Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zax o‘tidan
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 108-bob. Qanday sadaqa afzal ekanligi va sog‘lom, xasis odamning sadaqasi haqida
- 112-bob. Badavlat odamga bilmay sadaqa bersa...
- 113-bob. Bolasiga bilmay sadaqa bersa...
- 114-bob. O’ng qo‘li birlan sadaqa bermoq haqida
- 115-bob. Xizmatchisi orqali sadaqa bergan kishi haqida
- 116-bob. O’zi muhtoj bo‘la turib qilingan sadaqa sadaqa ermas!
- 118-bob. O’z vaqtidan kechiktirmay sadaqa qilmoqqa oshiqqan kishi xususida
- 119-bob. Sadaqa berishga undash va shafqat (yordam) qilib sadaqa qilmoq haqida
- 120-bob. Qurbi yetgancha sadaqa qilmoq haqida
- 121-bob. Sadaqa gunohlarni yuvgaydir!
- 122-bob. Mushrikligida sadaqa qilib, keyin musulmon bo‘lgan kishi xususida
- 123-bob. Halol xo‘jayinning buyrug‘iga binoan sadaqa bergan xizmatchiga tegadirgan savob haqida
- 124-bob. Tilamchiga erining uyidan ezgu niyatda sadaqa olib chiqib bergan yoki uning qornini to‘yg‘izgan ayolga tegadirgan sabob haqida
- 126-bob. Sadaqa berguvchi va baxil haqidagi misollar
- 127-bob. Kasb-hunar va tijoratdan keladirgan mablag‘dan qylinadirgan sadaqa haqida
- 129-bob. Qancha miqdorda zakot va sadaqa berish mumkinligi to‘g‘risida va butun bir qo‘yni ehson qilgan shaxs xususida
107-bob. Yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zax o‘tidan asrangiz! Ozgina sadaqa ham sadaqadir!
Bu xususda Olloh taolo quyidagi oyatni nozil qilgan: «Mol-dunyosini Olloh taoloni rizo qilmoq yo‘lida va unga nisbatan bo‘lgan o‘z sadoqatini isbot etmoq uchun sarf qilg‘uvchilar...» («har bir mevalardan» degan so‘zigacha)».
Abu Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Sadaqa oyati» nozil bo‘lgach, biz hammollik qilib, topgan pulimizdan sadaqa qilur edik. Bir kuni bir kishi kelib, ko‘p narsa sadaqa qildi. Shunda munofiqlar: «O’zini ko‘rsatmoq uchun shundoq qilayotir»,- deyishdi. Keyin, boshqa bir kishi kelib, bir so’ (taxminan 2,5 kg) xurmo sadaqa qildi. Munofiqlar uni ham ig‘vo qilib: «Uning bir so’ sadaqasiga Olloh taolo muhtoj ermas»,- deyishdi. Shunda: «Ko‘ngildan chiqarib sadaqa qilg‘uvchi mo‘‘minlar ustidan kulguvchilar va peshona teri birlan ishlab topg‘uvchilar...» degan oyat nozil bo‘ldi».
Abu Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga sadaqa qilmoqni buyursalar, ba’zi birimiz bozorga borib hammollik qilur erdik, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 284
keyin shundan tushgan pulga bir mud (600 misqol) ovqat yoki xurmo sotib olib, birovga sadaqa qilur erdik. Hozir ersa, ayrimlarimizda 100 ming dirhamgacha pul bordir».
Abdulloh ibn Ma’qil rivoyat qiladirlar: «Adiy ibn Hotim raziyallohu anhuning «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zax o‘tidan saqlangiz!»-deb aytganlar» deganini eshitganman».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Bir ayol ikki qizchasini yetaklab sadaqa so‘rab kirdi. Menda bir dona xurmodan bo‘lak hech narsa bo‘lmagani uchun o‘sha xurmoni berdim. Uni ikki qizalog‘iga bo‘lib berdi, o‘zi yemadi, keyin o‘rnidan turib chiqib ketdy. O’sha kuni Nabiy sallallohu alayhi va sallam mening hujramga kirdilar, men bo‘lgan voqeani aytib berdim. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar qizchalardan birortasi biror dardga chalinib, vafot etsa, oxiratda onasini do‘zax o‘tidan parda bo‘lib to‘sib turg‘aydir»,-dedilar».
Olloh taolo bunday deydir: «Ey mo‘‘min bandalar, o‘lmasingizdan burun biz sizlarga ato etgan rizqdan boshqalarga ham ulashingiz!» va «Ey iymon keltirgan bandalar, savdo- sotiq qilinmaydirgan kun kelmasidan burun biz sizlarga ato etgan rizqdan boshqalarga ham ulashingiz!»
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, qanday sadaqaning savobi ulug‘roqdir?» - deb aytdi. Janob Rasululloh: «Sen o‘zing sog‘lom va xasis ersang-u, kambag‘al bo‘lib qolmoqdan qo‘rqib hamda boy bo‘lmoqni orzu qilib sadaqa qilsang, ana shu sadaqangning savobi ulug‘roqdir! Joning halqumingga kelmasidan burun sadaqa qilib qolg‘il! Keyin, «falonchiga buncha, pistonchiga muncha bermog‘im kerak erdi»,- dersan, biroq, barcha mol-dunyong merosxo‘rga qolib ketg‘usidir»,-dedilar».
Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan xotinlaridan ayrimlari: «Qay birimiz sizga tezroq yetishg‘aydirmiz?» - deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Qay biringizning qo‘lingiz uzunroq bo‘lsa»,- dedilar. Shunda o‘zlari ekadirgan shakarqamish poyasidan keltirishib, bir-birlarining qo‘llarini o‘lchashdi, Savdaning qo‘li boshqa xotinlarining qo‘lidan uzunroq bo‘lib chiqdi. Keyin, bilsak, Janob Rasululloh «Eng qo‘li uzun»,- deganlarida, eng ko‘p sadaqa qilg‘uvchi ayolni nazarda tutgan erkanlar. Haqiqatan ham, Savda Rasulullohga tyozroq yetishdi, o‘zi ham bizdan ko‘ra, ko‘proq sadaqaqilar erdi-da!»
Olloh taolo bu xususda quyidagi oyatni nozil qilgan: «O’z mol-dunyolarini kechayu- kunduz xufiya va oshkora sadaqa qilayotganlar...» («Ular g‘am chekmag‘aydirlar» gacha o‘qingiz).
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 285
111-bob. Xufiya sadaqa
Abu Hurayra raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Shundoq odamlar bordirkim, sadaqa qilganlarini birovga bildirmag‘aydirlar, hatto o‘ng qo‘llari qilgan ishni chap qo‘llari bilmay qolur. Olloh taolo: «Agar oshkora sadaqa aylasangiz, sizga shul sadaqangizchalik savob tekkaydir, agar faqirlarga xufiya sadaqa aylasangiz, ko‘proq savob olg‘aydirsiz»,- deydir».
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytgandilar»,- deydilar: «Bir kishi sadaqa berg‘ayman, deb ahd qilib chiqib, sadaqasini (bilmay) bir o‘g‘rining qo‘liga tutqazib yubordi. Shunda odamlar o‘g‘riga sadaqa berdi, deb malomat qildilar. Boyagi kishi: «Ey parvardigor-o, sadaqa bermog‘im uchun o‘g‘rini bo‘lsa ham menga ro‘para qilganingga shukr!» - dedi. Keyin, yana sadaqa olib chiqib, bir buzuq ayolning qo‘liga berdi. Odamlar yana malomat qilib: «Bu kecha buzuq ayolga sadaqa berdi»,- deyishdi. Boyagi kishi: «Ey parvardigor-o, sadaqa bermog‘im uchun menga buzuq ayolni bo‘lsa ham ro‘para qilganingga shukr!» - dedi. So‘ng, yana sadaqa olib chiqdi-da, bir boyning qo‘liga berib yubordi. Odamlar: «Boyga sadaqa qildi»,- deb uni yana gap qildilar. Shunda u: «Ey parvardigor-o, o‘g‘rigami, buzuq ayolgami, boygami, sadaqa qilmog‘imni menga nasib etganing uchun senga shukr!» - deb aytdi. Keyin, tushida unga: «O’g‘ri, bergan sadaqang tufayli, shoyad, o‘g‘rilikdan qaytsa, buzuq ayol shoyad to‘g‘ri yo‘lga kirsa, boy ersa, shoyad Olloh taolo bergan boyligidan sadaqa qilmoqni o‘rgansa!» - deb aytildi».
Ma’n ibn Yazid raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berdilar: «Men, otam va bobom Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bay’at qildik. Ul zot shaxsan o‘zlari sovchilik qilib, meni uylantirib quydilar. Bir kuni otam bir necha dinorni (birov kelib olar, deb) masjidda o‘tirgan bir kishining oldiga qo‘ygan erdilar. Men borib o‘sha pullarni olib, otamning oldilariga keldim. Shunda otam: «Buni senga sadaqa qilmoqchi emasdim»,- dedilar. Men voqeani Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib berdim, Ul zoti oliy: «Ey Yazid, ne niyatda sadaqa qilmoqchi bo‘lgan ersang, o‘shal niyating o‘zingga (yor bo‘lsin), ey Ma’n, sen ne olgan ersang, o‘shal senikidir!» - dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo o‘zining soyasidan boshqa soya bo‘lmaydirgan kuni (ya’ni qiyomat kuni) yetti kishini - odil imomni (yoki har qanday rahbarni), Olloh taologa ibodat qilib ulg‘aygan yigitni, masjidlardan ko‘ngil uzolmaydirgan kishini, Ollohni deb birov birlan do‘stlashgan hamda Ollohni deb undan uzoq lashgan (kechgan) kishini, go‘zal bir mansabdor ayol yaqinlik qilmoqni taklif qilganda, «Men Olloh taolodan qo‘rqgayman» deb taklifini rad etgan kishini, o‘ng qo‘li bergan sadaqani chap qo‘li bilmaydirgan qilib pinhona hayr-ehson aylagan kishini va xilvatda o‘tirib, Olloh taoloning zikrida duv-duv ko‘z yoshi to‘kkan kishini o‘z soyasiga olgaydir». \orisa ibn Vahb al- Xuzo’iy: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitgandim»,— deydilar: «Sadaqa qilib qolingiz, chunkim shundoq davrlar Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 286
kelg‘aydirkim, odamlar kimga sadaqa bermoqni bilmay, sarson bo‘lur. Kimga sadaqa uzatilsa, o‘shal: «Kecha olib kelganingizda olar erdim, lekin bugun sadaqaga ehtiyojim yo‘qdir»,- deydir». .`
Abu Muso: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham sadaqa berguvchilardandirlar»,- deydilar.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar ayol yaxshi niyat birlan o‘z uyidagi yeguliklardan sadaqa qilsa, o‘shal bergan narsasiga yarasha unga savobi bo‘lg‘aydir, ishlab topib kelgan eriga ham savobi tekkaydir, shuningdek xazinachisiga ham savobi bordir. Ularning barchasi baravar savob olishg‘aydir, biriniki biridan kam bo‘lmag‘aydir»,- deganlar.
O’zi yoki oilasi muhtoj bo‘lgan yohud birovdan qarzi bo‘lgan kishi sadaqa bergandan ko‘ra va qul ozod qilgandan ko‘ra, avval qarzini uzmog‘i lozim, chunki uning xayru ehsoni baribir qabul bo‘lmag‘aydir. Birovlarning molini sarf qilmoqqa uning haqqi yo‘qdir!
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu xususda bunday deganlar: «Kim birovning molini sovurmoq niyatida olsa, Olloh taolo ul bandani halokatga mahkum etg‘aydir, Ammo, sabr-toqatliligi birlan tanilgan va muhtoj kishi, birovdan qarzi bo‘lsa ham, sadaqa qilmog‘i mumkindir». Chunonchi, Abu Bakr. raziyalloxu anhu ham shunday qilgan erdilar, Madina ansorlari ham muhojirlarni shu tariqa kutib olishgandi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘z boyligini bekorga sarf qilmoqni man’ qilganlar, demak odam birovning molini ham sovurmoqqa haqqi yo‘qdir. Ka’b raziyallohu anhu: «Yo Rasululloh, men qat’iy tavba qilganim tufayli barcha boyligimni Olloh va uning Rasuli yo‘lida sarf qilmoqchiman»,- deganlarida, Janob Rasululloh: «Molingdan bir qismini o‘zingga ham qoldirganing yaxshidir»,- debdilar. Shunda Ka’b: «Haybardagi mulkimni o‘zimga qoldirg‘ayman»,- deb aytibdilar.
Sa’id ibn Musayyab Abu Hurayra raziyallohu anhudan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitgan erkanlar: «O’zidan orttirib qilingan sadaqa eng yaxshi sadaqadir, shuning uchun sadaqa bermoqni eng avvalo oilangdan boshlag‘il!» (ya’ni, eng avvalo oilangni ta’minlag‘il).
Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar»,— deydilar: «Ko‘tarilgan qo‘l, tushirilgan qo‘ldan yaxshiroqdir (ko‘tarilgan qo‘l - ishlab boqguvchi qo‘l, tushirilgan qo‘l - tilamchi qo‘ldir)! Eng avvalo oilangga sadaqa berg‘il (oilangni boqg‘il)! O’zidan orttirib qilingan sadaqa - eng yaxshi sadaqadir! Kimki tavba qilg‘aydir, Olloh taolo uni kechirg‘aydir, kimki boylik tilag‘aydir, Olloh taolo unga boylik ato etg‘aydir!»
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarda turib sadaqa va poklik to‘g‘risida eslatib o‘tdilar, so‘ng: «Ko‘tarilgan qo‘l tushirilgan qo‘ldan afzaldir, ya’ni ko‘tarilgan qo‘l ishlab boqguvchi, tushirilgan qo‘l ersa, tilamchi qo‘ldir!» - dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 287
117-bob. Bergan sodaqasini minnat qilguvchilar to‘g‘risida
Olloh taolo bu xususda quyidagi oyati karimani nozil qilgan: «O’z boyliklarini Olloh yo‘lida sadaqa aylab, keyin ketidan minnat qilmaydirgan va ozor bermaydirgan bandalar...»
Uqba ibn al-Haras raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bizga imomlik qilyb namozi asr o‘qidilar. Keyin, shoshilib uylariga kirib ketib, bir oz o‘tmay qaytib chiqdilar. Men yoki oramizdan kimdir buning boisini so‘radik. Janob Rasululloh: «Sadaqa qilg‘ayman, deb uyda bir oz tilla olib qo‘ygan erdim, tuni birlan uning uyda qolmog‘ini istamadim, shuni hozir odamlarga ulashib keldim»,- dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hayit kuni Janob Nabiy sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqib, ikki rak’at namoz o‘qidilar, ilgari ham, keyin ham bunday namoz o‘qimagan erdilar. So‘ng, ayollarga o‘girilib, va’z aytdilar (yonlarida Bilol ham turgan erdi), ularni sadaqa bermoqqa undadilar. Shunda ayollar bilaguzuk va taqinchoqlarini (Bilolning etagiga) tashlay boshlashdi».
Abu Burda ibn Abu Muso otalari Abu Muso raziyallohu anhudan quyidagi hadisni eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga biror kishi sadaqa yokim boshqa narsa so‘rab kelsa, «Yordam (shafqat) qilingizlar, savob topg‘aydirsizlar!» - der erdilar. Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamning tillaridan o‘zi istagancha ayttirib, sadaqa qildirar erdi».
Asmo raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam menga: «Saxovat yo‘lini berkitmag‘il, Olloh taolo ham sening uchun saxovat yo‘lini berkitmag‘aydir» deb aytganlar» ,— deydilar.
Usmon ibn Abu Shayba: «Kimga ne berganingni sanamag‘il, Olloh taolo ham senga sanab rizq berg‘aydir»,- deydilar.
Abbod ibn Abdulloh ibn Zubayr rivoyat qiladirlar: «Asmo binti Abu Bakr raziyallohu anho Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borganlarida, ul zot «Mumsiklik qilmag‘il, Olloh taolo rizqyngni qirqg‘aydir, qurbing yetganicha sadaqa qilib turg‘il!» - degan erkanlar».
Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Umar raziyallohu anhu: «Qay biringiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning fitna haqida aytgan hadislaridan birortasini bilursiz?» - deb so‘radilar. Shunda men: «Janob Rasululloh qandoq aytgan bo‘lsalar, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 288
shundoqligicha eslab qolganman»,- dedim. Hazrat Umar: «Sen ul kishi birlan bemalol so‘zlasha olar erding, qani aytg‘il-chi, ne deganlar?» - dedilar. Shunda men: «Barcha fitna kishining o‘z xotini, bolalari va qo‘shnisidan chiqg‘aydir, uni sadaqa bermoq, namoz o‘qimoq va amri ma’ruf (lxshilig‘) qilmoq birlan daf etg‘aydirlar» deb aytganlar»,- dedim.
Huzayfa hadis aytganda, «Fitna - namoz o‘qimoq, Sadaqa bermoq va-l-amr bi-l-ma’ruf (ya’ni, Islom shariatida mashhur bo‘lgan amali solihlarni bajarmoqni buyurmoq) birlan daf qiling‘aydir» deb ham aytardi»,- deydilar muhaddislardan biri Sulaymon raziyallohu anhu.
uradirgan fitna haqida so‘ramoqchi erdim»,- dedilar. Men: «Ey Amir al-mo‘‘minin, unday fitnadan siz xavotir olmasangiz ham bo‘lur, siz birlan uning orasidagi eshik yopiqdir»,- dedim. Hazrat Umar: «O’sha eshik sindirilg‘aymidir yokim o‘zi ochilg‘aymidir?»-deb so‘radilar. Men: «Balki, sindirilg‘aydir»,- dedim. Hazra't Umar: «Agar sindirilsa, abadulabad qaytib yopilmas»,-dedilar. Men: «Ha»,- dedim». Abu Voil bunday deydilar: «Biz Huzayfadan o‘shal eshik haqida so‘rashga botina olmay, Masruqqa: «Siz so‘rangiz!» - deb aytdik. Masruq so‘ragan erdilar, Huzayfa: «O’shal eshik Umar raziyallohu anhuning' o‘zlaridirlar»,- deb javob qildilar. Shunda biz Huzayfaga: «Hazrat Umar kimni nazarda tutganingizni bildilarmi?»- dedik. Huzayfa: «Ha, ertangi kun kelmog‘idan oldin tun bo‘lmog‘ini bilganlaridek yaxshi bilg‘aydirlar. Men ul kishiga bir hadis aytib berganman, shu boisdan men kimni nazarda tutganimni bilmoqlari shubhasiz»,- dedilar».
Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Janob Rasulullohdan: «Yo Rasululloh, men johiliya davrida (islomdan avvalgi davrda) sadaqa aylab, qullarga ozodlik berib, qarindosh-urug‘larimga oqibat qilib yurg‘ay erdim, buning menga savobi bormidir?» - deb so‘radim. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ilgari qilgan yaxshiliklaring ustiga yana musulmon ham bo‘lding!» - deb javob qildilar».
Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar ayol yaxshi niyat birlan eri ishlab topib kelgan yeguliklardan sadaqa qilsa, o‘ziga ham, ishlab topib kelgan eriga ham savob tekkaydir, shuningdek, xazinachisi ham savobsiz qolmag‘aydir»,- deb aytganlar».
Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: Buyurilgan narsani to‘la-to‘kis bajaradirgan («beradigan», deb aytgan bo‘lishlari ham mumkin) ishonchli musulmon xazinachi «Sadaqa berib yuborg‘il!» deyilganda mamnuniyat birlan sadaqa berib yuborg‘aydir. Shu boisdan u ham sadaqa qilg‘uvchilardan biridir!»
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 289
Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar: «Agar ayol yaxshi niyatda erining uyidan sadaqa olib chiqib bersa...» (yuqoridagi rivoyat takrorlangan). Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Agar ayol yaxshi niyatda erining uyidagi yeguliklardan olib chiqib, tilamchining qornini to‘yg‘izsa, o‘ziga ham, eriga ham, shuningdek, xazinachiga ham savob tekkaydir. Eriga ishlab topib kelgani uchun, unga (ayolga) ersa, sadaqa bergani uchun savob tekkaydir»,- deganlar».
Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Agar ayol ezgu niyatda erining uyidagi yeguliklardan tilamchiga sadaqa qilsa, unga ham, eriga ham, shuningdek xazinachiga ham savob tekkaydir. Eriga ishlab topib kelgani uchun, unga (ayolga) sadaqa bergani uchun savob tekkaydir»,-deganlar».
Olloh taolo bunday deydir: «Ammo, kimki (sadaqalar) berg‘aydir, (Ollohdan) taqvo qilg‘aydir (qo‘rqg‘aydir) va qilgan yaxshilig‘iga (Olloh) yaxshilig‘ qaytarmog‘iga ishong‘aydir, biz unga farovonlikni muyassar etg‘aydirmiz, lekin kimki xasislik qilib, boyib ketgan ersa va (Ollohdan) yaxshilikka yaxshilig‘ qaytmog‘ini yolg‘on desa, biz unga qashshoqliqni muyassar aylag‘aydirmiz!»
Ey, parvardigor, xayr-ehson qilg‘uvchi bandangning boyligini yanada ziyoda qilg‘aysen! Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Banda har doim ertalab uyg‘onganida, ikki farishta osmondan tushib, ulardan biri: «Yo parvardigor, xayr-ehson qilg‘uvchi bandangning mol-dunyosini yanada ziyoda qilg‘aysen!»-deydir, ikkinchisi ersa, «Yo parvardigor, mumsik (xasis) bandangning mol- dunyosiga qiron keltirg‘aysen!» deydir»,- deganlar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar»,- deb rivoyat qiladirlar: «Baxil va sadaqa qilg‘uvchi bo‘g‘zidan ko‘kragigacha temir jubba kiyib olgan ikki kishiga o‘xshag‘aydir. Saxovatli kishi sadaqa bermog‘i birlanoq jubbasi kengayib, hatto yuz-qo‘lidagi temir izlari yo‘qolg‘aydir. Ammo, baxil odam sadaqa qilmoqchi bo‘lishi birlanoq jubbasining har bir halqasi badanini tobora siqa boshlag‘aydir, baxil har qancha chiranmasin, jubba kengaymag‘aydir» (mantiq: saxiy odam sadaqani hech qiynalmay, chin yurakdan berg‘aydir, ammo xasis odam o‘zini zo‘rlab, ming azobda berg‘aydir).
haqida
Olloh taolo bunday deydir: «Ey iymrn keltirgan bandalar, peshona teri birlan topgan mablag‘laringizdan va biz sizlarga yerdan undirib berayotgan ne’matlardan sadaqa aylab turingiz!..» (oyatning «g‘aniyyun hamidun» degan joyigacha o‘qingiz).
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 290
128-bob. Har bir musulmon sadaqa qilmog‘i lozim, agar sadaqa aylamoqqa hech narsasi bo‘lmasa, yaxshilik qilsin!
Sa’id ibn Abu Burda otalaridan, otalari esa, o‘z otalaridan quyidagi hadisni eshitgan erkanlar: «Janob Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Har bir musulmon sadaqa qilmog‘i lozim»,- dedilar. Sahobalar: «Yo Nabiyyalloh, agar hech narsasi bo‘lmasa-chi?»- deyishdi. Janob Rasululloh: «Qo‘li birlan mehnat qilib, o‘zi ham manfaatlang‘aydir, birovga ham sadaqa berg‘aydir»,- dedilar. Sahobalar: «Agar bunga qurbi yetmasa-chi?» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Ojizu jabrdiydalarga yordam berg‘aydir»,- dedilar. Sahobalar: «Bu ham qo‘lidan kelmasa-chi?- deyishdi. Janob Rasululloh: «Yaxshilik qilmoq yo‘liga o‘tib, yomonlikdan qaytsin, ana shuning o‘zi uning sadaqa qilganidir!»- dedilar».
Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nusayba degan bir ansoriya ayolga qo‘y yubordim. Ul ersa, shu qo‘yning go‘shtidan Oisha raziyallohu anhoga yubordi».
Oisha anamiz bunday deydirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biror yegulik narsa bormi?» -deb so‘radilar. «Nusayba yuborgan qo‘y go‘shtidan boshqa hech vaqo yo‘qdir»,- dedim. «Keltirg‘il, sadaqa o‘z o‘rnini topibdir!» - dedilar».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling