Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Kishining «Hali namoz o‘qimadik»,— demog‘i


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


26-bob. Kishining «Hali namoz o‘qimadik»,— demog‘i 

 

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Xandaq voqeasi kuni Hazrat Umar Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, Olloh haqqi-hurmati, kun 

botib ketdi hamki, namozi asrni o‘qiyolmay qoldim»,— dedilar. Bu gapni aytganlarida 

iftor qilib bo‘lingandi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohga qasam 

ichib ayturmenkim, men ham hali namozi asrni o‘qimabman»,— dedilar. Keyin, 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bathon degan joyga bordilar, men ham u kishi 

birlan birga bordim, tahorat oldilar, so‘ng (kun botgandan keyin) namozi asrni o‘qidilar, 

undan keyin shomni o‘qidilar». 

 

27-bob. Takbir aytilgandan keyin imom biror zarurat bilan band bo‘lmog‘i 



mumkinmi? 

 

Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Namozga takbir aytildi hamki, Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam masjidning yonida bir kishi birlan gaplashib turaverdilar, hatto 

(ayrim) namozxonlar uxlab qoldilar». 

 

28-bob. Namozga takbir aytilgandan so‘ng (birov bilan) so‘zlashmoq 

 

Humayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Sobit al-Bunonyydan namozga takbir 



aytilgandan keyin (birov bilan) gallashgan kishi to‘g‘risida so‘radim. Shunda u: 

«Namozga takbir aytilgandan keyin bir kishi kelib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni 

gapga tutib qolgandi, deb Anas menga aytgandi»,— dedi». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

129


 

29-bob. Jamoat birlan namoz o‘qishning vojibligi 

 

Hasan Basriyni onalari mehribonchilik qilib, xufton namozini jamoat birlan o‘qimak 



uchun masjidga borishdan qaytaribdirlar, shunda ul kishi itoat qilmabdirlar. 

 

Abu Hurayra naql qiladilar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Olloh taolo haqqi-



hurmati, odamlarga «O’tin yig‘ingiz!» deb buyursamu o‘tin yig‘salar, keyin, «Namoz 

o‘qingiz!» desamu bir kishi azon aytsa, ikkinchisi imomlik qilsa, so‘ngra namozga 

kelmagan kishilarning uylariga borib, ustilaridan o‘t yoqib yuborsam! Ollohga qasamyod 

qilib ayturmenkim, jamoat birlan namoz o‘qimoqqa kelmagan o‘sha kishilarning birontasi 

bu yerga (masjidga) kelganda pishirilgan yog‘li go‘sht yokim kalla-pocha yemoqni bilsa 

erdi, albatta xuftonga kelgan bo‘lur erdi»,— dedilar». 

 

30-bob. Jamoat birlan namoz o‘qimoqning fazilati 

 

Asvad ibn Yazid o‘z jamoatlari birlan namoz o‘qimoqqa ulgurmay qolsalar, boshqa 



masjidga borar erdilar. Anas namoz o‘qib bo‘linganda masjidga keldilar, so‘ng azon va 

takbir aytib, (boshqa) jamoat birlan namoz o‘qidilar. 

 

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jamoat 



birlan o‘qilgan namoz savobi yolg‘iz o‘qilgan namoz savobidan 27 marta ortiqdir»,— 

dedilar». 

 

Abu Sa’id al-Xudriy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Jamoat birlan o‘qilgan 



namoz savobi yolg‘iz o‘qilgan namoz savobidan 25 marta ortiqdir»,-— deganlarini 

eshitgan erkanlar. 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 



deganlar»,— deb rivoyat qiladilar: «Kishining jamoat birlan o‘qigan namozining savobi 

uyida yolg‘iz o‘qigan namozi va bozorda o‘qigan namozining savobidan 25 barobar ortiq 

bo‘lg‘aydir. Bunga kishi yaxshilab tahorat olib, uyidan masjidga faqat namoz 

o‘qiydirman, degan niyatda chiqsagina erishmog‘i mumkindir. Shu niyatda bosgan har 

bir qadamini ko‘tarib ulgurmasidan Olloh taolo uning martabasini bir daraja ko‘targ‘aydir 

va bitta gunohidan kechg‘aydir. Namoz o‘qiyotganida ersa maloikalar uning tepasida: 

«Ilohi, bul bandangni yar'laqag‘aysen, bul bandangga rahm qilg‘aysen!» — deb iltijo 

qilib turishg‘aydir. Qaysi biringiz namoz o‘qiydirman, deb kutib turgan ersangiz, namoz 

o‘qiyotgan hisobida bo‘lg‘aydirsiz»! 

 

31-bob. Namozi bomdodni jamoat birlan o‘qimoqning fazilati 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan quyidagi 



hadisni eshitganman»,— deydilar: «Har biringizning jamoat birlan o‘qigan 

namozingizning savobi yolgaz o‘qigan namozingiz savobidan 25 marta ortiq bo‘lg‘aydir. 

Tungi farishtalar birlan kunduzgi farishtalarning barchasi namozi bomdodga kelib 

jamuljam bo‘lishg‘aydir». Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Agar xohlasangiz, «Inna 

qur’on-al-fajri kona mashxudan (namozi bomdodda qilingan qiroat farushtalar ham 

qatnashsa arziydirgan qiroat bo‘ldi)» — degan oyati karimani o‘qingiz»,— deydilar. 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

130


Abdulloh ibn Umar: «Jamoat namozi 27 marta ortiqdir»,— deganlar. 

 

Ummu Dardo’ rivoyat qiladirlar: «Abu Dardo’ oldimga g‘azablanib kirib keldilar. «Nechun 



g‘azablanmakdasiz?» — dedim. «Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, Muhammad 

ummatining jamoat birlan namoz o‘qimogidan bo‘lak biror savoblik ishi qolmadi»,— 

dedilar». 

Abu Muso naql qiladirlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Namozdan eng ko‘p 

savob oladirgan odam masjiddan eng uzoqda turadirgan odamdir, chunki ul ko‘p yurib, 

ko‘proq aziyat chekib kelg‘aydir. Jamoat birlan namoz o‘qimakni kutayotgan kishiga 

tegadirgan savob, o‘zi namozini o‘qib, yotib olgan odamga tegadirgan savobdan behad 

ortiqdir»,— deganlar». 

 

32-bob. Peshin namoziga ertaroq bormoqning fazilati 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degan 



edilar»,— deb rivoyat qiladirlar: «Bir kuni bir kishi ko‘chada ketayotgan erdi. Yo‘lda 

yotgan tikanni ko‘rib, chetga olib tashladi. Olloh taolo uning qilmishidan rozi bo‘ldi va 

uning gunohlarinr} kechirdi. 

 

Beshta sababdin o‘lgan kishilar shahid bo‘ladirlar: vabodan o‘lganlar, qorin og‘rigi birlan 



o‘lganlar, g‘arq bo‘lib o‘lganlar, biror narsaning tagida qolib o‘lganlar va Olloh taolo 

yo‘lida jihod qilib o‘lganlar. 

 

Odamlar azon aytmoq va namozda birinchi safda turmoqning nechog‘liq savobli erkanini 



bilganlarida, hech ilojini topmasalar, chek tashlab o‘z niyatlariga erishgan bo‘lur erdilar. 

 

Namozga ertaroq bormakning qandoq savobi borlig‘ini bilganlarida, masjidga qarab kim 



o‘zarga yugurgan bo‘lur erdilar, xufton birlan bomdod namozining sayubini bilganlarida, 

masjidga emaklab bo‘lsa ham borur erdilar». 

 

33-bob. Masjid tomon bosgan qadamlarni hisoblamoq 

 

Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey 



Baniy Salama, izlaringizni hisoblab yurmaydirmisiz?»,—dedilar. Mujohid «Qilg‘an ishlarini 

va izlarini yozib qo‘yg‘aydirmiz» degan oyati karimadagi «izlarini» so‘zini «qadamlarini» 

deb tafsir qildi». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Baniy salamaliklar o‘z joylarini tashlab, 



Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamga yaqinroq yerga ko‘chib kelmoqchi bo‘ldi. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaning xuvillab qolmog‘ini istamay: 

«Izlaringizni (qadamlaringizni) hisoblab yurmaydirmisiz?»— dedilar (ya’ni, masjidga 

qancha uzoq yo‘l bosib kelsangiz, shuncha sayub bo‘lg‘aydir, degan ma’noda). Mujohid: 

«Izlaringizni» degani — «erda yayov qadam bosib kelmoq demakdir»,— deydi». 

 

34-bob. Xufton namozini jamoat birlan o‘qimoqning fazilati 

 

Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar»—deydilar: 



«Munofiqlarga namozi bomdod birlan namozi xuftondan ko‘ra og‘irroq namoz yo‘qdir. 

Ikkala namozda qancha savob borlig‘ini bilganlarida masjidga emaklab bo‘lsa ham 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

131


kelg‘ay erdilar. Muazzinga buyursam, azon aytsa, keyin bir kishyga buyursam, 

odamlarga imomlik qilsa, keyin azonni eshitib, namozga chiqmaganlarning ustidan o‘t 

qo‘ysam!» 

 

35-bob. Ikki kishi va undan ortig‘i jamoatdir 

 

Molik ibn al-Huvayris rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi yu sallam (safarga 



ketayotgan ikki kishiga): «Namoz vaqti kelsa, biringiz azon va takbir aytingiz, kattangiz 

imom bo‘lsin»,— deganlar». 

 

36-bob. Masjidda namoz vaqti bo‘lmog‘ini kutib o‘tirgan kishining hamda 

masjidlarning fazilati bayoni 

 

Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tahoratini 



sindirmay joynamozda namoz vaqti bo‘lmog‘ini kutib o‘tirgan har bir kishini maloikalar: 

«Ilohi, bul kishining gunohlarini mag‘firat qilg‘aysen, bul kishiga rahmatingni darig‘ 

tutmag‘aysen!» — deb duo qilg‘aydirlar. Namoz o‘qiydirman degan niyatdagine uyiga 

ketmay masjidda o‘tirgan kishi namoz o‘qiyotgan barobarida bo‘lg‘aydir»,— deganlar». 

 

Abu Hurayra quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh 



taolo yetti toifa mo‘minlarga, oxirat kuni hech soya qolmaganda, Arshining soyasidan 

joy berg‘usidir: odil boshliqqa; rabbiga taqvo birlan ibodat qilib ulg‘aygan yigitga; 

masjidlardan ko‘nglini uzolmaydirg‘an kishiga; Ollohni deb birov birlan do‘stlashgan va 

Olloxni deb do‘stidan uzoqlashgan (voz kechgan) kishiga; martabali, kelishgan bir ayol 

zinoga taklif qilsa, «Men Ollohdan qo‘rqurmen»,— degan kishiga; o‘ng qo‘li qilganini 

chap qo‘li bilmaydirgan qilib xufyona sadaqa bergan kishiga; xilvatda Olloh taoloni eslab 

ho‘ng-ho‘ng yig‘lag‘an kishiga»,— deganlar». 

 

Humayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uzuk taqqanmilar?» — 



deb Anasdak so‘rashdi. «Ha, taqqanlar. Bir kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam xufton namozini yarim kechagacha kechiktirdilar, biz birlan namoz o‘qigani 

chiqdilar. Namozdan keyin: «Odamlar allaqachon namoz o‘qib yotdilar, sizlar ersangiz 

hanuz namoz o‘qimakdasiz»,— dedilar. O’shanda Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallamning uzuklari yarqirashiga qarab turganim halishdek ko‘z o‘ngimdadir»,— dedi 

Anas». 


 

37-bob. Masjidga erta borib, kech qaytmoqning fazilati 

 

Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki masjidg‘a 



erta borib, kech qaytg‘aydir, Olloh taolo unga har bir kech qaytgani uchun jannatda 

ziyofat tayyorlab qo‘yg‘usidir»,— deganlar». 

 

38-bob. Namozga takbir aytilsa, farz namozdan boshqa namozlar 

to‘xtatilg‘aydir 

 

Abdulloh ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kishining yonidan o‘tdilar» 



deb boshlanadigan bir hadisni aytib bergan erkanlar. Imom Buxoriy : «Ushbu hadisni 

Azudlik Molik ibn Buqayna ismlig‘ bir kishi Hafs ibn Osimga quyidagicha rivoyat qilgan 

erkan»,— deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoega takbir aytilgandan 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

132


keyin ham ikki rak’at namoz o‘qigan bir kishini ko‘rib, ul tomonga o‘girildilar, uni 

odamlar o‘rab oldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bomdod sunnatini to‘rt rak’at 

o‘qiydirmisan? Bomdod sunnatini to‘rt rak’at o‘qiydirmisan?» — deb uni koyidilar 

(chunkim imomga iqtido qilmog‘i lozim erdi)». 

 

39-bob. Kasal kishining jamoat oldiga chiqmoqqa haddi bormi? (imomatga o‘ta 

oladirmi?) 

 

Asvad raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Oisha onamizning huzurlarida erdik. Jamoat 



birlan namoz o‘qimoq va uning afzalliklari to‘g‘risida so‘zlashib o‘tirdik. Shunda Oisha 

onamiz quyidagilarni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 

vafotlaridan oldingi kasallyk kunlaridan birida azon aytildi. Janob Rasululloh: «Abu 

Vakrga buyuringiz, imomatga o‘tsin!»— dedilar. «Abu Bakr ko‘ngli bo‘sh, yig‘loq odam. 

Sizning o‘rningizda imomlik qila olmag‘ay», — deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam boyagi so‘zlarini takrorladilar (Oisha onamiz birlan boshqalar yana rad qildilar). 

Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uchinchi marta: «Siz xotinlar Yusuf 

alayhissalomning qissasidagi Zulayho va uning dugonalariga o‘xshagan xotinlardirsiz 

(dilingizdagi gapning aksini aytursiz), Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga o‘tib 

imomlik qilsin!» — dedilar. Abu Bakr chiqib imomatga o‘tdilar. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam o‘zlarini bir oz yengil hys qildilar. So‘ng, ikki kishi yonlariga kkrib, 

qo‘ltiqlab namozga olib chiqdi. Betoblikdan oyoqlarini zo‘rg‘a sudrab bosayotganlari 

hozirgidek ko‘z o‘ngimda. Abu Bakr Janob Rasulullohning chiqib kelayotganlarini ko‘rib 

joy bo‘shatmoqchi bo‘ldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’rningda turg‘il!» — 

deb ishora qildilar. So‘ng, Abu Bakrning yonlariga kelib o‘tirdilar». 

 

A’mashdan «Abu Bakr Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, odamlar ersa Abu Bakrga 



iqtido qilganmilar?» — deb so‘rashdi. A’mash «ha» degan ma’noda bosh irg‘ab qo‘ydilar. 

Abu Muoviya bunga qo‘shimcha qilib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu 

Bakrning chap yonida o‘tirib o‘qidilar, Abu Bakr ersa tik turib o‘qidilar»,— dedilar. 

 

Ubaydulloh ibn Abdulloh Oisha onamizdan quyidagi hadisni eshitgon erkanlar: 



«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, og‘irlashib qolgan paytlarida, tuzalgunlaricha 

mening uyimda yotmoqchi ekanliklarini aytib hamma xotinlaridan ijozat so‘radilar. Ular 

rozi bo‘lishdi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki kishi yordamida oyoqlarini 

zo‘r-bazo‘r bosib mening uyimga chiqdilar. Bir qo‘ltiqlaridan Abbos va ikkinchi 

qo‘ltiqlaridan bir kishi ushlab olib chiqishdi». «Oisha onamiz aytib bergan hadisni Ibn 

Abbosga hikoya qilib berdim,— deydilar Ubaydulloh, u mendan: «Oisha onamiz tilga 

olmagan o‘sha kishining kim ekanligini bilurmisen?» — dyob so‘radi. Men: «Yo‘q»,—

dedim. «Bul — Ali ibn Abu Tolib erdilar»,— dedi». 

 

40-bob. Yomg‘ir yoki kasallik tufayli masjidga bormay o‘z uyida namoz 

o‘qimoqqa ruxsat berilgani haqida 

 

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar sovuq va shamol bo‘lib turgan tunda namozga azon 



aytdilar. Keyin: «Namozni joy-joylaringizda o‘qiyveringiz, Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam muazzinga: «Yomg‘irli, sovuq kechada namozni joy-joylaringizda o‘qiyveringiz, 

deb aytmakni buyurar erdilar»,— dedklar». 

 

Mahmud ibn ar-Rabi’ naql qiladirlar: «Atbon ibn Molik ko‘zi ojiz holda qavmiga imomlik 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

133


qilur erdi. Bir ko‘ni u Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, (goh) 

kecha qorong‘i bo‘lg‘aydir, (goh) sel bo‘lg‘aydir, men ersam ko‘zi ojiz odamdirimen, 

mening uyimga borib bir joyda namoz o‘qib beringiz, o‘shal yerni namozgoh qilib 

olayin»,—dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning uyiga kelib: «Qaerda o‘qib 

bermog‘imni istaydirsen?» — dedilar. Ul bir joyni ko‘rsatdi. Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallam o‘shal joyda namoz o‘qib berdilar». 

 

41-bob. Imom jum’a kuni, yomg‘ir yog‘ib turgan bo‘lsa, hozir bo‘lganlar bilan 

namoz o‘qib, xutba aytadirmi? 

 

Abdulloh ibn Hars rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos yomg‘ir yog‘ib, loygarchilik bo‘lgan kuni 



bizga xutba aytdilar, so‘ng muazzinga azonning «Hayya alas-salot» degan joyiga 

kelganda «namozni joy-joyingizda o‘qiyveringiz», deb aytmakni buyurdilar. Hozir 

bo‘lganlar bu gap yoqmagandek bir-birlariga qarab qo‘yishdi. Shunda Ibn Abbos: «Sizlar 

bu gapni yoqtirmadingiz shekilli. Bu gapni mendan yaxshiroq kishi, ya’ni Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam aytgandirlar. Ul kishi shundoq qilmoqni buyurgandirlar. Men 

sizlarni mashaqqatga qo‘ymoqni xohlamadim»,— dedilar». Boshqa bir hadisda Ibn 

Abbos: «Men sizlarni gunohkor qilmakni xohlamadim, sizlar tizzangizdan loy kechib 

kelgan bo‘lur erdingiz, deb aytgandi»,— deyiladi. 

 

Abu Salamadan naql qiladirlar: «Abu Sa’id al-Xudriydan Laylat ul-Qadr to‘g‘risida 



so‘radim. Ul kishi: «Bir bulut kelib, masjidning ustiga yomg‘ir yogdi. Masjidning tomiga 

xurmo shoxlari yopilgan erdi, yomg‘ir shipdan o‘tib ketdi. Namozga takbir aytildi. 

Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jiqqa loy ustida sajda qilayotganlarini, 

hatto peshonalariga loy ham tekkanini ko‘rdim»,— dedilar». 

 

Anas ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Ansoriylardan bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamga: «Yo Rasululloh, men siz birlan birga namoz o‘qiy olmasmen»,— dedi. Ul 

semiz, yo‘g‘on kishi erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ovqat tayyorlab, uyiga 

chaqirdi. Suv sepib, tozalab bir bo‘yrani taglariga solib berdi. Bo‘yra ustida Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at namoz o‘qidilar». 

 

Oluljorudlik bir kishi Anasga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam choshgoh namozini 



o‘qir erdilarmi?» — dedi. Anas: «O’qiganlarini faqat o‘shal kuni ko‘rdim»,— dedilar. 

 

42-bob. Ovqat tayyor bo‘lsa-yu, namozga takbir aytilsa... 

 

Ibn Umar ovqatlanib olgach, namoz o‘qir erdilar. «Dili xotirjamlik birlan namoz o‘qimoq 



uchun avval hojatini chiqarib olmoqlik kishining faqihligidandir»,— deydilar Abu Dardo’ 

raziyallohu anhu. 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar olingizga 



kechki ovqat olib kelingan bo‘lg‘aydir-u, namozga takbir aytilg‘aydir, avval ovqatni yeb 

olingiz»,— deb aytganlar». 

 

Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kechki ovqatingiz 



tayyor bo‘lsa, shomni o‘qimoqdan avval, ovqatni yeb olingiz, ovqatni shoshmasdan 

yengizlar»,— deganlar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

134


Ibn Umar quyidagi hadisni aytdilyr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar 

(kechki) ovqatingizni oldingizga olib kelib qo‘yg‘aydirlar-u, namoz vaqti bo‘lib qolg‘aydir, 

avval ovqatni yeb olingiz, shoshmasdan, to‘yib yeb olingiz»,— deganlar». Ibn Umar 

oldilariga ovqat qo‘yilsa-yu, namozga takbir aytilsa, ovqatni to‘yib yeb olmagunlaricha 

namozga kelmas erdilar. Imomning qiroatini eshitib tursalar ham ovqatlanishda davom 

etardilar. 

 

Ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz ovqat 



ustida bo‘lg‘aydirsiz-u, namozga takbir aytilg‘aydir, nafsingiz ovqatga qonguncha 

namozga shoshilmangiz»,— deganlar». 

 

43-bob. Imomning qo‘lida yegulik narsa bo‘lsa-yu, namozga chaqirilsa... 

 

Ja’far ibn Amr otalari Amr ibn Umayyadan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam qo‘yning qo‘l go‘shtini kesib yeyayotganlarini ko‘rdim. Shunda 

namozga chaqirildi. O’rinlaridan turdilar, pichoqni tashlab, tahorat olmay namoz 

o‘qidilar». 

 

44-bob. Kimki uyida bir zarur ish qilib turgan bo‘lsa-yu, namozga takbir aytilsa, 



ishini tashlab, namozga chiqadir 

 

Asvad raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Oisha onamizdan «Rasululloh sallallohu alayhi 



va sallam uylarida ne qilur erdilar?» — deb so‘radim. «Uy yumushlari birlan band bo‘lur 

erdilar (Janob Rasululloh xotinlariga yordam bermoqlarini nazarda tutadilar), namozga 

chaqirilgan kezda qilayotgan ishlarini tashlab chiqar erdilar»,— dedilar». 

 

45-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qanday namoz o‘qiganlarini 



hamda ul zotning buyurgan sunnaglarini o‘rgatish niyatidagina odamlarga 

namoz o‘qib bergan kishi 

 

Ayyub raziyallohu anhu: «Abu Qiloba bunday degandi»,— deydilar: «Bizning mana shu 



masjidimizga Molik ibn Huvayris kelib: «Men o‘zi namoz o‘qimoqchi bo‘lmasam-da, 

sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nechuk namoz o‘qiganlarini ko‘rgan 

bo‘lsam, o‘shandoq namoz o‘qib berayin»,— dedilar. Men Abu Qilobadan: «Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam nechuk namoz o‘qir erkanlar?» — deb so‘radim. «Mana bu 

shayximiz singari»,— dedi. Shayximiz (keksa odam erdilar), birinchi rak’atda sajdadan 

bosh ko‘targanlaridan keyin, ozgina o‘tirib olar erdilar». 

 

46-bob. Olim va fozil kishilar imomlik qilishga haqliroqdirlar 

 

Abu Muso rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo‘lib qoldilar. 



Kasallari kuchaygach: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin!» — 

dedilar. Oisha onamiz: «Abu Bakr ko‘ngli yumshoq kishidirlar, sizning o‘rningizda turib 

imomlik qila olmag‘aylar»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Odamlarga buyuringiz, Abu 

Bakr jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin!» — deb qaytarib aytdilar. Oisha onamiz yana 

rad qildilar. Janob Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga chiqib imomlik 

qilsin! Siz xotinlar Yusuf alayhissalomning qissasidagi xotinlar singaridirsizlar»,— deb 

yana qaytarib aytdilar. Janob Rasulullohning buyruqlarini Abu Bakrga yetkazishdi. Abu 

Bakr Janob Rasulullohning hayotliklarida jamoat oldiga chiqib imomlik qildilar». 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

135


 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob 

yotganlarida: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin!» — dedilar. 

Men: «Abu Bakr o‘rningizga imomlik qilsalar, yig‘lab yuborg‘aydirlar, odamlar qiroatlarini 

eshitolmay qolg‘aydir, Umarga buyuringiz, imomlik qilsin!» — dedim. Keyin: «Abu Bakr 

sizning o‘rningizda tursalar, yig‘ilaridan qiroatlari eshitilmay qolg‘aydir, imomlikni 

Umarga buyura qolingiz, deb Rasulullohga aytg‘il!» —dedim Hafsaga. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Tek turg‘il, sizlar Yusuf alayhissalomning qissasidagi 

xotinlar singaridirsizlar, Abu Bakrga buyuringiz, imomlik qilsin!» — dedilar Hafsaga». 

 

Shunda Hafsa: «Sendan hech yaxshilig‘ ko‘rmadim-da!» — degan erkanlar Oisha 



onamizga. 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga 



o‘n yil ergashib yurdim, ul kishining xizmatlarini qilib, suhbatlarida birga bo‘ldim. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafotlaridan oldin betob yotganlarida Abu Bakr 

jamoatga imomlik qilardi. Dushanba kuni biz sahobalar namozda saf tortib turgan erdik, 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xujralarining pardasini ochib, bizga qaradilar. 

Janob Rasululloh oyoqlarida tik turar erdilar, yuzlari xuddi kitob varag‘idek oppoq, ozgin 

va chiroylig‘ erdi. Keyin, bizga tabassum qilib jilmaydilar. Biz Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallamni ko‘rib, suyunganimizdan safdan chiqmoqchi bo‘ldik. Abu Bakr Siddiq ersa 

birinchi safga kirib olmoq uchun orqasiga tisarila boshladi. Ul, Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam namozga chiqmoqchilar, deb o‘yladi. Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam, namozni davom ettiraveringiz, degan ma’noda bizga ishora qildilar-da, pardani 

yopib qo‘ydilar. Ul zot shu kuni vafot etdilar». 

 

Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uch kun 



namozga chiqa olmadilar. Namozga takbir aytildi, Abu Bakr oldinga (imomlikka) o‘tdi. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujralarining pardasini ko‘tardilar. Hech qachon 

Janob Rasulullohning chehralarini ko‘rgan kezimizdagidek suyunmagan erdik. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrga «Oldinga (imomlikka) o‘tg‘il!» deb ishora qildilar-

da, pardani yopdilar. Keyin, vafot etgunlaricha pardani ochmoqqa darmonlari yetmadi». 

 

Hamza ibn Abdullohning otalari Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh 



og‘ir yotganlarida, «Namozga chiqa olasizmi?»—deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: 

«Abu Bakrga aytingiz, jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar. Oisha onamiz: «Abu Bakr 

ko‘ngli bo‘sh odamdirlar, qiroat qilsalar, yig‘idan to‘xtay olmag‘aylar»,— dedilar. Janob 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Buyuringiz unga, jamoatga imomlik qilsin!» — 

dedilar. Oisha onamiz yana boyagi so‘zlarini takrorladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam yana: «Buyuringiz unga, jamoatga imomlik qilsin! Sizlar Yusuf alayhissalom 

qissasidagi xotinlar singaridirsiz»,— dedilar». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling