Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Tunda ilmdan suhbatlashish
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 43-bob. Ilmni (xadisni) yod olish
- 44-bob. Ulamolarga jim turib quloq solishning ma’qulligi
- 45-bob. «Odamlarning eng olimi qaysi»,— deb so‘ralganda, «Olim kishini Alloh bilgaydir»,— deb javob qilishning ma’qulligi
- 46-bob. O’tirgan olimdan tik turgan holda masala so‘rashning mumkinligi
- 47-bob. Ramy ul-Jummorda (shaytonga tosh otadigan joyda) savol va fatvo so‘rash
- 48-bob. Alloh taoloning «Sizlarga juda ham oz ilm berildi» (Isro:85) degan oyati karimasi xususida
- 49-bob. Ba’zilar noto‘g‘ri tushunmasin, deb o‘zi ixtiyor qilgan narsalardan voz kechish
- 50-bob. Tushunishni istamagan qavm o‘rniga tushunadigan qavmga ilm o‘rgatish xaqida
- 51-bob. Ilm o‘rganishdan uyalmoq
- 52-bob. So‘rashdan o‘zi uyalsa, birov orqali so‘rashning joizligi to‘g‘risida
- 54-bob. Masala so‘ragan odamga so‘raganidan ko‘proq javob qaytarishning joizligi
- TAHORAT KITOBI
- 2-bob. Namoz tahoratsiz qabul qilinmagay.
- 3-bob. Tahorat fazilati va (qiyomat kunida) tahorat tasiridan yuvilgan azolarning yarqirashi(al-gurr ul-muhajjalun)
- 4-bob. Tahorati singanini abiq bilmaguncha qayta tahorat olmaslik haqida
- 5-bob. Tahorat olishni osonlashtirish togrisida.
- 6-bob. Tahoratni mukammal olmoq
- 7-bob. Bir hovuch suv bilan ikki qo‘llab yuz yuvmoq
- 8-bob. Har qanday holatda va jimo’ (jinsiy aloqa) oldida ham bismilloh aytmoqning sunnatligi
- 9-bob. Hojatxonaga kirayotganda nima deyiladi
42-bob. Tunda ilmdan suhbatlashish
Abdulloh ibn Umardan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotlarida so‘nggi marta biz bilan xufton namozini o‘qidilar. Ikki taraflariga salom berganlaridan so‘ng, o‘rinlaridan turib: «Bilasizmi, bu kechani? Shu kechadan boshlab to‘liq 100 yil o‘tgach, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 29 yer yuzida (hozir tirik) kishilardan birontasi qolmaydi»,— dedilar». Ibn Abbosdan: «Rasulullohning jufti halollari bo‘lmish xolam Maymunaning uylarida yotib qoldim. Rasululloh sollallohu alayx va sallamning ham xolamnikida bo‘ladigan kechalari ekan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz bilan xuftonni o‘qib bo‘lgach, uylariga kirib, to‘rt rak’at namoz o‘qidilar, keyin uyquga yotdilar, keyin turib: «Bola uxlab qoldimi?»—dedilar yoki shunga o‘xshash bir so‘z aytdilar. Keyin namoz o‘qishga turdilar, men chap yonlariga kelib turdim. Meni o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar. Avval 5 rak’at, keyin 2 rak’at namoz o‘qidilar, keyin mizg‘idilar, hatto men pishillaganlarini eshitdim. Keyin turib namozga chiqib ketdilar».
Al-A’raj bu xususda bunday deydilar: «Abu Hurayra hadisni ko‘p aytadi», deyishadi. «Agar Allohning Kitobi (Qur’on)da ikki oyat bo‘lmaganda edi, bitta ham hadis aytmas edim»,— degan edilar Abu Hurayra, keyin oyatning «Biz nozil qilgan yo‘l-yo‘riqlar va hidoyatni yashirganlar»... degan joyidan to «ar-Rahim» degan so‘zigacha o‘qigandilar (mazkur oyatda ilmni berkitgan odamlarni Alloh taolo mazammat qiladi — qoralaydi). Muhojir birodarlarimiz bozorlarda bor-baraka qilish bilan ovora edi, ansoriy birodarlarimiz esa, o‘z xo‘jaliklaridagi ishlar bilan band edi. Abu Hurayra esa Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ortlaridan qolmas edi. Qornini bir to‘yg‘azib olib, ular (muhojirlar, ansoriylar) hozir bo‘lmagan joylarda Abu Hurayra hozir bo‘lar edi. Ular yodlamagan narsalarni (hadislarni) Abu Hurayra yodlar edi».
Abu Hurayra bunday deganlar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh, men sizdan ko‘p hadis tinglayman-u, ammo unutib qo‘yaman»,— dedim. Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam muborak qo‘llari bilan (suv hovuchlagandek) Allohning fayzu barakotidan (choponimga) hovuchlab soldilar, keyin: «Bag‘ringga bos!»— dedilar. Men bag‘rimga bosdim, shundan keyin hech narsani (hadisni) esimdan chiqarmaydigan bo‘ldim».
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan «ikki idish» (narsa) yod oldim, bittasini sochdim (odamlarga aytdim), ammo ikkinchisini agar sochadigan bo‘lsam (aytsam), mana bu halqum kesiladi»,— dedilar (birinchisi hadislar edi, ikkinchisi esa, kelajakda bo‘ladigan fitnalar to‘g‘risidagi xabarlar edi).
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Haj-jat ul-Vido’da turganlarida Jarir ibn Abdullohga: «Odamlarni jim qilg‘il, tinglasinlar!»— dedilar. So‘ngra: «Mendan keyin bir- biringizni o‘ldiradigan kofirlar bo‘lib ketmangiz!»—deb qo‘shib qo‘ydilar.
Sa’id ibn Jubayr Abdulloh ibn Abbosga: «Navfal Bakoliy: «(Xizr bilan uchrashgan) Muso — Baniy Isroil payg‘ambari emas, balki boshqa Muso bo‘lgan, deb da’vo qilayotir»,— deganda, Abdulloh ibn Abbos: «Yolg‘on aytibdi, u Allohning dushmani ekan»,— dedilar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 30 Ubay ibn Ka’b Rasululloh xususlarida bunday rivoyat qilganlar: «Muso alayhissalom Baniy Isroil qavmiga va’z aytib turgan edilar, «Odamlarning eng olimi kim?»—deb so‘rashdi. Muso alayhissalom: «Men hammadan olimroqman»,— dedilar. «Alloh biladi»,—demaganlari uchun Alloh taolo u kishiga tanbeh berib, «Ikki dengizning bir- biriga qo‘shiladigan yerida bir bandam bor, u sendan olimroqdir»,—degan vahiy yubordi. «Yo rabbiy, qanday qilib u kishi bilan uchrashaman»,— dedilar. «Bir savatga baliq solib ol, so‘ng o‘sha tomonga qarab yur, agar baliqni yo‘qotsang, Xizr o‘sha yerda bo‘ladi»,— deyildi. Muso alayhissalom Yusha’ degan g‘ulomlari bilan savatga baliq solib olib, yo‘lga chiqdilar. Katta qoyatosh oldiga borganlarida, savatni qo‘yib, uyquga ketdilar. Baliq savatdan chiqib, dengizga tushib, suzib ketdi. Muso alayhissalomning g‘ulomlari taajjubda qoldi (chunki o‘sha baliq o‘lik edi). Kechaning qolgan qismida va kun bo‘yi yo‘l yurdilar. Ertasiga tong otgach, Muso alayhissalom yigitga: «Nonushtani keltirg‘il, bu safarimizda mashaqqat tortdik»,—dedilar. Muso alayhissalom tayinlangan joyga yetib borgunga qadar boshqa mashaqqat chekmadilar. Yigit dedi: «Ko‘rdingizmi, qoyatosh oldida dam olganimizda baliqni yodimdan chiqaribman (yo‘qolibdi)». «Biz istagan narsa ham xuddi shu edi»,— dedilar Muso alayhissalom va g‘ulomlari orqaga, qoyatosh tomonga yo‘l olishdi. U yerga yetib kelishganda, kiyimini yopinib yotgan kishini ko‘rdilar. Muso alayhissalom salom berdilar. Xizr: «Salom bermog‘ingning o‘rni emas»,— dedilar. Muso dedilar: «Men Musoman». Xizr dedilar: «Baniy Isroil Musosimi?» «Ha, Alloh bildirgan ilmingizdan menga o‘rgatmog‘ingiz uchun sizga ergashsam maylimi?»—dedilar Muso. «Menga ergashmoqqa sabringiz chidamaydi, ey Muso»—dedilar Xizr. «Alloh taolo sizga bir ilm o‘rgatganki, uni men bilmasman. Menga bir ilm o‘rgatganki, uni siz bilmassiz. Inshoalloh, men sabrli bo‘lgayman, ko‘rasiz, sizga osiylik qilmasman»,— dedilar Muso alayhissalom. So‘ng daryo sohili bo‘ylab yurib ketishdi. Kemalari yo‘q edi, bir kema o‘tdi, kemadagilardan (o‘zlarini) olib ketishni so‘radilar. Ular Xizrni tanib, haq olmasdan olib ketdilar. Kema chetiga bir chumchuq kelib qo‘ndi, bir-ikki cho‘qib, suv ichdi. Xizr Musoga dedilar: «Sen bilan men bilgan ilm chumchuq dengizdagi suvni cho‘qilab ozaytirolmagani kabi, Alloh ilmini ham hech kamaytirolmagay». Xizr kema taxtasidan biriga tiralib, sindirib qo‘ydilar. Shunda Muso dedilar: «Haq olmasdan bizlarni olib ketayotganlarning kemasini teshib, odamlarni g‘arq qilmoqchimisiz?» Xizr dedilar: «Aytmadimmi, sabr qilmassiz». Bu Muso alayhissalomning (Xizr so‘zlarini) birinchi bor unutishlari edi. So‘ng jo‘nab ketishdi. Bir joyda Xizr o‘ynab turgan bolalardan birining boshini qo‘llari bilan uzib tashladilar. Muso dedilar: «Begunoh odamni nahaq o‘ldirdingiz». Xizr dedilar: «Aytmadimmi sizga, men bilan yurmoqqa sabr qilolmassiz deb!» Abu Sufyon: «Xizr shunday deb ta’kidladilar, keyin jo‘nab ketishdi»,— deydi. Bir qishloq ahli mehmon qilmoqdan bosh tortdi. Qishloqda ular yiqilayozgan bir devorni ko‘rdilar. Xizr «tuzatib qo‘yaman» degan ma’noda qo‘llari bilan ishora qildilar. Devorni to‘g‘irlab qo‘ydilar. Muso dedilar: «Agar xohlasangiz, shunga haq olingiz» Xizr dedilar: «Mana bu (so‘zingiz) siz bilan mening ajralmog‘imizga sababdir».
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Alloh taolo Musoni rahmat qilsin! Juda ham yaxshi ko‘rar edik u kishini, agar sabr qilganda (juda ajoyib narsalarni ko‘rar edi), ikkalalari o‘rtasida bo‘lgan ishlarni bizga hikoya qilib berishar edi»,— deb aytdilar».
Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhudan: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib, dedi: «Yo Rasulalloh, qaysi jang Alloh yo‘lida qilingan jang hisoblanadi? Bittamiz g‘azabdan urushamiz, bittamiz qarindoshlarimizni himoya qilib Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 31 urushamiz». Janob Rasululloh so‘rovchiga boshlarini ko‘tarib qaradilar. So‘rovchi tik turganligi uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam boshlarini ko‘tarib dedilar: «Kimki Allohning so‘zini yuqori (ustun) bo‘lsin deb jang qilsa, u jang Alloh yo‘lida qilingan jangdir!»
so‘rash
Abdulloh ibn Amrdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni Jamrat ul-aqabada (shaytonga tosh otadigan yerda) ko‘rdim, bir kishi: «Yo Rasulalloh tosh otmasimdan avval qurbonlik qilib qo‘yibman? — deb so‘rayotgan edi. «Otaver, zarari yo‘q»,— dedilar. Boshqasi dedi: «Yo Rasulalloh, qurbonlik so‘ymasdan avval sochimni oldirib qo‘yibman?» «So‘yaver, zarari yo‘q»,— dedilar. Avval yo keyin qilingan haj amallaridan nimaiki so‘ralsa, «Qilaver, zarari yo‘q»,— deb javob berdilar».
oyati karimasi xususida
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan Madinaning xarobaroq yerida ketayotgan edik. Rasululloh qo‘llarida xurmo yog‘ochidan qilingan xassa tutib olgan edilar. Bir to‘da yahudiylar yonidan o‘tayotganimizda ulardan ayrimlari: «U kishidan ruh to‘g‘risida so‘ranglar»,— deb aytishdi. Ba’zilari esa: «So‘ramanglar, sizlar inkor qilgan narsa haqida javob aytmaydi»,— deyishdi. Yana ba’zilar: «Albatta so‘raymiz»,— deyishdi. Shulardan biri turib: «Yo Abulqosim, ruh nima?» —dedi. Janob Rasululloh jim qoldilar. Men o‘zimcha: «U kishiga vahiy nozil bo‘layapti»,— dedim. Rasulullohni yahudiylardan pana qilib (o‘rtada) turdim. O’zlariga kelgach: «Sendan ruh to‘g‘risida so‘rashmoqdalar, ruh rabbimning ishi (o‘zi biladi), bu to‘g‘rida (odamlarga) juda oz bilim berilgan, deb ayt!»,— dedilar.
Al-A’mash: «Bizdagi (nusxada) shunday o‘qiladi»,— degan. 49-bob. Ba’zilar noto‘g‘ri tushunmasin, deb o‘zi ixtiyor qilgan narsalardan voz kechish
Asvad an-Nahildan: «Abdulloh ibn Zubayr menga: «Oisha onamiz senga ko‘p sir aytadilar, Ka’ba to‘g‘risida senga qanday hadis aytdilar?» — dedi. Men unga Oisha onamiz bunday deganlar, dedim: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey Oisha, agar qavm kufrdan yangi chiqqan (endigina musulmon) bo‘lmaganda edi, Ka’bani teshib, eshigini ikkita qilar edim. Biridan kirib, ikkinchisidan chiqadigan qilar edim».
Keyinchalik Abdulloh ibn Zubayr Rasulullohning niyatlarini amalga oshirgan (bu Ka’baning 4-ta’miri edi. 5- ta’mir Hajjoj davrida bo‘lgan).
o‘rgatish xaqida
Hazrat Ali raziyallohu anhu: «Odamlarga aqli yetadigan narsani gapiringiz. Alloh va uning Rasulini yolg‘onga chiqarishlarini istarmisiz?»—degan ekanlar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 32 Anas ibn Molikdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Muoz ibn Jabalni ulovlariga mingashtirib ketayotganlarida bunday dedilar: «Ey Muoz!» «Labbayka, yo rasulalloh va sa’dayka (men shu yerdaman, xizmatingizga tayyorman)»,— debdi Muoz. «Ey Muoz!» — dedilar yana. «Labbayka yo rasulalloh va sa’dayka»,— deb javob beribdi Muoz. (Shu gapni uch bor qaytarganlaridan ) keyin, «Ashhadu alla iloha illallohu vashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu» ni chin qalbdan aytgan, odamgagina Alloh taolo do‘zax o‘tini harom qilg‘ay», dedilar. Muoz dedi: «Yo Rasulalloh, umidvor bo‘lsinlar, deb odamlarga buni xabar qilaymi?» Rasululloh: «Agar umidvor bo‘lsalar...»,— deb gaplarini oxirigacha aytmadilar. Muoz bu gapni o‘limi oldidan (hadisni yashirib gunohkor bo‘lib qolishdan qo‘rqib) to‘la-to‘kis aytib bergan.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Muozga: «Kimki Alloh taologa shirk keltirmay ro‘baro‘ bo‘lsa, jannatga kirgay»,— degan ekanlar. Shunda Muoz: «Odamlarga bu . xushxabarni aytaymi?» — degan edi, «Yo‘q, qattiq umid bog‘lashlaridan qo‘rqaman»,— dedilar Rasululloh (ya’ni, odamlar: «Allohga shirk keltirmasak bas, jannatga kirar ekanmiz»,— deb noto‘g‘ri o‘ylamasinlar»,— degan ma’noda bo‘lsa kerak).
Mujohid aytganlar: «Uyalgan kishi ilm. ololmaydi. Uyalgan kishi va mutakabbir kishi ilm ololmaydi».
Oisha onamiz aytganlar: «Ayollarning yaxshisi ansoriya ayollar. Dinni teran o‘rganmoqlari uchun ularga hayo mone’lik qilmadi».
Ummu Salama bunday deydi: «Ummu Sulaym Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Alloh taolo haqiqatni aytmoqdan uyalmaydi (shuningdek, men ham uyalmasman). Ayol kishi agar ihtilom bo‘lib (bulg‘anib) qolsa, g‘usl vojib bo‘ladimi?»—deb so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar nam (maniy) chiqqanini ko‘rsa»,— dedilar. Ayol yuzini (uyalib) berkitdi-da: «Yo Rasulalloh, ayol kishi ham ihtilom bo‘ladimi?»—dedi. Rasululloh: «Xa, bo‘ladi (ayolda ham maniy bor), nechun bola onasiga o‘xshaydi!» — dedilar».
Abdulloh ibn Umardan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Daraxtlar orasida bir daraxt bordir, bargini tashlamaydi, u musulmonga o‘xshaydi, aytingiz-chi, bu qaysi daraxt?» —dedilar. Odamlar qishloqlaridagi bor daraxtlarni sanab chiqdilar. Mening ko‘nglimdan «xurmo daraxti» degan fikr o‘tdi. Lekin (aytishga) uyaldim. Odamlar: «Yo Rasulalloh, o‘zingiz aytib bering!»—dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «U xurmo daraxtidir»,— dedilar. Men ko‘nglimga kelgan boyagi fikrni otam Umarga aytdim. Shunda otam (Umar): «O’shanda aytganingda-ku, menga falondaqa-pistondaqa ishlar nasib bo‘lib, yaxshi bo‘lar edi»,— dedilar».
Hazrat Ali raziyallohu anhu bunday rivoyat qiladilar: «Men maniyi ko‘p (shahvati tez) odam edim. Al-Miqdodga: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan shahvati tezlikning hukmini so‘ragin»,— deb buyurdim. U kirib so‘radi. Rasululloh: «Maniy kelganda tahorat olmoq lozim bo‘ladi»,— deb aytdilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 33
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi masjidda tik turgan holda: «Yo Rasulalloh, tahlilni («lo iloha illallohu» deb aytishni) qaerdan boshlab aytaylik?» — dedi. Rasululloh: «Madina ahli Zul-hulayfadan boshlab, Shom (Suriya) ahli Juhfadan boshlab, Najd (Iroq) ahli Qarn degan joydan boshlab aytadilar»,— dedilar».
Ibn Umar: «Ayrim kishilar, Rasululloh Yaman ahli Yalamlamdan boshlab tahlil aytadi, deganlar, deb ta’kidlashadi. Men Rasulullohning bunday deganlarini sira eslay olmayman»,— der edi.
Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan bir kishi so‘radi: «Ehromga kiruvchi odam (haj vaqtida) nima kiyadi?» «Ko‘ylak kiymaydi, salla o‘ramaydi, shim kiymaydi, burnus (choponga o‘xshash) kiymaydi, vars va za’faron ila bo‘yalgan kiyim ham kiymaydi (oq en mato bilan tanasini o‘raydi). Agar shippak, ya’ni, oyoq oshig‘idan past oyoq kiyimi topmasa, mahsini oshiqdan yuqorisini kesib tashlasin, toki oyoq kiyimi oshig‘idan pastda bo‘lsin!»—dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 34 ÉΟó¡Î0 «!$#
Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$#
TAHORAT KITOBI
Olloh taolo oyati karimasida:"Ey mo'minlar, agar namozga tursangiz, yuzingizni, qo'lingizni(tirsakkacha) yuvib, boshingizga" mash tortingiz, oyog'ingizni to'piqqacha (to'pq bilan qo'shib) yuvingiz ,-deydi.
Abu ABdulloh(Imom Buhoriy) bunday deydilar:"Janob Rasululloh sallolohu alayhi vasallam tahoratning farzi-bir martadan yuvish ,deb tushuntirganlar, o'zlari tahorat olganlarida ikki va uch marta ham yuvganlar, lekin bundan oshirmaganlar. Ulamolarga suvni isrof qilmaslikni buyurganlar(ya'ni, uch martadan ortiq yuvishni man qilganlar)".
Rasululloh sallolohu alayhi vasallam :"Tahorati singan kishining, tahorat olmaguncha namozi qabul qilinmag'aydir",-dedilar. Hazramavtlik bir kishi dedi:"EY Abu Hurayra, tahorat sinish degani, nima degani?" Abu Hurayra:"Ovozsiz yoki ovozli yel",-dedilar.
Mujmir raziallohu anhu dedilar:" Abu Hurayra raziallohu nahu bilan birga masjidning orqasiga o'tdik. Abu Hurayra tahorat oldilar, keyin u mishi bunday dedilar:"Rasululloh sallolohu alayhi vasallam :"Ummatlarimni qiyomat kuni tahoratning ta'siridan g'urran muhajjalin holda chaqirgaydirlar. Qay birovkim o'z yarqirog'ini ko'paytirishga qodir ersa, ko'paytirsin!"- dedilar(bu dunyoda tahorat qilib yurganlarning badanlari qiyomat kuni yarqiraydi)".
Ibod ibn Tamimning amakisi Rasululloh sallolohu alayhi vasallamga bir kishi ustidan shikoyat qilib:"Namoz vaqtida uning orqasidan yel chiqqandek bo'ldi",-dedi. Rasululloh sallolohu alayhi vasallam :"Bunday holda yelning ovozini eshitmaguncha yoki hidini sezmaguncha namozni buzmaslik kerak",-dedilar.
Ibn Abbos raziallohu anhu bunday dedilar:"Rasululloh sallolohu alayhi vasallam uxladilar, hattoki pishilladilar ham, keyin turib namoz o'qidilar. Balkim, Sufyon:"Rasululloh yonboshladilar, hattoki pishilladilar ham",-deb aytgan edi shekilli. Keyinchalik Sufyon shu hadisni bizga bir necha marta rivoyat qilib bergandi". Ibn Abbos r.a. yana shunday dedilar:"Holam maymunanikida bir kecha tunab qoldim. Janob Rasululloh sallolohu alayhi vasallam kechasi namozga turdilar. Tunnong bir qismi
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 35 o'tgan edi. Devorga osig'liq bir meshdan suv olib, yengil tahorat oldilar. Keyin turib namoz o'qiy boshladilar. Ulardan keyin men ham tahorat olib, chap tomonlariga kelib turdim. Meni o'ng tomonlariga o'tkazib qo'ydilar, keyin Olloh xohlagancha namoz o'qidilar, keyin yonboshladilar, hatto pishillagan ovozlari ham eshitildi. Keyin muazzin kelib, azon aytdi va birgalikda namoz o'qishdi. Janob Rasululloh (bu gal) tahorat olmadilar. Amr ibn Dinor :"Odamlar Janob Rasulullohning ko'zlari uxlaydi-yu, lekin dillari uxlamaydi, deyishadi",-deb bizga aytgandilar. Amr shunday deydilar:"Ubayd ibn Umar:"Payg'ambarlarning tushlari ham vahiydir",-dedi-da,"Tushimda men seni qurbonlik qilayotgan ekanman(Ibrohim alayhissalom o'g'illari Ismoil alayhissalomga shunday deganlar)" degan oyatni o'qidi".
Ibn Umar: «Tahoratni mukammal olmoq degani, toza yuvmoq deganidir»,— deganlar. Ibn Abbos Usoma ibn Zayddan bunday deb eshitgan ekanlar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Arafotdan qaytayotib Sha’b degan joyga kelganlarida (tuyalaridan) tushib, tahorat ushatdilar, keyin tahorat oldilar, lekin mukammal olmadilar. «Namozgami, yo Rasulalloh?»—dedim. «Namoz oldingdadir (ya’ni, hali namozga vaqt bor)»,— dedilar, so‘ng tuyalariga mindilar. Muzdalifa degan joyga kelganda (tuyalaridan) tushdilar, so‘ng tahorat oldilar, bu gal mukammal oldilar. Keyin namozga chaqirildi. Shom o‘qidilar. Keyin har bir kishi tuyasini o‘z joyiga cho‘ktirdi. Keyin xuftonga chaqirildi, xufton o‘qidilar. Shom bilan xufton o‘rtasida boshqa namoz o‘qimadilar».
Ato ibn Yasor bunday deydilar: «Ibn Abbos tahorat oldi, yuzlarini yuvdi. Bir hovuch suv olib, og‘iz va burun chayqadi. Keyin bir hovuch suv olib, mana bunday qilib ikkinchi hovuchiga ham qo‘yib, ikki qo‘llab yuzini yuvdi. Keyin bir hovuch suv oldi, u bilan o‘ng qo‘lini yuvdi, keyin bir hovuch suv oldi, u bilan chap qo‘lini yuvdi, keyin (suv olib) mash tortdi, keyin bir hovuch suv oldi, o‘ng oyoqlarini yuvdi, keyin bir hovuch suv olib, chap oyoqlarini yuvdi. Keyin: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday tahorat olayotganlarini ko‘rganman»,— dedi».
Ibn Abbos raziyallohu anhu deydi: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar birortangiz xotiningizga yaqinlik qilmoqchi bo‘lsangiz, «Bismillohi, Allohumma jannibnash-shaytona va jannibish-shaytona ma rozaqtana (Allohning ismi bilan boshlayman. Ilohi, bizdan shaytonni yiroq qilgin va shaytonni bizga berajaging farzanddan yiroq qilgin!)» — deng! Shundan so‘ng sizga farzand taqdir etilsa (bola bo‘lsa), unga shayton zarar yetkazmaydi» — deganlar».
Abdulaziz ibn Suhayb Anas bunday degan edi, deb rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hojatxonaga kirsalar: «Allohumma inni a’uzu bika min al- xubsi va l-xobaais (Ilohi, men sendan erkak va urg‘ochi shaytonlarning yomonligidan |
ma'muriyatiga murojaat qiling