Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Qoriga (sajdasiga) qo‘shilib sajda qilmoq
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-bob. Imom sajda qilinadirgan oyatni o‘qiganida odamlarning to‘planmog‘i
- 9-bob. «Olloh taolo sajda etiladirgan oyat tilovat qilingandan keyin sajda etmoqni vojib aylamagan»,-degan fikrga borgan kishilar
- 10-bob. Namoz o‘qiyotib sajda oyatiga kelganda sajda qilgan kishi
- 11-bob. Tiqilinchda sajda qilmoqqa joy topmagan kishi
- 2-bob. Minoda namoz o‘qimoq
- 3-bob. Rasululloh sallallohu alayqi va sallam hajda necha kun turdilar
- 4-bob. Necha kunlik safarda qasr o‘qiladir
- 5-bob. Uyidan safarga chiqishi bilanoq namozni qasr o‘qiyveradir
- 6-bob. Shom safarda uch rak’at o‘qiladir
- 7-bob. Ulov ustida nafl o‘qimoq
- 8-bob. Ulov ustida imo-ishora birlan nafl o‘qimoq
- 9-bob. Farz namozi ulovdan tushib o‘qiladir
- 10-bob. Eshak minib ketayotib nafl o‘qimoq
- 11-bob. Safarda farz namozidan keyin nafl o‘qimagan kishi
- 12-bob. Safarda farz namozidan avval va keyin o‘qiladirgan sunnat namozlaridan tashqari nafl qam o‘qigan kishi
- 13-bob. Safarda shom va xufton namozlarini qo‘shib o‘qimoq
- 14-bob. Safarda namozxon shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qiganda, azon va takbir aytadirmi, yo‘qmi
- 15-bob. Kun og‘masdan ilgari safarga chiqsa, peshinni asrga qo‘shib o‘qiydir
- 16-bob. Kun oggandan keyin safarga chiqadirgan bo‘lsa, peshinni o‘qib, keyin yo‘lga chiqadir
- 17-bob. O’tirib o‘qiydirgan namoz
- 18-bob. O’tirgan holda imo-ishora birlan namoz o‘qimoq
- 20-bob. Agar o‘tirgan holda namoz o‘qiyotgan kishi namoz davomida sog‘ayib qolsa yokim o‘zini yengil his qilsa, namozini oxiriga yetkazadir, qaytarib
7-bob. Qoriga (sajdasiga) qo‘shilib sajda qilmoq
Tamim ibn Hazlamning bolalik chog‘lari erdi. Bir kuni ul sajda etiladirgan oyatni qiroat qilib berganida, Ibn Mas’ud: «Sajda qilg‘il, sen bizning imomimizdirsan!» - degan edilar.
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajda qilinadirgan surani o‘qir erdilar-da, sajda etar erdilar, biz ham birgalikda sajda aylar erdik. Ba’zan (odam ko‘pligidan) bir peshona siqqudek joy topolmay qolar erdik».
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajda qilinadirgan oyatni o‘qiganlarida biz ham ul kishining oldilarida bo‘lar erdik, o‘l kishi sajda qilar erdilar, biz ham ul kishi birlan birga sajda etar erdik. Odam ko‘pligidan ba’zi birimiz peshona siqqudek joy topolmay qolar erdik».
etmoqni vojib aylamagan»,-degan fikrga borgan kishilar
Imron ibn Husaynga: «Bir kishi sajda qilinadirgan oyatni eshitsa ham, to‘xtamay o‘tib ketaverdi»,- deyishdi. Imron: «To‘xtamagan ersa, ne bo‘libdir?» -dedilar. Imom Buxoriy: «Imron buni vojib deb hisoblamadi, shekilli»,-deydilar. Sajda qilinadirgan oyat o‘qilgandan keyin boshqalar sajda aylab, Salmon Forsiy sajda etmay o‘tib ketaverganlarida ul kishiga odamlar: «Nega siz sajda qilmadingiz!»-deyishdi. Shunda Salmon Forsiy: «Biz bul oyatni eshitmoq niyatida chiqqanimiz yo‘q erdik, biz uni tasodifan eshitib qoldik»,- degan ekanlar. Hazrat Usmon: «Bul - sajda qilinadirgan oyatni eshitmoqni ataylab niyat etgan kishilargagina vojibdir!»-deydilar. Zuhriy: «Tahoratli kishigina sajda qilg‘aydir. Agar sajda etmoqchi bo‘lsangiz, qiblaga qarab sajda etingiz. Ot minib safarga ketayotganingizda, ketayotgan tomoningizga qarab sajda qilaveringiz, buning zarari yo‘qdir»,- deydilar. Soib ibn Yazid razyyallohu anhu ersa, qisqa tilovat qilganlarida sajda etmas erdilar.
Abu Bakr ibn Abu Mulayka rivoyat qiladirlar: «Rabiy’a odamlarning mumtozi erdi. Ul menga Hazrat Umar huzurida bo‘lgani haqida gapirib, bunday degandi: «Hazrat Umar jum’a kuni minbarda turib «An-Nahl» surasini o‘qidilar, sajda qilinadirgan oyatga kelganda, minbardan tushib sajda etdilar, odamlar ham sajda etishdi. Keyingi jum’ada yana «An-Nahl» surasini o‘qidilar, sajda qilinadirgan oyatga kelganda: «Ey odamlar, biz sajda qilinadirgan oyatga keldik, kimki sajda etgaydir, sunnatga amal qilgan bo‘lur. Kimki sajda qilmasa, gunohi yo‘qdir»,- deb o‘zlari sajda qilmadilar».
Nofi’ raziyallohu anhu Hazrat Umar haqlaridagi rivoyatga qo‘shimcha qilib: «O’shanda Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 214
Hazrat Umar, «Olloh taolo sajda qilinadirgan oyat uqilgach, sajda etmoqni farz qilgani yo‘q, xohlasak sajda qilg‘aymiz» deb aytgan erdilar»,-deydilar.
Abu Rofi’ rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra birlan birga xufton namozini o‘qidim. Shunda ul kishi «Iza-s-sa-mou-n-shaqqat» surasini o‘qiyotib sajda qilinadirgan oyatga kelganda sajda etdilar. Namoz tugagach, men: «Bu nechuk sajda bo‘ldi?» - dedim. Abu Hurayra: «Shul oyatga kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib sajda qilganman. Shul sababdan Rasulullohni qiyomatda uchratmagunimcha (to o‘lgunimcha) sajda qilaverg‘umdir!» - dedilar».
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajda qilinadirgan oyati bor surani o‘qib, sajda etar erdilar, biz ham ul kishi birlan birga sajda aylar erdik. Odam ko‘pligidan ba’zi birimiz peshonamizni qo‘ygudek joy topolmay qolar erdik».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 215
ÉΟó¡Î0
«!$# Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$# NAMOZNI QASR (QISQARTIRIB) O’QISH HAQIDAGI BOBLAR
1-bob. Qasr o‘qish va uning muddati haqidagi hadislar to‘g‘risida
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 19 kun Makkada turib qasr o‘qidilar (Makka fath qilinganda). Shuning uchun biz ham safarda 19 kun qasr o‘qiydirmiz».
Anas raziyallohu anhu Yahyo ibn Abu Ishoqqa bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Madinadan Makkaga yo‘l oldik. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga qaytib kelgunimizcha farz nomozini ikki rak’at-ikki rak’atdan o‘qidilar». Yahyo ibn Abu Ishoq: «Makkada ko‘p turmagandirsizlar?» - deb Anasdan so‘rabdilar. Anas: «Makkada o‘n kun turdik»,- deb javob beribdirlar.
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Minoda ikki rak’at qasr o‘qidim. Abu Bakr Siddiq birlan ham, Umar va endigina amirlik qilayotgan Usmon birlan ham ikki rak’at qasr o‘qiganman. Keyin, Usmon to‘liq o‘qiydirgan bo‘ldilar».
Horisa ibn Vahb: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan birga Minoda to‘rt rak’at o‘rniga ikki rak’at namoz o‘qidilar»,- deydilar.
Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Usmon ibn Affon biz birlan birga Minoda to‘rt rak’at kamoz o‘qidi. Buni Abdulloh ibn Mas’udga yetkazishdi. Shunda Abdulloh ibn Mas’ud shul xususdagi bir voqeani eslab, bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Minoda farzni to‘rt rak’at o‘rniga ikki rak’atdan o‘qidik, Abu Bakr birlan ham, Umar birlan ham Minoda ikki rak’atdan o‘qidik. Koshki erdi, farz to‘rt rak’at o‘rniga ikki rak’at deb qabul qilingan bo‘lsa erdi!»
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va ul kishining sahobai kiromlari Makkai Mukarramaga Zulhijja oyining 4-nchi kuni tongda yetib keldilar. 4-nchi kunning peshinidan boshlab 8-nchi kunning asrigacha haj uchun talbiya aytdilar. Janob Rasululloh 8-nchi kuni Minoga chikdilar. Makkada 21 ta farz namozi o‘qidilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbonlik olib kelmagan sahobalarga umra (kichik haj) qilib ehromni yechmoqni, qurbonlik olib kelganlarga ersa, ehromni yechmay hajni (katta hajni) davom ettirmoqni buyurdilar».
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kecha-yu bir kunduzlik yo‘lni «safar» deb Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 216
atadilar. Ibn Umar va Ibn Abbos 4 burudlik (16 farsah - 36 km) yo‘lga chiqsalar, namozni qasr qilib, ro‘zani ochar erdilar.
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Xotin kishi 3 kecha- yu kunduzlik yo‘lga yolg‘iz o‘zi safar qilmag‘aydir, balkim mahrami birlan birga safar qilg‘aydir»,- deganlar».
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taologa va oxirat kuniga ishongan xotinning mahramsiz yolg‘iz o‘zi bir kecha-yu kunduzlik yo‘lga safar qilmog‘i joiz ermas»,- deydilar».
Hazrat Ali safarga chiqdilar. Yo‘lda ketayotib, hali uylari ko‘rinib turgan bo‘lsa ham, namozni qasr o‘qidilar. Safardan qaytishda hamrohlari Hazrat Aliga: «Mana, Kufa ham ko‘rinib qoldi, endi namozni to‘liq o‘qiymizmi?» - deyishdi. Hazrat Ali: «Yo‘q, to shaharga kirmaguncha to‘liq o‘qimasmiz»,- deb javob qildilar.
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga peshinni Madinai Munavvarada o‘qidik. Zul-Hulayfa degan yerga borganda ersa, ikki rak’at asr o‘qidik (Makkaga 6 mil) qolgandi)».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Dastlab, namoz ikki rak’at, deb farz qilingan erdi. Safarda shul ikki rak’atligicha qoldi. Lekin, muqimlikda to‘rt rak’at qilib to‘ldirildi. Zuhriy: «Oisha onamiz «to‘ldirildi» deganlarida nimani nazarda tutgan erdilar»,- deb Urvadan so‘radi. Urva: «Usmon raziyallohu anhu bu xususda (ya’ni, namozni to‘rt rak’at o‘qymoq to‘g‘risida) ne degan bo‘lsalar, o‘shani nazarda tutdilar»,- dedi».
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda shoshilib turganlarida shomni kechiktirib, xuftonga qo‘shib o‘qiganlarini ko‘rdim. Solim: «Mening otam Abdulloh ham safarda shoshib turgan bo‘lsalar, shunday qilar erdilar»,- deydi».
Ibn Shihob Zuhriyga Solim bunday deb rivoyat qilgan erkan: «Ibn Umar Muzdalifa degan yerda xufton vaqti bo‘ldi hamki, shom o‘qimadilar. Bir payt Ibn Umar xotinlari Safiya binti Abu Ubaydga baqirib gapirib turgan erdilar, men: «Namozga!» - dedim. «Yuraverg‘il, hali»,- dedilar. Men yana: «Namozga!» - dedim. «Yuraverg‘il, hali»,- dedilar. Men yana: «Namozga!» - dedim, ul kishi tag‘in: «Yuraverg‘il»,- dedilar. Shu tariqa 2-3 mil yurdik, so‘ng tushib namoz o‘qidik. Namozdan keyin: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning safarda shoshilib turganlarida shunday namoz o‘qiganlarini ko‘rganman. Ul kishi shomni uch rak’at o‘qib, salom bergan erdilar, bir ozdan keyin ersa, takbir aytib, ikki rak’at xufton o‘qigan erdilar, keyin salom bergan erdilar. Xuftondan keyin tonggacha nafl o‘qimagan erdilar», - dedilar».
Abdulloh ibn Amrning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 217
sallamning tuyada ketayotgan tomonlariga qarab namoz o‘qiyotganlarini ko‘rganman».
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulov mingan holda qibladan boshqa tomonga qarab ham namoz o‘qiyverar erdilar».
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu safarda ulov ustida ham nafl va vitr o‘qiyverar erdilar Keyin: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday qilar erdilar»,- deb aytar erdilar».
Abdulloh ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar safarda ulov minib ketayotgan tomonlariga qarab nafl o‘qiyverar erdilar. Imo-ishora birlan ruku’ va sajda qilar erdilar, ya’ni go‘yo ruku’ va sajda qilayotgandek harakat qilib qo‘yar erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham xuddi shundoq qilar erdilar».
Omir ibn Rabiy’a rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ulov (ketayotgan tomonga qarab) ustida imo-ishora birlan ruqu’ va sajda qilib, nafl o‘qib ketayotganlarini ko‘rganman. Lekin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam farz namozini bunday o‘qimas erdilar (ulovdan tushib o‘qir erdilar)».
Ibn Shihob rivoyat qiladirlar (ul kishiga Zuhriy, Zuhriyga ersa, Solim aytib bergan erkan): «Abdulloh ibn Umar safarda yurganlarida kechasi ulov ustida namoz o‘qir erdilar. Qaysi tomonga qarab ketayotganlariga sira parvo qilmas erdilar. Ibn Umar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam ulov ustida qaysi tomonga qarab bo‘lsa ham, nafl va vitr o‘qiyverar erdilar. Biroq farz namozini ulov ustida o‘qimas erdilar»,—deydilar», '
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulov minib sharq tomonga ketayotgan bo‘lsalar ham, nafl o‘qiyverar erdilar. Lekin, qachon farz namozi o‘qimoqchi bo‘lsalar, ulovdan tushib, qiblaga qarab o‘qir erdilar».
Anas ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Anas ibn Molik Shom shahridan kelayotganlarida biz kutgani chiqdik. «Ayn ut-Tamr» degan yerda uchrashdik. Shunda ul kishining eshak ustida nafl o‘qib kelayotganlarini ko‘rdim. Yuzlari qiblaning chap tomoniga qaragan holda erdi. Men ul kishiga; «Sizning qibladan boshqa yoqqa qarab namoz o‘qiyotganingizni ko‘rdim»,— dedim. Anas ibn Molik: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shundoq qilganlarini ko‘rmaganimda erdim, bundoq qilmagan bo‘lar erdim»,— dedilar».
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarga chiqdim. Janob Rasulullohning safar vaqtida farz namozidan keyin nafl o‘qiganlarini ko‘rmadim. Olloh taolo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamda sizlarga yaxshi ibrat bo‘lg‘ulik narsalar ko‘pdir!»— deydir».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 218
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safar qilganlarida yonlarida birga yurdim. Janob Rasululloh farz namozini ikki rak’atdan ortiq o‘qimas erdilar (ya’ni, sunnatini o‘qimas erdilar). Abu Bakr birlan ham, Umar va Usmon birlan ham safarda birga yurdim, ular ham shundoq qilishar erdi».
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozining ikki rak’at sunnatini o‘qidilar. Ibn Abu Laylo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning choshgohda namoz o‘qiganlarini bir kishi ko‘rib aytib berdi. Ummu Honi’ ersa bundoq dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makka fath bo‘lgan kuni mening uyimga kirib g‘usl qildilarda, 8 rak’at nafl o‘qidilar. Bundan keyin ul kishining bunchalik qisqa (engil) namoz o‘qiganlarini ko‘rmaganman. Biroq qisqa (engil) o‘qigan bo‘lsalar ham, maromiga yetkazib ruku’ va sajda qilganlar».
Abdulloh ibn Omirning otalari rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kechasi safarda ulov minib ketayotib nafl o‘qiganlarini ko‘rdim».
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda tuya minib ketayotib (tuya ketayotgan tomonga qarab) imo-ishora birlan ruku’-sajda qilib nafl o‘qiyverar erdilar».
Ibn Umar ham shundoq qilar erdilar. 13-bob. Safarda shom va xufton namozlarini qo‘shib o‘qimoq
Solimning otalari Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safar og‘ir bo‘lsa, shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qir erdilar».
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar safarda ulov minib ketayotgan bo‘lsalar, peshin birlan asrni hamda shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qir erdilar».
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qir erdilar».
takbir aytadirmi, yo‘qmi?
Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shoshilinch safar vaqtida shom namozini kechiktirib, xuftonga qo‘shib o‘qiganlarini ko‘rganman»,- deydilar. «Abdullohning o‘zlari ham shundoq qilar erdilar,-deydilar Solim raziyallohu anhu,- agar safarda shoshilib turgan bo‘lsalar, takbir aytib, uch rak’at shom o‘qir erdilar. Keyin, salom berib, bir oz turar erdilarda, xuftonga takbir aytar erdilar, so‘ng ikki rak’at o‘qib salom berar erdilar. Shom birlan xufton o‘rtasida ham, xuftondan keyin ham biror rak’at qo‘shimcha sunnat namoz o‘qimas erdilar. Faqat yarim kechada tahajjud o‘qir erdilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 219
Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda mana bu ikki namozni, ya’ni shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qir erdilar»,- deydilar.
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh og‘masdan ilgari safarga chiqsalar, peshinni asr vaqtigacha kechiktirib, keyin ikkala namozni qo‘shib o‘qir erdilar. Quyosh og‘gan bo‘lsa, peshinni o‘qib, keyin yo‘lga chiqar erdilar».
yo‘lga chiqadir
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kun og‘masdan ilgari yo‘lga chiqsalar, peshinni asrgacha kechiktirib, keyin ulovdan tushar erdilar, ikkala namozni qo‘shib o‘qir erdilar. Agar kun og‘gandan keyin safarga chiqadigan bo‘lsalar, peshinni o‘qib keyin yo‘lga chiqar erdilar».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo‘lib qolganlarida uyda o‘tirgan holda namoz o‘qidilar. Odamlar ersa, tikka turgan holda iqtido qilishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga: «O’tirib o‘qingiz!» - deb ishora qildilar. Namoz tugagach: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir, agar ul ruku’ qilg‘aydir, sizlar ham ruku’ qilingiz, ruku’dan bosh ko‘targ‘aydir, sizlar ham bosh ko‘taringiz!»-dedilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam otdan yiqilib, o‘ng oyoqlari shilindi. Shunda ul kishini ko‘rgani kirdik, bir ozdan keyin namoz vaqti bo‘ldi. Bizga o‘tirgan holda imomlik qildilar, biz ham o‘tirib o‘qidik. Namozdan keyin bizga: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir. Imom takbir aytsa, takbir aytingiz, ruku’ qilsa, ruku’ qilingiz, ruku’dan bosh ko‘tarsa, bosh ko‘taringiz. Agar «Sami’allohu liman hamidahu» desa, «Rabbano va laka-l-hamd» deb aytingiz!» - dedilar».
Imron ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Mening bavosir kasalim bor erdi. Janob Rasulullohdan o‘tirgan holda namoz o‘qimoq haqida so‘radim. Shunda bunday dedilar: «Tik turib o‘qigan namoz o‘tirib o‘qigan namozdan afzalroqdir, chunkim o‘tirib namoz o‘qigan kishiga, tik turib namoz o‘qigan kishiga tegadirgan savobning yarmisi tekkaydir. Kimki yonboshlab o‘qig‘aydir, o‘tirib o‘qigan kishiga tegadirgan savobning yarmisini olg‘aydir».
Imron raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan o‘tirgan holda namoz o‘qimoq to‘g‘risida so‘radim. Shunda bunday dedilar: «Kim tik turib o‘qig‘aydir, o‘tirib o‘qigandan afzaldir, kim o‘tirib o‘qig‘aydyr, unga tik turib o‘qiganning yarim savobi berilg‘aydir,.kim yonboshlab o‘qig‘aydir, unga o‘tirib o‘qiganning yarim savobi tekkusidir». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 220
19-bob. Agar kishi o‘tirib o‘qishga yaramasa, yonboshlab o‘qiydir. agar qiblaga o‘girilishga qodir bo‘lmasa, to‘g‘ri kelgan tomonga qarab o‘qiydir
Imron ibn Husayn raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Mening bavosir kasalim bor edi. Shul boisdan ham men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan betob odamning namoz o‘qimog‘i to‘g‘risida so‘radim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Avvalo tik turib o‘qig‘il, agar bunga qodir bo‘lmasang, o‘tirib o‘qig‘il, unga ham qodir bo‘lmasang, yonboshlab o‘qig‘il!» - dedilar».
Hasan Basriy: «Kasal odam, xohlasa, namozning ikki rak’atini tik turib keyingi ikki rak’atini ersa o‘tirib o‘qiydir»,- deydilar.
Abdullohibn Yusuf rivoyat qiladirlar: «Oisha onamiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning to keksaygunlaricha kechasi o‘tirgan holda namoz o‘qiganlarini sira ham ko‘rmagan erkanlar. Janob Rasululloh ruku’ qilmoqchi bo‘lsalar, avval o‘rinlaridan turib 30 yokim 40 oyat o‘qib, keyin ruku’ qilar erdilar».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘tirgan holda namoz o‘qib, qiroat qilar erdilar. Qiroat qilishga 30 yokim 40 oyat qolganda o‘rinlaridan turib qiroat qilar erdilar, so‘ng ruku’ qilar erdilar, keyin sajda qilar erdilar. Ikkinchi rak’atda ham aynan shundoq qilar erdilar. Namozni tugatgach, menga qarar erdilar, agar uyg‘oq bo‘lsam, men birlan so‘zlashib o‘tirar erdilar, uxlayotgan bo‘lsam, o‘zlari ham yonboshlar erdilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 221
ÉΟó¡Î0
«!$# Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$# KECHASI TAHAJJUD O’QIMOQ VA OLLOH TAOLONING «O’ZINGGA QO’SHIMCHA VAZIFA (NAFL) TARIQASIDA KECHASI TAHAJJUD O’QIG’IL!» DEGAN KALOMI SHARIFI XUSUSIDA
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi tahajjudda quyidagi duoni o‘qir erdilar: «Ollohumma laka-l-hamdu, anta qayyimu-s-samavoti va-l-arzi va man fiyhinna, va la-ka-l-hamdu, laka mulku-s- samavoti va-l-arzi va man fiyhin-na, va laka-l-hamdu, nuru-s-samavoti va-l-arzi, va la- ka-l-hamdu, anta maliku-s-samavoti va-l-arzi, va la-ka-l-hamdu, anta-l-haqqu va va’duka-l-haqqu va liqouka haqqun va qavluka haqqun va-l-jannatu haqqun va-n-noru haqqun va-n-nabiyyuuna haqqun va Muhammadun sallallohu alayhi va sallam haqqun va-s-so’atu haqqun, Ollohumma laka aslamtu va bika omantu va alayka tavakkaltu va ilayka anabtu va bika xosamtu va ilayka hokamtu, fag‘firliy mo qaddamtu va mo axxartu va mo asrartuva mo a’lantu, anta-l-muqaddamo‘ va anta-l-muaxxaru, lo iloha illo anta av lo iloha g‘ayruka». Sufyon raziyallohu anhu: «Abd ul-Kariym Abu Umayya yuqoridagi duoga «Va lo havla va lo quvvata illo bi-l-loh» ni qo‘shimcha qilgan»,- deydilar.
Duoning tarjimasi: «Ilohi, jamiki maqtovlar senga xosdir! Sen yeru osmonlarning va undagi borliqning yaratuvchisi va boshqarib turuvchisidirsen, jamiki maqtovlar senga xosdir! Sen yeru osmonlar va undagi barcha narsalarning egasidirsen, jamiki maqtovlar senga xosdir! Yeru osmonlar yorug‘ligi sendandir, jamiki maqtovlar senga xosdir! Sen haqdirsen va va’dang ham haqdir, oxiratda seni ko‘rmoq ham haqdir. So‘zing haqdir, jannat ham haq, do‘zax haqdir. Jamiki payg‘ambarlar ham haqdir, Muhammad sallallohu alayhi va sallam ham haq va qiyomat ham haqdir. Ilohi, senga bo‘yinsundim va senga iymon keltirdim hamda o‘zingga tavakkal qildim, dildan senga tavba qildim, seni deb (dushmanlaring birlan) kurashdim, ularga o‘zing jazo berg‘aysen, o‘tgan va kelgusi gunohlarimni, xufyona va oshkora xatolarimni o‘zing kechirg‘il, sen yakka-yu yagonadirsan, sendan boshqa iloh yo‘qdir!».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling