Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 115-bob. Sajdadan turayotganda takbir aytmoq
- 116-bob. Ruku’da kaftlarni tizzaga qo‘ymoq (tizza ko‘zini changallamoq)
- 117-bob. Namozxon chala ruku’ qilsa...
- 118-bob. Ruku’da belni tekis bukmoq
- 120-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’ni mukammal qilmagan odamga namozni qaytarib o‘qishni buyurdilar
- 121-bob. Ruku’ qilayotganda duo aytmoq
- 122-bob. Imom ruku’dan bosh ko‘targanda nima deydi va orqasidagi namozxonlar nima deydi
- 123-bob. «Ollohumma rabbano va lakal-hamd»ning fazilati
- 125-bob. Namozxonning ruku’dan bosh ko‘targanda bir zum nafas rostlab olmog‘i
- 126-bob. Takbir aytib sajda qiling‘aydir
- 127-bob. Sajdaning fazilati
- 128-bob. Namozxon sajdada bilagining ich tarafini ko‘rsatib, qornini sonidan uzoqlashtirib turadir
- 129-bob. Namozxon oyoq panjalari uchini qiblaga qaratg‘aydir
- 131-bob. Tananing yettita a’zosi bilan sajda qilmoq
- 132-bob. Burni bilan sajda qilmoq
- 133-bob. Yer loy bo‘lgan vaqtda burun birlan sajda qilmoq
- 134-bob. Kiyimni bog‘lab va orqaga qaytarib olmoq
- 135-bob. Namozxon (namozda) sochini orqaga qaytarmaydir
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 156
114-bob. Sajdaga ketayotganda va sajdadan qaytayotganda takbirni to‘liq aytmoq
Mutarraf ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Men va Imron ibn Husayn Hazrat Aliga iqtido qilib namoz o‘qidik. Hazrat Ali sajdaga borayotganlarida ham, sajdadan bosh ko‘tarayotganlarida ham, ikkala rak’atdan turayotganlarida ham takbir aytar erdilar. Namoz tugagach, Imron ibn Husayn mening qo‘limni ushlab turib: «Mana bu kishining (ya’ni, Hazrat Alining) hozir o‘qigan namozi menga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozlarini eslatdi (Bizga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozlarini o‘qib berdi)»,— dedi».
Ikrima raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishining (Abu Hurayraning) Makkai Mukarramadagi Maqomi Ibrohimda namoz o‘qiyotib, sajdaga bosh qo‘yganda ham, sajdadan bosh ko‘targanda ham takbir aytganini ko‘rdim. Buni Ibn Abbosga aytib bergan erdim, ul: «Axir bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozlari-ku, ey yetimcha!» —dedilar».
Ikrima raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Makkada bir cholga (Abu Hurayraga) iqtido qilib namoz o‘qidim. 22 marta takbir aytdi. Shunda Ibn Abbosga: «Bu kishining aqli joyidami o‘zi?» — dedim. «He, onang voy bolam, deb qolgur, bu Abulqosim — Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari-ku!» — dedilar».
Abu Bakr ibn Abdurrahmonga Abu Hurayra raziyallohu anhu quyidagini aytib bergan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qisalar, avval tik turib takbiri tahrima aytar erdilar, keyir ruku’ qilayotganda va ruku’dan turayotganda «Sami’allohu liman hamidahu» der edilar. Qiyomda ersa «Rabbano laka-l-hamd» der erdilar.
Abdulloh ersa bunday deydilar: «(Janob Rasululloh) «Va laka-l-hamd»,— der erdilar, keyin birinchi sajdaga borayotib ham, undan bosh ko‘tarayotib ham, shuningdek ikkinchi sajdaga borayotib ham, undan bosh ko‘tarayotib ham takbir aytar erdilar. Namozning hamma rak’atlarida shunday qilur erdilar. Ikkinchi rak’atga turayotganda va o‘tirayotganda ham takbir aytar erdilar».
Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalar oldida ruku’ qilayotib, tizzalarini changalladilar»,— deydilar.
Mus’ab ibn Sa’d bunday dedilar: «Otam Sa’d ibn Abu Vaqqos yonlarida namoz o‘qidim. (Ruku’da) qo‘llarimni musht qilib sonimga qo‘ydim. Otam meni koyib: «Biz ham ilgari shunday qilar erdik, hozir bu makruh qilingandir, endi qo‘llarimizni tizza ko‘ziga qo‘yish buyurilgan»,— dedilar».
Zayd ibn Vahb rivoyat qiladirlar: «Huzayfa raziyallohu anhu ruku’ birlan sajdani to‘liq qilmayotgan bir kishini ko‘rib: «Namoz o‘qiganing yo‘q. Agar o‘lsang, Olloh taolo Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 157
Muhammad alayhissalomga. hidoyat qilgan maslakdan boshqa maslakda ketasan»,— dedilar».
Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir jamoa birodarlari huzurida ruku’ qilganlarida byollarini tekis qilib bukdilar»,— debdilar.
to‘g‘riligidan qanoat hosil qilmoq
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’lari, sajdalari, ikki sajda orasidagi o‘tirishlari, ruku’dan bosh ko‘tarib, qomatni rostlashlariga (qiyomga) deyarli bir xil vaqt sarflar erdilar».
Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga kirdilar, ketlaridan bir kishi ham kirib namoz o‘qidi. Keyin kelib Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga salom berdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salomiga alik olib: «Borg‘il, qaytadan o‘qig‘il, chunkim namoz o‘qimading!»— dedilar. Boyagi kishi 3 marta qaytadan namoz o‘qidi, so‘ng kelib: «Sizni haq din birlan yuborgan Ollohga qasam ichib ayturmenkim, bundan yaxshi qilolmayman. Menga o‘rgatingiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Namoz o‘qisang, avval takbiri tahrima aytg‘il, keyin Qur’ondan bilganlaringni o‘qig‘il, so‘ng shoshilmasdan astoydil ruku’ qilg‘il, keyin turib astoydil qaddingni rostlag‘il, undan so‘ng astoydil sajda qilg‘il, keyin astoydil sajdadan bosh ko‘targ‘il, so‘ng astoydil o‘tirg‘il, so‘ng astoydil sajda qilg‘il, keyin namozingning qolgan qismini ham shunday davom ettirg‘il!»—dedilar».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’ va sajda qilayotganlarida «Subhonaka ollohumma rabbano va bihamdika ollohumma-g‘firli»,—der erdilar».
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (ruku’dan ko‘tarilayotganlarida) «Sami’allohu liman hamidahu» desalar, (qomatlarini rostlagach), «Ollohumma rabbano va lakal-hamd» der erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’ qilganlarida va sajdadan bosh ko‘targanlarida «Ollohu akbar» deb takbir aytar erdilar. Ikkinchi sajdadan turganlarida ham «Ollohu akbar» deb takbir aytar erdilar».
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom «Sami’allohu liman hamidahu» desa, «Ollohumma rabbano lakal-hamd» deb aytingiz. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 158
Chunkim kimning aytganlari maloikalarning aytganlariga to‘g‘ri kelib qolg‘aydir, qilgan gunohlari kechirilg‘aydir»,— deganlar».
Abu Hurayra: «Men albatta sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qishlariga yaqin namoz o‘qib berg‘ayman»,— deganlar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu peshin, xufton va bomdod namozlarining oxirgi rak’atlarida «Sami’allohu liman hamidahu» degandan so‘ng, «Qunut» duosini o‘qib, mo‘minlarni duo qilar erdilar, kofirlarga la’nat aytur erdilar.
Anas raziyallohu anhu: «Qunut» duosi shom va bomdod namozlarida o‘qilar erdi»,— deganlar.
Rifoat ibn Rofi’ rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib namoz o‘qiyotgan erdik, ruku’dan bosh ko‘tarayotib, «Sa-mi’allohu liman hamidahu» deganlarida bir kishi: «Rabbano va lakal-hamd hamdan kasiran tayyiban muborakan fiyhi»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni tugatib orqalariga o‘girilgach: «So‘zlagan kimdir?»—dedilar. Ul: «Men»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «30 nechta ham farishtaning birinchi bo‘lib yozib olmoqqa shoshilayotganlarini ko‘rdim»,— dedilar».
Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’dan bosh ko‘targach, umurtqalarining har bir bo‘g‘inini joy-joyiga tushirib, bir zum nafaslarini rostlab oldilar»,— deydilar.
Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Anas raziyallohu anhu bizga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qanday namoz o‘qishlarini ta’riflab, ham ko‘rsatib (o‘qib) berdilar. Shunda, ruku’dan bosh ko‘targanda, bir zum tik turib qolar erdilar, hatto biz sajda qilmoq eslaridan chiqib qoldimikin?» — der erdik».
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ruku’, sajda va qiyomlariga hamda ikkala sajda orasida o‘tirmoqlariga deyarli bir xil vaqt sarflanar erdi».
Abu Qiloba rivoyat qiladirlar: «Molik ibn Huvayris bizga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nechuk namoz o‘qishlarini ko‘rsatib berar erdilar. Bu — namozdan tashqari vaqtda bo‘lur erdi. Qadlarini rostladilar-da, bir zum tin oldilar, keyin ruku’ qildilar, yana bir oz tin oldilar, so‘ng boshlarini ko‘tarib bir 6z jim turdilar. Molik ibn Huvayris bizga mana shu shayximiz Abu Buraydning namoziga o‘xshash namoz o‘qib berdi. Abu Burayd oxirgi sajdadan bosh ko‘tarsa, bir oz o‘tirib olib, keyin turar erdi».
Nofi’: «Ibn Umar (sajdaga borganda) tizzasini (erga) qo‘yishdan avval qo‘lini qo‘yar Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 159
erdi»,— deydilar (bu Molikiylar mazhabida, ammo qolgan uch mazhabda avval tizza, keyin qo‘l qo‘yilg‘aydir).
Zuhriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra raziyallohu anhu barcha namozda, buyurilgan va buyurilmagan namozlarda ham takbir aytur erdilar. Farzda ham, sunnatda ham, Ramazonda ham, qiyomda ham, ruku’da ham takbir aytar erdilar. Keyin, «Sami’allohu liman hamidahu» deb boshlarini ko‘tarar erdilar, so‘ng sajdaga ketishdan avval, «Rabbano va lakal-hamd» der erdilar. Keyin, «Ollohu akbar» deb sajdaga ketar erdilar, so‘ng sajdadan bosh ko‘tarayotganda takbir aytar erdilar. Keyin, ikkinchi sajdaga borayotganda takbir aytar erdilar, so‘ng ikkinchi sajdadan bosh ko‘tarayotganda takbir aytar erdilar hamda tashahhuddan turayotganda takbir aytar erdilar. Yuqorida ko‘rsatilganlarni har bir rak’atda, to namoz tugaguncha qilar erdilar. Namozdan qaytayotib: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamyod qilib ayturmenkim, hammangizning namoz o‘qishingizdan ko‘ra, mening namoz o‘qishim ko‘proq Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qishlariga o‘xshaydir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to dunyodan oxiratga o‘tib ketgunlaricha ana shunday namoz o‘qiganlar»,— dedilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu Abu Bakr va Abu Salamaga bunday debdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’dan bosh ko‘tarayotib, «Sami’allohu liman hamidahu»,— qiyomda ersa «Rabbano va lakal-hamd» der erdilar. Keyin: «Ilohi, Valid ibn Validga najot berg‘il, Salama ibn Hishomga ham najot berg‘il, Iyosh ibn Abu Rabi’aga ham najot berg‘il, shuningdek zaif, ezilgan mo‘‘minlarga najot berg‘il. Ilohi, Muzar kofirlariga qattiq azob berg‘il va ularga Yusuf alayhissalom davridagi qahatchilikdek qahatchilik yuborg‘il!» — der erdilar. O’sha kunlarda Muzar qabilasidan bo‘lmish Mashriq ahli Rasulullohga dushman kishilar erdi».
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ot ustidan yiqilib tushdilar (Abu Sufyon: «Otdan yiqildilar»,—deb erdi shekilli). Shunda o‘ng tomonlari shilinib ketdi. Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rgani kirdik. Namoz vaqti bo‘ldi. Bizga o‘tirgan holda imomlik qildilar, biz ham o‘tirib o‘qidik (Sufyon: «Bir marta o‘tirgan holimizda uqidik»,— degandi). Namozdan keyin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingan. Agar ul takbir aytg‘aydir, takbir aytingiz, agar ruku’ qilg‘aydir, ruku’ qilingiz, ruku’dan bosh ko‘targ‘aydir, bosh ko‘taringiz, «Sami’allohu liman hami-dahu» desa, «Rabbano va lakal-hamd» deb aytingiz. Sajda qilg‘aydir, sajda qilingiz!» — dedilar. Ali ibn Abdulloh: «Ma’mar ham shu hadisni rivoyat qilganmidi? — deb so‘radilar. «Ha»,— dedim. Sufyon: «Ma’mar, Zuhriy qanday aytib bergan bo‘lsa, shundayicha eslab qolibdir»,— dedilar. Ma’mar: «Ilohi, o‘zingga shukur! Zuhriyning «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ng yonlari birlan otdan yiqildilar» deganini yaxshi eslab qolganman. Zuhriyning huzuridan chiqqanimizda Ibn Jurayh: «O’shanda men ham Janob Rasulullohning huzurlarida edim. O’ng oyoqlari (boldirlari) shikastlangan erdi»,— dedi».
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Odamlar: «Yo Rasululloh, qiyomat kuni rabbimizni ko‘rg‘aymizmi?» — deb so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Havo ochiq kechada 14 kunlik Oyni ko‘rmoqqa shubha qilmag‘aymisiz?»—dedilar. «Yo‘q, yo Rasululloh!»—deyishdi. «Bulutsiz kunda Quyoshni ko‘rmoqqa shubha qilmag‘aymisiz?»
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 160
— dedilar. «Yo‘q»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Olloh taoloni ham shuningdek shaksiz ko‘rg‘aydirsizlar. Qiyomat kuni odamlar to‘plang‘aydir. Shunda Olloh taolo: «Kim nega sig‘ingan ersa, o‘shanga ergashsin!»—degaydir. Ayrim kishilar Quyoshga, ba’zilar Oyga ergashg‘aydir, kimlardir shaytonlarga ergashg‘aydir. Mahsharda faqat islom ummati qolg‘aydir, ularning ichida munofiqlari ham bo‘lg‘aydir. So‘ng, Olloh taolo kelib (ko‘rinmasdan): «Men sizning rabbingizdirman»,— deydir. «Rabbimiz kelguncha turadirgan joyimiz shu yermi? Rabbimiz kelsa, biz uni taniymiz»,— deyishg‘aydir odamlar (Ollohga shirk keltirib qo‘ymoqdan qo‘rqib shunday deyishg‘aydir). Shunda Olloh taolo kelib (ko‘rinib): «Men rabbingizdirman»,— deydir. «Sen rabbimizsan!»— deyishg‘aydir mo‘‘minlar. Ularni rabbi (Olloh) da’vat qilg‘aydir. Jahannam ustiga Sirot ko‘prigi qurilg‘aydir. Men payg‘ambarlar ichida birinchi bo‘lib ummatim birlan (Puli Sirotdan) o‘tg‘aydirman. O’sha kuni payg‘ambarlardan boshqa hech kim so‘zlamag‘ay. O’sha kuni payg‘ambarlar: «Ilohi, salomat qilg‘il, Ilohi, salomat qilg‘il!»—deb butun ummatlariga mehru shafqat tilag‘aydirlar. Jahannamda qiyoq tikanlari. yanglig‘ tikanlar bordir. Qiyoq tikanini ko‘rganmisiz?» — dedilar. Sahobalar: «Ha»,— deyishdi. Janob Rasululloh yana so‘zlarini davom ettirdilar: «Qiyoq tikanlariga o‘xshaydir-u, ammo uning kattaligini Ollohdan boshqa hech kim bilmaydir. Gunohlariga qarab, ba’zilar o‘tga, ba’zilar tikanga tashlab yuborilg‘aydirlar. So‘ng, do‘zaxga tushgan kishilardan qaysi biriga Olloh taolo rahmat qilmoqni istag‘aydir, ul najot topg‘usidir. Olloh taolo farishtalariga Ollohning o‘zigagina ibodat qilgan kishilarni do‘zaxdan chiqarmoqni buyurg‘aydir, so‘ng ularny do‘zaxdan chiqarg‘aydirlar. Yolg‘iz Ollohga ibodat qilgan bandalarni badanlarida qolgan sajda izlaridan tanishg‘aydir. Olloh taolo o‘tga bandalarning sajda izlari qolgan a’zolarini kuydirmoqni man’ qilg‘aydir. Odam bolasi butun a’zosi kuygan-u, ammo sajda qilgan a’zolarigina kuymagan holda do‘zaxdan chiqarilg‘aydir. Do‘zax otashidan chiqqan bandalar ustidan hayot suvi quyilg‘aydir. Badanlari xuddi sel loyqasiga tushgan urug‘ ungan yanglig‘ yosharib, ko‘rkam bo‘lg‘usidir. Olloh taolo butun bandalari o‘rtasida adolat tarozisi orqali qozilik hukmini nihoyasiga yetkazg‘ach, bir kishi jannat birlan do‘zax o‘rtasida qolg‘aydir. Ahli do‘zaxlardan bo‘lmish bul kishi jannatga eng keyin kirg‘aydir. Ul yuzi do‘zax o‘tiga qaragan holda: «Yo rabbiy, yuzimni do‘zax o‘tidan boshqa yoqqa burg‘il, do‘zaxning zaharli tutuni meni zaharlab, uning alangasi meni kuydirmoqda»,— deydir. Olloh taolo: «Agar aytganing qiling‘aydir, undan keyin boshqa narsani so‘ramasmisen?» — deydir. Banda: «Yo rabbiy, so‘ramasmen»,— deb ont ichgaydir. Olloh taolo bandasining va’dasini olgandan so‘ng, uning yuzini do‘zax tomondan jannat tomonga burgaydir. Banda jannatning so‘lim va ko‘rkamligini ko‘rib, Olloh xohlaganicha vaqt jim qolg‘aydir. So‘ng, «Yo rabbiy, meni jannat eshigining yoniga yetkazg‘il!»— deydir. Olloh taolo unga: «Hali so‘ragan narsangdan boshqa hech narsa so‘ramasmen, deb va’da qilmag‘anmi erding?» — deydir. «Yo rabbiy, va’da berdim-u, biroq sening lutfu karamingdan umidvormen»,—deydir. Olloh taolo: «Agar so‘raganingni bersam, boshqa hech narsa so‘ramasmisen?»—deydir. Banda rabbiga qasamyod aytib: «Boshqasini so‘ramasmen»,— deydir. Uni jannat eshigiga keltirg‘aydirlar. Jannat eshigiga yetganda undagi go‘zallik, so‘limlik va xursandchiliklarni ko‘rib hayratga tushg‘aydir va Olloh taolo xohlagancha vaqt jim qolg‘aydir. So‘ng: «Yo rabbiy, meni jannatga kirgizg‘il!» — deydir. Olloh: «Voh, seni qarag‘il-a! Nechog‘liq va’dangga vafosizdirsen. Ey oday bolasi, bundan boshqa narsa so‘ramasmen, deb va’da bermaganmi erding?» — deydir. Banda: «Ey rabbim, meni eng baxtsiz banda qilib qo‘ymag‘il!» —deydir. Haq taolo kulg‘aydir va bandasiga jannatga kirmoqqa ijozat berib: «Xohlaganingcha tilayverg‘il, bandam!» — deydir. Banda ko‘nglida borini tilag‘aydir. Shunda Olloh taolo unga: «Falon, falon va falon narsalarni ham qo‘shib so‘rag‘il!»—deb aytadir. Banda Olloh taolo aytganlarining
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 161
hammasini tilag‘aydir. Olloh taolo unga: «Bu ham sengadir, u ham sengadir»,— deb yana qancha narsalarni aytg‘aydir».
Abdulloh ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qisalar, (sajdada) tirsaklarini biqinlaridan uzoqroq tutar erdilar, hattoki qo‘ltiqlarining oppoqligi ham ko‘rinib turar erdi»,— deydilar.
Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday deb aytganlar»,— deydilar.
Huzayfa bir kishining chala ruku’ va sajda qilayotganini ko‘rib, namozni tugatgach: «Namoz o‘qimading!—dedi. Abu Voil: «Nazarimda, «Agar o‘lsang, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam maslagidan boshqa yo‘lda o‘lgan bo‘lursen, deb ham aytgandi»,— deydilar.
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tananing yettita a’zosi birlan sajda qilmoqni buyurib, sochni orqaga taramoqni hamda kiyimni (etag‘i, yengi, pochasi va boshqani) buklamoqni man’ qildilar. O’sha yettita a’zo: peshona, 2 qo‘l, 2 tizza va 2 oyoqdir».
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sochni orqaga taramay va kiyimni orqaga qaytarmay, yetti a’zo birlan sajda qilmoqqa buyurildik»,— deydilar».
Barro ibn Ozib (u yolg‘on so‘zlamaydir) rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib namoz o‘qir erdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Sami’allohu liman hamidahu» deganlarida to sajdaga boshlarini qo‘ymagunlaricha birontamiz belni egmas erdik».
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «7 a’zo birlan — peshona (qo‘llari birlan burunlarini ko‘rsatdilar), 2 qo‘l, 2 tizza va 2 oyoq uchi birlan sajda qilmoqqa hamda sochni orqaga taramaslikka va kiyimni orqaga qaytarmaslikki buyurildim»,— dedilar».
Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Abu Sa’id al-Xudriyning huzuriga kirdim-da: «Biz birlan suhbatlashgani xurmo bog‘iga chiqmasmisiz?» — dedim. «Xo‘p»,— deb chiqdilar. «Bizga Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 162
Laylatulqadr to‘g‘risida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitganingizni aytib beringiz»,— dedim. Abu Sa’id: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning dastlabki 10 kunida masjiddan chiqmasdan ibodat qilmoqqa niyat qildilar, biz ham niyat qildik. Rasululloh sallallohu alayhi yu sallam qoshlariga Jabroil Alayhissalom kelib: «Siz so‘rayotgan narsaga hali vaqt ertadir»,— debdilar. Janob Rasululloh ikkinchi 10 kunlikda ham e’tikof qildilar. Biz ham u kishi birlan birga e’tikof qildik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qoshlariga Jabroil alayhissalom kelib: «Siz so‘rayotgan narsaga hali vaqt bordir»,— debdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning 20-kunida bomdodda xutbaga chiqib: «Kimki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga e’tikof qilgan ersa, yana e’tikof qilsin, chunkim menga Laylatulqadr kechasining muddati aytilgan erdi, men uni unutdim. Ul oxirgi 10 kunlikning toq kechalaridan birida bo‘lmog‘i lozim. Men tushimda ko‘rsam, go‘yokim loyga sajda qilayotgan erkanman»,— dedilar. Masjidning tomiga xurmo shoxlari yopilgan erdi, osmonda bitta ham bulutni ko‘rmas erdik. Birdan osmonda bir kichik bulut paydo bo‘lib, ustimizga yomg‘ir yog‘di. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qidilar, biz u kishiga iqtido qildik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning peshonalari va burunlarining uchiga loy va suv tekkanini ko‘rdik. Bu birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘rgan tushlari isbot bo‘ldi».
Namozxon avrati ochilib qolmog‘idan qo‘rqsa, namozdan avval bog‘lab olg‘aydir. Sahl ibn Sahl: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan namoz o‘qiyotgan odamlar izorlari kichikligidan yelkalariga bog‘lab olar erdilar, ayollarga erkarlar to‘liq o‘tirib olmaguncha, sajdadan boshlarini ko‘tarmaslik buyurilgan erdi».
Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tananing yetti a’zosi birlan sajda qilmoqqa hamda kiyim va sochni orqaga qaytarmaslikka buyurildilar»,— deydilar».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling