Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Kumush tanga sadaqa qilmoq haqida
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 131-bob. Zakotga beriladirgan (to‘lanadirgan) ashyolar
- 132-bob. Ikki kishiga tegishli molni (mulkni) bir-biriga qo‘shib qo‘yish hamda bir odamga tegishli molni (go‘yo ikki kishining molidek) bo‘lib qo‘yish
- 133-bob. Agar ikki kishining moli aralashib ketgan bo‘lsa, ular o‘zaro kelishib zakot berishg‘aydir
- 135-bob. Zakotga bir yashar urg‘ochi bo‘taloq berishi lozim bo‘lgan odamning bunday bo‘talog‘i bo‘lmasa-chi
- 136-bob. Qo‘y hisobida to‘lanadirgan zakot
- 137-bob. Na qari, na nuqsonli (hayvon) va na taka, agar zakotchi istamasa, zakotga qabul qilinmaydir
- 138-bob. Urg‘ochi bir yashar echkini sadaqaga (zakotga) qabul qilmoq
- 139-bob. Odamlarning eng yaxshi mollari sadaqaga (zakotga) olinmaydir
- 140-bob. Beshtadan kam tuyadan sadaqa olinmaydir
- 141-bob. Sigir hisobida to‘lanadirgan zakot
- 142-bob. Qarindoshlarga zakot bermoq haqida
- 143-bob. Musulmon odam (minib yurgan) oti uchun sadaqa bermaydir
- 144-bob. Musulmon odam quli borligi uchun sadaqa bermaydir
- 146-bob. Eriga va qaramog‘idagi yetimlarga zakot bermoq
- 147-bob. Olloh taoloning «Qullarga, qarzdorlarga va Olloh yo‘liga...» degan oyati kariymasi haqida
- 148-bob. Tilamchilarni poklikka da’vat qilmoq
130-bob. Kumush tanga sadaqa qilmoq haqida
Abu Sa’id Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Beshtadan kam tuya uchun sadaqa lozim ermas, besh uqqiyyadan (60 dirhamdan) kam kumush tangadan sadaqa qilinmaydir, besh vasaqdan (1600 ratldan) oz narsa (meva-cheva, don-dun) uchun ham sadaqa berilmaydir»,- deganlar».
Tovus raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Maoz raziyallohu anhu Yaman ahliga bunday dedi: «Arpa va bug‘doy o‘rniga eski-tuski kiyimlarni sadaqa qilingiz, bu sizlarga osonroq, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Madinadagi sahobalariga ersa, yaxshiroqdir!»
Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ammo, Xolid Olloh yo‘lida jang anjomlarini shaylab turibdir»,- deb aytdilar (zakot bermoqdan bosh tortayotgan qavmlarga nisbatan aytilgan). Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Taqinchoqlaringizdan bo‘lsa ham sadaqa qilingiz!» - dedilar, lekin farz sadaqani boshqa tur sadaqalardan istisno qilmadilar. Bir ayol kelib, isirg‘a va munchoqlarini sadaqa qildi. Shunda, «Tilla va kumush, bo‘lsin!» deb qayd etishmadi.
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr raziyallohu anhu Olloh va uning Rasuli sallallohu alayhi va sallam buyurgan ahkomlar haqida menga bunday deb yozgan erdilar: «Bir yashar urg‘ochi bo‘taloq zakot qilmog‘i lozim bo‘lgan odamning bunday bo‘talog‘i bo‘lmay, ikki yashar urg‘ochi bo‘talog‘i bo‘lsa, zakotchi o‘sha ikki yashar bo‘talog‘ini olib, qaytimiga 20 dirham yoki ikki qo‘y berg‘aydir. Agar zakot berg‘uvchining bir yashar urg‘ochi bo‘talog‘i bo‘lmay, ikki yashar erkak bo‘talog‘i bo‘lsa,
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 291
undan shu bo‘taloq zakotga qabul qilinib, hech qanday qaytim berilmag‘aydir (chunki urg‘ochi tuya tug‘ib, ko‘payadi)».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni o‘rtaga qo‘yib ayturmenkim, ul kishi hayit namozini xutbadan oldin o‘qidilar, keyin ayollarga ovozim yetmadi, deb o‘ylab, ularga yaqinroq bordilar. Yonlarida Bilol ham ko‘ylagining etagini (iona tashlamoqlari uchun) tutib borar edi. Janob Rasululloh ayollarga va’z-nasihatlar aytib, ularni sadaqa bermoqqa da’vat qildilar. Ayyub raziyallohu anhu Saxtiyaning quloq va bo‘yniga ishora qildilar (ya’ni, sirg‘a va munchoqlarni sadaqa aylamoqni buyurdilar)».
Abu Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam farz qilgan sadaqalar haqida bunday deb yozib yuborgan erkanlar: «Zakot olinishidan qo‘rqib ikki kishiga tegishli molni bir-biriga qo‘shib qo‘ymoq va bir kishiga tegishli molni ikkiga bo‘lib qo‘ymoq yaramaydir».
zakot berishg‘aydir
Tovus va Ato bunday deyishadir: «Agar ikki kishining moli aralashib ketgan bo‘lsa-yu, ular o‘z mollarini tanib ololsalar, unda ularning mollarini ikkiga ajratib o‘tirilmaydir». Sufyon bunday deydirlar: «Ikki kishining podasi aralashib ketgan bo‘lsa-yu, ulardan har birining qo‘yi qirqtadan bo‘lmasa, zakot vojib ermas».
Abu Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam farz qilgan zakotlar haqida bunday deb yozgan erkanlar: «Bir-biriga aralashib ketgan podalarning egalari o‘zaro kelishib zakot berg‘aydirlar ».
Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir a’robiy (badaviy) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan hijrat qilmoq to‘g‘risida so‘radi. Shunda Janob Rasululloh: «Sho‘ring qursin! Hijrat qilmoq qiyindir, sen zakot berib turmog‘ing uchun tuyalaring bormi?» - dedilar (u kishining hijrat qiladirgan siyog‘i yo‘qligi uchun birmuncha yengillik bermoqchi bo‘ldilar shekilli). Badaviy: «Ha»,- deb javob berdi. «Sen dengizlar ortida turib amali solihlarni ado etsang ham bo‘laverg‘aydir, Olloh taolo qilgan amallaringning bittasini ham qoldirmay dargohida qabul qilg‘usidir», - dedilar».
Abu Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuga Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamga farz qilgan sadaqalar (zakotlar) haqida bunday deb yozgan erkanlar: «Zakotga besh yashar tuya bermog‘i lozim bo‘lgan odamning bunday tuyasi bo‘lmay, to‘rt yashar tuyasi bo‘lsa, shu tuyasi zakotga qabul qilinib, ustiga yana (nasib etsa) ikki
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 292
qo‘y yokim yigirma dirham oling‘aydir. Ammo, zakotga to‘rt yashar tuya bermog‘i lozim bo‘lgan odamning bunday tuyasi bo‘lmay, besh yashar tuyasi bo‘lsa, u holda shu tuyasi zakotga qabul qilinib, ikki qo‘y yokim yigirma dirham qaytim berilg‘aydir. Basharti, zakotga to‘rt yashar tuya berishi kerak bo‘lsa-yu, uning bunday tuyasi bo‘lmay, ikki yashar urg‘ochi bo‘talog‘i bo‘lsa, unda shu bo‘taloq zakotga qabul qilinib, ustiga ikki qo‘y yokim yigirma dirham qo‘shib oling‘aydir. Kimki ikki yashar urg‘ochi bo‘taloq zakot qilmog‘i lozim bo‘lsa, o‘rniga to‘rt yashar tuyasini berib, zakotchidan ikki qo‘y yokim yigirma dirham qaytim olur. Kimki ikki yashar urg‘ochi bo‘taloq zakot qilishi lozim bo‘lsa- yu, unda bunday bo‘taloq bo‘lmasa, o‘rniga bir yashar urg‘ochi bo‘taloq birlan birga ikki qo‘y yokim yigirma dirham qo‘shib berg‘aydir».
Abu Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuni Bahraynga jo‘natganlarida, ketlaridan ushbu maktubni yo‘llagan erdilar: «Bismillohir rahmonir rahiymi. Qo‘yida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘z ummatlariga, Olloh taolo ersa, o‘z Rasuliga farz deb buyurgan sadaqalarni (zakotlarni) bayon qildim. Qaysi bir musulmondan shariatga muvofiq zakot bermoqni so‘rashsa, bersin; kimdan shariatga xilof ravishda ortiqcha zakot so‘rashsa, bermasin. Yigirma to‘rt va undan kamroq tuyaning har beshtasiga bir qo‘y; yigirma beshdan to o‘ttiz beshtagacha tuya uchun bitta bir yashar urg‘ochi bo‘taloq; o‘ttiz oltidan to qirq beshtagacha bo‘lsa, bitta ikki yashar urg‘ochi bo‘taloq; qirq oltidan to oltmishtagacha bo‘lsa, bitta to‘rt yashar urg‘ochi bo‘taloq; oltmish birdan to yetmish beshtagacha bo‘lsa, bitta besh yashar tuya; yetmish oltidan to to‘qsontagacha bo‘lsa, ikkita ikki yashar urg‘ochi tuya; agar to‘qson birdan to bir yuz yigirmatagacha bo‘lsa, ikkita to‘rt yashar urg‘ochi tuya berg‘aydir. Bir yuz yigirmatadan ham ko‘p bo‘lsa, har qirqtasiga bitta ikki yashar urg‘ochi bo‘taloq va har elliktasiga bitta to‘rt yashar bo‘taloq bermog‘i lozim. Kimning to‘rttadan boshqa tuyasi bo‘lmasa, sadaqa vojib ermas, xohlasa berg‘aydir, xohlamasa yo‘q. Tuyasi beshtaga yetsa, bitta qo‘y berg‘aydir. Agar, podadagi qo‘ylar soni qirqtadan bir yuz yigirmatagacha bo‘lsa, bitta qo‘y; bir yuz yigirmatadan ikki yuztagacha bo‘lsa, ikkita qo‘y; ikki yuzdan to uch yuztagacha bo‘lsa, uchta qo‘y; uch yuzdan ham ko‘p bo‘lsa, har yuz qo‘yga bitta qo‘y berg‘aydir. Agar, podadagi qo‘ylar soni qirqtadan bitta kam bo‘lsa ham, sadaqa vojib ermas, egasi xohlasa berg‘aydir, xohlamasa yo‘q. Kumush pullarning har yigirma dirhamidan bir dirham berilg‘aydir, agar kishining mablag‘i bir yuz to‘qson dirham bo‘lsa, sadaqa vojib ermas».
Olloh va uning Rasuli sallallohu alayhi va sallam farz qilgan sadaqa (zakot) haqida Abu Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuga bunday deb vzib yuborgan erkanlar: «Na qari, na nuqsonli (hayvon) va na taka, agar sadaqa yig‘uvchi (zakotchi) istamasa, sadaqaga (zakotga) qabul qilinmag‘aydir».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr raziyallohu anhu: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga olib kelishayotgan echkilardan bittasini olib qolishsa ham, xudo haqqi, ular birlan jang qilg‘aymen», - deb aytganlar. Umar Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 293
raziyallohu anhu: «Olloh taolo Abu Bakr raziyallohu anhuning qalbiga qanchalar shijoat jo aylagan! Men uni yaxshi tushung‘aymen»,- deydilar».
Ibn Abbos raziyallofanu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Maoz raziyallohu anhuni Yamanga yuborayotib: «Sen ahli kitob bo‘lmish qavm oldiga ketayotirsan, shul boisdan eng avvalo ularni Olloh taologa ibodat qilmoqqa da’vat aylag‘il, Olloh taoloni tan olsalar (e’tirof etsalar), Olloh taolo bir kecha-kunduzda besh vaqt namoz o‘qimoqni farz qilganlig‘ini aytg‘il, namoz o‘qisalar, Olloh taolo ularning mollaridan zakot olib, kambag‘allarga qaytarib bermoqni farz qilg‘anlig‘ini aytg‘il, zakotga ham itoat etsalar, ulardan zakot olg‘il, ammo odamlarning eng yaxshi mollarini olmagil!» - deb aytdilar».
Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar»,— deydilar: «Besh vasaq (1 vasaq - 60 so’, 1 so’ - 2,400 g) dan kam xurmodan hamda besh uqqiyya (1 uqqiyya - 12 dirham) dan kam kumush (pullar) dan zakot olinmaydir, beshtadan kam tuyaga ham zakot lozim ermas».
Abu Humayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ma’rab turgan sigiri bo‘la turib, Olloh yo‘lida zakot to‘lamagan odamni qiyomatda ko‘rsatg‘aymen, ul sigir kabi ma’rab kelg‘aydir»,— deb aytganlar».
Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasulullohning huzurlariga kelganimda, ul zot: «Jonu tanim qo‘lida bo‘lgan Ollohga (yoki «Yakka-yu yagona Ollohga», dedilar shekilli) qasamyod etib ayturmenkim, kimki tuya, sigir yokim qo‘ylari bo‘la turib, zakot bermagan bo‘lsa, qiyomat kuni eng katta va eng semiz tuyasi, sigiri yokim qo‘yi kelib, uni tuyoqlari birlan tepkilag‘aydir, shoxlari birlan suzg‘aydir, keyin ketidan boshqalari ham kelib odamlar oldida, to to‘lanmagan zakotning haqqi olinguncha, shu ishni qilg‘aydir»,— dedilar».
Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qarindoshlariga zakot bergan odamga ikkita savob tekkaydir — biri qarindoshlariga oqibat qilgani uchun, ikkinchisi — zakot bergani uchun»,— dedilar.
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Talha Madinadagi ansorlar ichida eng ko‘p xurmozor yerlarga ega bo‘lgan badavlat kishi erdi. U o‘z mulklaridan, ko‘proq, Bayruhoni yaxshi ko‘rar erdi. Bayruho masjidning qarshisida bo‘lib, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam u yerga kirib, totli suvidan ichib turar erdilar. Olloh taoloning «O’zingiz suygan narsani ehson qilmaguningizcha xayr topmag‘aydirsiz!» degan oyati kariymasi nozil bo‘lganda Abu Talha Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib: «Yo Rasululloh, Olloh taolo: «Suyukli narsangizni sadaqa qilmay turib, yaxshilikka muyassar bo‘la olmag‘aydirsiz!» — der erkan, unda men o‘zimning eng
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 294
yaxshi ko‘rgan Bayruhomni Olloh taolo yo‘lida sadaqa qildim, bu mening Olloh taolo yo‘lida qilgan xayr-ehsonim bo‘lmog‘ini istaydirman. Siz uni Olloh taolo yo‘lida o‘zingiz bilganingizcha tasarruf qilaveringiz!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men sening «Bu mulkim qandoq ajoyib, qandoq yaxshi!» deb maqtaganingni eshitgandirman, uni qarindoshlaringga bersang derman»,— dedilar. Abu Talha: «Xo‘b bo‘ladir, yo Rasululloh!» — dedi. Keyin, Abu Talha Bayruhoni o‘z qarindoshlariga taqsimlab berdi».
Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohsallallohu alayhi va sallam Qurbon yoki Ramazon hayitida namozgohga chiqdilar, so‘ng odamlarga o‘girilib va’z aytdilar, «Ey odamlar, sadaqa qilingiz»,- deb amr qildilar. Keyin, ayollar yonidan o‘tayotib: «Ey ayollar jamoasi, sadaqa qilingiz! Men sizlarni ko‘proq do‘zaxga tushguvchilardan deb bilg‘ayman»,- dedilar. Ayollar: «Yo Rasulalloh, buning boisi nedir?» - deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Ko‘p qarg‘ab, erlaringizning yaxshiligini inkor qilg‘aydirsizlar. Buni aqlingizning pastligi va e’tiqodingizning sustligidan deb bilurmen. Sizlar aqli-hushi joyida bo‘lgan erni ham aqldan ozdirg‘aydirsizlar (ya’ni, to‘g‘rimi, noto‘g‘rimi, o‘z bilganingizni qildirg‘aydirsizlar)»,-dedilar. So‘ng, Janob Rasululloh uylariga yo‘l oldilar, uylariga kelganlarida Abdulloh ibn Mar’udning xotinlari Zaynab kelib, kirmoqqa ijozat so‘radi. Janob Rasulullohga: «Zaynab keldi»,- deyishdi. Ul zot: «Qaysi Zaynab?» - dedilar. «Ibn Mas’udning xotini»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Ruxsat beringiz, kira qolsin!» - dedilar. Zaynab ichkariga kirib: «Yo Nabiyyalloh, bugun siz: «Sadaqa qilg‘il!» - deb buyurdingiz. Menda bir taqinchoq bor erdi, shuni sadaqa qilmoqchi erdim. Ammo, (erim) Ibn Mas’ud va o‘g‘li(m): «Boshqalardan ko‘ra, o‘zimiz sadaqa olmoqqa haqliroqdirmiz»-deyishmoqda»,-dedi. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallamd: «Ibn Mas’ud to‘g‘ri aytibdir, ering va o‘g‘ling boshqalardan ko‘ra, sadaqa olmoqqa haqliroqdir», - deb aytdilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon odam oti va g‘ulomi borligi uchun sadaqa bermag‘aydir»,-deydilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon odam quli va oti uchun sadaqa bermag‘aydir»,- deydilar».
Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir kuni minbarga chiqib o‘tirdilar, biz ham tegralarida o‘tirdik. Janob Rasululloh bizga: «Men vafot etganimdan keyin bu dunyo sizlarga o‘zining go‘zalligi-yu, ziynatlarini namoyon qilmasa, deb qo‘rqg‘aymen»,- dedilar (ya’ni, «Sizlar ayshu ishratga berilib ketmasanglar, deb qo‘rqg‘aymen»,- dedilar). Shunda bir kishi: «Yo Rasululloh, yaxshilik (ya’ni, dunyoning go‘zalligi-yu, ziynatlari) ham yomonlik keltirgaydirmi?» - deb so‘radi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam jim qoldilar. Odamlar boyagi kishini «Rasulullohga gapirmoqqa ne hadding bor, ul kishi senga so‘zlamadilar-ku!»- deb koyishdi. Janob Rasululloh jim qolganlarida biz vahiy kelyapti, deb o‘yladik. Bir ozdan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yuzlaridagi terni artdilar-da, boyagi kishidan mamnun
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 295
bo‘lgandek chehralari ochilib: «Qani savol bergan kishi?» - dedilar, so‘ng unga qarab: «Yaxshilik yomonlik keltirmag‘aydir. Bahorda unadirgan o‘tlar ichida, okilat ul-xadro’dan bo‘lak, (hayvon) yesa o‘ldiradirgan yokim kasal qiladirgan o‘tlar bordir. Ularni yegan (hayvon) qorni shishib, ichi o‘tib, bavl qilib, oftobda cho‘zilib yotg‘aydir. Keyin, ko‘zi ochlik qilib, yana o‘sha o‘tdan yegaydir. Mol-dunyo ham o‘sha yashil o‘t-o‘langa o‘xshaydir. Mol-dunyosini miskin. yetim va musofirlarga sadaqa qilib, so‘ng u dunyoga rixlat aylaydirgan musulmon qandog‘ ham yaxshidir!». Nabiy sallallohu alayhi va sallam Yana bunday dedilar: «Birovning molini egri, nohaq yo‘l birlan oladirgan odam qancha yesa ham, to‘ymaydirgan mechkayga o‘xshaydir, o‘sha egri yo‘l birlan olingan mol qiyomat kuni uning qallobligiga guvoh bo‘lg‘aydir!»
Amr ibn Harasga Zaynab raziyallohu anho bunday dvb rivoyat qilgan erkanlar: «Masjidda o‘tirgan erdim, Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Taqinchoqlaringizdan bo‘lsa ham sadaqa qilingiz!» - dedilar. [Zaynab (eri) Abdullohga va qaramog‘idagi yetimlarga sadaqa qilib turar erdi]. Men (erim) Abdullohga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘rag‘il-chi, men senga va mana bu yetimlarga sadaqa qilsam, joiz bo‘lg‘aymidir?» - dedim. (Erim) Abdulloh: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan o‘zing so‘rag‘il»,- dedilar. Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga ketdim, eshik oldida bir ansoriya ayolning turganini ko‘rdim, ul ham menga o‘xshash bir yumush birlan kelgan erkan. Shunda yonimdan Bilol o‘tib qoldi. Biz (men va haligi ayol) unga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘rab berg‘il-chi, erimiz va qaramog‘imizdagi yetimlarga zakot bersak, bo‘lurmikin? Faqat ul kishiga biz aytganimizni bildirmag‘il!»- dedik. Bilol ichkariga kirib so‘radi. Janob Rasululloh: «Kimdir ul ikkalasi?»- deb so‘radilar. Bilol: «Zaynab»,- dedi . Janob Rasululloh: «Qaysi Zaynab?» - deb so‘radilar. Bilol: «Abdullohning xotini»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ha, unga ikki savob tekkaydir, biri - qarindoshlariga oqibat qilgani uchun, iqkinchisi- zakot bergani uchun»,- dedilar».
Ummu Salama rivoyat qiladirlar: «Yo Rasululloh, men (erim) Abu Salamaning bolalariga sadaqa qilsam bo‘lg‘aymidir? Axir, ular o‘zimning bolalarim-ku!» -dedim. Janob Rasululloh: «Ularga sadaqa qilaverg‘il, senga sadaqa qilganing uchun savob tekkaydir»,- dedilar.
oyati kariymasi haqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu o‘z molining zakotini qul ozod qilmoqqa va hajga borolmay yurganlarga sarf qilur erdi, deb eslashadir.
Hasan Basriy: «Zakot to‘lab, otasini qullikdan sotib (qutqarib) olmog‘i, mujohidlar (jihod qilguvchilar) va hajga borolmay yurgan kishilarga zakot berib, yordam qilmog‘i mumkin»,- dedilar-da, «Darhaqiqat, sadaqalar faqirlar uchundir!» degan oyati karimani tilovat qildilar. Keyin: «Bulardan qaysi biriga bersang ham bo‘laverg‘aydir»,- deb qo‘ydilar.
Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Xolid Olloh yo‘lida urush anjomlarini shay qilib turibdir»,- dedilar. Abu Los: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bizni haj uchun sadaqaga berilgan tuyalarda olib bordilar» - deb aytgandi»,-deyishadir. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 296
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sadaqa qilmoqni buyurdilar. Shunda ul kishiga: «Ibn Jamil, Xolid ibn Valid va Abbos ibn Abdulmutallib sadaqa bermoqdan bosh tortishmoqda»,- deyishdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ibn Jamil faqir bo‘lmaganda zakot bermoqdan bo‘yin tovlamas erdi, uni Olloh taolo va uning Rasuli ta’minlab turibdir. Ammo, Xolid masalasiga kelsak, unga jabr qilmakdasizlar, axir ul Olloh yo‘lida urush anjomlarini doimo shay tutib turibdi-ku! Lekin, Abbos ibn Abdulmutallib (Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning amakilari) bo‘lsa, bir ermas, ikki bor sadaqa bermog‘i lozimdir»,- dedilar».
Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir to‘da ansoriylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan sadaqa so‘rashdi, ul kishi berdilar, so‘ng tag‘in so‘rashdi, tag‘in berdilar, hatto oldilaridagi narsalar tugadi. Shunda Janob Rasululloh: «Mening oldimda nimaiki yaxshi narsa bo‘lsa, sizlardan ayamasmen, kimki haromdan hazar qilsa, Olloh taolo ham uni haromdan asrag‘aydir, kimki boylik tilasa, Olloh taolo unga boylik ato qilgaydir, kimki sabr-toqat qilsa, Olloh taolo unga sabr-toqat berg‘aydir. Olloh taolo bandasiga in’om etadirgan ne’matlar ichida sabr-toqatdan ko‘ra afzalroq ne’mat bo‘lmasa kerak!» -dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh" sallallohu alaihi va sallam: «Jonu tanim qo‘lida bo‘lgan Olloh taologa qasam ichib ayturmenkim, birovning oldiga borib (u hali sadaqa beradirmi, yo‘qmi?), tilamchilik qilganingizdan ko‘ra, o‘tin terib, arqon birlan orqalab, tirikchilik qilganingiz ma’quldir!» - dedilar».
Zubayr ibn Avvom aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qo‘lingizga arqon olib, bir bog‘ o‘tin teryb, so‘ng uni yelkangizga orqalab, olib borib sotsangiz-u, Olloh taolo bu birlan sizni (tilamchilik) xijolatidan qutqarib qolsa, siz uchun bu - so‘rasangiz yo beradirgan, yo bermaydirgan kishining oldiga borib sadaqa tilaganingizdan ko‘ra, afzaldir!» - deganlar».
Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu aytadirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan sadaqa so‘radim, berdilar, so‘ng yana so‘radim, yana berdilar, tag‘in so‘radim, tag‘in berdilar. Keyin menga: «Ey Hakim, bu mol-dunyo degan narsa hayvonning ko‘ziga yaxshi ko‘rinadirgan ko‘m-ko‘k, shirin o‘t-o‘lan singari odamning ko‘zini o‘ynatg‘aydir, kimki undan ochko‘zlik qilmay ehtiyojiga yarasha olsa, Olloh taolo unga baraka ato etg‘aydir, kimki nafsi g‘oliblik qilib, besh qo‘lini og‘ziga tiqsa, uning biri ikki bo‘lmag‘aydir, undoq odam qancha yesa ham hech to‘ymaydirgan mechkayga o‘xshaydir, ko‘tarilgan qo‘l (mehnatga bo‘yin yor bergan qo‘l) tushirilgan qo‘ldan (sadaqaga uzatilgan qo‘ldan) afzaldir!» - dedilar. Shunda mrn: «Yo Rasululloh, sizni haqlig‘ uzra payg‘ambar qilib yuborgan ul zoti oliy nomiga qasam ichib ayturmenkim, siz o‘tganingizdan keyin ham to u dunyoga rihlat qilgunimcha, birovdan bir narsa olmag‘aydirman!» - dedim ».
Abu Bakr raziyallohu anhu Hakimni chaqirib, hadya bersalar, u olmas erdi. Bir kuni Umar raziyallohu anhu ham uni chaqirib, nimadir bermoqchi bo‘lgan erdilar, olmadi. Shunda Hazrat Umar: «Ey musulmonlar jamoasi, sizlar guvoh bo‘lingiz, men Hakimga: «Mana bu o‘ljadan o‘z ulushingni olg‘il!»-desam, olmayotir»,- dedilar.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling