Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Yomgir so‘rayotganda ridoni tanaga yaxshilab o‘rab olmoq
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 38-bob. Jome’ masjidida yomg‘ir so‘ramoq
- 39-bob. Jum’a xutbasida qiblaga qaramay yomg‘ir so‘ramoq
- 40-bob. Minbarda turib yomgir so‘ramoq
- 41-bob. Yomg‘ir so‘rashda jum’a namozning o‘zi bilangina kifoyalanmoq
- 42-bob. Yomg‘ir ko‘p yog‘ib, ko‘chalar huvillab qolganda duo aytmoq
- 43-bob. Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yomg‘ir so‘raganlarida ridolarini yaxshilab o‘rab olmaganlari to‘g‘risida aytilgan gaplar
- 45-bob. Mushriklar qahatchilikda musulmonlardan shafqat qilishni so‘raganda...
- 46-bob. Haddan ziyod yomg‘ir yoqqanda «atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmagil!» - deb iltijo qilmoq
- 47-bob. Tik turgan holda yomg‘ir so‘rab duo aytmoq
- 48-bob. Yomg‘ir so‘rab namoz o‘qiganda ovoz chiqarib qiroat qilmoq
- 49-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (yomg‘ir so‘rayotganda) odamlarga qanday qilib orqa o‘girib turdilar
- 50-bob. Yomg‘ir so‘rab o‘qiladirgan namoz ikki rak’atdir
- 51-bob. Namozgohga chiqib yomg‘ir so‘ramoq
- 53-bob. Imom yomg‘ir so‘rayotganda odamlarning ham u birlan baravar duoga qo‘l ochmoqlari
- 54-bob. Imomning yomgir so‘rayotgaida do‘oga qo‘l ochmogi
- 55-bob. Yomg‘ir yoqqanda nima deyiladir
- 56-bob. Soqolidan suv tomguncha yomg‘irda turgan kishi haqida
- 57-bob. Qattiq shamol esganda...
- 59-bob. Zilzila va har xil ofatlar to‘g‘risida aytilgan hadislar
- 60-bob. Olloh taoloning «Rizqni yolgonga chiqarmangiz!» degan oyati karimasi; Ibn Abbosning «rizq» so‘zini «shukr» deb talqin qilgani
- 61-bob. Yomgir qachon yog‘mog‘ini Ollohdan o‘zgasi bilmag‘aydir!
37-bob. Yomgir so‘rayotganda ridoni tanaga yaxshilab o‘rab olmoq
Abdulloh ibn Zayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ridolarini yaxshilab o‘rab olib, keyin Olloh taolodan yomgir so‘radilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 198
Abdulloh ibn Zayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozgohga chiqib, yomg‘ir so‘radilar. So‘ng, qiblaga qarab turib ridolarini tanalariga yaxshilab o‘rab oldilarda, ikki rak’at namoz o‘qidilar».
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir kishi jum’a kuni masjidga minbar to‘g‘risidagi eshikdan kirdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tik turib xutba aytayotgan erdilar. Voyagi kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yuzlanib, tik turgan holda: «Yo Rasululloh, chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, Olloh taolodan so‘rangiz, bizga yomg‘ir bersin!»- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib: «Ilohi, bizga yomg‘ir berg‘il! Ilohi, bizga yomg‘ir berg‘il! Ilohi, bizga yomgir berg‘il!» - deb uch marta duo qildilar. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, o‘shanda havo mutlaqo ochiq bo‘lib, osmonda bir parcha ham bulut ko‘rinmas erdi, xullas, havoning yomg‘ir yog‘adigan siyog‘i yo‘q erdi. Biz turgan joy birlan Sal’ (Madinai Munavvaradagi tog‘) oralig‘ida birorta uy ham, hovli ham yo‘q erdi. To‘satdaya tog‘ ortidan qalqonsimon bir bulut paydo bo‘lib, tobora kattalasha boshladi va nihoyat butun osmonni qoplab oldi. So‘ng, yomg‘ir yog‘di. Olti kun Quyoshni ko‘rmadik. Keyingi jum’ada ham Rasululloh tik turib xutba aytayotgan erdilar. Birdan o‘sha eshikdan bir kishi kirib kelib: «Yo Rasululloh, yomg‘ir ko‘pligidan chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, Olloh taolodan so‘rang, yomg‘irni to‘xtatsin!» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llaryni ko‘tarib: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmagil! Ilohi, tepaliklarga, tog‘larga, vodiylarga, o‘tloqlarga yog‘dirg‘il!»-deb duo qildilar. Dam o‘tmay yomg‘ir to‘xtadi, masjiddan chiqib ketayotganimizda Quyosh charaqlab turardi». Keyinchalik, Shariyk raziyallohu anhu: «Janob Rasulullohning oldilariga keyingi kelgan odam, o‘sha yomgir so‘rab kelgan odamning o‘zimidi?» - deb so‘raganda, Anas: «Yodimda yo‘q»,- degan ekanlar.
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tik turib xutba aytayotganlarida qozixona tomondagi eshikdan bir kishi kirib kelib: «Yo Rasululloh, chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, Ollohdan so‘rab beringiz, bizga yomg‘ir bersin!» - dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib: «Ilohi, yomg‘ir berg‘il bizga! Ilohi, yomg‘ir berg‘il bizga! Ilohi, yomg‘ir berg‘il bizga!» - deb uch bor duo qildilar. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, havo ochiq bo‘lkb, osmonda bir parcha ham bulut yo‘q erdi. Biz birlan Sal’ (Madinai Munavvaradagi tog‘) oralig‘ida na birorta bino va na hovli bor erdi. Nogahon tog‘ ortidan qalqondek bulut ko‘rinib, biz tomonga kela boshladi, sekin-asta kattalashib, butun osmonni qoplab oldi. Keyin, yomg‘ir yog‘di. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, olti kungacha Quyosh yuzini ko‘rmadik. Keyingi jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutba aytib turganlarida o‘sha eshikdan bir kishi kirib kelib: «Yo Rasulalloh, chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, Ollohdan so‘rangiz, yomg‘irni to‘xtatsin!» -dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmag‘il! Ilohi; tepaliklarga, vodiylarga, bog‘u rog‘larga, o‘tloqlarga yog‘dirgil!» - deb duo qildilar. Bir oz o‘tmay yomg‘ir to‘xtadi. Masjiddan chiqqanimizda Quyosh charaqlab turgan erdi». Keyinchalik, Shariyk raziyallohu anhu: «Janob Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 199
Rasulullohning oldilariga keyingi kelgan odam, o‘sha yomg‘ir so‘rab kelgan odamning o‘zimidi?» - deb so‘raganda, Anas: «Yodimda yo‘q»,- deb aytgan ekanlar.
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutba aytib turgan erdilar, birdan bir kishi kirib kelib: «Yo Rasululloh, yomg‘ir yog‘may qo‘ydi, Ollohdan so‘rab beringiz, bizga yomg‘ir bersin!» -dedi. RasululloH sallallohu alayhi va sallam duo qildilar, Olloh taolo bizga yomg‘ir yubordi. Shunchalik ko‘p yog‘diki, hatto uylarimizga yetolmay qolayozdik. Yomg‘ir kelasi jum’agacha tinmay yog‘di. Shunda yomg‘ir so‘rab kelgan (yoki boshqa bir) odam: «Yo Rasululloh, Olloh taolodan so‘rab beringiz, yomg‘irni bizdan boshqa yoqqa yuborsin!» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmag‘il!»- dedilar. Buni qarangki, bulutlarning o‘sha damdayoq har tomonga (o‘ngga-chapga) tarqab ketayotganini ko‘rdim. Madinaning o‘ng va so‘l tomonlariga yomg‘ir yog‘di-yu, lekin Madina ahli ustiga yog‘madi».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi»,-dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duo qilib edilar, jum’adan jum’agacha yomg‘ir yog‘di. Boyagi kishi yana kelib: «Yo Rasululloh, uylar bosib qoldi, ko‘chalar huvillab qoldi, chorva qirilib ketdi, Olloh taolodan so‘rangiz, yomg‘irni to‘xtatsin!»-dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, adirlarga, past-tekisliklarga, vodiylarga, ekinzor va o‘tloqlarga yog‘dirg‘il!» - deb duo qildilar. Yechilgan kiyim badanni qandoq tark 'etsa, bulut ham Madina osmonini shundoq tark etdi».
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, (qurg‘oqchilikdan) chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, Olloh taolodan yomg‘ir so‘rab beringiz!» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duo qildilar, jum’adan jum’agacha yomg‘ir yog‘di. So‘ng, bir kishi kelib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh. uylar buzildi, ko‘chalar huvillab qoldi, chorva qirildi»,- dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duoga qo‘l ochib: «Ilohi, tog‘ cho‘qqilariga, adirlaru vodiylarga, ekinzoru o‘tloqlarga yog‘dirg‘il! - dedilar. Bulut Madinadan «echilgan kiyimdek» chiqib ketdi».
so‘raganlarida ridolarini yaxshilab o‘rab olmaganlari to‘g‘risida aytilgan gaplar
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga chorvasi halok bo‘lganiyu ahli ayolining qiynalib qolgani to‘g‘risida shikoyat qildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yomg‘ir so‘rab duo qildilar».
Mazkur hadisda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ridolarini yaxshilab o‘rab olganlari haqida ham, qiblaga qarab duo qilganlari to‘g‘risida ham hech narsa deyilmagan. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 200
44-bob. Odamlar «Yomg‘ir so‘rab beringiz!» deb iltimos qilsa, imom rad qilmasligi lozim
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, chorva halok bo‘ldi, ko‘chalar huvillab qoldi, Ollohdan so‘rab beringiz, bizga yomg‘ir bersin!» - dedi. Janob Rasululloh duo qilib edilar, jum’adan jum’agacha yomg‘ir yog‘di. So‘ng, bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, uylar buzilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, chorva qirilib ketdi»,-dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, tog‘ ustiga, tepaliklar va vodiylarga, ekinzor va o‘tloqlarga yog‘dirg‘il!»-dedilar. Bulut «echilgan kiyimdek» Madinani tark etdi».
Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Mas’udning huzurlariga borgan erdim, menga quyidagi hadisni aytib berdilar: «Quraysh ahli islomga kirmoqni paysalga soldi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni duoi bad qilib, Olloh taolodan qahatchilik va qurg‘oqchilik yuborishini so‘radilar. Quraysh ahli o‘sha yillarda halokatga uchrab, hatto o‘limtik va suyaklargacha yedi. So‘ng, Abu Sufyon kelib: «Ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam, bizga doimo rahm-shafqatli bo‘lmoqni buyurdingiz, Quraysh ersa, sizning qavmingiz, ular qurg‘oqchilik va qahatchilikdan halokatga uchrayapti. Olloh taolodan ularga najot tilangiz!» - dedilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Osmonni tutun qoplaydirgan kunni kutg‘il!...» degan oyatni o‘qidilar. Mazkur kunlar o‘tib ketgach, mushriklar yana kofirlik qilaverdilar., Bunga nisbatan Olloh taolo: «Kofirlarni qattiq jazolab, qasos oladirgan kun kelg‘aydir, kutg‘il!»-dedi. Badr urushi bo‘lgan kun - o‘sha kun erdi».
Mansur raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolodan yomg‘ir so‘rab duo qildilar, Olloh taolo yetti kun yomg‘ir yog‘dirdi. Odamlar yomg‘ir ko‘p yog‘ayotganidan shikoyat qilishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmag‘il!» - deb iltijo qildilar. Bulut Madina ustidan tarqab ketib, faqat shahar atrofiga yomg‘ir yog‘di».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’ada xutba aytib turganlarida odamlar ul kishiga baland ovoz birlan: «Yomg‘ir yog‘may qo‘ydi, dov-daraxtlar quridi, Ollohdan so‘rab beringiz, bizga yomg‘ir yuborsin!» - deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, bizga yomgir berg‘il!» - deb ikki marta duo qildilar. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, havo ochiq erdi, hatto osmonda biror parcha bulut ham ko‘rinmas erdi. Birdan qaerdandir bulut paydo bo‘lib, yomg‘ir yog‘di. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbardan tushib, jum’a namozini o‘qidilar. Namoz o‘qib bo‘lganlarida ham yog‘ayotgan yomg‘ir kelasi jum’agacha tinmadi. Kelasi jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib xutba aytayotganlarida odamlar qichqirib: «Yo Rasululloh, uylar buzilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, Ollohdan so‘rangiz, yomg‘irni to‘xtatsin!» - deyishdi. Shunda Rasululloh tabassum qilib: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmag‘il!» - deb duo qildilar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 201
Madinada havo ochilib, yomg‘ir shahar atrofiga yog‘a boshladi. Madina ustiga bir tomchi ham yog‘madi. Madinaga qarasam, toj singari tovlanib turardi».
Abu Ishoq raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Abdulloh ibn Yazid va ul kishi birlan birga Barro ibn Ozib hamda Zayd ibn Arqam (Olloh taolo ulardan rozi bo‘lsin) Ollohdan yomg‘ir so‘rab sahroga chiqdilar. Abdulloh ibn Yazid va ul birlan birga chiqqan odamlar oyoq yalang tik turishdi. Abdulloh ibn Yazid Olloh taologa istig‘for aytib yomg‘ir so‘radi (minbarga chiqmadi, chunkim minbar yo‘q erdi). So‘ng, azon ham, takbir ham aytmay, eshittirib qiroat qilib, ikki rak’at namoz o‘qidi. Abdulloh ibn Yazid Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rgan sahobalardan erdi».
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari bo‘lmish Ibod ibn Tamimning amakilari bunday deb rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolodan odamlarga yomg‘ir so‘rab bermoq uchun ular birlan namozgohga chiqdilar. Shunda minbarga chiqmay, tik turgan holda Ollo.h taolodan yomg‘ir so‘rab duo qildilar. So‘ng, qibla tomon yuzlanib, ridolarini yaxshilab o‘rab oldilar-da, namoz o‘qidilar, keyin yomg‘ir yog‘di».
Ibod ibn Tamim rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolodan odamlarga yomg‘ir so‘rab bermoq uchun namozgohga chiqdilar, qiblaga yuzlanib duo qildilar. Keyin ridolarini yaxshilab tuzatib oldilar-da, ovoz chiqarib qiroat birlan namoz o‘qidilar».
odamlarga qanday qilib orqa o‘girib turdilar?
Ibod ibn Tamimning amakilari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Ollohdan odamlarga yomg‘ir so‘rab namozgohga chiqqan kunlari ko‘rdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga orqalarini o‘girdilar-da, qiblaga qarab duo qildilar. So‘ng, ridolarini yaxshilab tuzatib olib, ikki rak’at namoz o‘qidilar. Qiroatlari bizga aniq eshitilib turdi».
Ibod ibn Tamimning amakilari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ollohdan yomg‘ir so‘rab, ikki rak’at namoz o‘qidilar. Namozdan avval ridolarini yaxshilab tuzatib olgandilar».
Ibod ibn Tamimning amakilari rivoyat . qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozgohga chiqib yomg‘ir so‘radilar. Ridolarini yaxshilab tuzatib olib, ikki rak’at namoz o‘qidilar. Abu Sufyonga Al-Mas’udiy, unga esa Abu Bakr bunday degan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ridolarini o‘ngdan chapga o‘rab, tuzatib oldilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 202
52-bob. Yomg‘ir so‘rayotganda qiblaga qarab turmoq
Ibod ibn Tamimning amakilari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolodan yomg‘ir so‘rab namoz o‘qigani odamlar birlan namozgohga chiqdilar. Ridolarini tuzatib oldilar-da, qiblaga qarab duo qildilar».
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni bir badaviy Rasululloh huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, chorva qirilib ketdi, bola-chaqalar, odamlar halok bo‘ldi»,- dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi. va sallam qo‘llarini ochib duo qildilar, odamlar ham baravar duoga qo‘l ochishdi. Buni qarangkim, masjiddan chiqib ulgurmasimizdan ustimizga yomg‘ir yog‘a boshladi. Yomg‘ir kelasi jum’agacha tinmadi. Haliga kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga yana kelib: «Yo Rasululloh, yo‘llarda yurib bo‘lmay qolganidan musofirlar , ketolmay qoldilar»,- dedi».
Yahyo ibn Sa’id va uning sheriklariga Anas: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini duoga ko‘tardilar hatto men qo‘ltiqlarining oppoqligini ko‘rdim»,- deb aytgan erkanlar.
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar; «Rasululloh sallallohu alayhi' va sallam hech qachon qo‘llarini ochib duo qilmas erdilar. Ammo, Olloh taolodan yomg‘ir so‘rayotganlaridz qo‘llarini baland ko‘tarib duo qilar erdilar, hatto qo‘ltiqlarining oppoqligi ko‘rinar erdi».
Ibn Abbos: «Qur’oni Kariymdagi «Av ka-sayyibin» iborasidagi «sayyib» so‘zi yomg‘ir demakdir» ,— deydilar.
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yomg‘ir yog‘ayotganini ko‘rib: «Ollohumma sayyiban nofi’an (Ilohi, nafi tegadirgan yomg‘ir berg‘il!)» ,— deb aytar erdilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida qurg‘oqchilik yili bo‘ldi. Jum’a kunlaridan birida Janob Rasululloh xutba aytib turgan erdilar, bir badaviy o‘rnidan turib: «Yo Rasululloh, chorva qirilib, ketdi, bola- chaqa och qoldi, Ollohdan bizga yomg‘ir so‘rab beringiz!» - dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ochib duo qildilar, osmonda bir parcha ham bulut yo‘q erdi. Nogahon, qaerdandir tog‘dek-tog‘dek bulut paydo bo‘ldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbardan tushmaslaridan soqollaridan yomg‘ir tomchilarining yumalab tushayotganini ko‘rdim. Yomgir o‘sha kuni ham, ertasiga ham, indiniga ham yog‘ib, kelasi jum’agacha tinmadi. Kelasi jum’ada boyagi badaviy (yokim boshqasi) o‘rnidan turib: «Yo Rasululloh, uylar bosib qoldi, mollar g‘arq bo‘ldi; Ollohdan so‘rab beringiz,
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 203
yomg‘irni to‘xtatsin!»-dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ochib: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmag‘il!» - deb duo qildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam osmonning qaysi tomoniga ishora qilib ko‘rsatsalar, o‘sha tomondagi bulutlar tarqab ketar erdi. Hattoki, Madinai Munavvara tepasi doira shaklida ochilib qoldi. Vodiylarda ersa, bir oy davomida yomg‘ir yog‘ib anhor-anhor sel oqdi. O’sha kunlari kimki vodiydan biz tomonga kelsa, nuqul mo‘l yomg‘ir yog‘ayotganidan gapirar erdi».
Humayd raziyallohu anhu Anasdan bunday deb eshitgan erkanlar: «Qattiq shamol tursa, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yuzlarida xavotir alomati sezilar erdi».
ila menga zafar yo‘lladi»,- deganlari
Ibn Abbos rivoyatqiladirlar: «Janob Rasululloh: «Ollohtaolo menga tonggi shamol ila zafar yo‘lladi, Od qavmini ersa, Dabur shamoli (kun botar tomondan esadirgan kechki shamol) ila halokatga uchratdi»,- dedilar».
AbuHurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilm (islom ilmi) butunlay yo‘q bo‘lmago‘ncha, zilzila ko‘paymaguncha, vaqt (umr) tez o‘tadirgan bo‘lmaguncha, fitna va gunohlar oshkora qilinadirgan bo‘lmaguncha qiyomat bo‘lmag‘aydir. Qiyomatga yaqin shunchalik boyib ketg‘aydirsizkim, hatto mol-dunyoingiz (uyingizga) sig‘may ketg‘aydir»,- dedilar».
Ibn Umar: «Ilohi, bizning o‘ngu so‘limizdagi mamlakatlarga barakot ato etg‘il!» - dedilar. «Bizning Najdga ham barakot ato etg‘il, deng!»- deyishdi sahobalar. Ibn Umar: «Ul yerda zilzilalar, fitnalar bo‘lajakdir hamda shayton jamoasi yuzaga kelajakdir»,- dedilar.
Zayd ibn Xolid rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunlardan birida Xudaybiyada yomg‘irdan namiqqan yerda (bizga imomlik qilib) bomdod namozini o‘qidilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozdan so‘ng odamlarga o‘girilib: «Bilurmisiz, rabbingiz ne deydir?»- deb aytdilar. Sahobalar: «Olloh va uning Rasuli bilg‘aydir»,- deyishdi. «Olloh taolo: «Bandalarimning ba’zilari menga iymon keltirdi, ba’zilari ersa, meni inkor qilib, kofir bo‘ldi. Kimki yomg‘irni Ollohning bandalariga yuborgan marhamati, degaydir, ul mo‘‘min bo‘lib, sayyoralarni iloh sifatida inkor etgan bo‘lur, ammo kimki yomg‘ir sayyoralarning undoq yokim bundoq bo‘lmog‘idan, degaydir, ul kofir bo‘lib, sayyoralarga sig‘ingan bo‘lur, deb aytdi»,- dedilar Janob Rasululloh».
AbuHurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Beshta narsani Olloh taolodan o‘zgasi bilmag‘aydir, deganlar»,- deydilar. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 204
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Royib (inson bilolmaydigan) narsalar beshta bo‘lib, ularni Ollohning o‘zigina bilur, xolos. Ular quyidagilar: 1. Ertaga ne bo‘lmog‘ini bilmas; 2. Homilaning o‘g‘il yokim qiz erkanini bilmas; 3. Ertaga qay yerdan rizqini topib yemog‘ini bilmas; 4. Qay yerda o‘lmog‘ini bilmas; 5. Yomg‘ir qachon yog‘mog‘ini bilmas»,- dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 205
ÉΟó¡Î0
«!$# Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$# KUN TUTILISHI TO’G’RISIDAGI KITOB
Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohsallallohu alayhi va sallamning huzurlarida (suhbatlashib o‘tirgan) erdik, Quyosh tutilib qoldi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turdilar-da, ridolarini sudrab masjidga kirib ketdilar. Ortlaridan biz ham kirdik. To Quyosh tutilib bo‘lguncha biz birlan birga ikki rak’at namoz o‘qidilar (namozni cho‘zib o‘qidilar), so‘ng: «Quyosh va Oy biror kishining o‘lgani uchun tutilmagaydir. Qachonkim Quyosh yoki Oy tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, tutilib bo‘lguncha namoz o‘qib va duo aytib Olloh taologa iltijo qilingiz!» - dedilar».
Qays raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh va Oy biror kishining o‘lgani uchun tutilmag‘aydir, albatta. Lekin, ular Olloh taoloning cheksiz qudratga ega erkanligini isbotlovchi ikkita dalildir. Qachonkim ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, tezda o‘rningizdan turib namoz o‘qingiz!»- degan erkanlar. Buni menga Abu Mas’ud aytdi».
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh birlan Oy biror kishining vafot etgani yokim tug‘ilgani uchun tutilmashydir. Lekin, Quyosh birlan Oy Olloh taoloning qudratini isbotlovchi ikkita dalildir. Qachonkim, ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, namoz o‘qingiz!»-deganlar».
Mug‘ira ibn Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida Rasulullohning o‘g‘illari Ibrohim vafot etgan kuni Quyosh tutildi. Shunda odamlar: «Ibrohim vafot etgani uchun Quyosh tutildi»,- deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh birlan Oy'biror kishining vafot etgani yokim tug‘ilgani uchun tutilmag‘aydir, qachonkim ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, namoz o‘qib va duo aytib, Ollohga sig‘iningiz!» - deb aytdilar».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling