Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


www.ziyouz.com kutubxonasi 

270


tug‘ilganini ko‘rganmisizlar?» — der erdilar». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Olloh taolo insonga ato etgan tabiat — islomga moyil 



tabiatdir, bunga Olloh taoloning oyati kariymasi dalildir!» deydilar. 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Islomga qalbi moyil bo‘lib tug‘ilmagan birorta ham bola bo‘lmag‘aydir, barcha 

bolalarning qalbi islomga moyil bo‘lib tug‘ilg‘aydir, keyin ota-onasi uni, hamma a’zosi 

benuqson tug‘ilgan hayvon bolasining dumi, qulog‘i yokim shoxini kesishgandek, yo 

yahudiy, yokim nasoro, yohud majusiy qilg‘aydir. Yokim birortangiz hayvon bolasining 

qulog‘i yo burni kesik holda tug‘ilganini ko‘rganmisiz?» — der erdilar. Olloh taolo inson 

bolasiga azaldan ato etgan tabiatni o‘zgartirmoq yaramaydir, bunga «Ollohning 

maxluqini (Olloh yaratgan jonzodni) o‘zgartirish mumkin ermas!» degan oyati kariyma 

dalildir!» 

 

79-bob. Agar mushrik o‘limi oldidan «Lo iloha illalloh» desa.... 

 

Sa’id ibn Musayyabning otalari rivoyat qiladirlar: «Abu Tolib vafot etayotganlarida 



Rasululloh sallallohu alayhi va sallam u kishining huzurlariga keldilar. U yerda Abu Jahl 

ibn Hishom va Abdulloh ibn Abu Umayya ibn al-Mug‘iyrani ko‘rdilar. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam Abu Tolibga: «Ey amaki, «Lo iloha illalloh» deb kalima keltiringiz! Men 

bunga Olloh taolo huzurida guvoh bo‘layin!» — dedilar. Shunda Abu Jahl va Abdulloh ibn 

Abu Umayya: «Ey Abu Tolib, Abd ul-Mutallib dinidan qaytg‘aymisen?» — deyishdi. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kalima keltiringiz!» — deb qayta-qayta 

aytaverdilar. Boyagilar bo‘lsa, o‘zlarining gaplaridan qolishmadi. Nihoyat, Abu Tolib 

o‘zining Abd ul-Mutallib dinida ekanligini aytib, jon taslim qildi. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam: «Qasamyod etib ayturmenkim, agar Olloh taolo rad etmasa, undan 

sizni kechirmog‘ini so‘rag‘aymen!»—dedilar. Olloh taolo: «Payg‘ambarning haqqi yo‘q... 

» — degan oyatni nozil qildi». 

 

80-bob. Qabrga ho‘l cho‘p (novda) sanchib qo‘ymoq 

 

Burayda al-Aslamiy o‘zining qabriga ikkita ho‘l cho‘p (novda) sanchib qo‘ymaklarini 



vasiyat qildi. Ibn Umar, Abdurrahmonning qabri ustidagi chodirni ko‘rib: «Olib tashlag‘il, 

ey bola! Abdurrahmonga uning qilgan yaxshi amallari soya berg‘aydir!»—dedilar. Xorija 

ibn Zayd: «Usmon ibn Affonning zamonida biz yosh yigitcha erdik. Ichimizda eng 

sakrovchanimiz Usmon ibn Maz’unning qabridan bir sakrab o‘tib ketgan erdi»,— dedilar 

(demak, qabr ustida sag‘ana bo‘lib, undan qabrda yotgan mayyitga na foyda va na zarar 

bordir, foyda — mayyitning hayotligida qilgan solih amallaridir!). 

 

Usmon ibn Hakim: «Xorija meni qo‘limdan ushlab qabr ustiga o‘tqazib qo‘ydi-da, amakisi 



Yazid ibn Sobitning qabr ustida qazoi hojat qilmoqni qoralaganini aytdi»,— deydilar. Nofi’ 

raziyallohu anhu: «Ibn Umar raziyallohu anhu qabr ustiga o‘ltirib ham dam olaverar 

erdilar»,— deydilar. 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki 



qabr yonidan o‘tayotib: «Bu ikki qabrdagi mayyitlar azoblanmoqdalar, ammo katta 

gunohlari uchun azoblanayotganlari yo‘q. Ulardan biri siydigidan ehtiyot bo‘lmas erdi, 

ikkinchisi ersa, chaqimchilik qilur erdi»,— dedilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

271


sallam bir ho‘l novdani olib, ikkiga bo‘ldilar-da, har bir qabrga bittadan sanchib qo‘ydilar. 

Shunda sahobalar: «Yo Rasululloh, nega bundoq qildingiz,?»—deb so‘rashdi. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Shoyad, shu ikki novda quriguncha azob ham barham 

topsa!»—dedilar». 

 

81-bob. Muhaddisning qabr oldida va’z aytmog‘i va tinglovchilarning uning 

atrofida to‘planib o‘tirmogi 

 

Hazrat Ali rivoyat qiladirlar: «Baqi’ ul-G’arqad degan joyda janozada bo‘ldik. Shunda 



Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizning oldimizga kelib o‘tirdilar, biz esa atroflarida 

o‘tirdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qo‘llarida hassalari bor erdi. Janob 

Rasululloh boshlarini quyi solib fikr qildilar, so‘ng hassalari birlan yerni to‘qillatib: 

«Orangizda jannatdagi hamda do‘zaxdagi o‘rni oldindan belgilab qo‘yilmagan va baxtli 

yokim baxtsizligi peshonasiga yozilmagan birorta ham kishi yo‘qdir»,— dedilar. Shunda 

bir kishi turib: «Yo Rasululloh, undoq bo‘lsa, taqdirga tan berib, yaxshi ishlarga qo‘limiz 

bormay qolmag‘aydirmi? Oramizda kimki azaldan baxtli qilib yaratilgan bo‘lsa, u turgan 

gapki, baxtli kishilarga xos ishlarni qilgaydir, ammo peshonasiga azaldan baxtsizlik 

bitilgan kishi ersa, ma’lumki, baxtsiz kishilarga xos ishlarni qilgaydir»,— dedi. Janob 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Baxtli kishilarga baxt keltirguvchi ishlar, 

baxtsizlarga ersa, baxtsizlik keltirguvchi ishlar muyassar bo‘lg‘aydir»,- dedilar. So‘ng: 

«Fa ammo man a’to va-t-taqo» degan oyatni o‘qidilar. 

 

82-bob. O’zini-o‘zi o‘ldiruvchilar xaqidagi hadislar 

 

Sobit ibn az-Zahhok raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam: «Kimki islom dinidan boshqa dinni o‘rtaga qo‘yib, ataylab yolg‘ondan qasam 

ichg‘aydir, o‘sha o‘zi aytgan dinga mansub bo‘lib qolg‘aydir. Kimki o‘zini temir birlan 

o‘ldirg‘aydir, o‘shal temir birlan unga jahannamda azob berilg‘aydir»,- deganlar». 

 

Hasan raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jundub raziyallohu anhu bizga mana shu 



masjidda hadis aytib bergan erdilar, biz uni hali unutganimizcha yo‘q. Biz, Jundub 

raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haqlarida yolg‘on gap aytadirlar, 

deb ham qo‘rqmag‘aymiz. U kishining aytishlaricha, Janob Rasululloh bunday deb aytgan 

erkanlar: «Bir kishi o‘zini-o‘zi jarohatlab o‘ldirdi. Shunda Olloh taolo: «Bandam mendan 

ilgari o‘z jonini o‘zi oldi, uni men jannatdan mahrum qildim!»-dedi». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«O’zini-o‘zi bo‘g‘ib o‘ldirgan odamni do‘zaxda bo‘g‘ishg‘aydir va o‘ziga-o‘zi pichoq urib 

o‘ldirgan odamni do‘zaxda pichoqlashg‘aydir»,- dedilar». 

 

83-bob. Munofiqlarga janoza o‘qishning va mushriklarning gunohlarini tilab 

istig‘for aytishning makruhligi haqida 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deb rivoyat qiladirlar: Abdulloh ibn Ubay ibn Salul 



vafot etganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni unga janoza, o‘qimoq uchun 

chaqirishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam janoza o‘qimoqqa shaylanganlarida, 

men: «Yo Rasululloh, Ibn Ubayga janoza o‘qiydirmisiz? Axir, u falon va falon kunlari 

undoq degandi va bundoq degandi, deb uning illatlarini sanay ketdim. Men ko‘p so‘zlab 

yubordim shekilli, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga tabassum qilib: «Ey 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

272


Umar, qani nariroq turg‘il-chi! Menga Olloh taolo tomonidan tanlamak ixtiyori berilgan, 

men tanladim. Agar men yetmishdan ortiq istig‘for aytganimda Olloh taolo uning 

gunohlarini mag‘firat qilmog‘ini bilsam, yetmishdan ortiq istigfor aytgan bo‘lur erdim»,- 

dedilar. Shundan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga janoza o‘qib, 

uylariga qaytdilar. Bir oz o‘tmay «Baroat» surasining ikki oyati nozil bo‘ldi («Ulardan 

kimki o‘lg‘aydir, sira ham janoza o‘qimag‘il!» degan joyidan to «Ular fosiqlardir!» degan 

yerigacha). Men keyinchalik, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga jur’at qilib 

so‘zlaganimdan taajjublanib yurdim. Olloh va uning Rasuli eng ko‘p bilguvchidir! ' 

 

84-bob. Odamlarning mayyitni madh etishlari haqida 

 

Abdulloh ibn Suhayb: «Anas ibn Molik raziyallohu anhudan bunday deb eshitdim»,— 



deydilar: «Bir kishini tobutda olib o‘tdilar. Odamlar uni maqtab, yaxshi so‘zlar aytishdi. 

Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Vojib bo‘ldi»,— dedilar. Keyin, boshqa 

bir mayyitni olib o‘tishdi. Odamlar uning sha’niga yomon so‘zlar aytdilar. Janob 

Rasululloh bu gal ham: «Vojib bo‘ldi»,— dedilar. Umar ibn Xattob ajablanib: «Ne vojib 

bo‘ldi?» —dedilar. Janob Rasululloh: «Bu bandaga yaxshilig‘ni ravo ko‘rib, 

maqtadingizlar, demak unga jannat vojib bo‘ldi, keyingisiga ersa, yomonlig‘ni ravo 

ko‘rib, yomonladingizlar, demak unga do‘zax vojib bo‘ldi. Sizlar Olloh taoloning yer 

yuzidagi guvohlaridirsiz!»— dedilar». 

 

Abu ul-Asvad rivoyat qiladirlar: «Men Madinaga kelsam, shahar ahli bir kasallikka 



mubtalo bo‘lgan erkan. Shunda Umar ibn Xattobning yonlarida o‘tirgan erdim. Nogahon, 

bir mayyitni tobutda ko‘tarib o‘tib qoldilar, odamlar uning sha’niga yaxshi so‘zlar 

aytishdi. Hazrat Umar raziyallohu anhu: «Vojib bo‘ldi»,— dedilar. Keyin, yana bir 

mayyitni olib o‘tdilar, odamlar uning sha’niga ham yaxshi so‘zlar aytishdi. Hazrat Umar 

tag‘in: «Vojib bo‘ldi»,— dedilar. Undan so‘ng, uchinchi bir mayyitni olib o‘tdilar, odamlar 

bu gal uning sha’niga yomon so‘zlar aytishdi. Hazrat Umar yana: «Vojib bo‘ldi»,— 

dedilar. Men ajablanib: «Yo Amir al-mu’miniyn, ne vojib bo‘ldi?» — deb so‘radim. 

 

Hazrat Umar bunday dedilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning aytgan 



so‘zlarini qaytardim, xolos. Janob Rasululloh bizga: «Qaysi bir musulmonga to‘rt kishi 

yaxshi deb guvohlik bersa, uni Olloh taolo jannatga kiritg‘aydir»,— deganlar. Biz ul 

kishidan: «Agar guvoh uchta bo‘lsa-chi-?»—deb so‘radik. «Uchta bo‘lsa ham, bo‘lur»,— 

dedilar. «Ikkita bo‘lsa-chi?» —dedik, «Ikkita bo‘lsa ham, bo‘lur»,— dedilar. Keyin, 

bizning ul kishidan: «Guvoh bitta bo‘lsa-chi?» — deb so‘ragimiz kelmadi». 

 

85-bob. Qabr azobi haqidagi hadis va oyatlar 

 

Barro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam: «Mo‘‘min bandani qabriga kelib, o‘tqazib qo‘yishg‘aydir! So‘ng, mo‘‘min banda: 

«Olloh taolodan boshqa iloh yo‘qdir, Muhammad Olloh taoloning elchisidir»,— deb 

guvohlik berur. Bu xususda Olloh taolo bunday deydir: «Bandalar qat’iy so‘zlari birlan 

(ya’ni, kalimai shahodat aytib) Olloh taologa bo‘lgan ishonchlarini isbotlag‘aydirlar»,— 

dedilar». 

Gundar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Shu’ba raziyallohu anhu bizga (yuqoridagi 

hadisni) rivoyat qila turib, «Qabr azobi to‘g‘risida «Bandalar Olloh taologa bo‘lgan 

ishonchlarini isbrtlag‘aydirlar» degan oyat nozil bo‘lgan» deb qo‘shimcha qildilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

273


Ibn Umar raziyallohu anhu Nofi’ga bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Nabiy sallallohu 

alayhi va sallam Quraysh qabilasiga mansub kishilarning o‘liklari yotgan chuqur tepasiga 

kelib: «Rabbingizning va’dasi haq erkanin byldingizmi?»—deb xitob qildilar. Shunda 

odamlar: «O’liklarni chaqirmakdamisiz?» — deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Sizlar 

ulardan ko‘ra ko‘proq eshitib turganingiz yo‘q, ular so‘zlay olmaydilar, xolos»,— 

dedilar». 

 

Oisha oiamiz rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ular (o‘liklar) 



mening aytganlarim haq erkanligini juda yaxshi bilishg‘aydir»,— dedilar». Olloh taolo: 

«Sen o‘liklarga so‘zingni o‘tkaza olmag‘aydirsen (ya’ni, iymoni yo‘q shaxslarga, garchi 

ular tirik bo‘lsalar ham, so‘zing o‘tmag‘aydir)»,— deydi». 

 

Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir yahudiy ayol Oisha onamizning 



huzurlariga kirib, qabr azobi haqida gapira turib: «Sizni Olloh taolo qabr azobidan 

saqlasin!» —debdir. Shunda Oisha onamiz Janob Rasulullohdan qabr azobi to‘g‘risida 

so‘rabdilar. Janob Rasululloh: «Ha, qabr azobi haq!»—debdilar. Oisha raziyallohu anho: 

«Shundan beri men, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qiganlarida, 

Olloh taolodan o‘zlarini qabr azobidan saqlamakni so‘ramay qo‘yganlarini sira 

ko‘rmadim»,— deydilar». 

 

Urva ibn Zubayrning xolasi Asmo Abu Bakr qizi bunday degan erkanlar: «Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam xutbada bandaga beriladirgan qabr azobini eslatib o‘tdilar. 

Shunda xutba tinglab o‘tirgan musulmonlar (qo‘rquvdan) baqirib yuborishdi». 

 

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 



deganlar: «Qabrga qo‘yilgan banda janozaga kelganlarning qaytib ketayotgandagi oyoq 

tovushlarini eshitib yotg‘aydir. Keyin, ikki farishta kelib, mayyitni o‘tirg‘izib qo‘yg‘aydir-

da, «Bul kishi, ya’ni Muhammad sallallohu alayhi va sallam haqlarida ne der erding?» — 

deb so‘rashg‘aydir, Agar, banda mo‘‘min-musulmon bo‘lsa, «Bul kishining Ollohning 

bandasi va uning elchisi erkanlig‘iga guvohlik berurmen»,— deydir. Shunda farishtalar: 

«Qarag‘il, Olloh taolo senga do‘zax o‘rniga jannatdan joy ato etdi!» — deyishg‘aydir, 

bandaga birvarakayiga do‘zax ham, jannat ham ko‘rsatilg‘aydir». Ushbu hadisni Anasdan 

eshitgan Qatoda: «Keyin, banda qabrida siqilmay, bemalol yotg‘usidir»,— deb 

qo‘shimcha qildilar-da, Anasning rivoyatini bunday deb davom ettirdilar: «Ammo, banda 

munofiq va kofir ersa, «Bul kishi haqlarida ne der erding?»—deb so‘rashganda, 

«Ko‘pchilik ne degan ersa, men ham shundoq deganman»,— deb javob berg‘aydir. 

Farishtalar unga: «(Ul kishini) bilmagandirsan ham, (Qur’on) tilovat qilmagandirsan 

ham»,— deb temir gurzi birlan urishg‘aydir. Shunda banda shunchalik qattiq 

qichqirg‘aydirkim, buni inson va jinlardan boshqa, atrofdagi barcha mayyitlar 

eshitg‘aydir». 

 

86-bob. «Qabr azobidan saqlag‘il!» deb Olloh taologa iltijo qilmoq haqida 

 

Abu Ayyub Ansoriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh 



botgan paytda tashqariga chiqdilar. Shunda (hotifdan) bir ovozni eshitib, «Yahudiylar 

qabrlarida azob tortmoqdalar»,- dedilar». 

Xolid ibn Sa’id ibn al-Osiyning qizi: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Olloh 

taologa sig‘inib, qabr azobidan panoh so‘rayotganlarini eshitganman» deb aytdi»,- 

deydilar Muso ibn Uqba.  


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

274


 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam: «Ey parvardigor, meni qabr va o‘t azobidan, hayotu mamot hamda Masih Dajjol 

fitnasidan saqlag‘il, deb senga iltijo qilg‘aymen!»-der erdilar». 

 

87-bob. G’iybatchilikdan va siydikdan hazar qilmaganlik uchun qabrda 

beriladirgan azob to‘g‘risida 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki 



qabr yonidan o‘tayotib, «Bu qabrdagi mayyitlar azob chekmoqda, biroq katta gunoh 

uchun azoblanayotganlari yo‘qdir. Bulardan biri chaqimchilik qilar erdi, ikkinchisi ersa, 

siydigidan ehtiyot bo‘lmas erdi»,-dedilar. Keyin, bir ho‘l nordani olib, ikkiga bo‘ldilar-da, 

har bir qabrga bittadan sanchib qo‘yib: «Shoyad, shul cho‘plar quriguncha azoblari 

yengillashg‘aydir!»-dedilar». 

 

88-bob. Mayyitga ertami-kechmi boradirgan joyini ko‘rsatib qo‘ymoq haqida 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam: «Agar birortangiz o‘lsangiz, sizga qabrda ertami-kechmi boradigan joyingizni 

ko‘rsatishg‘aydir. Agar jannatga loyiq ersangiz, jannatga; agar do‘zaxga munosib 

ersangiz, do‘zaxga tayin qiling‘aydirsiz. Keyin, sizga: «Olloh taolo seni qiyomat kuni 

qayta tiriltirguncha, boradigan joying qay yer erkanlig‘in bilib qo‘yg‘il!»-deyishg‘aydir». 

 

89-bob. Janozada mayyitning so‘zlashi to‘g‘risida 

 

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 



deganlar: «Mayyit tobutga qo‘yilib, odamlar uni yelkalariga ko‘tarishganda, agar ul 

hayotligida solih banda bo‘lgan ersa, «Meni tezroq olib boringiz!»-deydir, basharti solih 

banda ermasa, «Voy sho‘rim, meni qayoqqa olib ketmoqdasizlar?»-deb aytg‘aydir. Uning 

ovozini odamlardan boshqa hamma narsa eshitg‘aydir, agar odamlar ham eshitsa erdi, 

hushidan ketib, yiqilg‘ay erdi». 

 

90-bob. Musulmonlarning bolalari to‘g‘risida nimalar deyilgan? 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 



«Kimning norasida uchta bolasi o‘lsa, ular ota-onasini do‘zax o‘tidan parda bo‘lib to‘sib 

turg‘aydir, yokim ushbu ota-ona o‘lgan norasida bolalar tufayli jannatga kirg‘aydir»,- 

deganlar». 

 

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam: «Birorta ham musulmonning norasida uchta bolasi o‘lmasin! Mabodo, o‘lsa, Olloh 

taolo uni o‘shal bolalari tufayli jannatga kiritg‘aydir»,-deganlar». 

 

Barro' raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va' sallamning (o‘g‘illari) Ibrohim 



alayhissalom vafot qilganlarida, «Jannatda uning rizo’iy onasi bordir» deb aytganlarini 

eshitgan erkanlar. 

 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

275


91-bob. Mushriklarning bolalari haqida nimalar deyilgan? 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan 



mushriklarning bolalari to‘g‘risida so‘rashganda, ul kishi: «Olloh taolo ularni yaratgan 

vaqtda ne qilmoqlari lozimligini aytgan»,- dedilar». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamdan mushriklarning o‘lgan norasida bolalari xususida so‘rashganda, ul kishi: 

«Olloh taolo ularning ne qilmoqlarini aytgan erdi»,- dedilar». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Har bir bola tabiatan musulmon bo‘lib tug‘ilg‘aydir, biroq ota-onasi uni, hayvon o‘z 

bolasini hayvon qilib tarbiyalagandek, yahudiy yokim nasoro yohud majusiy qilib 

tarbiyalag‘aydir. Aytingiz-chi, sizlar hayvon bolasining biror a’zosi (shoxi, burni, qulog‘i) 

kesik holda dunyoga kelganini ko‘rganmisizlar?» -dedilar». 

 

92-bob. 

 

Sumra ibn Jundub raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam namoz o‘qib bo‘lgach, bizga yuzlanib: «Bul kecha kim tush ko‘rdi?»-deb so‘rar 

erdilar. Odamlar ko‘rgan tushlarini aytib berishar erdi, Janob Rasululloh ersa, «Olloh 

taolo ne xohlasa, o‘sha bo‘lg‘aydir!»-deb ta’bir aytar erdilar. Bir kuni bizdan: 

«Birortangiz tush ko‘rdingizmi?» - deb so‘radilar. Biz: «Yo‘q»,- dedik. Shunda Janob 

Rasululloh: «Ammo, men bul kecha tush ko‘rdim, tushimda ikki kishi qo‘limdan yetaklab, 

meni Bayt ul-Muqaddasga olib borishdi. Qarasam, u yerda bir kishi o‘tiribdir va bir kishi 

tik turibdir. Tik turgan kishi qo‘lidagi (rivoyatning davomini Muso ibn Ismoildan 

eshitganmiz, deyishadi ayrim sahobalar) temir changakni o‘tirgan kishining bu lunjiga 

tiqib, ikkinchi lunjidan chiqarmakdadir, keyin ikkinchi lunjiga tiqib, bu lunjidan 

chiqarmakdadir. Changakni sug‘urib oldi deguncha, lunji tuzalib qolayotir. Tik turgan 

kishi o‘tirgan kishining lunjiga temir changakni shu tariqa to‘xtovsiz tiqib, sug‘urar erdi. 

Buni ko‘rib, «Bu ne qilganlaringdir?»-dedim. Ular: «Qani, yurg‘il, ketdik!» - deyishdi. Bir 

joyga borsak, bir kishi chalqancha yotibdir, yana bir kishi boshida tik turibdir. Uning 

qo‘lida mushtdek tosh bo‘lib, chalqancha yotgan kishining boshiga urmakdadir, tosh 

sapchib ketib, nariga borib tushmakdadir. U toshni tag‘in olib kelguncha chalqancha 

yotgan kishining boshi tuzalib qolayotir. Shu tariqa tik turgan kishi chalqancha yotgan 

kishining boshini qayta-qayta majaqlamoqdadir. Men: «Bu kimdir?»-deb so‘radim. Ular: 

«Yurg‘il, ketdik!»- deyishdi. Bir joyga borsak, tandirga o‘xshash og‘zi tor, tubi keng bir 

chuqurlik bor erkan, uning ichidagi alanga kuchayganda odamlar alanga birlan birga 

chuqurdan uchib chiqib ketay deyishayotir, alanga pasayganda ersa, alanga birlan birga 

yana chuqur tubiga tushib ketishmakdadir. O’tda kuyayotganlar orasinda qip-yalang‘och 

erkaklar ham, ayollar ham bordir. «Bular kimlardir?» - deb so‘radim. Ular: «Yurg‘il, 

ketdik!»-deyishdi. Yura-yura qon daryosi bo‘yidan chiqib qoldik. Daryoning qirg‘og‘ida 

bir odam, o‘rtasida ersa, boshqa bir odam turibdir. Daryodagi odam qirg‘oqqa 

chiqg‘aymen desa, qirg‘oqdagisi uning lunjiga tosh birlan urib, daryoga qaytarib tushirib 

yubormakdadir. U yana chiqg‘aymen desa, tag‘in urib tushirib yubormakdadir. «Bu 

nedir?»-dedim. Ular: «Yurg‘il, ketdik!» - deyishdi. Biz bu gal yam-yashil bog‘ oldidan 

chiqib qoldik. Bog‘da bir azim daraxt bor erkan, uning tagida bir chol va bir to‘da bolalar 

o‘tirishibdir. Daraxtga yaqin joyda bir kishi o‘t yoqmakdadir. Sheriklarim meni ko‘tarib 

daraxtning ustidagi bir uyga olib kirdilar. Men shul choqqacha bundoq muhtasham uyni 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

276


ko‘rmagandirmen, uning ichida (kishilar) chollar, yigitlar, bolalar va ayollar bor erkan. 

Keyin, meni daraxtning yuqorirog‘idagi boshqa bir uyga olib chiqdilar, bunisi 

avvalgisidan ham muhtashamroq va fayzliroq erdi. Unda chollar va yigitlar o‘tirishgan 

erkan. Men sheriklarimga qarab: «Bul kecha meni rosa sayr qildirdingizlar, endi 

ko‘rganlarimni tushuntirib beringiz!» - dedim. Ular: «Bo‘pti!»-deb menga tushuntira 

ketdilar: «Lunjiga temir changak tiqilayotgan odam kazzob (yolg‘onchi) bo‘lib, uning 

gaplari hatto ufqqa qadar yetib borgandir. Unga, o‘zing ko‘rganingdek, qiyomatgacha 

azob berilg‘aydir. Boshi majaqlanayotgan odam ersa, Olloh taolo Qur’ondan bexabar 

qilgan odam bo‘lib, u kechalari g‘aflat uyqusida yotgan, kunduzi ham tilovat qilmagan. 

Unga qiyomatgacha boshini majaqlab, azob berilg‘aydir. Chuqurda ko‘rganlaring - zino 

qilgan odamlardir, daryoda ko‘rganlaring ersa, sudxo‘rlardir. Daraxt tagida o‘tirgan chol 

ersa, Ibrohim alayhissalom, tegrasidagi bolalar - odamlarning norasida yoshda vafot 

etgan bolalaridir. O’t yondirayotgan shaxs o‘t yoquvchilar noziridir. Sen kirgan birinchi 

uy, umum mo‘‘minlar uyidir, ammo keyingi uy ersa, shahidlar uyidir. Men bo‘lsam, 

Jabroildirmen, bul esa Mikoildir». Shundan so‘ng, Jabroil va Mikoil menga: «Boshingni 

ko‘targ‘il!» -dedilar. Men boshimni ko‘tarsam, tepamda bulutga o‘xshash bir joy ko‘rindi. 

Ular: «Bu sening maskaningdir!» - deyishdi. Men: «Qo‘yib yuboringiz, o‘shal 

maskanimga kirayin!» desam, ular: «Hali umring tugagani yo‘qdir, tugasa, o‘shal 

manzilingga kelg‘aydirsan»,- deyishdi». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling