Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Jum’a kuni kun qattiq isib ketsa


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


16-bob. Jum’a kuni kun qattiq isib ketsa... 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sovuq 



kunlari jo‘m’a namozini ertaroq, kun qattiq isib ketganda ersa, kechroq o‘qir erdilar». 

 

Abu Xulda: «Amirimiz biz birlan jum’a o‘qidilar»,- dedi, so‘ng Anasdan: «Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam peshinni nechuk o‘qir erdilar?» - deb so‘radi (Bayhaqiy: 

«Qishda .ertaroq, yozda ersa, kechroq o‘qir erdilar»,- deydilar). 

 

17-bob. Jum’a namoziga (piyoda) bormoq; Olloh taoloning «Jum’a namoziga 

azon aytilsa, Ollohni zikr etmakka shoshilingiz!» degan oyati karimasi; 

«shoshilingiz» degan so‘z «jum’aga tezroq tayyorgarlik ko‘rib, masjidga 

oshiqmay borishni anglatadir» degan kishilar haqida 

 

Ibn Abbos: «Jum’aga azon aytilgandan so‘ng oldi-sotdi qilish man’ (harom) 



qiling‘aydir»,- deydilar. Ato ersa: «(Umuman) har qanday tirikchilik bilan shug‘ullanmak 

man’ (harom) qiling‘aydir»,- deydilar. Zuhriy raziyallohu anhu: «Jum’a kuni muazzin 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

177


azon aytsa, musofir bo‘lsang ham jum’aga bormog‘ing lozim»,-deydilar.  

 

Aboya ibn Rifo’a raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jum’aga ketayotgan erdim. yo‘lda 



Abu Abs menga duch kelib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Kimning oyog‘i 

Olloh yo‘lida yurib chang bo‘lg‘aydir, Olloh taolo uni do‘zax o‘tida kuydirmag‘aydir» deb 

aytganlarini eshitdim» ,— dedi». 

 

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namozga takbir 



aytilsa, safga turmoqqa shoshilmangiz, tinchgina, osoyishtalik birlan kelib turingiz. 

Namozning qaeriga kelishgan bo‘lsa, o‘sha joyidan boshlab birgalashib o‘qiyveringiz, 

qolganini keyin o‘zingiz o‘qib olingiz!»-deganlar». 

 

Abdulloh ibn Abu Qatoda rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Meni ko‘rmaguningizcha safga turmangiz, tinchlikka rioya qilingiz!» -deganlar». 

 

18-bob. Jum’a kuni namozda safda turgan kishilarning orasidan yorib 



o‘tilmasin! 

 

Salmon Forsiy naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki jum’a kuni 



g‘usl qilib, o‘ziga xushbo‘y narsalar sepib, namozga kelsa va. safda turganlar orasiga 

qo‘pollik bilan suqilib kirmasa, nasib etgancha namoz o‘qisa, imom minbarga chiqib, 

xutba aytayotganda jim turib quloq solsa, uning shu jum’a birlan o‘tgan jum’a orasidagi 

gunohlari kechirilg‘aydir»,- deganlar». 

 

19-bob. Jum’a kuni birodarini turgizib yuborib, o‘rniga o‘tirib olinmaydir 

 

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Ibn Jurayjga: «Rasululloh sallallohu alayhi 



va sallam namozda birodarini turg‘izib yuborib, o‘rniga o‘tirib olishni qoralabdilar, buni 

menga Ibn Umar aytdi»,- dedim. Shunda Ibn Jurayj: «Jum’a namozidami?» - dedi. Men: 

«Jum’ada ham, boshqa namozlarda ham»,-dedim». 

 

20-bob. Jum’a kuni azon aytmoq 

 

Soib Ibn Yazid bunday deydilar: «Jum’a kunidagi birinchi azon,' Rasululloh, Abu Bakr va 



Umarning davrlarida, imom minbarga borib o‘tirganda aytilgan. Usmon xalifalik qilgan 

davrlarida Madinai Munavvarada odam ko‘payib, Zavro’ (masjid yonidagi joy)da uchinchi 

azon aytiladigan bo‘ldi». 

 

21-bob. Jum’a kuni bir kishi muazzinlik qiladir 

 

Soib ibn Yazid: «Jum’a kunidagi uchinchi azonni Usmon ibn Affon joriy qilganlar, 



Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamning muazzinlari bittadan ortiq bo‘lmagan va jum’a 

kuni azon imom minbarga borib o‘tirganda aytilgan»,-deydilar. 

 

22-bob. Imom azonni eshitsa, minbarda o‘tirib, so‘zlarini takrorlab turadi 

 

Abu Umoma rivoyat qiladirlar: «M uoviya ibn Abu Sufyonning minbarda o‘tirib azon 



kalimalarini qaytarib aytayotganini eshitdim. Muazzin: «Ollohu akbar, ollohu akbar» ,— 

deganda, u ham: «Ollohu akbar, ollohu akbar»,- dedi. Muazzin: «Ashhadu alla iloha 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

178


illalloh»,- deganda, Muoviya: «Men ham guvohlik bergaymen»,- dedi. Muazzin: 

«Ashhadu anna Muhammadan rasululloh»,- deganda, Muoviya: «Men ham guvohlik 

bergaymen»,- dedi. Muazzin azonni aytib bo‘lgach, Muoviya: «Ey odamlar, men 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muazzin azon aytayotganda mana shu joyda 

o‘tirib hozir men aytgan so‘zlarni aytganlarini eshitganman»,- dedi». 

 

23-bob. Azon aytilayotganda xatibning minbarda o‘tirmog‘i - sunnat 

 

Soib ibn Yazid quyidagicha rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni masjidda odam ko‘payib 



ketganda Usmon raziyallohu anhu. ikkinchi marta azon chaqirmoqni buyurdilar. Jum’a 

kuni azon imom minbarda o‘tirganda aytilar erdi». 

 

24-bob. Xutba vaqtida azon aytmoq 

 

Zuhriyga Soib ibn Yazid bunday debdirlar: «Jum’a kunidagi birinchi azon Janob 



Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr va Umar davrlarida, imom minbarda 

o‘tirgan vaqtda aytilar erdi. Usmon raziyallohu anhu xalifalik qilgan vaqtga kelib, odam 

ko‘paydi. U jum’a kuni Zavro’ degan joyda uchinchi azon aytmoqni buyurdi. Shu-shu, bu 

odat bo‘lib qoldi». 

 

25-bob. Minbarda xutba aytmoq 

 

Anas: «Rasululloh sallallohu alayhm va sallam minbarga chiqib xutba aytdilar»,- 



deydilar.  

 

Abu Hazm ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Bir necha odam minbarning nimadan 



yasalganligi to‘g‘risida tortishib qoldilar, so‘ng Sahl ibn Sa’d as-So’idiy huzuriga kelib, 

shu haqda undan so‘radilar. Sahl ibn Sa’d as-So’idiy bunday dedi: «Qasamyod 

qilurmenkim, men uning nimadan yasalganini juda yaxshi bilurman. Uni olib kelib 

qo‘yishgan kunyaing o‘zidayoq ko‘rganman, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha 

kuni unga birinchi marta o‘tirib ko‘rganlarini ham ko‘rganman. Minbarning yasalish 

tarixiga kelsak, Janob Rasululloh falonchi xotinga odam yubordilar (Sahl xotinning otini 

aytgan erdi), kelgach, unga: «Duradgor g‘ulomingga buyursang, odamlarga 

gapirganimda ustiga chiqib o‘tiradigan bir minbar yasab bersa»,-dedilar. Xotin g‘ulomiga 

buyurdi. G’ulom tarfo degan daraxt yog‘ochidan minbar yasadi, xotin uni Rasulullohga 

yubordi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarni shu yerga qo‘ymakni buyurdilar. 

So‘ng, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbar ustida namoz 

o‘qiganlarini ko‘rdim. Minbar ustida takbiri tahrima aytdilar! so‘ng (minbar ustida) ruku’ 

qildilar, keyin (minbardan) tisarilib tushib, yerda sajda qildilar. Keyin, yana (minbarga) 

qaytib chiqdilar. Namoz o‘qib bo‘lganlaridan so‘ng odamlarga qarab: «Ey odamlar, 

mening namoz o‘qishimni o‘rganib olingiz va sizlar ham men kabi namoz o‘qingiz, deb 

shunday qildim»,- dedilar». 

 

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Bir xurmo to‘nkasi bo‘lib, Janob Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam uning ustiga chiqib xutba aytar erdilar. Janob Rasulullohga 

minbar qo‘yib berishgach, to‘nka yangi tuqqan tuya bo‘zlagandek yig‘laganini eshitdik, 

hatto Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbardan tushib, muborak qo‘llarini uning 

ustiga qo‘ydilar. Shundan keyingina to‘nka jimib qoldi, 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

179


Solimning otalari Ibn Umar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbar ustida 

turib: «Kim jum’aga kelsa, g‘usl qilib kelsin!» - deganlarini eshitgan erkanlar». 

 

26-bob. Tik turib xutba qilmoq 

 

Anas raziyallohu anhu: «Bir vaqt qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tikka 



turib xutba qilayaptilar»,- deb aytdilar. 

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hozir siz 

qilayotganingizdek tik turib xutba aytar erdilar, so‘ng o‘tirar erdilar, keyin yana turar 

erdilar»,- dedilar. 

 

27-bob. Imom odamlarga qarab xutba aytadir, odamlar ersa, imomga qarab 

tinglashg‘aydir 

 

Ibn Umar va Anas ibn Molik imomga tikilib turdilar. 



 

Abu Sa’id al-Xudriy: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarga o‘tirdilar, 

biz esa u kishining atroflarida o‘tirib tingladik»,-deydilar. 

 

28-bob. Xutbada Ollohga sano aytgandan so‘ng «Ammo ba’d» («Andin so‘ng 



ersa») degan kishi haqida 

 

Hishom raziyallohu anhu quyidagi hadisni Fotimadan eshitgan erkanlar, unga Asmo aytib 



bergan erkan: «Oisha onamizning huzurlariga kirsam, odamlar namoz o‘qishayotgan 

erkan. «Odamlarga ne bo‘ldi?» - dedim. Oisha onamiz boshlari birlan osmonga ishora 

qildilar. «Bu (oxirat) alomatimi?» - dedim. «Ha» degandek bosh qimirlatib qo‘ydilar. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni juda ham uzoq o‘qidilar, hatto mening 

ko‘zim tinib ketdi. Yonimda meshchada suv bor erdi. 

 

Ozini ochib boshimga suv quya boshladim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz 



o‘qib bo‘ldilar hamki, quyosh tutilishi to‘xtab, kun yorishib ketdi. Janob Rasululloh Olloh 

taologa hamdu sanolar aytdilar, so‘ng «Ammo ba’d» («Andin so‘ng ersa») deb 

odamlarga xutba qildilar. (Olloh taologa aytilgan hamdu sano birlan odamlarga 

aytmoqchi bo‘lgan xutbalarini bir-biriga qo‘shib yubormaslik uchun «Ammo ba’d» 

dedilar). Shu payt bir to‘da ansoriy ayollar g‘ovur-g‘uvur qilib qolishdi. Men ularni 

tinchitib, keyin (eshitmay qolganim uchun); «Rasululloh ne dedilar?» - deb Oisha 

onamizdan so‘radim. Oisha onamiz Rasulullohning hamma aytganlarini menga 

quyidagicha gapirib berdilar: «Menga ko‘rsatilmagan narsa qolmadi, hatto mana shu 

joyda turib jannatni ham, do‘zaxni ham ko‘rdim. Menga vahiy qilindi, sizlar qabrda Masih 

Dajjol fitnasi kabi yoki shunga yaqin bir sinovdan o‘tgaysizlar. Oldingizga kelib: «Mana 

bu kishini (Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni) taniysanmi?» - deb so‘ragaylar. 

So‘ralguvchi mo‘‘min (shu yerda Hishom: «yokim taqvodor»,- deb ikkilangaydir) bo‘lsa, 

«Bu kishi Rasululloh, Muhammad sallallohu alayhi va sallamdirlar. Bizga mo‘‘jizalar va 

hidoyat yo‘lini olib kelganlar, biz u kishiga ishonib, aytganlarini qabul qilganmiz, u 

kishiga ergashganmiz, hamma aytganlarini tasdiqlaganmiz»,- deydi. Unga: «Rohatlanib 

uxlayver. Biz sening mo‘‘min ekanligingni bilur erdik»,- deyishadi. Ammo, so‘ralguvchi 

munofiq (shu yerda Hishom: «yoki shubhalanuvchi»,- deb ikkilangaydir). bo‘lsa, «Bu 

kishini taniysanmi?»-deyishganda, «Yo‘q, bilmasman, odamlar bu kishi xususlarida 

nelardir deyishar erdi, men ham o‘shalardan eshitganlarimni aytar erdim»,- deydi 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

180


(Hishom: «O’sha munofiqqa aytishadirgan ogir gaplarni Fotima menga aytgan erdi, lekin 

yodimdan ko‘tarilibdir»,- deydi)».  

 

Amr ibn Tag‘lib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi' va sallamga o‘lja mollar 



va asirlar keltirildi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ljalarni taqsimladilar. 

Ba’zi kishilarga berdilar, ba’zilariga bermadilar. Shunda o‘lja tegmagan kishilar norozi 

bo‘layotganini aytishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamdu sano aytib, 

so‘ng «Ammo ba’d («Andin so‘ng ersa») deb qo‘ydilar-da, «Olloh haqqi-hurmati, men 

ba’zi bir kishiga o‘lja bergayman, ba’zisiga ersa, bermagayman. Lekin, o‘lja olmagan 

kishi menga o‘lja olgan kishidan ko‘ra mahbubroqdir. Qalbida qanoatsizlik, mol-dunyoga 

hirsi borligini sezgan kishimga o‘lja bergayman. Olloh qalblariga ko‘zi to‘qlik va qanoat jo 

qilgan kishilarni ersa, yanada nazari to‘q va qanoatli bo‘lmoqqa undagayman, Amr ibn 

Tag‘lib o‘sha sabrlilar toifasidandir»,- dedilar. Xudo haqqi, Janob Rasulullohning bu 

gaplari menga har qancha molu dunyodan ortiq erdi». 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni yarim 



kechada masjidga chiqib namoz o‘qidilar, odamlar ham ularga iqtido qilib, nafl o‘qishdi. 

Tong otgach, odamlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yarim kechada masjidga 

chiqib namoz o‘qidilar»,-deb o‘zaro gaplashishdi. Ertasiga kechqurun undan ham ko‘p 

odam yig‘ilib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qidilar. Tong 

otgach, yana shu haqda o‘zaro so‘zlashdilar. 

 

Uchinchi kechada masjid ahli juda ham ko‘payib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam masjidga chiqib namoz o‘qydilar, odamlar ham o‘qishdi. To‘rtinchi kecha 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqmadilar, faqat tong otganda bomdod 

namoziga chiqdilar. Namozni o‘qib bo‘lgach, Ollohga hamdu sano aytganlaridan so‘ng 

«Ammo ba’d» deb so‘z boshladilar: «Sizlarning bu sa’yu kushishlaringiz, albatta, yaxshi, 

biroq kechasi namoz o‘qimoq farz bo‘lib qolib, keyin qiynalib qolmangiz, dedim». 

 

AbuHumayd as-So’idiy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



namozdan keyin o‘rinlaridan turib Ollohga munosib hamdu sano va tahlil aytganlaridan 

so‘ng, «Ammo ba’d» deb so‘z boshladilar». 

Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan 

turib hamdu sano aytayotganlarida «Ammo ba’d» deganlarini eshitdim».  

 

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam enlariga izor kiyib, 



boshlariga katta salla o‘rab, so‘nggi marta minbarga chiqdilar, Ollohga hamdu sano 

aytganlaridan so‘ng: «Ey odamlar, menga yaqinroq kelingiz!» -dedilar. Odamlar Janob 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga to‘plandi. Rasululloh «Ammo ba’d» 

deb so‘z boshladilar: «Mana bu ansoriylar qabilasi kelajakda ozayg‘aydir, (boshqa) 

odamlar ersa, ko‘payg‘usidir. Muhammad sallallohu alayhi va sallam ummatiga mansub 

mansabdor odamning biror kishiga zarari yokim foydasi tegsa, yaxshiligini qabul qilib, 

yomonligini afv etsinlar!» 

 

29-bob. Jum’a kuni imomning ikki xutba o‘rtasida o‘tirib dam olmog‘i 

 

Abdullohibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (jum’ada) ikki marta xutba 



aytar erdilar. Ikkinchi xutbani boshlashdan oldin o‘tirib dam olar erdilar»,- deydilar. 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

181


30-bob. Jum’a kuni xutba tinglamoq 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb 



aytganlar»,— dedilar: «Jum’a kuni maloikalar masjid eshigi oldida birinchi bo‘lib 

kelganlarni birinchi deb, ikkinchi bo‘lib kelganlarni ikkinchi deb yozib turishg‘aydir. 

Jazirama issiqda birinchi bo‘lib kelganlar bitta tuya, ikkinchi bo‘lib kelganlar bitta sigir, 

undan keyingilari bitta qo‘chqor, undan keyingilari bitta tovuq, undan ham keyingilari 

ersa, bitta tuxum sadaqa qilganchalik savob olg‘aydir. So‘ng, imom so‘zga chiqsa, 

maloikalar daftarlarini yopib, uning suhbatiga quloq solishg‘aydir». 

 

31-bob. Imom xutba aytib turganida bir kishining kirib kelganini ko‘rsa, unga 

ikki rak’at namoz o‘qimoqni buyuradi 

 

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



odamlarga xutba aytib turgan erdilar, bir kishi kirib keldi. Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam unga: «Ey falonchi, namoz o‘qidingmi?» -dedilar. U «Yo‘q»,- dedi. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «Turg‘il, ikki rak’at namoz o‘qig‘il!»-dedilar». 

 

32-bob. Imom xutba aytayotganda kelib, ikki rak’at yengil namoz o‘qigan kishi 

 

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’a kuni 



xutba aytib turganlarida bir kishi masjidga kirib keldi. Rasululloh unga: «Namoz 

o‘qidingmi?» - dedilar. «Yo‘q»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Turg‘il, ikki 

rak’at o‘qig‘il!» - dedilar». 

 

33-bob. Imomning xutba aytayotib qo‘llarini ko‘tarib duo qilmog‘i 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam xutba aytib turgan erdilar, birdan bir kishi o‘rnidan turib: «Yo Rasululloh, yilqilar 

halok bo‘ldi, qo‘ylar halok bo‘ldi. Olloh taolodan bizga yomg‘ir so‘rab beringiz!»- dedi. 

Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib duo qildilar». 

 

34-bob. Jum’a kuni xutbada yomg‘ir so‘ramoq 

 

Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida 



qurg‘oqchilik bo‘ldi. Jum’a kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutba aytib 

turgan erdilar, bir badaviy o‘rnidan turib: «Yo Rasululloh, mol-hollar halok bo‘ldi, bola-

chaqalar och qoldi. Olloh taolodan bizga yomgir so‘rab beringiz!» - dedi. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib duo qila boshladilar, osmonda esa bir parcha 

ham bulut ko‘rinmasdi. Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamyod etib ayturmenkim, 

qo‘llarini duodan tushirmasdanoq osmonni tog‘dek-tog‘dek bulut bosdi. Keyin, Janob 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbardan tushib ulgurmaslaridan soqollaridan 

yomg‘ir tomchilari tomayotganini ko‘rdim. O’sha kuni, uning ertasi va indiniga ham 

yomg‘ir yog‘ib, hatto keyingi jum’agacha davom etdi. Keyingi jum’ada o‘sha yoki boshqa 

bir badaviy: «Yo Rasululloh, binolar bosib qolyapti, mol-hollar g‘arq bo‘layotir, Olloh 

taolodan bizga yomg‘irni to‘xtatmakni so‘rab beringiz!» - dedi. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam duoga qo‘llarini ko‘tarib: «Ilohi, ustimizga ermas, atrofimizga yomg‘ir 

yog‘dirg‘il!» - dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llari birlan qaysi tomonga 

ishora qilsalar, o‘sha tomonning bulutlari tarqab ketar erdi. Nihoyat, Madinai Munavvara 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

182


osmoni doira shaklida ochildi. Yomg‘ir ersa, vodiyga bir oy yog‘di. O’sha tomondan kim 

kelmasin, ko‘p yomg‘ir yog‘ayotgani haqida gapirar erdi». 

 

35-bob. Jum’a kuni imom xutba aytayotganda o‘zaro so‘zlashayotganlarni 

tinchitish haqida 

 

Agar kishi yonidagi birodariga «Jim turg‘il!» desa ham noo‘rin gap qilgan bo‘lur. 



Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom so‘zlayotganda odamlar jim turib 

tinglamog‘i lozim» deganlar»,— deydilar Salmon, Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: 

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum’a kuni imom gapirib turganda yoningdagi 

birodaringga «Jim turg‘il!» desang, noo‘ring gap qilibsan»,— deganlar» 

 

36-bob. Jum’a kuni duo ijobat bo‘ladigan vaqt to‘g‘risida 

 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’a kuni haqida gapira turib: «Jum’a kunida bir 



muayyan vaqt bordir. Musulmon bandaning o‘qiyotgan namozi o‘sha vaqtga to‘g‘ri kelib 

qolmog‘i qiyindir, bordiyu to‘g‘ri kelib qolg‘aydir, o‘sha banda Olloh taolodan biror narsa 

so‘rag‘aydir, so‘raganini berg‘aydir»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

muborak qo‘llari birlan o‘sha vaqtning qisqa ekanligiga ishora qildilar». 

 

37-bob. Jum’a kuni odamlar imomni tashlab namozdan chiqib ketib qolishsa, 

imom va u bilan qolgan kishilarning namozi joizdir 

 

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Bir kuni payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu 



alayhi va sallam birlan birga jum’a namozini o‘qiyotgan erdik, birdan Shom tomondan 

don ortilgan karvon kelib qoldi. Odamlar (namozni tashlab) karvon tomonga qarab 

ketishdi, hatto Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 12 kishi qoldi, xolos. 

Shunda: «Agar odamlar biror oldi-sotdini yokim o‘yin-kulgini ko‘rib qolishg‘aydir, seni 

namozda tik turganingcha qoldirib ketishg‘aydir»,— degan oyati karima nozil bo‘ldi». 

 

38-bob. Jum’adan keyin va jum’adan avval namoz o‘qimoq 

 

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylarida 



peshindan avval 2 rak’at, peshindan keyin 2 rak’at, shomdan keyin 2 rak’at va 

xuftondan keyin 2 rak’at namoz o‘qir erdilar. Jum’adan keyin ham uylariga qaytib 

kelganlaridan keyin 2 rak’at namoz o‘qir erdilar». 

 

39-bob. Olloh taoloning «Jum’a namozi o‘qib bo‘lingach, tirikchiligintizni 



qilinsiz va Olloh taolodan halol rizq tilangiz!» degan oyati karimasi 

 

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladirlar: «Biz tomonda bir xotin bor erdi, dalasiga qand lavlagi 



ekar erdi. Jum’a kuni bo‘lsa, qand lavlagini yulib, bir hovuch arpa birlan qaynatib qo‘yar 

erdi. Qand lavlagi iligdek bo‘lar erdi. Namozi jum’adan qaytayotib ayolga salom berib 

o‘tar erdik, u bizga o‘sha taomdan keltirar erdi. Undan yalar erdik. Keyin, yana qachon 

jum’a kuni kelar erkan, deb orzu qilar erdik. Jum’a kuni namozdan keyingina qaylula 

qilar erdik, tushlikni ham faqat jum’adan so‘ng yer erdik». 

 

 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

183


40-bob. Jum’a namozidan so‘ng qaylula qilmoq 

 

«Jum’aga ertaroq borib kelib, qaylula qilar erdik»,- deydilar Anas raziyallohu anhu. 



«Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga jum’a namozini o‘qib, so‘ng 

dam olar erdik»,- deydilar Sahl raziyallohu anhu. 

 

41-bob. Salot ul-xavf (xavf tugilganda o‘qiladigan namoz) 

 

Olloh taolo o‘z oyati karimasida bunday deydir: «Agar safarda bo‘lg‘aydirsiz-u, 



kofirlarning fitna qilib hujum etib qolmaklaridan cho‘chigaydirsiz, namozni qisqaroq 

o‘qimog‘ingizning zarari yo‘qdir, zero kofirlarning sizlarga dushmanlik qilmog‘i turgan 

gapdir. (Ey payg‘ambar), agar sen sahobalaring birlan birga bo‘lg‘aydirsen-u, imomlik 

qilib namoz o‘qimoqchi bo‘lg‘aydirsen, ularning bir qismi sen birlan namoz o‘qisin, 

ikkinchi qismi ersa, sizlarni qurol tutib orqangizdan qo‘riqlab tursin! Birinchi rak’at 

tugagach, namoz o‘qimagan qo‘riqchi qism kelib sen birlan birga ikkinchi rak’atni o‘qisin! 

Birinchi qism ersa, ehtiyot choralarni ko‘rib tursin! (Chunkim) qurol-aslahalaringizni 

tashlab namoz o‘qiyotganingizda kofirlar sizlarni g‘aflatda qoldirib birdan hujum qilib 

qolmoqlari mumkindir. Lekin, yomg‘ir yog‘ib loygarchilik bo‘lsa yokim kasal ersangiz, 

qurol aslahalaringizni qo‘yib, namoz o‘qisangiz bo‘lg‘aydir. Ogoh bo‘lingiz, Olloh taolo 

kofirlarni tahqirlovchi azob tayyorlabqo‘ygandir!» 

 

Shu’ayb rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salot ul-xavf 



o‘qiganmilar?» -deb Zuhriydan so‘radim. Ul: «Menga otam Abulloh ibn Umar bu xususda 

bunday degan erdilar»,- deb quyidagilarni aytib berdi: 

 

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azotga chiqdim. Najd tomonda 



dushmanning to‘g‘risiga kelib saf tortdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz 

o‘qimakka turdilar, bir guruh odamlar ul kishiga iqtido qildi, ikkinchi guruh ersa, 

dushmanni kuzatib turdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido etib namoz 

o‘qiyotgan kishilar bir marta ruku’ aylab, ikki marta sajda qildi, so‘ng, ular namozgohni 

tark etdilar, o‘rinlariga qo‘riqlab turgan ikkinchi guruh borib turdi. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam ular birlan birga ham bir marta ruku’ va ikki marta sajda qildilar, so‘ng 

salom berdilar. Ikkinchi guruhdagi kishilarning har biri o‘zlari mustaqil ravishda yana bir 

marta ruku’ va ikki marta sajda qilib oldi». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling