Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob Ayol mayyitning sochi orqasiga tashlab qo‘yiladi
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-bob. Oq matodan kafanlik qilmoq
- 18-bob. Ikki qavat qilib kafanlashning joizligi
- 19-bob. O’likni hanutlamoq (xushbo‘y moddalar sepmoq)
- 21-bob. Etagi bukilgan yoki bukilmagan ko‘ylakka kafanlamoq
- 22-bob. Ko‘ylak kiydirmay kafanlamoq
- 25-bob. Mayyitni kafanlash uchun kiyimidan boshqa narsa topilmasa...
- 26-bob. Mayyitga boshini yopsa, oyog‘i, oyogini yopsa, boshi ochilib qoladirgan narsadan bo‘lak kafanlik topilmasa, bosh tomonini o‘raydir
- 27-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam zamonlarida o‘ziga kafan tayyorlab qo‘ygan kishini koyishmagani haqida
- 28-bob. Ayollarning janozada ishtirok etmog‘i haqida
- 30-bob. Qabrlarni ziyorat qilmoq haqida
- 31-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Agar mayyit hayotligida o‘z ahlini o‘likka aza tutganda (ortiqcha) yig‘i-sig‘i qilmakka o‘rgatib qo‘ygan
- Ovoz chiqarmay yig‘lashga ruxsat berilganligi haqida
- 34-bob. Azada yoqasini yirtib dod solgan kishi bizdan ermas (musulmon ermas)!
16-bob Ayol mayyitning sochi orqasiga tashlab qo‘yiladi
Ummu Atiyya rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlaridan biri vafot etdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldimizga kelib: «Suvga sidr qo‘shib toq marta - uch, besh yokim yetti marta, zarur bo‘lsa, undan ham ko‘proq yuvingiz, eng oxirgi yuvishda kofurdan bir oz qo‘shingiz, yuvib bo‘lganingizdan so‘ng menga aytingiz!»- dedilar. Yuvib bo‘lganimizni Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamga aytgan erdik, bizga izorlarini uzatdilar. Vafot etgan qizning sochini uch o‘rim qilib, orqasiga tashlab qo‘ydik».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu' alayhi va sallamning muborak jasadlarini uch en yamaniy oq surp bilan kafanlashdi. Kafan ostida na ko‘ylak va na salla bor erdi».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Arafot tog‘ida tuya minib turgan erdi, birdan tuyadin yyqilib ketib, bo‘yni sinib o‘ldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyitni suv va sidr birlan yuvib, ikki qavat qilib kafanlangiz, hanut (xushbo‘y modda) sepmangiz va boshini o‘ramangiz! Chunkim, ul qiyomat kuni talbiya (Labbayka Ollohumma. labbayka) aytib turgan holida tiriltirilg‘aydir»,— dedilar».
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Bir vaqt bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Arafotda turgan erdi. Birdan tuyadan yiqilib, o‘sha zahotiyoq o‘ldi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyitni suv va sidr birlan yuvib, ikki qavat qilib kafanlangiz, hanutlamangiz, boshini ham o‘ramangiz! Chunki Olloh taolo bul kishini qiyomat kuni talbiya aytib turgan holida tiriltirg‘aydir»,— dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 251
20-bob. Mayyitning egnida exromi bo‘lsa, qanday kafanlanadir?
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishini tuyasi yiqitib yubordi. Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘sha yerda erdik. Boyagi odamning egnida ehromi (haj kiyimi) bor erdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bul kishini suv va sidr birlan yuvib, ikki qavat qilib kafanlangiz, unga xushbo‘y narsalar sepmangiz, boshini ham o‘ramangiz! Chunkim Olloh taolo qiyomat kuni uni talbiya aytib turgan holida tiriltirg‘aydir»,— dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Arafotda turgan erdik, bir kishi «tuyasidan yiqilib tushdi (Ayyub: «Bo‘yni uzilib ketdi»,— deydilar. Amr: «Bo‘yni sinib ketganidan, til tortmay o‘ldi»,— deydilar). Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uni suv va sidr birlan yuvib, ikki qavat qilib kafanlangiz, xushbo‘y narsalar sepmangiz, boshini ham o‘ramangiz! Chunki ul qiyomat kunida... (Ayyub: «Talbiya aytib turib tirilg‘aydir»,—deydilar. Amr ersa: «Talbiya aytib turgan holida tiriltirilg‘aydir», deydilar)».
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Ubay vafot etganda o‘g‘li Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga kelib: «Yo Rasululloh. otamni kafanlamak uchun menga ko‘ylagingizni bersangiz, otamga janoza o‘qib, Olloh taolodan unga talabi mag‘firat qilsangiz!» — dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘ylaklarini berib: «Menga xabar qilg‘il, janoza o‘qig‘aydirman»,— dedilar. U Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xabar qildi. Janob Rasululloh janoza o‘qimoq uchun jamoat oldiga o‘tmoqchi bo‘lganlarida Hazrat Umar kiyimlaridan tortib: «Olloh taolo sizga munofiqlarga janoza o‘qimoqni man’ etmaganmi?» - dedilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Menga ikki yaxshilikdan birini tanlamak ixtiyori berilgandir. Olloh taolo: «Ular haqqiga ista, talabi mag‘firat qilg‘il, ista, talabi mag‘firat qilmag‘il! Agar ularga yetmish karra talabi mag‘firat qilsang ham, Olloh taolo ularni mag‘firat qilmag‘aydir, degan»,- dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Ubayga janoza o‘qidilar. Shunda: «Bulardan biror kishi o‘lsa, sira ham janoza o‘qimag‘il!» - degan oyat nozil.bo‘ldi»,
Amr ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Ubay dafn qilingandan keyin keldilar. Shunda qabrdan ul kishini chiqarmakni buyurdilar. Mayyit qabrdan chiqarilgandan so‘ng, Janob Rasululloh uning badaniga tupuklarini surtib, egniga o‘zlarining ko‘ylaklarini kiydirib qo‘ydilar».
Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni sallasiz va ko‘ylaksiz holda uch qavat qilib kafanladilar»,- deydilar.
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni uch qavat yamaniy surp birlan kafanladilar. Kafan ichida salla ham, ko‘ylak ham yo‘q erdi».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 252
24-bob. Kafanlik haqi mayyitdan qolgan molu mablag‘dan chegirib qoling‘aydir
Ato, Zuhriy, Amr ibn Dinor va Qatoda ham shundoq fikrdadirlar. Amr ibn Dinor: «Mayyitga ishlatiladirgan xushbo‘y narsalar, garchi undan qolgan molu mablag‘ning hammasi ketsa ham, xarid qiling‘aydir»,- deydilar. Ibrohim an-Nakasiy: «Mayyitdan qolgan molu mablag‘ avval kafan xarid qilmoq uchun, so‘ng qarzini uzmoq uchun, undan keyin ersa, meros uchun taqsimlang‘aydir» - deydilar. Sufyon: «Go‘rkov va g‘assol haqi ham kafanga ajratilgan mablag‘dan to‘lang‘aydir»,-deydilar.
Sa’d ibn Ibrohim rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Abdurrahmon ibn Avf raziyallohu anhuga taom keltirishdi. Ul kishi (ovqatlana turib): «Mus’ab ibn Umayr shahid bo‘ldi. Ul mendan ko‘ra yaxshi erdi. Uyidan kafanlikka yaroqli biror narsa topilmadi. Uning birgina choponi bor erdi, xolos. Keyin, Amir Hamza o‘ldirildi. Ul ham mendan yaxshi erdi. Uning uyidan ham kafanlik uchun biror narsa topilmadi. Uning ham bitta choponi bor erdi, xolos. Oxiratda ko‘rsatiladirgan yaxshilig‘lar bizga bu dunyoda ko‘rsatilyaptimikan, deb qo‘rqg‘aymen»,- deya xo‘ngrab yig‘lay boshladilar (chunkim,ul kishi o‘zlariga to‘q odam erdilar)».
Sa’d ibn Ibrohim rivoyat qiladirlar: «Abdurrahman ibn Avfga (ro‘zada) ogiz ochmoq uchun taom keltirishdi. Shunda Abdurrahmon: «Mus’ab ibn Umayr shahid bo‘ldi. Vaholanki, ul mendan yaxshiroq erdi. (Kafanlik topilmay) birgina choponiga o‘rab ko‘mdilar. Chopon kaltalig‘idan oyog‘ini yopsa, boshi ochilib qolar erdi, boshini yopsa, oyog‘i ochilib qolar erdi. Amir Hamza ham o‘ldirildi, vaholanki, ul ham mendan yaxshiroq erdi. Uni ham birgina choponiga o‘rab dafn qildilar, Bizga ersa, bisyor mol-dunyo berildi. Varcha yaxshilig‘larni shu dunyoda ko‘rib, oxiratda hech narsa qolmasa erdi, deb qo‘rqg‘aymiz»,- deya yig‘lay boshladilar, hatto iftor vaqtida ovqatham yemadilar».
narsadan bo‘lak kafanlik topilmasa, bosh tomonini o‘raydir
Xabbob raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Olloh rizolig‘ini istab Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga hijrat qildik. Olloh taolo bu dunyoda bizga ato etmog‘i lozim bo‘lgan mukofotlarini oxiratga mo‘l olib qoldi, chunkim oramizdan ul dunyoga rihlat qilganlardan birortasi ham o‘shal mukofotlardan zarracha bahramand bo‘lgani yo‘qdir. Ulardan biri - Mus’ab ibn Umayr. Biroq oramizda bul dunyoda mukofotini olib, ayshini surib yurganlar ham bordir. Mus’ab ersa, Uhud jangida o‘ldirildi, uni kafanlamoqqa (uyidan) hech narsa topolmadik. Boshini yopsa, oyog‘i, oyog‘ini yopsa, boshi ochilib qoladirgan birgina choponi bor erkan, xolos. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam choponi birlan bosh tomonini o‘ramoqni, ochilib qolgan oyog‘ini ersa, izxir (o‘simlik) birlan yopmoqni buyurdilar».
tayyorlab qo‘ygan kishini koyishmagani haqida
Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir xotin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga chetiga popuk tikilgan burda (ustki uzun ko‘ylak) olib kelib, hadya qildi: Shunda: «Bilurmisiz, burda qandoq kiyimdir?» - deb so‘radim. Sahobalar: «Bu - Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 253
shamladir (butun badanni qamrab turadirgan kiyimdir)», -deyishdi. Men: «Ha, topdingiz!» - dedim. Boyagi ayol Janob Rasulullohga: «Buni ataylab sizga o‘z qo‘lim birlan to‘qib, keltirdim»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uni o‘zlariga kerak bo‘lgani uchun oldilar, keyin ichkariga kirib (izor o‘rniga) beldan pastlariga o‘rab chiqdilar. Shunda falonchi (Abdurrahmon ibn Avf): «Qandoq yaxshi erkan, menga kiydira qolingiz!»-dedi. Sahobalar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga kerak bo‘lgani uchun kiyib erdilar, yaxshi qilmading, so‘ragan narSangni yo‘q demay bermaklarini bilursen-ku!» - deyishdi. Abdurrahmon: «Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, ko‘ylakni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan kiymoq uchun so‘raganim yo‘q, uni o‘zimga kafanlik qilib olib qo‘ymoqchiman»,- dedi. O’shal ko‘ylak (keyinchalik) unga kafanlik bo‘ldi».
Ummu Atiyya raziyallohu anho: «Bizga janozada qatnashmoq man’ qilindi, ammo qat’iyan ermas»,- deydilar.
muddati haqida
Muhammad ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Ummu Atiyya raziyallohu anhoning o‘g‘illari o‘ldi. Uchinchi kuni safra (surtiladigan rangli xushbo‘y modda) keltirmakni buyurdilar, olib kelingach, uni o‘zlariga surtdilarda: «Ayollarga eridan boshqa yaqinlariga uch kundan ortiq aza tutmoq makruh qilingandir»,- dedilar».
Zaynab binti Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Shomdan Abu Sufyonning vafot etganligi haqidagi xabar yetib kelganda, uchinchi kuni Abu Sufyonning qizlari Ummu Habiba (Rasulullohning xotinlari) safra keltirmakni buyurdilar. Olib kelishgach, uni yonoqlari, manglaylari, quloqlarining tagi va bilaklariga surtdilar-da: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ollohga va oxirat kuniga ishongan ayolning o‘likka uch kundan ortiq aza tutmog‘i makruhdir, eri o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun motamda bo‘lg‘aydir» demaganlarida, men bundoq qilmas erdim»,- dedilar».
Zaynab binti Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Ummu Habibaning huzurlariga kirdim. Ul kishi menga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ollohga va oxiratga ishonadirgan ayolning uch kundan ortiq o‘likka aza tutmog‘i makruhdir, eri o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun aza tutg‘aydir» deganlarini eshitganman» - dedilar. So‘ng, Zaynab binti Jahshning huzurlariga akalari o‘lganda kirdim. Shunda ular xushbo‘y narsalar olib kelmakni buyurdilar, xushbo‘ylikni o‘zlariga surtib, so‘ng: «Mening xushbo‘y narsalar surtmakka hushim yo‘g‘-u, lekin men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbarda turib, «Ollohga va oxiratga ishongan ayolning o‘likka uch kundan ortiq aza tutmog‘i makruhdir, eri o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun aza tutg‘aydir» deganlarini eshitganman»,-dedilar».
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qabr tepasida yig‘lab o‘tirgan bir ayolning yonidan o‘tayotib unga: «Ollohdan qo‘rqingiz, sabr qilingiz!»- dedilar. Xotin: «Yo‘lingizdan qolmangiz, sizning boshingizga bundoq musibat Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 254
tushmagan-da!» -dedi. U Rasulullohni tanimas erdi. Odamlar xotinga: «Ul kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam erdilar»,-deyishdi. Shunda xotin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning eshiklari oldiga keldi. Qarasa, eshik oldida (podshoh saroylarida bo‘ladirgan) darvozabon yo‘q. Xotin (ichkariga kirib) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Sizni tanimabmen»,-dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odam boshiga musibat tushgan dastlabki kunlarda sabr-toqat qilmog‘i kerak!» - dedilar».
ahlini o‘likka aza tutganda (ortiqcha) yig‘i-sig‘i qilmakka o‘rgatib qo‘ygan bo‘lsayu, o‘zi o‘lganda ahli unga aza tutib, oh-voh qilib yig‘lasa, qabrida unga azob berilgaydir»,- deganlari
Olloh taolo: «Ey mo‘minlar, o‘zingizni va ahlingizni jahannam o‘tidan saqlangiz!» - degan.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har biringiz boshliqdirsiz va har biringiz o‘z qo‘l ostingizdagi kishilarga mas’uldirsiz. Agar mayyit hayotligida o‘z ahlini o‘likka aza tutganda, dod-voy qilib yig‘lamakka o‘rgatib qo‘ygan bo‘lmasa, (qabrida azob chekmag‘aydir)»,- deganlar. Oisha onamiz aytganlaridek, birov birovning gunohi uchun gunohkor bo‘lmag‘aydir. Mana bul oyatning mazmuni ham xuddi shu xususda: «Agar birov o‘zi qilgan gunohlarining ko‘plig‘idan alarni ko‘tarolmay qolsa-yu, boshqa bir odamni chaqirib, unga: «Bir qismini o‘zingga olg‘il!» - desa, ul zarrachasini ham olmag‘aydir.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birov birovni nohaq o‘ldirmag‘aydir, mabodo nohaq o‘ldirsa, Odam alayhissalomning to‘ng‘ich o‘g‘illari Qobil kenja o‘g‘illari Xobilni o‘ldirgani sababli, uning gunohiga sherik bo‘lg‘aydir, chunkim, dunyoda ul birinchi bo‘lib odam o‘ldirmakni, nohaq qon to‘kmakni odat qilgan shaxsdir!»- deganlar».
Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohning qizlari (Zaynab): «O’g‘lim jon taslim qilay deyapti, ota, tezroq kelingiz!» - deb Janob Rasulullohga odam yubordilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, bunga javoban salom aytib: «Farzand beradirgan ham Olloh, uni qaytib oladirgan ham Olloh. Ollohning dargohida ularning umri aniq belgilab qo‘yilgandir. O’ziga Ollohdan sabru qanoat tilab, uning irodasiga bo‘yinsunsin!»-deb aytib yubordilar. Qizlari: «Otam albatta kelsinlar!»-deb yana odam yubordilar. Bu gapni eshitib Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turdilar, ul kishi birlan birga Sa’d ibn Uboda, Muoz ibn Jabal, Ubay ibn Ka’b, Zayd ibn Sobit va bir qancha kishilar ham turib, yo‘lga tushdilar. Yetib borishgach, Rasululloh sallallohu, alayhi va sallamga bolani uzatishdi, bola mahmasa holatida (jon berish vaqtidagi holatda) erdi. Nazarimda, bola suvi yo‘q meshdek qurigan-u, jon tanasidan chiqib ketayin, deb turgandek erdi. Buni ko‘rib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muborak ikki ko‘zlaridan duvullab yosh oqdi. Shunda Sa’d: «Yo Rasululloh, bu nesidir?!»-dedilar. Janob Rasululloh: «Bu ko‘z yoshi - Ollohning bandalari qalbiga solgan rahmatidir! Olloh taolo rahmdil bandalariga rahm qilg‘aydir (ya’ni, bu dod-voy solib yig‘lagandagi ko‘z yoshi ermasdir)»,- dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 255
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlarining (Ummu Gulsumning) janozasida erdik. Qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qabr yonida o‘tiribdirlar-u, ko‘zlaridan duv-duv yosh oqayotir. Nogahon, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Orangizda bu kecha xotiniga yaqinlik qilmagan biror kishi bordirmi?»-deb so‘radilar. Shunda Talha: «Men»,-dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Undoq bo‘lsa, qabrga tushg‘il!»-dedilar. Talha (mayyitni qo‘ygani) qabrga tushdilar».
Abdulloh ibn Ubaydulloh ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Makkada Usmon raziyallohu anhuning qizlari vafot etdi, janozasiga qatnashgani bordik. Janozaga Ibn Umar va Ibn Abbos raziyallohu anhular ham kelishdi. Ikkinchilari mening yonimga kelib o‘tirdilar. Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu Usmonning o‘g‘li Amrga: «Xotinlarni yig‘idan to‘xtatsangiz-chi! Axir, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyit o‘z ahlining yig‘isidan (qabrda) azoblang‘aydir, deganlar-ku!» - dedilar. Shu yerda o‘tirib Ibn Abbos menga bir voqeani aytib berdilar:
«Hazrat Umar birlan birga Makkai Mukarramadan (Madinaga) qaytib kelayotib Baydo’ degan yerga yetganimizda, nogahon samura daraxtining soyasida turgan bkr jamoaga Hazrat Umarning ko‘zlari tushdi. Hazrat Umar menga: «Borib qarag‘ilchi, anavi jamoa kimlar erkan?» - dedilar. Borib qarasam, Suhayb (jamoasi) erkan. Hazrat Umarga kelib buni aytdim. «Menga chaqirib berg‘il uni!» - dedilar, Men Suhaybning oldiga borib: «Turingiz, Amir ul-mo‘‘mininga yetib olingiz!» - dedim. Hazrat Umar Madinaga borganlaridan so‘ng, musibat sodir bo‘lib (Hazrat Umarga bir odam pichoq urgan erdi) Suhayb «voy birodarim, voy do‘stim»lab yig‘lab kirdi. Shunda Hazrat Umar raziyallohu anhu: «Ey Suhayb, sen meni deb (dod solib) yig‘layotirmisen? Vaholanki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyit o‘z ahlining (ba’zi bir) yig‘isi sababli azoblang‘aydir, deb aytganlar»,- dedilar.
«Hazrat Umar raziyallohu anhuning vafotlaridan so‘ng, bu so‘zni Oisha onamizga aytdim,- dedilar Ibn abbos raziyalloxu anhu,- shunda Oisha onamiz: «Hazrat Umarri Olloh rahmat qilsin! Olloh taologa qasamyod qilib ayturmenkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘‘min odam o‘lganda, ahli yig‘lasa, Olloh taolo uni azoblag‘aydir» - demaganlar. Lekin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kofir odam o‘lganda, ahli yig‘lasa, uni Olloh qattiq azoblag‘aydir»»-deganlar. Sizlarga Qur’onning o‘zi dalildir, birov birovning gunohi uchun azoblanmag‘aydir»,- deb aytdilar. «Kuldirgan ham, yig‘latgan ham Ollohning o‘zidir!» - dedim. Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, Ibn Umar raziyallohu anhu (Ibn Abbosning ushbu rivoyatini eshitib) hech narsa demadilar».
Amra binti Abdurrahmon Oisha onamizdan bundoq deb eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir yahudiy xotinning qabri yonidan o‘tayotib, o‘shal yerda uning qarindoshlari yig‘lab o‘tirganini ko‘rdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bular xotinga aza tutib yig‘lashmakda, xotin ersa, qabrda azoblanmakdadir»,- dedilar».
Abu Burdaning otalari bunday degan erkanlar: «Umar raziyallohu anhuga musibat (pichoq urilgan erdi) yetganda Suhayb raziyallohu anhu «voy birodarim» lab yig‘lay boshladi. Shunda Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Mayyit tirikning yig‘isi sababli azoblang‘aydir, deganlarini bilmasmisen?» — dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 256
32-bob. Mayyitga (aza tutib) dod solib yig‘lashning makruhligi
Hazrat Umar raziyallohu anhu: «Qo‘yaverg‘il ularni, Abu Sulaymonga aza tutib yig‘lashaversin, boshlariga tufroq sochib va dod solib yiglashmasa, bo‘lgani!» — dedilar. Imom Buxoriy: «Naq’ — boshga tufroq sochmoq, laqlaqa — dod-voy solmoq deganidir»,— deydilar.
Mug‘iyra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman»,— deydilar: «Albatta, mening nomimdan yolg‘on so‘z aytmoq, boshqa biror kishining nomidan yolg‘on so‘z aytmoq kabi ermasdir. Kimki mening nomimdan qasddan yolg‘on so‘z to‘qig‘aydir, do‘zaxdan o‘ziga joy shaylayversin! Qaysi mayyitga kim aza tutib, dod solib yig‘lag‘aydir, o‘shal mayyit dod solib yiglangani tufayli azobga qolg‘usidir».
Ibn Umar raziyallohu anhuning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam; «O’lik, unga aza tutguvchilarning dod solib yig‘lagani sababli, qabrida azoblang‘aydir»,— deganlar». Shu’ba raziyallohu anhu: «O’lik, unga aza tutguvchi tirikning yig‘isi sababli, azoblang‘aydir»,— deganlar.
Ibn ul-Munkadirga Jobir ibn Abdulloh bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Uhud jangi kuni otamning o‘ligini kiyimlariga o‘ralgan holda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga keltirib qo‘yishdi-da, ul kishining quloq va burunlari kesib tashlanganini aytishdi. Men borib yuzlarini ochmoqchi erdim, qarindoshlarim qo‘yishmadi, so‘ng yana borib ochmoqchi bo‘lganimda, qarindoshlarim yana qo‘yishmadi, so‘ng yana ochmoqchi bo‘lib bordim, qarindoshlarim bu gal ham ruxsat berishmadi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘zlari «Ochingiz!» deb buyurdilar, yuzlarini ochishdi. Shunda bir xotinning dodlagan ovozi eshitildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimdir ul?» — dedilar. «Amrning qizi yokim Amrning singlisi»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yig‘lamasin!» — dedilar. Keyin, tobutni ko‘tarishguncha farishtalar qanotlari birlan otamning tepalarida soya solib turishdi».
ermas)!
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: "«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki (musibat yetganda) o‘zi o‘zining yuziga urib, yoqa yirtib, islomdan oldingi johiliya davridagi odamlarning nojoiz, noo‘rin so‘zlarini aytib yig‘lag‘aydir, ul bizdan ermasdir!» - deganlar».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling