Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
ishora qilganda quloq solib, nari ketsa
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27-bob. Namozda ishora qilmoq haqida
- 2-bob. Janozada qatnashmoq to‘g‘risida berilgan buyruq
- 3-bob. Kafanlab qo‘yilgan o‘lik yotgan uyga kirmoq
- 4-bob. Vafot etgan odamning tepasida bo‘lgan kishi uning oilasiga shaxsan o‘zi xabar yetkazmog‘i joiz
- 5-bob. Janozaga chaqirmoq
- 6-bob. Bolasi o‘lgan odamning Ollohning irodasiga rozi bo‘lib, sabr-toqat qilmog‘ining afzallig‘i
- 7-bob. Qabr ustida yig‘lab o‘tirgan ayolga «Sabr qilingiz!» degan kishi haqida
- 8-bob. O’likni suv va sidr (xushbo‘y ishqor) birlan yuvib, tahorat qildirib qo‘ymoq
- 9-bob. O’likni toq marta yuvmoqning mustahabligi
- 10-bob. Mayyitni o‘ng a’zolaridan boshlab yuviladir
- 11-bob. Erkak kishining izoriga ayol kishini kafanlab bo‘ladirmi
- 12-bob. Eng oxirida suvga kofur qo‘shib yuviladir
- 13-bob. Vafot etgan xotinning sochini tarab qo‘ymoq
- 14-bob. O’lik ichki kafan birlan qanday o‘raladir
- 15-bob. Ayol mayyitning sochini uch o‘rim qilinadir
ishora qilganda quloq solib, nari ketsa
Yahyo ibn Sulaymon rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos,' Misvar ibn Maxrama va Abdurrahmon ibn Azharlar Kuraybga Oisha onamiz xuzurlariga borib, avvalo hammalaridan salom aytmakni, keyin asr namozidan so‘ng o‘qiladirgan ikki rak’at namoz to‘g‘risida so‘rab, bilib kelmakni topshirishdi. Keyin: «Biz sizning asr namozidan keyin ikki rak’at namoz o‘qimog‘ingizdan xabardormiz, biroq Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asrdan keyin namoz o‘qimakni man’ qilganlar, deb ham eshitdik. Ibn Abbos: «Ogam Umar ibn Xattob asrdan keyin namoz o‘qigan odamlarni urar erdilar»,- deydilar, siz ne deydirsiz? deb aytg‘il!» - deyishibdi. «Oisha onamiz huzurlariga kirib, menga tayinlangan gaplarni aytdim,- deydi Kurayb,-Oisha onamiz Ummu Salamadan so‘rag‘il!» - dedilar. Men Ummu Salama onamizga bor gapni aytgan erdim, ul kishi bundoq dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning asrdan so‘ng namoz o‘qimakni man’ qilganlari to‘g‘risida eshitdim-u, biroq o‘zlarining asrdan keyin mening hujramga kirib ikki rak’at namoz o‘qiganlarini ko‘rdim. O’shanda ansoriy qabilalardan biri bo‘lmish Baniy Harom qabilasiga maisub bir guruh xotinlar menikida o‘tirishgan erdi. Men cho‘rimga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldilariga borg‘ilda, «Yo Rasululloh, asrdan keyin namoz o‘qimakni man’ qilgandirsiz, deb eshitgan erdik, o‘zingiz bo‘lsangiz, o‘qiyotirsiz!»- degil, agar qo‘llari birlan «Nari turg‘il!» deb ishora qilsalar, nari turg‘il!» - dedim. Cho‘ri shundoq qildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llari birlan ishora qildilar, cho‘ri nari turdi. Namozdan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Abu Umayyaning qizi, asrdan keyin o‘qiladirgan ikki rak’at namoz to‘g‘risida so‘rading. Men senga bir gap aytayin. Abd ul-Qays qabilasidan huzurimga odamlar kelishgan erdi. O’shalar birlan band bo‘lib qolib, peshinning ikki rak’atini o‘qiyolmay qolgan erdim, hozir o‘shal qazo bo‘lgan ikki rak’atni o‘kidim»,- dedilar».
Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Baniy Amr qabilastada bo‘lgan jaijaldan xabardor qilishdi. Shunda Janob Rasululloh ularni kelishtirib qo‘ymak uchun chiqib, bir oz ushlanib qoldilar. Namoz vaqti bo‘ldi. Bilol raziyallohu anhu Abu Bakr raziyallohu anhuga: «Ey Abu Bakr, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ushlanib qoldilar, namoz vaqti bo‘ldi. Odamlarga imomlik qilmaydirsizmi?» - dedilar. Abu Bakr «Mayli, agar istasangiz»,- dedilar. Kyoyin, Bilol azon aytdilar, Abu Bakr ersa takbiri tahrima aytib, imomlik qildilar. Shu payt Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam saflarni oralab o‘tib, birinchi safga kelib turdilar. Odamlar ul kishining kelganlarini bildirmoq maqsadida chapak chala boshlashdi. Lekin, Abu Bakr z’tibor qilmadilar. Odamlar qattiqroq chapak chaldilar. Shundagina Abu Bakr atrofga
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 244
alanglab Rasulullohning kelganlarink ko‘rdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrga ishora qilib, namozni davom ettirmakni buyurdilar. Abu Bakr qo‘llarini tepaga ko‘tarib, Ollohga hamd aytdilar-da, orqalariga tisarilib birinchi safga kelib turdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldinga o‘tib imrmlykni davom etirdilar. Namoz tugagach: «Ey odamlar, sizlarga ne bo‘ldi, namoz vaqtida bir narsa bo‘lgandek chapak chaldingiz? Qarsak chalmoq ayollarga hos qiliqdir. Kimda-kim namozda biror narsa bo‘lganini sezg‘aydir, «Subhonalloh» desin! «Subho-nalloh» deganda ko‘pchilikning diqqatini tortmag‘aydir, imomning o‘zigina sezib, qarag‘aydir. «Ey Abu Bakr, imomlikni davom ettiraveringiz! » deb ishora qilganimda nega quloq solmadingiz?»-dedilar. Shunda Abu Bakr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga o‘tib namoz o‘qimakni Abu Bakr o‘ziga ep ko‘rmag‘aydir», - dedilar».
Asmo binti Abu Bakr rivoyat qiladirlar: «Men Oisha raziyallohu anho huzurlariga kirsam, ular ham, odamlar ham qiyomda turib namoz o‘qishayotgan erkan. Men: «Odamlarga ne bo‘ldi?» - dedim, Ular boshlarini irg‘ab osmonga ishora qildilar. Men: «Nima, bu oxirat alomatkmi?» - de; dim. Ular «ha»degan ma’noda yana bosh irg‘ab ko‘ydilar».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo‘lib qolganlarida uyda o‘tirgan hollarida namoz o‘qiyotgan erdilar, odamlar ul kishiga iqtido qilib tik turib namoz o‘qishayotgan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llari birlan ularga «O’tirib o‘qingiz!» deb ishora qildilar. Namoz tugagach, odamlarga qarab: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir. Ul ruku’ qilg‘aydir, ruku’ qilingiz, ruku’dan bosh ko‘targ‘aydir, bosh ko‘taringiz!» -dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 245
ÉΟó¡Î0
«!$# Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$#
1-bob. Janoza va kimning oxirgi aytgan so‘zi «Lo iloha illalloh» bo‘lsa, o‘shalar (ya’ni, o‘liklar) haqidagi boblar
Vahb ibn Munabbahga: «Lo iloha illalloh» jannatning kaliti ermasmi?» -deyishdi. Vahb: «Ha shundoq, biroq tishsiz kalit kalit ermas. Kalitingning tishi bo‘lsagina senga jannatning eshigi ochilg‘aydir, bordi-yu, kaliting tishsiz ersa, jannatning eshigi senga ochilmag‘aydir»,- dedilar.
Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Rabbim huzuridan mening oldimga bir kishi (Jabroil alayhissalom) kelib, xushxabar aytdi. Mening ummatimdan kimki Ollohga shirk keltirmay jon taslim qilg‘aydir, jannatga kirg‘ay erkan»,- dedilar. «Zino va o‘g‘irlik qilsa hammi?»-dedim. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Zino qilsa ham, o‘g‘irlik qilsa ham»,- dedilar».
Abdulloh ibn Molud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Ollohga shirk keltirib o‘lg‘aydir, do‘zaxga kirg‘aydir»,- dedilar. Men: «Kimki shirk keltirmay o‘lsa, jannatga kirg‘aydir»,- dedim».
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 7 narsaga odat qilib, 7 narsadan hazar qilmakni buyurdilar. «Quyidagilarni odat qilingiz!» - dedilar: 1. Janozagaqatnashmakni; 2. Kasalni borib ko‘rmakni; 3. Chaqirilgan joyga bormakni; 4. Mazlumga yordam bermakni; 5. Qasam ichsa, qasamida turmakni; 6. Salomga alik olmakni; 7. Aksa urgan kishi «Alhamdu lilloh» desa, unga «Yarhamuka-l-loh» demakni. Quyidagilardan hazar qilingiz!» - dedilar:
1 Kumush idish tutmoqdan; 2 Tilla uzuk taqmoqdan; 3. Ipakli kiyim kiymoqdan (erkaklar nazarda tutilgan); 4. Deboj (guldor ipakli kiyim) kiymoqdan; 5. Qasiy (dag‘al matodan tikilgan kiyim) kiymoqdan; 6. Istabraq (atlasga o‘xshagan mato) kiymoqdan; 7. (bu rivoyatda 7-nchisi tushirib qoldirilgan)».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir musulmonning ikkinchi bir musulmonda 5 ta haqqi bordir»,- deganlar. Bular quyidagilar: 1 Salomiga alik olmoq; 2. Kasal bo‘lganda borib ko‘rmoq; Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 246
3. Vafot etsa, janozasiga qatnashmoq; 4. Da’vatiga javob bermoq; 5. Aksa urib «Alhamdu li-l-loh» desa, «Yarhamuka-l-loh» demoq».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu Sunuh degan joydagi hovlilaridan ot minib keldilar. Otdan tushib masjidga kirdilar-da, odamlarga gapirmasdan to‘ppa-to‘g‘ri Oisha onamizning hujralariga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rgani kirdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (vafot etgan erdilar) yamaniy ko‘k to‘nlariga o‘rab qo‘yilgan holda yotar edilar. Abu Bakr Siddiq Janob Rasulullohning muborak yuzlarini ochib, quchoqlab o‘pdilar. So‘ng, yig‘lab turib: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasululloh! Olloh taolo sizga ikki o‘lim bermag‘aydir (Kimlardir: «Janob Rasululloh yana tirilg‘aydirlar»,- degani uchun shunday dedilar). Ammo, Olloh taolo peshonangizga yozgan o‘limni ado etdingiz»,- dedilar».
Abu Salama mazkur rivoyatning davomini Ibn Abbos raziyallohu anhudan eshitgan erkanlar, ul kishi bundoq deydilar: «Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu hujradan qaytib chiqqanlarida Umar raziyallohu anhu odamlar birlan so‘zlashib turgan erdilar. Abu Bakr Siddiqqa: «O’tiringiz!» - dedilar. Abu Bakr qattiq xafa bo‘lganlaridan o‘tirgilari kelmadi. Shunda ul kishi yana: «O’tiringiz!» - dedilar. Abu Bakr baribir o‘tirmadilar. So‘ng, Abu Bakr Siddiq Kalimai Shahodat aytdilar, odamlar ul kishiga o‘girilib qarashdi. Shunda Abu Bakr: «Ammo ba’d, kimki (shul kungacha) Muhammad sallallohu alayhi va sallamga ibodat qilib kelgan ersa, Muhammad sallallohu alayhi va sallam vafot etdilar. Kimki (shul kungacha) Olloh taologa ibodat qilib kelgan ersa, Olloh taolo hamisha tirikdir, ul hech qachon o‘lmag‘aydir! Olloh taolo Kalomi Sharifida: «Muhammad sallallohu alayhi va sallam hammangizga o‘xshagan insondir, sizlardan farqi shuldirkim, ul Ollohning bandalariga yuborgan elchisidir» degan»,- dedilar (Surai «Oli Imron» ning «ash- Shokiriyn» degan joyigacha o‘qidilar). Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, odamlar Olloh taolo ushbu oyati kariymani nozil qilganini bilishmagandek, Abu Bakr Siddiq o‘qiganlarida o‘rganib oldilar. Ushbu oyatni Abu Bakrdan boshqa biror kishining o‘qiganini hech kim eshitmagan erdi».
Xorija ibn Zayd ibn Sobit rivoyat qiladirlar: «Ansoriylardan Umm ul-Alo degan bir xotin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nomlarini o‘rtaga qo‘yib, bay’at qilib (ont ichib) bunday dedi: «Muhojirlardan kim kimning uyida qolmog‘ini aniqlamoq uchun o‘zaro chek tashlashdik. Shunda Usmon ibn Maz’un bizning chekimizga tushdilar. Biz ul kishini uyimizga joylashtirdik. Keyin birdan betob bo‘lib qolib vafot etdilar. Mayyitni yuvib, o‘z kiyimiga kafanlashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mayyitni (Usmonni) ko‘rgani kirgan erdilar, «Olloh rahmat qilsin sizni, ey Usmon! Sizni Olloh taolo mukarram qilganining shohidi bo‘lib turibdirmen»,-dedim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo uni mukarram qilganini qayoqdan bildingiz?» - dedilar. «Otam fido bo‘lsin sizga, yo Radulalloh! Olloh taolo shul odamni mukarram qilmasa, kimni mukarram qilg‘aydir?!» - dedim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Afsuski, Usmon vafot etdi. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, men uning oxirati baxayr bo‘lmogini juda ham istag‘aydirman. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, o‘zim Ollohning rasuli bo‘laturib oxiratda nechuk muomala bo‘lmog‘ini bilmasman» ,— dedilar. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, o‘shandan keyin biror mayyitni oldindan jannati deb aytmoqqa jazm qilmadim».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 247
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Otam (jangda) o‘ldirilgach, yuzlariga yopib qo‘yilgan kiyimni yig‘lab-siqtab ocha boshladim. Sahobalar meni yig‘idan tiymoqqa intilishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, meni yig‘idan tiymadilar. Ammo, Fotima ham yig‘lay boshladilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yig‘lasang ham, yig‘lamasang ham, maloikalar to qabrga olib borgunlaricha qanotlari birlan soya solib turg‘aydirlar»,- dedilar».
xabar yetkazmog‘i joiz
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohsallallohu alayhi va sallam Najoshiy vafot etgan kuni sahobai kiromlariga shaxsan o‘zlari xabar berdilar, keyin sahobalari birlan namozgohga chiqib, saf tortib, to‘rt marta takbir aytib (g‘oyibona) janoza o‘qidilar».
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib: «(Jangda) bayroqni Zayd qo‘lida tutib borar erdi, shahid bo‘ldi, so‘ng bayroqni Ja’far qo‘liga oldi, ul ham shahid bo‘ldi, keyin bayroqni Abdulloh ibn Ruvoha oldi, ul ham shahid bo‘ldi. Bayroqni Xolid ibn Valid qo‘liga oldi, zafar bizga yor bo‘ldi»,- dedilar bir necha qayta».
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (masjidda xizmat qilib yurguvchi bir kishining janozasini o‘qib, ko‘mib yuborishganda): «Meni chaqirsangiz bo‘lmasmidi?» - dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir odamni kasalligida borib ko‘rib kelib turardilar. O’sha kishi kechasi vafot etib qoldi. Sahobalar uni o‘sha kechasiyoq dafn qildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ersa, tongda xabar berishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Menga uning vafot etgani to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar qilmog‘ingizga ne mone’lik qildi?»- dedilar. «Kechasi bo‘lgani uchun sizni qiynab qo‘ymoqni istamadik»,- deyishdi. Keyin, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha kishining qabriga borib janoza o‘qidilar».
qilmog‘ining afzallig‘i
Olloh taolo azza va jalla: «Sabr qilganlarga (Ollohning rahmati haqida) xushxabar aytingiz!» - deydir.
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlar orasida uchta bolasi o‘lgan musulmon bo‘lsa, Olloh taolo uni o‘sha bolalariga nisbatan qiladirgan rahmati tufayli jannatga kirgizgaydir» ,— dedilar».
Abu Sa’id roziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir to‘da ayollar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: Muayyan bir kunni belgilab, bizga va’z qilsangiz»,- deyishdi. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 248
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kunni belgilab, xotinlarga va’z aytdilar: «Qaysi bir xotinning uch bolasi o‘lsa, o‘shal bolalari uni parda bo‘lib do‘zax o‘tidan to‘sib turishg‘aydir»,-dedilar. Bir xotin: «Ikkita bolasi o‘lgan bo‘lsa-chi?» - deb so‘radi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ikkita bo‘lsa, ham»,-dedilar. Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Agar norasida bolalari o‘lgan bo‘lsa, deganlar»,- deydilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, birorta musulmonning uchta bolasi o‘lmasin! Mobodo, uchta bolasi o‘lgan musulmon do‘zaxga tushsa ham birrov kirib chiqg‘aydir, xolos (Olloh taoloning: «Orangizda do‘zaxga kirmaydiganingiz bo‘lmag‘aydir» degan so‘ziga binoan)»,- dedilar».
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qabr ustida yig‘lab o‘tirgan bir ayolning yonidan o‘tayotib: «Ollohdan qo‘rqingiz (dod-voy qilmangiz), sabr qilingiz!»-dedilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu Sa’id ibn Zayd o‘g‘li (Olloh undan rozi bo‘lsin!) o‘lganida, uning jasadiga xushbo‘y hanut sepdilar, so‘ng uni tashqariga ko‘tarib chiqib, janoza o‘qidilar. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Musulmonning tirigi ham, o‘ligi ham pok bo‘lg‘aydir»,- deydilar. Sa’id ibn Abu Vaqqos: «Agar pok bo‘lmaganida qo‘limni tekkizmas erdim»,- deydilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa: «Mo‘min nopok bo‘lmag‘aydir»,- deydilar.
Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Zaynab vafot etganda bizning oldimizga kirib: «Uch marta yokim besh marta yuvingiz, agar lozim topsangiz, undan ham ko‘proq yuvingiz, suv va sidr (xushbo‘y- ishqor) birlan yuvingiz! Eng oxirida kofurdan (kamfaradan) ham bir oz qo‘shingiz, yuvib bo‘lganingizdan so‘ng meni chaqiringiz!» - dedilar. Yuvib bo‘lgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni chaqirdik, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga o‘z haqvlaryni (belga o‘raydirgan katta matoni) berib: «Mana shunga o‘rangiz!»- dedilar (Ummu Atiyya «haqv» deganlarida izorni nazarda tutdilar, shekilli)».
Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Zaynabning jasadini yuvayotganimizda bizning oldimizga kirib: «Uch marta yokim besh marta, balkim undan ham ko‘proq sidr va suv birlan yuvingiz! Oxirgi marta yuvayotganingizda kofur (kamfara) qo‘shingiz, yuvib bo‘lganingizdan so‘ng, menga xabar qilingiz!» - dedilar. Yuvib bo‘lganimizdan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xabar qildik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga o‘z haqvlarini (izorlarini) uzatib: «Qizimni avval shunga o‘rangyz!» - dedilar. Ayyub raziyallohu anhu aytadilar: «Hafsa menga Muxammad ibn Sirin aytgan hadisga o‘xshash boshqa bir hadisni aytib berdi. Hafsa aytgan hadisda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyitni toq yuvingiz, uch marta yokim besh marta yokim yetti marta, avval o‘ng
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 249
tomonidan, tahorat qilinadirgan joylaridan boshlangiz!» - deganlar»,- deyilgan. Ummu Atiyya ersa: «Sochini uch o‘rim qilio o‘rib qo‘ydik»,- deb ayttandilar».
Ummu Atiyya rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Zaynabning jasadini yuvayotganimizda bizga: «Avval o‘ng a’zolaridan va tahoratda yuviladirgan joylaridan boshlab yuvingiz!» - deganlar».
Ummu Atiyya rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari vafot etganda bizga: «Uni uch marta yokim besh marta yokim lozim topsangiz, undan ham ko‘proq yuvingiz, yuvib bo‘lganingizda menga xabar qilingiz!» - dedilar. Biz mayyitni yuvib bo‘lib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xabar qildik, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam izorlarini bizga uzatib: «Uni (Zaynabni) avval shunga o‘rangiz!» - dedilar»,
Ummu Atiyya rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlaridan biri vafot etdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldimizga kirib: «Uni suvga sidr qo‘shib uch marta yokim besh marta yokim yetti marta, zarur bo‘lsa, undan ham ko‘proq yuvingiz, eng oxiri kofur qo‘shib yuvingiz! Yuvib bo‘lganingizdan keyin menga xabar qilingiz!» - dedilar. Yuvib bo‘lgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni chaqirdik. Rasululloh sallallOhu alayhi va sallam izorlarini bizga uzatib: «Avval shunga o‘rangiz!» -dedilar».
Hafsa raziyallohu anho Ummu Atiyyaning mazkur rivoyatini eslab: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uch marta yokim besh marta yokim yetti marta, zarur deb hisoblasangiz, undan ham ko‘proq yuvingiz!» - deganlar. Ummu Atiyya ersa: «Sochini uch o‘rim qilib qo‘ydik, deb aytgandi»,- deydilar.
Ibn Sirin: «O’likning sochini tarab qo‘ymoqning zarari yo‘qdir»,- deydilar. Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Yuvg‘uchi ayollar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlarining sochini tarab, uch o‘rim qildilar, so‘ng yuvdilar, so‘ng yana tarab uch o‘rim qildilar».
Hasan Basriy: «Kafanning 1/5 bo‘lagi birlan ayol mayyitning ikki soni va dumbalari o‘ralgaydir, keyin bular (yangi) ko‘ylak ostida qolg‘aydir» ,— deydilar.
Muhammad ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bay’at qilgan bir ansoriya ayol o‘g‘lini ko‘rgani Basraga kelib, uni topolmagach, Ummu Atiyyaning huzurlariga kirdi. Shunda Ummu Atiyya bizga quyidagi hadisni aytib berdilar: Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 250
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlarining jasadini yuvayotganimizda oldimizga kirib bizga: «Uch marta yokim besh marta, agar zarur bo‘lsa, undan ham ortiq yuvingiz, suvga sidr qo‘shingiz. Eng oxirida kofur ham qo‘shingiz! Yuvib bo‘lgach, menga xabar qilingiz!»-dedilar. Yuvib bo‘lgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xabar qildik, ul kishi bizga izorlarini uzatib: «Avval shunga o‘rangiz!» - dedilar». (Ibn Sirin hadisning davomini aytmadi). Ayyub raziyallohu anhu: «Rasulullohning qaysi qizlari to‘g‘risida so‘zlaganini bilolmay qoldim»,- deydilar. Ul kishi: «Ish’or» (ichki kafan o‘rash) deganda, tashqi kafan (butun badanni yalpisiga o‘raydigan kafan) o‘ramakni tushungayman»,- deydilar. Shuningdek, Ibn Sirin ham ayol jasadining avval beldan pastini ermas, balki birato‘la butun badanini kafanlamoqni buyurar erdilar.
Ummu Atiyya: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘lgan qizlarining sochini uch o‘rim qildik»,- deydilar. Sufyon: «Peshona ustidagi sochni bir o‘rim, ikki chakkadagi sochni ikki o‘rim qildilar»,- deydilar.
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling