Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


www.ziyouz.com kutubxonasi 

73

idishda suv berib: «Bor, cho‘milib ol!» dedilar Rasululloh. Xotin tepada tik turib, odamlar 



suvni nima qilayotganiga qarab turar edi. «Allohga qasam ichib aytamanki, odamlar suv 

olib bo‘lishgach, meshlarning og‘zini bog‘lashganda, meshlardagi suv bizga ilgarigidan 

ham ko‘proq ko‘rindi», deydilar Imron. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Xotinga 

bir nima yig‘ib beringiz!» dedilar. Odamlar xotinga xurmomi, unmi, talqonmi, qo‘yingki, 

birmuncha rizq yig‘ib, bir narsaga tugib, tuyasiga ortib berdilar. Rasululloh sollallohu 

alayhi va sallam xotinga: «Bildingmi, suvingni hech kamaytirmadik, ammo bizga Alloh 

taoloning o‘zi suv ato etdi», dedilar. Xotin o‘z odamlari oldiga ravona bo‘ldi, yetib 

borgach, «Ey falonchi, qaerda eding?» deyishdi. «Ajoyib bir voqeaning shohidi bo‘ldim, 

men yo‘lda ikki kishini uchratdim, ular meni anavi yangi din olib kelgan kishining oldiga 

olib borishdi. U unday qildi va bunday qildi», deb bor gapni aytib berdi xotin. Keyin 

bunday deb qo‘shib qo‘ydi: «Allohga qasamki, u kishi manavi bilan ana u (o‘rta barmog‘i 

bilan yer va osmonga ishora qildi) o‘rtasidagi barcha odamlarning eng sehrgarrog‘i yoki 

haqiqatan ham Alloh taoloning payg‘ambari bo‘lishi kerak». Musulmonlar o‘sha 

voqeadan keyin atrofdagi mushriklar (Allohni bir deb bilmaydiganlar) yashaydigan 

qishloqlarni ishg‘ol qila boshladilar. Lekin haligi xotin yashayotgan joyga tegishmadi. 

Buni ko‘rgan xotin hamqishloqlariga: «Anavi musulmonlar sizu bizga ataylab 

tegishmayapti, deb o‘ylayman. Islomga kirsak-chi, nima deysizlar?» dedi. Xotinning 

gapiga ko‘ndilar va islomga kirdilar». 

 

6-bob. Yuvuqsiz (junub) odam, agar g‘usl qilsam kasal bo‘laman yoki o‘lib 

qolaman deb qo‘rqsa, yohud (suvni ishlatib qo‘yib) suvsiz qolaman, deb 

cho‘chisa, tayammum qiladi 

 

Amr ibn al-Os qattiq sovuq kechalardan birida (g‘azot vaqti edi) nahs (junub) bo‘lib 



qoldilar. Shunda tayammum qilib, namoz o‘qidilar. Keyin «O’zingizni halok qilmang, 

Alloh sizga mahribondir» degan oyatni o‘qidilar, deb zikr qilinadi (ya’ni, kishi ilojsiz qolib, 

sovuq suvga cho‘milsa, halok bo‘lishi mumkinligiga ishora qilinadi). Amr ibn al-Osning 

(sovuq suv bo‘la, turib) tayammum qilganini Janob Rasululloh sollallohu alayhi va 

sallamga aytishganda, u kishi koyimadilar. 

Abu Muso: «Nahs odam suv topolmasa, namoz o‘qimaydimi?» deb Abdulloh ibn 

Mas’uddan so‘radilar. «Agar odamlarga tayammum qilmoqqa ruxsat bersang, ulardan 

birortasi sal seskansa ham, Abu Muso shunaqa degan edi, deb tayammum qilib namoz 

o‘qiyveradi», dedilar Abdulloh. «Ammorning Umarga aytgan so‘zi qaerda qoldi, unda?» 

dedilar Abu Muso. «Ammorning so‘zidan Umar qoniqqan emas, deb o‘ylayman», dedilar 

Abdulloh. 

Al-A’mash quyidagi hadisni Shaqiq ibn Salamadan eshitgan ekanlar: «Abu Muso va 

Abdulloh ibn Mas’udning yonlarida edim. Abu Muso: «Ey Abu Abdurrahmon, agar 

yuvuqsiz odam suv topmasa, nima qiladi?» deb Abdullohdan so‘radilar. Abdulloh: «Suv 

topguncha namoz o‘qimaydi», dedilar. «Ammorning aytgan gapi nima bo‘ladi? Rasululloh 

sollallohu alayhi va sallamning unga: «Senga tayammum qilmoq kifoya qilgay» 

deganlari-chi?» dedilar Abu Muso. «Umar bundan qanoatlanmaganligini sezmadingmi? 

dedilar Abdulloh. «Xo‘p mayli, Ammorning gapini qo‘ya turing, mana bu «Agar suv 

topmasangiz, tayammum qilingiz» degan oyatga nima deysiz?» dedilar Abu Muso, 

Abdulloh ibn Mas’ud nima deyishlarini bilmay qoldilar. 

(Hazrat Umar va Abdulloh ibn Mas’ud mazkur oyati karima tahorati singan odamga 

taalluqli, deb tushungan edilar. Ammo g‘usl vojib bo‘lgan odam esa, albatta g‘usl 

qilmog‘i shart, unga tayammum kifoya qilmaydi, deyishar edi. Imom Buxoriy esa 

yuqoridagi hadislarga tayanib, tayammum kifoya qilgay, deb ta’kidlaydilar). 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

74

So‘ng «Agar biz ularga tayammum qilmoqqa ruxsat bersak birortasiga suv sovuqlik 



qilsa, suvni qo‘yib, tayammum qilaveradi» deb boyagi gaplarni qaytardilar. «Abdulloh 

ibn Mas’ud shuning uchungina tayammumga ruxsat bermaslik kerak deganmidilar?» deb 

so‘radilar al-A’mash suhbatdoshlari Shaqiqdan». 

 

 



7-bob. Tayammum bir zarbdir (qo‘lni tuproqqa bir urmoqdir) 

 

Shaqiq raziyallohu anhu bunday deydilar: «Abu Muso va Abdulloh ibn Mas’ud bilan birga 



o‘tirgan edim. Abu Muso: «Agar odam nahslansa-yu, bir oygacha suv topmasa, 

tayammum qilib namoz o‘qiyvermaydimi? Surai «Moida»dagi mana bu «Suv 

topmasangiz, toza tuproqqa tayammum qilingiz!» degan oyati karimaga nima deysiz?» 

dedilar Abdullohga. Abdulloh: «Ularga tayammumga ruxsat berilsa, birontasiga suv 

sovuqroq tuyulsa, bo‘ldi, tuproqqa tayammum qilaveradi», dedilar. Men: «Siz shu 

boisdangina tayammumga ruxsat berishni istamadingizmi?» deb so‘rasam, «Ha», 

dedilar. «Ammorning Umarga: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam meni bir yumushni 

bajarib kelish uchun bir joyga yubordilar. Shunda men nahslanib qoldim. Xuddi hayvon 

yumalagandek tuproqqa yumaladim. Keyin, Janob Rasululloh sollallohu alayhi va 

sallamga shu haqda aytib berganimda, u kishi menga: «Mana bunday qilsang ham 

yetarli bo‘lar edi, deb qo‘llarini yerga bir urdilar, keyin qoqib tashladilar, so‘ng o‘ng 

qo‘llarining kaftini chap qo‘llariga, chap qo‘llarining kaftini o‘ng qo‘llariga surdilar. Undan 

keyin esa ikkala kaftlarini yuzlariga surtdilar» deganini eshitmaganmisiz?» dedilar Abu 

Muso Abdulloh ibn Mas’udga. «Umarning Ammor aytgan gapdan qanoat hosil 

qilmaganini sezmadingmi?» dedilar Abdulloh». 

Shaqiq al-A’mashga bunday degan ekan: «Abdulloh va Abu Muso bilan birga edim. 

Shunda Abu Muso Abdullohga, Ammorning Umarga aytgan mana bu rivoyatini 

eshitmaganmiding? dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam meni va seni bir 

yumushga yubordilar. Shunda men, nahslanib qoldim-da, tuproqqa yumaladim. Qaytib 

kelganimizdan keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yumalaganimni aytdim. 

Rasululloh: «Senga mana bunday qilsang ham yetarli bo‘lar edi», deb yuzlari va 

qo‘llariga bir marta mash tortib qo‘ydilar». 

 

8-bob. 

 

Imron ibn Husayndan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jamoat bilan namoz 



o‘qimasdan bir chekkaga chiqib turgan odamni ko‘rdilar. Shunda unga: «Ey falonchi, 

senga jamoat bilan namoz o‘qimog‘ingga nima mone’lik qildi?» dedilar. «Yo Rasulalloh, 

men nahslanib qoldim, suv yo‘q», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: 

«Tuproqqa tayammum qilmog‘ing lozim, shu senga kifoyadir», dedilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

75

ÉΟó¡Î0



 

«!$#


 

Ç⎯≈uΗ÷q§9$#

 

ÉΟŠÏm§9$#



 

 

 SALOT (NAMOZ) KITOBI 

 

1-bob. Me’roj kechasida namoz qanday farz qilingan? 

 

(Me’roj Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Madinaga hijratlaridan bir yil 



avval, Imom Navaviyning aytishlaricha, Rabi’ ul-avval oyida bo‘lgan erdi). Abu Sufyon 

Hiraqlga: «Payg‘ambar alayhissalom bizga namoz o‘qimakni, halol va pok bo‘lmakni 

buyuradilar»,— deb aytgan ekanlar. 

 

Abu Zarrga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degan ekanlar: «Makkada 



ekanlig‘imda uyimning shipi ochilib, Jabroil alayhissalom tushdilar. Ko‘kragimni yorib, 

ichini zam-zam suvi birlan yuvdilar, keyin iymonu hikmat to‘la tilla jom keltirdilar-da, uni 

ko‘kragimga qo‘ydilar, so‘ng ko‘kragimni yopdilar. Shundan keyin Jabroil alayhissalom 

qo‘limdan ushlab meni eng yaqin birinchi osmonga olib chiqdilar. Birinchi osmonga 

chiqqanimda Jabroil alayhissalom osmonbonga: «Eshikni ochg‘il!» — deb aytdilar. U: 

«Kim bu?»— dedi. «Jabroilman»,—dedilar, Osmonbon: «Sen bilan birga biron kishi 

bormi?» — dedi. «Ha, men bilan Muhammad alayhissalom bor»,— dedilar Hazrat Jabroil. 

Osmonbon: «Muhammad alayhissalomning osmonga chiqmog‘iga ruxsat bo‘ldimi?» — 

dedi. Jabroil alayhissalom: «Ha»,— dedilar. Eshik ochilgach, birinchi osmon ichkarisiga 

ko‘tarildik. U yerda bir kishi o‘tiribdi. Uning o‘ng tomonida ham, chap tomonida ham 

odam gavjum. O’ng tomoniga qarasa, kuladi, chap tomoniga qarasa, yig‘laydi. O’sha 

kishi menga qarab: «Xush kelibsiz, payg‘ambar, yaxshi o‘g‘il!»-dedi. «Bu kishi kim?» — 

deb so‘radim Hazrat Jabroildan. «Bu —Odam alayhissalom va mana bu o‘ng va chap 

tomonlarida turganlar Odam bolalarining ruhlaridir. Bulardan o‘ng tomondagilari jannat 

ahli va chap tomondagilari do‘zax ahlidir. (Shuning uchun ham) Odam alayhissalom o‘ng 

tomonlariga qaraganlarida kuladilar, chap tomonlariga qaraganlarida yig‘laydilar»,— 

dedilar Jabroil alayhissalom. Keyin, meni ikkinchi osmonga olib chiqib, osmonbonga: 

«Ochg‘il!» — dedilar. Ikkinchi osmonbon ham birinchi osmonbon aytgan so‘zlarni aytdi, 

so‘ng darvozani ochdi». 

 

Abu Zarr bizga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam osmon qavatlarida Odam 



alayhissalomni, Idris, Muso, Iso va Ibrohim salavotullohi alayhimlarni ko‘rdilar»,— deb 

aytdi. Lekin ularni qaysi osmonda ko‘rganlarini aniq aytmadi. Faqat Odam 

alayhissalomni birinchi osmonda va Ibrohim alayhissalomni oltinchi osmonda 

ko‘rganlarinigina zikr qildi, xolos»,— Deydilar Anas raziyallohu anhu va hikoyani davom 

etdiradilar: «Xazrat Jabroil payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamni Idris 

alayhissalomning yonlaridan olib o‘tayotganlarida, Idris alayhissalom: «Xush kelibsiz, 

yaxshi payg‘ambar, yaxshi birodar!» — debdilar. Shunda Rasululloh: «Bu kim?» — deb 

so‘rabdilar. «Bu Idris»,— debdilar Hazrat Jabroil. Keyin, Muso alayhissalomning 

yonlaridan olib o‘tibdilar, u kishi: «Xush kelibsiz, yaxshi payg‘ambar, yaxshi birodar!»—

debdilar. Rasululloh: «Bu kim?» — debdilar. «Bu Muso»,— debdilar Hazrat Jabroil. 

Keyin, Iso alayhissalomning yonlaridan olib o‘tibdilar. Shunda u kishi: « Xush kelibsiz, 

yaxshi birodar, yaxshi payg‘ambar!» — debdilar. Rasululloh: «Bu kim?»—deb 

so‘rabdilar. «Bu Iso alayhissalom»,— debdilar Hazrat Jabroil. Keyin, Ibrohim 

alayhissalomning yonlaridan olib o‘tibdilar. U kishi: «Xush kelibsiz, yaxshi payg‘ambar, 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

76

yaxshi o‘g‘il!» —debdilar. «Bu kim?» deb so‘rabdilar Janob Rasululloh. «Bu Ibrohim 



alayhissalom»,— debdilar Hazrat Jabroil». 

 

Ibn Abbos va Abu Hayya al-Ansoriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 



degandilar»,— deyishadi: «Keyin meni shunchalik balandga olib chiqdiki, hatto o‘sha 

joyda (yozuv-chizuv qilayotgan) qalam sharpalarini eshitdim». Ibn Hazm va Anas ibn 

Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mana bunday deb aytgan edilar»,— 

deyishadi: «Olloh taolo ummatimga 50 vaqt namoz farz qildi, men shuni olib qaytdim. 

Muso alayhissalomning yonlariga kelganimda: «Ummatingizga Olloh taolo nimani farz 

qildi?» — dedilar. «50 vaqt namozni»,— dedim. «Qayting rabbingiz huzuriga, chunki 

ummatingiz bunga chidamaydir»,— dedilar Muso alayhissalom. Men qaytdim, rabbim 

yarmini kechdi. So‘ng, Muso alayhissalomning oldilariga kelib: «Yarmini kechdi»,— 

dedim. «Qayting rabbingizning oldiga, chunki ummagingiz bunga ham toqat 

qilmaydir»,— dedilar Muso alayhissalom. Qaytdim, rabbim yana yarmini kechdi. Muso 

alayhissalomning yonlariga qaytib kelib, yana yarmini kechganligini aytdim. «Qayting 

rabbingizning oldiga, ummatingizning bunga ham toqati kelmaydir»,— dedilar Muso 

alayhissalom, Rabbim oldiga qaytib bordim. Shunda rabbim: «Besh vaqt namoz farz 

qildim, lekin savobi ellik vaqt namoz savobiga tengdir, endigi so‘zim qat’iydir, boshqa 

o‘zgartirilmaydir»,— dedi. Muso alayhissalomning yonlariga qaytib keldim. «Qayting 

rabbingizning oldiga»,— deb edilar, «Rabbimdan uyalaman»,— dedim. Keyin, Hazrat 

Jabroil meni Sidrat ul-Muntaho degan joygacha olib chiqdilar. Sidrat ul-Muntahoni turli-

tuman ranglar shunchalik chulg‘ab olg‘ankim, uning ne ekanlig‘in bilolmadim. Keyin, 

jannatga kiritildim. Uning so‘qmoqlari durru gavharlar birlan qoplangan, tufrog‘i ersa 

mushk erkan». 

 

Oisha ummulmu’minin: «Olloh taolo namozni farz qilgan paytida ikki-ikki rak’atdan farz 



qildi; musofir uchun ikki rak’at, muqim yashovchi uchun ikki rak’at. Safarda o‘qiladigan 

namoz o‘sha ikki rak’atligicha qoldi. Lekin muqim kishilar namozi (3—4 rak’atga) 

ko‘paytirildi»,— deganlar. 

 

2-bob. Kiyim kiyib namoz o‘qimakning yujibligi, Olloh taoloning «Har bir namoz 



o‘qiganingizda va tanof qilganingizda kiyimda bo‘lingiz!» degan oyati karimasi 

va birgina lungiga (matoga) o‘ralib namoz o‘qimaslik haqida 

 

Salama ibn al-Akva’ bunday deb aytgan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Agarchi bir tikan birlan bo‘lsa ham (avrat ko‘rinmasligi uchun) uni (matoni) qadab 

oling‘aydir»,— deganlar. Mazkur hadisda aslida «Xotini birlan jinsiy aloqa qiladirgan 

kiyimda (agar unga bir narsa tegmagan ersa) namoz o‘qisa, bo‘lur» degan fikr bor. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’batullohni yalang‘och tavof qilmaslikni 

buyurganlar». 

 

Ummu Atiyya mana bu hadisni keltiradilar: «Ikkala hayitda, hayz ko‘rganlar ham, 



balog‘atga yetgan paranjidagi qizlar ham namozga chiqishga buyurildi. Ular (erkak) 

musulmonlarning yig‘inida va ularning taot-ibodatlarida qatnashishdi, hayz ko‘rganlari 

esa namozgohga yaqin bormay, bir chekkada turishdi. Bir xotin: «Yo Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam, ba’zi birimizning paranjimiz bo‘lmasa, (qatnashmay 

qo‘yaveraylikmi)?»—dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dugonasining 

paranjilaridan birini olib kiyib tursin»,— dedilar». Abdulloh ibn Abu Rajo’ Ummu Atiyya 

aytib bergan ushbu hadisni boshqacharoq qilib rivoyat qilgan. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

77

 



3-bob. Namoz o‘qishdan avval avratpo‘shni belga (orqaga) bog‘lab olish 

 

Sahl raziyallohu anhu quyidagicha rivoyat qiladilar: «Sahobalar Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallam birlan birga avratpo‘shlari orqalariga tug‘ilgan holda namoz o‘qiganlar». 

 

Muhammad ibn al-Munkadir dedilar: «Jobir raziyallohu anhu kiyimlarini qoziqqa ilib 



qo‘yib, avratpo‘shini orqasiga tugib oldi-da, namoz o‘qidi. Bir kishi unga: «Birgina 

avratpo‘shda namoz o‘qiysizmi?»—dedi. «Senga o‘xshagan nodon ko‘rsin deb, ataylab 

shunday qildim. Qaysi biringizning Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida ikkita 

kiyimingiz bo‘lgan?» — dedilar Jobir raziyallohu anhu». 

 

Muhammad ibn al-Munkadir: «Jobir ibn Abdulloh va Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamning ham bir kiyimda namoz o‘qiganlarini ko‘rganman»,— deganlar. 

 

4-bob. Bir kiyimga (matoga) o‘ralib namoz o‘qimoqning hukmi 

 

Az-Zuhriy: «Bir kiyimga o‘ralib, degani ikki yelkaga bo‘yin aralash tashlangan matoning 



o‘ng uchini chap tomonga o‘rashdir»,— deydilar. Ummu Honi’ aytadilar: «Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam bir kiyimga o‘raldilar. Kiyimning bu chekkasini yelkadan 

aylantirib, u tomondan bu tomonga va bu tomondan u tomonga o‘radilar». 

 

Umar ibn Ummu Salama dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kiyimda 



namoz o‘qir erdilar, kiyimlarining bir tarafini u tomonga, u tomonini bu tomonga 

aylantirib namoz o‘qidilar». 

 

Umar ibn Salama aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Ummu Salama 



uyida bir kiyimda namoz o‘qiyotganlarini ko‘rdim. Kiyimlarining ikki tarafini ikki yelkaga 

tashlab olgandilar». 

 

Urva ibn Zubayr dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bir kiyimga o‘ralib 



namoz o‘qiyotganlarini ko‘rdim, kiyimlarining ikki tarafini yelkalaridan o‘tkazib 

olgandilar». 

 

Ummu Honi’ bunday degan ekanlar: «Makka fath qilingan yili Rasululloh sallallohu alayhi 



va sallamning huzurlariga bordim. Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam g‘usl qilayotgan 

va qizlari Fotima esa bir narsa bilan pana qilib turgan ekanlar. Rasulullohga salom 

berdim. «Bu kim?» — dedilar. «Men Ummu Honi’man, Abu Tolib qiziman»,—dedim. 

«Xush kelibsan Ummu Honi’!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘usl qilib 

bo‘lganlaridan keyin turib bir kiyimga o‘ralgan holda 8 rak’at namoz o‘qidilar. Namoz 

o‘qib bo‘lib o‘girildilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, ukam men panohimga olganim 

falonchi ibn Hubayrni o‘ldirurmen, deydir»,— dedim. Shunda Rasululloh sallalloxu alayhi 

va sallam: «Ey Ummu Honi’, sen kimni panohingga olgan ersang, biz ham o‘shani 

panohimizga oldik»,— dedilar. Shu gapni aytganlarida choshgoh edi». 

 

Abu Hurayra aytdilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bir kiyimda 



namoz o‘qimoq to‘g‘risida so‘radi. «Hammangizning ham ikkitadan kiyimingiz bormi?» — 

dedilar Janob Rasululloh». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

78

5-bob. Agar bir kiyimda namoz o‘qisa, ikki yelkasidan oshirib o‘rab olsin! 

 

Abu Hurayradan: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Birontangiz bir kiyimda, ikki 



yelkangiz ochiq holda namoz o‘qimangiz!»—deganlar». 

 

Ikrima raziyallohu anhudan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bir kiyimda 



namoz o‘qisa, ikki yog‘ini yopib olsin!» — deganlar». 

 

6-bob. Agar kiyimlik ensiz bo‘lsa, ne qilg‘aydir? 

 

Sa’id ibn Hars bunday dedilar: «Jobir ibn Abdullohdan bir kiyimlikka o‘ralib namoz 



o‘qimoq to‘g‘risida so‘radim. U kishi quyidagicha javob qildilar: «Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam bilan birga bir safarga chikdim. Kechasi bir masala xususida Janob 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga bordim, namoz o‘qiyotgan ekanlar. 

Men tanamni mato bilan o‘rab olgandim xolos. Yonlarida turib namoz o‘qidim. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam namozni tugatib: «Kelmog‘ingning boisi nedir, ey Jobir?» — 

dedilar. Hojatimni aytdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga qarab: «Bu 

nechuk o‘ramoqdir?» — dedilar. «Ilgari tuppa-tuzuk kiyim erdi»,— dedim. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Agar mato keng ersa, yaxshilab o‘rab olg‘il, agar tor ersa, 

(biror narsa birlan) uni qadab olg‘il!» — dedilar». 

 

Sahl as-Sa’id raziyallohu anhu ushbu hadisni aytdilar: «Odamlar kiyimlarini yosh bolalar 



singari qadab olib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qir erdilar. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (erkaklar ortida) namoz o‘qiyotgan xotinlarga: 

«Erkaklar to‘liq o‘tirib olgunlaricha boshingizni ko‘tarmang!» — deb aytdilar». 

 

7-bob. Shomiy (majusiy to‘qigan) to‘nda namoz o‘qimoq 

 

Hasan Basriy: «Majusiy to‘qigan kiyimda namoz o‘qimoqning zarari yo‘q»—deydilar. 



Ma’mar esa: «Go‘shti yeyiladigan hayvon siydigiga bo‘kkan yamaniy kiyimni Az-Zuhriy 

kiyganini va Hazrat Alining uzun kiyimda namoz o‘qiganlarini ko‘rganman»,— deydilar. 

 

Mug‘ira ibn Shu’ba bunday deydilar: «Safarda Rasululloh bilan birga erdim. Shunda 



Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Mug‘ira, obdastani olg‘il!» — dedilar. Men 

obdastani oldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tashqariga chiqib ketdilar, hatto 

uzoqlashib, ko‘zimdan g‘oyib bo‘ldilar, qazoi hojat qildilar. Ustilarida shomiy choponlari 

bor erdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (tahorat olmak uchun) qo‘llarini 

choponlarining yengidan chiqaraman dedilar, torlik qildi, shunda qo‘llarini yeng ichidan 

tortib chiqardilar. Suv quyib berib turdim, u kishi namozga mo‘l tahorat oldilar va 

mahsilariga mash tortdilar. Keyin namoz o‘qidilar». 

 

8-bob. Namoz vaqtida (va muqaddas joylarda) yalang‘och bo‘lmakning 



makruhligi 

 

Jobir ibn Abdulloh ushbu hadisni aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Quraysh ahli birlan birga Ka’bani ta’mirlamak vaqtida tosh tashiyotgan erdilar. Ustilarida 

izorlari bor erdi. Shunda amakilari Abbos: «Ey jiyan, izoringni yechib, toshning tagidan 

yelkangga qo‘yib olsang-chi»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam izorlarini 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

79

yechib yelkalariga qo‘ydilar hamki, hushlaridan ketib yiqildilar (o‘shanda 25 yosh 



atrofida erdilar). Shundan beri hech ham yalang‘och yurmadilar».  

 

9-bob. Ko‘ylak-ishton yoki kalta ishton va chopon kiyib namoz o‘qimoq 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi turib Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallamdan bir kiyimda namoz o‘qimoq to‘g‘risida so‘radi. Jaiob Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Birortangizning ikkitadan kiyimingiz bormi o‘zi?» — dedilar. 

Keyin, bir kishi turib bir kiyimda namoz o‘qish haqida Hazrat Umardan so‘radi. «Olloh 

taolo yengillik bergandan keyin, yengillashtiringiz-da! (kiyimi bitta bo‘lgach, . o‘sha bitta 

kiyimda namoz o‘qiyveradi, bordiyu ikkita bo‘lsa, almashtirib kiyib olib o‘qisa, afzalroq) 

Kiyimi ko‘p bo‘lsa, izor va ridoda, izor va ko‘ylakda, izor va choponda, shim yu ridoda, 

shim va ko‘ylakda, shim va choponda, kalta ishton va choponda o‘qisin!» — dedilar». 

 

«Umar talta ishton va ridoda o‘qisin, deb aytganligiga shubham bor»,— deydilar Abu 



Hurayra. Shihobuddin Qastaloniy: «Agar rido uzun bo‘lib, tizzani yopib tursa, kalta 

ishtonda namoz o‘qisa bo‘lur»,— deydilar. 

 

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Hajga 



ehrom bog‘lagan kishi ne qilg‘aydir?» — deb so‘radi. «Ko‘ylak-ishton ham, burnus ham 

kiymag‘aydir. za’faron va sariq rangli mato ham kiymag‘aydir (o‘ramag‘aydir). Kimki 

kovush singari to‘pig‘dan past oyoq kiyim topmasa, mahsisining qo‘njini to‘pig‘idan past 

qilib qirqib tashlasin!» — dedilar». 

 

Ushbu hadisni Nofi’ (Ibn Umardan eshitib) sal boshkdcharoq riyuyat qilib bergan. 



 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling