Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Zulhulayfada yotib qolib, tong ottirgan odam xususida


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


24-bob. Zulhulayfada yotib qolib, tong ottirgan odam xususida 

 

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi; va sallam 



Madinada to‘rt rak’at, Zulhulayfada ikki rak’at namoz o‘qidilar. Shu kuni Zulhulayfada 

qolib, tong ottirdilar. Ertalab tuyalariga minib talbiya aytganlarida, u qimirlamay tek 

turdi». 

 

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinada to‘rt 



rak’at peshin, Zulhulayfada ikki rak’at asr o‘qidilar, endi Zulhulayfada kechasi birlan 

qoladirgan ko‘rinadirlar»,- deb aytgan ekanlar. 

 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

311


25-bob. Baland ovoz birla tahlil aytmoq haqida 

 

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinada to‘rt rak’at 



peshin, Zulhulayfada ikki rak’at asr o‘qidilar, men Janob Rasululloh va sahobalarning 

baland ovoz birla tahlil aytishayotganini eshitdim»,- deydilar. 

 

26-bob. Talbiya aytmoq to‘g‘risida 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Labbayka-



l-lohumma lab-bayk, labbayka lo shariyka laka labbayk, inna-l-hamda va-n-ni’mata laka 

va-l-mulk, lo shariyka laka» deb talbiya aytar erdilar»,-deydilar. 

 

Oisha raziyallohu anho: «Men haqiqatan ham Nabiy sallallohu alayhi va sallamning 



qanday talbiya aytganlarini yaxshi bilaman, u. kishi: «Labbayka-l-lohumma lab-bayk, 

labbayka lo shariyka laka labbayk, inna-l-hamda va-n-ni’mata laka» deb talbiya aytar 

edilar»,- deydilar. 

 

27-bob. Ulovga minganda tahlildan ilgari takbir, tasbih va hamda hamd aytmoq 



haqida 

 

Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan birga Madinada 



to‘rt rak’at peshin, Zulhulayfada ikki rak’at asr o‘qidilar, so‘ng shu yerda qolib, tong 

ottirdilar. So‘ng, (ertalab) tuyalarini minib yo‘lga tushdilar. Baydo’ga borganda tuyalari 

to‘xtab, qimirlamay tek turdi, Janob Rasululloh Olloh taologa hamd, tasbih va takbir 

aytdilar, keyin ersa haj va umraga tahlil aytdilar. Boshqalar ham shunday qilishdi. Yetib 

borganimizda odamlarga amr qilib erdilar, ehromlarini yechishdi ta Tarviya kuni 

ekanligiga qaramay, hajga tahlil aytishdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuyalarni tik 

turg‘izib qo‘yib o‘z qo‘llari birlan qurbonlik qildilar, Madinada ersa, ikkita ola qo‘chqor 

so‘ydilar»,- deydilar. 

 

28-bob. Tuyasi ustida tahlil aytgan kishi xususida 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuyalari tik turgan vaqtda 



ustida tahlil aytdilar»,-deydilar. 

 

29-bob. Qiblaga yuzlanib tahlil aytmoq 

 

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Zulhulayfada bomdod o‘qiganlaridan 



keyin tuyalarini minishga hozirlab olib kelmoqni buyurar erdilar. Tuyani olib kelishgach, 

uni minar erdilarda, qiblaga yuzlanib Masjid al-Haromga kelguncha talbiya aytib kelar 

erdilar. Zu Tuvanga kelganlarida ersa, tonggacha yotib qolar erdilar. Bomdod o‘qisalar, 

g‘usl qilar erdilar va «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham shunday qilar erdilar»,- 

deb aytardilar». 

 

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Makkaga bormoqchi bo‘lsalar, 



o‘zlariga hidsiz moy surtardilar, so‘ng Hulayfa masjidiga kelib namoz o‘qirdilar. 

Namozdan so‘ng tuyalariga minib, ehrom bog‘lar erdilar, shunda tuya tik turgan bo‘lardi. 

Keyin: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ham shunday qilganlarini ko‘rganman»,- 

der erdilar». 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

312


 

30-bob. Vodiyga tushganda talbiya aytmoq qaqida 

 

Mujohid raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Biz Ibn Abbos raziyallohu anhu huzurlarida 



erdik. Odamlar Dajjolni eslashib, uning ikki ko‘zi orasiga «kofir» deb yozilgan, deyishdi. 

 

Ibn Abbos: «Men buni eshitmaganman, ammo men Muso alayhissalomning vodiyga 



talbiya aytib tushib kelayotganlarini ko‘rib turgandekman»,- dedilar. 

 

31-bob. Hayz va nifos ko‘rgan ayol qanday tahlil aytadir? 

 

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: 



«Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Hajjat ul-Vido’ga chiqib, umraga tahlil 

aytdik. Keyin, Janob Rasululloh: «Kimki o‘zi birlan qurbonlik olib kelgan bo‘lsa, haj birlan 

umraga tahlil aytsin va toki ikkala hajni ado etmaguncha ehromini yechmasin!» - 

dedilar. Men Makkaga hayz holimda kelib, Ka’bani tavof qilolmadim, Safo birlan Marva 

oralig‘ida yugurolmadim. Bu haqda Nabiy, sallallohu alayhi va sallamga aytuvdim, ul 

kishi: «Sochingni yozib, tarag‘il (ya’ni, g‘usl qilg‘il), so‘ng hajga ehrom bog‘lag‘il, umrani 

qo‘ya turg‘il!» - dedilar, Men aytganlarini qildim. Biz hajni tamomlab bo‘lganimizda, 

Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni Abdurrahmon ibn Abu Bakr birlan birga Tan’imga 

yubordilar, men umra qilib qaytdim. Shunda, Janob Rasululloh menga: «Bu, o‘sha 

bajara olmagan umrang o‘rniga o‘tg‘aydir»,- dedilar. O’shanda umraga niyat qilganlar 

Ka’bani tavof aylab, Safo va Marva oralig‘ida yugurishdi, so‘ng ehromlarini yechishdi. 

Minodan qaytishgach, yana bir marta Ka’bani tavof qilishdi. Ammo, birvarakayiga haj va 

umraga niyat qilganlar faqat bir martaba Ka’bani tavof qildilar». 

 

32-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam zamonlarida Iabiy sallallohu alayhi va 



sallam singari tahlil aytgan kishi xususida 

 

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ali raziyallohu 



anhuga ehromni yechmaslikni amr qildilar, chunki uning qurbonlig‘i bor erdi». 

 

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ali raziyallohu anhu Yamandan Nabiy 



sallallohu alayhi va sallam huzurlariga keldilar. Janob Rasululloh: «Nega tahlil aytding, 

hajgami, umragami?» — dedilar. Hazrat Ali: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam nimaga 

aytgan bo‘lsalar, men ham o‘shanga tahlil aytdim»,— deb javob berdilar. Janob 

Rasululloh: «Men ham sen nimaga niyat qilib ehrom bog‘lagan bo‘lsang, o‘shanga ehrom 

bog‘ladim»,— dedilar. 

 

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni 



Yamandagi bir qavm huzuriga yubordilar. Qaytib kelganimda Janob Rasululloh Bathoda 

erkanlar, mendan: «Nimaga niyat qilib, ehrom bog‘lading?» — deb so‘radilar. Men: 

«Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nimaga niyat qilib, ehrom bog‘lagan 

bo‘lsalar, men ham o‘shanga ehrom bog‘ladim»,— dedim. Janob Rasululloh: «Qurbonlik 

olib kelganmisan?»— deb so‘radilar. Men: «Yo‘q»,— dedim. Keyin, amr qildilar, men 

Ka’bani tavof aylab, Safo va Marva oralig‘ida yugurdim. So‘ng, menga ehromimni 

yechmoqni buyurdilar, yechdim. Keyin, bir ayolning oldiga bordim, u sochimni tarab 

qo‘ydi (yoki boshimni yuvib qo‘ydi). Shu payt, oldimga Umar raziyallohu anhu kelib, 

menga bundoq dedilar: «Agar biz Ollohning Kitobini olib, o‘qib ko‘rsak, bizga haj 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

313


amallarini nihoyasiga yetkazmoqni buyurganini ko‘rg‘aymiz. Olloh taolo: «Haj va umrani 

nihoyasiga yetkazingiz!» — deydi. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari 

masalasiga kelsak, ul kishi qurbonlik qilmagunlaricha ehromlarini yechmaganlar». 

 

33-bob. Olloh taoloning hajga oid oyati kariymasi haqida 

 

Olloh taolo: «Haj muayyan oylarda bo‘lg‘aydir, kimki shul oylarda hajga niyat aylagan 



ersa, hajni nihoyasiga yetkazmaguncha shaloq so‘zlarni aytmasin, fosiqlik va janjal 

qilmasin!» va yana: «Sizdan yangi oy chiqmog‘i haqida so‘rashg‘aydir, yangi oy, 

odamlar vaqt va haj mavsumini belgilamoqlari uchun chiqg‘aydir, deb ayting!» — deydir. 

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Shavvol va Zulqa’da oylarida hamda Zulhijja oyining o‘n 

kunligida haj qiling‘aydir»,— deganlar. Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Faqat haj 

oylaridagina ehrom bog‘lamoq sunnat qilingandir»,— deydilar. Usmon raziyallohu anhu 

Xurosondan yoki Kirmondan ehrom bog‘lab kelmoqni makruh, deb hisoblaganlar. 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz haj" oylarida, haj kechalarida va haj 



soatlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birgalikda yo‘lga chiqib, Sarif 

degan yerga kelib tushdik. Janob Rasululloh sahobalar oldiga chiqib: «Qay biringiz 

qurbonlik olib kelmagan ersangiz-u, umraga niyat qilgan ersangiz, umraga ehrom 

bog‘langiz, kimki qurbonlik olib kelgan ersa, bundoq qilmasin!»- dedilar. Shunda, ba’zi 

sahobalar umraga, ayrimlari hajga ehrom bog‘lashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam va ayrim sahobalar, qudrati yetib, qurbonlik olib kelishgani uchun ham, umraga 

ehrom bog‘lashdan mahrum bo‘ldilar. Men bu so‘zni tinglab, yig‘lab o‘tirgan erdim, Janob 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurimga kirib kelib: «Ey zaifam, nega 

yig‘larsen?» - dedilar. «Sizning sahobalaringizga aytgan so‘zlaringizni eshitdim, men 

umra qila olmas erkanman»,- dedim. «Senga ne qildi?» - deb so‘radilar. «Men namoz 

o‘qiy olmasmen (ya’ni, hayz ko‘rdim)»,- dedim. Janob Rasululloh: «Zarari yo‘qdir, sen 

ham Odam Atoning qizlaridan biridirsan, Olloh taolo ularning peshonalariga nimaiki 

yozgan bo‘lsa, senga ham yozgandir, hajingda davom qilaverg‘il»- dedilar. Keyin, biz 

hajdan chiqib, Minoga keldik, u yerda men toza bo‘ldim. So‘ng, Minodan chiqib, Ka’bani 

tavofi ifoza qildik. Keyin, Janob Rasululloh birlan birgalikda Minoning ikkinchi kuni (Mino 

kunlari 4 kun bo‘lg‘aydir) yo‘lga chiqib, Muhassab degan yerga kelib tushdik. Shunda, 

Janob Rasululloh Abdurrahmon ibn Abu Bakrni chaqirib: «Opang birlan ehromdan 

chiqg‘il, opang umraga ehrom bog‘lasin va umra ahkomlarini bajarib, shul yerga qaytib 

kelingiz, chunkim men sizlarni kutib turg‘aymen»,- dedilar. Biz yo‘lga chiqdik, men umra 

shartlarini ham bajardim, tavof ham qilib bo‘ldim. So‘ng, saharda Janob Rasulullohning 

oldilariga keldim. Ul kishi: «Umra qilib keldingizlarmi?» - dedilar. Men: «Ha»,- dedim. 

Keyin, sahobalarga yo‘lga otlanmoqni buyurdilar, odamlar Madinaga qarab yo‘l olishdi». 

 

34-bob. Tamattu’, iqron va ifrod haqida; qurbonligi yo‘q kishi hajga 

qo‘yilmaydir 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan 



birgalikda faqat haj qilg‘aymiz degan niyatda yo‘lga chiqdik. Yetib borgach, Ka’bani tavof 

ayladik. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kim qurbonlik yetaklab kelmagan ersa, 

ehromini yechsin!» - deb amr qildilar. Qurbonlik olib kelmagan bir qancha odamlar 

hamda Janob Rasulullohning (mendan boshqa) xotinlari ham ehromlarini yechishib, 

hajdan mahrum bo‘ldilar, chunkim ularning ham qurbonliklari yo‘q erdi. Men ersam, 

hayz ko‘rib Ka’bani tavof qila olmay qoldim. «Hasba» kechasi kelgach, «Yo Rasululloh, 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

314


odamlar bir yo‘la ham haj, ham umra qilib qaytmoqda, men ersam faqat haj qildim, 

xolos»,-dedim. Janob Rasululloh: «Makkada ekanligimizda tavof qilmaganmi erding?»-

dedilar. Men: «Yo‘q»,-dedim. Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, ukang birlan Tan’imga 

borib, umraga talbiya aytg‘il, so‘ng falon vaqtda qaytib kelg‘il!»- dedilar». 

 

Safiya raziyallohu anho bunday deydilar: «O’shanda odamlar mening umra qilib qaytib 



kelmog‘imni kutib, yo‘ldan qolishdi, deb o‘ylayman, chunki men ham hayz ko‘rib qolib, 

umra qilolmagan erdim-da! Janob Rasululloh menga: «Nechuk bema’nilik! Nahr kunlari 

(qurbonlik qiladirgan kunlar) tavof qilmadingmi?» - dedilar. Men: «Yo‘q»,- dedim. Janob 

Rasululloh: «Hechqisi yo‘q, tavof qilib kelg‘il!»-dedilar». 

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni 

Makkadan chiqib kelayotganlarida uchratib qoldilar, shunda men Makkaga kirib 

ketayotgan erdim, yoki ul kishi Makkaga kirib ketayotgan erdilar, men ersam, Makkadan 

chiqib kelayotgan erdim».  

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Hajjat ul-Vido’ yilida Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallam birlan birga yo‘lga chiqdik. Ba’zimiz umraga, ba’zimiz ersa, bir yo‘la 

ham haj, ham umraga talbiya aytdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hajga talbiya 

aytdilar. Ammo, kim hajga niyat qilgan ersa yokim ayni vaqtda ham hajga, hg.m 

umraga talbiya aytgan bo‘lsa, nahr kunigacha ehromini yechmadi». 

 

Marvon ibn Hakam aytadirlar: «Men, Usmon *va Ali raziyallohu anhumolar xalifalik 



qilishgan davrlarda, hajda bo‘ldim. Usmon bir yo‘la ham haj, ham umra qilmoqni man’ 

etdilar. Hazrat Ali ersa, bunga e’tibor bermay, «Labbayka bi-umratin va hajjatin» deb, 

ham hajga, ham umraga niyat ayladilar-da, «Zinhor birovning so‘ziga kirib, Nabiy 

sallallohu alayhi va sallamning sunnatlarini bajarmasdan qo‘ymasmen!»-dedilar». 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Odamlar haj oylarida umra qilmoqni yer 



yuzidagi jamiki fosiqliklardan ham yomon, deb hisoblashardi. Shuning uchun ham 

Muharram oyi o‘rniga Safar oyida umra qilishardi. Ular: «Agar tuyaning yag‘iri butunlay 

tuzalib, izi ham qolmasa va safar oyi tugasa, umra qilmoq mumkin bo‘lur»,- deyishardi. 

Nabiy sallallohu alayhi va sallam va sahobalari Zulhijja oyining to‘rtinchi saharida hajga 

talbiya aytib kelishdi. Janob Rasululloh sahobalarga haj o‘rniga umra qilmoqni amr 

qildilar. Bu ularga og‘ir botib, «Yo Rasululloh, hajga bog‘lab kelingan ehromni yechib

umraga qayta ehrom bog‘lamoq mumkinmi?» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Haj taqtida 

nimaga ruxsat etilgan bo‘lsa, hammasini qilmoq mumkindir» ,— deb javob berdilar». 

 

Abu Muso raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldim, 



ehromni yechmoqni buyurdilar»,- dedilar. 

 

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zaifalari Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: 



«Yo Rasululloh, odamlar nega umra qilib ehromlarini yechmakda-yu, siz 

yechmayotirsiz?»-deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Men sochimni to‘zg‘imaydirgan qilib 

yopishtirib olganman, keyin qurbonlik ham atab qo‘yganman. Shuning uchun 

qurbonligimni so‘ymasdan turib ehromimni yechmasman»,- dedilar». 

 

Abu Jamra Nasr ibn Imron rivoyat qiladirlar: «Men haj va umra qilmoq uchun ruxsat 



olgandim, lekin odamlar qo‘yishmadi. Shunda, Ibn Abbos raziyallohu anhuga shikoyat 

qildim. Ul kishi hajni davom ettirmogimni amr qildilar. Keyin, tush ko‘rdim. Tushimda bir 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

315


kishi menga: «Ezgu niyatda qilgan hajing va maqbul umrang muborak bo‘lsin!» - dedi. 

Men tushimni Ibn Abbosta aytib berdim. Ul kishi: «Bu, Nabiy sallallohu alayhi va 

sallamning sunnatlarini ado etganing uchundir»,-dedilar. Keyin, bunday dedilar: 

«Mening huzurimda bo‘lgil, men senga o‘z molimdan ulush ajratib berayin!» Shu’ba 

mendan: «Nega bunday qildilar?» - deb so‘radi. Men: «Ko‘rgan tushim evaziga»,- deb 

aytdim». 

 

Abu Shihob rivoyat qiladirlar: «Umra qilib bo‘lgach, Makkaga keldim. Tarviya kunidan 



uch kun burun Makkaga kirib keldik. Shunda, ayrim makkaliklar menga: «Qilgan 

hajingning savobi makkaliklar qilgan hajchalik savobga egadir»,-deyishdi. Men Ato 

raziyallohu anhuning huzurlariga fatvo so‘rab kirdim. Ato bunday dedilar: 

 

«Menga Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan bir 



kun davomida birga qo‘y yetaklab haj qilishganini aytib bergan erdilar. «O’shanda,- 

degandi menga Jobir,- har kim o‘zicha hajga talbiya aytdi. Janob Rasululloh 

sahobalarga: «Ka’bani tavof aylab va Safo va Marva oralig‘ida sa’y etib bo‘lgach, 

ehromni yechib, sochlaringizni kalta qilingiz, tarviya kunigacha ehrom bog‘lamangiz, 

keyin hajga talbiya aytib, ilgari qilganlaringizning hammasini qayta ado etingiz!» - 

dedilar. Sahobalar: «Nechuk qaytadan ado etg‘aymiz, axir biz haj qilurmiz, deb 

qo‘yganmiz-ku?!» - deyishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «Aytganimni qilingiz! Agar 

qurbonlik yetaklab kelmaganimda, o‘zim ham shundoq qilgan bo‘lur erdim, biroq atalgan 

qurbonlikni so‘ymay ehromimni yechmasman»,- dedilar. Shundan so‘ng, sahobalar 

Janob Rasulullohning amrlariga bo‘yinsunib, aytganlarini qildilar». 

 

Sa’id ibn Musayyab rivoyat qiladirlar: «Ali va Usmon raziyallrhu anhumo Usfon degan 



yerda ekashgaklarida mut’a to‘g‘risida tortishib qoldilar. Hazrat Ali: «Bir"yo‘la havd. haj, 

ham umra qilmoqni man’ etishing birlan, sen Nabiy sallallohu alayhi va sallamning 

sunnatlariga qarshi chiqqan bo‘lursen»,- dedilar-da, uning so‘ziga e’tibor bermay, bir 

vaqtning o‘zida haj birlan umraga talbiya aytdilar». 

 

35-bob. Hajga talbiya aytib qo‘ygan kishi haqida 

 

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam birlan birga Makkaga «Labbayka-l-lohumma labbayka bi-l-hajji» deb talbiya aytib 

keldik. Ammo, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga farmon berib erdilar, biz haj 

o‘rniga umra qildik». 

 

36-bob. Tamattu’ haqida 

 

Imron raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



zamonlarida tamattu’ qildik, uning joizligi to‘g‘risida Qur’on (oyat) ham nozil bo‘ldi. Bir 

kishi, bir paytlar o‘zboshimchalik qilib, og‘ziga kelganini aytgan erdi (ya’ni, tamattu’ 

qilmoqni man’ etgan erdi)». 

 

37-bob. Olloh taolo: «Bu - ahli Masjid ul-Haromda bo‘lmaganlar uchundir!» - 



deydir 

 

Ikrima raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos raziyallohu anhudan haj mut’asi 



to‘g‘risida so‘raganlarida, ul kishi bunday deb javob berdilar: «Muhojirlar, ansorlar va 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

316


Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ayollari Hajjat ul-Vido’da hajga ehrom 

bog‘lashdi, biz ham hajga talbiya aytdik. Makkaga kelganimizda, Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam: «Qurbonlikka jonliq atab olib kelganlardan tashqari, barchangiz hajga 

qilgan niyatingizni o‘zgartirib, umraga talbiya aytingiz!»- dedilar. Biz Ka’bani tavof aylab 

va Safo va Marvada sa’y qilib, so‘ng ayollarimiz yoniga keldik-da, kiyimlarimizni kiyib 

oldik. Janob Rasululloh: «Kimki qurbonlikka atab jonliq olib kelgan bo‘lsa, jonlig‘ini 

qurbonlik qiladirgan joyga olib borib, so‘ymaguncha, ehromini yechmasin!» -dedilar. 

Keyin, bizga Tarviya kechasi hajga talbiya aytmoqni buyurdilar. Biz haj udumlarini 

bajarganimizdan keyin, Ka’bani tavof aylab, Safo va Marvada sa’y qildik. Shu birlan 

hajni tugatdik, faqat qurbonlikka atalgan jonliqni zabh (so‘yish) qilmoq qolgandi, xolos. 

Olloh taolo aytganidek, «(Kimga)... qurbonlikka jonliq olib kelmoq muyassar bo‘lmagan 

ersa...», kimki jonliq topolmagan ersa, haj vaqtida uch kun, uyiga qaytgandan keyin, 

yetti kun ro‘za tutg‘aydir. Qurbonlikka bir qo‘y kifoyadir. Bir yilda ikki udumni - haj va 

umrani ado etingiz! Chunkim, Olloh taolo bu haqda o‘z Kitobida nozil qilgan va bu 

payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari hamdir! Janob Rasululloh Makka 

ahlidan boshqa kishilarga bemalol (cheklovsiz) haj qilmoqqa ruxsat berganlar. Olloh 

taolo: «Bu (hukm) -ahli Masjid ul-Haromda bo‘lmaganlar uchundir!»- deydir. Olloh taolo 

zikr etgan haj oylari: Shavvol, Zulqa’da va Zulhijja. Kimki mana shu oylarda hajdan 

bahramand bo‘lsa, qon chiqarmog‘i (qurbonlik qilmog‘i) yoki buning evaziga ro‘za 

tutmog‘i lozim bo‘lur. Bundan tashqari, u haj davomida shaloq so‘zlar aytmasligy, 

xotiniga yaqinlashmasligi, fisqu fasod qilmasligi va janjallashmasligi kerak». 

 

38-bob. Makkaga kirayotganda g‘usl qilmoq haqida 

 

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Makkaga kiradigan 



bo‘lsalar, talbiya aytmoqdan to‘xtab, Zu Tuvan degan yerda yotib qolar erdilar. Ertasiga 

o‘sha yerda bomdod o‘qirdilar va g‘usl qilardilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

ham shunday qilardilar». 

 

39-bob. Makkaga kunduzi yo kechasi kirmoq haqida 

 

Nabiy sallallohu alayhi va sallam Zu Tavanda tong ottirib, so‘ng Makkaga kirdilar. Ibn 



Umar raziyallohu anhu ham shunday qilar erdilar. 

 

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Zu Tuvanda 



qolib, tong ottirdilar, so‘ng Makkaga kirdilar. Ibn Umar raziyallohu anhu ham shunday 

qilar erdilar». 

 

40-bob. Makkaga qaysi tomondan kiriladir? 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Makkaga Saniyyat ul-Ulyo (Makkaning yuqori tomonidagi yo‘l) orqali kirib, Saniyyat us-

Suflo (Makkaning quyi tomonidagi yo‘l) orqali (Makkadan chiqib ketar erdilar». 

 

41-bob. Makkaning qaysi tomonidan chiqiladir? 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Makkaga Kado’ degan joy orqali, Bathodagi Saniyyat ul-Ulyo yo‘li bo‘ylab kirib borar 

erdilar, qaytishda ersa, Saniyyat us-Suflo yo‘li orqali chiqib ketar erdilar». 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

317


 

Imom Buxoriy rivoyat qiladirlar: «Uning ismi Musaddad (ya’ni, to‘g‘ri, rostgo‘y) erdi. 

Odamlar uni ismi jismiga monand, deb ta’rif qilishar erdi. Yahyo ibn Sa’id Yahyo ibn 

Mu’iynga bunday deb aytgan erkan: «Men Musaddadning uyiga borsam, hadis aytib 

berar erdim, ul bunga juda munosib odam erdi. Qog‘ozga ko‘chirib qo‘yilgan hadislar 

menda turadirmi yokim unda turadirmi, mening uchun farqi yo‘q erdi (unga shunchalik 

ishonar erdim)». 

 

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida uning 



yuqori tomonidan kirib, quyi tomonidan chiqdilar»,-deydilar. 

 

Oisha raziyallohu anho: «Janob Rasululloh Makka fath bo‘lgan yili shaharga Kado’ 



tomondan kirib, uning yuqori tomonidagi Kudodan chiqdilar»,- deydilar. Hishom 

raziyallohu anhu: «Urva ikkalasidan ham, Kado’dan ham, Kudodan ham kiraverar 

erdilar, lekin ko‘pincha uylariga yaqin bo‘lgan Kado’dan kirar erdilar»,- deydilar». 

 

Hishom rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makka fath bo‘lgan yili 



shaharga yuqori tomondagi Kado’dan kirdilar. Urva ham ko‘pincha Kado’dan kirardilar, 

chunki u uylariga yaqinroq edi». 

 

Hishom rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makka fath bo‘lgan yili 



shaharga Kado’ orqali kirdilar, Urva ersa ikkalasidan ham, Kado’dan ham, Kudodan ham 

kiraverar erdilar, lekin ko‘pincha uylariga yaqin bo‘lgan Kado’dan kirar erdilar». Imom 

Buxoriy: «Kado’ va Kudo boshqa-boshqa joydir»,- deydilar. 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling