Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Qul va (undan) boshqa musulmon kishilarning fitri ro‘za bermog‘i
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
169-bob. Qul va (undan) boshqa musulmon kishilarning fitri ro‘za bermog‘i vojib
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har bir musulmonga, u xoh qul, xoh ozod shaxs bo‘lsin, xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin, xoh yosh va xoh kesa bo‘lsin, xurmodan bir so’ yoki arpadan bir so’ fitr zakoti bermoqni farz qildilar».
Abu Sa’id raziyallohu anhu: «Bir so’ arpani ovqat o‘rnida fitri ro‘zaga berar erdik»,- deydilar.
Ayoz ibn Abdulloh ibn Sa’d ibn Abu Sarh Omiriyga Abu Sa’id Xudriy raziyalloxu anhu: «Biz fitr zakotiga bir so’ taom yoki bir so’ arpa yoki bir so’ xurmo yoki bir so’ qurut yoki bir so’ mayiz chiqarar erdik»,- degan erkanlar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 304
172-bob. Xurmodan bir so’ fitri ro‘za beriladir
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam fitr zakotiga bir so’ xurmo yoki bir so’ arpa bermoqni amr qildilar. Odamlar ersa, buning evaziga ikki mud bug‘doy bermoqni odat qildilar».
Abu Sa’id Xudriy rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning davrlarida fitr sadaqasiga bir so’ taom yoki bir so’ xurmo yoki bir so’ arpa yoki bir so’ mayiz berar erdik. Muoviya davriga kelib, Shom mamlakatida bug‘doy mo‘l hosil bera boshladi. Shunda ; Muoviya: «Bug‘doyning bir muddi boshqa mevalarning ikki muddiga tengdir, deb o‘ylayman,- dedi».
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam odamlarga namozga chiqmasdan avval zakot bermoqni amr qildilar»,- deydilar.
Sa’id Xudriy raziyallohu anhu: «Rasulullou, sallallohu alayhi va sallam zamonlarida Fitr hayiti kuni bir so’ taomni sadaqa qilib chiqarar erdik, o‘shanda bizning taomimiz arpa, mayiz, qurut va xurmodan iborat bo‘lur erdi»,- deydilar.
Zuhriy raziyallohu anhu: «Mamluklar uchun, ular sotilganda ham, Fitr hayitida ham zakot to‘lang‘aydir»,- deydilar.
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhu va sallam erkak, ayol, ozod shaxs va mamlukka bir so’ xurmo yoki bir so’ arpa miqdorida fitri ro‘za (yoki fitri ramazon) bermog‘ni farz qildilar. Odamlar ersa, buning o‘rniga yarim so’ bug‘doy beradigan bo‘ldilar» ,— deydilar».
Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar bir so’ xurmo berar erdilar. Madina ahli, xurmo kam bo‘lganda, o‘rniga arpa berdi. Ibn Umar (uyidagi) barcha katta-kichiklar nomidan, hattoki mening bolalarim nomidan ham fitri ro‘za berib yuborar erdilar. Fitri ro‘zani fitri ro‘za yig‘guvchi maxsus kishilarga berar erdilar. Fitri ro‘zani hayitdan bir kun yoki ikki kun ilgari berar erdilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kattayu-kichikka hamda ozod shaxs va mamlukka bir so’ arpa yoki bir so’ xurmo fitri ro‘za bermoqni farz qildilar»,- deydilar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 305
ÉΟó¡Î0
«!$# Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$# 1-bob. Haj kitobi. Hajning vojib ekanligi va uning fazilati haqida
Olloh taolo bu xususda: «Kimning qudrati yetg‘aydir, Olloh yo‘lida Baytullohga haj qilmog‘i farzdir. Kimki Ollohning hukmiga qarshi chiqg‘aydir, Olloh undoq bandalarga muhtoj ermasdir!» - deydi.
Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Fazl raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning orqalarida tuyaga mingashib olgan erdilar. Shu payt, Xas’am qavmiga mansub bir ayol keldi. Fazl birlan ayol hadeb bir-birlariga qarashaverdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam Fazlning yuzini boshqa tomonga burib qo‘ydilar. Ayol: «Yo Rasululloh, Olloh taolo o‘z bandalariga hajni farz qilgan payt otamning tuya ustida o‘tira olmaydirgan keksalik vaqtlariga to‘g‘ri kelib qoldi, men otamning nomlaridan haj qilsam bo‘lurmu?» - deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ha»,- dedilar. Bu voqea Hajjat ul- Vido’da bo‘lgandi».
etmoq uchun terisi so‘ngaklariga yopishgan tuyalarni minib, har tarafdan oshiqib oldingizga kelg‘aydirlar» degan oyati kariymasi xususida
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Zulhulayfada' Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tuyalariga minayotganlarini ko‘rdim. Tuyaga minib olgach, talbiya aytdilar, tuya ersa, tik turgancha qimirlamay turdi».
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zulhulayfadan (boshlab), tuyalari ul kishini ko‘tarib qimirlamay tik turgan paytdan boshlab tahlil aytar erdilar». Anas va Ibn Abbos ham xuddi shu hadisni rivoyat qilishgan.
Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oisha raziyallohu anhoni ukalari Abdurrahmon birlan birga hajga exrom bog‘lagani yubordilar. Ukalari Oisha onamizni egarga mingashtirib olib, Tan’imdan boshlab umra (kichik haj) qildirdilar», Umar raziyallohu anhu: «Hajda egar qorinbog‘larini qattiqroq tortingiz, chunki haj ikki jihoddan biridir!» -deganlar.
Sumoma ibn Abdulloh ibn Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Anas egardan tushmay haj qildi, u xasis ermas erdi (ya’ni, tuyasini ko‘zi qiymaganligidan shunday qilgani yo‘q, balki unga yegulik va boshqa kerakli anjomlarini ortib olgandi).
Anas: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ham yegulik. va boshqa narsalarini tuyalariga ortib olib, egardan tushmay haj qilganlar»,- degandi».
Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladirlar: «Oisha onamiz raziyallohu anho: «Yo Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 306
Rasululloh, sizlar umra (kichik haj) qildingiz, men umra qila olmadim»,-dedilar. Janob Rasululloh: «Yo Abdurrahmon, opangni olib borib, Tan’imdan boshlab umra qildirg‘il!» - dedilar. Abdurrahmon Oisha onamizni tuyaga mingashtirib olib bordilar. Oisha onamiz umra qildilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Islom amallaridan qay birisi afzal?» -deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Olloh va uning Rasuliga iymon keltirmoq»,- dedilar. «Yana qaysinisi? - deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Xolis nyyat birla haj qilmoq»,-deb javob berdilar».
Oisha binti Talha rivoyat qiladirlar: «Oisha onamiz: «Yo Rasululloh, jihod islom amallaridan eng afzali, deb bilg‘aymiz, jihod qilmag‘aymizmi?» - dedilar. Janob Rasululloh: «Lekin, eng afzal jihod - xolis niyat birla haj qilmoqdir!»-deb javob qildilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kim yomon so‘zlamay va yomonliq qilmay Olloh taolo yo‘lida haj qilsa, onasidan bugun tug‘ilgandek gunohlaridan pok bo‘lib qaytg‘aydir»,- deb aytganlar».
Zuhayr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Zayd ibn Jubayr Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhuning uylariga bordilar. Abdulloh ibn Umarning hovlisida chodir o‘rnatilgan bo‘lib, hovli sahnining tepasiga ham ip mato tortilgan erdi. «Qaerdan umra qilmoqni boshlarmen? - deb so‘radi Zayd. Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Najd ahliga Qarn degan yerdan, Madina ahliga Zulhulayfadan, Shom ahliga ersa, Juhfadan boshlamoqni farz qilganlar»,-dedilar».
Olloh taolo: «O’zingiz birlan yegulik olib ketingiz, yegulikning afzali ersa, taqvodir!» - deydi.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Yaman ahli haj qilganda yo‘lga yegulik olmas erdi, «Biz tavakkalchilarmiz»,- deyishardi. Makkaga kelgandan keyin ersa, odamlardan ovqat so‘rab, tilamchilik qilishg‘ay erdi. Shu boisdan Olloh taolo mazkur oyatni nozil qildi».
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madina ahliga Zulhulayfani, Shom ahliga Juhfani, Najd ahliga Qarn al-Manozilni, Yaman ahliga ersa, Yalamlamni miyqot qilib belgilab berdilar. O’sha joylar ularga ham, boshqa tomonlardan haj va umra qilmoqni ixtiyor aylab kelganlarga ham miyqotdir. Kimki mazkur belgilangan yerlarga yaqin tursa, o‘sha turgan joyi miyqotdir, hatto Makka ahli ham Makkada ehrom bog‘lag‘aydir».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 307
8-bob. Madina ahlining miyqoti; ular Zulhulayfaga kelmasdan ilgari tahlil aytmaydirlar
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Madina ahli Zulhulayfadan, Shom ahli Juhfadan, Najd ahli Qarndan boshlab tahlil aytg‘aydir»,- deganlar. Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Yaman ahli Yalamlamdan boshlab tahlil aytg‘aydir»,-deganlarini ham bilurmen».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madina ahliga Zulhulayfani, Shom ahliga Juhfani, Najd ahliga Qarn al-Manozilni, Yaman ahliga ersa, Yalamlamni miyqot qilib belgilab berdilar. O’sha yerlar ularga ham, boshqa tomonlardan haj va umra qilmoqni ixtiyor aylab kelganlarga ham miyqotdir. Mazkur belgilangan joylarga yaqin turadiganlar uchun o‘zlari turgan joy miyqotdir, hatto Makka ahli ham shaharning o‘zida ehrom bog‘lag‘aydir».
Solimning otalari Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam miyqotlarni belgilab berdilar»,- deb aytgan erkanlar.
Solim ibn Abdulloh otalaridan eshitgan hadisni rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madina ahliga Zulhulayfani, Shom ahliga Mahya’a, ya’ni Juhfani, Najd ahliga Qarnni miyqot qilib belgilab berdilar».
Ibn Umar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Yaman ahliga Yalamlamni miyqot qilib belgilab berganlarini aytishg‘aydir, lekin men o‘zlaridan eshitmaganman» ,— deydilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madina ahliga Zulhulayfani, Shom ahliga Juhfani, Yaman ahliga Yalamlamni, Najd ahliga Qarnni miyqot qilib belgilab berdilar. O’sha miyqotlar ularga ham, boshqa tomonlardan haj va umra qilmoqni ixtiyor aylab kelganlar uchun ham miyqot vazifasini o‘tag‘aydir. Mazkur miyqotlarga yaqin turganlar uchun o‘sha o‘zlari turgan yer miyqotdir, hatto Makka ahli ham Makkada ehrom bog‘lag‘aydir».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madina ahliga Zulhulayfani, Shom ahliga Juhfani, Najd ahliga Qarn al-Manozilni, Yaman ahliga Yalamlamni miyqot qilib belgilab berdilar. O’sha miyqotlar ularga ham, boshqa tomonlardan haj va umra qilmoqni ixtiyor aylab kelguvchilarga ham miyqotdir, hatto Makka ahli Makkada ehrom bog‘lag‘aydir».
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bu ikki shahar - Basra va Kufa fath Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 308
bo‘lganda, odamlar Umar raziyallohu anhuning huzurlariga kelib: «Ey Amir almo‘‘minin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Najd ahliga Qarnni miyqot qilib belgiladilar, lekin u bizning yo‘limiz ustida ermas. Agar istaganimizda ham, biz o‘zimizga alohida miyqot belgilab olmog‘imiz qiyin»,-deyishdi. Hazrat Umar: «Yo‘lingiz ustidagi birorta joyni qarab ko‘ringiz, to‘g‘ri kelsa, o‘shani miyqot qilib ola qolingiz!» - dedilar. Ular borib qarab kelishgach, Zotu Irqni miyqot qilib belgilab berdilar».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hulayfadagi katta selxonaga kelganlarida tuyalarini cho‘ktirdilar-da, pastga tushib ikki rak’at namoz o‘qidilar». Abdulloh ibn Umar ham shunday qilar erdilar.
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Shajara (Daraxt) yo‘li orqali chiqib borar erdilar, qaytishda ersa, Mu’arras yo‘li orqali o‘tib, (uylariga) kirib ketar erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar Makkaga yo‘l olsalar, Shajara masjidida namoz o‘qib o‘tar erdilar, qaytishda ersa, Zulhulayfadagi vodiyda to‘xtab, namoz o‘qirdilar, o‘sha yerda tong ottirar erdilar».
Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Aqiq vodiysida turib: «Bul kecha Olloh taolodan menga xabarchi keldi, ul menga: «Shu tabarruk vodiyda namoz o‘qig‘il, so‘ng hajda umra qildim, degil!» -deb aytdi»,- deganlarini eshitdim» («Hajda umra qildim», ya’ni «Kichik haj qilgandek bo‘ldim» deyish birlan, mazkur vodiyning tabarruk ekanlig‘iga ishora qiling‘aydir
Solim otalari Abdulloh ibn Umardan eshitgan hadisni rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Aqiq vodiysida joylashgan Zulhulayfada dam olib yotganlarida tush ko‘rdilar. Tushlarida «Siz tabarruk soy o‘zanida turibdirsiz»,- deb aytishgan emish».
Muso ibn Uqba bunday deydilar: «Solim tuyalarimizni Abdulloh tuyasini cho‘ktirib yuradirgan joyga cho‘ktirdi. Bu yer Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (dam oladirgan) joylari bo‘lib, Aqiq vodiysidagi masjiddan pastroqda, hajga borib kelguvchilar qo‘nib o‘tadirgan manzil birlan yo‘l oralig‘idadir».
Ibn Jurayj rivoyat qiladirlar: «Ya’lo raziyallohu* anhu Umar raziyallohu anhuga: «Menga Nabiy sallallohu alayhi va sallamning vahiy nozil bo‘layotgan paytdagi holatlarini ko‘rsating!» - dedi. Shu payt, Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir nafar sahobalari birlan Ji’ronada o‘tirgan erdilar, bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, umraga ehrom bdtlab, o‘ziga xushbo‘y narsalar sepib olgan kishi xususida ne dersiz? » - deb so‘rab qoldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir soat sukut qildilar, keyin vahiy keldi. Umar raziyallohu anhu Ya’loga ishora qilgan erdilar, u keldi. Ushanda Rasululloh sallallohu alayhi va Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 309
sallamning tepalariga soya qilmoq uchun kiyim osib qo‘yilgan erdi. Ya’lo ko‘ylak ortiga boshini tiqib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yuzlari qizarib ketganligini, entikib zo‘rga nafas olayotganlarini ko‘rdi. Vahiy kelishi tugagach, Janob Rasululloh yengil tortdilar, so‘ng: «Umra to‘g‘risida so‘ragan boyagi kishi qani?»-dedilar. Uni chaqirib kelishgach: «Badaningdagi xushbo‘y hidni uch marta yuvib ketkazg‘il, kiyimingni o‘zgartirgil, so‘ng hajda ne qilmog‘ing lozim ersa, umrada ham shundoq qilg‘il!» - dedilar. Men Atodan: «Uch marta yuvmoqni amr qilganlarida hidni ketkazmoqni nazarda tutdilarmi?»-deb so‘radim. «Ha» ,— dedilar Ato raziyallohu anhu».
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Ehrom bog‘lagan kishi rayhon hidlag‘aydir, ko‘zguga qarab o‘zini tartibga solg‘aydir, o‘zi (kunda) yeb yuradirgan zayt (zaytun yog‘i) va samn (hayvon yog‘i) birlan o‘zini muolaja qilg‘aydir»,- deydilar. Ato raziyallohu anhu: «Ehrom bog‘lagan odam uzuk taqg‘aydir, hamyonini (beliga) osib olg‘aydir»,-deydilar. Ibn Umar raziyallohu anhu ehrom bog‘lab tavof qildilar. bellariga ko‘ylaklarini belbog‘ qilib olgan erdilar. Oisha onamiz taxtiravonlarini ko‘tarib yuradirgan kishilarning tubbon (uzunligi bir qarich keladirgan kalta ishton) kiyib yurishlariga e’tibor bermas erdilar».
Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu o‘zlariga zayt surkab olardilar. Bu haqda Ibrohimga aytgan erdim, u: «Asvadga Oisha onamiz aytib bergan mana bu so‘zga nima dersan? Oisha onamiz: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehromdaliklarida peshonalarining xushbo‘y narsa surtilganidan yaltirab turganini hozir ham ko‘rib turgandekman»- deganlar»,- dedi».
Abdurrahmon ibn al-Qosim rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Oisha raziyallohu anho: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ehrom bog‘lab Ka’bani tavof qilmoqlaridan oldin ham, tavof qilib chiqqanlaridan keyin ham xushbo‘y narsalar surtib qo‘yg‘ay erdim»,- dedilar».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu' alayhi va sallamning sochlarini ixchamlab olib, tahlil aytganlarini ko‘rdim»,- deydilar.
Solim ibn Abdulloh: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zulhulayfa masjidi yoniga kelibgina tahlil (talbiya) ayta boshlar erdilar»,- deydilar.
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, ehrom bog‘laydirgan odam qanday kiyimlar kiymog‘i kerak?»-deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ko‘ylak, salla, cholvor, burnus (bosh va yelkani yopib turadirgan xalat), mahsi kiymag‘aydir, mobodo mahsidan boshqa oyoq kiyim topmasa, qo‘njini to‘pig‘idan past
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 310
qilib kesib tashlag‘aydir, agar kiyimga za’faron va vars (sariq daraxtdan olinadirgan rang) tekkan bo‘lsa, kiymangiz!» - dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Usoma raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallamning orqalarida tuyaga mingashib Arafotdan Muzdalifagacha bordi, so‘ng Muzdalifadan Minogacha Fazl mingashib oldi. Usoma va Fazl: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Jamrat ul-Aqabagacha talbiya aytib bordilar» ,— deyishadi».
Oisha raziyallohu anho ehromda bo‘la turib, za’far birlan bo‘yalgan kiyim kiydilar-da: «Chachvon va chimmat yopinmag‘il, vars (sariq daraxtdan olinadirgan rang) va za’faron birlan bo‘yalgan kiyim kiymag‘il!» - dedilar. Jobir raziyallohu anhu: «Za’far birlan bo‘yalgan kiyimdan xushbo‘y hid kelg‘aydir, demasman, Oisha onamiz ayollarning taqinchoqlar taqmog‘i, qora va qizil kiyim hamda xuff (engil oyoq kiyimi) kiymog‘ining zarari yo‘qdir, deb hisoblaganlar. Ibrohim raziyallohu anhu: «Kiyimlarini almashtirib olsa ham bo‘lur»,- deganlar.
Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam sochlarini taratib, badanlariga xushbo‘y narsalar surkatib, izor va ridolarini kiyib Madinadan yo‘lga chiqdilar. Janob Rasululloh ham, u kishining sahobalari ham rangi badanga yuqib qoladirgan za’faronga bo‘yalgan rido va izorlarnigina kiymoqni man’ qildilar. Janob Rasululloh Zulhulayfada tong ottirdilar, so‘ng tuyalarini minib Baido’ tog‘iga chiqib, o‘zlari ham, sahobalari ham talbiya aytishdi. So‘ng, qurbonlik eqanligini bildirmoq uchun tuyalarining bo‘yniga narsa osib qo‘ydilar. Shunda, Zulqa’da oyiga besh kun qolgandi. Janob Rasululloh Zulhijja oyining to‘rtinchi kuni Makkaga keldilar, Ka’bani tavof aylab, Safo va Marva oralig‘ida yugurdilar. lekin hanuz qurbonlik qilmaganliklari uchun ehromlarini yecholmas erdilar. Keyin, Janob Rasululloh Makkaning yuqori tomonidagi Hajun - haj vaqtida ustiga chiqib talbiya aytadirgan tog‘ yoniga bordilar, lekin ilgari tazof qilganlaricha Ka’baga yaqinlashmadilar, Arafotdan orqalariga qaytib, sahobalarga Ka’bani tavof qilmoqni, Safo va Marva orasida yugurmoqni, so‘ng sochlarini kalta qilib, ehromlarini yechmoqni buyurdilar. Yuqoridagi amallar o‘zi birlan qurbonlikka atalgan biror hayvon haydab kelmagan va ehrom bog‘lamay, o‘ziga xushbo‘y narsalar surtib, odatdagi kiyimini kiyib, xotini birlan birga hajga chiqqan kishiga taalluqlidir».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling