Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Tunda turib namoz o‘qishning fazilati
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. Kasal odam tungi namozni o‘rnidan turmay, o‘tirib o‘qiydir
- 4-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tungi namoz va nafl o‘qishga majbur qilmay undaganlari; Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamning (qizlari)
- 5-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oyoqlari shishib ketguncha nafl o‘qiganlari
- 6-bob. Saharda (turmay) uxlagan kishi haqida
- 7-bob. Rasululloh sallallohu alayqi va sallam tungi namozni qanday o‘qir erdilar Rasululloh sallallohu alayqi va sallamning tungi namozlari necha rak’at
- 8-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tungi namozlari va uyqulari to‘g‘risida qamda kechasi namoz o‘qishning farz ekanligini bekor qilmoq
- 9-bob. Agar inson kechasi turib namoz o‘qimasa, shayton uning orqa miyasini tugib qo‘yadir
- 10-bob. Kimki namoz o‘qimay uxlasa, shayton uning qulog‘iga siyib qo‘yadir
- 11-bob. Tun oxirlab qolganda turib duo va namoz o‘qimoq
- 12-bob. Tunning birinchi qismida uxlab, uning oxirgi qismini bedor o‘tkazgan kishi
- 13-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Ramazon va boshqa kunlari kechasi turib namoz o‘qiganlari haqida
- 14-bob. Kecha-yu kunduz tahoratli yurmoqning fazilati
- 15-bob. Ibodatni qiyinlashtirib yuborishning makruhligi to‘g‘risida
- 16-bob. Kechalari ibodat qiladirgan odamning tarki odat qilmog‘i makruh
- 18-bob. Kechasi uygonib namoz o‘qigan odamning fazilati haqida
- 19-bob. Bomdodda ikki rak’at qo‘shimcha namoz o‘qish haqida
- 20-bob. Bomdodning ikki rak’at sunnatini o‘qigandan so‘ng o‘ng qo‘lini bosib yonboshlamoq
- 21-bob. Bomdod namozining ikki rak’at sunnatini o‘qib bo‘lgandan keyin yonboshlash o‘rniga so‘zlashib o‘tirmoq
- 22-bob. Nafl namozlarini ikki-ikki rak’atdan o‘qish to‘g‘risidagi hadislar
1-bob. Tunda turib namoz o‘qishning fazilati
Solimning otalari Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam hayotliklarida biror kishi tush ko‘rsa, (Rasulullohga) aytib berar erdi. Men ham bir tush ko‘rsam-u, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib bersam, deb orzu qilar erdim. Yosh yigitcha edim. Bir kuni masjidda uxlab yotganimda tush ko‘rdim. Tushimda ikki farishta kelib meni ushlab do‘zaxga olib borishdi. Qarasam, do‘zax quduq singari atrofi o‘ralgan bo‘lib, uning ikki minorasi bor erkan. Do‘zaxda odamlar yuribdir, ularni men tanidim. So‘ng, «Meni do‘zax o‘tidan asrag‘il!» deb Ollohga iltijo qila boshladim. Shu payt yonimizga yana bir boshqa farishta kelib menga: «Qo‘rqmag‘il!» - dedi (keyin uyg‘onib ketdim). Ko‘rgan tushimni Hafsa opamga aytib berdim, ul esa Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib beribdir. Shunda Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Abdulloh o‘zi yaxshi yigit-u, lekin koshki erdi kechasi turib namoz o‘qimoqni odat qilsa erdi!- debdilar». Shundan keyin Abdulloh kechalari uxlamay namoz o‘qib chiqadirgan bo‘lgan erkan.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 222
2-bob. Tungi namozda uzoqroq sajda qilmoq
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi 11 rak’at namoz o‘qir erdilar. Har bir sajdada sizlar 50 oyat o‘qiganingizda ketgancha fursat bosh ko‘tarmay turar erdilar. Vomdod namozidan avval ersa, ikki rak’at sunnat o‘qib olar erdilar. Keyin, muazzin namozga chaqirguncha yonboshlar erdilar».
Asvad raziyallohu anhuga Jundub raziyallohu anhu quyidagi hadisni rivoyat qilgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo‘ldilar. Shunda kechasi o‘qiydirgan namozni o‘rinlaridan turmay, (o‘tirib) o‘qidilar».
Jundub ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jabroil alayhissalom Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga birmuncha vaqt kelmay qo‘ydilar. Quraysh qabilasidan bir xotin: «Shaytoni uning oldiga kelmay qo‘ydi» - deb gap tarqatdi. Shunda, «Va-z-zu-ho va-l-layli izo sajo mo vadda’aka rabbuka va mo qalo» degan oyat nozil bo‘ldi. Tarjimasi: «Yorug‘ kun va qorong‘u kecha haqqi, rabbing sendan o‘z aloqasini uzgani ham yo‘qdir va seni yomon ko‘rib qolgani ham yo‘qdir».
majbur qilmay undaganlari; Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamning (qizlari) Fotimani va (kuyovlari) Hazrat Alini (ikkalalaridan ham Olloh rozi bo‘lsin!) eshikni taqillatib, tungi namozga uyg‘otganlari
Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni kechasi uyg‘onib: «Subhonalloh, bul kecha nechuk fitnalar va nechuk xazinalar nozil bo‘ldi erkan?! (ya’ni, kimlarga azob va kimlarga rahmat nozil bo‘ldi erkan?!). Kim hujralarda yotganlarni uyg‘otg‘aydir! Yo rab, bu dunyoda kiyimliklar u dunyoda yalang‘ochdirlar!» — dedilar».
Hazrat Ali ibn Abu Tolib rivoyat qiladirlar: «Bir kuni kechasi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam men birlan qizlari Fotimani eshikni taqillatib uyg‘otdilar-da, «Namoz o‘qisalaringiz bo‘lmaydirmi?» — dedilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, jonimiz Olloh taoloning qo‘lidadir, egar bizni uyg‘otmoqni xohlasa, o‘zi uyg‘otg‘aydir»,— degan erdim, menga bir so‘z ham aytmadilar. Biroq qaytib ketayotganlarida qo‘llarini sonlariga urib: «Inson o‘zi azaldan shundoq aytishqoq erdi»,— deganlarini eshitdim».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga farz bo‘lib qolmog‘ini qo‘rqib o‘zlariga yoqqan ba’zi bir amallarni qilmas erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Zuho» namozini o‘qiganlarida, albatta men ham birga o‘qiydirman».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni kechasi masjidda namoz o‘qidilar, ularga ergashib, bir qancha kishilar ham o‘qishdi. Ertasi kuni kechasi odam ancha ko‘paydi. Uchinchi va to‘rtinchi kechaga borib ersa, nihoyatda ko‘payib ketdi. Kelasi kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqmadilar. Tong otgach, bomdod namozidan so‘ng: «Tarovih namozi o‘qiydirman, deb qilgan sa’yu kushishingizni ko‘rib xursand bo‘ldim. Oldingizga chiqmog‘imga hech narsa mone’lik
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 223
qilgani yo‘qdir. Ammo, kechasi namoz o‘qimoq sizlarga farz bo‘lib qolmog‘idan qo‘rqg‘aymen»,— dedilar. Bu voqea Ramazon oyida bo‘lgan erdi».
Oisha onamiz: «Hatto oyoqlari yorilib ketar erdi»,— degandilar. Mug‘iyra ibn Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi turib namoz o‘qir erdilar, hatto (ruku’, sajda qilaverib), oyoqlari (yokim boldirlari) shishib ketar erdi. Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Axir, sizning butun gunohlaringizni Olloh afv qilgan-ku!» - deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shukr qilguvchi banda bo‘lmayinmi?»-dedilar».
Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi' va sallam (bir kuni menga) bunday degandilar: «Olloh taologa ko‘proq Dovud alayhissalomning namoz o‘qimaklari va ro‘za tutmaklari yoqar erdi, Dovud alayhissalom yarim kechagacha uxlar erdilar. Kechaning 1/3 qismida ibodat qilar erdilar va 1/6 qismida uxlar erdilar. Kunora ro‘za tutar erdilar».
Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nima qilmoqni yaxshi ko‘rar erdilar?» -deb Oisha onamizdan so‘radim. «Doimiy ibodatni»,- dedilar. «Qachon turib namoz o‘qir erdilar?»-dedim. «Xo‘roz qichqirganda»,- dedilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xo‘rozning birinchi qichqirig‘ini eshitiboq turib namoz o‘qir erdilar».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening hujramda yotib qolgan kunlari biror marta ham turib saharni qarshi olgan ermaslar».
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kecha Rasululloh birlan birga namoz o‘qidim. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qiyomda uzoq turib qolganlaridan hatto niyatim buzildi»,- dedim Abu Voilga. «Ne qilmoqchi bo‘ldingiz?» - deb so‘radi Abu Voil. «Rasulullohni qiyomda qoldirib, o‘zim o‘tirib olsammikin, degan xayolga bordim, dedim».
Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi tahajjud namoziga tursalar, og‘izlarini misvok birlan tozalar erdilar».
erdilar? Rasululloh sallallohu alayqi va sallamning tungi namozlari necha rak’at bo‘lardi?
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, tungi namoz nechuk o‘qilur? - dedi. «Ikki-ikki rak’atdan bo‘lg‘aydir, tong otib qoldimikin, deganingda ersa, bir rak’at o‘qib, vitr qilg‘aysen»,-dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 224
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohsallallohu alayhi va sallamning tungi namozlari 13 rak’at bo‘lur erdi. Har 2 rak’atdan so‘ng salom berar erdilar».
Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Oisha onamizdan Rasulullohning tungi namozlari haqida so‘radim. Oisha onamiz: «Gohida 7 rak’at, gohida 9 rak’at va ba’zan 11 rak’at bo‘lar erdi, bomdod namozining 2 rak’at sunnati bunga kirmaydir»,- dedilar».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi 13 rak’at namoz o‘qir erdilar, bunga vitr va bomdodning 2 rak’at sunnati ham kirg‘aydir».
to‘g‘risida qamda kechasi namoz o‘qishning farz ekanligini bekor qilmoq to‘g‘risida
Olloh taolo tungi namoz to‘g‘risida bunday deydir: «Ey burkanib yotgan Payg‘ambar alayhissalom, kechasi turib namoz o‘qig‘il, tunning ozroq qismida (yokim yarmida yokim undan ham ozrog‘ida yokim sal ko‘prog‘ida) uxlag‘il! Qur’oni Kariymni shoshilmasdan, tartib birlan o‘qig‘il, Biz senga bul dunyoda amal qilmoq og‘ir, biroq oxiratda tarozi bosadirgan oyati kariymalar nozil qilg‘aydirmiz. Kechasi turib namoz o‘qimoq qiyin bo‘lsa ham, matni zehnga mustahkam o‘rnashg‘aydir. Sening kunduzi ko‘p toat-ibodat qilmog‘ingni bilurmen». Olloh taolo yana bunday deydir: «Olloh taolo tuni birlan ibodat qilib chiqmoqqa qurbingiz yetmaslig‘in bilur, shuning uchun ham sizlarni kechirg‘aydir. Kechasi qo‘lingizdan kelganicha namoz o‘qingiz! Olloh taolo ba’zi biringizning bemor ekanlig‘ingizni, ba’zi biringizning rizq istab, dunyo kezib yurganingizni va ba’zi biringizning Olloh yo‘lida g‘azot qilayotganingizni bilg‘aydir. Shuning uchun qo‘lingizdan kelganicha Qur’on tilovat qilingiz, namoz o‘qingiz, zakot beringiz va Olloh yo‘lida xayr- sadaqalar qilingiz! Bu dunyoda neki yaxshilig‘ qilg‘aydirsiz, oxiratda Olloh huzurida buning evaziga o‘ylaganingizdan ko‘ra ko‘proq savob topg‘aydirsiz!» Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Oyatdagi «Noshiat al-layli» degan ibora habashchasiga kechasi turib tahajjud namoz o‘qimoqni bildirg‘aydir»,- deydilar. Imom Buxoriy: «Ashaddu vat’an» degan ibora Qur’on oyatlarining kishi qulog‘i, 'ko‘zi va qalbiga yaxshi o‘rnashuvchan erkanlig‘ini anglatg‘aydir»,- deydilar.
Anas raziyallohu anhu Humaydga bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyining ayrim kunlari ro‘za tutmay yurar erdilar, hatto butunlay ro‘za tutmasalar kerak, deb o‘ylar erdik, ba’zi kunlari ersa, qatorasiga ro‘za tutar erdilar, hatto endi og‘iz ochmasalar kerak, deb o‘ylar erdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kechasi qachon namoz o‘qimaklarini bilmoqchi bo‘lib, qay vaqt bormang, o‘shal vaqtda namoz o‘qiyotganlarini ko‘rar erdingiz, shuningdek qachon uxlamaklarini bilmoqchi bo‘lib, qay vaqt bormang, o‘shal vaqtda uxlayotganlarini ko‘rar erdingiz».
tugib qo‘yadir
AbuHurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar birontangiz kechasi turib namoz o‘qimay yotaversangiz, shayton orqa miyangizga uchta tugun tugkaydir, har bir tuguncha: «Kecha hali uzoq, uxlayverg‘il!» - deb dam urg‘aydir (kuf- suf qilg‘aydir). Kishi, agar uyqusidan uyg‘onib Ollohning zikrini qilsa, tugunning bittasi
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 225
yechilg‘aydir, agar turib tahorat olsa, ikkinchisi yechilg‘aydir, agar namoz o‘qisa, uchinchi tugun ham yechilib, toat-ibodatga g‘ayratli, dili xush bo‘lib qolg‘aydir. Agar kechasi uyg‘onib shunday qilmasa, ertasi dili g‘ash va yalqov bo‘lib yurg‘aydir»,- deb aytdilar».
Sumra ibn Jundub raziyallohu anhu tush to‘g‘risida rivoyat qila turib: «Kimki tushida boshini tosh birlan yorayotganlarini ko‘rsa, demak ul Qur’oni Kariymni yodlamak ta unga amal qilmakni tark etgan va farz namozini o‘qimay uxlagan odamdir!» - dedilar.
Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlaridagi bir suhbatda «Bir kishi tong otguncha uxlab, kechasi namozga turmadi»,- deb aytishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ul kishining qulog‘iga shayton siyib qo‘yibdir»,- dedilar.
Olloh taolo: «Yaxshi mo‘‘minlar kechasi oz uxlab, saharlari Ollohga istigfor aytg‘aydirlar»,- deydi.
AbuHurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Rabbimiz - Olloh taolo Hazratlari har kechaning 1/3 qismi qolganda osmonning yerga eng yaqin qavatiga tushib: «Kim meni da’vat qilg‘aydir, men unga labbay degaymen, kimki mendan tilak tilag‘aydir, tilagiga yetkazg‘aymek, kim mendan kechirim so‘rag‘aydir, uni kechirg‘aydirmen»,- deydi».
Salmon Forsiy Abu Dardo’ raziyallohu anhuga: «Tunning birinchi qismida uxlab, uning oxirgi qismida uyg‘oq bo‘lg‘il! Rasululloh shunday deganlar»,- deb aytdilar.
Asvad raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi nechuk namoz o‘qir erdilar?» - deb Oisha onamizdan so‘radim. Oisha onamiz: «Kechaning birinchi qismida uxlab, oxirgy qismida namoz o‘qir erdilar. Keyin, jimo’ qilgilari kelsa, to‘shakka kelib yotar erdilar. Muazzin kelib azon aytganda, agar lozim bo‘lsa, g‘usl qilar erdilar, lozim bo‘lmasa, tahorat olib namozga chiqar erdilar».
Abu Salama raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon kechalari nechuk namoz o‘qir erdilar?» - deb Oisha onamizdan so‘radilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Ramazon oyida ham, boshqa oylarda ham kechasi turib o‘qiydirgan namozlari 11 rak’atdan oshmas erdi,- dedilar Oisha onamiz,- avval 4 rak’at o‘qir erdilar. Har bir rak’atni naqadar uzoq va maromiga yetkazib ado etmaklarini so‘ramasang ham bo‘lur. Keyin, yana to‘rt rak’at o‘qir erdilar, buni ham shu qadar uzoq va maromiga yetkazib ado etar erdilarki, asti qo‘yavergil! Undan so‘ng, yana uch rak’at namoz o‘qir Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 226
erdilar. Bir kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, vitr o‘qimay uxlaydirmisiz?» - desam, Ey Oisha, ko‘zim uxlaydir-u, qalbim uxlamaydir»,- deb javob qildilar».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tungi namozning har bir rak’atida o‘tirib qiroat qilganlarini ko‘rmadim. Faqat, keksayib qolganlaridagina kechasi nafl namozini o‘tirib o‘qir erdilar, shunda ham 30-40 oyat qolganda o‘rinlaridan turib o‘qir erdilar, keyin ruku’ qilar erdilar».
AbuHurayra rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozi oldidan Bilolga: «Ey Bilol, qani aytg‘il-chi menga, islom yo‘lida qilgan eng savobli ishing qaysidir? Chunkim men jannatda yonginamda sening oyoq tovushlaringni eshitdim»,-dedilar. Bilol: «Men kechasimi, kunduzimi, doimo tahorat olib yurg‘aydirmen va shul tahoratim birlan menga buyurilgan hamma namozlarni o‘qig‘aydirmen»,- dedilar».
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga kirsalar, masjidning ikki ustuniga arqon bog‘lab qo‘yilgan erkan. Shunda, «Bu nechuk arqondir?» - deb so‘radilar. «Bu - Zaynab onamizning arqonlari. Namoz o‘qiyotganlarida shunga osilib qiyomga turg‘aydirlar»,- deyishdi sahobalar. Rasululloh: «Bunday qilmangiz, har kim quvvatiga qarab namoz o‘qisin, qiyomga turolmasa, o‘tirib o‘qisin!»- dedilar».
Oisha opamiz rivoyat qiladirlar: «Baniy Asad qabilasiga mansub bir ayol huzurimda o‘tirgan erdi. Shul payt Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyga kirib kelib: «Bu ayol kimdir?»-deb so‘radilar. «Bu - o‘shal, kechasi uxlamay namoz o‘qib chiqadyrgan ayol»,- dedim. So‘ng, mazkur ayolning nechuk namoz o‘qimoga to‘g‘risida so‘zlashdik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bunday qilmangiz, amali solihlarni qurbingyaz yetgancha ado etingiz, qancha ibodat qilsangiz ham, Olloh taologa malol kelmaydi-yu, biroq o‘zingizga malol kelib qolmasin!» -dedilar».
Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Ey Abdulloh, falonchi qabilida ish tutmag‘il! Ul kechalari turib ibodat qilur erdi, endi ersa, tarki odat qildi»,- dedilar».
Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Sening to‘g‘ringda menga aytgan so‘zlari to‘g‘rimi? Sen kechalari turib ibodat qilur erkansan, kunduzi ersa, ro‘za tutar erkansan?» - dedilar. Men: «Ha, shundoq qilurmen»,- dedim. «Agar shundoq qilur ersang, ko‘zing kirtayg‘aydir, sillang qurig‘aydir, axir, badaningning ham, bola-chaqangning ham senda haqqi bordir-ku! Ba’zi kunlari Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 227
ro‘za tutg‘il, ba’zi kunlari tutmag‘il, kechaning ayrim soatlarida ibodat qilgil va ayrim soatlarida uxlab dam olg‘il!» - dedilar Janob Rasululloh».
Uboda ibn Somit: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu xususda bunday deganlar»,— deb rivoyatqiladirlar: «Kimki kechasi uyg‘onib: «Lo iloha illa-l-lohu vahdahu, lo shariyka lahu, lahu-l-mulku va lahu-l-hamdu va huva alo kulli shay’in qadiyr. Al-hamdu li-l-lohi va subhona-l-lohi va lo iloha illa-l-lohu va-l-lohu akbar va lo havla va lo quvvata illo billoh» (tarjimasi: «Ollohdan boshqa tangri yo‘qdir, uning yolg‘iz o‘zigina mavjuddir, uning sherigi yo‘qdir, jamiki mulk unikidir, barcha maqtovlar unga xosdir va u har bir narsaga qodirdir! Ollohta madhu maqtovlar bo‘lsin! Ollohdan o‘zga tangri yo‘qdir, Olloh eng buyukdir! Olloh irodasisiz hech narsa bo‘lmag‘aydir») degan duoni o‘qib, so‘ng «Ilohi, meni kechirg‘il!» desa, duosi mustajob bo‘lg‘aydir, keyin tahorat olib namoz o‘qisa, namozi qabul bo‘lg‘usidir».
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Abdulloh'ibn Ravoha, albatta,'yomon (noto‘g‘ri) so‘z aytmag‘aydir»,- deb quyidagi qissani (she’rni) aytib berdilar: «Doimo Olloh Kitobin o‘qir Hazrat Rasululloh, Qop-qaro tun bag‘rini yuz pora qilgan tong guvoh. Ko‘rsatib bizga hidoyat, haq yo‘lig‘a boshladi, Bihamdilloh, so‘qir ko‘zlar ochildi, bo‘lmadik gumroh. Mushrikiylar jismiga parqu to‘shak ham botganida, Rasululloh ostlari qotdi to‘shaksiz tun bo‘yi, e voh!»
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida tush ko‘rsam, qo‘limda bir parcha «istabraq» degan mato bor ermish. Men o‘shal mato parchasi Jannatning qay yeriga uchib borsa, o‘sha joyga bormakni istar emishman. Bir payt, ikki kishi keldiyu, meni ushlab do‘zaxga olib bormoqchi bo‘ldi. Yo‘lda bir farishta yo‘liqib menga: «Qo‘rqmag‘il!» - dedi. Keyin, ularga qarab: «Qo‘yib yuboringiz!» - deb aytdi. Men tushimni Hafsa opamga aytgan erdim, ul Rasulullohga aytib beribdir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Abdulloh o‘zi qandoq yaxshi yigitdir, biroq kechasi turib namoz o‘qisa erdi!»-debdilar». «Shu-shu Abdulloh kechasi turib namoz o‘qiydirgan bo‘ldi,- deydilar Nofi’,-Bir kuni sahobai kiromlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ko‘rgan tushlarini aytib, ta’birini so‘rashdi. Ramazonning oxirgi 10 kunligining 7- nchi kechasi (Qadr kechasi) erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Nazarimda, barchangizning tushingiz Ramazonning oxirgi 10 kunligiga to‘g‘ri kelib qolibdir. Kimki Qadr kechasini kutib olmoqchi ersa, Ramazonning oxirgi 10 kunligida kutsin!» - dedilar».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xufton o‘qidilar, keyin yana 8 rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng o‘tirgan holda ikki rak’at namoz o‘qidilar. Bomdodning azoni birlan takbiri o‘rtasida ersa, ikki rak’at (qo‘shimcha) namoz o‘qib oldilar. Bu odatni sira ham tark etmas erdilar».
yonboshlamoq
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 228
namozining ikki rak’at sunnatini o‘qiganlaridan so‘ng o‘ng qo‘llarini bosib yonboshlar erdilar».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozining sunnatini o‘qib bo‘lganlaridan keyin, agar uyg‘oq bo‘lsam, men birlan so‘zlashib o‘tirar erdilar, agar uyg‘oq bo‘lmasam, muazzin azon aytguncha yonboshlar erdilar».
Ammor, Abu Zarr, Anas, Jobir ibn Zayd, Ikrima va Zuhriy (Olloh ulardan rozi bo‘lsin!) ham nafl namozlarining ikki-ikki rak’atdan o‘qilmog‘ini eslatib o‘tganlar. Yahyo ibn Sa’id: «Kunduzi o‘qiladirgan naflning har ikki rak’atidan keyin salom bermagan birorta ham ulamoni (faqihni) bilmasmen».- deydilar.
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga Qur’oni Kariym suralarini o‘rgatganlaridek har bir ishda istixora (Ollohdan tilak tilamoq) aytishni o‘rgatar erdilar. Bir kuni Janob Rasululloh: «Agar biror ishga bel bog‘lasangiz, avval ikki rak’at farzsiz namoz o‘qingiz, so‘ng mana bu duoni aytingiz, dedilar: «Ollohumma astaxiyruka bi-ilmika va astaqdiruka bi-qudratika va as’aluka min fazlik-al-aziym, fa- innaka taqdiru va lo aqdiru va ta’lamu va lo a’lamu va anta allomu-l-g‘uyub, Ollohumma in kunta ta’lamu anna hoza-l-amr xayrun liy fiy diyniy va ma’oshiy va oqibati amriy (av qola ojili amriy) va ojilihi fa-qdirhu liy va yassirhu liy, summa borik liy fiyhi va in kunta ta’lamu hoza-l-amr sharrun liy fiy diyniy va ma’oshiy va oqibati amriy (av qola fiy ojili amriy) va ojilihi fa-srifhu anniy va-srifniy anhu va-qdir liyi-l-xayr haysu kona, summa arziniy bihi». «Mazkur duoni aytib bo‘lgach,- dedilar Janob Rasululloh,- Ollohga o‘z tilagingizni aytg‘aysiz». Duoning tarjimasi: «Ilohi, meni ilmingdan ogoh qilg‘il! Qudrating ila meni bardam qilg‘il! Cheksiz fazlu karamingdan meni bahramand etg‘il! Ilohi, men bel bog‘lagan ish dinimga, hayotimga hamda kasbu korimga yaxshilig‘ keltiradimi, yo‘qmi, o‘zing bilg‘aydirsen. Agar yaxshilig‘ keltiradirgan bo‘lsa, uni menga nasib aylab, oson qilg‘il va unga baraka ato etg‘il! Ilohi, men bel bog‘lagan ish dinimga, hayotimga va kasbu korimga yomonlig‘ keltiradimi, yo‘qmi, o‘zing bilg‘aydirsen. Agar yomonlig‘ keltiradirgan bo‘lsa, uni mendan, meni undan yiroq aylag‘il! Menga yaxshilig‘ keltiradirgan ishni ravo ko‘rib, rozi qilg‘il!»
Abu Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz (namozdan tashqari vaqtda) masjidga kirsangiz o‘tirmasdan avval ikki rak’at namoz o‘qingiz!»- deganlar».
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga imomlik qilib, ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng: «Mehmondorchilikdan qaytishda duo o‘rniga namoz o‘qingiz!»-dedilar».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alaygqi va sallam birlan birga peshindan avval ikki rak’at, peshindan keyin ham ikki rak’at namoz o‘qidim, so‘ngra jum’adan keyin ham, shomdan keyin ham, xuftondan keyin ham ikki |
ma'muriyatiga murojaat qiling