Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Yomgir so‘rayotganda ridoni tanaga yaxshilab o‘rab olmoq


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


37-bob. Yomgir so‘rayotganda ridoni tanaga yaxshilab o‘rab olmoq 

 

Abdulloh ibn Zayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ridolarini 



yaxshilab o‘rab olib, keyin Olloh taolodan yomgir so‘radilar». 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

198


 

Abdulloh ibn Zayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozgohga 

chiqib, yomg‘ir so‘radilar. So‘ng, qiblaga qarab turib ridolarini tanalariga yaxshilab o‘rab 

oldilarda, ikki rak’at namoz o‘qidilar». 

 

38-bob. Jome’ masjidida yomg‘ir so‘ramoq 

 

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir kishi jum’a kuni masjidga minbar to‘g‘risidagi 



eshikdan kirdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tik turib xutba aytayotgan erdilar. 

Voyagi kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yuzlanib, tik turgan holda: «Yo 

Rasululloh, chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, Olloh taolodan so‘rangiz, bizga 

yomg‘ir bersin!»- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib: «Ilohi, 

bizga yomg‘ir berg‘il! Ilohi, bizga yomg‘ir berg‘il! Ilohi, bizga yomgir berg‘il!» - deb uch 

marta duo qildilar. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, o‘shanda havo mutlaqo ochiq 

bo‘lib, osmonda bir parcha ham bulut ko‘rinmas erdi, xullas, havoning yomg‘ir 

yog‘adigan siyog‘i yo‘q erdi. Biz turgan joy birlan Sal’ (Madinai Munavvaradagi tog‘) 

oralig‘ida birorta uy ham, hovli ham yo‘q erdi. To‘satdaya tog‘ ortidan qalqonsimon bir 

bulut paydo bo‘lib, tobora kattalasha boshladi va nihoyat butun osmonni qoplab oldi. 

So‘ng, yomg‘ir yog‘di. Olti kun Quyoshni ko‘rmadik. Keyingi jum’ada ham Rasululloh tik 

turib xutba aytayotgan erdilar. Birdan o‘sha eshikdan bir kishi kirib kelib: «Yo 

Rasululloh, yomg‘ir ko‘pligidan chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, Olloh 

taolodan so‘rang, yomg‘irni to‘xtatsin!» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

qo‘llaryni ko‘tarib: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmagil! Ilohi, 

tepaliklarga, tog‘larga, vodiylarga, o‘tloqlarga yog‘dirg‘il!»-deb duo qildilar. Dam o‘tmay 

yomg‘ir to‘xtadi, masjiddan chiqib ketayotganimizda Quyosh charaqlab turardi». 

Keyinchalik, Shariyk raziyallohu anhu: «Janob Rasulullohning oldilariga keyingi kelgan 

odam, o‘sha yomgir so‘rab kelgan odamning o‘zimidi?» - deb so‘raganda, Anas: 

«Yodimda yo‘q»,- degan ekanlar. 

 

39-bob. Jum’a xutbasida qiblaga qaramay yomg‘ir so‘ramoq 

 

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tik 



turib xutba aytayotganlarida qozixona tomondagi eshikdan bir kishi kirib kelib: «Yo 

Rasululloh, chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, Ollohdan so‘rab beringiz, bizga 

yomg‘ir bersin!» - dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib: 

«Ilohi, yomg‘ir berg‘il bizga! Ilohi, yomg‘ir berg‘il bizga! Ilohi, yomg‘ir berg‘il bizga!» - 

deb uch bor duo qildilar. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, havo ochiq bo‘lkb, 

osmonda bir parcha ham bulut yo‘q erdi. Biz birlan Sal’ (Madinai Munavvaradagi tog‘) 

oralig‘ida na birorta bino va na hovli bor erdi. Nogahon tog‘ ortidan qalqondek bulut 

ko‘rinib, biz tomonga kela boshladi, sekin-asta kattalashib, butun osmonni qoplab oldi. 

Keyin, yomg‘ir yog‘di. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, olti kungacha Quyosh yuzini 

ko‘rmadik. Keyingi jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutba aytib 

turganlarida o‘sha eshikdan bir kishi kirib kelib: «Yo Rasulalloh, chorva qirilib ketdi, 

ko‘chalar huvillab qoldi, Ollohdan so‘rangiz, yomg‘irni to‘xtatsin!» -dedi. Shunda 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, 

ustimizga yog‘dirmag‘il! Ilohi; tepaliklarga, vodiylarga, bog‘u rog‘larga, o‘tloqlarga 

yog‘dirgil!» - deb duo qildilar. Bir oz o‘tmay yomg‘ir to‘xtadi. Masjiddan chiqqanimizda 

Quyosh charaqlab turgan erdi». Keyinchalik, Shariyk raziyallohu anhu: «Janob 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

199


Rasulullohning oldilariga keyingi kelgan odam, o‘sha yomg‘ir so‘rab kelgan odamning 

o‘zimidi?» - deb so‘raganda, Anas: «Yodimda yo‘q»,- deb aytgan ekanlar. 

 

40-bob. Minbarda turib yomgir so‘ramoq 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam xutba aytib turgan erdilar, birdan bir kishi kirib kelib: «Yo Rasululloh, yomg‘ir 

yog‘may qo‘ydi, Ollohdan so‘rab beringiz, bizga yomg‘ir bersin!» -dedi. RasululloH 

sallallohu alayhi va sallam duo qildilar, Olloh taolo bizga yomg‘ir yubordi. Shunchalik 

ko‘p yog‘diki, hatto uylarimizga yetolmay qolayozdik. Yomg‘ir kelasi jum’agacha tinmay 

yog‘di. Shunda yomg‘ir so‘rab kelgan (yoki boshqa bir) odam: «Yo Rasululloh, Olloh 

taolodan so‘rab beringiz, yomg‘irni bizdan boshqa yoqqa yuborsin!» - dedi. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmag‘il!»-

dedilar. Buni qarangki, bulutlarning o‘sha damdayoq har tomonga (o‘ngga-chapga) 

tarqab ketayotganini ko‘rdim. Madinaning o‘ng va so‘l tomonlariga yomg‘ir yog‘di-yu, 

lekin Madina ahli ustiga yog‘madi». 

 

41-bob. Yomg‘ir so‘rashda jum’a namozning o‘zi bilangina kifoyalanmoq 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi»,-dedi. 

Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duo qilib edilar, jum’adan jum’agacha 

yomg‘ir yog‘di. Boyagi kishi yana kelib: «Yo Rasululloh, uylar bosib qoldi, ko‘chalar 

huvillab qoldi, chorva qirilib ketdi, Olloh taolodan so‘rangiz, yomg‘irni to‘xtatsin!»-dedi. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, adirlarga, past-tekisliklarga, vodiylarga, 

ekinzor va o‘tloqlarga yog‘dirg‘il!» - deb duo qildilar. Yechilgan kiyim badanni qandoq 

tark 'etsa, bulut ham Madina osmonini shundoq tark etdi». 

 

42-bob. Yomg‘ir ko‘p yog‘ib, ko‘chalar huvillab qolganda duo aytmoq 

 

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, (qurg‘oqchilikdan) chorva qirilib ketdi, ko‘chalar 

huvillab qoldi, Olloh taolodan yomg‘ir so‘rab beringiz!» - dedi. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam duo qildilar, jum’adan jum’agacha yomg‘ir yog‘di. So‘ng, bir kishi kelib 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh. uylar buzildi, ko‘chalar huvillab 

qoldi, chorva qirildi»,- dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duoga qo‘l 

ochib: «Ilohi, tog‘ cho‘qqilariga, adirlaru vodiylarga, ekinzoru o‘tloqlarga yog‘dirg‘il! - 

dedilar. Bulut Madinadan «echilgan kiyimdek» chiqib ketdi». 

 

43-bob. Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yomg‘ir 



so‘raganlarida ridolarini yaxshilab o‘rab olmaganlari to‘g‘risida aytilgan gaplar 

 

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga 



chorvasi halok bo‘lganiyu ahli ayolining qiynalib qolgani to‘g‘risida shikoyat qildi. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yomg‘ir so‘rab duo qildilar». 

 

Mazkur hadisda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ridolarini yaxshilab o‘rab 



olganlari haqida ham, qiblaga qarab duo qilganlari to‘g‘risida ham hech narsa 

deyilmagan. 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

200


44-bob. Odamlar «Yomg‘ir so‘rab beringiz!» deb iltimos qilsa, imom rad 

qilmasligi lozim 

 

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga bir 



kishi kelib: «Yo Rasululloh, chorva halok bo‘ldi, ko‘chalar huvillab qoldi, Ollohdan so‘rab 

beringiz, bizga yomg‘ir bersin!» - dedi. Janob Rasululloh duo qilib edilar, jum’adan 

jum’agacha yomg‘ir yog‘di. So‘ng, bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, uylar buzilib ketdi, 

ko‘chalar huvillab qoldi, chorva qirilib ketdi»,-dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallam: «Ilohi, tog‘ ustiga, tepaliklar va vodiylarga, ekinzor va o‘tloqlarga 

yog‘dirg‘il!»-dedilar. Bulut «echilgan kiyimdek» Madinani tark etdi». 

 

45-bob. Mushriklar qahatchilikda musulmonlardan shafqat qilishni 

so‘raganda... 

 

Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Mas’udning huzurlariga borgan erdim, 



menga quyidagi hadisni aytib berdilar: «Quraysh ahli islomga kirmoqni paysalga soldi. 

Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni duoi bad qilib, Olloh taolodan 

qahatchilik va qurg‘oqchilik yuborishini so‘radilar. Quraysh ahli o‘sha yillarda halokatga 

uchrab, hatto o‘limtik va suyaklargacha yedi. So‘ng, Abu Sufyon kelib: «Ey Muhammad 

sallallohu alayhi va sallam, bizga doimo rahm-shafqatli bo‘lmoqni buyurdingiz, Quraysh 

ersa, sizning qavmingiz, ular qurg‘oqchilik va qahatchilikdan halokatga uchrayapti. Olloh 

taolodan ularga najot tilangiz!» - dedilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

«Osmonni tutun qoplaydirgan kunni kutg‘il!...» degan oyatni o‘qidilar. Mazkur kunlar 

o‘tib ketgach, mushriklar yana kofirlik qilaverdilar., Bunga nisbatan Olloh taolo: 

«Kofirlarni qattiq jazolab, qasos oladirgan kun kelg‘aydir, kutg‘il!»-dedi. Badr urushi 

bo‘lgan kun - o‘sha kun erdi». 

 

Mansur raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh 



taolodan yomg‘ir so‘rab duo qildilar, Olloh taolo yetti kun yomg‘ir yog‘dirdi. Odamlar 

yomg‘ir ko‘p yog‘ayotganidan shikoyat qilishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 

«Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmag‘il!» - deb iltijo qildilar. Bulut Madina 

ustidan tarqab ketib, faqat shahar atrofiga yomg‘ir yog‘di». 

 

46-bob. Haddan ziyod yomg‘ir yoqqanda «atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga 

yog‘dirmagil!» - deb iltijo qilmoq 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’ada 



xutba aytib turganlarida odamlar ul kishiga baland ovoz birlan: «Yomg‘ir yog‘may qo‘ydi, 

dov-daraxtlar quridi, Ollohdan so‘rab beringiz, bizga yomg‘ir yuborsin!» - deyishdi. 

Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, bizga yomgir berg‘il!» - deb ikki 

marta duo qildilar. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, havo ochiq erdi, hatto 

osmonda biror parcha bulut ham ko‘rinmas erdi. Birdan qaerdandir bulut paydo bo‘lib, 

yomg‘ir yog‘di. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbardan tushib, jum’a namozini 

o‘qidilar. Namoz o‘qib bo‘lganlarida ham yog‘ayotgan yomg‘ir kelasi jum’agacha tinmadi. 

Kelasi jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib xutba 

aytayotganlarida odamlar qichqirib: «Yo Rasululloh, uylar buzilib ketdi, ko‘chalar huvillab 

qoldi, Ollohdan so‘rangiz, yomg‘irni to‘xtatsin!» - deyishdi. Shunda Rasululloh tabassum 

qilib: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmag‘il!» - deb duo qildilar. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

201


Madinada havo ochilib, yomg‘ir shahar atrofiga yog‘a boshladi. Madina ustiga bir tomchi 

ham yog‘madi. Madinaga qarasam, toj singari tovlanib turardi». 

 

47-bob. Tik turgan holda yomg‘ir so‘rab duo aytmoq 

 

Abu Ishoq raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Abdulloh ibn Yazid va ul kishi birlan birga 



Barro ibn Ozib hamda Zayd ibn Arqam (Olloh taolo ulardan rozi bo‘lsin) Ollohdan yomg‘ir 

so‘rab sahroga chiqdilar. Abdulloh ibn Yazid va ul birlan birga chiqqan odamlar oyoq 

yalang tik turishdi. Abdulloh ibn Yazid Olloh taologa istig‘for aytib yomg‘ir so‘radi 

(minbarga chiqmadi, chunkim minbar yo‘q erdi). So‘ng, azon ham, takbir ham aytmay, 

eshittirib qiroat qilib, ikki rak’at namoz o‘qidi. Abdulloh ibn Yazid Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallamni ko‘rgan sahobalardan erdi». 

 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari bo‘lmish Ibod ibn Tamimning 



amakilari bunday deb rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh 

taolodan odamlarga yomg‘ir so‘rab bermoq uchun ular birlan namozgohga chiqdilar. 

Shunda minbarga chiqmay, tik turgan holda Ollo.h taolodan yomg‘ir so‘rab duo qildilar. 

So‘ng, qibla tomon yuzlanib, ridolarini yaxshilab o‘rab oldilar-da, namoz o‘qidilar, keyin 

yomg‘ir yog‘di». 

 

48-bob. Yomg‘ir so‘rab namoz o‘qiganda ovoz chiqarib qiroat qilmoq 

 

Ibod ibn Tamim rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolodan 



odamlarga yomg‘ir so‘rab bermoq uchun namozgohga chiqdilar, qiblaga yuzlanib duo 

qildilar. Keyin ridolarini yaxshilab tuzatib oldilar-da, ovoz chiqarib qiroat birlan namoz 

o‘qidilar». 

 

49-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (yomg‘ir so‘rayotganda) 



odamlarga qanday qilib orqa o‘girib turdilar? 

 

Ibod ibn Tamimning amakilari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni 



Ollohdan odamlarga yomg‘ir so‘rab namozgohga chiqqan kunlari ko‘rdim. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam odamlarga orqalarini o‘girdilar-da, qiblaga qarab duo qildilar. 

So‘ng, ridolarini yaxshilab tuzatib olib, ikki rak’at namoz o‘qidilar. Qiroatlari bizga aniq 

eshitilib turdi». 

 

50-bob. Yomg‘ir so‘rab o‘qiladirgan namoz ikki rak’atdir 

 

Ibod ibn Tamimning amakilari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Ollohdan yomg‘ir so‘rab, ikki rak’at namoz o‘qidilar. Namozdan avval ridolarini yaxshilab 

tuzatib olgandilar». 

 

51-bob. Namozgohga chiqib yomg‘ir so‘ramoq 

 

Ibod ibn Tamimning amakilari rivoyat . qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



namozgohga chiqib yomg‘ir so‘radilar. Ridolarini yaxshilab tuzatib olib, ikki rak’at namoz 

o‘qidilar. Abu Sufyonga Al-Mas’udiy, unga esa Abu Bakr bunday degan erkanlar: 

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ridolarini o‘ngdan chapga o‘rab, tuzatib oldilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

202


52-bob. Yomg‘ir so‘rayotganda qiblaga qarab turmoq 

 

Ibod ibn Tamimning amakilari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Olloh taolodan yomg‘ir so‘rab namoz o‘qigani odamlar birlan namozgohga chiqdilar. 

Ridolarini tuzatib oldilar-da, qiblaga qarab duo qildilar». 

 

53-bob. Imom yomg‘ir so‘rayotganda odamlarning ham u birlan baravar duoga 

qo‘l ochmoqlari 

 

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni bir badaviy Rasululloh huzurlariga kelib: 



«Yo Rasululloh, chorva qirilib ketdi, bola-chaqalar, odamlar halok bo‘ldi»,- dedi. Shunda 

Rasululloh sallallohu alayhi. va sallam qo‘llarini ochib duo qildilar, odamlar ham baravar 

duoga qo‘l ochishdi. Buni qarangkim, masjiddan chiqib ulgurmasimizdan ustimizga 

yomg‘ir yog‘a boshladi. Yomg‘ir kelasi jum’agacha tinmadi. Haliga kishi Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam huzurlariga yana kelib: «Yo Rasululloh, yo‘llarda yurib 

bo‘lmay qolganidan musofirlar , ketolmay qoldilar»,- dedi». 

 

Yahyo ibn Sa’id va uning sheriklariga Anas: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



qo‘llarini duoga ko‘tardilar hatto men qo‘ltiqlarining oppoqligini ko‘rdim»,- deb aytgan 

erkanlar. 

 

54-bob. Imomning yomgir so‘rayotgaida do‘oga qo‘l ochmogi 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar; «Rasululloh sallallohu alayhi' va sallam hech 



qachon qo‘llarini ochib duo qilmas erdilar. Ammo, Olloh taolodan yomg‘ir 

so‘rayotganlaridz qo‘llarini baland ko‘tarib duo qilar erdilar, hatto qo‘ltiqlarining oppoqligi 

ko‘rinar erdi». 

 

55-bob. Yomg‘ir yoqqanda nima deyiladir? 

 

Ibn Abbos: «Qur’oni Kariymdagi «Av ka-sayyibin» iborasidagi «sayyib» so‘zi yomg‘ir 



demakdir» ,— deydilar. 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yomg‘ir 



yog‘ayotganini ko‘rib: «Ollohumma sayyiban nofi’an (Ilohi, nafi tegadirgan yomg‘ir 

berg‘il!)» ,— deb aytar erdilar». 

 

56-bob. Soqolidan suv tomguncha yomg‘irda turgan kishi haqida 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



davrlarida qurg‘oqchilik yili bo‘ldi. Jum’a kunlaridan birida Janob Rasululloh xutba aytib 

turgan erdilar, bir badaviy o‘rnidan turib: «Yo Rasululloh, chorva qirilib, ketdi, bola-

chaqa och qoldi, Ollohdan bizga yomg‘ir so‘rab beringiz!» - dedi. Shunda Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ochib duo qildilar, osmonda bir parcha ham bulut 

yo‘q erdi. Nogahon, qaerdandir tog‘dek-tog‘dek bulut paydo bo‘ldi. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam minbardan tushmaslaridan soqollaridan yomg‘ir tomchilarining yumalab 

tushayotganini ko‘rdim. Yomgir o‘sha kuni ham, ertasiga ham, indiniga ham yog‘ib, 

kelasi jum’agacha tinmadi. Kelasi jum’ada boyagi badaviy (yokim boshqasi) o‘rnidan 

turib: «Yo Rasululloh, uylar bosib qoldi, mollar g‘arq bo‘ldi; Ollohdan so‘rab beringiz, 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

203


yomg‘irni to‘xtatsin!»-dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini 

ochib: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmag‘il!» - deb duo qildilar. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam osmonning qaysi tomoniga ishora qilib 

ko‘rsatsalar, o‘sha tomondagi bulutlar tarqab ketar erdi. Hattoki, Madinai Munavvara 

tepasi doira shaklida ochilib qoldi. Vodiylarda ersa, bir oy davomida yomg‘ir yog‘ib 

anhor-anhor sel oqdi. O’sha kunlari kimki vodiydan biz tomonga kelsa, nuqul mo‘l 

yomg‘ir yog‘ayotganidan gapirar erdi». 

 

57-bob. Qattiq shamol esganda... 

 

Humayd raziyallohu anhu Anasdan bunday deb eshitgan erkanlar: «Qattiq shamol tursa, 



Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yuzlarida xavotir alomati sezilar erdi». 

 

58-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Olloh taolo tonggi shamol 



ila menga zafar yo‘lladi»,- deganlari 

 

Ibn Abbos rivoyatqiladirlar: «Janob Rasululloh: «Ollohtaolo menga tonggi shamol ila 



zafar yo‘lladi, Od qavmini ersa, Dabur shamoli (kun botar tomondan esadirgan kechki 

shamol) ila halokatga uchratdi»,- dedilar». 

 

59-bob. Zilzila va har xil ofatlar to‘g‘risida aytilgan hadislar 

 

AbuHurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilm (islom ilmi) 



butunlay yo‘q bo‘lmago‘ncha, zilzila ko‘paymaguncha, vaqt (umr) tez o‘tadirgan 

bo‘lmaguncha, fitna va gunohlar oshkora qilinadirgan bo‘lmaguncha qiyomat 

bo‘lmag‘aydir. Qiyomatga yaqin shunchalik boyib ketg‘aydirsizkim, hatto mol-dunyoingiz 

(uyingizga) sig‘may ketg‘aydir»,- dedilar».  

 

Ibn Umar: «Ilohi, bizning o‘ngu so‘limizdagi mamlakatlarga barakot ato etg‘il!» - dedilar. 



«Bizning Najdga ham barakot ato etg‘il, deng!»- deyishdi sahobalar. Ibn Umar: «Ul 

yerda zilzilalar, fitnalar bo‘lajakdir hamda shayton jamoasi yuzaga kelajakdir»,- dedilar. 

 

60-bob. Olloh taoloning «Rizqni yolgonga chiqarmangiz!» degan oyati 

karimasi; Ibn Abbosning «rizq» so‘zini «shukr» deb talqin qilgani 

 

Zayd ibn Xolid rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunlardan birida 



Xudaybiyada yomg‘irdan namiqqan yerda (bizga imomlik qilib) bomdod namozini 

o‘qidilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozdan so‘ng odamlarga o‘girilib: 

«Bilurmisiz, rabbingiz ne deydir?»- deb aytdilar. Sahobalar: «Olloh va uning Rasuli 

bilg‘aydir»,- deyishdi. «Olloh taolo: «Bandalarimning ba’zilari menga iymon keltirdi, 

ba’zilari ersa, meni inkor qilib, kofir bo‘ldi. Kimki yomg‘irni Ollohning bandalariga 

yuborgan marhamati, degaydir, ul mo‘‘min bo‘lib, sayyoralarni iloh sifatida inkor etgan 

bo‘lur, ammo kimki yomg‘ir sayyoralarning undoq yokim bundoq bo‘lmog‘idan, degaydir, 

ul kofir bo‘lib, sayyoralarga sig‘ingan bo‘lur, deb aytdi»,- dedilar Janob Rasululloh». 

 

61-bob. Yomgir qachon yog‘mog‘ini Ollohdan o‘zgasi bilmag‘aydir! 

 

AbuHurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Beshta narsani Olloh taolodan 



o‘zgasi bilmag‘aydir, deganlar»,- deydilar. 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

204


 

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Royib (inson 

bilolmaydigan) narsalar beshta bo‘lib, ularni Ollohning o‘zigina bilur, xolos. Ular 

quyidagilar: 1. Ertaga ne bo‘lmog‘ini bilmas; 2. Homilaning o‘g‘il yokim qiz erkanini 

bilmas; 3. Ertaga qay yerdan rizqini topib yemog‘ini bilmas; 4. Qay yerda o‘lmog‘ini 

bilmas; 5. Yomg‘ir qachon yog‘mog‘ini bilmas»,- dedilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

205


ÉΟó¡Î0

 

«!$#



 

Ç⎯≈uΗ÷q§9$#

 

ÉΟŠÏm§9$#



 

 

KUN TUTILISHI TO’G’RISIDAGI KITOB 

 

1-bob. Quyosh tutilganda namoz o‘qimoq 

 

Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohsallallohu alayhi va sallamning 



huzurlarida (suhbatlashib o‘tirgan) erdik, Quyosh tutilib qoldi. Janob Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turdilar-da, ridolarini sudrab masjidga kirib 

ketdilar. Ortlaridan biz ham kirdik. To Quyosh tutilib bo‘lguncha biz birlan birga ikki 

rak’at namoz o‘qidilar (namozni cho‘zib o‘qidilar), so‘ng: «Quyosh va Oy biror kishining 

o‘lgani uchun tutilmagaydir. Qachonkim Quyosh yoki Oy tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, tutilib 

bo‘lguncha namoz o‘qib va duo aytib Olloh taologa iltijo qilingiz!» - dedilar». 

 

Qays raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Quyosh va Oy biror kishining o‘lgani uchun tutilmag‘aydir, albatta. Lekin, ular Olloh 

taoloning cheksiz qudratga ega erkanligini isbotlovchi ikkita dalildir. Qachonkim ularning 

tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, tezda o‘rningizdan turib namoz o‘qingiz!»- degan erkanlar. Buni 

menga Abu Mas’ud aytdi». 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Quyosh birlan Oy biror kishining vafot etgani yokim tug‘ilgani uchun tutilmashydir. 

Lekin, Quyosh birlan Oy Olloh taoloning qudratini isbotlovchi ikkita dalildir. Qachonkim, 

ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, namoz o‘qingiz!»-deganlar». 

 

Mug‘ira ibn Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamning davrlarida Rasulullohning o‘g‘illari Ibrohim vafot etgan kuni Quyosh tutildi. 

Shunda odamlar: «Ibrohim vafot etgani uchun Quyosh tutildi»,- deyishdi. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh birlan Oy'biror kishining vafot etgani yokim 

tug‘ilgani uchun tutilmag‘aydir, qachonkim ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, namoz 

o‘qib va duo aytib, Ollohga sig‘iningiz!» - deb aytdilar». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling