Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Qarsak chalmoq xotinlarga hos qiliq ekanligi haqida


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


5-bob. Qarsak chalmoq xotinlarga hos qiliq ekanligi haqida 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Tasbih aytmoq erkaklarga, qarsak chalmoqersa, xotinlarga xos odatdir! » - deganlar 

(bu yerda imomni ogohlantirmoq uchun chapak chalib ovoz chiqarmoq nazarda 

tutilgan)». 

 

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tasbih aytib 



(imomni) ogohlantirmoq erkaklarga , kaftni kaftga urib odaz chiqarib (imomni) 

ogohlantirmoq xotinlarga xos odatdir»,- deganlar». 

 

6-bob. Namoz o‘qiyotib orqaga tisarilgan yokim biror sababga ko‘ra oldinga 

(namozxonlarning oldingi safiga) o‘tib olgan kishilar haqida 

 

Sahl ibn Sa’d bu haqda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to‘g‘rilaridagi hadislarda 



rivoyat qilganlar. 

 

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Seshanba kuni musulmonlar Abu 



Bakr Siddiq imomligida (Rasululloh betob erdilar) bomdod namozini o‘qishayotgan erdi. 

Shu layt Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oisha onamizning hujralaridagi pardani 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

237


ochib, ularga jilmayib qarab qo‘ydilar. Abu Bakr Siddiq, Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam namozga chiqmoqchilar, deb o‘ylab, joy bo‘shatmoq maqsadida orqalariga 

tisarildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rib xursand bo‘lib ketgan 

musulmonlar namozni buzib qo‘yay deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam namozni davom ettiringiz, degan ma’noda ishora qildilar-da, pardani yopib 

qo‘ydilar. Ul zot shul kuni vafot etdilar». 

 

7-bob. Namoz o‘qiyotgan bolani onasi chaqirib qolsa... 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Menga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam quyidagi 



voqeani rivoyat qilib bergan erdilar»,- deydilar. «Bir bola o‘z hujrasida (namoz o‘qib) 

turgan erdi. Shu payt onasi: «Ey Jurayj»,- deb chaqirib qoldi. Bola (onasining ovozini 

eshitgach): «Ilohi, chiqayin desam, namoz o‘qimog‘im kerak, chiqmayin desam, onam 

chaqirmoqdalar, ne qilsam erkan?» - dedi. Onasi: «Ey Jurayj»,- deb ikkinchi marta 

chaqirdi. Bola yana: «Ilohi, chiqayin desam, namoz o‘qimog‘im kerak, chiqmayin desam, 

onam chaqirmakdalar, ne qilsam erkan?» - dedi. Onasi: «Ey Jurayj»,-deb uchinchi 

marta chaqirdi. Bola yana: «Ilohi, chiqayin desam, namoz o‘qimog‘im kerak, chiqmayin 

desam, onam chaqirmakdalar, ne qilsam erkan?» -dedi. Onasi: «Ilohi, Jurayj fohisha 

xotinlar yuziga nazari tushmay o‘lmasin!» -deb qarg‘adi. 

 

Jurayjning hujrasiga bir cho‘pon xotin kirib-chiqib yurar erdi. Bir kuni shu xotin tug‘ib 



qo‘ydi. Xotindan: «Bolani kimdan tug‘ding?»- deb so‘rashdi. Xotin: «Jurayjdan» ,— dedi. 

Buni eshitgan Jurayj hujrasidan chiqib kelib: «Bolani mendan tuqqanman, deyayotgan 

xotin qani? » - dedi, so‘ng bolaga qarab: «Ey go‘dak, otang kim? »- deb so‘radi. «Otam 

qo‘yboqar cho‘pon»,- dedi chaqaloq (Jurayj namozni onasidan ham ustun qo‘ygani 

uchun Olloh taolo unga ana shundoq karomat ato qildi)». 

 

8-bob. Namoz o‘qiyotib sajda qilinadirgan yerni mayda toshlardan tozalab 



tashlamoq 

 

Mu’ayyiqib raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



sajdaga bosh qo‘yiladirgan yerni mayda toshlardan tozalab tashlayotgan kishiga: 

«(Namoz davomida) bir marta shundoq qilmog‘ing mumkin»,-dedilar». 

 

9-bob. Sajdaga bosh qo‘yiladirgan yerga kiyimini yozib qo‘ymoq 

 

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



birlan birga jazirama issiqda namoz o‘qiyotib, yerning nihoyatda qizib ketganligidan 

birortamiz ham sajdada peshonamizni yerga tekkizolmay qoldik. Shunda kiyimimizni 

sajdagohga yozib qo‘yib, o‘shaning ustiga sajda qildik». 

 

10-bob. Namozda qanday harakatlar qilmoq joiz bo‘ladir? 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz 



o‘qiyotganlarida qibla tomonlarida oyog‘imni uzatib yotgan bo‘lardim. Sajda 

qilayotganlarida oyog‘imni yig‘ishtirib olardim, sajdadan bosh ko‘targanlarida ersa, yana 

uzatib yuborar edim (qorong‘uda)». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

238


namoz o‘qib bo‘lib, bunday dedilar: «Namoz o‘qiyotganimda shayton paydo bo‘lib, 

namozimni buzmoq niyatida menga hamla qildi. Olloh taolo madadi birlan uni daf 

qilmakka muyassar bo‘ldim. Ertalab sizlar ko‘ringiz, deb uni tutib masjidning ustuniga 

bog‘lab qo‘ymoqchi bo‘lganimda, Sulaymon alayhissalomning «Ilohi, meni shundoq bir 

narsaga ega qilgilkim, toki mendan keyin unga hech kim muyassar bo‘lolmasin!»- degan 

gaplari yodimga tushdi. Shunda Olloh taolo shaytonning umidini puchga chiqarib quvib 

yubordi». 

 

11-bob. Namoz o‘qiyotgan odamning uloni bo‘shab (echilib) ketsa... 

 

Qatoda raziyallohu anhu: «Namozxon kiyimini o‘g‘ri olib qochsa, namozni qo‘yib, o‘g‘rini 



quvlag‘aydir»,- deydilar. 

 

Al-Azraq ibn Qays rivoyat qiladirlar: «Ahvoz degan yerda xavorijlar birlan urushayotgan 



erdik. Men daryo bo‘yida turgan erdim, Bir vaqt, bir kishining oti yuganini ushlab turgan 

holda namoz o‘qiyotganiki ko‘rib qoldim. Oti kuchlilik qilib uni joynamozdan nariga 

sudrab keta boshladi». Mazkur rivoyatni Shu’ba raziyallohu anhu bunday deb davom 

ettiradilar: «O’sha namozxon Abu Barza. al-Aslamiy bo‘lib, uni xavorijlardan bir kishi: 

«Ilohi, bu cholni baloga giriftor qilg‘il!» - deb duoibad qildi. Abu Barza namozini 

tugatgach: «Men sizlarning gapingizni eshitdim. Men Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam bmrlan birga olti (yokim yetti, yokim sakkiz) yil g‘azot qildim, ummatlariga 

namoz xususida bir qancha yengillik berganlarini ko‘rdim. Otim sudrab ketayotgan bo‘lsa 

ham, namoz o‘qiganim afzal, chunkim uni o‘z holiga qo‘yib yuborsam, o‘tlab uzoqlarga 

ketib qolg‘aydir»,- dedi».  

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Quyosh tutildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



o‘rinlaridan turib uzun sura o‘qidilar, so‘ng ruku’ qildilar, ruku’da uzoq turdilar, keyin 

ruku’dan bosh ko‘tarib, boshqa bir surani o‘qiy boshladilar. So‘ng ruku’ qilib, sajda 

qildilar-da, birinchi rak’atni yakunladilar. Ikkinchi rak’atni ham shu tariqa o‘qidilar. 

Keyin, bizga qarab: «Quyosh birlan Oy Olloh taolo qudratining ikki dalilidir. Ularning 

tutilganini ko‘rsangiz, tutilib bo‘lguncha namoz o‘qingiz! Mana shu yerda turib menga 

va’da qilingan hamma narsani ko‘rdim. Qo‘limni uzatib oldinga intilayotganimni ko‘rgan 

vaqtlaringizda men jannatdan bir meva uzib olmoqchi bo‘lgan zrdim, orqamga (cho‘chib) 

tisarilganimda ersa, ja~ hannam o‘tining gurillab yonayotganini ko‘rgan erdim. 

Jahannamda Amr ibn Luhoni ko‘rdim, ul (hayotligida uy) hayvonlarini o‘z holiga tashlab 

qo‘ygan odam erdi»,- dedilar». 

 

12-bob. Namozda tupurish va uf tortish haqida 

 

Abdulloh ibn Amr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilganda namoz 



o‘qiyotib uf tortdilar», - deydilar. 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



masjidning qiblaga qaragan deyuridagi tupukni ko‘rib, masjid ahlidan xafa 

bo‘lganlaridan: «Namoz o‘qiyotganingizda Olloh taolo har biringizning ro‘parangizda 

bo‘lg‘aydir, shuning uchun qiblaga qarab tupura ko‘rmangiz! » - dedilar-da, muborak 

qo‘llariga bir tosh olib devordagi tupikni qirib tashladilar». 

«Qaysi biringiz tupurmoqchi bo‘lsangiz, chap yoningizga tupuringiz!»- deydilar Ibn 

Umar. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

239


 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namoz 

o‘qiyotgan har bir mo‘min o‘z rabbi birlan suhbatlashg‘aydir. Shuning uchun old 

tomoniga va o‘ng yoniga tupurmasin, chap yoniga yokim oyog‘ining ostiga tupursin!» - 

dedilar». 

 

13-bob. Erkak kishi, mumkin emasligini bilmasdan imomni biror narsadan 



ogohlantirmoq uchun kaftini kaftiga urib ovoz qilsa, namozi buzilmaydir 

 

Yuqorida Sahl ibn Sa’dning shunga doir hadisi keltirib o‘tilgan. 



 

14-bob. Agar namozxonga «oldinga o‘tg‘il yokim kutib turg‘il!» deyilsa, kutib 

turgani ma’qul 

 

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 



namoz o‘qiyotgan odamlar izorlarini kichikligidan bo‘yinlariga tang‘ib olishar erdi. 

Shunda xotinlarga: «Erkaklar batamom o‘tirib olgunlaricha boshlaringizni sajdadan 

ko‘garmangiz!»-deb buyurishar erdi (chunkim erkaklar sajda qilganda avratlari ko‘rinib 

qolardi)». 

 

15-bob. Namozda salomga alik olinmaydir 

 

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga namoz 



o‘qiyotganlarida ham salom berar zrdim. Menga alik olar erdilar. Lekin, bir kuni 

Habashistondan qaytib kelganimizda Janob Rasulullohga namoz o‘qiyotganlarida salom 

bersam, alik olmadilar. Namozdan keyin: «Namoz o‘qiyotib boshqa narsalarga 

chalg‘imaslik kerak»,- dedilar». 

 

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni 



o‘zlarining bir hojatlarini bajarib kelmakka yubordilar. Men topshiriqni bajargach, qaytib 

kelib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga salom berdim. Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallam salomimga alik olmadilar. Birgina Ollohga ayon, o‘shanda ancha ko‘nglim 

ranjidi. O’zimga-o‘zim: «Ehtimol, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechikib 

qolganim uchun mendan xafa bo‘lib yurgandirlar?» - dedim. Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallamga qayta salom bersam, yana alik olmadilar, dilim avvalgidan ham ko‘proq 

ranjidi, keyin yana salom berdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu gal 

salomimga alik olib: «Salomingga alik olmog‘imga namoz mone’lik qildi, men namoz 

o‘qiyotgan erdim»,-dedilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulov ustida 

qibladan boshqa yoqqa qaragan holda namoz o‘qiyotgan erdilar». 

 

16-bob. Namoz o‘qiyotib biror zarurat bilan qo‘lini tepaga ko‘tarmoq haqida 

 

Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamning quloqlariga «Baniy Amr ibn Avf qabylasi Qubo masjidida janjallashib 

qolishibdi» degan xabar yetdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir qancha 

sahobalarini olib, ularni yarashtirmoqqa chiqdilar. Muhokama cho‘zilib ketib, Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam bir oz ushlanib qoldilar. Namoz vaqti ham bo‘ldi. Bilol kelib 

Abu Bakr Siddiqqa: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ushlanib qoldilar. Namoz 

vaqti bo‘ldi, jamoatga imomlik qilmaydirmisiz? » - dedilar. «Istasangiz, mayli»,- dedilar 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

240


Abu Bakr. Bilol azon aytdilar, Abu Bakr Siddiq ersa, mehrobga o‘tib takbiri tahrima 

aytdilar. Shu payt Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib birinchi safga turdilar. 

Odamlar Abu Bakrni ogohlantirmoq uchun chapak chala boshlashdi. Abu'Bakr shunda 

ham sezmadilar. Odamlar qattiqroq qarsak chalishgandan keyingina atrofga alanglab 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rib qoldilar. Janob Rasululloh ul kishiga 

«Namozni davom ettiraverg‘il» degan ma’noda qo‘llari birlan ishora qildilar. Abu Bakr 

qo‘llarini tepaga ko‘tarib Ollohga hamd aytdilar-da, orqaga tisarildilar. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam ul kishining birinchi safga kelib turganlarini ko‘rib oldinga o‘tib 

imomlik qildilar. Namozdan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga 

qarab: «Ey, odamlar, sizlarga ne bo‘ldi o‘zi? Xuddi bir narsa bo‘lgandek namozda qarsak 

chaldingiz. Qarsak chalmoq xotinlarning ishidir, namoz vaqtida biror kishiga bir nima 

bo‘lib qolsa, (imomni ogohlantirmoq uchun) «Subhonalloh» desin!»-dedilar. So‘ng, Abu 

Bakrga: «Ey Abu Bakr, namozni davom ettiraveringiz» deb ishora qilganimda, nega 

joyingizda qolavermadingiz?» - dedilar. Abu Bakr: «Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallamning oldilariga o‘tib, namoz o‘qimog‘im o‘rinli emasdir»,- deb javob qildilar». 

 

17-bob. Namozda qo‘lni belga qo‘yib turmoq joiz ermas 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiyotib 



belni ushlamakni man’ qilganlar»,- deydilar. 

 

Umar ibn Ali: «Menga Abu Hurayra aytdilarkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



namozda belga qo‘lni qo‘yib turmoqni makruh qilgan ermishlar»,-deydilar. 

 

18-bob. Namoz o‘qiyotib boshqa bir narsa haqida fikr yuritmoq 

 

Hazrat Umar: «Men namoz o‘qiyotib askarlarimni jihodga tayyorlag‘ayman»,-degan 



ekanlar. 

 

Uqba ibn Hafsa rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga asr 



o‘qidim. Janob Rasululloh salom berdilar-da, tezda o‘rinlaridan turib, xrtinlarining 

hujrasiga kirib ketdilar. Bir ozdan keyin chiqib, qavmlarining yuzlaridagi taajjub 

alomatini ko‘rib: «Namoz o‘qiyotganimda uyimizda tilla borligi yodimga tushib qoldi, 

men uning tuni birlan uyimizda turib qolmog‘ini istamay, odamlarga ulashib bermakni 

buyurdim»,- dedilar». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Namozga azon aytilsa, shayton azon ovozi eshitilmaydirgan yergacha orqasidan yel 

chiqarib qochg‘aydir. Muazzin to‘xtasa, yana kelg‘aydir va namozxonga «Uni eslag‘il, 

buni eslag‘il» deb tokim ul necha rak’at o‘qiganini esidan chiqarguncha chalg‘itg‘aydir»,- 

dedilar». 

 

Abu Salama ibn Abdurrahman: «Qaysi biringiz namozda shu ahvolga tushsangiz, 



tashahhudga o‘tirgandan keyin yana ikki marta sajda qilingiz! » - deganlar. Bu so‘zni ul 

kishi Abu Hurayradan eshitibdirlar. 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Odamlar: «Abu Hurayra Rasululloh 



hususlarida juda ko‘p hadis rivoyat qilg‘aydir!» - deyishadi. Men bir kishini uchratib, 

unga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kecha tunda qaysi surani o‘qidilar?» - 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

241


dedim. «Bilmasman»,- dedi. «Unda, namozda bo‘lmabsan-da?!» - dedim. 

 

«Nega, qatnashganman»,- dedi boyagi kishi. «Falon va falon suralarni o‘qiganlarini men 



bilaman-ku!» - dedim (demak, Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallamning sunnatlarini yodlab qolmoq uchun butun vujudlari birlan quloq 

solganlar)». 

 

19-bob. Sajdai sahv haqida (namozning ikkinchi rak’atida o‘tirmasdan turib 



ketgandagi xatoni tuzatmoq uchun kilinadigan sajda) 

 

Abdulloh ibn Buhayna raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Besh vaqt namozlardan birida 



Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga imomlik qildilar. Shunda ikkinchi rak’atdan 

keyin, o‘tirmasdan turib ketdilar. Ketlaridan odamlar ham turishdi. Namozni tugatib, 

salom bermoqlarini kutib turdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salom bermoqdan 

avval, o‘tirgan hollarida takbir aytib ikki marta sajda qildilar-da, so‘ng salom berdilar». 

 

Abdulloh ibn Buhayna rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin 



namozining ikkinchi rak’atidan so‘ng, o‘tirmasdan turib ketdilar. Shunda namozni 

tugatgach, ikki marta sajda qilib, keyin salom berdilar». 

 

20-bob. Agar namozxon to‘rt rak’atli namozni besh rak’at qilib o‘qib qo‘ysa... 

 

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin 



namozini besh rak’at o‘qib yubordilar. Salomdan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallamga: «Namozning rak’ati ko‘paytirildimi?» - deb so‘rashdi. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam: «Nega bundoq dersizlar?»-dedilar. «Besh rak’at o‘qidingiz»,- deyishdi. 

Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahv uchun (xatoni yuvmoq uchun) yana 

ikki marta sajda qildilar». 

 

21-bob. Namozxon ikkinchi yoki uchinchi rak’atda bilmay salom berib qo‘ysa, 



odatdagi sajda kabi yoki undan uzoqroq yana ikki marta sajda qiladir 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



bizga imomlik qilib peshin yokim asr namozini o‘qidilar. Ikkinchi rak’atga kelganda salom 

berdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Zulyadayn degan kishi: «Yo 

Rasululloh, namoz qisqardimi?» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

sahobalariga qarab: «Zulyadayn to‘g‘ri aytayotirmi?» - dedilar. Sahobalar: «Ha»,- deb 

javob berishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahv uchun yana ikki rak’at 

namoz o‘qib, so‘ng ikki marta sajda qildilar». 

 

Sa’d rivoyat qiladilar: «Ursh ibn Zubayr bizga imom bo‘lib shom o‘qiganida ikkinchi 



rak’atdan keyin salom berdi. So‘ng, (biz birlan) bir oz so‘zlashgach, namozning qolganini 

o‘qib, sajdai sahv qildi-da: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shundoq qilganlar»,- 

dedi». 

 

22-bob. Sajdai sahv qilgandan so‘ng «At-Tahiyyot» ni o‘qimay salom bergan 



kishi xususida 

 

Anas raziyallohu anhu va Hasan Basriy sajdai sahvdan so‘ng «At-Tahiyyot»ni 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

242


o‘qimadilar. Qatoda: «Sajdai sahvdan so‘ng «At-Tahiyyot» o‘qilmaydir»,-deydilar. 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



ikki rak’at o‘qib, namozni tugatdilar. Shunda ul kishiga Zulyadayn: «Yo Rasululloh, 

namoz qisqardimi yoki yodingizdan chiqardingizmi?» -dedi. Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallam: «Zulyadayn to‘g‘ri aytayotirmi? »-dedilar. Odamlar: «Ha»,- deyishdi. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana ikki rak’at namoz o‘qib, salom berdilar, so‘ng 

takbir aytib, odatdagidek yokim undan uzoqroq sajda qildilar. Keyin, sajdadan boshlarini 

ko‘tarib («At-Tahiyyot» ni o‘qimay) salom berdilar-da, o‘rinlaridan turdilar». 

 

Salama ibn Alqama rivoyat qiladirlar: «Muhammad ibn Sirindan: «Sajdai sahvdan so‘ng 



«At-Tahiyyot» o‘qilg‘aydirmi?» -deb so‘radim. «Abu Hurayraning hadisida yo‘q-ku!» - 

dedilar». 

 

23-bob. Namozda yanglishgan odam har ikkala sajdai sahvda takbir aytadir 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



peshin yokim asr namozida (Muhammad ibn Sirin: «Asr namozida bo‘lsa kerak, deb 

o‘ylayman»,-deydilar) ikki rak’at o‘qib, salom berdilar, keyin o‘rinlaridan turdilar-da, 

masjidga kira-verishdagi yog‘ochga borib suyandilar. Namozxonlar orasida Abu Bakr va 

Umar ham bor edilar, lekin bu to‘g‘rida Janob Rasulullohga gapirmoqqa istihola qilishdi. 

Odamlar bir-birlariga «Namoz qisqardimi, namoz qisqardimi?» - deya shoshib masjiddan 

chiqib kela boshladilar. Ularning orasida bir kishi bor erdi, Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam uni «Zulyadayn» der edilar. O’sha kishi: «Yo Rasululloh, yodingizdan 

chiqardingizmi yokim namoz qisqardimi? » - deb so‘radi. Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam: «Esimdan chiqarganim ham yo‘q, namoz qisqargani ham yo‘qdir»,- dedilar. 

Zulyadayn: «Yo‘q, yodingizdan chiqardingiz»,- dedi. Shundan keyin, Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam yana ikki rak’at namoz o‘qib, salom berdilar, so‘ng takbir 

aytib, odatdagidek yokim undan uzunroq sajda qildilar. so‘ng boshlarini ko‘tarib takbir 

aytdilar, Sajdaga boshlarini qo‘yayotib ham odatdagidek yokim undan uzokroqtakbir 

aytdilar». 

 

Abdulloh ibn Buhayna raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam peshin namozida qiyomda turgan erdilar, faqat oxirgi o‘ltirmoq qolgan erdi. 

Namozni tugatganlarydan so‘ng, salom bermay turib, ikki marta sajdai sahv qildilar. Har 

bir sajdadan keyin, o‘tirgan hollarida takbir aytdilar, odamlar ham Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam birlan birga sahv bo‘lgan oxirgi o‘tirish evaziga sajda qilishdi». 

 

24-bob. Uch yoki to‘rt rak’at o‘qiganini unutsa, sajdai sahv qiladir. 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Namozga azon aytilsa, shayton azon eshitilmaydirgan yergacha orqasidan yel chiqarib 

qochg‘aydyr. Azon tugasa, qaytib kelg‘aydir. Namozga takbir aytilsa, yana qochg‘aydir, 

takbir tugasa, yana qaytib kelib, namozxonni vasvasa qilmoq uchun: «Uni eslag‘il, buni 

eslag‘il»,- deb yodiga kelmagan narsalarni eslatg‘aydir. Pirovardida namozxoy necha 

rak’at namoz o‘qiganini bilmay qolur. Agar birortangiz shu kuyga tushg‘aydirsiz, o‘tirgan 

holda sajdai sahv qilingiz!» -deganlar, 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

243


25-bob. Farz va nafl namozlarida sajdai sahv qilmoq 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu vitr namozidan so‘ng sajdai sahv qildilar. 



 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 

«Birortangiz (nafl yokim farz) namozi o‘qiyotgan ersangiz, shayton kelib fikringizni 

chalg‘ita boshlag‘aydir, hatto necha rak’at o‘qiganingizni bilmay qolursiz. Agar shundoq 

ahvolga tushgaydirsiz, o‘tirgan holda sahv uchun ikki marta sajda qilingiz!»-deb 

aytganlar». 

 

26-bob. Birov namoz o‘qiyotgan kishiga gapirsa-yu, u: «nari turg‘il!»-deb 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling