Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


www.ziyouz.com kutubxonasi 

352


(Ji’rona umrasi) va haj birlan qo‘shib qilgan umralaridir»,-dedilar». 

 

Humom rivoyat qiladirlar: «Anas raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 



Zulqa’da oyida hajga qo‘shib qilgan umralaridan tashqari to‘rt marotaba umra qilganlar, 

birinchisi - Hudaybiyadagi umralari, ikkinchisi kelasi yilgi umralari, uchinchisi Hunayn 

o‘ljalarini bo‘lib berganlaridagi umralari va to‘rtinchisi - hajga qo‘shib qilgan 

umralaridir»,- deb aytdilar». 

 

Abu Ishoq rivoyat qiladirlar: «Masruq, Ato va Mujohiddan so‘rasam, «Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam Zulqa’da oyida haj etmasdan burun umra qildilar»,- deb 

aytishdi. 

 

4-bob. Ramazon oyida qilinadirgan umraning fazilati to‘g‘risida 

 

Ato raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos raziyallohu anhuning Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam bir ansoriya ayolga (Ibn Abbos uning ismini aytgan erdi, lekin 

men yodimdan chiqaribman): «Biz birlan birga haj qilmog‘ingga ne mone’lik ayladi?» - 

deb aytdilar, deganini eshitdim. Shunda ayol: «Bizning sog‘in tuyamiz bor erdi, uni erim 

birlan o‘g‘lim va o‘gay o‘g‘lim minib ketdilar, bizga ersa, sutini ichib turmog‘imiz uchun 

boshqa bir sog‘in tuyani qoldirib ketishdi»,- debdi. Janob Rasululloh: «Ramazon oyida 

umra qilg‘il, chunkim Ramazon oyidagi umra haj aylagan birlan barobar savobga 

egadir!» - debdirlar». 

 

5-bob. Hasba kechasi va boshqa vaqtlarda qilinadirgan umralar haqida 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan 



birga Zulhijja oyi arafasida yo‘lga chiqdik. Ul kishi bizga: «Haj qilmoqchi bo‘lganlar ham, 

umra qilmoqchi bo‘lganlar ham ehrom bog‘lasinlar, agar men jonliq keltirmaganimda 

erdi, umraga ehrom bog‘lagan bo‘lar erdim»,- dedilar. Shundan so‘ng, ba’zilarimiz 

hajga, ba’zilarimiz umraga ehrom bog‘ladik, men umraga ehrom bog‘laganlar orasida 

erdim. Shunda men hayz ko‘rib qoldim. Bul haqda Nabiy sallallohu alayhi va sallamga 

ma’lum qildim. Janob Rasululloh: «Umrani qo‘ya turg‘il, sochingni yozib, g‘usl aylab 

olg‘il-da, hajga talbiya aytg‘il!» - dedilar. Keyin, Hasba kechasi meni ukam Abdurrahmon 

birlan birga Tan’imga yubordilar, men qazo bo‘lgan umrani ado etib, qaytdim». 

 

6-bob. Tan’im umrasi haqida 

 

Abdurrahmon ibn Abu Bakr raziyallohu anhu xabar berishlaricha, Nabiy sallallohu alayhi 



va sallam ul kishiga Oishani tuyaga mindirib, Tan’im umrasiga olib bormoqni amr 

qilganlar. Sufyon ibn Uyayna bu hadisni Amrdan bir marotabagina eshitganlarini 

aytdilar. 

 

Ato rivoyat qiladirlar: «Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu 



alayhi va sallam ashoblari birlan hajga niyat aylab, ehrom kiydilar. O’shanda Nabiy 

sallallohu alayhi va sallam va Talhadan bo‘lak hech kimda jonliq yo‘q erdi. Ali raziyallohu 

anhu ersa, Yamandan jonliq olib kelgan erdilar. Ul kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam nimaga niyat aylab, ehrom bog‘lagan bo‘lsalar, men ham o‘shanga ehrom 

bog‘ladim»,- dedilar. Keyin, Nabiy sallallohu alayhi va sallam jonlig‘i yo‘q ashoblariga 

umraga niyat aylab, Ka’bani tavof etmakni, so‘ng sochlarini qisqartirib, ehromdan 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

353


chiqmoqni amr qildilar. 

 

Ittifoqo, Oisha hayz ko‘rib qolib, Ka’bani tavof qilmakdan bo‘lak barcha haj udumlarini 



ado etdilar. Ul kishi poklanganlaridan keyingina Ka’bani tavof aylab: «Yo Rasululloh, 

sizlar haj va umra qilib qaytmakdasizlar, men ersam, haj qilganimcha qoldim»,- dedilar. 

Shunda Janob Rasululloh Abdurrahmon ibn Abu Bakrga Oisha birlan birga Tan’imga 

bormakni buyurdilar. Oisha onamiz Zulhijja oyida hajdan keyin umra qildilar». 

 

7-bob. Hajdan keyin jonliqsiz umra qilmoq haqida 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Zulhijja oyi arafasida Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallam birlan birga hajga chiqdik. Janob Rasululloh: «Umra qilmakni istaganlar 

ham, haj qilmakni istaganlar ham, ehrom bog‘lasinlar. Men jonliq keltirmaganimda 

albatta umraga ehrom bog‘lar erdim»,—: dedilar. Shunda sahobalarning bir qismi 

umraga, qolganlari hajga ehrom bog‘ladilar. Men ersam, umraga ehrom bog‘lagan 

erdim. Makkaga kelganimizda hayz ko‘rib qoldim, arafa kuni erdi. Men Janob 

Rasulullohga bu haqda ma’lum qildim. Ul kishi: «Umrani qo‘ya turg‘il, sochingni yozib, 

g‘usl qilib olg‘il-da, hajga ehrom bog‘lag‘il!» - dedilar. Men aytganlarini qildim. Hasba 

kechasi meni ukam Abdurrahmon birlan birga Tan’imga yubordilar. Ukam meni tuyaga 

mingashtirib, Tan’imga olib borgach, qazo bo‘lgan umra o‘rniga qaytadan umra qilmak 

uchun ehrom bog‘ladim. Olloh taolo haj va umra qilmakni menga nasib etdi. Bunda 

qo‘shimcha jonliq ham, sadaqa ham va ro‘za tutmak ham talab qilinmag‘aydir». 

 

8-bob. Umraning savobi (ajri) chekilgan mashaqqatga yarasha bo‘lg‘aydir 

 

Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho:' «Yo Rasululloh, 



odamlar bir yo‘la haj va umra qildilar, men ersam, haj qilganimcha qoldim»,- dedilar. 

Janob Rasululloh: «Poklanguningcha sabr aylag‘il, keyin Tan’imga borib, ehrom 

bog‘lag‘il, biz seni falon yerda kutib turg‘aydirmiz, biroq qilgan umrangning savobi 

chekkan mashaqqatingga yarasha bo‘lg‘aydir»,- dedilar». 

 

9-bob. Umra tavofini ado etgan kishi Tavofi vido’ qilmasa ham bo‘ladirmi? 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Haj oylaridan birida hajga tahlil aytib yo‘lga 



tushdik, ittifoqo haj man’ qilinib, Sarif degan yerda qo‘ndik. Janob Rasululloh 

Sahobalarga: «Kimki jonliq olib kelmagan ersa, haj o‘rniga umra qilsin, jonliq olib 

kelganlar ersa, bundoq qilmasinlar!» - dedilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam va bir 

qancha badavlat sahobalar jonliq keltirishgan bo‘lib, ular umra qilmadilar. Men yig‘lab 

o‘tirgan erdim. Huzurimga Janob Rasululloh kirib: «Nega yig‘layotirsen?» - deb 

so‘radilar. «Men sahobalaringizga aytgan so‘zlaringizni eshitdim, demak, men umra 

qilolmas erkanman-da?!» - dedim. Ul kishi: «Nega bundoq dersan?»-deb so‘radilar. 

Men: «Benamoz bo‘lib qoldim»,-dedim. Ul kishi: «Hechqisi yo‘qdir, sen ham Odam Ato 

qizlaridandirsan, ularning peshonalariga neki yozilg‘an ersa, sening manglayingga ham 

shul yozilgandir, hajni davom ettiraverg‘il, shoyad, Olloh taolo senga umra qilmakni 

nasib etsa!» -dedilar. Men hajni davom ettiraverdim. Minodan chiqib, Muhassabga kelib 

tushdik. Shunda, Janob Rasululloh ukam Abdurrahmonni chaqirib: «Opang birlan 

Tan’imga borg‘il, umraga ehrom bog‘lab, tavof aylab kelsin, men sizlarni shul yerda 

kutib turg‘aydirman»,- dedilar. Biz kechasi umra qilib kelganimizdan keyin, «Umra qilib 

keldingizlarmi?»-dedilar. Men: «Ha»,-dedim. Shundan so‘ng, sahobalarga yo‘lga 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

354


chiqmakni buyurdilar. Odamlar qo‘zg‘olishdi, bomdoddan ilgari Ka’bani tavof aylaganlar 

ham yo‘lga tushdilar. Janob Rasululloh Madinaga qarab yo‘l oldilar». 

 

10-bob. Umrada nima qilinsa, hajda ham shu qilinadir 

 

Ato raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ji’ronada 



erkanliklarida jubba kiygan, o‘ziga xushbo‘y narsa sepib olgan bir odam kelib: «Umrani 

qay tariqa ado aylamakni amr etg‘aydirsiz?» - deb so‘radi. Shul payt, Nabiy sallallohu 

alayhi va sallamga vahiy kelib qolib, kiyimlari birlan boshlarini burkab oldilar. Men 

payg‘ambarimizning vahiy kelgan holatlarini ko‘rgim keldi. Umar mendagi bu istakni 

sezib: «Bu yoqqa kelg‘il, men payg‘ambarimizning vahiy kelgan holatlarini ko‘rmoshngga 

yordam berg‘ayman»,-dedilar-da, payg‘ambarimiz yopinib olgan kiyimlarining bir tarafini 

ko‘tardilar. Qarasam, ul kishi bo‘taloqdek pishillab nafas olayotgan erkanlar. Nabiy 

sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga kelib: «Umra xususinda so‘ragan odam qani?» - deb 

so‘radilar va unga: «Ustingdagi jubbani yechg‘il-da, yaxshilab yuvinib, hajda neki 

qilsang, umrada ham shuni qilg‘il!»-dedilar». 

 

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bolalik chog‘imda Nabiy sallallohu alayhi va 



sallamning zaifalari - Oisha onamizga: «Olloh taoloning «Safo va Marva(ni tavof 

aylamak) Ollohning udumlaridandir, kimki Ka’bani tavof aylab, haj qilg‘aydir, yokim 

umra qilg‘aydir-u, keyin Safo va Marvani tavofi sa’y etg‘aydir, gunoh bo‘lmag‘aydir» 

degan oyati karimasi xususida ne dersiz? Nazarimda, Safo va Marvani tavof aylamagan 

kishi gunohkor bo‘lmasa kerak?»-dedim. Oisha onamiz bunday dedilar: «Mutlaqo undoq 

ermas, agar sen aytganingcha bo‘lganda, Safo va Marvani tavof aylamasa, hech kim 

gunohkor bo‘lmas erdi. Biroq, bul oyat Manot degan butga sig‘ingan ansorlar haqida 

nozil bo‘lgandir. Ansorlar Safo va Marva oralig‘ida tavof qilmakka botinishmas erdi 

(gunoh bo‘ladir, deb o‘ylashar erdi). Ular Islom davri kelib, musulmon bo‘lganlaridan 

keyin, Janob Rasulullohdan shul xususda so‘radilar. Shunda Olloh taolo ul kishiga: «Safo 

va Marva(ni tavof aylamak) Olloh udumlaridandir, kimki Ka’bani tavof aylab haj 

qilg‘aydir yokim umra qilg‘aydir-u, keyin Safo va Marvani tavofi sa’y qilg‘aydir, gunoh 

bo‘lmag‘aydir» degan oyati karimasini nozil qildi». 

 

Hishom ibn Urva: «Oisha onamiz: «Marva va Safoni tavof aylamagan odamning haj va 



umrasini Olloh qabul qilmag‘aydir» deb aytganlar»,- deydilar. 

 

11-bob. Umra qilgan odam qachon ehromini yechadir? 

 

Ato raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam sahobalariga 



haj o‘rniga umra qilmakni hamda Ka’ba tavofidan so‘ng, sochlarini qisqartirib, 

ehromlarini yechmakni buyurdilar». 

 

Abdulloh ibn Abu Avfo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam umra 



qildilar, biz ham birga umra qildik. Janob Rasululloh Makkaga kirib tavof aylaganlarida, 

biz ham ul kishi birlan birga tavof ayladik. Keyin, Safo va Marvaga keldilar, biz ham ul 

kishi birlan birga keldik. Biz ul kishini Makka ahlidan birortasi otib qo‘ymasin deb, pana 

qilib yurdik». 

 

Ishoq ibn Ibrohim rivoyat qiladirlar: «Mening bir oshnam Abdulloh ibn Abu Avfodan: 



«Janob Rasululloh Ka’baga kirdilarmi?» - deb so‘rabdir. Shunda ul: «Yo‘q»,- deb javob 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

355


beribdir. O’sha oshnam Abdulloh ibn Abu Avfoga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 

zaifalari Xadicha xususinda ne deganlar, so‘zlab bering!» - debdir. Abdulloh ibn Abu 

Avfo: «Janob Rasululloh, Xadichaga uning uchun jannatda shakarqamishdan qurylgan uy 

atab qo‘yilganini va unda g‘amu tashvish hamda mashaqqat yo‘qlig‘ini aytib, xursand 

qilingizlar, deganlar»,- debdir». 

 

Amr ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Biz Ibn Umar raziyallohu anhudan: «Kimki, umra 



jarayonida Safo va Marvani tavof aylamay, faqat Ka’bani tavof etmak bilangina 

cheklansa, ayoliga yaqinlik qila olg‘aydirmi?»- deb so‘radik. Ul kishi: «Nabiy sallallohu 

alayhi va sallam Makkaga kelib, Ka’bani yetti marta tavof ayladilar, so‘ng Maqomi 

Ibrohim orqasida ikki rak’at tavof namozi o‘qib, Safo va Marva orasida yetti marta sa’y 

qildilar»,- dedilar-da, «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir» degan 

oyatni o‘qidilar». 

 

Amr ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Biz Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan so‘ragan 



erdik, ul kishi: «Safo va Marvani tavof aylamaguncha ayollaringizga yaqinlashmangiz!»-

deb aytdilar». 

 

Abu Muso Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 



Bathoda erkanliklarida huzurlariga bordim, ul kishi tuyalarini cho‘ktirib qo‘ygan erkanlar. 

Meni ko‘rib: «Haj qilib keldingmi?» - dedilar. Men: «Ha»,- dedim. «Nimaga (hajgami? 

umragami?) tahlil aytding?» - dedilar. «Janob nimaga tahlil aytgan bo‘lsalar, men ham 

o‘shanga tahlil aytdim»,- dedim. Ul kishi: «Yaxshi qilibdirsen, Ka’ba hamda Safo va 

Marvani tavof aylag‘il-da, ehromingni yechg‘il!» - dedilar. Aytganlarini qildim. Keyin, 

Qays qabilasiga mansub bir ayolning oldiga bordim, ul sochimni kalta qilib qo‘ydi, so‘ng 

ehromimni yechdim. Keyin, Hazrat Umar xalifa bo‘lgunlariga qadar shul haqda fatvo 

berib yurdim. Hazrat Umar xalifa bo‘lganlaridan so‘ng, shul xususda aytgan erdim, ul 

kishi: «Agar Qur’onni olib o‘qisak, boshlagan ishimizni nihoyasiga yetkazmoq, Janob 

Rasulullohning sunnatlariga rioya qilmoq buyurilganligini anglag‘aydirmiz, chunkim 

Rasululloh qurbonlikka atalgan jonliqlarini zabh qilmagunlaricha ehromlarini 

yechmaganlar»,- deb aytdilar». 

 

Abulasvad rivoyat qiladirlar: «Asmo binti Abu Bakrning mavlosi Abdulloh, Asmoning har 



safar Hajundan o‘tayotib, «Olloh Muhammadni rahmat qilsin, biz ul kishi birlan mana 

shul yerga tushganmiz, o‘shanda yukimiz yengil, tuyalarimiz va ozuqamiz oz erdi. Men, 

singlim Oisha, Zubayr va falonchi-pistonchilar umra qilgan erdik. Ka’bani o‘pib, silab 

tavof aylaganimizdan so‘ng, hajga ehrom bog‘lagan erdik» deganlarini eshitgan erkan». 

 

12-bob. Haj, umra yoki g‘azotdan qaytganda nima deyiladir? 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam, g‘azot yokim haj yohud umradan qaytayotganlarida har bir tepalikda to‘xtab, 

uch marotabadan takbir aytar erdilar, so‘ng: «Ollohdan o‘zga iloh yo‘qdir, ul yakka-yu 

yagonadir, uning sherigi yo‘qdir, jamiki narsalar uning mulkidir, unga hamdu sanolar 

bo‘lsin! Ul hamma narsaga qodirdir! Biz (kufrdan) qaytayotirmiz, tavba qilayotirmiz, 

rabbimizga ibodat va sajdalar aylayotirmiz, hamdu sanolar aytayotirmiz. Olloh va’dasiga 

sodiqdir, ul bandalarining qo‘lini baland qilib, jamiki dushmanlarini yakka o‘zi tor-mor 

ayladi»,-der erdilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

356


13-bob. Kelayotgan hojilarni kutib olmoq 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga 



kelganlarida Baniy Abdulmutallibga mansub bolalar qarshilariga yugurib chiqishdi. 

Rasululloh bolalardan birini oldilariga, ikkinchisini orqalariga mingashtirib oldilar». 

 

14-bob. Hajdan erta tongda qaytmoq haqida 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Makkaga safar qilsalar, yo‘lda «Shajara» masjidida namoz o‘qib o‘tar erdilar. Makkadan 

qaytishda ersa, Zulhulayfa vodiysida namoz o‘qib, tong yorishguncha o‘shal yerda qolur 

erdilar». 

 

15-bob. Hajdan shomda qaytmoq haqida 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam uylariga 



bevaqt eshik taqillatib kelmas erdilar. Bordi-yu, hajdan kech qaytsalar, xuftondan oldin 

yokim tong chog‘i uylariga kirar erdilar». 

 

16-bob. Madinaga kech qaytsa, eshik taqillatib uydagilarni bezovta qilmaslik 

haqida 

 

Jobir raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hajdan kechasi qaytsalar



eshik taqillatib, ahli ayollarini bezovta qilmas erdilar»,- deydilar. 

 

17-bob. Madinaga yaqin qolganda tuyasini tezlashtirgan kishi xususida 

 

Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safardan 



qaytayotganlarida uzoqdan Madina daraxtlari ko‘rinishi bilanoq tuyalarini tezlashtirar 

erdilar»,- deydilar. Abu Abdulloh Anas raziyallohu anhu rivoyatiga qo‘shimcha qilib: . «Ul 

kishi birlan birga, Madinani yaxshi ko‘rgan kishilar ham ulovlarini tezlashtirishar erdi»,-

deydilar. 

 

Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaning devorlari 



ko‘rinishi bilanoq tuyalarini tezlashtirar erdilar»,- deb ham aytganlar. 

 

18-bob. Olloh taoloning «Uylarga eshik orqali kiringiz!» degan kalomi sharifi 



haqida 

 

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bu oyat bizning haqimizda nozil bo‘lgan erdi. 



Chunkim bir paytlar ansorlar hajdan qaytishda uylariga eshik qolib, tomdan oshib 

tushishar erdi. Bir kuni ansorlardan biri uyiga eshik orqali kirdi-da, bu birlan qolganlar 

ustidan o‘zicha kulgan bo‘ldi. Shunda Olloh taoloning «Savob, uylarga tomdan oshib 

tushishda ermas, balki Ollohdan taqvo qilishdadir, uylarga eshikdan kiringiz!» - degan 

oyati kariymasi nozil bo‘ldi». 

 

19-bob. Safar azobning bir parchasidir! (safar azobi - go‘r azobi) 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Safar azobning bir 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

357


parchasidir (safar azobi - go‘r azobi), biringiz taomsiz, biringiz suvsiz va yana biringiz 

uyqusiz qolg‘aydirsiz. Safaringizni (hojatingizni) tugatiboq bola-chaqangiz oldiga 

shoshilingiz!» - deb aytganlar»,- deydilar. 

 

20-bob. Musofir safarda qiynalib qolsa, uyiga qaytadir 

 

Zaydning otalari Aslam rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar birlan birga Makkaga 



ketayotgan erdim. Abdullohga Safiyya binti Abu Ubaydaning qattiq betob bo‘lib 

qolganlig‘ini xabar qilishdi. Shunda, ul kishi ulovlarini tezlashtirdilar, Quyosh shafag‘i 

g‘oyib bo‘lgach, bir joyda tushib, shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qidilar. So‘ng: «Men 

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning yo‘lda qiynalib qolganlarida shomni kechiktirib, 

xuftonga qo‘shib o‘qiganlarini ko‘rganman»,-dedilar». 

 

 



MUHSAR (QAMALDA QOLGAN KISHI) VA OVDAN TEGADIRGAN ULUSH HAQIDA 

HAMDA OLLOH TAOLONING «AGAR QAMALDA QOLSANGIZ, QURBONLIK 

QILMOG’INGIZGA NEChUK JONLIQ NASIB BO’LSA, O’SHANI ZABH 

YETMAGUNINGIZCHA SOCHINGIZNI OLDIRMANGIZ!» DEGAN KALOMI SHARIFI 

XUSUSIDA 

 

21-bob. Umra qilg‘uvchi qamalda qolsa... 

 

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu fitna sodir bo‘lgan yili 



(ya’ni, Hajjoj Makkani qamal qilgan yili) umra qilmoq niyatida Makkaga keldilar-da, 

«Agar Ka’baga meni qo‘ymasalar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ilgari 

qandoq qilgan ersak, shundoq qilg‘aydirman»,-dedilar. Keyin, umraga talbiya aytdilar, 

chunki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham Hudaybiya yili umraga talbiya 

aytgandilar». 

 

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ubaydulloh ibn Abdulloh va Solim ibn Abdulloh 



ikkalalari, Ibn Zubayr tasarrufidagi yerlarga (Hajjoj) qo‘shini kelib tushgan kecha, 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhuga: «Bu yil siz haj qilmasangiz, hech narsa 

qilmag‘aydir, (dushmanlar) sizni Ka’baga qo‘yishmag‘aydir, degan xavfdamiz»,- deb 

aytishdi. Shunda ul kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga hajga 

chiqqanimizda ham Quraysh kofirlari bizni Ka’baga qo‘yishmagan erdi, o‘shanda Nabiy 

sallallohu alayhi va sallam jonliqlarini so‘yib, keyin sochlarini oldirgan erdilar. Sizlarning 

guvohligingizda umra qilmoqqa ahd etdim, xudo xohlasa, yo‘lga chiqqaydirman. Bordi-

yu, yo‘limni to‘sishmasa, Ka’bani tavof aylag‘aymen, basharti to‘sishsa, unda Nabiy 

sallallohu alayhi va sallam birlan birga ilgari nima qilgan bo‘lsak, shuni qilg‘aydirmen»,- 

dedilar. Keyin, Zulhulayfadan boshlab talbiya aytgancha bir oz yurdilar-da, «Ikkalasining 

(haj va umraning) amallari bir xildir, men sizlarning guvohligingizda bir yo‘la haj birlan 

umra qilmoqqa ahd etdim»,- deb aytdilar. So‘ng, ul kishi haj birlan umrani ado etib, 

jonliqlarini so‘ymagunlaricha ehromlarini yechmadilar. Ul kishi doim: «Makkaga kirilgan 

kuni Ka’bani bir marotaba tavof aylamay, ehrom yechilmag‘aydir», - der erdilar». 

Ibn Umar raziyallohu anhuning o‘g‘illaridan biri (Abdulloh, Ubaydulloh yoki Solim) 

Nofi’ga: «Fitna vaqtida hajga bormay, Madinada turib tursangiz, yaxshi erdi»,- deb 

aytgan ekanlar. 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «(Dushmanlar) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

358


haj aylamoqlariga to‘sqinlik qildilar. Shunda, Janob Rasululloh sochlarini oldirib, 

ayollariga yaqinlik qildilar, qurbonlik qildilar. Umrani ersa, kelasi yili ado etdilar»,- 

dedilar. 

 

22-bob. Haj vaqtida bo‘ladirgan to‘sqinliklar haqida 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Mobodo, birortangiz haj vaqtida (dushman) to‘sqinligiga 



duch kelsangiz, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari sizlarga kifoya 

qilmag‘aydirmi (ya’ni, Janob Rasululloh shundoq to‘sqinlikka duch kelganlarida qilgan 

amallarini ado etsangiz, kifoya qilmag‘aydirmi)? Janob Rasululloh hajda to‘sqinlikka duch 

kelganlarida Ka’ba hamda Safo va Marvani tavof aylab, ehromlarini yechganlar-da, shu 

birlan hajni tugatganlar. Keyin, kelasi yili haj qilib, jonliq so‘yganlar. Jonliq topmasalar, 

o‘rniga ro‘za tutganlar»,- dedilar. 

 

23-bob. To‘sqinlikka uchraganda soch oldirmasdan burun qurbonlik qilmoq 

haqida 

 

Misvar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam soch oldirmoqdan burun 



jonliq so‘ydilar va sahobalarga ham shunday qilmoqni buyurdilar»,- deydilar. 

 

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh va Solim otalari Abdulloh ibn Umar 



raziyalloxu anhuga: «Bu yil hajga bormasangiz, yaxshi bo‘lar erdi, dushmanlar to‘sqinlik 

qilmasa, deb qo‘rqg‘aymiz»,- deyishganda, ul kishi: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va 

sallam birlan birga umra qilmoq niyatida chiqqanimizda ham Quraysh kofirlari Ka’ba 

yo‘lini to‘sib, bizni o‘tkazishmagan erdi. Shunda, Janob Rasululloh tuyalarini so‘yib, so‘ng 

sochlarini oldirgan erdilar»,- deb aytdilar». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling