Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Badanning hammasini yuvib bo‘ldim, deb hisoblagandan keyin ham
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-bob. Bir kishi jimo’dan so‘ng tahorat olsa, keyin qolgan a’zolarini yuvsa, tahoratda yuvgan joylarini qaytadan yuvmasa, joizmi
- 17-bob. Agar kishi masjidda turgan vaqtda jimo’dan keyin yuvinmaganligi esiga tushib qolsa, shu ahvolda masjiddan chiqib ketadimm yoki tayammum qiladimi
- 18-bob. Jimo’dan so‘ng g‘usl qilganda qo‘lda qolgan suvni silkitmoq
- 19-bob. G’uslni o‘ng tomondan boshlamoq
- 20-bob. Xilvatda yalang‘och cho‘milmoq mumkinmi Xilvatda panada cho‘milmoq afzaldir!
- 21-bob. Odamlar bor joyda o‘zini panaga olib g‘usl qilmoq
- 22-bob. Xotin kishi ihtilom bo‘lib (bulg‘anib) qolsa...
- 24-bob. Yuvuqsiz holda uydan chiqib, bozor va boshqa joylarda yurish mumkinmi
- 25-bob. Junub odam tahorat olib (g‘usl qilmay) yotaverishi mumkinmi
- 26-bob. Yuvuqsiz odam tahorat olib, keyin uxlaydi
- 28-bob. Ayol kishining olatidan tekkan rutubatni yuvish
- 1-bob. Ayollar qachondan boshlab hayz ko‘ra boshlagan
- 2-bob. Hayz ko‘rgan xotinlarga buyruq
- 3-bob. Hayz ko‘rgan xotin erining boshini yuvib, sochlarini tarab qo‘ymog‘i mumkin
- 5-bob. «Hayz ko‘rmoq» iborasi o‘rniga «oy ko‘rmoq» iborasini qo‘llash
- 6-bob. Hayz ko‘rgan xotinni eri quchoqlasa bo‘ladimi
- 7-bob. Hayz ko‘rgan xotin ro‘za tutmasligi lozim
- 9-bob. Istihoza (beto‘xtov qon ketishi)
- 10-bob. Hayz qonini yuvmoq
- 11-bob. Istihoza bo‘lgan xotinning masjidda e’tikof qilib o‘tirishi
15-bob. Badanning hammasini yuvib bo‘ldim, deb hisoblagandan keyin ham soch orasiga panjani tiqib yuvmoq
Oisha raziyallohu anho bunday deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jimo’dan so‘ng g‘usl qilganlarida, avval qo‘llarini yuvib, keyin namozga tahorat olgandek tahorat olar edilar. Shundan keyingina g‘usl qilmoqqa kirishar edilar. Hatto hamma Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 58 yog‘imni yuvib bo‘ldim, deb o‘ylaganlarida ham sochlarining orasiga panjalarini tiqib, ustidan 3 marta suv quyib yuvar edilar. So‘ng badanlarining qolgan qismini yuvar edilar. Men va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikkalamiz bir idishdan suv olib yuvinar edik».
tahoratda yuvgan joylarini qaytadan yuvmasa, joizmi?
Maymuna raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga jimo’dan so‘ng g‘usl qilmoq uchun suv quydim. O’ng qo‘llariga quyilgan suvni chapiga olib, 2 yoki 3 marta mustahab qildilar. Keyin qo‘llarini yerga yoki devorga ishqaladilar, 2 yoki 3 marta yuvib tashladilar, keyin og‘iz va burun chayqadilar, yuzlarini yuvdilar, ikki bilaklarini tirsagigacha yuvdilar, so‘ng boshlariga suv quydilar, keyin butun a’zolarini yuvdilar (avval tahorat qilgan a’zolaridan tashqari), so‘ngra chetga chiqib oyoqlarini yuvdilar. Sochiq olib keldim, xohlamadilar. Qo‘llari bilan suvni sidira boshladilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Namozga takbir aytildi, saflar to‘g‘rilandi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jamoat oldiga chiqdilar. Musallolariga (namozgohlariga) kelganlarida junub ekanlari eslariga tushib qoldi. Shunda bizga: «Joyingizda tura turingiz!»—deb qaytib kirib ketdilar. Bir ozdan so‘ng sochlaridan suv tomganicha chiqib keldilar. Keyin takbiri tahrima aytdilar, biz u kishi bilan birga namoz o‘qidik».
Maymuna raziyallohu anho dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni (begona ko‘z tushmasligi uchun) kiyim bilan to‘sib turib, g‘uslga suv quyib berdim. Avval qo‘llarini yuvdilar, so‘ng o‘ng kaftlaridagi suvni chap kaftlariga qo‘yib, mustahab qildilar. Keyin qo‘llarini yerga ishqalab, yuvib tashladilar, og‘iz va burun chayqadilar, yuzlarini yuvdilar, ikki qo‘llarini tirsagigacha yuvdilar, boshlari va butun badanlariga suv quydilar. Keyin o‘rinlaridan turib, chetga chiqdilar-da, oyoqlarini yuvdilar. Sochiq uzatdim, olmadilar, qo‘llarini suvini silkitib chiqib ketdilar» (Qo‘lning suvini silkitishning halolligiga bu hadis dalildir. «Lekin zarurat bo‘lmasa, silqitmaslik kerak»,— deydilar Qastaloniy).
Oisha raziyallohu anho dedilar: Birontamizga g‘usl lozim bo‘lib qolsa, qo‘lga suv olib, boshga 1 marta quyar edik. Keyin qo‘lga suv olib, avval o‘ng yelkaga, so‘ng chap yelkaga quyar edik».
Bahz ibn Hakimning bobosiga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday degan ekanlar: «Alloh taolo kishining odamlardan ko‘ra, o‘zidan hayo qilishlariga haqliroqdir» (ya’ni, odamlardan ko‘ra, Allohdan uyaling, odamlardan o‘zni pana qilish mumkin-u, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 59 lekin Allohdan o‘zni pana qilib bo‘lmaydi, u baribir ko‘rib turadi). Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar, deydilar: «Bani Isroil qavmi bir-biriga qarab yalang‘och yuvinaverardi. Muso alayhissalom yolg‘iz o‘zlari yuvinar edilar. Shuning uchun ham: «Musoning biz bilan birga yuvinmog‘iga faqat uning dabbaligi mone’lik qiladi»,— deyishdi. Bir kuni Muso alayhissalom yuvingani borib, kiyimlarini bir tosh ustiga yechib qo‘ygan edilar, tosh kiyimlarini (Allohning amri bilan) olib qochdi. Muso alayhissalom: «Ey tosh, kiyimimni ber, kiyimimni ber!»—deganlaricha ketidan quvib ketdilar. Shu fursatda Muso alayhissalomning yalang‘och badanlariga ko‘zi tushgan Bani Isroil qavmi: «Allohga qasamki, Musoda hech ayb (jismoniy ayb) yo‘q ekan»,— dedi. Muso alayhissalom kiyimlarini olib, toshni do‘pposlay ketdilar». «Allohga qasamki, o‘shanda u kishining zarblaridan toshda 6 yoki 7 ta darz paydo bo‘lgandi»,— deydilar Abu Hurayra.
Abu Hurayra raziyallohu anhuga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytib bergan ekanlar: «Ayyub alayhissalom yalang‘och yuvinayotgan edilar, ustlariga tilla chigirtka qo‘ndi. Ayyub alayhissalom (chigirtkani) kiyimlariga yashira boshladilar. Shunda Alloh taolo nido qilib: «Ey Ayyub, seni ko‘rib turganingga (tilla chigirtkaga, ya’ni boylikka) ehtiyojsiz qilmaganmidim?!» —dedi. «Izzating haqqi, ha, ehtiyojsiz qilgansan, ammo men sening barakotingdan benasib emasman»,— dedilar Ayyub alayhissalom». (Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu rivoyatni aytganlari bejiz emas. Bu yerda yalang‘och cho‘milishdan uyalgandan ko‘ra, boylikka ruju’ qilishdan uyalmok kerak degan ma’no yotadi).
Abu Tolibning qizi Ummu Honi’ bunday degan ekan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uylariga Makka fath bo‘lgan yili bordim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam g‘usl qilayotgan ekanlar. Qizlari Fotima pana qilib turgan ekanlar. Shunda Rasululloh: «Kim bu?»—dedilar. Men: «Ummu Honi’man»,— dedim».
Maymuna raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni jimo’dan so‘ng g‘usl qilayotganlarida to‘sib turdim. Avval qo‘llarini yuvdilar, so‘ng o‘ng kaftlaridagi suvni chapiga olib, olatlarini yuvdilar, keyin qo‘llarini yerga yoki devorga ishqab yuvib tashladilar, keyin namozga tahorat olgandek tahorat oldilar, oyoqlarini yuvmadilar. Shundan so‘ng butun badanga suv quyib yuvindilar-da, chetga chiqib oyoqlarini yuvdilar». Abu Uvona va Ibn Fazil ham g‘usl qilayotganda o‘zni panaga olmoq xususida shu hadisni zikr qilgan.
Ummu Salama bunday degan ekanlar: «Abu Talhaning xotini Ummu Sulaym Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Alloh taolo haq narsadan uyalmoqni buyurmaydi. Agar xotin kishi ihtilom bo‘lib qolsa, g‘usl lozimmi?»— deb so‘rabdi. Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ha, agar nam kelganini ko‘rsa (lozimi nam bo‘lib qolganini sezsa)»,— dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 60
yurmasligi xususida
Abu Rofi’ bunday rivoyat qiladilar: «Abu Hurayra Madina ko‘chalaridan birida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga junub holda yo‘liqib qoldi. U Rasulullohdan o‘zini chetga olib, sekingina g‘oyib bo‘ldi. Bir ozdan so‘ng g‘usl qilib, qaytib kelganida: «Qaerda eding, ey Abu Hurayra?»—dedilar. «Junub edim, siz bilan nopok holda o‘tirmoqni lozim ko‘rmadim»,— dedi Abu Hurayra. Shunda: «Subhonalloh, mo‘‘min kishi, hech vaqt nopok bo‘lmaydi»,— dedilar».
mumkinmi?
Ato raziyallohu anhu: «Yuvuqsiz kishi tahoratsiz qon va soch oldirsa, tirnoq olsa, bo‘ladi»,— deydilar.
Anas ibn Molikdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kechada hamma xotinlariga aylanib chiqar edilar, o‘sha vaqtda 9 ta xotinlari bor edi».
Abu Hurayra bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yuvuqsiz holda yo‘liqib qoldim, qo‘limdan ushladilar. U kishi bir joyga borib o‘tirgunlaricha birga bordim, keyin sekin g‘oyib bo‘ldim. G’usl qilib, qaytib keldim. U kishi hali ham o‘tirgan ekanlar. «Qaerda eding, ey Abu Hurayra?» —dedilar. Men nima qilganimni aytib berdim. «Subhonalloh, ey Abu Hurayra, mo‘‘min odam nopok bo‘lmaydi»,— dedilar».
Abu Salama bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yuvuqsiz holda yotarmidilar?» — deb Oisha onamizdan so‘radim. «Ha, tahorat olib yotar edilar»,— deb javob qildilar».
Umar ibn al-Xattob: «G’usl qilmay yotsak bo‘ladimi?» — deb Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan so‘radilar. «Ha, birontangiz junub bo‘lsangiz, tahorat olib yotsangiz bo‘ladi»,— dedilar Janob Rasululloh.
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jimo’dan so‘ng uxlamoqchi bo‘lsalar, namozga tahorat olgandek tahorat olib, so‘ng yotardilar».
Abdulloh ibn Umardan: «Umar al-Xattob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: «Yuvuqsiz holda uxlasak joizmi?»—deb so‘radilar. «Ha, agar tahorat olsa»,— dedilar Janob Rasululloh».
Abdulloh ibn Umardan: «Umar al-Xattob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga kechalari bulg‘anib qolishini aytdi. Shunda Janob Rasululloh: «Olatingni yuvg‘il, tahorat olg‘il, keyin uxlagil!»—dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 61
Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar erkak xotinining ikki oyog‘i orasiga kirib, harakat qilsa, g‘usl vojib bo‘ladi»,— deganlar».
Usmon ibn Affondan: Zayd ibn Xolid: «Er xotinini jimo’ qilsa-yu, to‘kmasa, nima qilmog‘i kerak?»—deb so‘radi. «Olatini yuvib, namozga tahorat olgandek tahorat oladi. Men buni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan eshitganman»,— dedilar Usmon ibn Affon. Zayd ibn Xolid: «Men Ali, Zubayr ibn Avvom, Talha ibn Ubaydulloh va Ubay ibn Ka’b raziyallohu anhulardan so‘radim, ular ham shunday deyishdi»,— deydilar. Abu Ayyub ham xuddi shu gapni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan eshitibdi»,— deydilar Urva ibn Zubayr.
Ubay ibn Ka’b: «Yo Rasulalloh, agar kishi xotinini jimo’ qilsa-yu, to‘kmasa, nima qilmog‘i lozim?»—deb so‘radilar. «Xotinidan tekkan rutubatni yuvib tashlab, tahorat oladi, keyin namoz o‘qiyveradi»,— dedilar Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam. Imom Buxoriy aytadilar: «G’usl qilmoq bexavotirroqdir, eng yaxshisi shudir. Yuqoridagi hadislarni esa, ushbu masalada sahobalar o‘rtasidagi ixtiloflarni ko‘rsatmoq uchun bayon qildik».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 62 ÉΟó¡Î0 «!$#
Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$# HAYZ KITOBI
Alloh taolo oyati karimasida: «Sendan hayz to‘g‘risida so‘raydilar, aytgin: “Hayz ozor berguvchi narsadir, hayzdan pok bo‘lgunicha xotinlarga yaqinlik qilmangiz, qachon hayzdan pok bo‘lsalar, Alloh taolo buyurgan tomonidan aloqa qilingiz. Darhaqiqat, Alloh taolo tavba qilgan va pokiza kishilarni yaxshi ko‘radi»,— deydi.
Yahudiylar hayz ko‘rgan xotinini uyidan chiqarib, alohida qilib qo‘yar edi. Sahobalar: «Xotinimiz hayz ko‘rsa, biz nima qilamiz?»—deb Rasululloxdan so‘rashdi. Shunda yuqoridagi oyat nozil bo‘ldi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu Odam alayhissalom qizlarining peshonasiga azaldan yozilmishdir»,— deganlar. Ba’zi sahobalar: «Hayz avval Baniy Isroilga yuborilgan edi»,— deganlar. Imom Buxoriy: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning aytganlari kengroq (eng to‘g‘risi)»,— deganlar.
Oisha onamiz raziyallohu anho dedilar: «Faqat hajni niyat qilib yo‘lga chiqdik. Saraf (Makka yaqinidagi qishloq) degan joyga borganimizda, hayz ko‘rdim. Yig‘lab o‘tirganim ustiga Rasululloh kirib keldilar. «Senga nima bo‘ldi, hayz ko‘rdingmi?»—dedilar. «Ha»,— dedim. «Hayz ko‘rish Alloh taolo Odam qizlari peshonasiga yozgan narsadir, haj amallarining barchasini qilaver, biroq Ka’batullohni tavof etmagil!» — dedilar». So‘ng: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xotinlari nomidan bir sigirni qurbonlik qildilar»,— deb aytgandilar o‘shanda Oisha raziyallohu anho.
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sochlarini hayz ko‘rgan holimda ham tarab qo‘yar edim»,— deganlar.
Urvadan: «Hayz ko‘rgan yoki junub xotin menga xizmat qilmog‘i mumkinmi?»—deb so‘rashdi. Urva: «Bularga men unchalik ahamiyat bermayman. Hayz ko‘rgan holda yuvuqsiz ham menga xizmat qilishar edi. Mendan boshqa sahobalar ham bu to‘g‘rida bir xil fikrda. Menga Oisha onamiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sochlarini hayz ko‘rgan holatda ham tarab qo‘yishlarini aytganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjidda e’tikof o‘tirganlarida, boshlarini darchadan chiqarar ekanlar, Oisha onamiz hujralarida turib, hayz ko‘rgan bo‘lsalar ham, sochlarini tarab qo‘yar ekanlar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 63
Abu Voil o‘z cho‘risini, hayz ko‘rgan bo‘lsa ham, Abu Raziynga xizmat qilmoq uchun yuborar edi. Cho‘ri Qur’oni Karimni g‘ilofining ipidan ushlab, olib borib berar edi.
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, men hayz ko‘rgan bo‘lsam ham, quchog‘imga suyanib o‘tirgan holda qiroat qilar edilar»,— deganlar.
Ummu Salama: «Men va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikkalamiz yonboshlab yotgan edik, birdan hayz ko‘rib qoldim. Sekingina bag‘rilaridan sug‘urilib chiqdim-da, hayz kiyimlarimni oldim. «Oy ko‘rdingmi?» — dedilar. «Ha»,— dedim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam meni yonlariga chaqirdilar. Men hayz kiyimida u kishining yonlarida yotdim».
Oisha raziyallohu anho dedilar: «Men va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikkalamiz yuvuqsiz bo‘lganimizda bir idishdan g‘usl qilar edik. Hayz ko‘rganimda esa, menga hayz kiyimimni kiyib olmoqni buyurar edilar, kiyinib olardim, keyin quchoqlardilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidda e’tikofda bo‘lganlarida boshlarini darchadan chiqarar edilar, men hayz holimda boshlarini yuvib qo‘yar edim».
Oisha raziyallohu anho: «Birontamiz hayz ko‘rgan bo‘lsagu, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam quchoqlamoqchi bo‘lsalar, hayz kiyimni kiyishni buyurar edilar, keyin quchoqlar edilar. Qaysi biringiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdek shahvatingizni tiyib tura olasiz!»—dedilar.
Abdulloh ibn Shaddod bunday deb rivoyat qiladilar: «Maymuna onamizdan eshitdimki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xotinlaridan birortasini hayz holida quchoqlamoqchi bo‘lsalar, hayz kiyimini kiyib olmoqni buyurar edilar».
Abu Sa’id al-Xudriy bunday rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, Qurbon hayiti yoki Ramazon hayiti edi, namozgohga chiqdilar. Xotinlarning yonidan o‘tayotib: «Ey xotinlar jamoasi, sadaqa qilingiz! Do‘zax ahlining ko‘prog‘i ayollardir, deb menga ayon qilindi»,— dedilar. Shunda xotinlar: «Ne sababdan, yo Rasulalloh?» — dedilar. «Ko‘p qarg‘aysizlar va erning yaxshiligini bilmaysizlar. Erning yaxshiligini kamsitasizlar, qadrlamaysizlar (noshukrlik qilasizlar), sizlardan ko‘ra kaltafahm va e’tiqodi sustroq, har qanday iymonli kishini ham yo‘ldan ozdiruvchiroq toifani ko‘rmadim»,— dedilar. Xotinlar: «E’tiqod va aqlimizning qanday nuqsoni bor ekan, yo Rasulalloh?» —deyishdi. «Bir xotin kishining guvohligi yarimta erkakning guvohligiga teng emasmi?»—dedilar Janob Rasululloh. «Ha, shunday»,— deyishdi xotinlar. «Axir mana shu aqlingizning nuqsoni emasmi? Hayz ko‘rganingizda namoz o‘qimasligingiz, ro‘za tutmasligingiz ham sizning (erkaklarga nisbatan) nuqsoningiz emasmi?» — dedilar. «Ha, to‘g‘ri aytdingiz»,— deyishdi ayollar. «Mana shular ayollar dinining nuqsonli ekanini anglatadi»,— dedilar Rasululloh».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 64
8-bob. Hayz ko‘rgan xotin haj amallarining barchasini qiladi, ammo Ka’batullohni tavof qilmaydi
Ibrohim an-Nahoiy aytadilar: «Hayz ko‘rgan xotinning Qur’on oyatlarini o‘qishi zararsizdir». Ibn Abbos ham yuvuqsiz odamning qiroat qilmog‘ini zararsiz, deb hisoblaganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hamma vaqt Allohni zikr qilar edilar. Ummu Atiyya: «Biz - xotinlarga, hayz ko‘rgan bo‘lsak ham, iyd (hayit) namoziga chiqmoq buyurilar edi. Erkaklar aytadigan takbir va duolarni o‘qir edik, namoz o‘qimas edik»,— deydilar.
Abu Sufyon aytadilar: «Hiraql (Rum podshosi) Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning maktublarini olib kelmoqni buyurdi, so‘ng o‘qib qarasa, «Bismillohir Rahmonir Rahiym, yo ahlal-kitob, ta’oluu ila kalimatin sava... (al-oyat)» (Bismillohir Rahmonir Rahiymi, ey ahlal-kitob, sizlar va bizlar uchun barobar so‘zga kelinglar!» deb boshlanuvchi oyat) deb yozilgan ekan».
Jobir raziyallohu anhu bunday rivoyat qiladilar: «Oisha onamiz hayz ko‘rdilar, so‘ng haj amallarining barchasini qilaverdilar, biroq Ka’batullohni tavof qilmadilar va namoz o‘qimadilar». Hakam aytadi: «Men yuvuqsiz holda ham «Bismilloh, Allohu akbar» deb hayvon so‘yaverar edim». «Allohning ismi aytib so‘yilmasan hayvon go‘shtini yemangiz!» — degan Alloh taolo.
Oisha onamiz dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga hajni niyat qilib yo‘lga chiqdik. Saraf degan joyga kelganimizda hayz ko‘rib qoldim. Yig‘lab o‘tirganimda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kelib: «Nega yig‘layapsan?»—dedilar. «Xudo haqqi, bu yil hajga chiqqanimdan afsuslanaman»,— dedim. Rasululloh: «Ehtimol, hayz ko‘rib qolgandirsan?»—dedilar. «Ha»,— dedim. «Alloh taolo buni Odam qizlarining barchasining peshonasiga yozgandir, endi hajda qiladigan barcha amallarni qilaver, lekin to poklanguningcha Ka’batullohni tavof etmagin!» — dedilar Janob Rasululloh».
Oisha raziyallohu anho bunday deganlar: «Fotima binti Abu Hubaysh Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh, men poklanmasman (beto‘xtov qon kelib turadi), namoz o‘qimaymi?»—deb aytdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu tomir kasalligidir, hayz emas, agar hayz kelsa, namozni tark etgin, hayz tugasa, g‘usl qilib, namoz o‘qiyvergin!» — dedilar».
Asmo binti Abu Bakr bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bir xotin: «Yo Rasulalloh, birontamizning kiyimimizga hayz qoni tegib qolsa, nima qilamiz?» — dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar birontangizning kiyimingizga hayz qoni tegib qolsa, qotib qolgan qonni ishqab tashlab, so‘ng suv bilan yuvingiz, keyin o‘sha kiyimda namoz o‘qiyveringiz!» — dedilar».
Oisha raziyallohu anho: «Birontamiz hayz ko‘rsak qotib qolgan qonni ishqalab tashlar Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 65 edik, so‘ng o‘sha joyni yuvar edik va kiyimning qon tegmagan qismini ham yuvib, o‘sha kiyimda namoz o‘qiyverar edik»,— deganlar.
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjidga e’tikofga kirsalar, xotinlaridan ba’zisi ham istihoza bo‘lganligiga qaramay, birga kirar edi»,— dedilar. «Ehtimol u tagiga idish qo‘yib o‘tirgandir, deb aytgandilar»,— deydi Akrama. Akrama bunday deb ta’kidlaydi: «Oisha onamiz (tosdagi) sarg‘ish suyuqlikni ko‘rib: «Bu falonchi ayoldan tushgan istihoza qoni bo‘lsa kerak»,— deb o‘ylaganlar».
Oisha onamiz dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xotinlaridan biri u kishi bilan birga e’tikof qilmoqqa o‘tirdi. U xotin hayz va sarg‘ish qon ham ko‘rar edi, shuning uchun namoz o‘qiyotganida tagiga tos qo‘yib olgan edi».
Oisha onamiz raziyallohu anho: «Janob Rasulullohning xotinlaridan biri istihoza ko‘rgan holida e’tikof qilmoqqa o‘tirdi»,— dedilar (xotin kishi istihoza bo‘lsa ham masjidga kirib ibodat qilmog‘i mumkin bo‘lgan).
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling