Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23-bob. Bomdod namozining ikki rak’at sunnatini o‘qigandan keyin so‘zlashib o‘tirmoq
- 24-bob. Bomdodda ikki rak’at sunnat o‘qishni odat qilmoq va bomdodning ikki rak’at sunnatini «nafl» degan kishi haqida
- 25-bob. Bomdod namozining ikki rak’at sunnatida nimalar o‘qiladir
- 2-bob. Farz namozidan so‘ng nafl o‘qimagan kishi haqida
- 3-bob. Safarda zuho namozi o‘qimoq haqida
- 4-bob. Zuho namozini ixtiyoriy deb o‘qimagan kishi haqida
- 6-bob. Peshinning farzidan avval ikki rak’at namoz o‘qimoq
- 7-bob. Shom namozidan avval namoz o‘qimoq
- 8-bob. Nafl namozlarni jamoat bo‘lib o‘qimoq haqida
- 9-bob. Uyda nafl namozi o‘qimoq
- 1-bob. Makkai Mukarrama va Madinai Munavvara masjidlarida o‘qilgan namozning fazilatlari to‘g‘risida
- 2-bob. Qubo masjidi haqida
- 3-bob. Qubo masjidiga har shanba kelgan kishi haqida
- 4-bob. Qubo masjidiga ot minib yokim piyoda kelmoq
- 6-bob. Bayt ul-Muqaddas masjidi haqida
- 2-bob. Namoz vaqtida so‘zlashmoq man’ qilinadir
- 3-bob. Namozxonning namozda tasbih va hamd aytmogi joiz
- 4-bob. Namozda aytish mumkin emasligini bilmagan holda biror qavmning nomini tilga olmoq yokim bir-biriga salom bermoq haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi 229
rak’at namoz o‘qidim».
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qilidirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’ada xutba qilaturib: «Birortangiz imom xutbada turgan paytda yokim xutba aytgani chiqayotgan vaqtda masjidga kelsangiz, ikki rak’at namoz o‘qingiz!» -dedilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Uyga kelganimda menga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Ka’batullohga kirib ketganlarini aytishdi. Janob Rasulullohni Ka’badan chiqib kelayotganlarida uchratdim. Ka’ba eshigi oldida Bilol turgan erkan, «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’bada namoz o‘qidilarmi?» - deb so‘radim. «Ha, namoz o‘qidilar»,- dedi Bilol. «Ka’baning qay yerida?» - dedim. «Anavi ikki ustun oralig‘ida namoz o‘qidilar, so‘ng tashqariga chiqib, Ka’baga yuzlanib yana ikki rak’at namoz o‘qidilar»,- dedi».
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga ikki rak’at Zuho namozini o‘qimakni tayinladilar»,- deydilar.
Atbon raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Abu Bakr Siddiq kun yoyilganda menikiga keldilar, biz Rasulullohning orqalarida saf tortdik, ul kishi bizga imomlik qilib, namoz o‘qidilar,- deydilar.
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at namoz o‘qib, menga qarar erdilar, agar men uyg‘oq bo‘lsam, men birlan so‘zlashib o‘tirar erdilar, agar uyg‘oq bo‘lmasam, yonboshlar erdilar»,-deydilar.
Ali ibn Abdulloh «Bomdodning ikki rak’at sunnatida shundoq qilganlar, deyishadi, deb Sufyonga aytganimda, ul: «Ha, bomdodning ikki rak’at sunnatida, deb tasdiqladi»,- deydilar.
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nafl namozlarining birortasiga ham bomdodning farzidan avval o‘qiladirgan ikki rak’at namozga odatlangandek, qattiq odatlangan ermaslar».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi 13 rak’at namoz o‘qir erdilar, so‘ng bomdodga azon aytilganini eshitib, ikki rak’at sunnat o‘qir erdilar, sunnatda «Qo‘l yo ayyuha-l-kofirun» birlan «Qul huva-l-lohu ahad»ni qiroat qilur erdilar».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdodning ikki rak’at sunnatini juda qisqa o‘qir erdilar, hatto men o‘zimga-o‘zim: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Fotiha» surasini o‘qidilarmikan?»-deb qo‘yardim». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 230
ÉΟó¡Î0
«!$# Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$# NAFL NAMOZLAR HAQIDAGI BOBLAR
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga peshin namozidan avval ikki rak’at namoz o‘qidim, peshin namozidan keyin ham, shom namozidan keyin ham, xuftondan so‘ng ham ikki rak’at namoz o‘qidim. Jum’aning farzlaridan keyin ham ikki rak’at namoz o‘qidim. Ammo, Janob Rasululloh shom va xuftonning sunnatlarini uylarida o‘qidilar. Opam Hafsa: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tong otgach, qisqagina ikki rak’at namoz o‘qir erdilar»,- derdilar. O’sha paytlarda men Janob Rasulullohning huzurlariga kirmas erdim».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga birdaniga 8 rak’at, keyin 7 rak’at namoz o‘qidik»,- dedim. Shunda Amr ibn Dinor: «Ey Abu Muso, nazarimda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshinning qazosini asrga, shomning qazosini xuftonga qo‘shib o‘qidilarmi, deyman»,- dedi. «Men ham shundoq bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman»,- dedim».
Muvarriq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umarga: «Zuho namozini o‘qiydirsizmi?» - dedim. «Yo‘q»,- dedi. «Usmon-chi»? - dedim. «Yo‘q»,- dedi. «Abu Bakr Siddiq-chi?» - dedim. «Yo‘q»,- dedi. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam-chi?» - dedim. «Yo‘q, deb o‘ylayman»,- dedi».
Abdurrahmon ibn Abu Laylo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zuho namozini o‘qiganlari haqida Ummu Honi’dan boshqa biror kishi bizga hadis aytmadi. Ummu Honi’ bunday degandi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makka fath qilingan kuni mening uyimga kirib, g‘usl qildilar va 8 rak’at namoz o‘qidilar. Hanuzgacha men bunchalik tez namoz o‘qigan kishini ko‘rmaganman. Biroq, tez o‘qigan bo‘lsalar-da, ruku’ va sajdalarni me’yoriga yetkazib ado etdilar».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zuho namozini o‘qiganlarini ko‘rmaganman, biroq o‘zim o‘qiganman».
Atbon ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening uyimda zuho namozi o‘qidilar, biz ul kishiga iqtido qildik» ,— deydilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Do‘stim Rasululloh sallallohu alayhi va Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 231
sallam menga to o‘lgunimcha uch narsaga amal qilmoqni - har oyda uch kun ro‘za tutmoqni, zuho namozini o‘qimoqni va vitr namozidan keyin uxlamoqni vasiyat qildilar».
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir baqaloq ansoriy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, men masjidga kelib siz birlan birga namoz o‘qimoqqa qodir ermasman»,- deb uzrini aytdi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uchun bir taom tayyorlab, uyiga chaqirdi. Bir bo‘yrani tozalab, yerga solib berdi, Janob Rasululloh bo‘yra ustida ikki rak’at namoz o‘qidilar». Falon ibn Falon ibn al-Jorud: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam zuho namozi o‘qirmi erdilar?» - deb Anasdan so‘radi. Anas: «O’shal kunlardan boshqa kuni o‘qiganlarini ko‘rmaganman»,- dedi.
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan 10 rak’at sunnat namozini yodlab (o‘rganib) oldim: peshinning farzidan avval ikki rak’at, farzidan keyin ikki rak’at, shomning farzidan so‘ng ikki rak’at (uylarida o‘qidilar) va xuftonning farzidan keyin ikki rak’at (uylarida o‘qidilar), bomdodning farzidan avval ikki rak’at (bu vaqtda Rasululloh huzurlariga birov kirmas erdi). Menga Hafsa opam: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muazzin azon aytganda (tong otganda) ikki rak’at namoz o‘qir erdilar»,- deb aytdilar».
Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshinning farzidan avvalgi to‘rt rak’at, farzidan keyingi ikki rak’at hamda bomdodning farzidan avvalgi ikki rak’at namozni kanda qilmas erdilar»,- deydilar.
Abdulloh al-Moziniy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shom namozidan avval ikki rak’at namoz o‘qingiz!» - deb uch marta aytganlaridan keyin, «Odamlar buni sunnat deb tushunmasinlar, tag‘in!» degan o‘y birlan: «Xohlagan kishi o‘qisin!» - deb qo‘ydilar».
Marsad ibn Abdullohrivoyat qiladirlar: «Uqba ibn Omir al-Juhaniy huzuriga borib: «Abu Tamiym haqida bir so‘z aytib, sizni ajablantirayinmi? Ul shom namozidan avval ikki rak’at namoz o‘qiydir»,- dedim. Shunda Uqba: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida shundoq qilur erdik»,- dedi. «Hozir shundoq qilmog‘ingizga ne mone’lik qilur?»-dedim. «Ishimning ko‘pligi»,-dedi Uqba».
Anas ibn Molik va Oisha onamiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nafl namozlarni jamoat bo‘lib o‘qimoq lozimligi haqida so‘zlaganlarini rivoyat qilishg‘aydir.
Mahmud ibn ar-Rabiy’ al-Ansoriy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ularning hovlisidagi quduqdan suv olib yuziga purkaganlarini hamda Rasululloh birlan birga Badr jangida qatnashgan Atbon ibn Molikdan eshitganlarini eslab, «Atbon menga bundoq degandi»,— dedilar: «Men o‘z qavmim bo‘lmish Baniy Solimga imomlik qilur erdim. Qavmim yashaydirgan qishloq birlan mening o‘yim oralig‘ida bir vodiy bor erdi va yomg‘ir yoqqanda o‘tib bo‘lmaydirgan bo‘lib qolar erdi. Bir kuni Rasululloh sallallohu
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 232
alayhi va sallam huzurlariga borib: «Mening ko‘zim xiralashib qoldi, yomg‘ir yoqqanda qavmim birlan o‘zimning o‘rtamdagi vodiyni kesib o‘tmoq mening uchun juda og‘irdir, uyimga borib bir tayinli joyda namoz o‘qib bersangiz-u, men o‘shal yerni o‘zimga namozgoh qilib olsam!» - dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Xo‘p, shundoq qilg‘aydirmen»,- dedilar. Nihoyat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyimga kyolib, eshigimni taqillatdilar. Men chiqib, ichkariga taklif etdim. Janob Rasululloh o‘tirmasdan: «Uyingning qay yerida namoz o‘qib berayin?» - dedilar. Men o‘zim xohlagan joyimni ko‘rsatdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam takbiri tahrima aytib namoz boshladilar, biz ul kishining orqalarida saf tortib, iqtido qildik. Ikki rak’at namoz o‘qib, so‘ng salom berdilar. Biz ham salom berdik. Keyin, ketmoqchi bo‘lgan erdilar, «Siz uchun ataylab xazir (taom) tayyorlatib qo‘yganman, yeb ketingiz!»- deb qo‘ymadim. Mahalla ahli Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning menikiga kelganlarini eshitib, ul zotni ziyorat qilgani kirishdi. Hovlimga odam to‘lib ketdi. Qo‘shnilarymdan biri: «Molik nega ko‘rinmaydir?» - dedi. Shunda bir kishi: «Ul munofiq odam, Olloh va uning Rasulini yaxshi ko‘rmaydir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam buni eshitib: «Undoq demag‘il, Ollohni yuz-xotir qilib, Lo iloha illa-l-lohu deganini bilursen-ku!» - dedilar. «Olloh va uning Rasuli bilguvchiroqdir, ammo biz Ollohga qasamyod qilib ayturmizkim, ul faqat munofiqlar bilaygina do‘stlashib, faqat o‘shalar birlan hamsuhbat bo‘lg‘aydir»,- dedi boyagi kishi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taoloni yuz-xotir qilib, Lo iloha illa-l-lohu degan kishini Olloh taolo do‘zax o‘tida kuydirmag‘aydir»,- dedilar. «Bu voqeani ko‘pchilik orasida aytib berdim,- deb hikoya qiladir Mahmud ibn ar- Rabiy’,- ular orasida o‘shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning g‘azotda shahid bo‘lgan sahobalari Abu Ayyub hamda Rum mamlakatiga amir qilib tayinlangan Yaziyd ibn Mu’oviya ham bor erdi. Abu Ayyub mening aytganlarimni rad qilib: «Qasamyod qilib ayturmenkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sen aytgan so‘zlarni hech qachon aytmagan bo‘lsalar kerak»,- dedi. Abu Ayyubning bul gapi menga juda og‘ir botdi. Agar g‘azotdan Olloh taolo meni salomat qaytarsa, agar Atbon ibn Molikni tirik topsam, mahallasining masjidida albatta undan bu haqda so‘rag‘aydirmen, deb qasamyod qildim. G’azotdan salomat qaytdim, keyin hajga (yokim umraga) ehrom bog‘lab, yo‘lga tushdim-da, Madinai Munavvaraga keldim. Baniy Solim mahallasiga bordim. Qarasam, ko‘zi ojiz, mo‘ysafid Atbon ibn Molik o‘z qavmiga imomlik qilib, namoz o‘qib turgan erkan. Namoz tugab, salom bergach, oldiga borib salom berdim. So‘ng, haligi hadisni so‘radim, Atbon ibn Molik oldin qandoq aytib bergan bo‘lsa, xuddi o‘shandoq qilib rivoyat qilib berdi».
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uyingizda ham nafl namoz o‘qib turingiz, uyingizni qabriston qilib qo‘ymangiz»,- dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 233
ÉΟó¡Î0
«!$# Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$#
namozning fazilatlari to‘g‘risida
Qaz’a raziyallohu anhuga Abu Sa’id (Janob Rasululloh birlan birga 12 ta g‘azotda qatnashgan): «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan quyidagi to‘rt nasihatni eshitganman» ,— debdir: «Xotin kishi ikki kunlik yo‘lga faqat mahrami yo‘ldoshlig‘ida chiqmog‘i lozim; ikkala hayitda ro‘za tutmaslik kerak; bomdoddan keyin kun chiqquncha va asrdan keyin kun botguncha namoz o‘qimoq yaramaydir; ko‘proq savob olurmen degan odam Al-Masjid al-Haromga (Ka’batullohda), Masjid ur-Rasul sallallohu alayhi va sallamga (Madinada) va Masjid ul-Aqsoga (Quddusda) chiqmog‘i lozimdir».
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ko‘proq savob olurmen degan odam boshqa masjidlarga izg‘imay, faqat Al-Masjid al-Harom, Masjid ur- Rasul sallallohu alayhi va sallam. va Masjid ul-Aqsoga chiqsin!» - deganlar».
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mening masjidimda o‘qilgan bitta namoz mingta namozdan savobliroq bo‘lib, unga faqat Al- Masjid al-Haromda o‘qilgan namozgina tenglasha olg‘aydir»,- deganlar».
2-bob. Qubo masjidi haqida
Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu faqat ikki kun - Makkaga va Qubo masjidiga kelgan kunlari zuho namozi o‘qir erdilar. Makkaga aynan zuho namozi o‘qiladirgan vaqtda yetib kelar erdilar-da, Baytullohni tavof aylab, so‘ng Maqomi Ibrohimda ikki rak’at namoz o‘qir erdilar. Qubo masjidiga ersa, har shanba kuni kelib, namoz o‘qimasdan ketmas erdilar. Ibn Umar menga bunday degan erdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham ba’zan otliq, ba’zan piyoda Masjid ul-Quboni ziyorat qilur erdilar, sahobai kiromlar ham shundoq qilishg‘aydir, men ham ulardan o‘rnak olib shundoq qilmoqdamen. Men hech kimning, xoh kunduzi va xoh kechasi bo‘lsin, istagan vaqtda namoz o‘qimog‘iga mone’lik qilmasmen, faqat kun chiqayotgan yokim botayotgan vaqtda o‘qimasa, bo‘ldi!»
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har shanba kuni Qubo masjidiga goh piyoda, goh ot.minib kelar erdilar». (Buni ko‘rib Abdulloh ibn Umar ham shundoq qilar erdilar).
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam Qubo masjidiga goh otda, goh piyoda kelar erdilar». Ibn Numayr yuqoridagi hadisga qo‘shimcha qilib: «Ibn Umar Qubo masjidiga kelgan zahoti ikki rak’at namoz o‘qib, so‘ng o‘tirar erdi»,- deydilar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 234
5-bob. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qabrlari birlan minbarlari orasida namoz o‘qimoqning fazilati
Abdulloh ibn Zayd al-Moziniy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uyim birlan minbarim oralig‘idagi joy jannat bog‘laridan biridir!» - deganlar».
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uyim birlan minbarim oralig‘idagi joy jannat bog‘laridan biridir! (Oxiratda) minbarim Havzi Kavsarim qirg‘og‘ida bo‘lg‘aydir»,- deb aytganlar».
Ziyodning ozod qilingan quli Qaz’a rivoyat qiladirlar: «Abu Sa’id al-Xudriy Janob Rasulullohdan eshitgan to‘rt vasiyatni aytib, meni taajjubga soldilar, xursand qildilar. Ular quyidagilar: «Ayol kishi ikki kunlik yo‘lga yolg‘iz o‘zi safar qilmag‘aydir, balkim eri yokim bir mahrami birlan safar qilg‘aydir; ikki hayit kuni ro‘za tutilmag‘aydir; bomdoddan keyin kun chiqquncha, asrdan so‘ng kun botguncha namoz o‘qilmag‘aydir; faqat uchta masjid - Al-Masjid al-Harom, Masjid ul-Aqso va mening masjidimdan ko‘proq savob topg‘aydirsiz!»
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 235
ÉΟó¡Î0
«!$# Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$# NAMOZDA QILINADIRGAN HARAKATLAR TO’G’RISIDAGI BOBLAR
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Namozxon namoz o‘qiyotib o‘z tana a’zolaridan istagancha foydalanmog‘i mumkin. Masalan, Abu Ishoq namoz o‘qiyotib qo‘li birlan kulohini olib qo‘ydi, keyin yana kiyib oldi. Hazrat Ali raziyallohu anhu ersa, o‘ng kaftlarini chap qo‘llarining bo‘g‘ini ustiga qo‘yib, qo‘l bog‘lar erdilar, agar biror joylarini qashimoqchi yokim kiyimlarini tuzatib olmoqchi bo‘lsalar, qo‘l bog‘lamini yechib, qo‘llarini bemalol harakat qildiraverar erdilar».
Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Bir kuni kechasi Maymuna xolamnikida yotib qoldim. Men yostiqning ensiz tomoniga, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va xolam ersa, enli tomoniga bosh qo‘yib yotdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yarim kechagacha yokim undan sal kamroq yokim ko‘proq vaqt uxladilar. Keyin, uyg‘onib, o‘rinlaridan turib o‘tirdilar-da, uyquni qochirmoq uchun qo‘llari birlan ko‘zlarini ishqadilar. So‘ng, Surai «Oli Imron»ning oxiridan o‘n oyat o‘qidilar. Keyin, o‘rinlaridan turib, devorga osig‘liq meshchani oldilar-da, yaxshilab tahorat qildilar, so‘ng namoz o‘qimoqqa tutindilar. Men ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam singari tahorat oldim-da, yonlariga borib turdim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ng qo‘llari birlan (o‘ng tomonimda turishing kerak erdi, degan ma’noda) o‘ng qulog‘imni ishqab qo‘ydilar (boshqa hadisda: «Qulog‘imdan ushlab, meni o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar»,— deyilgan). Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at, so‘ng ikki rak’at, keyin ikki rak’at, so‘ngra ikki rak’at, keyin ikki rak’at, so‘ngra ikki rak’at namoz o‘qidilar. So‘ng, vitr o‘qib bo‘lgach, muazzin kelib azon aytguncha yonboshladilar. Keyin, qisqagina qilib ikki rak’at namoz o‘qib oldilar. So‘ng, bomdod o‘qigani masjidga chiqib ketdilar».
Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiyotganlarida salom berar erdik, bizga alik olar erdilar. Ammo, Habashistondagi An- Najoiy degan joydan qaytganimizda namoz o‘qiyotgan erkanlar, salom bersak, alik olmadilar. Namozdan keyin: «Namoz ulug‘ mashg‘ulotdir! Unda boshqa narsalar birlan mashg‘ul bo‘lmoq yaramag‘aydir»,— dedilar».
Abu Amr ash-Shayboniy: «Menga Zayd ibn Akram raziyallohu anhu bundoq degandi»,— deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va salam davrlarida, islom endigina tarqalayotgan vaqtda Olloh taoloning «Namozlarda tartib saqlangiz!...» degan oyati kariymasi nozil bo‘lmaguncha bir-birimiz birlan dunyoviy ishlarimiz haqida so‘zlashaverar erdik».
Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baniy Amr ibn Avfni kelishtirib qo‘ymoq uchun chiqqan edilar hamki, namoz vaqti bo‘ldi. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 236
Shunda Bilol Abu Bakrning oldiga kelib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ushlanib qoldilar, siz o‘rnilariga imomlik qilmag‘aymisiz?»— dedi. Abu Bakr: «Mayli, agar istasangiz»,— deb rrzi bo‘ldilar. Keyin, Bilol azon aytdi. Abu Bakr ersa, mehrobga o‘tib namoz boshladilar. Shu payt Rasululloh sallallohu alayhi va sallam keldilar-da, odamlarni oralab o‘tib, birinchi safga turdilar. Odamlar (Abu Bakrga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelganlarini bildirmoq uchun) chapak chala boshladilar. Abu Bakr shunda ham sezmadilar. Odamlar qattiqroq chapak chalganlaridan keyingina atrofga alanglab Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning birinchi safda turganlarini ko‘rib qoldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «O’rningda turavyorg‘il!» deb ishora qildilar. Shunda Abu Bakr qo‘llarini ko‘tarib Ollohga hamd aytdilar-da, orqaga tisarildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldinga o‘tib, namozni davom ettirdilar».
nomini tilga olmoq yokim bir-biriga salom bermoq haqida
Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Biz ilgarilari namoz o‘qiyotib ham bir-birimizga salom beraverar erdik va marhumlarning ismlarini birma-bir aytib duo qilar erdik. Bir kuni Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam buni eshitib qolib: «At-Tahiyyotu li-l-loxi va-s- salavotu va-t-tayyibotu, as-salomu alayka ayyuha-n-na-biyyu va rahmat-ul-lohi va barakotuh, as-salomu alayno va alo ibodi-l-lohi-s-solihiyna, ashhadu allo iloha il-la-l- lohu va-shhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh» desangiz, Olloh taoloning yeru ko‘kdagi barcha solih bandalarini duo qilgan bo‘lursiz»,- dedilar». Duoning tarjimasi: «Barcha olqishu maqtovlar, besh vaqt namozu ezguliklar Ollohga bo‘lsin! Ey Ollohning elchisi (payg‘ambari) Muhammad sallallohu alayhi va sallam! Olloh taolo sizga salom, barakot va rahmat yo‘llasin! Bizga hamda Ollohning jamiki solih bandalariga ham Olloh salom yo‘llasin! Ollohdan boshqa iloh yo‘qligining shohidiman, Muhammad sallallohu alayhi va sallamning ham Ollohning bandasi va elchisi (payg‘amb.ari) ekanligining shohididirman».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling