Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Boshning qammasiga mash tortmoq
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 40-bob. Oyoqni tovonigacha yuvmoq
- 41-bob. Odamlarning tahorat qilingan suvni ishlatmog‘ining joizligi
- 42-bob. Payg’ambarning tahorat suvi
- 43-bob. Bir hovuch suv bilan og‘iz va burun chayqash
- 44-bob. Boshga bir marta mash tortmoq
- 45-bob. Erkak kishining o‘z xotini bilan bir idishdan tahorat olmog‘ining afzalligi va xotin kishining (uyidan olingan) suv hukmi
- 46-bob. Janob Rasululloh sollallohu alayhi sallam tahorat qilgan suvlarini hushidak ketgan odam ustidan quyganlari
- 47-bob. Tosh yoki yog‘ochdan qilingan idishlardagi suvga tahorat va g‘usl qilmoq
- 48-bob. Tog‘oradan tahorat olmoq
- 49-bob. Bir mud (taxminan bir litr) suv bilam tahorat olmoq
- 50-bob. Mahsiga mash tortmoq
- 51-bob. Mahsini tahoratli oyoqqa kiyganda...
- 52-bob. Qo‘y go‘shti va talqon yegandan keyin tahorat olmaslik xususida Abu Bakr, Umar va Usmon (qo‘y go‘shti va talqon) yedilar va tahorat olmadilar.
- 53-bob. Talqon yegandan keyin og‘iz chayqashlik va tahorat olmaslik xususida
- 54-bob. Sut ichganda og‘iz chayqash lozimmi
- 56-bob. Tahorat ushatmasa ham tahorat olmoq
- 57-bob. Siydigidan saqlanmaslik gunohi azimlardandir!
- 58-bob. Siydikni yuvish to’g’risidagi hadislar.
- 60-bob. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va boshqa kishilarning bir a’robiy (badaviy) masjidda siyib bo‘lgunicha indamay turganlari
- 61-bob. Masjidga siyilgan siydikni yuvib tashlash xususida
- 62-bob. Siydik ustiga suv quymoq
- 64-bob. Tik turib va o‘tirib siymoqniig hukmi
- 65-bob. Hamrohining yonida peshob qilmoq va hamroxi uni pana qilib turmog‘i
- 66-bob. Qavmning axlatxonasiga peshob qilish to‘g‘risida
- 67-bob. Qonni yuvmoq xukmi
- 68-bob. Maniyni yuvmoq va ishqalab tashlamoq, jinsiy aloqa vaqtida xotin kishidan chiqadirgan namni yuvmoq
- 69-bob. Jinsiy aloqadan tekkan namni va boshqa narsalarni yuvsa-yu, dog‘i ketmasa (bo‘laveradi)
39-bob. Boshning qammasiga mash tortmoq
Alloh taolo oyati karimasida: «Boshingizga mash tortingiz!» — degan. Ibn Musayyab aytadilar: «Ayol kishi ham erkak kishi kabi boshining hammasiga mash tortadi». Imom Molikdan: «Boshning bir qismiga mash tortilsa, kifoya qiladimi?»—deb so‘rashdi. Imom Molik kifoya qilmasligiga Abdulloh ibn Zaydning hadisini dalil qilib ko‘rsatdilar.
Amr ibn Yahyoning otasi bunday rivoyat qiladilar: «Bir kishi Abdulloh ibn Zaydga: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qanday tahorat olganlarini ko‘rsatib bera olasizmi?»—dedi. Abdulloh: «Ha, suv keltiringiz»,— dedi. So‘ng qo‘liga suv quyib, 2 marta yuvdi, keyin 3 marta og‘iz va burun chayqadi, 3 marta yuzini yuvdi, 2 marta ikki qo‘lining tirsagigacha yuvdi, keyin boshiga mash tortdi, ikki qo‘lining kaftlarini peshonasidan to ensasigacha yurgizdi. Keyin boshlagan joyigacha qaytarib keldi. Keyin ikki oyog‘ini (oshig‘igacha) yuvdi».
Amr ibn Yahyo rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Zayddan Amr ibn Abu Hasan Rasulullohning qanday tahorat olishlari to‘g‘risida so‘radi. U: «Idishda suv keltiringiz!»— dedi. So‘ng idishdan qo‘liga suv quyib, 3 marta yuvdi, keyin idishga qo‘lini tiqib suv oldi- da, 3 marta og‘iz va burun chayqadi, 3 marta yuzini yuvdi, ikki marta ikki qo‘lini tirsagigacha yuvdi. Keyin suv olib, mash tortdi, qo‘lini peshonasidan ensasigacha, ensasidan peshonasigacha bir marta yurgizdi».
Jarir ibn Abdulloh misvok (tish tozalagich) bilan og‘iz tozalaganlaridan keyin qolgan suvni oilalariga (tabarruk qilib berganlaridan keyin): «Tahoratga ishlatingiz!» — deb buyurdilar.
Hakim ibn Utaybaga Abu Juhayfa rivoyati: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizning oldimizga kun qizigan vaqtda chiqdilar, tahorat suvi keltirildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tahorat oldilar. Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 44 tahoratlaridan tushayotgan suvni tabarruk qilib badanlariga surta boshladilar. Rasululloh hassalarini qibla tomonga sanchib qo‘yib, ikki rak’at (qasr, ya’ni qisqa qilib) peshin va ikki rak’at (bu ham qasr) asr namozi o‘qidilar».
Abu Muso Ash’ariy bunday deydilar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam idishda suv olib kelmoqni buyurdilar, so‘ng yuz-qo‘llarini o‘sha suvga yuvdilar va og‘izlariga bir ho‘plam suv olib, idishdagi suvga purkadilar (tabarruk qilib berdilar), keyin Bilol va Abu Musoga: «Shu suvni ichingiz, u bilan yuzingiz va ko‘kraklaringizni yuvingiz!»—dedilar».
Mahmud ibn ar-Rabi’ (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yoshligida yuziga suv purkagan yigit) bunday rivoyat qiladi (uning rivoyatini Misvar va Marvon ibn Hakam ham tasdiqlaydilar): «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tahorat olsalar, odamlar badanlaridan tushayotgan suvni olmoqqa talashib, urishib ketay derdilar».
Soib ibn Yazid rivoyat qiladilar: «Xolam meni Rasululloh huzurlariga olib borib: «Yo Rasulalloh, singlimning o‘g‘lining oyog‘i og‘rib qoldi»,— dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam boshimni siladilar va meni «baraka topg‘il» deb duo qildilar, keyin tahorat oldilar. Tahoratdan tushgan suvdan ichdim, keyin Rasulullohning orqa tomonlariga o‘tib turdim, shunda ikki kuraklari o‘rtasida olmadek keladigan Payg‘ambarlik muhrini ko‘rdim».
Amr ibn Yahyoning otasi bunday rivoyat qiladi: «Abdulloh ibn Zayd idishdan qo‘liga suv quyib, qo‘lini yuvdi, keyin bir hovuch suv bilan og‘iz ham burun chayqadi, shu ishni 3 marta qildi, so‘ng yuzini va ikki qo‘lini tirsagi bylan qo‘shib 2 marta yuvdi. Boshiga mash tortdi. Oyog‘ini tovoni bilan qo‘shib yuvdi, keyin: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday tahorat olar edilar»,— dedi».
Amr ibn Hasan rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qanday tahorat qilishlarini Abdulloh ibn Zayddan so‘radim. Shunda u: «Idishda suv keltiringiz!»—dedi. So‘ng tahorat qila boshladi. Idishni qiyshaytirib, qo‘liga suv quyib, 3 marta yuvdi, keyin qo‘lini idishga tiqib, suv olib, burun chayqadi (3 hovuch suv bilan), so‘ng suv olib, 3 marta yuzini yuvdi, keyin suv olib, ikki qo‘lini tirsagi bilan qo‘shib 2 marta yuvdi, boshiga mash tortdi (peshonasidan ensasigacha, ensasidan peshonasigacha qo‘lini yurgizdi), Keyin idishga qo‘lini tiqib suv olib, ikki oyog‘ini yuvdi». Vuhayb: «O’shanda boshga bir marta mash tortdilar»,— deb aytgan.
afzalligi va xotin kishining (uyidan olingan) suv hukmi
Umar ibn Xattob isitilgan suvga va nasroniy ayol uyidan olingan suvga tahorat qildilar. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 45 Abdulloh ibn Umardan: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning zamonlarida xotinlar bilan erkaklar (galma-galdan) bir idishdan tahorat olar edilar»,— deydilar.
hushidak ketgan odam ustidan quyganlari
Muhammad ibn al-Munqadirga Jobir bunday degan ekan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, betob bo‘lib o‘zimni bilmay yotganimda, meni ko‘rgani kelib, tahorat oldilar va tahorat suvini ustimdan quydilar. O’zimga keldim. Keyin: «Yo Rasulalloh, uzoq qarindoshlarimdan boshqa merosxo‘rim yo‘qdir, merosimni kimga qoldiraman?»—dedim. Shunda meros oyati (faroiz oyati) nozil bo‘ldi».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Namoz (asr) vaqti bo‘ldi. Hovlisi yaqinlar tahorat olgani turdilar, qolgan kishilar Janob Rasululloh huzurlarida qoldilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bir tosh idishda suv keltirdilar. Idishning kichikligidan unga qo‘l sig‘masdi, qavmning hammasi shu idishdan tahorat oldi». Abdulloh ibn Munir «Necha kishi edingiz?» deb Anasdan so‘raganida, sakson nafardan ortiq, deb aytgan.
Abu Muso raziyallohu anhudan: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam suv keltirishni buyurdilar, so‘ng qo‘llari va yuzlarini yuvib, og‘iz chayqadilar».
Abdulloh ibn Zayddan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam biznikiga keldilar. Idishda suv olib chiqdik. Tahorat oldilar. Yuzlarini 3 marta, qo‘llarini 2 marta yuvdilar, ikki kaftlarini peshonalaridan ensalari tomon va ensalaridan peshonalari tomon bir marta yurgizib, mash tortdilar, keyin oyoqlarini yuvdilar».
Oisha onamiz aytdilar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dardlari og‘irlashganda, to tuzalgunlaricha mening uyimda yotajaklari to‘g‘risida boshqa xotinlaridan ijozat so‘radilar, xotinlar ijozat berishdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ibn Abbos bilan yana bir kishi yordamida oyoqlarini arang bosib, mening uyimga chiqdilar». Ubaydulloh bunday dedi: «Bu xususda Abdulloh ibn Abbosga aytuvdim, u: «O’sha ikki kishidan birining kim ekanligini bilasanmi?» — dedi. Men: «Yo‘q», — dedim. U: «Ali raziyallohu anhu edilar»,— dedi. Oisha onamiz bunday der edilar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mening uyimga kirganlaridan keyin kasalliklari yanada yanada og‘irlashdi. Shunda: «Ustimdan 7 ta qopqoqliq idishda suv quyingiz, shoyadki, odamlar oldiga chiqib vasiyat qilsam!» dedilar. Xotinlari Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Hafsaning mis tog‘orasiga o‘tqazdilar. Keyin, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam «bo‘ldi» deb ishora qilmagunlaricha ustilaridan suv quya boshladik. Keyin, «bajardingiz» deb odamlar oldiga chiqdilar».
Amr ibn Yahyo bunday rivoyat qiladilar: «Amakim ko‘p tahorat olar edilar. Bir kuni Abdulloh ibn Zayddan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tahorat olayotganlarini ko‘rganmisiz?» — deb so‘radilar. Abdulloh ibn Zayd suv keltirmoqlarini buyurdilar. Tog‘orada suv keltirishdi. Keyin ikki qo‘llariga suv quyib, 3 marta yuvdilar, 3
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 46 marta bir hovuchdan suv olib, og‘iz va burunlarini chayqadilar, 3 marta yuzlarini yuvdilar, 2 marta qo‘llarini tirsaklari bilan qo‘shib yuvdilar, keyin suv olib, boshga mash tortdilar, oyoqlarini yuvdilar. So‘ng: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday tahorat qilganlarini ko‘rganman»,— dedilar».
Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam suv keltirmoqni buyurdilar. Idishda ozroq suv keltirildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam idishning og‘ziga panjalarini qo‘ydilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning panjalari orasidan sizib tushayotgan suvga taxminan 70 yoki 80 nafar odam tahorat oldi».
Ibn Jabrga Anas bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam g‘uslga bir so’dan (taxminan 4 litrdan) 5 mudgacha (taxminan 5 litrgacha) suv ishlatar edilar, 1 mud suv bilan tahorat olar edilar».
Sa’d ibn Abu Vaqqos: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mahsilariga mash tortadilar»,— dedi. Abdulloh ibn Umar otasidan: «Shu to‘g‘rimi?»—deb so‘radi. «Ha, to‘g‘ri, agar Sa’d senga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xususlarida biror narga so‘zlasa, bu to‘g‘rida boshqalardan so‘ramagin!»
Urva ibn al-Mug‘ira rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (qazoi hojatga) tashqariga chiqdilar. Otam Mug‘ira ibn Shuba obdastada suv olib, u kishiga ergashdilar, Janob Rasululloh hojatlaridan bo‘shagach, suv quyib berdilar. Rasululloh tahorat olib, mahsilariga mash tordilar».
Ja’far ibn Amr: «Otam Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning mahsiga mash tortganlarini ko‘rganlar»,— deb rivoyat qiladilar.
Ja’far ibn Amr yana bunday deganlar: «Otam Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sallalariga va mahsilariga mash tortganlarini ko‘rgan ekanlar».
Urva ibn al-Mug‘iraning otalari bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga safarda edim. Mahsilarini yechmoqqa qo‘l cho‘zdim, shunda: «Qo‘yaver, men mahsini tahoratli oyoqqa kiyganman»,— dedilar, so‘ng mahsilariga mash tortdilar».
Abu Bakr, Umar va Usmon (qo‘y go‘shti va talqon) yedilar va tahorat olmadilar.
Abdulloh ibn Abbos aytdilar:«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo‘yning qo‘lini yedilar, keyin tahorat olmay, namoz o‘qidilar».
Ja’far ibn Amr: «Otam Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qo‘yning qo‘lidan kesib Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 47 yeganlarini, namozga chaqirilgach esa, pichoqni qo‘yib, tahorat olmay namoz o‘qiganlarini ko‘rganlar»,— deganlar.
Bashir ibn Yasorga Suvayt ibn Nu’mon bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga safarga chiqdim. Xaybar jangi ketayotgan yil edi. Sahbo’ (Xaybarga yaqin joy) degan yerga borganimizda Rasululloh asr o‘qidilar. Keyin ovqat keltirmoqni buyurdilar. Ovqatga talqon keltirildi, uni ho‘llashni buyurdilar, ho‘llashgach, yedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga biz ham yedik. Keyin shomga hozirlik ko‘ra boshladilar. Og‘iz chayqadilar, biz ham og‘iz chayqadik. Keyin tahorat olmay, namoz o‘qidilar».
Maymuna raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mening yonimda o‘tirib qo‘yning qo‘lini yedilar. Keyin tahorat olmay, namoz o‘qidilar»,— deganlar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sut ichdilar. So‘ng, «sutda yog‘ bor» deb, og‘iz chayqadilar»,—deganlar.
mizg‘isa lozim emas», — deb hisoblovchilar xususida
Oisha onamiz aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:«Agar namoz o‘qiyotgan holda birortangiz uyqusirasangiz, to uyqusirash bosilguncha yonboshlangiz, chunki birortangiz uyqusirab namoz o‘qisangiz, istig‘for aytaman deb, o‘zingizni so‘kib qo‘ymog‘ingiz mumkindir» deganlar».
Anas raziyallohu anhu aytganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki namozda uyqusirasa, nima deb o‘qiyotganini o‘zi biladigan bo‘lguncha, yotib uxlasin!» deganlar».
Amr ibn Omir bunday deganlar:”Rasululloh salolohu alayhi vasallam har bir namozga alohida tahorat qilur edilar”,- dedi Anas. Men:”Sizlarchi?”-dedim, “Agar tahoratimiz sinmagan bo’lsa, bir tahorat bilan hamma namozni o’qiyverardik”m-dedi Anas”. Suvayt ibn an-Nu’mon bunday deganlar:” Rasululloh salolohu alayhi vasallam bilan birga Xaybar jangi yo’lida safarga chiqdik. Sahbo’ degan joydga borganimizda, Rasululloh salolohu alayhi vasallam imomatga o’tib , asr o’qidilar, so’ng ovqat buyurdilar, ovqatga faqat talqon keltirildi, yedik , ichdik. Keyin Rasululloh salolohu alayhi vasallam shom o’qimoq uchun og’iz chayqadilar. Tahorat olmay, imomatga o’tib , shom namozini o’qidilar
Ibn Abbos raziallohu anhu bunday deganlar:” Rasululloh salolohu alayhi vasallam Madina(yoki Makka) qo’rg’onlaridan birining yonidan o’tayotib, ikkita qabrda yotgan Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 48 insonning azobidan qilayotgan dod-faryodini eshitib qoldilar. Rasululloh salolohu alayhi vasallam:”Ikkovi ham azoblanayotir, lekin ikkovlon ham katta gunoh sababidan azoblanayotgano yo’qdir”,-dedilar, keyin “Ha, albatta(ya’ni, siydikdan ehtiyot bo’lmaslik ham katta gunohdir), bittasi siydogidan saqlanmas erdi, ikkinchisi ersa, chaqimchlik qilur erdi”,-deb qo’shib qo’ydilar”.So’ng,xurmo cho’pidan keltirmoqni buyurdilar. Cho’pni sindirib, har bir qabrga bittadan sanchib qo’ydilar. Shunda :”Yo Rasululloh, nechun bunday qildingiz?”-dedilar. Shunda Rasulloh :”Shoyadki, shi cho’paklar quriguncha, alarming azobi yengillashg’ay”,-deb javob qildilar”.
Rasululloh salolohu alayhi vasallam :”Qabrda yotgan kishi siydigidan saqlanmas erdi”,- dedilar. Odam siydigidan boshqasi haqida xech narsa demadilar. Anas ibn Molik:” Rasululloh salolohu alayhi vasallam qazoi hojatga borsalar, ortlaridan suv olib borur erdim, yuvar erdilar”,-deb aytganlar.
Ibn Abbos raziallohu anhu bunday deganlar:” Rasululloh salolohu alayhi vasallam ikki qabrning yonidan o’tdilar, shunda :”Ikkovlari ham azoblanmoqda, katta gunohdam azoblanayotgani yo’qdir. Lekin bittasi siydikdan saqlanmas erdi, ikkinchi ersa, chaqimchilik qilib, gap tashib yurur erdi”,-dedilar. Keyin, xurmoning ho’l novdasini olib, ikkiga bo’ldilar-da, har bir qabrga bittadan sanchib qo’ydilar. “Yo Rasululloh , nechun bunday qildingiz?”-deb so’rashdi. “Shoyadki, shu cho’paklar quriguncha alarming azobi yengillashg’ay”,-deb javob qildilar. “Mujohiddan ham shunga o’xshash hadis eshitgandirmen”,-degan ekanlar Vaki’”.
(badaviy) masjidda siyib bo‘lgunicha indamay turganlari
Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjidda siyayotgan bir a’robiyni (badaviyni) ko‘rib: «Qo‘yingizlar, bo‘lgunicha indamangizlar! » — dedilar. Keyin, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam suv keltirmoqni buyurdilar. Siydikni yuvib tashlashdi».
Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «A’robiy o‘rnidan turib, masjidga siydi, odamlar unga tanbeh berishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qo‘yinglar, indamangizlar, siydigi ustidan bir paqir suv quyingizlar! » — dedilar-da, «Darhaqiqat, sizlar osonlashtiruvchi qilib yuborilgansizlar, qiyinlashtiruvchi qilib yuborilmagansizlar»,— deb qo‘shib qo‘ydilar».
Anas ibn Molik raziyallohu anhudan: «A’robiy kelib masjidning chekkasiga siydi. Odamlar unga: «Nima qilyapsan?» — deb hayqirishdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularga: «Qo‘yinglar!»—dedilar. A’robiy bo‘shagandan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir paqir suv keltirib, siyilgan joyni yuvib tashlamoqni buyurdilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 49
63-bob. Yosh bolalarning siydigi to‘grisida
Oisha Umm ul-Mu’minin raziyallohu anho dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bir emizikli bolani keltirdilar. Bola Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kiyimlariga siyib qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam suv keltirib, siydik tekkan joyga quydilar.
Ummu Qays binti Muhsin emizikli o‘g‘ilchasini Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qo‘llariga berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bolani qo‘ynilariga o‘tqazdilar. Bola Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kiyimlariga siyib qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam suv oldirib keltirib, siydik tekkan joyga quydilar, yuvmadilar (qiz bola bo‘lsa, yuvmoq lozimdir)».
Huzayfa raziyallohu anhu bunday rivoyat qilganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir qavmning chiqindilar (axlat) tashlaydigan joyiga kelganlarida tik turib peshob qildilar (o‘tirishga joy topilmagan chog‘da joizdir). Keyin: «Suv keltirgin!» — dedilar. Suv olib keldim, tahorat oldilar».
Huzayfa raziyallohu anhu bunday deganlar: «Esimda, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga aylanib yurganimizda bir qavmning devor orqasida joylashgan axlatxonasi oldiga kelib qoldik. Rasululloh, har biringiz tik turib peshob qilganingizdek tik turib peshob qildilar. Men shunda u kishidan chetlangan edim, menga ishora qildilar, men u kishini bo‘shagunlaricha pana qilib turdim».
Abu Muso al-Ash’ariy: «Siydikdan o‘zingizni ehtiyot qilingiz! » —deb qattiq tayinlab, «Baniy Isroil qavmlaridan birontasining kiyimiga siydik tegsa, o‘sha joyni kesib tashlar edi»,— dedilar. Shunda Huzayfa (shoyad, Abu Muso bu to‘g‘rida hadeb so‘zlamoqdan to‘xtasa, degan maqsadda): «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir qavmning axlatxonasiga tik turib peshob qilganlar-ku?!» —dedilar».
Asmo binti Abu Bakrdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga bir xotin kelib: «Birontamiz hayz ko‘rsa, qon teggan kiyimimizni nima qiladi?» — deb so‘radi. Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Ishqalab tashlaydi, keyin suv bilan mijib yuvib, ustidan suv quyadi, so‘ng kiyib namoz o‘qiyveradi»,— dedilar».
Oisha onamiz dedilar: «Fotima binti Abu Hubaysh Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xuzurlariga kelib so‘radi: «Yo Rasulalloh, men istihoza ko‘radigan xotinman (qon to‘xtamaydi), tozalanmasman, namozni tark etgaymanmi?» Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Yo‘q, u tomirdan keladigan qondir, hayz emas, agar hayz kelsa, namozni
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 50 tark etgin, hayz tugashi bilan g‘usl qilib, keyin namoz o‘qigin!»—dedilar». (To hayz vaqti kelguncha har bir namoz uchun alohida tahorat olmoq lozim)».
kishidan chiqadirgan namni yuvmoq
Oisha onamiz bunday deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kiyimlariga jinsiy aloqa vaqtida tegib qolgan namni yuvar edim, kiyimlari namligicha (boshqa kiyimning yo‘qligidan) namozga chiqib ketar edilar».
Sulaymon ibn Yasordan: «Oisha onamizdan kiyimga tegib qolgan maniy hukmi to‘g‘risida so‘radim. «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kiyimlariga tekkan namni yuvar edim, u kishi kiyimlarining namligicha namozga chiqar edilar»,— dedilar».
Amr ibn Maymuna bunday dedilar: «Men Sulaymon ibn Yasordan: «Jinsiy aloqada maniy tekkan joyni nima qilish kerak? » — deb so‘radim. «Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kiyimlariga tekkan namni yuvar edim, kiyimlari qurib ulgurmay namozga chiqar edilar,— deganlar»,— deb aytdilar».
Sulaymon ibn Yasor: «Oisha raziyallohu anho Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kiyimlaridagi maniyni yuvar edi. Men u kishining kiyimlaridagi dog‘larni ko‘rganman»,— dedilar.
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling