Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


www.ziyouz.com kutubxonasi 

345


va sallamga savollar berishar erdi, ul kishi barchasiga ham: «Bo‘laverg‘aydir»,- deb 

javob berardilar. Bir kishi: «Zabhdan oldin soch oldirib qo‘ydim, endi ne bo‘lg‘aydir?»-

deb so‘rab qoldi. Janob Rasululloh: «Zabh qilaverg‘il, gunohi yo‘qdir»,- dedilar. Boyagi 

kishi yana: «Kechqurun tosh otib qo‘yibdirman»,- dedi. Janob Rasululloh: 

«Bo‘laverg‘aydir»,- dedilar». 

 

131-bob. Tosh otmasdan oldin tuya minib turib fatvo bermoq haqida 

 

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul-



Vido’da tuya minib turgan erdilar, odamlar savol bera boshlashdi. Bir kishi: «Bilmay, 

zabhdan oldin sochimni oldirib qo‘yibdirman»,-dedi. Janob Rasululloh: «So‘yaverg‘il, 

hech narsa qilmag‘aydir»,- dedilar. Yana boshqa birov: «Tosh otishdan oldin, bilmay 

zabh qilib qo‘yibdirman»,- dedi. Janob Rasululloh: «Endi tosh otaverg‘il, hechqisi yo‘q»,- 

dedilar. O’sha kuni kim ne haqida so‘ramasin, «Bo‘laverg‘aydir, gunohi yo‘qdir»,- deb 

javob berdilar». 

 

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Nabiy sallallohu 



alayhi va sallamning Nahr kuni aytgan xutbalarida hozir erdim. Bir kishi turib: «Men 

falon narsa falon narsadan oldin bajarilg‘aydir, deb o‘ylardim»,- dedi. Yana boshqasi 

turib: «Men ham falon narsa falon narsadan oldin ado etilsa kerak, deb yurar erdim, 

Nahr kunidan oldin soch oldirib qo‘yibdirman»,-dedi. Xullas, har kim istagan savolini 

berdi. Janob Rasululloh: «Bir amalni ikkinchisidan oldin bajarmoqning gunohi yo‘qdir»,- 

dedilar. O’sha kuni kim ne haqida so‘rasa: «Vo‘laverg‘aydir, hechqisi yo‘qdir»-deb jayub 

qildilar». 

 

132-bob. Mino kunlari xutba aytmoq qaqida 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Nahr kuni xutbada: «Ey odamlar, bugun qaysi kundir?»-dedilar. «Muqaddas (tabarruk) 

kundir»,- deyishdi. «Bu nechuk joydir?» - dedilar. «Muqaddas (tabarruk) joydir»,- 

deyishdi. «Bu oy qanday oydir?» -dedilar. «Muqaddas (tabarruk) oydir»,- deyishdi. 

Janob Rasululloh: «Qoningiz, molu holingiz va oru nomusingiz bir-biringiz uchun shu 

kun, shu joy va shu oyning muqaddasligi kabi muqaddasdir!» - dedilar. Buni bir necha 

bor takrorladilar. Keyin, boshlarini ko‘tarib: «Yo parvardigor-o, men yetkaza oldimmi, 

yetkaza olmadimmi?» - deb qo‘shib qo‘ydilar. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, ul 

kishining bul so‘zlari o‘z ummatlariga qoldirgan vasiyatlari bo‘lib, «Mendan keyin o‘zaro 

qon to‘kib, kofir bo‘lib ketmangizlar!» deganlaridir». ' 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Arafotda xutba 



o‘qiyotganlarini eshitdim»,- dedilar. 

 

Muhammad ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Nahr kuni 



bizga xutba o‘qidilar, so‘ng: «Bilurmisiz, bugun qaysi kundir?» -dedilar. Shunda biz: 

«Olloh va uning Rasuli bilg‘aydir»,- dedik. Ul kishi jim qoldilar, hatto biz bul kunni 

boshqa biror nom birlan atasalar kerak, deb o‘yladik. Keyin, boshlarini ko‘tarib: «Nahr 

kuni ermasmi?» -dedilar, biz: «Ha»,-dedik. «Bul qaysi oydir?»,- dedilar, biz: «Olloh va 

uning Rasuli bilg‘aydir»,-dedik. Ul kishi yana jim qoldilar, hatto biz uni boshqa biror nom 

birlan atasalar kerak, deb xayol qildik. Keyin: «Zulhijja ermasmi?» - dedilar, biz: «Ha»,-

dedik. «Bul qanday shahardir?»-dedilar, biz: «Olloh va uning Rasuli bilg‘aydir»,- dedik. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

346


Ul kishi yana sukut saqladilar, hatto biz uni boshqa biror nom birlan atasalar kerak, deb 

o‘yladik. Keyin: «Muqaddas (shahar) ermasmi?»-dedilar, biz: «Ha»,- dedik. Janob 

Rasululloh: «Olloh taolo sizlarning qonlaringaz va mollaringizni bir-biringiz uchun mana 

shul muqaddas joyingiz, oyingiz va kuningiz yanglig‘ to parvardigoringizga ro‘para 

bo‘ladirgan kuningizga qadar muqaddas ayladi. Ayo, (sizlarga) yetkaza oldimmi?» - 

dedilar. Sahobalar: «Ha»,-deyishdi. Janob Rasululloh: «Yo parvardigor-o, o‘z vazifamni 

ado etganimga guyuh bo‘lg‘il, shul yerda turganlar boshqalarga (so‘zlarimni) 

yetkazsinlar, chunkim tinglovchilarga nisbatan riyuyat qilg‘uvchilar yodlarida ko‘proq 

saqlab qolg‘aydirlar. Mendan keyin bir-birining bo‘g‘ziga tig‘ uradirgan kofir bo‘lib 

ketmangiz!» -dedilar». 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Minoda 



turganlarida: «Bilurmisiz, bugun qaysi kundir?» - dedilar. «Olloh va uning Rasuli 

bilg‘aydir»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Bu kun muqaddas kundir»,- dedilar., Keyin: 

«Bilurmisiz, bu qanday shahardir?»-deb so‘radilar. «Olloh va uning Rasuli bilg‘aydir»,- 

deyishdi. Janob Rasululloh: «Bu muqaddas shahardir»,- dedilar. Keyin: «Bilurmisiz, bu 

qaysi oydir?» - dedilar. «Olloh va uning Rasuli bilg‘aydir»,- deyishdi. Janob Rasululloh: 

«Bu muqaddas oydir»,- dedilar. So‘ng, yana bundoq dedilar: «Olloh taolo qoningiz, 

molingiz va oru nomusingizni bir-biringiz uchun ana shul muqaddas shahringiz, tabarruk 

oyingiz va ulug‘ ayyomingiz yanglig‘ muqaddas ayladi». 

 

Hishom ibn al-Roz rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Nahr kuni Hajjat 



ul-Vido’da toshloq yerda turib, «Bu kun hajji akbar - ulug‘ haj kunidir! Yo parvardigor-o, 

o‘z vazifamni ado etganimga guyuh bo‘lg‘il!» - deb odamlar birlan vidolashgan erdilar. 

O’shandan beri odamlar shul kunni Hajjat ul-Vido’ -Vidolashuv haji deb atashadigan 

bo‘ldi». 

 

133-bob. Siqoya yoki boshqa uzrli ishlar bilan mashg‘ul kishilar Mino 

kechalarida Makkada qo‘nib qoladirmi? 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abbos raziyallohu anhu Nabiy sallallohu 



alayhi va sallamdan siqoya (hojilarga suv ichirmoq) uchun Mino kechalarida Makkada 

qo‘nib qolmoqqa ruxsat so‘radilar, ul kishi ijozat berdilar». 

 

134-bob. Tosh otmoq haqida 

 

Jobir: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Nahr kuni choshgohda va Quyosh botgandan 



keyin tosh otdilar»,- deydilar. 

 

Vabara rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhudan: «Qachon tosh otayin?» -deb 



so‘radim. «Haj amiri tosh otganda, sen ham otavergil!» - dedilar. Men savolimni yana 

takrorladim. Ul kishi: «Biz kech kirmog‘ini kutib turar erdik, Quyosh botgach, tosh otar 

erdik»,- dedilar». 

 

135-bob. Vodiyda turib, tosh otmoq qaqida 

 

Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas’ud vodiyda turib, tosh 



otdilar. Men u kishiga: «Ey Abu Abdurrahmon (laqablari), odamlar toshni vodiy o‘rtasida 

turib ermas, yuqoriga chiqib otishg‘aydir-ku?!»- dedim. U kishi: «Yakkayu-yagona Olloh 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

347


nomiga qasam ichib ayturmenkim, bu yer Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga 

«Baqara» surasi nozil bo‘lgan joydir!» -dedilar». 

 

136-bob. Yettita tosh otmoq haqida 

 

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men' Jamrai Kubroda 



bo‘lganimda Ka’bani chap tomonimda, Minoni ersa, o‘ng tomonimda qoldirib, yettita tosh 

otdim, «Baqara» surasi nozil qilingan zot - sallalloxu alayhi va sallam ham shu tariqa 

tosh otganlar». 

 

137-bob. Ka’bani chap tomonida qoldirib, Aqaba jamrasini otish to‘g‘risida 

 

Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Men Ibn Mas’ud raziyallohu anhu birlan 



birgalikda haj qilganimda, u kishining Jamrai Kubroni yettita tosh otmoq birla ado 

etganlarining guvohi bo‘ldim. O’shanda u kishi Ka’bani chap tomonda va Minoni o‘ng 

tomonda qoldirib, tosh otgan erdilar. Ana shul joyda Janob Rasulullohga «Baqara» surasi 

nozil bo‘lgan erdi». 

 

138-bob. Har tosh otganda takbir aytmoq haqida 

 

A’mash rivoyat qiladirlar: «Men Hajjojning minbarda turib va’z aytganini eshitdim, 



o‘shanda «Baqara», «Oli Imron» va «Niso» suralari haqida zikr qilgandi. Bu haqda 

Ibrohim raziyallohu anhuga aytgandim, ul kishi menga bunday dedilar: «Abdurrahmon 

ibn Yazid o‘zining Mas’ud raziyallohu anhu birlan birga Jamrat ul-Aqabada bo‘lganini 

menga aytgan erdi. O’shanda Ibn Mas’ud vodiyning o‘rtasidagi daraxt yoniga borib, 

yettita tosh otibdilar, har tosh otganlarida takbir aytibdirlar, keyin: «Yakka-yu yagona 

Ollohga qasam ichurmenkim, «Baqara» surasi nozil bo‘lganda Janob Rasululloh xuddi 

mana shu yerda turgan erdilar»,-debdilar». 

 

139-bob. Jamrat ul-Aqabani ado etib bo‘lgach, to‘xtab turmaslik haqida 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu Jamrat ul-Aqabani ado etib bo‘lgach, to‘xtab turmaslik 



kerakligini Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan bilib olgan ekanlar. 

 

140-bob. Ikki jamrada tosh otgach, tekislikka tushib, qiblaga yuzlanmoq 



haqida 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu Jamrat ud-Dunyoda ketma-ket yettita tosh otar erdilar-da, 



tekislikka tushib, qiblaga yuzlangan holda, uzoq duo o‘qir erdilar. So‘ng, Jamrat ul-

Vustoga borib tosh otardilar, keyin tekislikka tushib, yana qiblaga yuzlangan holda uzoq 

duo o‘qirdilar. Shundan so‘ng, vodiyning o‘rtasiga kelib, Jamrat ul-Aqabada tosh 

otardilar-da, to‘xtamay orqaga qaytardilar, keyin: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning 

shunday qilganlarini ko‘rganman»,- der erdilar. 

 

141-bob. Ikki jamra oldida turib duo o‘qimoq haqida 

 

Zuhriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Mino masjidi yonida 



yettita tosh otar erdilar, har tosh otganlarida takbir aytar erdilar. So‘ng, oldinga yurib 

(pastlikka tushar erdilar), qo‘llarini ko‘tarib uzoq duo o‘qir erdilar. Shundan so‘ng, 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

348


ikkinchi Jamraga (Jamrat ul-Vustoga) borib, yetti marta tosh otar erdilar, har tosh 

otganlarida takbir aytar erdilar. Keyin, vodiyga tushib, qiblaga yuzlangan holda qo‘llarini 

ko‘tarib, uzoq duo o‘qir erdilar. So‘ngra, Jamrat ul-Aqabaga borib, yettita tosh otar 

erdilar, har tosh otganda takbir aytar erdilar-da, to‘xtamay orqaga qaytar erdilar». 

Solim ibn Abdulloh ham shunga o‘xshash hadisni otalaridan eshitgan ekanlar. Ul kishi 

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning shul tariqa tosh otganlarini o‘z ko‘zlari birlan 

ko‘rgan ekanlar. Ibn Umar ham shundoq qilar ekanlar. 

 

142-bob. Jamralarda tosh otib bo‘lgach, xushbo‘y narsalardan foydalanmoq va 



tavofi ifozadan keyin soch oldirmoq haqida 

 

O’z zamonasining nufuzli kishilaridan bo‘lgan Abdurrahmon ibn Qosimning otalari: 



«Oisha onamizning «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, ehrom bog‘lashlaridan 

oldin ham, ehromlarini yechganlaridan keyin ham, mana shu qo‘llarim birlan xushbo‘y 

narsalar surtib qo‘yar erdim, deb aytganlarini eshitganman»,-deydilar. 

 

143-bob. Tavofi vido’ (vidolashuv tavofi) haqida 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Odamlarga eng oxiri Ka’bani tavof aylamoq amr ztildi. 



Lekin, hayz ko‘rgan ayollar bundan istisno qilindi»,- dedilar. 

 

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Minoda tosh otib 



qaytganlaridan so‘ng, peshin, asr, shom va xufton o‘qidilar, keyin Muhassabda uxladilar

so‘ngra tuyaga minib Ka’bani tavof qildilar»,- deydilar. 

 

144-bob. Ayol Tavofi ifoza qilgandan keyin hayz qo‘rib qolsa... 

 

Oisha raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zaifalari 



Safiyya hayz ko‘rib qoldi, buni Janob Rasulullohga ma’lum qilgan erdim, ul kishi: «Bizni 

yo‘ldan qoldirg‘aydirmi, derman»,- dedilar. Shunda odamlar: «Safiyya Tavofi ifoza qilib 

ulgurgan erdi»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, hechqisi yo‘qdir»,- dedilar». 

 

Ikrima rivoyat qiladirlar: «Madina ahli (Makkada) Ibn Abbos raziyallohu anhudan: «Agar 



ayol Tavofi ifoza qilib bo‘lgandan keyin hayz ko‘rib qolsa, ne bo‘lg‘aydir?» - deb 

so‘rashdi. Ibn Abbos: «U holda ayol Tavofi vido’ (vidolashuv tavofi) qilmasdan qaytib 

ketaverg‘aydir»,- dedilar. Madina ahli: «Biz Zayd ibn Sobitning so‘ziga ishong‘aymiz, 

sizning so‘zingizga ishonmasmiz»,- deyishdi. Shunda Ibn Abbos: «Undoq bo‘lsa, 

Madinaga borib so‘rangiz»,- dedilar. Madinaliklar (Makkadan) Madinaga qarab yo‘l 

olishdi, Madinaga kelishgach, mazkur masala xususida so‘rashgan erdi, Ummu Sulaym 

Safiyya voqeasini hikoya qilib berdilar». 

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Tavofi ifoza qilgan ayolga,'agar uhayz ko‘rib qolsa, Tavofi 

vido’ qilmasdan qaytib ketmakka ijozat berildi»,- deydilar. 

 

Tovus raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Ibn Umarning «Hayz ko‘rgan ayol Tavofi 



vido’ qilmasdan ketmag‘aydir» - deganlarini eshitgandim, keyinchalik o‘sha kishining 

o‘zlarining «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hayz ko‘rgan ayolni Tavofi vido’ qilmakdan 

ozod qilganlar» - deb yurganlarini ko‘rdim». 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Haj qilmoq niyatida Nabiy sallallohu alayhi va 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

349


sallam birlan birga yo‘lga chiqdik. Janob Rasululloh Makkaga kelgach, Ka’bani tavof 

aylab, Safo va Marvada sa’y qildilar, lekin ehromlarini yechmadilar, chunki o‘zlari birlan 

qurbonlikka atab jonliq yetaklab kelgan erdilar. O’sha kuni Rasulullohning ahli ayollari 

hamda sahobalari ham tavof va sa’y qildilar. Ulardan qurbonlikka atab jonliq olib 

kelmaganlari ehromlarini yechishdi. Men ersam, hayz ko‘rib qoldim. Haj udumlarini ado 

qilganimizdan so‘ng Hasba (Minodagi bir kecha tunab qolinadirgan toshloq joy) kechasi: 

«Yo Rasululloh, barcha sahobalaringiz haj va umra qilib qaytishmoqda; yolg‘iz men 

(umra qilolmay) qoldim»,- dedim. Janob Rasululloh: «Makkaga kelganimizda tavof 

qilmagan erdingmi?»-deb so‘radilar. Men: «Yo‘q»,- dedim. Janob Rasululloh: «Undoq 

bo‘lsa, ukang birlan Tan’imga borib, umra qilib qaytg‘il, biz sen birlan falon joyda 

uchrashg‘aydirmiz»,- dedilar. Men ukam Abdurrahmon bilan Tan’imga borib, umraga 

ehrom bog‘ladim. Biz yo‘lga chiqadirgan kecha Safiyya hayz ko‘rib qoldi. Nabiy sallallohu 

alayhi va sallam: «Sen bizni yo‘ldan qoldiradirgan bo‘lding, Nahr kuni tavof qilmaganmi 

erding?» - dedilar. Safiyya: «Ha, tavof qilgan erdim»,-dedi. Janob Rasululloh: «Undoq 

bo‘lsa, yuraverg‘il, hechqisi yo‘qdir»,- dedilar». 

 

145-bob. Nafr kuni Abtohda asr o‘qimoq haqida 

 

Abdulaziz ibn Rufay’ rivoyat qiladirlar: «Anas ibn Molikdan: «Nabiy sallallohu alayhi va 



sallam xususlaridagi xotiralaringizdan so‘zlab beringiz!» -deb iltimos qildim. «Tarviya 

kuni peshinni qay yerda o‘qidilar?» -deb so‘radim. Anas: «Minoda»,- dedilar. «Undoq 

bo‘lsa, Nafr kuni asrni qaerda o‘qidilar?» -dedim. «Abtohda»,- dedilar. So‘ng: «Haj 

amirlari ne qilsalar, sen ham shundoq qilaverg‘il!»-deb qo‘shib qo‘ydilar». 

 

Anas ibn Molik raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallam haqlarida gapirayotib: 



«Ul kishi peshin, asr, shom va xufton o‘qidilar, keyin Muhassabda uxladilar, so‘ngra turib 

tuyaga mindilar-da, Ka’bani tavof qildilar»,- dedilar. 

 

146-bob. Muhassab haqida 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qo‘nib 



o‘tadirgan manzil dam olmoqqa juda qulay erdi (ya’ni, Bathodagi joyni nazarda 

tutayotirlar)». 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dam olmoq 



niyatidagina Muhassabga qo‘yib o‘tar erdilar»,- deydilar. 

 

147-bob. Makkaga kirishdan avval Zu Tuvanda va Makkadan qaytishda 



Hulayfadagi Bathoda qo‘nib o‘tmoq haqida 

 

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Makkaga kelsalar, Aqaba yo‘lidagi Zu 



Tuvanda qo‘nib o‘tardilar, so‘ng ikki tepalik oralig‘idan o‘tib, Makkaga kirardilar. 

Makkaga haj yoki umra qilgani kelsalar, tuyalarini (faqat) Masjid ul-Harom eshigi oldida 

cho‘ktirar erdilar-da, ichkariga kirib, qora rukn oldiga borib, tavof aylamakni o‘shandan 

boshlar erdilar. Keyin, yetti marta: uch marta tez, to‘rt marta oddiy yurish qilib tavof 

aylar erdilar. So‘ngra, orqaga qaytib, ikki rak’at tavof namozi o‘qib, dastlabki kelgan 

joylariga qaytmakdan oldin Safo va Marva orasini tavof qilar erdilar. Haj yoki umra qilib 

qaytishlarida Zulhulayfadagi Batho tekisligida, Nabiy sallallohu alayhi va sallam 

tuyalarini cho‘ktirib dam olib o‘tadigan yerda ul kishi ham tuyalarini cho‘ktirar erdilar». 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

350


 

Xolid ibn Haras rivoyat qiladirlar: «Ubaydullohdan Muhassab haqida so‘rashdi, shunda u 

kishi: «Rasululloh, Umar va Ibn Umar o‘sha yerda (Muhassabda) dam olib o‘tishgan deb, 

Nofi’dan eshitganman»,- dedilar». 

 

Xolid ibn Haras: «Nofi’ menga: «Ibn Umar o‘sha yerda, ya’ni Muhassabda peshin va asr 



(menimcha, shomni ham, degandi shekilli) o‘qir erdi»,- degandi. Men Ibn Umarning 

o‘sha yerda xuftonni o‘qib, keyin bir oz mizg‘ib olganiga shubha qilmasman, chunki 

Janob Rasululloh ham o‘sha yerda shunday qilar erdilar»,- deydilar. 

 

148-bob. Makkadan qaytishda Zu Tuvanga tushib o‘tgan kishi haqida 

 

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Makkaga 



kelaetganlarida Zu Tuvanda qo‘nib, tong otgach, shaharga kirar erdilar, bu haqda u 

kishidan so‘rashganda «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ham shundoq qilar erdilar»,- 

deb javob berganlar». 

 

149-bob. Haj mavsumida johiliya bozorlarida savdo-sotiq qilmoq haqida 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Zulmajoz va Ukoz johiliya davridagi 



odamlar savdo-sotiq qiladirgan joy erdi. Islom davri kelgach, musulmonlar Olloh 

taoloning «Ollohdan fazlu karam tilamoq sizlar uchun gunoh ermas» degan oyati 

karimasi nozil bo‘lgunga qadar, u yerlarda savdo-sotiq qilmoqni istamadilar». 

 

150-bob. Tun oxirlab qolganda Muhassabdan yo‘lga chiqish haqida 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Muhassabdan yo‘lga chiqadirgan kecha 



Safiyya hayz ko‘rib qoldi. Shunda u: «Men sizlarni yo‘ldan qoldiradirganga o‘xshayman» 

,— dedi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Sen bizlarni yo‘ldan qoldiradirgan bo‘lding, 

Nahr kuni tavof qilmaganmi erding?» - dedilar. Safiyya: «Ha, tavof qilgan erdim»,- dedi. 

Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, yuraverg‘il!»- dedilar». 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan 



birgaliqda hajga chiqdik. Makkaga kelganimizda bizga ehromlarimizni yechmakni 

buyurdilar. Yo‘lga chiqadigan kecha Safiyya hayz ko‘rib qolib: «Sizlarning oyog‘ingizga 

tushov bo‘lmasam erdi!» - dedi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Oyog‘imizga tushov 

bo‘lding, Nahr kuni tavofi ifoza qilganmi erding?»-dedilar. Safiyya: «Ha»,- dedi. «Unda, 

yuraverg‘il!» - dedilar Janob Rasululloh. «Yo Rasululloh,- dedim men,- Makkaga 

kelganimda umra qilmagan erdim». «Undoq bo‘lsa, Tan’imga borib, umra qilg‘il!» - 

dedilar Janob Rasululloh. Men ukam birlan birga umra qilgani ketdim. Umra qilib 

kelayotganimizda Janob Rasululloh birlan yo‘lda uchrashib qoldik, ul kishi: «Sizlar birlan 

falon joyda uchrashg‘aydirmiz»,- dedilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

351


ÉΟó¡Î0

 

«!$#



 

Ç⎯≈uΗ÷q§9$#

 

ÉΟŠÏm§9$#



 

 

UMRA HAQIDAGI BOBLAR

 

 

1-bob. Umraning vojibligi va fazilati

 

 



Ibn Umar: «Har bir musulmonga haj va umra vojibdir!- deydilar. Ibn Abbos raziyallohu 

anhu: «Ollohning Kitobida «Umra hajning egizagidir, Olloh yulida umra va haj qilingiz!» 

deyilgan»,- deydilar (ya’ni, Olloh taolo haj va umrani bo‘lmay, birgalikda ado etmakka 

amr bergan.

 

 

Abu Hurayra raziyalloxu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Umra - ikki umra oralig‘ida qilingan gunohlarga kafforatdir va pok niyatda qilingan haj 

ajri - faqat jannatdir!»-deb aytganlar».

 

 

2-bob. Hajdan oldin umra qilgan kishi xususida 



 

Ibn Jurayj rivoyat qiladirlar: «Ikrima ibn Xolid Ibn Umar raziyallohu anhudan hajdan 

oldin umra qilmoq to‘g‘risida so‘radilar. U kishi: «Bo‘laverg‘aydir, chunki Nabiy sallallohu 

alayhi va sallam hajdan oldin umra qilganlar»,-dedilar». 

 

3-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam necha marta umra qilganlar? 

 

Mujohid rivoyat qiladirlar: «Men va Urva ibn Zubayr Madinadagi Masjid un-Nabiyga 



kirdik, qarasak, Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu Oisha onamizning hujralari yonida 

o‘tirgan ekanlar. Odamlar ersa, masjidda choshgoh namozini o‘qishmoqda erdi. Urva 

Abdullohdan ushbu namoz haqida so‘raganda, ul kishi: «Bid’at!» - dedilar. Keyin, Urva: 

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam necha marta umra qildilar?» - deb so‘radi. Ul 

kishi: «To‘rt marta, biri Rajab oyida»,-dedilar. Keyin, biz ul kishidan boshqa biror narsa 

haqida so‘ramoqqa jur’at etmadik». 

 

Mujohid rivoyat qiladirlar: «Urva, Oisha onamiz hujralarida tishlarini misvoklab 



turganlarida: «Ey onamiz, Abu Abdurrahmonning nelar deganin eshitdingizmi?» - dedi. 

Oisha onamiz: «Ne debdir?» - dedilar. Urva: «Abu Abdurrahmon Janob Rasulullohning 

to‘rt marta umra qilganlarini, biri Rajab oyida ekanlig‘ini aytdi»,- dedi. Oisha onamiz: 

«Abu Abdurrahmonga Olloh rahm aylasin! Ul, Janob Rasulullohning umra qilganlarini 

haqiqatan ham ko‘rgan, lekin Janob Rasululloh Rajab oyida umra qilmaganlar»,- deb 

aytdilar». 

 

Urva ibn Zubayr: «Oisha raziyallohu anhodan so‘rasam, Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam Rajab oyida umra qilmaganlar» - deb aytdilar»,- deydilar. 

 

Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Anas ibn Molikdan: «Nabiy sallallohu 



alayhi va sallam necha marta umra qilganlar?» - deb so‘radmm. Ul kishi: «Birinchi 

umralari Hudaybiya umrasi bo‘lib, mushriklar qarshilik ko‘rsatganlig‘i oqibatida chala 

qolgan (qazo bo‘lgan), kelasi yili o‘shal qazr bo‘lgan umrani ham ado etmak maqsadida 

bir yo‘la ikki marotaba umra qilganlar, keyingilari - Zulqa’da oyida qilgan umralari 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling