Abbos Maymunadan hadis tinglab, boshqalarga aytib berar edi».
Jubayr ibn Mut’imdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ammo men g‘usl qilar bo‘lsam boshimga 3 hovuch suv quyaman»,— deb ikki qo‘llariga ishora qildilar».
Jobir ibn Abdullohdan: «Rasululloh sollallohu Rasululloh sollallohu alayhi va sallam g‘usl qilsalar, boshlariga uch hovuch suv quyar edilar».
Abu Ja’farga Jobir raziyallohu anhu bunday degan ekanlar: «Yonimga amakivachchang (Hasan ibn Muhammad, Hazrat Alining Fotimadan boshqa xotinlaridan tug‘ilgan bola) keldi. «Jimo’dan so‘ng qanday g‘usl qilinadi?»—deb so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 3 hovuch suv olib, boshlaridan quyar edilar, so‘ng badanlarini yuvar edilar»,— dedim. «Mening sochim ko‘p»,— dedi Hasan. «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sochlari senikidan ham ko‘p edi»,— dedim unga».
Maymuna raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga g‘usl qilmoq uchun suv quydim. Ikki qo‘llarini bo‘g‘inigacha 2-3 marta yuvdilar. Keyin chap qo‘lda suv olib, mustahab qildilar, so‘ng o‘sha qo‘llarini yerga surtdilar-da, yuvib tashladilar. Shundan so‘ng og‘iz va burun chayqadilar, yuzlarini, ikki qo‘llarini tirsagigacha yuvdilar. Keyin badanlariga suv quydilar. So‘ng chetga chiqib oyoqlarini yuvdilar».
Oisha raziyallohu anho bunday deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jimo’dan keyin g‘usl qilsalar, hilob (muattar suyuqlik)ga o‘xshash biror xushbo‘ylik olib kelmoqni buyurar edilar. Uni kaftlariga quyib, avval boshlarining o‘ng qismiga, so‘ng chap qismiga surtar edilar» (bir yo‘la ikki kaftlari bilan ham surtar edilar, deyishadi).
Ibn Abbosga Maymuna raziyallohu anho bunday rivoyat qilgan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga g‘usl uchun suv quyib berdim. Qo‘llarini yuvdilar, keyin olatlarini yuvdilar, so‘ng qo‘llarini yerga ishqab, yuvib tashladilar. So‘ng og‘iz va burun Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 56 chayqadilar, yuzlarini yuvdilar, boshlaridan suv quydilar, keyin chetga chiqib oyoqlarini yuvdilar. Sochiq uzatishgan edi, artinmadilar».
Maymuna raziyallohu anho quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jimo’dan keyin g‘usl qildilar. Avval olatlarini yuvdilar, keyin qo‘llarini devorga ishqab, yuvib tashladilar, so‘ng namozga tahorat olgandek tahorat oldilar. Tahorat qilib bo‘lgach, oyoqlarini yuvdilar».
turib suvga tiqishi mumkinmi?
Ibn Umar va Barro ibn Ozib raziyallohu anhumo , qo‘llarini yuvmasdan turib suvga tiqdilar, keyin tahorat oldilar. Ibn Umar va Ibi Abbos g‘usl qilayotganda badandan tushayotgan suvning qisman toza suvga sachrashining zarari yo‘q, deb hisoblashgan.
Oisha raziyallohu anho bunday deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan men bir idishdan suv olib yuvinar edik, qo‘llarimizni idishga galma-gal tiqar edik».
Oisha raziyallohu anho yana bunday deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jimo’dan so‘ng g‘usl qilsalar, avval qo‘llarini yuvar edilar».
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va men jimo’dan so‘ng bir idishdan suv olib, yuvinar edik»,— deb ham aytganlar.
Abdulloh ibn Abdulloh ibn Jubayr: «Men Anas ibn Molikning «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va xotinlari birgalikda bir idishdan suv olib g‘usl qilishar edi»,— deganini eshitdim. Shunda Muslim: «Jimo’dan so‘ng» degan so‘zni qo‘shib qo‘ydi».
Ibn Umar xususlarida «U kishi tahorat qilganlarida badanlaridagi suv qurib bo‘lgandan keyingina oyoqlarini yuvdilar»,— deb rivoyat qilishadi.
Maymuna raziyallohu anho bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga g‘usl qilish uchun suv quydim. Shunda qo‘llarini 2 yoki 3 marta yuvdilar, keyin o‘ng kaftlariga quyilgan suvni chapiga olib, mustahab qildilar, so‘ng chap qo‘llarini yerga ishqab, yuvib tashladilar. Shundan keyin og‘iz va burun chayqadilar, yuzlarini va qo‘llarini yuvdilar, boshlarini 3 marta yuvdilar, keyin butun badanlariga suv quydilar. Keyin o‘rinlaridan turib, chetga chiqib oyoqlarini yuvdilar».
to‘g‘risida
Maymuna raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni g‘usl qilayotganlarida begona ko‘zdan pana qilib, suv quyib turdim. Bir-ikki marta qo‘llarini yuvdilar» (Sulaymon: «O’shanda uch marta dedilarmi, yo‘qmi, bilmayman», deydi). Keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o‘ng qo‘llariga quyilgan suvni chapiga olib,
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 57 olatlarini yuvdilar. So‘ngra qo‘llarini yerga yoki devorga ishqab, yuvib tashladilar. Shundan keyin og‘iz va burun chayqadilar, yuz-qo‘llarini, boshlarini yuvdilar. Keyin butun badanlariga suv quydilar. Oxiri chetga chiqib, oyoqlarini yuvdilar. Artingani sochiq uzatsam, qo‘llari bilan «kerakmas», deb ishora qildilar, artinmakni xoxlamadilar».
aloqa qilishi yoki (hamma) xotinlarini aylanib chiqqach, bir marta g‘usl qilishi mumkinmi?
Ibrohim ibn Muhammadning otasi Oisha raziyallohu anhoga: «Ibn Umar xushbo‘yliklar sepib ehromga kirmakni yoqtirmas edi»,— dedi. Shunda Oisha raziyallohu anho: «Alloh taolo Abu Abdurrahmon ibn Umarni rahmat qilsin! Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga xushbo‘yliklar separ edim, keyin xotinlarini (jimo’ qilmak uchun) kirib chiqar edilar, chiqqanlaridan so‘ng, xushbo‘y hid anqib turgan holda ehromga kirar edilar»,— deganlar.
Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kechasimi, kunduzimi, bir vaqtning o‘zida hamma xotinlarini aylanib chiqar edilar, vaholanki, ular 11 ta edi»,— debdilar. Shunda Qatoda Anasdan: «Bir vaqtning o‘zida shunchaga kuchlari yetarmidi?» — deb so‘radilar. Anas: «Biz sahobalar, Rasulullohga 30 kishining quvvati berilgan, deb so‘zlab yurar edik»,— dedilar. «Anas bizga, Rasulullohning 9 ta xotinlari bor, deb aytdi»,— deydilar Sa’id (demak 11 xotindan 2tasi cho‘ri bo‘lgan).
joizmi?
Ali raziyallohu anhudan: «Shahvatim ko‘p odam edim, bu haqda Rasulullohdan so‘ra, deb bir kishiga buyurdim. Rasulullohning qizlari menga xotin bo‘lgani uchun o‘zim so‘rayolmadim. Rasululloh: «Oldingni yuvib, tahorat olgin!» — debdilar».
Ibrohim ibn Muhammadning otasi Oisha raziyallohu anhodan bir masala xususida so‘rab, Ibn Umarning «Badanimdan xushbo‘y hid anqib turgan holda ehromga kirmakni yoqtirmayman» degan so‘zlarini eslatdilar. «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga xushbo‘y narsalar surtdim, keyin xotinlarini aylanib chiqdilar, so‘ng ehromga kirdilar»,— dedilar Oisha.
Oisha raziyallohu anhodan: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ehromda ekanliklarida peshonalarining yarqirab turganini ko‘rgandek bo‘lar edim» (ya’ni, badanga surtilgan xushbo‘y yog‘ yaltirab turgan).
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling