Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 106-bob. Zulhulayfada tuyasining bo‘yniga kavsh osib, qurbonlik ekanligini belgilab qo‘ygan kishi xususida
- 107-bob. Tuya va sigir bo‘yniga belgi bog‘laydirgan ip yigirmoq haqida
- 108-bob. Tuya bo‘yniga belgi osmoq haqida
- 109-bob. Jonlig‘i bo‘yniga belgini o‘z qo‘li birlan osib qo‘ygan kishi xususida
- 110-bob. Qo‘yning bo‘yniga belgi osmoq haqida
- 111-bob. Belgi osadirgan iplar jundan yigiriladir
- 114-bob. Yo‘lda jonliq sotib olib, uning bo‘yniga belgi osgan kishi haqida
- 115-bob. Erkak kishining o‘z xotinlari nomidan, ular aytmagan bo‘lsa ham, sigir zabh qilmog‘i to‘g‘risida
- 116-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Minodagi zabhgohlarida jonliq so‘yish haqida
- 118-bob. Tuyani boglab soymoq haqida.
- 119-bob. Tuyani tik turgizib soymoq haqida.
- 120-bob. Qurbonlik qilgan kishiga qurbonligidan ulush bermaydilar.
- 121-bob. Jonliqning terisi sadaqa qilinadir.
- 124-bob. Jonliqni qaeri yeyiladir, qaeri sadaqa qilinadir
- 125-bob. Soch oldirmasdan ilgari jonliq soyish haqida.
- 126-bob. Ehromini yechishdan oldin sochini tozgimaydigan qilib yopishtirib olib,keyin uni kalta qilib oldirgan kishi hususida.
- 127-bob. Ehromni yechishdan oldin soch oldirmoq haqida
- 128-bob. Umra qilgandan keyin sochni qisqartirmoq haqida
- 129-bob. Nahr kuni tavof qilmoq haqida
- 130-bob. Kechqurun tosh otib qo‘ysa yoki zabh qilmoqdan oldin sochini bilmasdan (yoki unutib) oldirib qo‘ysa...
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 338
105-bob. Yo‘lda jonliq sotib olgan kishi haqida
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu otalariga: «Bu yil haj qilmay turingiz, chunkim men odamlar o‘rtasida urush bo‘lmasligiga amin emasman, (kofirlar) sizni Ka’baga qo‘ymasliklari mumkin»,-dedi. Otalari: «Shunday qilynsa, unda men Janob Rasululloh singari ish tutgaydirman. Olloh taolo: «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir»,- deydir. Men sizlarni guvoh qilib, o‘zimga umrani vojib etdim, deb e’lon qilg‘aymen»,- dedilar. Shundan keyin, ul kishi umraga ehrom bog‘ladilar. Keyin, Baydo’ga kelib, bir yo‘la ham haj, ham umraga tahlil aytdilar- da: «Haj ham, umra ham bir xil savobga molikdir»,- dedilar, Keyin, Qudayddan jonliq olib, Makkaga keldilar, so‘ng haj va umra uchun Ka’bani bir marotaba tavof qildilar, haj va umrani to‘la-to‘kis ado etmagunlaricha ehromlarini yechmadilar».
belgilab qo‘ygan kishi xususida
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Madinadan jonliq tuya haydab kelsalar, Zulhulayfada uni qiblaga qaratib cho‘ktirib, belgi sifatida (bo‘yniga) kavsh osib qo‘yardilar, keyin o‘rkachiga pichoq sanchib, atrofiga qon birlan chiziq chizar erdilar».
Misvar ibn Maxrama va Marvon rivoyat qilishadir: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir necha yuz sahobalari birlan yo‘lga chiqdilar. Zulhulayfaga yetganlarida tuyalari bo‘yniga kavshlarini osib, ham o‘rkachini qonatib, qurbonlik ekanligini belgilab qo‘ydilar, so‘ng umraga ehrom bog‘ladilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning tuyalari bo‘yniga belgi bog‘lamoq uchun o‘z qo‘lim birlan ip yigirib berdim. Janob Rasululloh u birlan belgi bog‘ladilar, keyin o‘rkachini qonatib, chiziqlar chizib qo‘ydilar-da, (hajga) jo‘natdilar. Shunda, ul kishi hajda qilinmaydirgan ishlardan mahrum bo‘lmadilar».
Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Yo Rasululloh, odamlar ehromlarini yechishdi, nega siz yechmadingiz?» - dedim. Janob Rasululloh: «Chunkim men sochimni to‘zg‘imaydirgan qilib (yopishtirib) oldim, jonlig‘imga belgi osdim, shul sababdan hajdan qutulmagunimcha ehromimni yecha olmasman»,-dedilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinadan jonliq haydab kelsalar, bo‘yniga belgi osadirgan ipini yigirib berardim. Keyin, ul kishi ehrom kiygan kishi qilmaydirgan ishlarni ham qilaverar erdilar».
Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam jonliq bo‘yniga belgi osib va badanini qonatib, qurbonlik ekanini belgilab qo‘ydilar-da, umraga ehrom bog‘ladilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jonliqlari bo‘yniga belgi osmoq uchun ip yigirib berdim. Keyin, ul kishi jonliqlari bo‘yniga belgi osib Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 339
(yokim men o‘zim osib qo‘ydim shekilli) va badanini qonatib, qurbonlik ekanini belgilab qo‘ydilar. So‘ng, o‘zlari Madinada qolib, uni bir kishi orqali Makkaga jo‘natdilar. Shunda, ul kishi hajda man’ qilinadirgan ishlardan mahrum bo‘lmadilar».
Amra binti Abdurrahmon rivoyat qiladirlar: «Ziyod ibn Abu Sufyon Oisha raziyallohu anhoga: «Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu, hajga jonliq jo‘natgan kishi ehrom bog‘lagan kishi kabi jonlig‘i zabh qilinguniga qadar makruh ishlardan o‘zini tiyib turmog‘i lozimdir, deydir»,- deb maktub yo‘lladi. Oisha raziyallohu anho: «Ibn Abbos aytganicha ermas, men Janob Rasulullohning jonliqlari bo‘yniga belgi osadirgan ipni o‘z qo‘lim birlan yigirib berardim, ul kishi o‘z qo‘llari birlan uni bog‘lardilar, so‘ng uni otam (Abu Bakr) orqali hajga berib yuborardilar, Shunda, Janob Rasululloh jonliqlari zabh qilingunga qadar Olloh taolo halol qilgan biror narsadan mahrum bo‘lganlari yo‘q»,- deb javob yo‘lladilar».
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qurbonlik uchun hajga bir marta qo‘y yubordilar»,- deydilar.
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga belgi osadirgan ip yigirib berardim, ul kishi qo‘yni bo‘yniga belgi osib, Makkaga yuborar erdilar, o‘zlari ersa, ehrom bog‘lamay uyda qolar erdilar»,- deydilar.
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga belgi osadigan ip yigirib berardim, u birlan qo‘yning bo‘yniga belgi osib, Makkaga yuborardilar, o‘zlari ersa, ehrom bog‘lamay (uyda) qolar erdilar»,- deydilar.
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jonliqlari bo‘yniga belgi osadigan ip yigirib berardim»,- deydilar. Ya’ni, ehrom bog‘lamakdan avval jonliq bo‘yniga osadigan ipni nazarda tutayotirlar.
Umm ul-mo‘‘minin (Oisha onamiz): «Jonliq bo‘yniga belgi osadirgan iplarni uyimizdagi junlardan yigirar erdim» ,— deydilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiyulloh sallallohu alayhi va sallam qurbonlikka atalgan tuyani haydab borayotgan bir kishini ko‘rib: «Uni minib olg‘il!»- dedilar. U kishi: «Bu qurbonlik-ku!» - dedi. «Uni minib olg‘il!»-dedilar takroran. Keyin, boyagi kishining Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan tuyaga mingashib ketayotganini, tuya bo‘ynida ersa, kavsh osilib turganini ko‘rdim»..
Bu hadisga Muhammad ibn Bashshor ham mutoba’at qilganlar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 340
113-bob. Tuya to‘qimihaqida
Ibn Umar raziyallohu anhu tuya to‘qimiga tegmay, o‘rkachinigina kesar erdilar. Agar tuyani so‘yadirgan bo‘lsalar, to‘qimini, qon tegib ifloslanib qolishidan cho‘chib, yechib olar erdilar, keyin uni sadaqa qilar erdilar. Ali raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga so‘ygan tuyamning to‘qimi va terisini sadaqa qilmoqni buyurdilar»,- deydilar.
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Zubayr raziyallohu anhu xalifaligi davrida, Haruriya haji yili haj qilmoqchi bo‘ldilar. Shunda ul kishiga: «Odamlar o‘zaro urushmoqdalar, ular sizning haj qilmog‘ingizga mone’lik etishmasa, deb qo‘rqg‘aymiz»,- deyishdi. Ibn Umar «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir»,- degan oyatni o‘qib, «Agar shunday qilsalar, Janob Rasululloh kabi ish tutg‘aydirmen, sizlarning huzuringizda o‘zimga umrani vojib qildim, deb e’lon etg‘aydirmen»,- dedilar. Shundan so‘ng, ul kishi umraga ehrom bogladilar. Keyin, Baydo’ga kelib, bir yo‘la ham haj, ham umraga talbiya aytdilar-da, «Haj ham, umra ham bir xil savobga molikdir. men haj va umrani birga qo‘shib ado etg‘aymen, deb sizlarni guvoh qilurmen»,- dedilar. So‘ng, jonliq sotib olib, bo‘yniga belgi osdilar-da, Makkaga jo‘natdilar. O’zlari (ham) Makkaga kelgach, Ka’bani tavof aylab, Safoda sa’y qildilar, bundan ortiq hech narsa qilmadilar. Nahr kunigacha ehrom bog‘laganlarga man’ etilgan ishlarni qidmadilar. So‘ng, sochlarini oldirib, jonliqlarini zabh qildilarda, Ka’bani bir marta tavof qilganlaricha haj va umrani ado etdim, deb hisobladilar. Keyiy: «Nabiy sallalloho‘ alayhi va sallam ham shunday qilgan erdilar»,-deb qo‘ydilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga faqat haj qilmoq niyatida Zulqa’da oyining oxirgi besh kunligida yo‘lga chiqdik. Makkaga yaqinlashganimyzda Janob Rasululloh: «Kimning jonlig‘i bo‘lmasa, Ka’bani tavof aylab, Safo va Marvada sa’y qilgandan keyin, ehromini yechsin!» - deb farmon berdilar. Nahr kuni kelgach, bizga sigir go‘shti olib .kelishdi. Shunda men: «Bu nechuk go‘shtdir?»- deganimda, «Rasululloh zaifalari nomidan sigir zabh qildilar»,- deb aytishdi».
Nofi’: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu muayyan bir zabhgohda jonliq so‘yardilar»,- deydilar. Ubaydulloh ibn Umar: «Bu - Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zabhgohlari erdi»,- deydilar.
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu, tun oxirlab qolganda Jam’dan, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zabhgohlariga olib borib so‘ysinlar deb, ozod kishilar va mamluklardan iborat hojilar orqali jonliq berib yuborar erdilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 341
117-bob.Jonliqni o'z qo'li birlan zabh qilgan kishi hususida
Anas raziyallohu anhu: . «Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘z qo‘llari birlan yetti tuyani tik turg‘azib zabh qildilar va Madinada ikki ola, shoxdor qo‘chqorni so‘ydilar»,- deb hadisni qisqartirib rivoyat qilib berdilar.
Ziyo ibn Jubayr: «Men, Ibn Umar raziyallohu anhuning, bir kishi o‘z tuyasini cho‘ktirib bo‘g‘izlayotganida kelib qolib, unga: «Turg‘izib, oyogini bog‘lab, zabh qilg‘il, bu - Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sunnatlaridir!»- deganlarining shohidiman»,- deydilar.
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari (bo‘yicha zabh qilmoq lozimdir)»,- dedilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu ersa: «Ularni turgizib, saf qilib (zabh qilmoq lozimdir)»,- dedilar.
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinada to‘rt rak’at peshin va Zulhulayfada ikki rak’at asr o‘qidilar. O’sha kuni Zulhulayfada qolib, tong yorishgach, tuyalariga minib tahlil va tasbih aytganlaricha yo‘lga tushdilar. Baydo’ga kelgach, birvarakayiga haj va umraga talbiya aytdilar. Makkaga kirganlarida odamlarga ehromlarini yechmoqni buyurdilar. Keyin, Nabiy sallallohu alayhi va sallam yettita tuyani turg‘izib qo‘yib, o‘z qo‘llari birlan zabh qildilar, Madinada ersa, ikkita ola, shoxdor qo‘chqorni so‘ydilar».
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinada to‘rt rak’at peshin va Zulhulayfada ikki rak’at asr o‘qidilar. So‘ng, tong otguncha shu yerda qolib, bomdod o‘qidilar, keyin tuyalariga minib yo‘lga chiqdilar. Baydo’ga kelgach, bir yo‘la umra va hajga ehrom bog‘ladilar».
Ali raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni tuya so‘ymoqqa yubordilar, men so‘ydim. Keyin, menga buyurdilar, go‘shtlarini (odamlarga) taqsimladim, keyin yana amr berdilar, to‘qimi va terisini ham taqsimladim»,-deydilar.
Ali raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam menga tuyalarni so‘ymoqni amr qildilar, men so‘ydim. lekin menga go‘shtidan ulush berishmadi»,-deydilar.
Abdurrahmon ibn Abu Laylo rivoyat qiladirlar: «Ali raziyallohu anhuga Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuyalarni so‘ymoqni buyuribdirlar, keyin ularni shundayligicha, go‘shti, terisi va to‘qimi birlan sadaqa qilib yubormoqni amr etibdirlar. Shunda, unga hech narsa berishmagan erkan».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 342
122-bob. Tuyaning to'qimi sadaqa qilinadir.
Ali raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam yuzta tuya qurbonlik qildilar. Shunda, menga topshirdilar, uning go‘shtlarini (odamlarga) taqsimladim, yana amr qildilar, to‘qimlarini ham taqsimladim, tag‘in buyurdilar, terilarini ham taqsimladim»,- deydilar.
Olloh taolo bunday deydir: «Ibrohimga Xonai Ka’ba yerini tayin qilib berganimizda «Menga hech narsani shirk keltirmag‘il va mening uyimni tavof qilg‘uvchilar, unda turguvchilar, ruqu’ va sajda aylag‘uvchilar uchun pokiza tutg‘il, odamlarni hajga da’vat etg‘il! Ular.har tarafdan, uzoq-uzoq yo‘llardan piyoda va oriq tuyalarni minib, o‘zlariga tegadirgan manfaatlarning guvohi bo‘lmoq uchun yu hayvonlarni rizqu nasiba qilib bergani shukronasiga Ollohning ismini muayyan kunlarda zikr qilmoq uchun oldingga kelishg‘aydir. Ulardan o‘zlaringiz ham tanovul qilingiz, nochor faqirlarga ham yediringiz, keyin badanlarining kirini ketkizsinlar, nazrlariga vafo qilsinlar va qadimiy Ka’bani tavof aylasinlar!» deb erdik. Buldir hukm: Kimki Olloh muharram qilgan narsalarni hurmat qilg‘aydir, Olloh dargohida xayriyatga erishg‘usidir!»
Umar raziyallohu anhu: «Ov qilingan yokim so‘yilgan hayvonning sadaqa etilgan go‘shtidan egasi yemag‘aydir, undan boshqa go‘shtlarini yesa bo‘lur»,- deydilar. Ato: «Mut’a go‘shtidan uning egasi ham, boshqalar ham yeydir»,- deydilar.
Ibn Jurayj rivoyat qiladirlar: «Ato raziyallohu anhu: «Men, Jobir ibn Abdullohning «Minoda o‘zimiz so‘ygan jonliqlar go‘shtidan uch kundan ortiq» yemas erdik. Nabiy sallallohu alayhi va sallam bizga: «Tanovul ham qilingiz, saqlab ham qo‘yingiz!» - dedilar. Biz aytganlaridek, ham yeb, ham saqlab qo‘yadirgan bo‘ldik» deganini eshitdim»,- dedilar. Men: «Jobir, Madinaga kelgunimizga qadar, deb aytdimi?» - dedim. Ato: «Yo‘q»,- dedilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Zulqa’da oyining besh kuni qolganda yo‘lga chiqdik, haj qilmoqdan boshqa niyatimiz yo‘q erdi. Makkaga yaqinlashganimizda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kim qurbonlikka jonliq yetaklab kelgan ersa, Ka’bani tavof aylagandan so‘ng ehromini yechsin!» - deb farmon berdilar. Ittifoqo, Nahr kuni bizga go‘sht keltirishdi. «Bu nedir?»- deb so‘raganimda, «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xotinlari nomidan qurbonlikka mol so‘ydilar»,- deyishdi».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Jonlig‘ini so‘ymoqdan oldin sochini oldirib qo‘ysa, ne bo‘lg‘aydir?» -deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Hechqisi yo‘q, zarari yo‘q»,- deb javob qildilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Tosh otmasdan burun tavof qilib qo‘yibdirmen, endi ne bo‘lg‘aydir?»-deb Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 343
so‘radi. Janob Rasululloh: «Hechqisy yo‘q, hechqisi yo‘q»,-dedilar. «Jonlig‘imni so‘ymasdan oldin soch oldirib qo‘yibdirmen»,- degan erdi, «Zarari yo‘q»,- deb javob qildilar. «Tosh otmasdan burun jonlig‘imni so‘yib qo‘yibdirmen»,- deganida ham «Hechqisi yo‘q»,- dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir kishi: «Kech kirganda tosh otibdirmen?» - dedi. Janob Rasululloh: «Zarari yo‘q»,- dedilar. «Qurbonlik qilmasdan burun soch oldirib qo‘yibdirmen»,- dedi. Janob Rasululloh: «Hechqisi yo‘q»,- dedilar».
Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bathodaliklarida, huzurlariga bordim. «Haj qildingmi?» - dedilar. «Ha»,- dedim. «Nimaga ehrom bog‘lading?» - dedilar. «Nabiy sallallohu alayhi va sallam nimaga ehrom bog‘lagan bo‘lsalar, o‘shanga»,- dedim. «Yaxshi qilibdirsen, borib Ka’bani tavof etg‘il, so‘ng Safo va Marvada sa’y aylag‘il!»-dedilar. Keyin, Baniy Qays qabilasiga mansub bir ayolning oldiga bordim, u sochimni tozaladi, so‘ng hajga ehrom bog‘ladim. Keyin men Hazrat Umar xalifa bo‘lgunlariga qadar, «Sizlar ham shunday qilingizlar!» deb boshqalarga fatvo berib yurdim. Hazrat Umar xalifa bo‘lganlarida buni aytgan erdim, ul kishi: «Agar Qur’onni olib o‘qisak, boshlagan ishimizni nihoyasiga yetkazmoq, Janob Rasulullohning sunnatlariga rioya etmrq buyurilganlig‘ini anglag‘aydirmiz, chunkim Rasululloh qurbonlikka atalgan jonliqlarini zabh qilmagunlaricha ehromlarini yechmaganlar»,- deb aytdilar».
olib,keyin uni kalta qilib oldirgan kishi hususida.
Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho: «Yo Rasululloh, odamlar umrani tugatishib, ehromlarini yechishdi-yu, nega siz hanuz ehromingizni yechmayotirsiz?» -dedilar. Janob Rasululloh: «Men sochimni to‘zg‘imaydirgan qilib yopishtirib olgandirman, endi qurbonlikka atalgan jonlig‘imni zabh qilmagunimcha ehromimni yecha olmasman»,- dedilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har safar hajdan keyin sochlarini oldirar erdilar»,- deydilar.
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo Olloh, sochini oldirganlarga rahmat aylag‘il!» -dedilar. Shunda: «Yo Rasululloh, sochini qisqartirganlarga ham, deb aytingiz!» -deyishdi sahobalar. Janob Rasululloh yana: «Yo Olloh, sochini oldirganlarga rahmat aylag‘il!» - dedilar. «Yo Rasululloh, sochini qisqartirganlarga ham, deb aytingiz!»-deyishdi yolborib sahobalar. Nihoyat, Janob Rasululloh: «Qisqartirganlarga ham»,- dedilar».
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh: «Olloh sochini oldirguvchilarga rahmat qilsin!» - deb bir necha bor aytdilar. Shunda, sahobalar to‘rt marta yolborib iltimos qilganlaridan so‘nggina: «Sochini qisqartirguvchilarga ham rahmat qilsin!»-deb qo‘ydilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 344
«Yo partardigor-o, sochini oldirguvchilarga rahm (rahmat) aylag‘il!» - dedilar. Sahobalar: «Sochini qisqartirguvchilarga ham»,- deb yolborishdi. Janob Rasululloh yana: «Yo parvardigor-o, sochini oldirguvchilarga rahm aylag‘il!» - dedilar. Sahobalar tag‘in: «Sochini qisqartirguvchilarga ham»,-deb yolborishdi. Janob Rasululloh yana: «Yo parvardigor-o, sochini oldirguvchilarga rahm aylag‘il!» - dedilar. Sahobalar tag‘in: «Sochini qasqartirguvchilarga ham»,- deb yolborishdi. Nihoyat, Janob Rasululloh: «Sochini qisqartirguvchilarga ham»,- . deb aytdilar».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam va bir guruh sahobalar soch oldirdilar qolganlar ersa, sochlarini qisqartirishdi»,-deydilar.
Muoviya raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sochlarini kamon o‘qining tig‘i birlan qisqartirdim»,-deydilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida sahobalarga Ka’ba hamda Safo va Marvani tavof aylamakni, so‘ng ehromlarini yechib, sochlarini oldirmakni yokim qisqartirmakni amr qildilar», - deydilar.
Abu Zubayr: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam (Nahr kuni) tavof aylamakni kechqurunga qoldirdilar»,- deydilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Minodan oldin Ka’bani tavof qilar erdilar»,- deydilar.
Ibn Umar raziyallohu anhu: «(Nahr kuni) Janob Rasululloh (Ka’bani) bir marta tavof ayladilar, endi, qaylula qilib olgach, Minoga borgaydirlar»,-dedilar.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga hajga chiqib, Nahr kuni tavofi ifoza qildik. O’sha kuni Safiyya hayz ko‘rib qoldi. Men buni Janob Rasulullohga aytgan erdim, ul kishi: «Bizni yo‘ldan qoldiradirgan bo‘libdir-da»,- dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasululloh, u (Safiyya) Nahr kuni tavofi ifoza qilib olgan erdi»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, yo‘lga chiqingiz!»- dedilar-da, Safiyyaga vidolashuv tavofini qilmaslikka ijozat berdilar».
Oisha raziyallohu anho: «Nahr kuni Safiyya tavofi ifoza qildi»,- deydilar. 130-bob. Kechqurun tosh otib qo‘ysa yoki zabh qilmoqdan oldin sochini bilmasdan (yoki unutib) oldirib qo‘ysa...
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan zabh qilmoq, soch oldirmoq yokim tosh otmoqni birining o‘rniga ikkinchisini almashtirib bajarish to‘g‘risida so‘rashganida, ul kishi: «Bularning o‘rnini almashtirsa, zarari yo‘qdir»,- dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nahr kuni Minoda Nabiy sallallohu alayhi |
ma'muriyatiga murojaat qiling