Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


www.ziyouz.com kutubxonasi 

374


ÉΟó¡Î0

 

«!$#



 

Ç⎯≈uΗ÷q§9$#

 

ÉΟŠÏm§9$#



 

 

 RO’ZA KITOBI 



 

1-bob. Ramazonda ro‘za tutmoqning farz ekanligi haqida 

 

Bu xususda Olloh taolo bunday deydir: «Ey mo‘‘minlar! Sizlardan avval o‘tgan 



bandalarga farz qilingani yanglig‘, sizlarga ham ro‘za tutmoq farz qiling‘aydir. Shoyadki, 

sizlar taqvo qilsangizlar!» 

 

Talha ibn Ubaydulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir badaviy sochlari to‘zigan 



holda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib dedi: «Yo Rasululloh! 

Menga xabar beringiz, Olloh menga qaysi namozlarni farz qilgan?» Janob Rasululloh: 

«Bir kecha-kunduzda besh vaqt namozni farz qilgan, biroq bunga qo‘shimcha tarzda 

xohlaganingcha nafl (ixtyyoriy namoz) o‘qimog‘ing mumkin».- deb javob berdilar. 

Badaviy: «Xabar beringiz, Olloh menga qaysi ro‘zani farz qilgan?»- deb so‘radi. 

«Ramazon oyining ro‘zasini tutmoqni, biroq bunga qo‘shimcha tarzda bir oz nafl ro‘za 

tutmog‘ing mumkin»,- dedilar Janob Rasululloh. U yana so‘radi: «Xabar beringiz, Olloh 

menga nimalar uchun zakot bermoqni farz qilgan?» Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam unga islomda zakot biriladirgan mollar qaysilar va ular qaysi miqdorga yetganda 

qanchadan va kimlarga berilishi haqida xabar berdilar. Badaviy: «Sizni mukarram qilgan 

xudo haqqi-hurmati, qasam ichib ayturmenkim, Olloh menga farz qilgan amali solihlarni 

ko‘paytirmasman ham, kamaytirmasman ham»,- dedi. «Agar bul kishi qavlida 

mustahkam bo‘lsa, najot topg‘usidir (yokim «jannatga kirgaydir» ,— dedilar shekilli)» ,— 

dedilar Janob Rasululloh». 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu aytadirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Muharram oyining o‘ninchi kuni ro‘za tutar erdilar va boshqalarni ham shul kuni ro‘za 

tutmoqqa buyurar erdilar. Ramazon oyining ro‘zasi farz qilingandan so‘ng, Muharram 

oyida tutadirgan ro‘zani tark etdilar». 

 

Abdulloh ibn Umarning o‘zlari ham Ramazonda ro‘za tutmoq farz qilingandan keyin 



Muharram oyida ro‘za tutmoqni tark etdilar. Ammo, nafl ro‘za Muharramning o‘shgachi 

kuniga to‘g‘ri kelsa, tutar erdilar. 

 

Oisha raziyallohu anho aytadirlar: «Johiliya davrida (ya’ni, islomdan avval) Quraysh 



qavmi Muharramning o‘ninchi kuni ro‘za tutar erdi. So‘ng (ya’ni, islom dini barpo 

bo‘lgandan so‘ng), Janob Rasululloh Ramazonda ro‘za tutmoqni buyurib: «Xohlagan kishi 

Muharram oyining o‘ninchi kuni ro‘za tutsin, xohlamagan kishi tutmasin»,- dedilar». 

 

2-bob. Ramazon oyi ro‘zasining fazilati haqida 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



bunday deb aytganlar: «Ro‘za (tutmoqlik) do‘zax o‘tidan asrovchi vositadir! Binobarin, 

ro‘za tutgan kishi haqorat so‘zlarini tilga olmasin, so‘zlashganda baqirmasin, birovni 

masxara qilmasin! Agar biror kishi ro‘zador birlan urishsa yokim uni haqorat qilsa

ro‘zador ikki bor: «Men ro‘zamen», desin! Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

375


ro‘zadorning og‘zidan kelgan bo‘y, Olloh nazdida mushk-anbar bo‘yidan ham 

xushbo‘yroqdir, chunkim Olloh taolo: «Ro‘zador meni deb yeb-ichmas va meni deb ro‘za 

tutar, binobarin uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen va har bir yaxshilig‘i evaziga 

mendan o‘n barobar mukofot olg‘usidir»,- deydir». 

 

3-bob. Ro‘za tutmoqlik gunohlar uchun kafforat (gunohlarni yuvguvchi vosita) 

bo‘lishi haqida 

 

Abu Voil raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Umar raziyallohu anhu: «Kim Nabiy 



sallallohu alayhi va sallamning fitna to‘g‘risida aytgan hadislaridan birortasini eslay 

olur?»-deb so‘radilar. «Men shunday hadisni eshitganman, -dedilar Huzayfa, - Janob 

Rasululloh: «Kishining oilasiga, molu dunyosiga berilib hamda qo‘shnisiga 

tenglashg‘ayman deb, bandachilik qilib, yo‘l qo‘ygan xatolarini uning o‘qigan namozi, 

tutgan ro‘zasi va qilgan sadaqasi yuvgaydir, ya’ni kafforat bo‘lg‘aydir»,- deganlar». 

Hazrat Umar: «Men bunday fitna to‘g‘risida so‘rayotganim yo‘q, men dengiz 

to‘lqinlaridek mavjlanib keladirgan eng katta fitnalar to‘g‘risida so‘ramakdamen»,- 

dedilar. «Unday fitna sizning davringizda chiqmag‘aydir, chunkim uning eshigi, ya’ni, 

chiqadirgan joyi qulflangandir»,-dedilar Huzayfa (Ul kishi «eshik» deganda Hazrat 

Umarning o‘zlarini nazarda tutdilar, chunkim Hazrat Umar davlatda fitnaga yo‘l 

qo‘ymovchi shaxs - xalifa erdilar). «Mazkur eshik fitnaga ochib berilg‘aydirmi yoki 

sindirilg‘aydirmi?»-deb so‘radilar Hazrat Umar. Huzayfa: «Sindirilg‘aydir»,- dedilar. 

Hazrat Umar: «Fitnani to‘sib qololmagan eshik sindirmoqqa loyiqdir, chunkim ochilsa, 

uni qiyomatgacha berkitib bo‘lmas»,- dedilar. Biz Masruqqa: «Huzayfadan so‘rag‘il-chi, 

Hazrat Umar o‘sha fitna eshigini bilg‘aydirlarmi?»-deb aytdik. «Bilg‘aydirlar! Tundan 

keyin tong kelmog‘ini aniq bilganlaridyok, buni ham aniq bilg‘aydirlar»,-deb javob 

berdilar Huzayfa». 

 

4-bob. Ro‘za tutuvchilarning jannatga Rayyon nomli maxsus eshik orqali 



kirishlari xususida 

 

Sahl raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Jannatda Rayyon nomli bir eshik bordir,- 



deydilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam,- bul eshikdan ro‘zani kanda qilmay 

tutganlargina kirg‘aydirlar, xolos. Qiyomat kuni «Ro‘zadorlar qani!» deb nido qiling‘aydir. 

Shunda, ular o‘rinlaridan turib mazkur eshikdan kirishg‘aydir. So‘ng, eshik yopilg‘aydir. 

Ulardan boshqa birorta odam bu eshikdan kira olmas». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Kimki Olloh yo‘lida nimaiki bo‘lsa ham, bir juftdan (ikki dinor, ikki dirham, ikki ko‘ylak, 

ikki do‘ppi) ehson qilsa, jannat eshiklaridan «Ey Ollohning bandasi, bu qilgan ishing 

xayrlik ishdir!» deb ichkariga da’vat qilyng‘aydir. Kimki namozxonlardan bo‘lsa, 

namozxonlar kiradirgan eshikdan, kimki jihod qilganlardan bo‘lsa, jihod qilganlar 

kiradirgan eshikdan, kimki ro‘za tutgan bo‘lsa, Rayyon nomli eshikdan, kimki ehson 

qilganlardan bo‘lsa, ehson qilganlar kiradirgan eshikdan chaqirilg‘aydir»,- dedilar. Abu 

Bakr raziyallohu anhu so‘radilar: «Otam-onam fidoyingiz bo‘lsin, yo Rasululloh! Bir 

eshikdan kiradirgan bo‘lganimdan keyin, hamma eshikdan chaqirilmog‘imning ne hojati 

bordir? Hamma eshiklardan chaqirilg‘aymi?». Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 

«Ha»,- deb javob berdilar, so‘ng: «,Men sizni hamma eshikdan chaqiriladigan 

bandalardan bo‘lmog‘ingizni istag‘aydirmen!» - dedilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

376


5-bob. Ramazonmi yo Ramazon oyimi? «Unday desa ham bo‘ladir, bunday desa 

ham bo‘ladir»,- degan kishi haqida 

 

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ramazon ro‘zasini Ramazon oyi kelmasdan burun 



tutmangiz!» - deb aytganlar. 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Ramazon 



oyi kirsa, jannatning eshiklari ochilg‘aydir»,- deb aytganlar»,-deydilar. 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Agar Ramazon kirsa, osmon eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari berkitilg‘aydir hamda 

shaytonlar kishanlang‘aydir»,- deganlar».  

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 

«Ramazonda osmonda oyni ko‘rganingizdan keyingina ro‘za tutmoqni boshlangiz, 

Shavvol oyi kirgach, ro‘za tutmoqni bas qilingiz. Agar oyni bulut to‘sib qo‘ygan bo‘lsa-yu, 

siz uni ko‘ra olmasangiz, unda Sha’bon oyining o‘ttiz kunini to‘la o‘tkazib, so‘ng ro‘za 

tutingizlar!» - deganlarini eshitganman»,- deydilar. 

 

6-bob. Kimki Ramazon ro‘zasini iymon-e’tiqod bilan, qanoat va ishonch bilan, 



yaxshi niyat qilib tutsa... 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam yaxshilik 



qilishda hammadan ham saxiyroq erdilar. Xususan, Ramazon oyida, Jabroil alayhissalom 

birlan uchrashganlarida, yana ham saxovatlari oshib ketg‘ay erdi, chunki Janob 

Rasululloh to Ramazon tugaguncha, kechalari Jabroil alayhissalom birlan uchrashib, 

Qur’onni o‘qib berar va o‘zlarini imtihon qildirar erdilar. Hamisha ul Janob, Jabroil 

alayhissalom ila uchrashsalar, yaxshilik qilishga bo‘lgan saxovatlari kuchli shamoldan 

ham tezlashib ketar erdi». 

 

7-bob. Kimki ro‘zada yolg‘onchiligini qo‘ymasa va Olloh qaytargan narsalardan 

qaytmasa... 

 

Kimki yolg‘on so‘zlamoqni tark etmasa va Olloh qaytargan narsalardan qaytmasa, ro‘za 



tutib, yemay-ichmay qo‘ygani birlan ro‘zasi qabul bo‘lmag‘aydir. Olloh unga rahmat 

nazarini tashlamag‘aydir. 

 

8-bob. Ro‘za tutgan kishini haqorat qilishsa «Men ro‘zadorman», deb 

aytadirmi? 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



bunday deganlar: «Olloh taolo: «Bandalarimning odamlar ko‘zi tushgulik barcha 

qiladirgan ishlari (namoz o‘qimoqlari, xayr-ehson qilmoqlari, zakot bermoqlari) o‘zlari 

uchundir, tutadirgan ro‘zalari ersa, men uchundir (Xudo uchun bo‘lmaganda erdi, 

yashirincha yeb-ichib olmoq mumkin erdi, chunkim uni hech kim ko‘rmag‘aydir), 

binobarin, uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen»,- deydir. Ro‘za do‘zax o‘tidan 

saqlovchi vositadir, agar sizlardan birortangiz ro‘zador bo‘lsangiz, gunoh bo‘ladirgan 

so‘zlarni so‘zlamangiz, birov birlan janjallashmangiz, agar birov haqorat qilsa yokim 

urishsa, men ro‘zadormen, deb aytingiz. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, ro‘zadorning 

og‘zidan keladirgan bo‘y Ollohning nazdida mushkdan ham xushbo‘yroqdir! Ro‘zador ikki 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

377


bor xursand bo‘lur, biri - og‘iz ochganda (ya’ni, iftor qilganda), ikkinchisi - ro‘za tutib, 

yorug‘ yuz birlan Ollohga yo‘liqqanda!» 

 

9-bob. Zino qilmoqdan qo‘rqqan kishining ro‘za tutmoqligi haqida 

 

Alqama rivoyatqiladirlar: «Men Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu birlan birga 



ketayotgan erdim. Shunda Abdulloh: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan 

birga bo‘lganimizda, ul Janob: «Kimki uylanmoqqa qodir bo‘lsa, uylansin, chunkim 

uylanmoq kishi ko‘zini nomahram ayollarga qaramoqdan, uni noshar’iy jinsiy aloqa 

qilmoqdan saqlag‘aydir. Agarda kimki uylanmoqqa qodir bo‘lmasa, ro‘za tutsin, chunkim 

ro‘za ro‘zadorning shahvatini (ayolga bo‘lgan rag‘batini) kesguvchidir!» - dedilar». 

 

10-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Ramazon oyida yangi oy 



chiqqach (ko‘ringach), ro‘za tutingiz, Shavvol oyida yangi oy chiqqach, ro‘za 

tutishni bas qilingiz!» deganlari haqida 

 

Sila raziyallohu anhu: «Kimki shak kuni ro‘za tutsa, Abu-l-Qosim (Janob Rasulullohni 



shunday deb ham atashar erdi) sallallohu alayhi va sallam oldilarida osiy bo‘libdir!» - 

deganlar. 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam Ramazon haqida bunday deganlar: «Ramazon oyida yangi oy chiqqanini 

ko‘rmaguningizcha, ro‘za tutmangiz, Shavvol oyida ham yangi oy chiqqanini 

ko‘rmaguningizcha, ro‘za tutmoqni to‘xtatmangiz. Agar bulut oyni to‘sib turgan bo‘lsa, 

Sha’bon va Ramazon oylarini to‘liq o‘ttiz kun, deb hisoblangiz». 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam bunday deydirlar: «Sha’bon oyi yigirma to‘qqiz kun, lekin Ramazonda yangi oy 

chiqmaguncha ro‘za tutmangiz, agar bulut oyni to‘sgan bo‘lsa, Sha’bon oyini o‘ttiz kun 

qilib to‘ldirib, keyin ro‘za tutishni boshlangkz». 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam «Tepamizda turgan oy», deb ko‘rsatdilar-da, mana bunday, mana bunday qilib, 

ikki muborak qo‘llarining barmoqlarini yozib, ikki bor ishora qildilar, bu ersa yigirma 

sonini bildirg‘aydir. Keyin, boshmoldoqlarini tik qilib, ikkinchi qo‘llarining kafti birlan uni 

olib tashlagandek harakat qildilar, bu ersa, to‘qqizni bildirg‘aydir, jami yigirma to‘qqiz 

bo‘lur».  

 

Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



bir oy o‘z ayollariga yaqinlik qilmag‘ayman, deb qasam ichdilar (Shariatda bunday 

qasam bor, uning nomi «iylo» deyilur). Yigirma to‘qqiz kun o‘tgandan so‘ng, ayollari 

oldiga kirdilar. Shunda, ul kishidan: «Siz bir oy kirmag‘ayman, deb qasam ichgan 

erdingiz-ku!» - deb so‘raganimda, «Tepamizdagi oy yigirma to‘qqiz kundir»,- dedilar». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oy o‘z 



ayollariga yaqinlik qilmag‘ayman, deb qasam ichdilar, o‘sha paytda muborak oyoqlari 

chiqqan erdi. Bir xonada yigirma to‘qqiz kun turdilar, so‘ng xonadan chiqib, ayollari 

oldilariga kirganlarida, «Yo Rasululloh, bir oy yaqinlik qilmag‘ayman, deb qasam ichgan 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

378


erdingiz-ku!» — deb aytishdi. Shunda, Rasululloh: «Bu oy yigirma to‘qqiz kundir»,— 

dedilar». 

 

11-bob. Ikkala hayit oylarining kunlari teng bo‘ladir 

 

Imom Buxoriy: «Basharti ikkala hayit oylarining kunlari (o‘ttiz kundan) kam bo‘lganda 



ham, savobi to‘liqdir, ikkala oy ham baravariga kam kelmog‘i mumkin ermas!» — 

deydirlar. 

 

Abdurrahmon ibn Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallam: «Ikki oy bir xil, ular o‘ttiz kundan kam bo‘lmag‘aydir, biri — Ramazon 

oyi, ikkinchisi — Zulhijja oyidir»,— deydirlar». 

 

12-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Biz yozmag‘aymiz ham, 

hisoblamag‘aymiz ham», deganlari haqida 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Ko‘pchiligimiz ummiy (o‘qimoq va yozmoqni bilmaydirgan) jamoadirmiz. Shul 

sababdan, biz arab jamoasi yozmoqni ham, yulduzlarga qarab hisoblamoqni ham va 

ularning qay tartibda harakat qilmog‘ini ham bilmasmiz, buning o‘rniga qiladirgan 

ibodatlarimizning vaqtlarini shundoq aniq va ko‘zga ko‘rinadirgan qilib belgiladikkim, bu 

belgilarni bilishda va hisob-kitob qilishda ummiylar ham, boshqalar ham birdir»,— deb, 

ikki muborak qo‘llarining barmoqlari ila mana bunday va mana bunday qilib, bir gal 

yigirma to‘qqiz va bir gal o‘ttiz raqamini ko‘rsatdilar». 

 

13-bob. Ro‘zani, har ehtimolga qarshi, bir-ikki kun ilgari tutmaslik haqida 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alaihi va sallam: 



«Hech kim ehtiyot yuzasidan Ramazondan bir yokim ikki kun ilgari ro‘za tutmasin, 

ro‘zani Ramazonda yangi oy chiqqanini ko‘rib, so‘ng tutsin, ammo haftaning ma’lum 

kunlari doimo nafl ro‘za tutib yurgan odam ro‘zasi Ramazonning dastlabki kunlariga 

to‘g‘ri kelib qolsa, tuta bersin»,— deb aytganlar». 

 

14-bob. Olloh taoloning «Sizlarga Ramazon kechasida xotinlar ila jinsiy aloqa 

etmoqlik halol qilindi» degan oyati kariymasi xususida 

 

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning 



sahobalaridan birortasi ro‘zador holda iftorga kelsa-yu, lekin iftor qilmay, uxlab qolsa, to 

ertasi kuni kun botguncha unga yemoq ham, ichmoq ham, jinsyy aloqa ham mumkin 

ermas erdi (Ramazon ro‘zasini tutmoq farz bo‘lgan dastlabki davrlarda shundoq erdi). 

Qays ibn Sarmat al-Ansoriy degan sahoba ro‘za erdilar. Iftor vaqti bo‘lganda 

xotinlarining oldiga kelib, «Yegani biror narsang bormi?» — deb so‘radilar. Xotinlari: 

«Yo‘q, lekin siz uchun biron yegulik topib kelg‘ayman»,— dedi. Lekin, kuni bilan 

ishlaganliklari sababli, charchab, ko‘zlari uyquga ketdi. Xotinlari kelib qarasalar, iftor 

qilmay uxlab qolibdirlar. Shunda xotinlari: «Iftordan mahrum bo‘libsiz-ku!» — dedilar. 

Qays ibn Sarmat ertasiga ham ro‘zani davom ettirdilar. Kun yarim bo‘lgan paytda 

ochlikdan hushdan ketib qoldilar. Keyin, bu voqeani Nabiy sallallohu alayhi va sallamga 

aytib berishdi. Shunda, «Sizlarga Ramazon kechasida xotinlar ila jinsiy aloqa etmoqlik 

halol qilindi» degan oyat nozil bo‘ldi. Bundan sahobalar juda xursand bo‘ldilar. So‘ng, 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

379


«Oq ipni qora ipdan ajratadirgan bo‘lguncha (ya’ni, tong yorishay deguncha) yeb-

ichingizlar!» degan oyat ham nozil bo‘ldi». 

 

15-bob. Olloh taoloning «Oq ipni qora ipdan ajratadirgan bo‘lguncha yeb-

ichingizlar, so‘ng ro‘zani tongdan boshlab, to kun botgunga qadar davom 

ettiringizlar!», degan oyati kariymasi haqida 

 

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Oq ipni qora ipdan ajratadirgan 



bo‘lguncha yeb-ichingizlar!» degan oyati kariyma nozil bo‘lganda, bir qatim oq va bir 

qatim qora ipni olib, yostig‘im ostiga qo‘yib, (yostig‘imni qiya qilib ko‘tarib) qaray 

boshladim, qancha tikilib qaramay, baribir qaysinisi oq va qaysinisi qora ekanligini sira 

ajrata olmadim. So‘ng, kunduzi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga 

borib, bo‘lgan voqeani aytib berdim. Janob Rasululloh: «Bundan maqsad, tun 

qorong‘usi-yu, kun yorug‘idir»,— dedilar». 

 

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladirlar: «Oq ipni qora ipdan ajratadirgan bo‘lguncha yeb-



ichingizlar!» degan oyat nozil bo‘ldi. Lekin, «Tongdan boshlab...» degan oyat hanuz nozil 

bo‘lmagan erdi. Shunda, odamlar ro‘za tutgan paytlarida, oyoqlariga oq va qora ip 

bog‘lab olib, to bir-biridan ajratadirgan bo‘lguncha yeb-ichaberdilar. Pirovardida, Olloh 

taolo «Tongdan boshlab...» degan oyati kariymasini nozil qildi. Bundan odamlar 

bildilarki, oq ip va qora ipdan maqsad, kecha va kunduz erkan». 

 

16-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Bilol aytg‘an azon sizlarni 



saharlik qilmoqdan to‘xtatmasin!» degan so‘zlari haqida 

 

Oisha raziyallohu anho: «Bilol kechasi azon aytar erdilar»,— deydilar. Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam odamlarga: «Ibn Ummu Maktum azon aytmaguncha yeb-

ichaveringizlar, chunkim ul tong otishi arafasida azon aytg‘aydir»,— deganlar. Qosim ibn 

Muhammad bunday deydir: «Bilol birlan Ibn Ummu Maktumning azonlari o‘rtasida hech 

qancha vaqt yo‘q erdi, chunkim Bilol mezanadan tushishi birlan o‘rniga Ibn Ummu 

Maktum chiqar erdi». 

 

17-bob. Saharlikka ajratilgan vaqtdan to‘la-to‘kis foydalanmoq haqida 

 

Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men o‘z oilam birlan saharlik qilib 



bo‘lganimdan keyin, tez yurib borib, bomdodning birinchi rak’atidagi sajdani Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam birlan birga qilmoqqa ulgurar erdim». 

 

18-bob. Saharlik bilan bomdod o‘rtasidagi muddat 

 

Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga 



saharlik qildik. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga (bomdodga) 

turdilar»,- dedilar. Anas raziyallohu anhu Zayddan: «Bomdodga aytilgan azon birlan 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkalangiz qilgan saharlik o‘rtasida qancha muddat 

bor erdi?»-deb so‘radilar. Zayd: «Qur’ondan ellik oyat o‘qimoqqa ketadirgan vaqtcha bor 

erdi»,- dedilar. 

 

 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

380


19-bob. Saharlikka turmay, ro‘zani ikkinchi kunga ulab yuborish majburiy 

ermas 

 

Nabiy sallallohu alayhi va sallam va sahobalar (ba’zan) saharlik qilmay, ro‘zani ikkinchi 



kunga ulab yuborar erdilar, saharlik qilmoq eslariga kelmas erdi. 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam (ba’zan) saharlik qilmay, ro‘zani ikkinchi kunga ulab tutaverar erdilar. Boshqalar 

ham shundoq qilg‘aymiz, deb ancha qiynalib qolishgach, Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam ularga bu tariqa ro‘za tutmoqni man’ qildilar. Odamlar: «O’zingiz shunday ro‘za 

tutmoqdasiz-ku?!»- deyishganda, Janob Rasululloh: «Mening ahvolim sizlarning 

ahvolingizdan yaxshidir, chunkim menga yegan va ichganning quvvati berib 

turilgaydir»,- dedilar». 

 

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Saharlik qilingiz, 



chunkim saharlik qilishda barakot bordir!» - deganlar»,-deb rivoyat qiladirlar. 

 

20-bob. Kunduzi «ro‘zaman», deb niyat qilsa... 

 

Ummu Dardo’ rivoyat qiladirlar: «Abu Dardo’: «Yeyishga ovqatlaring bormi?»-deb 



so‘rardilar, shunda biz: «Yo‘q»,- desak, «Bo‘lmasa, men bugun ro‘zaman»,-deb niyat 

qilingiz»,- derdilar. Abu Talha, Abu Hurayra, Ibn Abbos va Huzayfa raziyallohu, anhular 

ham shunday qilishar erdi (ya’ni, yegulik hech narsa bo‘lmasa, kunduzi niyat qilib, ro‘za 

tutishaverardi)». 

 

Salama ibn Akva’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va salLam 



Muharram oyining o‘ninchi kuni: «Kimki bugun biror,narsa yegan bo‘lsa, boshqa hech 

narsa yemasin, ammo biror narsa yemagan bo‘lsa, kunning qolgan qismida ham yemay, 

ro‘za tutsin! », -deb odamlarga xabar qilmoqni topshirar erdilar». 

 

21-bob. Ro‘za tutgan odam jimo’dan so‘ng g‘usl qilib ro‘zasini davom ettirsa... 

 

Oisha va Ummu Salama raziyallohu anhumo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



xotinlari birlan yaqinlik qilganlarida tong otib qolardi. Shunda, Janob Rasululloh g‘usl 

qilib, ro‘za tutishni davom ettiraverardilar»,- deb aytishdi. Abdurrahmon ibn Haras 

ushbu hadisni Madina hokimi Marvonga aytib berganida, «Buni Abu Hurayraga aytib, uni 

bir mulzam qilmaydirsanmi?» - dedi (chunki, Abu Hurayra: «(Kechasi) jimo’ qilgan kishi 

ro‘zasini davom ettirmog‘i durust ermas»,-deb yurar erdilar). Marzonning: «Abu 

Hurayrani bir mulzam qilmaydirsanmi?» -degan gapi Abdurrahmonga yoqinqiramadi. 

Abdurrahmon bunday deydilar: «Men Zulhulayfa degan joyda Abu Hurayra birlan 

uchrashib qoldim. Shunda, mazkur hadisni ul kishiga aytib berdim-da, «Menga Marvon 

buyurmaganda, aytmas erdim»,-dedim. Abu Hurayra menga javoban: «Nahs odamning 

ro‘za tutishni davom ettirmog‘i durust ermas», degan hadisni menga Ibn Abbos aytib 

bergan erdi, ul kishi ersa, hammamizdan ko‘ra bilimdonroqdirlar»,- dedilar». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu Humom va Ibn Abdulloh ibn Umarga: «Nabiy sallallohu 



alayhi va sallam: «(Kechasi) nahs bo‘lib qolgan odam (o‘sha kuni) ro‘za tutmasligi 

lozim»,- deb buyurar erdilar»,- degan ekanlar. 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling