Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Hajda to‘sqinlikka uchragan kishiga qayta (o‘sha yili) haj qilmoq lozim


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


24-bob. Hajda to‘sqinlikka uchragan kishiga qayta (o‘sha yili) haj qilmoq lozim 

ermas 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hajini dunyoviy lazzat birlan buzgan 



odamgina qayta haj qilmog‘i lozimdir, ammo biror uzrli sabab birlan haji chala qolgan 

bo‘lsa, qayta haj qilmag‘aydir. Agar hajda to‘sqinlikka duch kelgan kishining jonlig‘i 

bo‘lsa-yu, uni biror kishi orqali qurbonlik qilinadirgan joyga berib yubormoq imkoni 

bo‘lmasa, o‘zi zabh qilg‘aydir. Bordi-yu berib yubormoq imkoni bo‘lsa, jonliq o‘sha yerga 

olib borib so‘yilmaguncha, ehromini yechmay turg‘aydir». 

 

Imom Molik va boshqalar bunday deyishadir: «Hajda to‘sqinlikka uchragan kishi qaerda 



turgan bo‘lsa, o‘sha yerda jonlig‘ini so‘yib, sochini oldiraverg‘aydir, buning uchun qayta 

haj qilib o‘tirmag‘aydir, chunkim Nabiy sallallohu alayhi va sallam va ul kishining 

sahobalari Hudaybiyada to‘sqinlikka duch kelishganda, o‘sha turgan yerlarida jonliqlarini 

so‘yib, sochlarini oldiraverganlar. Ular Ka’bani tavof aylamay, jonliqlari qurbonlik 

qilinadirgan joyga olib borilmay turib, barcha haj ta’qiqlaridan xalos bo‘lishdi. O’shanda, 

Janob Rasulullohning sahobalardan birortasiga (ham) qayta haj qilmoqni buyurganliklari 

to‘g‘risida hech narsa deyilmagan. Hudaybiya haramdan (muqaddas joydan) 

tashqaridadir». 

 

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu (Hajjoj) 



fitna qilgan yili Makkaga umra aylamoqqa kelganlarida, «Basharti, dushmanlar yo‘limni 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

359


to‘sib, Ka’baga o‘tkazishmasa, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga ilgari 

nima qilgan bo‘lsak, shuni qilg‘aydirman»,— dedilar-da, umraga talbiya aytdilar. 

Chunkim Nabiy sallallohu alayhi va sallam Hudaybiya yili umraga talbiya aytgan erdilar. 

Ibn Umar bir oz mulohaza qilib turib: «Haj va umraning udumlari bir xil bo‘lgach»,— 

dedilar-da, hamsuhbatlariga qarab, «Men sizlarning guvohligingizda bir yo‘la haj va 

umra qilmoqqa ahd etdim»,— deb qo‘shib qo‘ydilar. Keyin, ul kishi Ka’bani bir marta 

tavof aylab, «Shu kifoya qilg‘aydir»,— deb jonliqlarini zabh etdilar». 

 

25-bob. Olloh taoloning «Qaysi biringizkim betob bo‘lgaydirsiz yokim 



boshingizda illatingiz (bit) bo‘lg‘aydir, tovon uchun ro‘za tutg‘aydirsiz yokim 

sadaqa qilg‘aydirsiz yohud jonliq qurbonlik etg‘aydirsiz, bularning qaysi oirini 

qilmoq sizning ixtiyoringizdadir, biroq ro‘za tutsangiz, uch kun tutgaydirsiz» 

degan kalomi sharifi xususida 

 

Ka’b ibn Ujra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



(menga): «Hashoratlar (bit) seni bezovta qilsa kerak»,— dedilar. «Ha, yo Rasululloh»,— 

dedim. Ul kishi: «Sochingni oldirib, uch kun ro‘za tutg‘il yokim olti miskinni to‘ydirg‘il 

yokim bir qo‘yni qurbon qilg‘il!»—dedilar». 

 

26-bob. Olloh taoloning «... yokim sadaqa...» degan so‘zi oltita miskinni 



to‘ydirmoqni anglatadir 

 

Ka’b ibn Ujra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Hudaybiyada ekanlig‘imizda tepamda turgan erdilar, boshimni bitlab ketganlig‘ini ko‘rib: 

«Seni bitlar bezovta qilayotirmi?» - dedilar. Men: «Ha»,- dedim. Ul kishi: «Sochingni 

oldirg‘il!» - dedilar. Shu payt, Olloh taoloning «Qaysi biringizkim betob bo‘lgaydirsiz 

yokym boshingizda illatingiz (bit) bo‘lg‘aydir..» degan oyati meni deb nozil bo‘ldi. 

Shunda, Janob Rasululloh menga: «Uch kun ro‘za tutg‘il, yokim olti miskinga bir farq (16 

ratl) taom berg‘il, yohud qurbingga qarab jonliq qurbonlik qilg‘il!» - dedilar». 

 

27-bob. Fidya (jarima) uchun yarim so’ taom sadaqa qilmoq haqida 

 

Abdulloh ibn Ma’qil rivoyat qiladirlar: «Ka’b ibn Ujra raziyallohu anhuning yonida o‘tirgan 



erdim, undan fidya to‘g‘risida so‘radim, ul kishi: «Mazkur oyat mening haqimda nozil 

bo‘lgan ersa ham, sizlarning barchangizga taalluqlidir. O’shanda meni Janob 

Rasulullohning huzurlariga bir yumush birlan yuborishgan erdi, boshimdan bitlar 

yuzimga to‘kilib turar erdi. Shunda Janob Rasululloh menga: «Seni bunchalik bitlab 

ketgansan, deb o‘ylamagan erdim, juda qiynalib qolibsan-ku! Bitta qo‘y topa 

olg‘aymisen?»-dedilar. Men: «Yo‘q»,- dedim. «Unda uch kun ro‘za tutg‘il yokim olti 

miskinni to‘ydirg‘il, har bir miskinga yarim so’dan taom berg‘il!» - dedilar (1 so’ - 4 

mudd, 1 mudd-1,33 ratl)». 

 

28-bob. Fidya uchun bir qo‘y qurbonlik qilinadir 

 

Abdurrahmon ibn Abu Laylo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Ka’b ibn Ujraning boshidan yuziga bit o‘rmalab turganini ko‘rib: «Seni bit bezovta 

qilayotirmi?»-dedilar. Ka’b: «Ha»,- dedi. Janob Rasululloh unga sochini oldirmoqni 

buyurdilar. Shunda ular Hudaybiyada turishgan bo‘lib, ehromlarini shu yerda yechish-

echmasliklari aniq emas erdi, chunki ular Makkaga kirmoq niyatida erdilar. Shu payt, 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

360


Olloh taolo fidya haqidagi oyati karimasini nozil qildi. Mazkur oyatga binoan, Janob 

Rasululloh olti miskinni bir farq taom birlan to‘ydirmoqni yokim bir qo‘y qurbon qilmoqni 

yohud uch kun ro‘za tutmoqni buyurdilar». 

 

29-bob. Olloh taoloning «... shaloq so‘z... (aytilmagaydir)» degan kalomi 



sharifi xususida 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Ka’baga haj qilgan kishi shaloq so‘z aytmay, buzuqlik qilmay, onasidan tug‘ilgandek 

pok bo‘lib qaytsin!» - dedilar». 

 

30-bob. Olloh taoloning «Hajda buzuqlik ham, janjal ham bo‘lmasin!» degan 

kalomi sharifi xususida 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 



«Baytullohga haj qilgan kishi shalq so‘zlamay, buzuqlik qilmay, onasi tuqqan kundagidek 

pok bo‘lib qaytsin!» - dedilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

361


ÉΟó¡Î0

 

«!$#



 

Ç⎯≈uΗ÷q§9$#

 

ÉΟŠÏm§9$#



 

 

BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI 



 

1-bob. Haj vaqtidagi ov va shu kabilar jariymasi haqida 

 

Olloh taolo bu xususda bunday deydir: «Ehromdalig‘ kezingizda hayvonlarni ov qilib, 



o‘ldirmangiz, qaysi biringizkim qasddan o‘ldirg‘aydirsiz, o‘ldirilgan hayyunga yarasha 

jariyma to‘lag‘aydirsiz. Bunda, oralaringizdan ikki adolatlig‘ kishi tayin etilib, ular sizga 

Ka’baga munosib qurbonlik aylamog‘ingizni yokim oltita miskinga kafforat uchun taom 

bermog‘ingizni yohud qilgan yomonlig‘ingizning jazosini tortmog‘ingiz uchun ro‘za 

tutmog‘ingizni hukm qilg‘aydir. Olloh o‘tgan gunohlarni kechirg‘aydir, ammo kimki qayta 

gunoh qilg‘aydir, Olloh undan o‘ch olg‘aydir, Olloh o‘ch olmoqqa qodirdir! Ul sizlarga va 

musofirlarga dengiz hayvonlarini ov qilmoqqa va ularning go‘shtlarini iste’mol 

aylamoqqa ruxsat etdi. Ammo, ul sizlarga ehromdalig‘ kezingizda quruqlikdagi 

hayvonlarni ov qilmoqni man’ aylag‘andir. Bir kuni o‘zlaringiz dargohida to‘planadirgan 

Ollohdan qo‘rqingiz! 

 

Ibn Abbos va Anas raziyallohu anhumo: «Ehromdagi odam ov hayvonlaridan tashqari 



bo‘lgan tuya, qo‘y, mol, ot va tovuq kabi jonliqlarni so‘ysa, gunohi yo‘qdir»,- deyishadir. 

 

Abdulloh ibn Abu Qatoda rivoyat qiladirlar: «Otam (Abu Qatoda) Hudaybiya yili yo‘lga 



tushdilar. Sheriklari ehrom bog‘lashdi-yu, ul kishi ehrom bog‘lamadilar. Ittifoqo, Nabiy 

sallallohu alayhi va sallamga dushman bosib kelayotganini xabar qilishdi. Nabiy 

sallallohu alayhi va sallam qo‘zg‘oldilar. «Men bir necha o‘rtoqlarim birlan turgan erdim

ular o‘zaro kula boshlashdi,- deydilar otam,-qarasam, bir qulon turibdir, darhol unga 

nayza sanchdim, Ko‘tarishib yuboringiz, olib ketaylik! desam, ular bosh tortishdi. Keyin, 

biz qolib, uning go‘shtidan yedik. Boshqa sheriklarimiz ketib bo‘lishgan erdi, biz ulardan 

ajralib qolmoqdan qo‘rqdik. Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamga yetib olmoq uchun 

otimni bir chopdirib, bir yo‘rg‘alatib ketdim. Kechasi men Baniy Rifor qabilasiga mansub 

bir kishini uchratib qolib, unga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamni qaerda qoldirib 

kelmakdasen?» - dedim. Ul kishi: «Ta’hinda qoldirdim»,- dedi. Men ul aytgan yerga 

yetib borib, «Yo Rasululloh, ahli ayolingiz sizga salom aytib yubordilar, ular sizdan ajralib 

qolmoqdan qo‘rqmakdalar, ularni kutib turingiz, yetib olishsin!» -dedim. Keyin yana: «Yo 

Rasululloh, bir qulonni otib oldim, men uning go‘shtidan olib olganman»,- deb aytdim. 

Janob Rasululloh qavmlariga, ular ehromda bo‘lishlariga qaramay, «Olingiz, yengizlar!» - 

dedilar». 

 

2-bob. Ehrom kiyganlar ov hayvonini ko‘rib, kulib qo‘yishsayu, ehrom kiymagan 



odam buni bilib qolsa... 

 

Abdulloh ibn Abu Qatodaga otalari Abu Qatoda quyidagi hadisni rivoyat qilgan erkanlar: 



«Hudaybiya yili Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga yo‘lga chiqdik. Ul kishining 

sahobalari ehrom bog‘lashdi, men bog‘lamadim. G’iyqa degan yerda dushman 

to‘planayotganini xabar qilishdi. Biz o‘shal tomonga jo‘nadik. Yo‘lda sheriklarim bir 

qulonni ko‘rib qolishib, bir-birlariga qarab kula boshladilar. Men otimni chopdirib borib, 

unga nayza sanchdim. Keyin, sheriklarimdan ko‘tarishib ketmoqqa yordam so‘ragan 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

362


erdim, ko‘nishmadi. Shul boisdan o‘shal yerda qolib, uning go‘shtidan yedik. Biz Janob 

Rasulullohdan ajralib qolmoqdan qo‘rqdik. Men otimni goh chopdirib, goh yo‘rg‘alatib 

ketdim. Tunda Baniy G’ifor qabilasiga mansub bir kishini uchratib qolib, unga: 

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni qay yerda qoldirding?» - dedim. Ul: 

«Ta’hinda»,- deb aytdi. Keyin, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yetib olib: 

«Yo Rasululloh, sahobalaringiz sizga salom yo‘llab, Ollohning rahmatini tilab qoldilar, 

ular dushman yo‘llarini to‘sib, sizdan ajralib qolmoqdan xavfdalar, yetib olishguncha 

kutub turingiz!» - dedim. Keyin yana: «Yo Rasululloh, biz qulon ovlagan erdik, 

go‘shtidan olib kelganmiz»,- deb aytdim. Janob Rasuluyaloh sahobalarga, ular ehromda 

bo‘lishlariga qaramay, «Olingiz, yengizlar!»-dedilar». 

 

3-bob. Ehromdagi kishi ehromsiz kishiga ovni o‘ldirmoqda yordam bermaydir 

 

Abu Muhammad raziyallohu anhu Abu Qatodaning: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 



birlan birga Madinadan uch qo‘nim naridagi Qoha degan yerda bo‘ldik» -deganini 

zshitgandim»,- deydilar. 

 

Abu Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan 



birga Qohada bo‘ldik, oramizda ehrom bog‘laganlar ham, bog‘lamaganlar ham bor erdi. 

Ittifoqo, sheriklarimning nimanidir kuzatishayotganini payqab qoldim, qarasam, bir 

qulon turibdir. Shul payt, qamchinim tushib ketgan erdi, ular: «Biz ehromdadirmiz, 

senga yordamimiz tegmag‘aydir»,- deyishdi. Men ot ustida turib bir amallab 

qamchinimni oldim-da, tepalik orqasiga o‘tib, qulonni o‘ldirdim. Keyin, uni sheriklarim 

oldiga sudrab olib keldim. Shunda, ulardan ba’zilar: «Yengizlar!»-deyishsa, ba’zilari: 

«Yemangizlar!» - deyishdi. Buni eshitgach, men Janob Rasulullohning oldilariga borib: 

«Ne qilaylik?» - dedim. Ul kishi: «Yeyaveringizlar, haloldir (ruxsatdir)!» - dedilar». 

 

4-bob. Ehromdagi kishi o‘zi ko‘rib qolgan ov hayvonini ehromsiz kishiga 

«ovlag‘il!» deb ko‘rsatmaydir 

 

Usmon (Ibn Mavhib) raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam hajga niyat aylab, yo‘lga chiqdilar, sahobalar ham birga chiqishdi. Janob 

Rasululloh ulardan bir guruhini (Abu Qatoda ham shular birlan birga erdi) to‘xtatib, 

«Sizlar to uchrashmagunimizcha dengiz sohili bo‘ylab ketaveryngiz!» - dedilar. Ular 

dengiz yoqalab yurib ketishdi. Yo‘l-yo‘lakay Abu Qatodadan tashqari hammalari ehrom 

bog‘lab olishdi. Ittifoqo, qulonlarni ko‘rib qoldilar. Abu Qatoda darhol ulardan biriga 

nayza urib, o‘ldirdi-da, olib keldi. Hammalari ulovdan tushib, go‘shtidan (pishirib) 

yeyishdi. Keyin: «Ehromda bo‘la turib, ov go‘shtidan yeb qo‘yibmiz-da?!»-dedilar. So‘ng, 

qolgan go‘shtni olib, yo‘lga tushdilar. Yetib borishgach, Janob Rasulullohga: «Yo 

Rasululloh, biz yo‘l-yo‘lakay ehrom bog‘lab olgan erdik, Abu Qatoda ersa, bog‘lamagan 

erdi. Tasodifan qulonlar galasini ko‘rib qoldik. Abu Qatoda ulardan birini ovladi, 

hammamiz ulovdan tushib, go‘shtidan (pishirib) yedik. Keyin: «Ehromda bo‘la turib, ov 

go‘shtidan yeb qo‘yibmiz-a?!» — dedik-da, qolgan go‘shtni olib, oldingizga 

kelaverdik»,— deyishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «O’shanda birortangiz Abu Qatodaga 

ovni (qulonlarni) ko‘rsatib qo‘ymadingizmi, ishqilib?» — dedilar. Ular: «Yo‘q»,— 

deyishdi. Janyb Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, qolganini ham yeb qo‘yingizlar!» — dedilar». 

 

 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

363


5-bob. Ehromdagi kishiga tirik qulon hadya qilinsa, olmaydir 

 

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Sa’b ibn Jassoma al-Laysiy 



Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Abvo’ (yoki Buddon) degan yerda bir tirik qulon 

hadya qilgan erdi, olmadilar. Keyin, uning xafa bo‘lganini ko‘rib: «Biz ehromda 

bo‘lganimiz uchungina hadyangni rad etdik»,— dedilar. 

 

6-bob. Ehromdagi odam qanday jonliqlarni o‘ldirishi mumkin? 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ehrom 



bog‘lagan kishi besh xil jonliqni o‘ldirsa, gunoh bo‘lmag‘aydir»,— deb aytganlar»,— 

deydilar. 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Menga Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ayollaridan 



biri: «Ehrom bog‘lagan kishi o‘ldirmog‘i mumkin»,— deb aytgandar»,— deydilar. 

 

Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladirlarkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«(Ehrom bog‘lagan kishi) besh toifa jonliqni — qarg‘a, kalxat, sichqon, chayon va 

qopag‘on itni o‘ldirsa, gunoh bo‘lmag‘aydir»,— deb aytgan erkanlar. 

 

Oisha raziyallohu anho aytadilarkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Besh tur 



hayvon — qarg‘a, kalxat, chayon, sichqon va tishlang‘ich it zararkunanda bo‘lib, ularni 

ehrom bog‘lagan kishi o‘ldirsa, gunohkor bo‘lmag‘aydir»,— degan erkanlar. 

 

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu bunday deb naql qiladirlar: «Biz Nabiy sallalloxu 



alayhi va sallam birlan Minodagi g‘orda turganimizda ul kishiga «Va-l-Mursalot» surasi 

nozil bo‘lib, uni tilovat qilmoqqa kirishdilar, men ersam, ul zotning muborak og‘izlaridan 

mazkur sura so‘zlari chiqishi bilanoq, darhol yod ola boshladim. Ittifoqo, bir ilon bizga 

tashlandi, Janob Rasululloh: «Uni o‘ldiringizlar!» — dedilar. Hammamiz ilonga 

tashlangan bo‘lsakda, u qochmoqqa ulgurdi. Shunda ul kishi: «Sizlar ilonning 

yomonlig‘idan qutulib qolganingizdek, ul ham sizning yomonlig‘ingizdan qutulib qoldi»,- 

dedilar». 

 

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: 



«Janob Rasululloh kaltakesakni ko‘rsatib, bu jirkanch maxluq, dedilar, lekin uni 

o‘ldirmakni buyurganlarini eshitmaganman». «Bundan, kaltakesakni o‘ldirmoq mumkin 

ermas, degan xulosa kelib chiqmaydir, chunkim ular (sahobalar) ilonni o‘ldirmakni 

gunoh, :deb hisoblashmadi-ku!» - deydilar Abu Abdulloh. 

 

7-bob. Makkaning (Haramning) daraxtlari butalmaydir 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Haramning hatto tikani 



ham yulinmag‘aydir, deb aytganlar»,- deydilar. 

 

Sa’id ibn Abu Sa’id al-Maqyuriy rivoyat qiladirlar: «Abu Shurayh al-Adaviy Makkaga 



qo‘shin yuborayotgan Amr ibn Sa’idga: «Ey Amr, menga ijozat bersangiz, Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallamning Makka fath qilingan kunning ertasiga aytgan so‘zlarini 

sizga aytib berardim, so‘zlayotganlarini o‘z ko‘zim birlan ko‘rganman, gaplarini 

quloqlarim birlan eshitib, qalbimga jo qilgandirman»,-dedi-da, Janob Rasulullohning 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

364


gaplarini Olloh taologa hamdu sanolar aytib, quyidagicha naql qildi: «Makkani Olloh 

taolo muqaddas qildi, odamlar ermas, shundoq bo‘lgach, Ollohga iymon keltirib, oxirat 

kuniga ishongan kishi bul shaharda qon to‘kmasligi va birorta o‘simlikni yulmasligi 

lozimdir. Agar biror kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘zlari Makkada 

jang qilganlar-ku?!» - desa, «Janob Rasulullohga Olloh taolo ijozat bergan, sizlarga 

ruxsat bergan ermas»,- deb aytingiz. Olloh taolo menga kunduzi faqat bir soatgina jang 

qilmoqqa ruxsat berdi. Makkaning kechagi muqaddasligi bugun yana o‘z o‘rniga keldi. 

Bul yerda hozir bo‘lganlar kelmaganlarga so‘zlarimni yetkazsinlar!» 

 

«O’shanda Amr sizga ne degan erdi?» - deb so‘rashibdi Abu Shurayhdan. «Men bul 



haqda sekdan ko‘ra yaxshiroq bilg‘ayman, Makka (Haram) osiy bandaga ham, (nohaq) 

qon to‘kib yokim (nohaq) vayron qilib, qochib kelganga ham panoh bo‘la olmag‘aydir»,- 

deb aytgan erdi»,- debdirlar Abu Shurayh. 

 

8-bob. Makkaning (haramning) yovvoyi hayvonlarini hurkitib bo‘lmasligi 



haqida 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Olloh 



taolo Makkani muqaddas qildi. Mendan oldingilarga ham, mendan keyingilarga ham bu 

yerda urush qilmoq man’ etilgandir, menga kunduzi bir soatgina urush qilmoqqa ruxsat 

berildi. Bu yerning o‘simliklari yulinmag‘aydir, daraxtlari kesilmag‘aydir, hayvonoti 

bezovta qilinmag‘aydir. Birovlar yo‘qotgan narsalar, faqat egasiga ma’lum qilmoq 

maqsadidagina olinmog‘i mumkindir»,- dedilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, izxirnigina 

yulmoqqa ijozat etsangiz. Chunki undan kasb-hunar ahli foydalang‘aydir, aholi ersa, 

qabrga ishlatg‘aydir»,- dedim. Janob Rasululloh: «Mayli, izxirni yula qolingizlar!» - deb 

aytdilar». 

 

9-bob. Makkada urush qilmoq man’ qiling‘aydir 

 

Abu Shurayh raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam, Makkada qon to‘kmoq 



mumkin ermas, deb aytganlar»,- deydilar. 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Makka fath qilingan kuni Nabiy sallallohu 



alayhi va sallam: «Endi hech hijrat qilinmag‘aydir, ammo jihod aylab, maqsadga 

erishmoq kerakdir. Agar jihodga da’vat etilg‘aydirsiz, darhol boringiz! Bul shaharni Olloh 

taolo yeru-ko‘kni yaratgan vaqtdan to qiyomatgacha muqaddas qilgandir. Mendan 

oldingilarga ham, mendan keyingilarga ham bul yerda urush qilmoq man’ etilgandir. 

Menga faqat kunduzi bir soatgina jang qilmoqqa ijozat berildi. Olloh taoloning ta’qiqiga 

binoan, bul yerda jang qilmoq qiyomatga qadar man’ qilingandir. Bul yerning o‘t-o‘lanlari 

ham yulinmasin, hayvonoti hurkitilmasin, birovlar yo‘qotgan narsalar egasiga ma’lum 

qilmoqdan bo‘lak maqsadda olinmasin!» - deb aytdilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, 

izxirdan kasb-hunar ahli hamda aholi foydalang‘aydir»,- degan erdim, ul kishi: «Izxirdan 

boshqasini yulmangizlar!» - dedilar». 

 

10-bob. Ehromdagi kishining qon oldirmog‘i haqida 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehrom bog‘lagan 



hollarida qon oldirdilar»,- deydilar. 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

365


Ibn Buhayna raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Lahyu Jamal degan 

yerda ehrom kiyg‘an hollarida boshlarining o‘rtasidan qon oldirdilar»,- deydilar. . 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ehromda bo‘la turib, 



Maymunaga uylandilar»,- deydilar. 

 

12-bob. Ehrom bog‘lagan erkak va ayolga qanday xushbo‘y narsalarni 



ishlatmoq man’ qilinadir? 

 

Oisha raziyallohu anho: «Vars (xushbo‘y modda) yoki za’faron tekkan kiyimni ehrom 



bog‘lagan ayol kiymag‘aydir»,- deb aytganlar. 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, 



ehromdalig‘ kezimizda bizga qanday kiyim kiymoqni buyurasiz?»-deb so‘radi. Nabiy 

sallallohu alayhi va sallam: «Ko‘ylak va ishton, salla va burnus kiymangiz, kimning hajga 

munosib oyoq kiyimi bo‘lmasa, mahsisining qo‘njini to‘piqdan pastroq qilib kesib 

tashlasin, za’faron va vars tekkan kiyimni ham kiymangiz. Ehrom bog‘lagan ayol yuzini 

butunlay berkitib olmasin hamda qo‘llariga qo‘lqop kiymasin!» - dedilar». 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir ehrom bog‘lagan kishi tuyadan yiqilib, 



bo‘yni sinib, o‘ldi. Janob Rasululloh uni olib kelmoqni buyurdilar-da: «Yuvib, 

kafanlangizlar, biroq boshini o‘rab qo‘ymangizlar, xushbo‘y narsalar ham sepmangizlar, 

chunkim u talbiya aytib tirilg‘aydir»,- dedilar». 

 

13-bob. Ehromdagi odamning gusl qilmog‘i qaqida 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Ehrom bog‘lagan odam hammomga tushmog‘i mumkin»,- 



deydilar. Ibn Umar va Oisha onamiz ehrom bog‘lagan odamning hammomda ishqalab 

yuvinmog‘i zararsizdir, deb hisoblashgan. 

Ibrohim ibn Abdulloh ibn Hunayn raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn 

Abbos va Misvar ibn Maxrama Abvo’ degan yerda o‘zaro tortishib qoldilar. Abdulloh ibn 

Abbos: «Ehrom bog‘lagan odam boshini yuvmog‘i mumkin» ,— desalar, Misvar: «Ehrom 

bog‘lagan odam boshini yuvmag‘aydir» ,— deb aytdilar. Shunda, Abdulloh ibn Abbos 

meni Abu Ayyub al-Ansoriyning oldilariga yubordilar. Men Abu Ayyub raziyallohu 

anxuning quduq yonida o‘zlarini kiyim birlan pana qilgan holda cho‘milayotganlarini 

ko‘rdim. Yaqin borib, salom berdim, Ul kishi: «Bul kimdir?» - dedilar. «Bu men, Abdulloh 

ibn Hunaynman. Meni Abdulloh ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

ehromdalig‘ kezlarida boshlarini qanday yuvar erkanlar, bilib kelg‘il!» - deb sizning 

oldingizga yubordilar»,- dedim. Abu Ayyub pana qilib qo‘yilgan kiyimni qo‘llari birlan bir 

oz pasaytirdilar, shunda menga boshlari ko‘rindi. Keyin, oldilaridagi suv quyib berib 

turgan kishiga: «Suv quyg‘il!»- dedilar, u boshlaridan suv quydi. So‘ng, ikki qo‘llari 

birlan peshonalaridan ensalariga va ensalaridan peshonalariga mash tortdilar-da, «Men 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shunday qilganlarini ko‘rdim»,-dedilar». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling