Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Mustahozaning(ichidan muttasil qon ketadirgan ayolning) e'tikof
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-bob. Ayolning etikofda otirgan erini korgani bormogi haqida.
- 18-bob. Etikofda otirgan kishi shubhani ozidan soqit qiladirmi
- 19-bob. Ertalab etikofni tugatib chiqsa.
- 20-bob. Shavvol oyida etikofda otirmoq haqida.
- 21-bob. Etikofda otirgan kishi roza tutmasa ham boladir.
- 22-bob. Johiliya davrida etikof qilishni ahd qilib, song musulmon bolsa.
- 23-bob. Ramazonning ikkinchi on kinligida etikof otirmoq haqida.
- 24-bob. Etikofda otirgan kishi etikofni tohtatmoqchi bolsa...
- 25-bob. Etikofda otirgan kishi yuvdirmoq uchun boshini darchadan chiqaradir.
16-bob. Mustahozaning(ichidan muttasil qon ketadirgan ayolning) e'tikof qilomg'i haqida.
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga xotinlaridan Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 402
biri mustahoza holida e’tikofga o‘tirdi. Uning ichidan qizil va sariq suyuqlik kelib turardi, biz ostiga tog‘ora qo‘yib qo‘ygandik»,- deydilar
Ali ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam masjidda (e’tikofda) erdilar. Ul kishini ko‘rgani kelgan) ayollari uylariga qaytmoqchi bo‘lib, o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Shunda, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyaga: «Shoshmag‘il, kuzatib qo‘yg‘aymen!» - dedilar. Safiyyaning uyi Usomaning hovlisida erdi. Janob Rasululloh Safiyya birlan birga chiqdilar. Ittifoqo, ikki ansoriy yo‘liqib, Janob Rasulullohga bir nigoh tashlashdi-da, yo‘lda davom etishdi. Janob Rasululloh ularni chaqirib: «Bu - Safiyya binti Huyay (ya’ni, «Bu - mening xotinim» demoqchilar)»,- dedilar. Ular taajjublanib: «Subhonalloh, yo Rasululloh!»-deyishdi. Janob Rasululloh: «Shayton insonning qon tomirlarida yurg‘aydir, shul boisdan shayton vasvasa qilib, yomon xayolga bormangiz, deb xavotir oldim»,- dedilar».
Ali ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Safiyya raziyallohu anho Rasululloh sallallohu alayhi va sallam e’tikofda o‘tirganlarida huzurlariga keldilar, so‘ng qaytishlarida Janob Rasululloh ham birgalashib yo‘lga tushdilar. Yo‘lda ansorlardan biri ularni ko‘rdi. Janob Rasululloh ansorni chaqirib: «Bu -Safiyya (ya’ni, mening xotinim), tag‘in xayolingga har xil fikr kelib yurmasin, chunkim shayton odam bolasining qon tomirlarida yurg‘aydir»,- dedilar». Zuhriy Sufyondan: «Safiyya kechasi kelganmidi?»-deb so‘raganlaryda, ul kishi: «Ha, kechasi»,- deb javob bergan erkanlar.
Abu Sa’id Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ramazonning ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirdik. Yigirmanchi kuni ertalab narsalarimizni ko‘tarib, Rasulullohning xuzurlariga keldik. Shunda, Janob Rasululloh: «Kimki men birlan birga e’tikof qilgan bo‘lsa, yana joyiga qaytsin (e’tikofni davom ettirsin), chunkim shul kecha menga Laylat ul-Qadr o‘tadirgan kun ayon qilindi. Tushimda men loy yerda sajda qilayotgan ermishman»,- dedilar. Janob Rasululloh joylariga qaytdilar hamki, yomg‘ir yog‘a boshladi, Ollohga qasam ichib ayturmenkim, o‘shal kuni kechgacha yomg‘ir yog‘ib, shox-shabba tashlangan masjid tomidan chakka o‘tib ketdi. Keyin, men Janob Rasululloh (sajda qilayotganlarida) burunlariga loy tekkanini ko‘rdim».
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har Ramazonda e’tikofga o‘tirar erdilar. Bomdod vaqti bo‘lgach, turib namoz o‘qirdilar-da, yana qaytib e’tikofga o‘tirardilar»,- deydilar. Oisha onamiz Janob Rasulullohdan e’tikofga o‘tirmoqqa ruxsat so‘raganlarida, unga ijozat berdilar. Shunda, Oisha raziyallohu anho o‘zlariga chodir qurib oldilar. Buni eshitib, Hafsa ham o‘zlariga chodir qurib oldilar. Keyin, Zaynab ham eshitib, chodir qurib oldilar.. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdoddan so‘yg kelib, to‘rtta chodir turganini ko‘rib, . «Bu nesidir?»-dedilar. Janob Rasulullohga chodirlar Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 403
ayollariniki ekanligini aytishdi. Janob Rasululloh: «Ne sababdan bundoq qilishdi, yaxshi niyatdami? Olib tashlangiz, men ikkinchi ko‘rmayin!»-deganlaridan so‘ng, chodirlarni olib tashlashdi. Shundan keyin, Janob Rasululloh Ramazon oyidagi e’tikoflarini to‘xtatib, Shavvol oyining oxirgi o‘n kunligida uni davom ettirdilar».
Umar ibn Xattob raziyallohu anhu: «Yo Rasululloh, men johiliya davrida, Masjid ul- Haromda bir kecha e’tikof qilg‘aymen, deb ahd etgan erdim»,- dedilar. Shunda, Janob Rasululloh: «Ahdingga vafo qilg‘il!»-dedilar (biroq ro‘za tutmok, haqida indamadilar). Keyin, Hazrat Umar bir kecha e’tikofga o‘tirdilar».
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Johiliya davrida Hazrat Umar raziyallohu anhu Masjid ul- Haromda (nazarimda, bir kecha) e’tikofga o‘tirmoqqa ahd qilgan erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ul kishiga: «Ahdingga vafo qilg‘il!»-deb aytdilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va' sallam har Ramazonda o‘n kun e’tikofga o‘tirar erdilar. Vafot qiladirgan yillari ersa, yigirma kun e’tikof qildilar»,- deydilar.
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirg‘ayman, deb odamlarga aytdilar» ,— deydilar. O’shanda Oisha ham e’tikofga o‘tirmakka Janobdan ruxsat so‘radilar, ul kishi ijozat berdilar. Hafsa Oishaga: ' «Menga ham ruxsat so‘rab beringiz»,- dedilar. Oisha ul kishiga ruxsat so‘rab berdilar. Buni ko‘rgan Zaynab ham o‘zlariga masjiddan e’tikof uchun joy tayyorladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiganlaridan so‘ng, e’tikofda o‘tiradirgan joylariga qaytganlarida, ul yerdagi e’tikofga tayyorlab qo‘yilgan joylarni ko‘rib: «Bu nesidir?»-dedilar. «Oisha, Hafsa va Zaynabning joylari»,- deb aytishdi. Janob Rasululloh: «Yaxshi ish qilishmabdir, men e’tikofimni to‘xtatg‘aymen»,- deb ro‘zalarini buzdilar. Keyin, Shavvol oyida o‘n kun e’tikof qildilar».
Oisha raziyallohu anho: Janob Rasulullohning muborak boshlarini, e’tikofda bo‘lganlarida hayz ko‘rganligimga qaramay, yuvib-tarab qo‘yardim»,- deydilar. Janob Rasululloh masjidda turib, darchadan boshlarini chiqarar erdilar. Oisha onamiz hujralarida turib, muborak boshlarini yuvib-tarab qo‘yardilar
Online o’qish:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.0 Internet uchun Doniyor, Laylo, Munira xonim tayyorlaganlar. www.ziyouz.com 2007 Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling