Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Asr namozining fazilati haqida
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-bob. Kun potishidan oldin asr o‘qiyotgan kishi qolgan bir rak’atini o‘qib ulgurmasligini fahmlab qolsa, namozini o‘qib tugatadi
- 17-bob. Shom namozi o‘qiladigan vaqt haqida
- 19-bob. Asho’ va atama bayoni hamda ikkalasini «Bemalol ishlatsa bo‘lg‘aydir» degan kishi haqida
- 20-bob. Namozxonlar vaqtida yig‘ilganda yokim kech qolganda xufton qachon o‘qiladir
- 21-bob. Xuftonning fazilati
- 22-bob. Xuftondan oldin uxlamak makruxdir
- 24-bob. Xuftonni yarim kechagacha o‘qisa bo‘lg‘aydir
- 25-bob. Bomdod namozining fazilati
- 26-bob. Bomdod o‘qiladigan vaqt haqida
- 27-bob. Bomdod o‘qiyotgan odam qolgan bir rak’atini quyosh chikquncha o‘qib ulgurmasligini anglasa...
- 28-bob. Namoz o‘qiyotgan odam qolgan bir rak’atini o‘qib ulgurmasligini fahmlab qolsa...
- 29-bob. Tong otgandan keyin quyosh chiqib bo‘lguncha namoz o‘qilmaydir
- 30-bob. Quyosh botmay turib o‘qilgan namoz savobsizdir
- 31-bob. Asr va tong otgandan keyingi namozlardan boshqasini man’ qilmagan kishi xususida
- 32-bob. Asrdan keyin o‘qiladirgan qo‘shimcha va shunga o‘xshash namozlar haqida
- 33-bob. Havo bulut bo‘lgan kuni namozni ertaroq o‘qimoq haqida
- 34-bob. Azon vaqti o‘tgan bo‘lsa ham azon aytilgani to‘g‘risida
- 36-bob. Biror namozni esidan chiqarib o‘qimagan odam esiga tushganda o‘sha namoznigina ioda qilgaydir (qayta o‘qig‘aydir)
- 37-bob. Avval qazo bo‘lgan namoz o‘qilg‘aydir
- 38-bob. Xuftondan keyin gaplashib o‘tirmoqni yoqtirmaganliklari haqida
- 39-bob. Xuftondan keyin fiqq va savob haqida so‘zlashib o‘tirmoq
15-bob. Asr namozining fazilati haqida
Jarir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik. Tunda Oyga (ya’ni, to‘lin Oyga) qarab: «Keyinchalik, sizlar mana shul Oyni ko‘rib turganingizdek rabbingizni ko‘rgaydirsizlar, uni ko‘rurmen desangiz, bir-biringizni ranjitmangiz! Agar kun chiqmog‘i va kun botmog‘idan oldingi namozlarni shaytonga boy bermaslik qo‘lingizdan kelg‘aydir, ularni doim o‘qingiz!»—dedilar-da, «Quyosh chiqmog‘idan burun ham, Quyosh botmog‘idan burun ham, rabbingni maqtab tasbih aytg‘il!»—deb qiroat qildilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarni maloikalar kechayu-kunduz kuzatib yurg‘aydirlar. Bomdod va asrda kelib to‘planishg‘aydir, so‘ng sizlar birlan birga bo‘lgan maloikalar Arshi A’loga chiqadirlar, Olloh taolo maloikalardan ko‘ra yaxshiroq bilsa ham: «Bandalarimni nechuk holatda tashlab keldingiz?» — deb ulardan so‘rag‘aydir. Maloikalar: «Kelayotganimizda ham, borganimizda ham namoz o‘qiyotgan erdilar»,— deb aytg‘aydirlar».
ulgurmasligini fahmlab qolsa, namozini o‘qib tugatadi
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh botmog‘idan oldin asr namozining bir sajdasini o‘qib ulgurmasligini fahmlab qolgan odam namozini nihoyasiga yetkazg‘aydir. Quyosh chiqmog‘idan oldin bomdod namozining bir sajdasini o‘qib ulgurmasligiga aqli yetgan odam ham namozini tugallag‘aydir»,— deb aytdilar».
Ato raziyallohu anhu: «Kasal odam shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qiydi»,— deydilar. Rofi’ ibn Xadiyj: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga shomni o‘tirgan yerimizdan yoy otsak, o‘qimiz tekkan joyni ko‘ra oladigan paytda o‘qir erdik»,— deydilar.
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam peshinni kun qizigan paytda, asrni quyosh tiniq paytda, shomni quyosh botganda o‘qir erdilar. Ba’zida xuftonni, namozxonlarning to‘planganini ko‘rsalar, tezlashtirar erdilar, ularning kechikayotganini ko‘rganlarida esa, kechiktirar erdilar. Bomdodni qorong‘u paytda o‘qir erdilar»,— deydilar.
Salama raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga shomni kun yuziga parda tortganda o‘qir erdik»,— deydilar. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 115
18-bob. Shomni xufton deb atashlarini makruh qilgan kishi haqida
Abdulloh al-Maziniy rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Badaviylarning shom deb atalmish namozingizni boshqa nom birlan atamoqlariga yo‘l qo‘ymangiz. Badaviylar shomni xufton deb atamoqdalar», — deb aytdilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Asho’ (xufton) va fajr (bomdod) namozlari munofiqlarga og‘ir kelib qoldi. Shunda Janob Rasululloh: «Atama (xufton) va fajr (bomdod) namozlarida nechuk savob borlig‘ini bilishsa erdi!»—dedilar.
Abu Abdulloh: «Asho’ (xufton) deb ataydirmi, atama (xufton) deb ataydirmi, kishining o‘z ixtiyoridadir, masalan, Olloh taolo: «Kimki asho’din (xuftondin) keyin...» deb aytadir»,— deydilar. Abu Muso: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan navbatma- navbat asho’ga imomlik qilur erdik. Bu safar ham bizning navbatimiz erdi, ittifoqo, u kishi asho’ga imomlik qilg‘aymen, deb salla o‘rab chiqdilar»,— deydilar. Ibn Abbos va Oisha onamiz: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam asho’ga salla o‘rab chiqdilar»,— deydilar. Ba’zilar Oisha onamizdan naql qilib: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam atamaga (xuftonga) salla o‘rab chiqdilar»,— deyishadi. Jobir raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam asho’ o‘qir erdilar»,— deydilar. Abu Barza: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam asho’ni kechiktirib o‘qir erdilar»,— deydilar. Anas: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam asho’ni juda kech o‘qidilar»,— deydilar. Ibn Umar, Abu Ayyub va Ibn Abbos: «Nabiy sallalloxu alayhi va sallam shom va asho’ o‘qidilar»,— deyishadi.
Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Tunlardan birida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlar atama deb ataydirgan asho’ (xufton) namozini biz birlan birga o‘qidilar. Keyin, Janob Rasululloh bizga yuzlanib: «Bilib qo‘yingiz, mana shul kechadan roppa-rosa yuz yil o‘tgach, yer yuzida hozir mavjud bo‘lgan odamlardan birortasi ham qolmag‘aydir»,— dedilar».
Muhammad ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Jobirdan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning nechuk namoz o‘qimoqlarini so‘radik, ul kishi: «Janob Rasululloh peshinni kun qattiq qizigan paytda, asrni Quyoshning tafti o‘lmagan paytda, shomni Quyosh botganda, xuftonni ersa, masjidga odam ko‘p yig‘ilganda tezdan o‘qiyverar erdilar. Masjidga odam kam yig‘ilganda xuftonni kechiktirar erdilar. Bomdodni qorong‘uda o‘qir erdilar — dedi».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Tunlardan birida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftonga imomlik qilmoqlari lozim erdi. Bu voqea islom tarqalmasidan oldin bo‘lgan erdi. O’shanda Janob Rasululloh hadeganda masjidga chiqavermadilar, hatto Hazrat Umar: «Xotinlar va bolalar uxlab qoldilar»,— deb ovoz qildilar. Shundan keyin Janob Rasululloh masjidga yig‘ilgan namozxonlarga qarab: «Bul namozni (xuftonni) Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 116
sizlardan bo‘lak yer yuzida hech kim o‘qiydirmen, deb muntazir bo‘lib o‘tirgani yo‘qdir»,— dedilar».
Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men va men birlan kemada birga kelgan sheriklarim Bathon degan joyga kelib tushgan erdik, Nabiy sallallohu alayhi va sallam ersalar Madinada erdilar. Ul kishi har kecha bizlardan bittamizga (navbatma-navbat) xuftonga imomlik qilmakni tayinlar erdilar. Men va mening sheriklarim ul kishi birlan kelishib oldik, ul kishi ba’zi bir yumushlari bo‘lganligi sababli tunning yarmigacha imomlik qildilar. Keyin, Janob Rasululloh chiqib biz birlan namoz o‘qidilar. Namozni o‘qib bo‘lgach, o‘sha yerda hozir bo‘lganlarga qarab: «Olloh taolo sizlarga ato etgan ne’matdan o‘zgalarni ham sekingina xabardor qilingiz, shu soatda sizlardan boshqa hech kim namoz o‘qiyotgani yo‘q!»— dedilar».
Abu Barza raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftondan oldin uxlamakni va xuftondan keyin so‘zlashib o‘ltirmakni makruh der erdilar»,— deydilar.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftonga imomlik qilmaklari lozim erdi, (uxlab qolib) hadeganda chiqavermadilar. Shunda Hazrat Umar: «Xotinlaru bolalar uxlab qoldi»,— deb ovoz qilib u kishini chaqirdilar. Janob Rasululloh chiqib: «Yer yuzida sizlardan boshqa hech kim xufton o‘qiydirmen, deb muntazir bo‘lib o‘ltirgani yo‘qdir»,— dedilar. O’sha vaqtlarda Madinadan boshqa hech qaerda namoz o‘qilmas erdi. Xuftonni shafaq yo‘qolgandan boshlab, tunning birinchi qismining uchdan biri oralig‘ida o‘qishar erdi».
Abdulloh ibn Umar raziyalohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunlardan birida xufton vaqtida band bo‘lib qolib, unga bir oz kechikdilar, hatto biz u kishini kutib masjidda uxlab qoldik, bir uyg‘onib, keyin yana uxlab qoldik va yana uyg‘ondik, shundan keyingina Janob Rasululloh bizning oldimizga chiqdilar, so‘ng bizga qarab: «Yer yuzida hech kim xufton o‘qiydirmen, deb muntazir bo‘lib o‘tirgani yo‘qdir», — dedilar». Ibn Umarning o‘zlari, uyqu g‘oliblik qilib, xuftonni qazo qilib qo‘ymakdan qo‘rqmasalar, undan oldin yokim undan keyin mizg‘ib olaverar erdilar.
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunlardan birida xuftonga kechikdilar, hatto odamlar uxlab qoldilar, uyg‘onib, yana bir uxlab turdilar. Shunda Umar ibn Xattob turib, «Namoz!» deb ovoz qildilar. Ato va ibn Abbos: «Shundan keyin Janob Rasululloh ikki qo‘llari boshlarida, sochlaridan suv tomgancha chiqib keldilar-da, «Agar ummatimga mashaqqat bo‘lmog‘ini xohlaganimda, xuftonni shu tariqa o‘qimoqni buyurar erdim, dedilar», — deb aytishdi».
Abu Barza raziyallohu anhuning aitishlaricha, Nabiy sallallohu alayhi va sallam xuftonni kechiktirib o‘qimoqni afzal ko‘rar erkanlar.
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xuftonni Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 117
yarim kechaga borib o‘qidilar. Keyin, yana namoz o‘qidilar. So‘ng: «Odamlar allaqachon namozlarini o‘qib uxladilar, ammo sizlar o‘qiymiz, deb kutgan namozingizni (ya’ni, xuftonni) o‘qimakdasizlar»,— dedilar.
Jarir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamning huzurlarida erdik, to‘lin oyga qarab, «Sizlar mana shu oyni ko‘rib turganingizdek rabbingizni ko‘rg‘aydirsizlar. Uni ko‘raman desangiz, bir-birlaringizni ranjitmangiz! Quyosh chiqmog‘idan va botmog‘idan ilgarigi namozlarni shaytonga boy bermaslik qo‘lingizdan kelsa, ularni muttasil o‘qingiz!» — dedilar. So‘ng: «Quyosh chiqmog‘idan va botmog‘idan burun rabbingni maqtab tasbih aytg‘il!» — deb qo‘shib qo‘ydilar».
Zayd ibn Sobit rivoyat qiladirlar: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga saharlik qildik, keyin turib bomdod o‘qidik. Men: «Saharlik birlan bomdod oralig‘ida qancha vaqt bordir?» — deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Ellik yokim oltmish oyat o‘qig‘ulik fursat bordir», — dedilar».
Anas ibn Molik: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam va Zayd ibn Sobit ikkalalari saharlik qildilar. Saharlik qilib bo‘lishgach, Nabiy sallallohu alayhi va sallam bomdod o‘qidilar»,— dedi. Qatoda raziyallohu anhu: «Men Anasdan, saharlik qilib bo‘lishgandan to namozga kirishgunlariga qadar qancha vaqt o‘tdi? — deb so‘radim»,— deydilar. Shunda Anas: «Kishi allikta oyat o‘qig‘anchalik»,— deb jayub bergan erkan.
Sahl ibn Sa’d: «Bola-chaqam birlan saharlik qilayotgan erdim, birdan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan bomdod namozi o‘qimak lozimligi esimga tushib qoldi»,— deydilar.
Oisha raziyallohu anho: «Biz musulmon ayollar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bomdod namozi o‘qimak uchun chodiramizga o‘ralib (masjidga) borar erdik. So‘ngra, namozni o‘qib bo‘lib, uyimizga qaytayotganimizda qorong‘uda bizni hech kim tanimas erdi (ya’ni, bomdod namozi o‘qib bo‘linganda hali kun yorishmagan bo‘lardi)»,— deydilar.
Abu Xurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bom-dodning bir rak’atini quyosh chiqquncha o‘qib ulgurmasligini fahmlab qolsa, qolganini o‘qib tugatsin, kimki asrning bir rak’atini quyosh botguncha o‘qib ulgurmasligini fahmlab qolsa, uni ham o‘qib tugatsin!» — dedilar».
fahmlab qolsa...
Abu Xurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 118
«Kimki namozining bir rak’atini o‘qib ulgurmasligini fahmlab qolsa, uni o‘qib tugatsin!»— dedilar».
Hazrat Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tong otgandan keyin quyosh chiqib bo‘lguncha va asrdan keyin quyosh botib bo‘lguncha namoz o‘qimakni man’ qildilar»,— deydilar.
Ibn Umar raziyallohu anhuning aytishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh chiqayotgan va botayotgan vaqtda o‘qigan namozingizdan savob umid qilmangiz!» — deb aytgan erkanlar,
Ibn Umar raziyallohu anhuning yana bir boshqa rivoyatlariga ko‘ra, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar quyosh yuzidan pardasini olayotgan ersa, butkul olib bo‘lg‘uncha yokim parda tortayotgan ersa, butkul tortib bo‘lg‘uncha namozingizni kechiktiringiz!» — deb aytgan erkanlar.
Abu Hurayra raziyallohu anhuning aytishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki xil kelishuvni, ikki xil kiyim kiymakni va ikki namozni o‘qimakni man’ qilgan erkanlar: tong otgandan keyin quyosh chiqib bo‘lguncha va asrdan keyin quyosh botib bo‘lguncha namoz o‘qimak; badanga yopishib turadirgan va badani ko‘rinib turadirgan kiyimlarni kiymak; birov birlan til biriktirib, dushmanlik hamda aloqa qilmak.
Ibn Umar raziyallohu anhuning aytishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz quyosh chiqayotgan va batayotgan paytda namoz o‘qisangiz, savobdan mahrum bo‘lg‘aydirsiz!»—deb aytgan erkanlar.
Abu Sa’id Xudriyning aytishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tong otgandan keyin quyosh chiqib bo‘lguncha ham, asrdan keyin quyosh botib bo‘lguncha ham namoz o‘qilmag‘aydir»,—deb aytgan erkanlar.
Himron ibn Abbon quyidagi hadisni rivoyat qiladirlar: «Muoviya bir kuni: «Sizlar o‘qiyotgan namozni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga yurib ham biror marta o‘qiganlarini ko‘rmaganmiz, u kishi asrdan keyin ikki rak’at namoz o‘qimakni man’ qilgan erdilar»,— deb aytdilar».
Hafs ibn Osimning Abu Hurayradan naql qilishlaricha, Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam tong otgandan keyin quyosh chiqquncha va asrdan keyin quyosh botguncha namoz o‘qimakni makruh qilgan erkanlar.
Ibn Umar raziyallohu anhu «Men birodarlarim nechuk namoz o‘qiyotganlarini ko‘rgan ersam, shundok, namoz o‘qiydirmen. Men biror kipjning kechasi va kunduzi, istagan Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 119
paytda namoz o‘qimog‘iga qarshi ermasmen, quyosh chiqayotgan! va quyosh batayotgan paytda o‘qimasa, basdir»,— deydilar.
Ummu Salama rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam asrdan keyin ikki rak’at namoz o‘qidilar-da, «Hali Abd ul-Quddus qabilasidan kelgan kishilar mening peshindan keyin ikki rak’at namoz o‘qimog‘imga xalal berdilar»,— dedilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Xudo haqqi, Janob Rasululloh Ollohga ro‘para bo‘lgunlariga (vafot etgunlariga) qadar peshin va asrdan keyin o‘qiydigan ikki rak’at namozlarini sira tark etmadilar. U kishi keksayib qolib, o‘sha namozlarni ko‘pincha o‘tirib o‘qiydirgan bo‘lib qolganlarida Ollohga ro‘para bo‘ldilar (vafot etdilar). Janob Rasululloh qo‘shimcha ikki rak’at namozni ummatlarim ham o‘rganib olib, qiynalib qolmasinlar deb, masjidda o‘qimas erdilar, aksincha ummatlariga yengillik yaratmoqqa intilar erdilar».
Hishomning otalari rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho: «Ey, singlimning «o‘g‘li (jiyanim)! Nabiy sallallohu alayhi va sallam asrdan keyingi ikki rak’at namozni mening huzurimda o‘qimagan kunlari bo‘lmagandir»,— dedilar».
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdoddan oldingi va asrdan keyingi o‘qiydirgan ikki rak’at namozlarini yashirmas ham erdilar, e’lon ham qilmas erdilar»,— deydilar.
Asvad va Masruq raziyallohu anhumoning aytishlaricha, Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kunda asrdan keyingi ikki rak’at namozni o‘qimay mening huzurimga kelmas erdilar»,— degan ekanlar.
Abu Mulayh rivoyat qiladirlar: «Havo bulut bo‘lgan kuni Burayda birlan birga erdik. Ul: «Namozni ertaroq o‘qingiz! Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Asr namozini o‘qimagan kishi go‘yokim biror ishi barbod bo‘lg‘an kishi yanglig‘dir!»—deganlar»,— deb aytdi».
Abu Qatoda otalaridan naql qiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga kechasi yo‘lga chiqdik. Yo‘lda uchragan qavmlardan biri: «Yo Rasululloh, bizga bir mehmon bo‘lib ketsangiz!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Uxlab qolib, namozga turolmay qolg‘aysizlarmi, deb qo‘rqg‘aymen»,— dedilar. Shunda Bilol: «Men sizlarni uyg‘otib qo‘yurmen»,—dedi. Mehmondorchilikdan keyin uyquga yotishdi, Bilol tuyasiga yastanib uxlab qoldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam uyg‘otganlarida oftob yuzidan niqobini olgan erdi. Janob Rasululloh: «Ey Bilol! Qani aytganingni qilganing?» — dedilar. Bilol: «Uyqu meni yengib qo‘yibdir»,— dedi. Janob Rasululloh: «Olloh taolo istagan vaqtida joningizni olib, istagan vaqtida sizga jon ato etg‘aydir, ey Bilol, turg‘il, azon aytib, odamlarni namozga chaqirg‘il!»—dedilar. Keyin, turib tahorat qildilar. Quyosh ko‘tarilib, kun yorishib ketganda namoz o‘qidilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 120
35-bob. Vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan odamlar birlan jamoat bo‘lib namoz o‘qimoq xususida
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Xandaq kuni quyosh botgach, Umar ibn Xattob kelib, Quraysh kofirlarini so‘ka boshladilar, so‘ng: «Yo Rasululloh, quyosh botay deb turganda zo‘rg‘a asr o‘qib ulgurdim»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Xudo haqqi, namoz o‘qimabsen»,— dedilar. Keyin, Bathonga jo‘nadik, yetib boruach, tahorat oldilar, biz ham tahorat oldik. So‘ng, quyosh botgach, asr o‘qidilar, undan keyin shom o‘qidilar».
Ibrohim raziyallohu anhu: «Kimki yigirma yil davomida namozlardan birini o‘qimagan ersa, o‘sha o‘qimagan namozinigina ioda qilg‘aydir».— deydilar.
Anas raziyallohu anhuning aytishlaricha, Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki biror namozni unutib o‘qimagan ersa, esiga tushganda o‘qig‘aydir, o‘qilmay qolgan namoz uchun o‘sha namozning o‘zini ioda qilmakdan boshqa kafforat yo‘qdir, (Ollohni) xotirlab namoz o‘qigil!» —degan ekanlar.
Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Xandaq kuni Umar ibn Xattob Quraysh kofirlarini so‘kib: «Yo Rasulalloh, quyosh botay deb turganda zo‘rg‘a asr o‘qib ulgurdim»,— dedilar. Keyin, Bathonga bordik. Quyosh botgandan so‘ng asr, keyin shom o‘qidilar».
Abu Minhol rivoyat qiladirlar: «Otam birlan birga Abu Barzaning huzurlariga bordik. Otam ul kishiga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam besh vaqt namozni nechuk o‘qir erdilar, bizga aytib bering!»— dedilar. Abu Barza: «Sizlar uvlo deb ataydirgan peshinni kun oqqan paytda, asrni birortamiz shaharning eng chekkasiga borib uyimizga qaytganimizda ham kunning tafti hali o‘lmagan paytda o‘qir erdilar (Shom haqida aytgan so‘zlarini esimdan chiqarib qo‘yibdirman), xuftonni ersa, kechiktirib o‘qimakni afzal ko‘rar erdilar, xuftondan oldin uxlamakni ham, undan keyin so‘zlashib o‘ltirmakni ham yoqtirmas erdilar. Bomdodni kishi yonida o‘ltirgan namozxonni taniydirgan darajada havo yorishganda o‘qib bo‘lur erdilar va oltmishtadan yuztagacha oyat tilovat qilur erdilar»,— deb aytdilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kuni yarim kechaga yaqinlashib qolgan paytda Nabiy sallalloxu alayhi va sallam kelyb biz birlan namoz o‘qidilar, so‘ng: «Odamlar namoz o‘qib bo‘lib, allaqachon uxladilar, shundoq emasmidir? Sizlar ersangiz, hanuz joynamozni tark etganingiz yo‘qdir, savob umid aylab ibodat qilmakdasiz, savob umid aylayveringiz!» — deb xutba aytdilar»,
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallalloxu alayhi va sallam hayotlarida Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 121
so‘nggi bor xufton o‘qidilar. Ikki yelkalariga salom berganlaridan, so‘ng. turib: «Mana shu ko‘rib turgan kechangizdan boshlab yuz yil o‘tgach, Yer yuzida hozir mavjud bo‘lgan kishilardan birortasi ham qolmag‘aydir»,— dedilar. Odamlar Janob Rasulullohning so‘zlarini yuz yil ichida hech kim qolmas erkan, deb noto‘g‘ri tushunishib, vahimaga tushdilar. Aslida ersa, Janob Rasululloh bugun mana shu yerda o‘tirgan tengkurlardan birortasi ham qolmaslig‘ini nazarda tutgan erdilar. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling