Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


www.ziyouz.com kutubxonasi 

229


rak’at namoz o‘qidim». 

 

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qilidirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’ada 



xutba qilaturib: «Birortangiz imom xutbada turgan paytda yokim xutba aytgani 

chiqayotgan vaqtda masjidga kelsangiz, ikki rak’at namoz o‘qingiz!» -dedilar». 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Uyga kelganimda menga Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallamning Ka’batullohga kirib ketganlarini aytishdi. Janob 

Rasulullohni Ka’badan chiqib kelayotganlarida uchratdim. Ka’ba eshigi oldida Bilol turgan 

erkan, «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’bada namoz o‘qidilarmi?» - deb 

so‘radim. «Ha, namoz o‘qidilar»,- dedi Bilol. «Ka’baning qay yerida?» - dedim. «Anavi 

ikki ustun oralig‘ida namoz o‘qidilar, so‘ng tashqariga chiqib, Ka’baga yuzlanib yana ikki 

rak’at namoz o‘qidilar»,- dedi». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



menga ikki rak’at Zuho namozini o‘qimakni tayinladilar»,- deydilar. 

 

Atbon raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Abu Bakr Siddiq 



kun yoyilganda menikiga keldilar, biz Rasulullohning orqalarida saf tortdik, ul kishi bizga 

imomlik qilib, namoz o‘qidilar,- deydilar. 

 

23-bob. Bomdod namozining ikki rak’at sunnatini o‘qigandan keyin so‘zlashib 

o‘tirmoq 

 

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at namoz o‘qib, 



menga qarar erdilar, agar men uyg‘oq bo‘lsam, men birlan so‘zlashib o‘tirar erdilar, agar 

uyg‘oq bo‘lmasam, yonboshlar erdilar»,-deydilar. 

 

Ali ibn Abdulloh «Bomdodning ikki rak’at sunnatida shundoq qilganlar, deyishadi, deb 



Sufyonga aytganimda, ul: «Ha, bomdodning ikki rak’at sunnatida, deb tasdiqladi»,- 

deydilar. 

 

24-bob. Bomdodda ikki rak’at sunnat o‘qishni odat qilmoq va bomdodning ikki 

rak’at sunnatini «nafl» degan kishi haqida 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nafl 



namozlarining birortasiga ham bomdodning farzidan avval o‘qiladirgan ikki rak’at 

namozga odatlangandek, qattiq odatlangan ermaslar». 

 

25-bob. Bomdod namozining ikki rak’at sunnatida nimalar o‘qiladir? 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi 13 rak’at 



namoz o‘qir erdilar, so‘ng bomdodga azon aytilganini eshitib, ikki rak’at sunnat o‘qir 

erdilar, sunnatda «Qo‘l yo ayyuha-l-kofirun» birlan «Qul huva-l-lohu ahad»ni qiroat qilur 

erdilar». 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdodning ikki 



rak’at sunnatini juda qisqa o‘qir erdilar, hatto men o‘zimga-o‘zim: «Janob Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam «Fotiha» surasini o‘qidilarmikan?»-deb qo‘yardim». 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

230


ÉΟó¡Î0

 

«!$#



 

Ç⎯≈uΗ÷q§9$#

 

ÉΟŠÏm§9$#



 

 

NAFL NAMOZLAR HAQIDAGI BOBLAR 

 

1-bob. Farz namozlardan keyin o‘qiladirgan nafl namozlar 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



birlan birga peshin namozidan avval ikki rak’at namoz o‘qidim, peshin namozidan keyin 

ham, shom namozidan keyin ham, xuftondan so‘ng ham ikki rak’at namoz o‘qidim. 

Jum’aning farzlaridan keyin ham ikki rak’at namoz o‘qidim. Ammo, Janob Rasululloh 

shom va xuftonning sunnatlarini uylarida o‘qidilar. Opam Hafsa: «Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam tong otgach, qisqagina ikki rak’at namoz o‘qir erdilar»,- derdilar. O’sha 

paytlarda men Janob Rasulullohning huzurlariga kirmas erdim». 

 

2-bob. Farz namozidan so‘ng nafl o‘qimagan kishi haqida 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



birlan birga birdaniga 8 rak’at, keyin 7 rak’at namoz o‘qidik»,- dedim. Shunda Amr ibn 

Dinor: «Ey Abu Muso, nazarimda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshinning 

qazosini asrga, shomning qazosini xuftonga qo‘shib o‘qidilarmi, deyman»,- dedi. «Men 

ham shundoq bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman»,- dedim». 

 

3-bob. Safarda zuho namozi o‘qimoq haqida 

 

Muvarriq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umarga: «Zuho namozini 



o‘qiydirsizmi?» - dedim. «Yo‘q»,- dedi. «Usmon-chi»? - dedim. «Yo‘q»,- dedi. «Abu Bakr 

Siddiq-chi?» - dedim. «Yo‘q»,- dedi. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam-chi?» - 

dedim. «Yo‘q, deb o‘ylayman»,- dedi». 

 

Abdurrahmon ibn Abu Laylo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 



zuho namozini o‘qiganlari haqida Ummu Honi’dan boshqa biror kishi bizga hadis 

aytmadi. Ummu Honi’ bunday degandi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makka 

fath qilingan kuni mening uyimga kirib, g‘usl qildilar va 8 rak’at namoz o‘qidilar. 

Hanuzgacha men bunchalik tez namoz o‘qigan kishini ko‘rmaganman. Biroq, tez o‘qigan 

bo‘lsalar-da, ruku’ va sajdalarni me’yoriga yetkazib ado etdilar». 

 

4-bob. Zuho namozini ixtiyoriy deb o‘qimagan kishi haqida 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zuho 



namozini o‘qiganlarini ko‘rmaganman, biroq o‘zim o‘qiganman». 

 

5-bob. Muqimlikda zuho namozi o‘qimoq 

 

Atbon ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening uyimda 



zuho namozi o‘qidilar, biz ul kishiga iqtido qildik» ,— deydilar. 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Do‘stim Rasululloh sallallohu alayhi va 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

231


sallam menga to o‘lgunimcha uch narsaga amal qilmoqni - har oyda uch kun ro‘za 

tutmoqni, zuho namozini o‘qimoqni va vitr namozidan keyin uxlamoqni vasiyat qildilar». 

 

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir baqaloq ansoriy Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamga: «Yo Rasululloh, men masjidga kelib siz birlan birga namoz o‘qimoqqa qodir 

ermasman»,- deb uzrini aytdi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uchun bir 

taom tayyorlab, uyiga chaqirdi. Bir bo‘yrani tozalab, yerga solib berdi, Janob Rasululloh 

bo‘yra ustida ikki rak’at namoz o‘qidilar». Falon ibn Falon ibn al-Jorud: «Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam zuho namozi o‘qirmi erdilar?» - deb Anasdan so‘radi. Anas: 

«O’shal kunlardan boshqa kuni o‘qiganlarini ko‘rmaganman»,- dedi. 

 

6-bob. Peshinning farzidan avval ikki rak’at namoz o‘qimoq 

 

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan 10 rak’at sunnat 



namozini yodlab (o‘rganib) oldim: peshinning farzidan avval ikki rak’at, farzidan keyin 

ikki rak’at, shomning farzidan so‘ng ikki rak’at (uylarida o‘qidilar) va xuftonning farzidan 

keyin ikki rak’at (uylarida o‘qidilar), bomdodning farzidan avval ikki rak’at (bu vaqtda 

Rasululloh huzurlariga birov kirmas erdi). Menga Hafsa opam: «Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam muazzin azon aytganda (tong otganda) ikki rak’at namoz o‘qir 

erdilar»,- deb aytdilar». 

 

Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshinning farzidan avvalgi to‘rt 



rak’at, farzidan keyingi ikki rak’at hamda bomdodning farzidan avvalgi ikki rak’at 

namozni kanda qilmas erdilar»,- deydilar. 

 

7-bob. Shom namozidan avval namoz o‘qimoq 

 

Abdulloh al-Moziniy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shom 



namozidan avval ikki rak’at namoz o‘qingiz!» - deb uch marta aytganlaridan keyin, 

«Odamlar buni sunnat deb tushunmasinlar, tag‘in!» degan o‘y birlan: «Xohlagan kishi 

o‘qisin!» - deb qo‘ydilar». 

 

Marsad ibn Abdullohrivoyat qiladirlar: «Uqba ibn Omir al-Juhaniy huzuriga borib: «Abu 



Tamiym haqida bir so‘z aytib, sizni ajablantirayinmi? Ul shom namozidan avval ikki 

rak’at namoz o‘qiydir»,- dedim. Shunda Uqba: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam davrlarida shundoq qilur erdik»,- dedi. «Hozir shundoq qilmog‘ingizga ne 

mone’lik qilur?»-dedim. «Ishimning ko‘pligi»,-dedi Uqba». 

 

8-bob. Nafl namozlarni jamoat bo‘lib o‘qimoq haqida 

 

Anas ibn Molik va Oisha onamiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nafl 



namozlarni jamoat bo‘lib o‘qimoq lozimligi haqida so‘zlaganlarini rivoyat qilishg‘aydir. 

 

Mahmud ibn ar-Rabiy’ al-Ansoriy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ularning 



hovlisidagi quduqdan suv olib yuziga purkaganlarini hamda Rasululloh birlan birga Badr 

jangida qatnashgan Atbon ibn Molikdan eshitganlarini eslab, «Atbon menga bundoq 

degandi»,— dedilar: «Men o‘z qavmim bo‘lmish Baniy Solimga imomlik qilur erdim. 

Qavmim yashaydirgan qishloq birlan mening o‘yim oralig‘ida bir vodiy bor erdi va 

yomg‘ir yoqqanda o‘tib bo‘lmaydirgan bo‘lib qolar erdi. Bir kuni Rasululloh sallallohu 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

232


alayhi va sallam huzurlariga borib: «Mening ko‘zim xiralashib qoldi, yomg‘ir yoqqanda 

qavmim birlan o‘zimning o‘rtamdagi vodiyni kesib o‘tmoq mening uchun juda og‘irdir, 

uyimga borib bir tayinli joyda namoz o‘qib bersangiz-u, men o‘shal yerni o‘zimga 

namozgoh qilib olsam!» - dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Xo‘p, shundoq 

qilg‘aydirmen»,- dedilar. Nihoyat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyimga kyolib, 

eshigimni taqillatdilar. Men chiqib, ichkariga taklif etdim. Janob Rasululloh o‘tirmasdan: 

«Uyingning qay yerida namoz o‘qib berayin?» - dedilar. Men o‘zim xohlagan joyimni 

ko‘rsatdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam takbiri tahrima aytib namoz 

boshladilar, biz ul kishining orqalarida saf tortib, iqtido qildik. Ikki rak’at namoz o‘qib, 

so‘ng salom berdilar. Biz ham salom berdik. Keyin, ketmoqchi bo‘lgan erdilar, «Siz 

uchun ataylab xazir (taom) tayyorlatib qo‘yganman, yeb ketingiz!»- deb qo‘ymadim. 

Mahalla ahli Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning menikiga kelganlarini eshitib, ul 

zotni ziyorat qilgani kirishdi. Hovlimga odam to‘lib ketdi. Qo‘shnilarymdan biri: «Molik 

nega ko‘rinmaydir?» - dedi. Shunda bir kishi: «Ul munofiq odam, Olloh va uning Rasulini 

yaxshi ko‘rmaydir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam buni eshitib: «Undoq 

demag‘il, Ollohni yuz-xotir qilib, Lo iloha illa-l-lohu deganini bilursen-ku!» - dedilar. 

«Olloh va uning Rasuli bilguvchiroqdir, ammo biz Ollohga qasamyod qilib ayturmizkim, 

ul faqat munofiqlar bilaygina do‘stlashib, faqat o‘shalar birlan hamsuhbat bo‘lg‘aydir»,- 

dedi boyagi kishi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taoloni yuz-xotir 

qilib, Lo iloha illa-l-lohu degan kishini Olloh taolo do‘zax o‘tida kuydirmag‘aydir»,- 

dedilar. «Bu voqeani ko‘pchilik orasida aytib berdim,- deb hikoya qiladir Mahmud ibn ar-

Rabiy’,- ular orasida o‘shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning g‘azotda shahid 

bo‘lgan sahobalari Abu Ayyub hamda Rum mamlakatiga amir qilib tayinlangan Yaziyd 

ibn Mu’oviya ham bor erdi. Abu Ayyub mening aytganlarimni rad qilib: «Qasamyod qilib 

ayturmenkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sen aytgan so‘zlarni hech qachon 

aytmagan bo‘lsalar kerak»,- dedi. Abu Ayyubning bul gapi menga juda og‘ir botdi. Agar 

g‘azotdan Olloh taolo meni salomat qaytarsa, agar Atbon ibn Molikni tirik topsam, 

mahallasining masjidida albatta undan bu haqda so‘rag‘aydirmen, deb qasamyod qildim. 

G’azotdan salomat qaytdim, keyin hajga (yokim umraga) ehrom bog‘lab, yo‘lga 

tushdim-da, Madinai Munavvaraga keldim. Baniy Solim mahallasiga bordim. Qarasam, 

ko‘zi ojiz, mo‘ysafid Atbon ibn Molik o‘z qavmiga imomlik qilib, namoz o‘qib turgan 

erkan. Namoz tugab, salom bergach, oldiga borib salom berdim. So‘ng, haligi hadisni 

so‘radim, Atbon ibn Molik oldin qandoq aytib bergan bo‘lsa, xuddi o‘shandoq qilib rivoyat 

qilib berdi». 

 

9-bob. Uyda nafl namozi o‘qimoq 

 

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uyingizda ham nafl 



namoz o‘qib turingiz, uyingizni qabriston qilib qo‘ymangiz»,- dedilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

233


ÉΟó¡Î0

 

«!$#



 

Ç⎯≈uΗ÷q§9$#

 

ÉΟŠÏm§9$#



 

 

1-bob. Makkai Mukarrama va Madinai Munavvara masjidlarida o‘qilgan 



namozning fazilatlari to‘g‘risida

 

 



Qaz’a raziyallohu anhuga Abu Sa’id (Janob Rasululloh birlan birga 12 ta g‘azotda 

qatnashgan): «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan quyidagi to‘rt nasihatni 

eshitganman» ,— debdir: «Xotin kishi ikki kunlik yo‘lga faqat mahrami yo‘ldoshlig‘ida 

chiqmog‘i lozim; ikkala hayitda ro‘za tutmaslik kerak; bomdoddan keyin kun chiqquncha 

va asrdan keyin kun botguncha namoz o‘qimoq yaramaydir; ko‘proq savob olurmen 

degan odam Al-Masjid al-Haromga (Ka’batullohda), Masjid ur-Rasul sallallohu alayhi va 

sallamga (Madinada) va Masjid ul-Aqsoga (Quddusda) chiqmog‘i lozimdir».

 

 



Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ko‘proq savob 

olurmen degan odam boshqa masjidlarga izg‘imay, faqat Al-Masjid al-Harom, Masjid ur-

Rasul sallallohu alayhi va sallam. va Masjid ul-Aqsoga chiqsin!» - deganlar».

 

 



Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mening 

masjidimda o‘qilgan bitta namoz mingta namozdan savobliroq bo‘lib, unga faqat Al-

Masjid al-Haromda o‘qilgan namozgina tenglasha olg‘aydir»,- deganlar».

 

 



2-bob. Qubo masjidi haqida 

 

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu faqat ikki kun - 



Makkaga va Qubo masjidiga kelgan kunlari zuho namozi o‘qir erdilar. Makkaga aynan 

zuho namozi o‘qiladirgan vaqtda yetib kelar erdilar-da, Baytullohni tavof aylab, so‘ng 

Maqomi Ibrohimda ikki rak’at namoz o‘qir erdilar. Qubo masjidiga ersa, har shanba kuni 

kelib, namoz o‘qimasdan ketmas erdilar. Ibn Umar menga bunday degan erdilar: 

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham ba’zan otliq, ba’zan piyoda Masjid ul-Quboni 

ziyorat qilur erdilar, sahobai kiromlar ham shundoq qilishg‘aydir, men ham ulardan 

o‘rnak olib shundoq qilmoqdamen. Men hech kimning, xoh kunduzi va xoh kechasi 

bo‘lsin, istagan vaqtda namoz o‘qimog‘iga mone’lik qilmasmen, faqat kun chiqayotgan 

yokim botayotgan vaqtda o‘qimasa, bo‘ldi!» 

 

3-bob. Qubo masjidiga har shanba kelgan kishi haqida 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har 



shanba kuni Qubo masjidiga goh piyoda, goh ot.minib kelar erdilar». (Buni ko‘rib 

Abdulloh ibn Umar ham shundoq qilar erdilar). 

 

4-bob. Qubo masjidiga ot minib yokim piyoda kelmoq 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam 



Qubo masjidiga goh otda, goh piyoda kelar erdilar». Ibn Numayr yuqoridagi hadisga 

qo‘shimcha qilib: «Ibn Umar Qubo masjidiga kelgan zahoti ikki rak’at namoz o‘qib, so‘ng 

o‘tirar erdi»,- deydilar. 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

234


5-bob. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qabrlari birlan 

minbarlari orasida namoz o‘qimoqning fazilati 

 

Abdulloh ibn Zayd al-Moziniy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Uyim birlan minbarim oralig‘idagi joy jannat bog‘laridan biridir!» - deganlar».  

 

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uyim birlan 



minbarim oralig‘idagi joy jannat bog‘laridan biridir! (Oxiratda) minbarim Havzi Kavsarim 

qirg‘og‘ida bo‘lg‘aydir»,- deb aytganlar». 

 

6-bob. Bayt ul-Muqaddas masjidi haqida 

 

Ziyodning ozod qilingan quli Qaz’a rivoyat qiladirlar: «Abu Sa’id al-Xudriy Janob 



Rasulullohdan eshitgan to‘rt vasiyatni aytib, meni taajjubga soldilar, xursand qildilar. 

Ular quyidagilar: «Ayol kishi ikki kunlik yo‘lga yolg‘iz o‘zi safar qilmag‘aydir, balkim eri 

yokim bir mahrami birlan safar qilg‘aydir; ikki hayit kuni ro‘za tutilmag‘aydir; 

bomdoddan keyin kun chiqquncha, asrdan so‘ng kun botguncha namoz o‘qilmag‘aydir; 

faqat uchta masjid - Al-Masjid al-Harom, Masjid ul-Aqso va mening masjidimdan ko‘proq 

savob topg‘aydirsiz!» 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

235


ÉΟó¡Î0

 

«!$#



 

Ç⎯≈uΗ÷q§9$#

 

ÉΟŠÏm§9$#



 

 

NAMOZDA QILINADIRGAN HARAKATLAR TO’G’RISIDAGI BOBLAR 

 

1-bob. Namozda (agar buyurilgan bo‘lsa) qo‘ldan foydalanish haqida 

 

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Namozxon namoz o‘qiyotib o‘z tana a’zolaridan istagancha 



foydalanmog‘i mumkin. Masalan, Abu Ishoq namoz o‘qiyotib qo‘li birlan kulohini olib 

qo‘ydi, keyin yana kiyib oldi. Hazrat Ali raziyallohu anhu ersa, o‘ng kaftlarini chap 

qo‘llarining bo‘g‘ini ustiga qo‘yib, qo‘l bog‘lar erdilar, agar biror joylarini qashimoqchi 

yokim kiyimlarini tuzatib olmoqchi bo‘lsalar, qo‘l bog‘lamini yechib, qo‘llarini bemalol 

harakat qildiraverar erdilar». 

 

Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Bir kuni kechasi Maymuna xolamnikida yotib 



qoldim. Men yostiqning ensiz tomoniga, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va xolam 

ersa, enli tomoniga bosh qo‘yib yotdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yarim 

kechagacha yokim undan sal kamroq yokim ko‘proq vaqt uxladilar. Keyin, uyg‘onib, 

o‘rinlaridan turib o‘tirdilar-da, uyquni qochirmoq uchun qo‘llari birlan ko‘zlarini 

ishqadilar. So‘ng, Surai «Oli Imron»ning oxiridan o‘n oyat o‘qidilar. Keyin, o‘rinlaridan 

turib, devorga osig‘liq meshchani oldilar-da, yaxshilab tahorat qildilar, so‘ng namoz 

o‘qimoqqa tutindilar. Men ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam singari tahorat 

oldim-da, yonlariga borib turdim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ng 

qo‘llari birlan (o‘ng tomonimda turishing kerak erdi, degan ma’noda) o‘ng qulog‘imni 

ishqab qo‘ydilar (boshqa hadisda: «Qulog‘imdan ushlab, meni o‘ng tomonlariga o‘tkazib 

qo‘ydilar»,— deyilgan). Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at, so‘ng 

ikki rak’at, keyin ikki rak’at, so‘ngra ikki rak’at, keyin ikki rak’at, so‘ngra ikki rak’at 

namoz o‘qidilar. So‘ng, vitr o‘qib bo‘lgach, muazzin kelib azon aytguncha yonboshladilar. 

Keyin, qisqagina qilib ikki rak’at namoz o‘qib oldilar. So‘ng, bomdod o‘qigani masjidga 

chiqib ketdilar». 

 

2-bob. Namoz vaqtida so‘zlashmoq man’ qilinadir 

 

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz 



o‘qiyotganlarida salom berar erdik, bizga alik olar erdilar. Ammo, Habashistondagi An-

Najoiy degan joydan qaytganimizda namoz o‘qiyotgan erkanlar, salom bersak, alik 

olmadilar. Namozdan keyin: «Namoz ulug‘ mashg‘ulotdir! Unda boshqa narsalar birlan 

mashg‘ul bo‘lmoq yaramag‘aydir»,— dedilar».  

 

Abu Amr ash-Shayboniy: «Menga Zayd ibn Akram raziyallohu anhu bundoq degandi»,— 



deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va salam davrlarida, islom endigina tarqalayotgan 

vaqtda Olloh taoloning «Namozlarda tartib saqlangiz!...» degan oyati kariymasi nozil 

bo‘lmaguncha bir-birimiz birlan dunyoviy ishlarimiz haqida so‘zlashaverar erdik». 

 

3-bob. Namozxonning namozda tasbih va hamd aytmogi joiz 

 

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baniy 



Amr ibn Avfni kelishtirib qo‘ymoq uchun chiqqan edilar hamki, namoz vaqti bo‘ldi. 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

236


Shunda Bilol Abu Bakrning oldiga kelib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ushlanib 

qoldilar, siz o‘rnilariga imomlik qilmag‘aymisiz?»— dedi. Abu Bakr: «Mayli, agar 

istasangiz»,— deb rrzi bo‘ldilar. Keyin, Bilol azon aytdi. Abu Bakr ersa, mehrobga o‘tib 

namoz boshladilar. Shu payt Rasululloh sallallohu alayhi va sallam keldilar-da, odamlarni 

oralab o‘tib, birinchi safga turdilar. Odamlar (Abu Bakrga Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam kelganlarini bildirmoq uchun) chapak chala boshladilar. Abu Bakr shunda ham 

sezmadilar. Odamlar qattiqroq chapak chalganlaridan keyingina atrofga alanglab 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning birinchi safda turganlarini ko‘rib qoldilar. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «O’rningda turavyorg‘il!» deb ishora qildilar. 

Shunda Abu Bakr qo‘llarini ko‘tarib Ollohga hamd aytdilar-da, orqaga tisarildilar. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldinga o‘tib, namozni davom ettirdilar». 

 

4-bob. Namozda aytish mumkin emasligini bilmagan holda biror qavmning 



nomini tilga olmoq yokim bir-biriga salom bermoq haqida 

 

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Biz ilgarilari namoz o‘qiyotib ham bir-birimizga 



salom beraverar erdik va marhumlarning ismlarini birma-bir aytib duo qilar erdik. Bir 

kuni Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam buni eshitib qolib: «At-Tahiyyotu li-l-loxi va-s-

salavotu va-t-tayyibotu, as-salomu alayka ayyuha-n-na-biyyu va rahmat-ul-lohi va 

barakotuh, as-salomu alayno va alo ibodi-l-lohi-s-solihiyna, ashhadu allo iloha il-la-l-

lohu va-shhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh» desangiz, Olloh taoloning yeru 

ko‘kdagi barcha solih bandalarini duo qilgan bo‘lursiz»,- dedilar». Duoning tarjimasi: 

«Barcha olqishu maqtovlar, besh vaqt namozu ezguliklar Ollohga bo‘lsin! Ey Ollohning 

elchisi (payg‘ambari) Muhammad sallallohu alayhi va sallam! Olloh taolo sizga salom, 

barakot va rahmat yo‘llasin! Bizga hamda Ollohning jamiki solih bandalariga ham Olloh 

salom yo‘llasin! Ollohdan boshqa iloh yo‘qligining shohidiman, Muhammad sallallohu 

alayhi va sallamning ham Ollohning bandasi va elchisi (payg‘amb.ari) ekanligining 

shohididirman». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling