Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Jum’a kuni kun qattiq isib ketsa
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-bob. Jum’a namoziga (piyoda) bormoq; Olloh taoloning «Jum’a namoziga azon aytilsa, Ollohni zikr etmakka shoshilingiz!» degan oyati karimasi;
- 18-bob. Jum’a kuni namozda safda turgan kishilarning orasidan yorib o‘tilmasin!
- 19-bob. Jum’a kuni birodarini turgizib yuborib, o‘rniga o‘tirib olinmaydir
- 20-bob. Jum’a kuni azon aytmoq
- 21-bob. Jum’a kuni bir kishi muazzinlik qiladir
- 22-bob. Imom azonni eshitsa, minbarda o‘tirib, so‘zlarini takrorlab turadi
- 23-bob. Azon aytilayotganda xatibning minbarda o‘tirmog‘i - sunnat
- 24-bob. Xutba vaqtida azon aytmoq
- 25-bob. Minbarda xutba aytmoq
- 26-bob. Tik turib xutba qilmoq
- 27-bob. Imom odamlarga qarab xutba aytadir, odamlar ersa, imomga qarab tinglashg‘aydir
- 28-bob. Xutbada Ollohga sano aytgandan so‘ng «Ammo ba’d» («Andin so‘ng ersa») degan kishi haqida
- 29-bob. Jum’a kuni imomning ikki xutba o‘rtasida o‘tirib dam olmog‘i
- 31-bob. Imom xutba aytib turganida bir kishining kirib kelganini ko‘rsa, unga ikki rak’at namoz o‘qimoqni buyuradi
- 32-bob. Imom xutba aytayotganda kelib, ikki rak’at yengil namoz o‘qigan kishi
- 33-bob. Imomning xutba aytayotib qo‘llarini ko‘tarib duo qilmog‘i
- 34-bob. Jum’a kuni xutbada yomg‘ir so‘ramoq
- 35-bob. Jum’a kuni imom xutba aytayotganda o‘zaro so‘zlashayotganlarni tinchitish haqida
- 36-bob. Jum’a kuni duo ijobat bo‘ladigan vaqt to‘g‘risida
- 37-bob. Jum’a kuni odamlar imomni tashlab namozdan chiqib ketib qolishsa, imom va u bilan qolgan kishilarning namozi joizdir
- 38-bob. Jum’adan keyin va jum’adan avval namoz o‘qimoq
- 39-bob. Olloh taoloning «Jum’a namozi o‘qib bo‘lingach, tirikchiligintizni qilinsiz va Olloh taolodan halol rizq tilangiz!» degan oyati karimasi
- 41-bob. Salot ul-xavf (xavf tugilganda o‘qiladigan namoz)
16-bob. Jum’a kuni kun qattiq isib ketsa...
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sovuq kunlari jo‘m’a namozini ertaroq, kun qattiq isib ketganda ersa, kechroq o‘qir erdilar».
Abu Xulda: «Amirimiz biz birlan jum’a o‘qidilar»,- dedi, so‘ng Anasdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshinni nechuk o‘qir erdilar?» - deb so‘radi (Bayhaqiy: «Qishda .ertaroq, yozda ersa, kechroq o‘qir erdilar»,- deydilar).
Ibn Abbos: «Jum’aga azon aytilgandan so‘ng oldi-sotdi qilish man’ (harom) qiling‘aydir»,- deydilar. Ato ersa: «(Umuman) har qanday tirikchilik bilan shug‘ullanmak man’ (harom) qiling‘aydir»,- deydilar. Zuhriy raziyallohu anhu: «Jum’a kuni muazzin Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 177
azon aytsa, musofir bo‘lsang ham jum’aga bormog‘ing lozim»,-deydilar.
Aboya ibn Rifo’a raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jum’aga ketayotgan erdim. yo‘lda Abu Abs menga duch kelib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Kimning oyog‘i Olloh yo‘lida yurib chang bo‘lg‘aydir, Olloh taolo uni do‘zax o‘tida kuydirmag‘aydir» deb aytganlarini eshitdim» ,— dedi».
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namozga takbir aytilsa, safga turmoqqa shoshilmangiz, tinchgina, osoyishtalik birlan kelib turingiz. Namozning qaeriga kelishgan bo‘lsa, o‘sha joyidan boshlab birgalashib o‘qiyveringiz, qolganini keyin o‘zingiz o‘qib olingiz!»-deganlar».
Abdulloh ibn Abu Qatoda rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meni ko‘rmaguningizcha safga turmangiz, tinchlikka rioya qilingiz!» -deganlar».
o‘tilmasin!
Salmon Forsiy naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki jum’a kuni g‘usl qilib, o‘ziga xushbo‘y narsalar sepib, namozga kelsa va. safda turganlar orasiga qo‘pollik bilan suqilib kirmasa, nasib etgancha namoz o‘qisa, imom minbarga chiqib, xutba aytayotganda jim turib quloq solsa, uning shu jum’a birlan o‘tgan jum’a orasidagi gunohlari kechirilg‘aydir»,- deganlar».
Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Ibn Jurayjga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozda birodarini turg‘izib yuborib, o‘rniga o‘tirib olishni qoralabdilar, buni menga Ibn Umar aytdi»,- dedim. Shunda Ibn Jurayj: «Jum’a namozidami?» - dedi. Men: «Jum’ada ham, boshqa namozlarda ham»,-dedim».
Soib Ibn Yazid bunday deydilar: «Jum’a kunidagi birinchi azon,' Rasululloh, Abu Bakr va Umarning davrlarida, imom minbarga borib o‘tirganda aytilgan. Usmon xalifalik qilgan davrlarida Madinai Munavvarada odam ko‘payib, Zavro’ (masjid yonidagi joy)da uchinchi azon aytiladigan bo‘ldi».
Soib ibn Yazid: «Jum’a kunidagi uchinchi azonni Usmon ibn Affon joriy qilganlar, Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamning muazzinlari bittadan ortiq bo‘lmagan va jum’a kuni azon imom minbarga borib o‘tirganda aytilgan»,-deydilar.
Abu Umoma rivoyat qiladirlar: «M uoviya ibn Abu Sufyonning minbarda o‘tirib azon kalimalarini qaytarib aytayotganini eshitdim. Muazzin: «Ollohu akbar, ollohu akbar» ,— deganda, u ham: «Ollohu akbar, ollohu akbar»,- dedi. Muazzin: «Ashhadu alla iloha Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 178
illalloh»,- deganda, Muoviya: «Men ham guvohlik bergaymen»,- dedi. Muazzin: «Ashhadu anna Muhammadan rasululloh»,- deganda, Muoviya: «Men ham guvohlik bergaymen»,- dedi. Muazzin azonni aytib bo‘lgach, Muoviya: «Ey odamlar, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muazzin azon aytayotganda mana shu joyda o‘tirib hozir men aytgan so‘zlarni aytganlarini eshitganman»,- dedi».
Soib ibn Yazid quyidagicha rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni masjidda odam ko‘payib ketganda Usmon raziyallohu anhu. ikkinchi marta azon chaqirmoqni buyurdilar. Jum’a kuni azon imom minbarda o‘tirganda aytilar erdi».
Zuhriyga Soib ibn Yazid bunday debdirlar: «Jum’a kunidagi birinchi azon Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr va Umar davrlarida, imom minbarda o‘tirgan vaqtda aytilar erdi. Usmon raziyallohu anhu xalifalik qilgan vaqtga kelib, odam ko‘paydi. U jum’a kuni Zavro’ degan joyda uchinchi azon aytmoqni buyurdi. Shu-shu, bu odat bo‘lib qoldi».
Anas: «Rasululloh sallallohu alayhm va sallam minbarga chiqib xutba aytdilar»,- deydilar.
Abu Hazm ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Bir necha odam minbarning nimadan yasalganligi to‘g‘risida tortishib qoldilar, so‘ng Sahl ibn Sa’d as-So’idiy huzuriga kelib, shu haqda undan so‘radilar. Sahl ibn Sa’d as-So’idiy bunday dedi: «Qasamyod qilurmenkim, men uning nimadan yasalganini juda yaxshi bilurman. Uni olib kelib qo‘yishgan kunyaing o‘zidayoq ko‘rganman, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha kuni unga birinchi marta o‘tirib ko‘rganlarini ham ko‘rganman. Minbarning yasalish tarixiga kelsak, Janob Rasululloh falonchi xotinga odam yubordilar (Sahl xotinning otini aytgan erdi), kelgach, unga: «Duradgor g‘ulomingga buyursang, odamlarga gapirganimda ustiga chiqib o‘tiradigan bir minbar yasab bersa»,-dedilar. Xotin g‘ulomiga buyurdi. G’ulom tarfo degan daraxt yog‘ochidan minbar yasadi, xotin uni Rasulullohga yubordi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarni shu yerga qo‘ymakni buyurdilar. So‘ng, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbar ustida namoz o‘qiganlarini ko‘rdim. Minbar ustida takbiri tahrima aytdilar! so‘ng (minbar ustida) ruku’ qildilar, keyin (minbardan) tisarilib tushib, yerda sajda qildilar. Keyin, yana (minbarga) qaytib chiqdilar. Namoz o‘qib bo‘lganlaridan so‘ng odamlarga qarab: «Ey odamlar, mening namoz o‘qishimni o‘rganib olingiz va sizlar ham men kabi namoz o‘qingiz, deb shunday qildim»,- dedilar».
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Bir xurmo to‘nkasi bo‘lib, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning ustiga chiqib xutba aytar erdilar. Janob Rasulullohga minbar qo‘yib berishgach, to‘nka yangi tuqqan tuya bo‘zlagandek yig‘laganini eshitdik, hatto Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbardan tushib, muborak qo‘llarini uning ustiga qo‘ydilar. Shundan keyingina to‘nka jimib qoldi,
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 179
Solimning otalari Ibn Umar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbar ustida turib: «Kim jum’aga kelsa, g‘usl qilib kelsin!» - deganlarini eshitgan erkanlar».
Anas raziyallohu anhu: «Bir vaqt qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tikka turib xutba qilayaptilar»,- deb aytdilar. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hozir siz qilayotganingizdek tik turib xutba aytar erdilar, so‘ng o‘tirar erdilar, keyin yana turar erdilar»,- dedilar.
Ibn Umar va Anas ibn Molik imomga tikilib turdilar. Abu Sa’id al-Xudriy: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarga o‘tirdilar, biz esa u kishining atroflarida o‘tirib tingladik»,-deydilar.
ersa») degan kishi haqida
Hishom raziyallohu anhu quyidagi hadisni Fotimadan eshitgan erkanlar, unga Asmo aytib bergan erkan: «Oisha onamizning huzurlariga kirsam, odamlar namoz o‘qishayotgan erkan. «Odamlarga ne bo‘ldi?» - dedim. Oisha onamiz boshlari birlan osmonga ishora qildilar. «Bu (oxirat) alomatimi?» - dedim. «Ha» degandek bosh qimirlatib qo‘ydilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni juda ham uzoq o‘qidilar, hatto mening ko‘zim tinib ketdi. Yonimda meshchada suv bor erdi.
Ozini ochib boshimga suv quya boshladim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘ldilar hamki, quyosh tutilishi to‘xtab, kun yorishib ketdi. Janob Rasululloh Olloh taologa hamdu sanolar aytdilar, so‘ng «Ammo ba’d» («Andin so‘ng ersa») deb odamlarga xutba qildilar. (Olloh taologa aytilgan hamdu sano birlan odamlarga aytmoqchi bo‘lgan xutbalarini bir-biriga qo‘shib yubormaslik uchun «Ammo ba’d» dedilar). Shu payt bir to‘da ansoriy ayollar g‘ovur-g‘uvur qilib qolishdi. Men ularni tinchitib, keyin (eshitmay qolganim uchun); «Rasululloh ne dedilar?» - deb Oisha onamizdan so‘radim. Oisha onamiz Rasulullohning hamma aytganlarini menga quyidagicha gapirib berdilar: «Menga ko‘rsatilmagan narsa qolmadi, hatto mana shu joyda turib jannatni ham, do‘zaxni ham ko‘rdim. Menga vahiy qilindi, sizlar qabrda Masih Dajjol fitnasi kabi yoki shunga yaqin bir sinovdan o‘tgaysizlar. Oldingizga kelib: «Mana bu kishini (Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni) taniysanmi?» - deb so‘ragaylar. So‘ralguvchi mo‘‘min (shu yerda Hishom: «yokim taqvodor»,- deb ikkilangaydir) bo‘lsa, «Bu kishi Rasululloh, Muhammad sallallohu alayhi va sallamdirlar. Bizga mo‘‘jizalar va hidoyat yo‘lini olib kelganlar, biz u kishiga ishonib, aytganlarini qabul qilganmiz, u kishiga ergashganmiz, hamma aytganlarini tasdiqlaganmiz»,- deydi. Unga: «Rohatlanib uxlayver. Biz sening mo‘‘min ekanligingni bilur erdik»,- deyishadi. Ammo, so‘ralguvchi munofiq (shu yerda Hishom: «yoki shubhalanuvchi»,- deb ikkilangaydir). bo‘lsa, «Bu kishini taniysanmi?»-deyishganda, «Yo‘q, bilmasman, odamlar bu kishi xususlarida nelardir deyishar erdi, men ham o‘shalardan eshitganlarimni aytar erdim»,- deydi
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 180
(Hishom: «O’sha munofiqqa aytishadirgan ogir gaplarni Fotima menga aytgan erdi, lekin yodimdan ko‘tarilibdir»,- deydi)».
Amr ibn Tag‘lib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi' va sallamga o‘lja mollar va asirlar keltirildi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ljalarni taqsimladilar. Ba’zi kishilarga berdilar, ba’zilariga bermadilar. Shunda o‘lja tegmagan kishilar norozi bo‘layotganini aytishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamdu sano aytib, so‘ng «Ammo ba’d («Andin so‘ng ersa») deb qo‘ydilar-da, «Olloh haqqi-hurmati, men ba’zi bir kishiga o‘lja bergayman, ba’zisiga ersa, bermagayman. Lekin, o‘lja olmagan kishi menga o‘lja olgan kishidan ko‘ra mahbubroqdir. Qalbida qanoatsizlik, mol-dunyoga hirsi borligini sezgan kishimga o‘lja bergayman. Olloh qalblariga ko‘zi to‘qlik va qanoat jo qilgan kishilarni ersa, yanada nazari to‘q va qanoatli bo‘lmoqqa undagayman, Amr ibn Tag‘lib o‘sha sabrlilar toifasidandir»,- dedilar. Xudo haqqi, Janob Rasulullohning bu gaplari menga har qancha molu dunyodan ortiq erdi».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni yarim kechada masjidga chiqib namoz o‘qidilar, odamlar ham ularga iqtido qilib, nafl o‘qishdi. Tong otgach, odamlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yarim kechada masjidga chiqib namoz o‘qidilar»,-deb o‘zaro gaplashishdi. Ertasiga kechqurun undan ham ko‘p odam yig‘ilib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qidilar. Tong otgach, yana shu haqda o‘zaro so‘zlashdilar.
Uchinchi kechada masjid ahli juda ham ko‘payib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqib namoz o‘qydilar, odamlar ham o‘qishdi. To‘rtinchi kecha Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqmadilar, faqat tong otganda bomdod namoziga chiqdilar. Namozni o‘qib bo‘lgach, Ollohga hamdu sano aytganlaridan so‘ng «Ammo ba’d» deb so‘z boshladilar: «Sizlarning bu sa’yu kushishlaringiz, albatta, yaxshi, biroq kechasi namoz o‘qimoq farz bo‘lib qolib, keyin qiynalib qolmangiz, dedim».
AbuHumayd as-So’idiy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozdan keyin o‘rinlaridan turib Ollohga munosib hamdu sano va tahlil aytganlaridan so‘ng, «Ammo ba’d» deb so‘z boshladilar». Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib hamdu sano aytayotganlarida «Ammo ba’d» deganlarini eshitdim».
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam enlariga izor kiyib, boshlariga katta salla o‘rab, so‘nggi marta minbarga chiqdilar, Ollohga hamdu sano aytganlaridan so‘ng: «Ey odamlar, menga yaqinroq kelingiz!» -dedilar. Odamlar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga to‘plandi. Rasululloh «Ammo ba’d» deb so‘z boshladilar: «Mana bu ansoriylar qabilasi kelajakda ozayg‘aydir, (boshqa) odamlar ersa, ko‘payg‘usidir. Muhammad sallallohu alayhi va sallam ummatiga mansub mansabdor odamning biror kishiga zarari yokim foydasi tegsa, yaxshiligini qabul qilib, yomonligini afv etsinlar!»
Abdullohibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (jum’ada) ikki marta xutba aytar erdilar. Ikkinchi xutbani boshlashdan oldin o‘tirib dam olar erdilar»,- deydilar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 181
30-bob. Jum’a kuni xutba tinglamoq
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar»,— dedilar: «Jum’a kuni maloikalar masjid eshigi oldida birinchi bo‘lib kelganlarni birinchi deb, ikkinchi bo‘lib kelganlarni ikkinchi deb yozib turishg‘aydir. Jazirama issiqda birinchi bo‘lib kelganlar bitta tuya, ikkinchi bo‘lib kelganlar bitta sigir, undan keyingilari bitta qo‘chqor, undan keyingilari bitta tovuq, undan ham keyingilari ersa, bitta tuxum sadaqa qilganchalik savob olg‘aydir. So‘ng, imom so‘zga chiqsa, maloikalar daftarlarini yopib, uning suhbatiga quloq solishg‘aydir».
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga xutba aytib turgan erdilar, bir kishi kirib keldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga: «Ey falonchi, namoz o‘qidingmi?» -dedilar. U «Yo‘q»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Turg‘il, ikki rak’at namoz o‘qig‘il!»-dedilar».
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’a kuni xutba aytib turganlarida bir kishi masjidga kirib keldi. Rasululloh unga: «Namoz o‘qidingmi?» - dedilar. «Yo‘q»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Turg‘il, ikki rak’at o‘qig‘il!» - dedilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutba aytib turgan erdilar, birdan bir kishi o‘rnidan turib: «Yo Rasululloh, yilqilar halok bo‘ldi, qo‘ylar halok bo‘ldi. Olloh taolodan bizga yomg‘ir so‘rab beringiz!»- dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib duo qildilar».
Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida qurg‘oqchilik bo‘ldi. Jum’a kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutba aytib turgan erdilar, bir badaviy o‘rnidan turib: «Yo Rasululloh, mol-hollar halok bo‘ldi, bola- chaqalar och qoldi. Olloh taolodan bizga yomgir so‘rab beringiz!» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib duo qila boshladilar, osmonda esa bir parcha ham bulut ko‘rinmasdi. Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamyod etib ayturmenkim, qo‘llarini duodan tushirmasdanoq osmonni tog‘dek-tog‘dek bulut bosdi. Keyin, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbardan tushib ulgurmaslaridan soqollaridan yomg‘ir tomchilari tomayotganini ko‘rdim. O’sha kuni, uning ertasi va indiniga ham yomg‘ir yog‘ib, hatto keyingi jum’agacha davom etdi. Keyingi jum’ada o‘sha yoki boshqa bir badaviy: «Yo Rasululloh, binolar bosib qolyapti, mol-hollar g‘arq bo‘layotir, Olloh taolodan bizga yomg‘irni to‘xtatmakni so‘rab beringiz!» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duoga qo‘llarini ko‘tarib: «Ilohi, ustimizga ermas, atrofimizga yomg‘ir yog‘dirg‘il!» - dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llari birlan qaysi tomonga ishora qilsalar, o‘sha tomonning bulutlari tarqab ketar erdi. Nihoyat, Madinai Munavvara Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 182
osmoni doira shaklida ochildi. Yomg‘ir ersa, vodiyga bir oy yog‘di. O’sha tomondan kim kelmasin, ko‘p yomg‘ir yog‘ayotgani haqida gapirar erdi».
Agar kishi yonidagi birodariga «Jim turg‘il!» desa ham noo‘rin gap qilgan bo‘lur. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom so‘zlayotganda odamlar jim turib tinglamog‘i lozim» deganlar»,— deydilar Salmon, Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum’a kuni imom gapirib turganda yoningdagi birodaringga «Jim turg‘il!» desang, noo‘ring gap qilibsan»,— deganlar»
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’a kuni haqida gapira turib: «Jum’a kunida bir muayyan vaqt bordir. Musulmon bandaning o‘qiyotgan namozi o‘sha vaqtga to‘g‘ri kelib qolmog‘i qiyindir, bordiyu to‘g‘ri kelib qolg‘aydir, o‘sha banda Olloh taolodan biror narsa so‘rag‘aydir, so‘raganini berg‘aydir»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muborak qo‘llari birlan o‘sha vaqtning qisqa ekanligiga ishora qildilar».
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Bir kuni payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallam birlan birga jum’a namozini o‘qiyotgan erdik, birdan Shom tomondan don ortilgan karvon kelib qoldi. Odamlar (namozni tashlab) karvon tomonga qarab ketishdi, hatto Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 12 kishi qoldi, xolos. Shunda: «Agar odamlar biror oldi-sotdini yokim o‘yin-kulgini ko‘rib qolishg‘aydir, seni namozda tik turganingcha qoldirib ketishg‘aydir»,— degan oyati karima nozil bo‘ldi».
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylarida peshindan avval 2 rak’at, peshindan keyin 2 rak’at, shomdan keyin 2 rak’at va xuftondan keyin 2 rak’at namoz o‘qir erdilar. Jum’adan keyin ham uylariga qaytib kelganlaridan keyin 2 rak’at namoz o‘qir erdilar».
qilinsiz va Olloh taolodan halol rizq tilangiz!» degan oyati karimasi
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladirlar: «Biz tomonda bir xotin bor erdi, dalasiga qand lavlagi ekar erdi. Jum’a kuni bo‘lsa, qand lavlagini yulib, bir hovuch arpa birlan qaynatib qo‘yar erdi. Qand lavlagi iligdek bo‘lar erdi. Namozi jum’adan qaytayotib ayolga salom berib o‘tar erdik, u bizga o‘sha taomdan keltirar erdi. Undan yalar erdik. Keyin, yana qachon jum’a kuni kelar erkan, deb orzu qilar erdik. Jum’a kuni namozdan keyingina qaylula qilar erdik, tushlikni ham faqat jum’adan so‘ng yer erdik».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 183
40-bob. Jum’a namozidan so‘ng qaylula qilmoq
«Jum’aga ertaroq borib kelib, qaylula qilar erdik»,- deydilar Anas raziyallohu anhu. «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga jum’a namozini o‘qib, so‘ng dam olar erdik»,- deydilar Sahl raziyallohu anhu.
Olloh taolo o‘z oyati karimasida bunday deydir: «Agar safarda bo‘lg‘aydirsiz-u, kofirlarning fitna qilib hujum etib qolmaklaridan cho‘chigaydirsiz, namozni qisqaroq o‘qimog‘ingizning zarari yo‘qdir, zero kofirlarning sizlarga dushmanlik qilmog‘i turgan gapdir. (Ey payg‘ambar), agar sen sahobalaring birlan birga bo‘lg‘aydirsen-u, imomlik qilib namoz o‘qimoqchi bo‘lg‘aydirsen, ularning bir qismi sen birlan namoz o‘qisin, ikkinchi qismi ersa, sizlarni qurol tutib orqangizdan qo‘riqlab tursin! Birinchi rak’at tugagach, namoz o‘qimagan qo‘riqchi qism kelib sen birlan birga ikkinchi rak’atni o‘qisin! Birinchi qism ersa, ehtiyot choralarni ko‘rib tursin! (Chunkim) qurol-aslahalaringizni tashlab namoz o‘qiyotganingizda kofirlar sizlarni g‘aflatda qoldirib birdan hujum qilib qolmoqlari mumkindir. Lekin, yomg‘ir yog‘ib loygarchilik bo‘lsa yokim kasal ersangiz, qurol aslahalaringizni qo‘yib, namoz o‘qisangiz bo‘lg‘aydir. Ogoh bo‘lingiz, Olloh taolo kofirlarni tahqirlovchi azob tayyorlabqo‘ygandir!»
Shu’ayb rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salot ul-xavf o‘qiganmilar?» -deb Zuhriydan so‘radim. Ul: «Menga otam Abulloh ibn Umar bu xususda bunday degan erdilar»,- deb quyidagilarni aytib berdi:
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azotga chiqdim. Najd tomonda dushmanning to‘g‘risiga kelib saf tortdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qimakka turdilar, bir guruh odamlar ul kishiga iqtido qildi, ikkinchi guruh ersa, dushmanni kuzatib turdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido etib namoz o‘qiyotgan kishilar bir marta ruku’ aylab, ikki marta sajda qildi, so‘ng, ular namozgohni tark etdilar, o‘rinlariga qo‘riqlab turgan ikkinchi guruh borib turdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ular birlan birga ham bir marta ruku’ va ikki marta sajda qildilar, so‘ng salom berdilar. Ikkinchi guruhdagi kishilarning har biri o‘zlari mustaqil ravishda yana bir marta ruku’ va ikki marta sajda qilib oldi».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling