Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Arafa kuni ro‘za tutmoq haqida


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


63-bob. Arafa kuni ro‘za tutmoq haqida 

 

Ummulfazl rivoyat qiladirlar: «Arafa kuni mening huzurimda o‘tirgan odamlar Nabiy 



sallallohu alayhi va sallamning ro‘za yokim ro‘za ermasliklari to‘g‘risida tortishib qolishdi. 

Ayrimlar: «Janob ro‘zalar»,- desa, ba’zilar: «Ro‘za ermaslar»,- dedi. Shunda men 

Janobga bir idishda sut yubordim. Janob tuya minib Arafotda turgan erdilar, sutni 

ichdilar». 

 

Maymuna raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Odamlar Nabiy sallallohu alayhi va 



sallamning arafa kuni ro‘za tutganlari to‘g‘risida shubha qilib qolishdi. Shunda men 

Janobga sut yubordim. Janob Arafotda turgan erdilar, odamlar ko‘z oldida sutni 

ichdilar». 

 

65-bob. Qurbon hayiti kuni ro‘za tutmaslik haqida 

 

Ato raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Ikki ro‘za va 



ikki savdo-sotiq, ya’ni Ramazon va Qurbon hayitlari kuni ro‘za tutmak, molni ko‘rmasdan 

yokim ko‘rsatmasdan bor baraka qilmak hamda sotilgan narsani qaytib olmak yokim 

qaytarib olmak man’ qilingandir»,- deydirlar». 

 

Ziyod ibn Jubayr rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhuning 



huzuriga kelib: «Bir odam har doim ma’lum bir kunda ro‘za tutmoqqa ahd qilgan erkan, 

o‘shal kun - dushanba kuni bo‘lib, hayit kuniga to‘g‘ri kelib qolibdir, endi ul ne 

qilg‘aydir?» - deb so‘radi. «Olloh: «Ahd qilsangizlar, unga vafo qilingiz! » - deydir. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, hayit kuni ro‘za tutmakni man’ qilganlar»,- 

debdirlar (ulamolar: «Hayit kuniga to‘g‘ri kelgan ro‘zani qazo qilib, boshqa kuni tutsa, 

oyatga ham, hadisga ham amal qilgan bo‘lur»,- deyishadir)». 

 

Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘n ikkita g‘azavotda ishtirok etgan Abu 



Sa’id Xudriy raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan meni g‘oyat 

taajjubga solgan quyidagi to‘rt hikmatni. eshitdim»,- deydirlar: 1)yonida mahrami 

bo‘lmagan ayol ikki kunlik yo‘lga yolg‘iz o‘zi chiqmasin! 2)ikki kun -Ramazon va Qurbon 

hayitlari kuni ro‘za tutilmasin! 3)Bomdoddan so‘ng, to kun chiqquncha va asrdan so‘ng, 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

395


to kun botguncha namoz o‘qilmasin! 4)Uchta masjid - Masjid ul-Harom, Masjid ul-Aqso 

va mening masjidlarimdan (ya’ni, Masjid un-Nabiydan) o‘zga masjidlarga tavof qilmak 

niyatida safar qilinmasin! 

 

66-bob. Tashriq kunlari ro‘za tutmoq haqida 

 

Hishom raziyallohu anhu: «Oisha raziyallohu anho ham, otalari (Abu Bakr) ham Tashriq 



kunlari ro‘za tutmak qurbonlikka jonliq so‘ymakka qurbi yetmaganlargagina ruxsat 

etildi»,- deydilar. 

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Bir yo‘la haj va umra qilmakni niyat aylab, ehrom 

bog‘laganlar, arafa kunigacha umra qilgan bo‘lsalar-u, lekin qurbonlikka jonliq 

so‘ymakka qurbilari yetmagan bo‘lsa, hamda ro‘zani hayit kunigacha tutishmagan bo‘lsa, 

Tashriq kunlari ro‘za tutmaklari kerak bo‘lg‘aydir»,- deydirlar. 

 

67-bob. Ashuro kuni ro‘za tutmoq qaqida 

 

Solim raziyallohu anhuning otalari: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam, kimki Ashuro kuni 



ro‘za tutmakni istasa, tutsin! deb aytganlar»,- deydilar. 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, 



Ramazon oyining ro‘zasi farz qilingunga qadar, Ashuro kuni ro‘za tutmakni buyurgan 

erdilar. Ramazonda ro‘za tutmak farz bo‘lganidan keyin ersa, Ashuro kuni istaganlar 

ro‘za tutdi, istamaganlar tutmadi».  

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Islomdan avyul, johiliya davrida quraysh ahli 



Ashuro kuni ro‘za tutar erdi. Janob Rasululloh Madinaga kelganlaridan keyin ham Ashuro 

kuni ro‘za tutdilar, boshqalarni ham tutmakka buyurdilar. Ramazon oyida ro‘za tutmak 

farz qilinib, Janob Rasululloh Ashuro kuni ro‘za tutmakni tark etganlaridan keyin, Ashuro 

kuni ro‘za tutmak ixtiyoriy bo‘lib qoldi». 

 

Humayd ibn Abdurrahmon rivoyat qiladirlar: «Muoviya ibn Abu Sufyon haj qilgan yillari 



Ashuro kuni minbarga chiqib: «Ey Madina ahli, ulamolaringiz eshitib qo‘ysinlar! Men 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ashuro kuni ro‘za tutmak farz qilinmagan 

ersa ham, men ro‘zadirman, ammo sizlarga bu ixtiyoriydir», deb aytganlarini 

eshitganman»,- dedilar». 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 



Madinaga kelganlarida, qarasalar, yahudiylar Ashuro kuni ro‘za tutishar erkanlar. 

Shunda, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu nechuk ro‘zadir?» - deb 

so‘radilar. Yahudiylar: «Bu yaxshi kundir, shu kuni Muso, Olloh taolo Baniy Isroilni 

dushmanlaridan xalos qilgani uchun ro‘za tutganlar»,-deyishdi. Janob Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Biz Musoga sizlardan ko‘ra haqliroqdirmiz»,- deb shu kuni 

o‘zlari ham ro‘za tutdilar, boshqalarga ham ro‘za tutmakni amr qildilar». 

 

Abu Muso raziyallohu anhu: «Yahudiylar Ashuro kunini bayram, deb hisoblashar erdi. 



Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Sizlar ham shul kuni ro‘za .tutingiz!» -deb aytdilar»,- 

deydilar. 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Ashuro kunini 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

396


boshqa kunlardan ortiq bilib va Ramazon oyini boshqa oylardan ortiq bilib, ro‘za 

tutmakka qasd qilganlarini ko‘rmaganman»,- deydilar. 

 

Salama ibn Akva’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 



Aslam qabilasidan bir kishiga: «Kimki bugun ovqat yegan bo‘lsa, kunning qolgan qismida 

ro‘za tutsin, kimki ovqat yemagan bo‘lsa, sahargacha ovqat yemasin, chunkim bul kun 

Ashuro kunidir!»-deb e’lon qilmakni buyurdilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

397


ÉΟó¡Î0

 

«!$#



 

Ç⎯≈uΗ÷q§9$#

 

ÉΟŠÏm§9$#



  

 

  



TAROVIH KITOBI 

 

1-bob. Ramazon kechalari turib tarovih o‘qimoqning fazilati haqida 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Ramazon kechasining fazilatiga ishonib va savobidan umid qilib (tarovih o‘qimoqqa) 

turgan kishining ilgari qilgan barcha gunohlari mag‘firat qiling‘aydir»,- deganlar». 

 

Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



vafot qilgunlaricha ham, Abu Bakr raziyallohu anhuning xalifalik davrlarida ham, Umar 

ibn Xattob raziyallohu anhu xalifalik qilgan dastlabki yillarda ham kechasi turib tarovih 

o‘qimoq tartibi o‘zgarmadi. «Men, -deydirlar Abdurrahmon ibn Abdulqori’,- Umar ibn 

Xattob raziyallohu anhu birlan birga kechasi masjidga chiqqan erdim, har yer-har yerda 

odamlar to‘p-to‘p bo‘lishib, o‘z hollaricha namoz o‘qishar erdi. Hazrat Umar: «Bularning 

barchasini yig‘ib, bir qorini boshliq qilib qo‘ysam, yaxshi bo‘lur erdi»,- dedilar. So‘ng, 

ularga Ubay ibn Ka’bni boshliq qilib qo‘ydilar. Ertasiga kechasi ul kishi birlan yana 

masjidga chiqdim, odamlar qoriga iqtido qilib namoz o‘qishayotgan erkan. Hazrat Umar 

(buni ko‘rib): «Qandoq yaxshi bid’at (ya’ni, Janob Rasulullohdan keyin joriy qilingan bir 

yaxshi tartib ma’nosida), tunning birinchi qismida namoz o‘qib, so‘ng uxlab 

qolganlaridan ko‘ra, tun oxirida turib, namoz o‘qiyotganlar afzalroqdir!» -dedilar». 

 

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon kechasi o‘z 



masjidlariga chiqib, namoz o‘qidilar»,- deydilar. 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Ramazon kechalaridan birida masjidga chiqib namoz o‘qidilar. Janob Rasulullohga iqtido 

qilib, odamlar ham namoz o‘qishdi. Bu darhol odamlar orasida ovoza bo‘ldi. Ertasiga 

masjidga anchagina odam to‘planib, namoz o‘qishdi. Uchinchi kecha yana ham ko‘proq 

odam yig‘ilib, Janob Rasululloh birlan birga namoz o‘qishdi. To‘rtinchi kecha masjidga 

odam sig‘may ketdi. Janob Rasululloh bu gal kechasi chiqmadilar, faqat bomdod 

namoziga chiqdilar, Bomdoddan so‘ng, xutba tashahhudini o‘qib bo‘lgach, odamlarga 

qarab: «Meni sizlarning ko‘payib ketganligingiz cho‘chitgani yo‘q, balkim bul sizlarga farz 

bo‘lib qolib, bajara olmay qolg‘aymisizlar, deb qo‘rqg‘aydirmen»,- dedilar. Rasululloh 

vafot qilgunlaricha qayta bundoq namoz o‘qilmadi». 

 

Abu Saliyma ibn Abdurrahmon Oisha raziyallohu anhodan: «Rasululloh sallallohu alayhi 



va sallam Ramazon kechalari nechuk namoz o‘qir edilar? » - deb so‘radilar. Oisha 

onamiz bunday dedilar: «Janob Rasululloh Ramazonda ham, boshqa vaqtda ham 

namozni o‘n bir rak’atdan oshirmas erdilar, avval to‘rt rak’at o‘qir erdilar, uning 

ko‘rkamligiyu uzunligini so‘ramay qo‘ya qolingiz, so‘ng yana to‘rt rak’at o‘qir erdilar, 

uning ham ko‘rkamligiyu uzunligini so‘ramay qo‘ya qolingiz, so‘ng tag‘in uch rak’at o‘qir 

erdilar. (Keyin o‘rinlariga yotardilar). Shunda men: «Yo Rasululloh, vitr o‘qimasdan 

uxlaydirsizmi?» - der erdim. Ul kishi: «Ey Oisha, ikkala ko‘zim uxlag‘aydir-u, qalbim 

uxlamas»,- deb javob qilar yrdilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

398


2-bob. Laylat ul-Qadrning fazilati qaqida 

 

Olloh taolo bunday deydir: «Biz ushbu Qur’onni Qadr Kechasi nozil qildik. Laylat ul-Qadr 



deganda, neni tushung‘aysen va Laylat ul-Qadr o‘zi nedir? Laylat ul-Qadr ming oydan 

ham yaxshiroqdir. O’shal kecha parvardigorlari hukmi ila farishtalar va Jabroil 

tushg‘aydirlar, ul kecha tong otguncha omonliq kechasi bo‘lg‘aydir». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 



«Kimki Ramazonning farz ekanlig‘iga ishonib, unga ixlos qilib va uning savobidan umid 

aylab, ro‘za tutgaydir, ilgarigi qilgan gunohlarining barchasi kechirilg‘aydir, va 

shuningdek, kimki Qadr Kechasini, uning ulug‘ligiga inonib, unga ixlos qilib va undan 

savob umid aylab, bedor o‘tkazg‘aydir ham, ilgari qilgan gunohlarining barchasi 

kechirilg‘aydir»,- deganlar». 

 

3-bob. Laylat-ul qadrni Ramazonning ohirgi o'n kunligining yettisida kutingiz! 

 

Ibn Umar raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bir 



qancha sahobalari Laylat ul-Qadrning Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisida 

bo‘lmog‘ini tushlarida ko‘rishgan erkan. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 

«Sizlarning tushlaringiz Laylat ul-Qadr Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisinda 

erkanlig‘iga muvofiq kelg‘aydir, deb o‘ylarmen. Kimki Laylat ul-Qadrni kutmoqchi ersa, 

Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisinda kutsin!» - dedilar». 

 

Abu Sa’id rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ramazonning 



ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirdik. Janob Rasululloh Ramazonning yigirmanchi kuni 

ertalab chiqib, bizga va’z qildilar, so‘nt: «Tushimda menga Laylat ul-Qadr aniq 

ko‘rsatildi, ammo uning qaysi kun bo‘lmog‘i yodimdan chiqib qoldi. Uni Ramazonning 

oxirgi o‘n kunligining toq kunlarida kutingiz! Men tushimda loy joyda sajda qilayotgan 

ermishman, endi kimki paygambar birlan e’tikrfga o‘tirgan ersa, uyiga qaytsin!» -

dedilar. Biz uyimizga yo‘l oldik. Osmonda hech qanday bulut yo‘q erdi. Ittifoqo, bir bulut 

paydo bo‘lib, shundoq yomg‘ir yog‘dikim, hatto masjidning tomi oqib tushdi, chunki 

masjidning tomiga xurmo shoxlari yopilgan erdi. So‘ng, bomdodga takbir aytildi. 

Shunda, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning loy joyda sajda qilayotganlarini, 

hatto peshonalariga loy tekkanini ko‘rdim». 

 

4-bob.Laylat-ul qadrni Ramazonning ohirgi o'n kunligining toq kunlarida 

kutmoq lozim. 

 

Oisha raziyallohu anxo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Laylat ul-Qadrni 



Ramazonning oxirgi o‘n kunligining toq kunlari kutingiz, deb aytibdirlar»,- deydilar. 

 

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam Ramazon oyining ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirib, yigirmanchi kechani 

o‘tkazgach, e’tikofni tugatar erdilar. Keyin, yigirma birinchi kechani o‘tkazib, yana 

e’tikofga o‘tirar erdilar, boshqalar ham qaytib birga e’tikof qilishar erdi. Janob Rasululloh 

Ramazon oyida odatdagidek e’tikofga o‘tirdilar. Yigirmanchi kechani o‘tkazgach, 

tashqariga chiqdilar-da, odamlarga ta’z aytdilar, so‘ng ularga bir qancha yumushlarni 

buyurib: «Bu o‘n kunlikda e’tikof qildim, ammo menga oxirgi o‘n kunlikda ham e’tikof 

qilmoq lozimligi ayon bo‘ldi, kimki Ramazonning ikkinchi o‘n kunligida e’tikof qilgan ersa, 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

399


e’tikofni davom ettirsin! Tushimda menga Laylat ul-Qadr (kechasi) bo‘ladirgan kun aniq 

tayinlandi, biroq ul yodimdan chiqib qoldi. Endi, uni Ramazonning oxirgi o‘n kunligining 

toq kunlarida kutingiz! Men tushimda loy yerga sajda qilayotgan erkanman» ,— dedilar. 

Shul kecha yomg‘ir yog‘di, masjid tomidan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning namoz 

o‘qiydirgan yerlariga chakka o‘tib, loy bo‘lib ketdi. Keyin, Ramazonning yigirma birinchi 

kechasi Janob Rasulullohning bomdod o‘qib qaytayotganlarida muborak yuzlariga loy 

tekkanini ko‘rdim». 

 

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qadr Kechasini kutingiz!» 



deb aytdilar»,-deydilar. 

 

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n 



kunligida e’tikofga o‘tirardilar va «Laylat ul-Qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kunligida 

kutingiz!» - der erdilar»,- deydilar. 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Laylat ul-Qadrni 



Ramazonning oxirgi o‘n kunligida, ro‘zaning to‘qqiz kuni qolganda yokim yetti kuni 

qolganda yohud besh kuni qolganda kutingiz!» - der erdilar»,- deydilar.  

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Laylat ul-Qadr 



oxirgi o‘n kunlikda - yigirma to‘qqizda, yigirma yettida bo‘lg‘aydir»,- dedilar»,- deydilar. 

Ibn Abbos raziyallohu anhu «Laylat ul-Qadrni to‘rtinchi kecha kutingiz!» degan hadisni 

ham aytganlar. 

 

5-bob. Laylat-ul qadr tayin qilingan kunni, kishilar janjallashgani sababli, 



yoddan ko'tarilgani haqida. 

 

Uboda ibn as-Somiy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va 



sallam Laylat ul-Qadr qaysi kuni bo‘lmog‘ini xabar qilmoq uchun chiqdilar. Yo‘lda ikki 

musulmonning janjallashayotganini ko‘rib, o‘shal kun yodlaridan chiqib qoldi. Janob 

Rasululloh sahobalarga: «Men sizlarga Laylat ul-Qadr bo‘ladirgan kunni xabar qilmoqchi 

bo‘lib chiqqan erdim, biroq yo‘lda falonchi birlan pistonchining janjallashayotganini 

ko‘rib, yodimdan ko‘tarilib ketdi, Qadr Kechasini Ramazonning yigirma to‘qqiz yokim 

yigirma yetti yoki yigirma beshinchi kunlarida kutingiz!» - dedilar». 

 

6-bob. Ramazonning ohirgi o'n kunligida ibodat qilmoqqa qattiq kirishmoq 

lozimligi haqida. 

 

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n 



kunligi kelsa, ahllari ila aloqa qilmoqdan uzoqlashar erdilar, kechalari uxlamas erdilar va 

uydagilarni ham ibodat qilmoqqa uyg‘otar erdilar»,-deydilar. 

 

7-bob. E'tikof haqidagi boblar 

 

Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikof qilinadir. Hamma masjidlarda ham e’tikof 



qilmoq mumkin. Olloh taoloning quyidagi kalomi bunga dalil: «Masjidlarda e’tikofda 

o‘tirgan kunlaringizda ayollarga yaqinlik qilmangiz! Bu Olloh belgilagan chegaralardir. 

Binobarin, alarga yaqinlik qilmangiz! Shul tariqa Olloh taolo o‘z hukmlarini bandalariga 

tushuntirg‘aydir, shoyad ular Ollohning aytganini qilib, qaytarganidan qaytsalar!» 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

400


 

Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirar 

erdilar»,- deydilar.  

 

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam to Ollohtaolo omonatini 



olguncha Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirmakni kanda qilmadilar. 

Janobdan so‘ng, ul kishining ayollari ham shundoq e’tikof qilishadigan bo‘ldi»,- deydilar. 

 

Abu Sa’id Hudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam qaysi bir yili Ramazonning ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirdilar. Yigirmanchi 

kuni ertalab e’tikofni tugatib, tashqariga chiqdilar-da, bunday dedilar: «Kimki men birlan 

birga e’tikof qilgan bo‘lsa, oxirgi o‘n kunlikda ham e’tikofni davom ettirsin! Shul kecha 

menga Laylat ul-Qadr o‘tadigan kun tayin qilingan edi, ammo yodimdan ko‘tarilibdir. 

Tushimda loy yerda sajda qilayotgan ermishman, Laylat ul-Qadrni oxirgi o‘n kunlikning 

toq kunlarida kutingiz!» Shu kechasi yomg‘ir yog‘di. Masjid tomi xurmo shoxlari birlan 

yopilgan erdi, yomg‘ir o‘tib ketdi. Rasulullohning peshonalariga loy tekkanini yigirma 

birinchi kuni ertalab o‘z ko‘zim birlan ko‘rdim». 

 

8-bob. Hayz ko'rgan hotin e'tikofda o'tirgan erini sochini tarashi mumkin. 

 

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam masjidda e’tikofda o‘tirgan 



kunlari muborak boshlarini darchadan chiqarar erdilar, men hayz ko‘rgan bo‘lsam ham, 

sochlarini tarab qo‘yardim»,- deydilar 

 

9-bob. E'tikofda o'tirgan kishi uyiga juda zarur bo'lganda kiradir.. 

 

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjiddan chiqmay 



boshlarini darchadan chiqarar erdilar, men sochlarini tarab qo‘yardim. E’tikofda bo‘lsalar, 

uyga hech kirmas erdilar, faqat zarur bo‘lsagina kirar erdilar»,- deydilar. 

 

10-bob. E'tikofda o'tirgan kishini yuvinmog'i haqida. 

 

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hayz ko‘rgan bo‘lsam ham 



meni quchoqlar erdilar. E’tikofda o‘tirgan kunlari boshlarini darchadan chiqarar erdilar, 

men hayz ko‘rgan bo‘lsam ham yuvib qo‘yardim»,- deydilar. 

 

11-bob. Kechasi e'tikofda o'tirmoq haqida. 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hazrat Umar Nabiy sallallohu alayhi va 



sallamga: «Men johiliya davrida bir kecha Masjid ul-Haromda e’tikof qilurmen, deb niyat 

aylagan erdim» ,— dedilar. Janob Rasululloh: «Niyatingga vafo qilg‘il!»-dedilar». 

 

12-bob. Ayollarni e'tikofda o'tirmog'i haqida 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 



Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikofda o‘tirar erdilar. Janob Rasululloh mening uchun 

masjid sahnida chodir tutib bergan erdilar, bomdoddan so‘ng oldimga kirardilar. Janob 

Rasulullohning boshqa zaifalari - Hafsa mendan o‘ziga chodir tutib olmoqqa ruxsat so‘rab 

erdi, ruxsat berdim, chodir tutib oldi. Buni ko‘rgan Zaynab binti Jahsh (Rasulullohning 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

401


xotinlaridan biri) ham o‘ziga chodir qurib oldi. Ertasiga ertalab Janob Rasululloh 

chodirlarni ko‘rib: «Bu nesidir?»-dedilar. «Xotinlaringizning chodiri»,- deyishdi. Nabiy 

sallallohu alayhi va sallam: «Ular yaxshi ish qilishibdir, deb o‘ylaysizlarmi?»- dedilar. 

Shundan so‘ng, Janob Rasululloh o‘sha oydagi e’tikofni tark etdilar. Buning evaziga 

Shavvol oyida o‘n kun e’tikof qildilar». 

 

13-bob. Masjidga chodir tikmoq haqida 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: Nabiy sallallohu alayhi va sallam e’tikof qilmoq 



niyatida masjidga chiqib erdilar, men, Hafsa va Zaynabning chodirlarimizni ko‘rib 

qoldilar. Shunda: «Bular yaxshi ish qilishibdir, deb o‘ylaysizlarmi?»- dedilar-da, e’tikofga 

o‘tirmay, chiqib ketdilar. Keyin, Shavvol oyida o‘n kun e’tikof qildilar». 

 

14-bob. E'tikof o'tirgan kishi biror hojat birlan masid eshigi oldigacha 



boradimi? 

 

Safiyya raziyallohu anho: «Men Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamni Ramazonning 



oxirgi o‘n kunligida masjidda e’tikofda o‘tirganlarida ko‘rgani bordim»,- deydilar. Keyin, 

Safiyya Janob Rasululloh huzurlarida bir oz suhbatlashib o‘tirganlaridan so‘ng qaytish 

uchun o‘rinlaridan turibdirlar, Janob Rasululloh ham ul kishi birlan birga turib, 

masjidning eshigi oldigacha birga boribdirlar. Shunda, ansorlardan ikki kishi o‘tib 

ketayotib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga salom berishibdi. Janob Rasululloh 

ularga: «Shoshmangiz, bul Safiyya binti Huyay (ya’ni, «Ko‘nglingizga bir narsa kelmasin, 

bu - mening xotinim» demoqchilar)»,- debdirlar. Boyagi ikki kishiga bu gap og‘ir botib: 

«Subhonalloh»,- deyishibdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Shayton insonning qon 

tomirlarida yurib, vasvasa qilg‘aydir, shul boisdan sizlarni ham shayton vasvasa qilib, 

xayolingizga bo‘lmag‘ur fikrni keltirmadimikan, deb xavotir oldim»,- debdirlar. 

 

15-bob. E'tikofda o'tirmoq va Nabiyning s.a.v. yigirma kun bo'ldi, deganda 

tashqariga chiqishlari haqida 

 

Abu Saloma ibn Abdurrahmon Abu Sa’id Xudriydan: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamning Laylat ul-Qadr to‘g‘risida gapirganlarini eshitganmisiz?»-deb so‘radilar. Ul 

kishi: «Ha»,- dedilar-da, quyidagilarni rivoyat qilib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallam birlan birga Ramazonning ikkinchi o‘n kunligidz e’tikofga o‘tirdik, yigirma kun 

bo‘ldi, deganda ertalab e’tikofni tugatib chiqdik. Shunda, Janob Rasululloh bizga va’z 

aytdilar-da: «Laylat ul-Qadr kuni menga tayyn qilinib .erdi, ammo ul yodimdan ko‘tarilib 

qoldi. Uni Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligida, toq kunlarda kutingiz. Tushimda men 

loy yerda sajda qilayotgan ermishman. Kimki men birlan birga e’tikof qilgan bo‘lsa, 

masjidga qaytsin!»-dedilar. Odamlar masjidga qaytib kirishdi. Shu paytda osmonda bir 

parcha ham bulut yo‘q erdi, birdan qaerdandir bulut paydo bo‘lib, yomg‘ir yog‘di. So‘ng, 

bomdodga takbir aytildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam loy yerda sajda qildilar, 

hattoki men Janob Rasulullohning muborak peshonalari va burunlariga loy tekkanini 

ko‘rdim». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling