Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy      www.ziyouz.com


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

156


114-bob. Sajdaga ketayotganda va sajdadan qaytayotganda takbirni to‘liq 

aytmoq 

 

Mutarraf ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Men va Imron ibn Husayn Hazrat Aliga iqtido 



qilib namoz o‘qidik. Hazrat Ali sajdaga borayotganlarida ham, sajdadan bosh 

ko‘tarayotganlarida ham, ikkala rak’atdan turayotganlarida ham takbir aytar erdilar. 

Namoz tugagach, Imron ibn Husayn mening qo‘limni ushlab turib: «Mana bu kishining 

(ya’ni, Hazrat Alining) hozir o‘qigan namozi menga Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallamning namozlarini eslatdi (Bizga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 

namozlarini o‘qib berdi)»,— dedi». 

 

Ikrima raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishining (Abu Hurayraning) Makkai 



Mukarramadagi Maqomi Ibrohimda namoz o‘qiyotib, sajdaga bosh qo‘yganda ham, 

sajdadan bosh ko‘targanda ham takbir aytganini ko‘rdim. Buni Ibn Abbosga aytib bergan 

erdim, ul: «Axir bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozlari-ku, ey 

yetimcha!» —dedilar». 

 

115-bob. Sajdadan turayotganda takbir aytmoq 

 

Ikrima raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Makkada bir cholga (Abu Hurayraga) iqtido 



qilib namoz o‘qidim. 22 marta takbir aytdi. Shunda Ibn Abbosga: «Bu kishining aqli 

joyidami o‘zi?» — dedim. «He, onang voy bolam, deb qolgur, bu Abulqosim — Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari-ku!» — dedilar».  

 

Abu Bakr ibn Abdurrahmonga Abu Hurayra raziyallohu anhu quyidagini aytib bergan 



erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qisalar, avval tik turib takbiri 

tahrima aytar erdilar, keyir ruku’ qilayotganda va ruku’dan turayotganda «Sami’allohu 

liman hamidahu» der edilar. Qiyomda ersa «Rabbano laka-l-hamd» der erdilar.  

 

Abdulloh ersa bunday deydilar: «(Janob Rasululloh) «Va laka-l-hamd»,— der erdilar



keyin birinchi sajdaga borayotib ham, undan bosh ko‘tarayotib ham, shuningdek ikkinchi 

sajdaga borayotib ham, undan bosh ko‘tarayotib ham takbir aytar erdilar. Namozning 

hamma rak’atlarida shunday qilur erdilar. Ikkinchi rak’atga turayotganda va 

o‘tirayotganda ham takbir aytar erdilar». 

 

116-bob. Ruku’da kaftlarni tizzaga qo‘ymoq (tizza ko‘zini changallamoq) 

 

Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalar oldida ruku’ qilayotib, 



tizzalarini changalladilar»,— deydilar. 

 

Mus’ab ibn Sa’d bunday dedilar: «Otam Sa’d ibn Abu Vaqqos yonlarida namoz o‘qidim. 



(Ruku’da) qo‘llarimni musht qilib sonimga qo‘ydim. Otam meni koyib: «Biz ham ilgari 

shunday qilar erdik, hozir bu makruh qilingandir, endi qo‘llarimizni tizza ko‘ziga qo‘yish 

buyurilgan»,— dedilar». 

 

117-bob. Namozxon chala ruku’ qilsa... 

 

Zayd ibn Vahb rivoyat qiladirlar: «Huzayfa raziyallohu anhu ruku’ birlan sajdani to‘liq 



qilmayotgan bir kishini ko‘rib: «Namoz o‘qiganing yo‘q. Agar o‘lsang, Olloh taolo 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

157


Muhammad alayhissalomga. hidoyat qilgan maslakdan boshqa maslakda ketasan»,—

dedilar». 

 

118-bob. Ruku’da belni tekis bukmoq 

 

Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir jamoa birodarlari huzurida ruku’ 



qilganlarida byollarini tekis qilib bukdilar»,— debdilar. 

 

119-bob. Ruku’ning mukammallik va tekislik chegarasi hamda uning 



to‘g‘riligidan qanoat hosil qilmoq 

 

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



ruku’lari, sajdalari, ikki sajda orasidagi o‘tirishlari, ruku’dan bosh ko‘tarib, qomatni 

rostlashlariga (qiyomga) deyarli bir xil vaqt sarflar erdilar». 

 

120-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’ni mukammal qilmagan 

odamga namozni qaytarib o‘qishni buyurdilar 

 

Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga kirdilar, 



ketlaridan bir kishi ham kirib namoz o‘qidi. Keyin kelib Janob Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallamga salom berdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salomiga alik olib: 

«Borg‘il, qaytadan o‘qig‘il, chunkim namoz o‘qimading!»— dedilar. Boyagi kishi 3 marta 

qaytadan namoz o‘qidi, so‘ng kelib: «Sizni haq din birlan yuborgan Ollohga qasam ichib 

ayturmenkim, bundan yaxshi qilolmayman. Menga o‘rgatingiz!» — dedi. Janob 

Rasululloh: «Namoz o‘qisang, avval takbiri tahrima aytg‘il, keyin Qur’ondan 

bilganlaringni o‘qig‘il, so‘ng shoshilmasdan astoydil ruku’ qilg‘il, keyin turib astoydil 

qaddingni rostlag‘il, undan so‘ng astoydil sajda qilg‘il, keyin astoydil sajdadan bosh 

ko‘targ‘il, so‘ng astoydil o‘tirg‘il, so‘ng astoydil sajda qilg‘il, keyin namozingning qolgan 

qismini ham shunday davom ettirg‘il!»—dedilar». 

 

121-bob. Ruku’ qilayotganda duo aytmoq 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’ va sajda 



qilayotganlarida «Subhonaka ollohumma rabbano va bihamdika ollohumma-g‘firli»,—der 

erdilar». 

 

122-bob. Imom ruku’dan bosh ko‘targanda nima deydi va orqasidagi 

namozxonlar nima deydi? 

 

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (ruku’dan 



ko‘tarilayotganlarida) «Sami’allohu liman hamidahu» desalar, (qomatlarini rostlagach), 

«Ollohumma rabbano va lakal-hamd» der erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

ruku’ qilganlarida va sajdadan bosh ko‘targanlarida «Ollohu akbar» deb takbir aytar 

erdilar. Ikkinchi sajdadan turganlarida ham «Ollohu akbar» deb takbir aytar erdilar». 

 

123-bob. «Ollohumma rabbano va lakal-hamd»ning fazilati 

 

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom 



«Sami’allohu liman hamidahu» desa, «Ollohumma rabbano lakal-hamd» deb aytingiz. 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

158


Chunkim kimning aytganlari maloikalarning aytganlariga to‘g‘ri kelib qolg‘aydir, qilgan 

gunohlari kechirilg‘aydir»,— deganlar». 

 

124-bob. 

 

Abu Hurayra: «Men albatta sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz 



o‘qishlariga yaqin namoz o‘qib berg‘ayman»,— deganlar. 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu peshin, xufton va bomdod namozlarining oxirgi 



rak’atlarida «Sami’allohu liman hamidahu» degandan so‘ng, «Qunut» duosini o‘qib, 

mo‘minlarni duo qilar erdilar, kofirlarga la’nat aytur erdilar. 

 

Anas raziyallohu anhu: «Qunut» duosi shom va bomdod namozlarida o‘qilar erdi»,— 



deganlar. 

 

Rifoat ibn Rofi’ rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido 



qilib namoz o‘qiyotgan erdik, ruku’dan bosh ko‘tarayotib, «Sa-mi’allohu liman 

hamidahu» deganlarida bir kishi: «Rabbano va lakal-hamd hamdan kasiran tayyiban 

muborakan fiyhi»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni tugatib 

orqalariga o‘girilgach: «So‘zlagan kimdir?»—dedilar. Ul: «Men»,— dedi. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam: «30 nechta ham farishtaning birinchi bo‘lib yozib olmoqqa 

shoshilayotganlarini ko‘rdim»,— dedilar». 

 

125-bob. Namozxonning ruku’dan bosh ko‘targanda bir zum nafas rostlab 

olmog‘i 

 

Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’dan bosh ko‘targach, 



umurtqalarining har bir bo‘g‘inini joy-joyiga tushirib, bir zum nafaslarini rostlab 

oldilar»,— deydilar. 

 

Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Anas raziyallohu anhu bizga Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallamning qanday namoz o‘qishlarini ta’riflab, ham ko‘rsatib (o‘qib) 

berdilar. Shunda, ruku’dan bosh ko‘targanda, bir zum tik turib qolar erdilar, hatto biz 

sajda qilmoq eslaridan chiqib qoldimikin?» — der erdik». 

 

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 



ruku’, sajda va qiyomlariga hamda ikkala sajda orasida o‘tirmoqlariga deyarli bir xil vaqt 

sarflanar erdi». 

 

Abu Qiloba rivoyat qiladirlar: «Molik ibn Huvayris bizga Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamning nechuk namoz o‘qishlarini ko‘rsatib berar erdilar. Bu — namozdan tashqari 

vaqtda bo‘lur erdi. Qadlarini rostladilar-da, bir zum tin oldilar, keyin ruku’ qildilar, yana 

bir oz tin oldilar, so‘ng boshlarini ko‘tarib bir 6z jim turdilar. Molik ibn Huvayris bizga 

mana shu shayximiz Abu Buraydning namoziga o‘xshash namoz o‘qib berdi. Abu Burayd 

oxirgi sajdadan bosh ko‘tarsa, bir oz o‘tirib olib, keyin turar erdi». 

 

126-bob. Takbir aytib sajda qiling‘aydir 

 

Nofi’: «Ibn Umar (sajdaga borganda) tizzasini (erga) qo‘yishdan avval qo‘lini qo‘yar 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

159


erdi»,— deydilar (bu Molikiylar mazhabida, ammo qolgan uch mazhabda avval tizza, 

keyin qo‘l qo‘yilg‘aydir). 

 

Zuhriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra raziyallohu anhu barcha 



namozda, buyurilgan va buyurilmagan namozlarda ham takbir aytur erdilar. Farzda 

ham, sunnatda ham, Ramazonda ham, qiyomda ham, ruku’da ham takbir aytar erdilar. 

Keyin, «Sami’allohu liman hamidahu» deb boshlarini ko‘tarar erdilar, so‘ng sajdaga 

ketishdan avval, «Rabbano va lakal-hamd» der erdilar. Keyin, «Ollohu akbar» deb 

sajdaga ketar erdilar, so‘ng sajdadan bosh ko‘tarayotganda takbir aytar erdilar. Keyin, 

ikkinchi sajdaga borayotganda takbir aytar erdilar, so‘ng ikkinchi sajdadan bosh 

ko‘tarayotganda takbir aytar erdilar hamda tashahhuddan turayotganda takbir aytar 

erdilar. Yuqorida ko‘rsatilganlarni har bir rak’atda, to namoz tugaguncha qilar erdilar. 

Namozdan qaytayotib: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamyod qilib ayturmenkim, 

hammangizning namoz o‘qishingizdan ko‘ra, mening namoz o‘qishim ko‘proq Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qishlariga o‘xshaydir. Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallam to dunyodan oxiratga o‘tib ketgunlaricha ana shunday namoz o‘qiganlar»,— 

dedilar.  

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu Abu Bakr va Abu Salamaga bunday debdilar: «Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam ruku’dan bosh ko‘tarayotib, «Sami’allohu liman hamidahu»,— 

qiyomda ersa «Rabbano va lakal-hamd» der erdilar. Keyin: «Ilohi, Valid ibn Validga 

najot berg‘il, Salama ibn Hishomga ham najot berg‘il, Iyosh ibn Abu Rabi’aga ham najot 

berg‘il, shuningdek zaif, ezilgan mo‘‘minlarga najot berg‘il. Ilohi, Muzar kofirlariga qattiq 

azob berg‘il va ularga Yusuf alayhissalom davridagi qahatchilikdek qahatchilik yuborg‘il!» 

— der erdilar. O’sha kunlarda Muzar qabilasidan bo‘lmish Mashriq ahli Rasulullohga 

dushman kishilar erdi». 

 

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ot ustidan yiqilib 



tushdilar (Abu Sufyon: «Otdan yiqildilar»,—deb erdi shekilli). Shunda o‘ng tomonlari 

shilinib ketdi. Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rgani kirdik. Namoz vaqti 

bo‘ldi. Bizga o‘tirgan holda imomlik qildilar, biz ham o‘tirib o‘qidik (Sufyon: «Bir marta 

o‘tirgan holimizda uqidik»,— degandi). Namozdan keyin Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingan. Agar ul takbir aytg‘aydir, takbir 

aytingiz, agar ruku’ qilg‘aydir, ruku’ qilingiz, ruku’dan bosh ko‘targ‘aydir, bosh 

ko‘taringiz, «Sami’allohu liman hami-dahu» desa, «Rabbano va lakal-hamd» deb 

aytingiz. Sajda qilg‘aydir, sajda qilingiz!» — dedilar. Ali ibn Abdulloh: «Ma’mar ham shu 

hadisni rivoyat qilganmidi? — deb so‘radilar. «Ha»,— dedim. Sufyon: «Ma’mar, Zuhriy 

qanday aytib bergan bo‘lsa, shundayicha eslab qolibdir»,— dedilar. Ma’mar: «Ilohi, 

o‘zingga shukur! Zuhriyning «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ng yonlari birlan 

otdan yiqildilar» deganini yaxshi eslab qolganman. Zuhriyning huzuridan chiqqanimizda 

Ibn Jurayh: «O’shanda men ham Janob Rasulullohning huzurlarida edim. O’ng oyoqlari 

(boldirlari) shikastlangan erdi»,— dedi». 

 

127-bob. Sajdaning fazilati 

 

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Odamlar: «Yo Rasululloh, qiyomat kuni rabbimizni 



ko‘rg‘aymizmi?» — deb so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Havo ochiq 

kechada 14 kunlik Oyni ko‘rmoqqa shubha qilmag‘aymisiz?»—dedilar. «Yo‘q, yo 

Rasululloh!»—deyishdi. «Bulutsiz kunda Quyoshni ko‘rmoqqa shubha qilmag‘aymisiz?» 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

160


— dedilar. «Yo‘q»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Olloh taoloni ham shuningdek shaksiz 

ko‘rg‘aydirsizlar. Qiyomat kuni odamlar to‘plang‘aydir. Shunda Olloh taolo: «Kim nega 

sig‘ingan ersa, o‘shanga ergashsin!»—degaydir. Ayrim kishilar Quyoshga, ba’zilar Oyga 

ergashg‘aydir, kimlardir shaytonlarga ergashg‘aydir. Mahsharda faqat islom ummati 

qolg‘aydir, ularning ichida munofiqlari ham bo‘lg‘aydir. So‘ng, Olloh taolo kelib 

(ko‘rinmasdan): «Men sizning rabbingizdirman»,— deydir. «Rabbimiz kelguncha 

turadirgan joyimiz shu yermi? Rabbimiz kelsa, biz uni taniymiz»,— deyishg‘aydir 

odamlar (Ollohga shirk keltirib qo‘ymoqdan qo‘rqib shunday deyishg‘aydir). Shunda 

Olloh taolo kelib (ko‘rinib): «Men rabbingizdirman»,— deydir. «Sen rabbimizsan!»—

deyishg‘aydir mo‘‘minlar. Ularni rabbi (Olloh) da’vat qilg‘aydir. Jahannam ustiga Sirot 

ko‘prigi qurilg‘aydir. Men payg‘ambarlar ichida birinchi bo‘lib ummatim birlan (Puli 

Sirotdan) o‘tg‘aydirman. O’sha kuni payg‘ambarlardan boshqa hech kim so‘zlamag‘ay. 

O’sha kuni payg‘ambarlar: «Ilohi, salomat qilg‘il, Ilohi, salomat qilg‘il!»—deb butun 

ummatlariga mehru shafqat tilag‘aydirlar. Jahannamda qiyoq tikanlari. yanglig‘ tikanlar 

bordir. Qiyoq tikanini ko‘rganmisiz?» — dedilar. Sahobalar: «Ha»,— deyishdi. Janob 

Rasululloh yana so‘zlarini davom ettirdilar: «Qiyoq tikanlariga o‘xshaydir-u, ammo uning 

kattaligini Ollohdan boshqa hech kim bilmaydir. Gunohlariga qarab, ba’zilar o‘tga, 

ba’zilar tikanga tashlab yuborilg‘aydirlar. So‘ng, do‘zaxga tushgan kishilardan qaysi 

biriga Olloh taolo rahmat qilmoqni istag‘aydir, ul najot topg‘usidir. Olloh taolo 

farishtalariga Ollohning o‘zigagina ibodat qilgan kishilarni do‘zaxdan chiqarmoqni 

buyurg‘aydir, so‘ng ularny do‘zaxdan chiqarg‘aydirlar. Yolg‘iz Ollohga ibodat qilgan 

bandalarni badanlarida qolgan sajda izlaridan tanishg‘aydir. Olloh taolo o‘tga 

bandalarning sajda izlari qolgan a’zolarini kuydirmoqni man’ qilg‘aydir. Odam bolasi 

butun a’zosi kuygan-u, ammo sajda qilgan a’zolarigina kuymagan holda do‘zaxdan 

chiqarilg‘aydir. Do‘zax otashidan chiqqan bandalar ustidan hayot suvi quyilg‘aydir. 

Badanlari xuddi sel loyqasiga tushgan urug‘ ungan yanglig‘ yosharib, ko‘rkam 

bo‘lg‘usidir. Olloh taolo butun bandalari o‘rtasida adolat tarozisi orqali qozilik hukmini 

nihoyasiga yetkazg‘ach, bir kishi jannat birlan do‘zax o‘rtasida qolg‘aydir. Ahli 

do‘zaxlardan bo‘lmish bul kishi jannatga eng keyin kirg‘aydir. Ul yuzi do‘zax o‘tiga 

qaragan holda: «Yo rabbiy, yuzimni do‘zax o‘tidan boshqa yoqqa burg‘il, do‘zaxning 

zaharli tutuni meni zaharlab, uning alangasi meni kuydirmoqda»,— deydir. Olloh taolo: 

«Agar aytganing qiling‘aydir, undan keyin boshqa narsani so‘ramasmisen?» — deydir. 

Banda: «Yo rabbiy, so‘ramasmen»,— deb ont ichgaydir. Olloh taolo bandasining 

va’dasini olgandan so‘ng, uning yuzini do‘zax tomondan jannat tomonga burgaydir. 

Banda jannatning so‘lim va ko‘rkamligini ko‘rib, Olloh xohlaganicha vaqt jim qolg‘aydir. 

So‘ng, «Yo rabbiy, meni jannat eshigining yoniga yetkazg‘il!»— deydir. Olloh taolo unga: 

«Hali so‘ragan narsangdan boshqa hech narsa so‘ramasmen, deb va’da qilmag‘anmi 

erding?» — deydir. «Yo rabbiy, va’da berdim-u, biroq sening lutfu karamingdan 

umidvormen»,—deydir. Olloh taolo: «Agar so‘raganingni bersam, boshqa hech narsa 

so‘ramasmisen?»—deydir. Banda rabbiga qasamyod aytib: «Boshqasini 

so‘ramasmen»,— deydir. Uni jannat eshigiga keltirg‘aydirlar. Jannat eshigiga yetganda 

undagi go‘zallik, so‘limlik va xursandchiliklarni ko‘rib hayratga tushg‘aydir va Olloh taolo 

xohlagancha vaqt jim qolg‘aydir. So‘ng: «Yo rabbiy, meni jannatga kirgizg‘il!» — deydir. 

Olloh: «Voh, seni qarag‘il-a! Nechog‘liq va’dangga vafosizdirsen. Ey oday bolasi, bundan 

boshqa narsa so‘ramasmen, deb va’da bermaganmi erding?» — deydir. Banda: «Ey 

rabbim, meni eng baxtsiz banda qilib qo‘ymag‘il!» —deydir. Haq taolo kulg‘aydir va 

bandasiga jannatga kirmoqqa ijozat berib: «Xohlaganingcha tilayverg‘il, bandam!» — 

deydir. Banda ko‘nglida borini tilag‘aydir. Shunda Olloh taolo unga: «Falon, falon va 

falon narsalarni ham qo‘shib so‘rag‘il!»—deb aytadir. Banda Olloh taolo aytganlarining 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

161


hammasini tilag‘aydir. Olloh taolo unga: «Bu ham sengadir, u ham sengadir»,— deb 

yana qancha narsalarni aytg‘aydir». 

 

128-bob. Namozxon sajdada bilagining ich tarafini ko‘rsatib, qornini sonidan 

uzoqlashtirib turadir 

 

Abdulloh ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qisalar, (sajdada) 



tirsaklarini biqinlaridan uzoqroq tutar erdilar, hattoki qo‘ltiqlarining oppoqligi ham 

ko‘rinib turar erdi»,— deydilar. 

 

129-bob. Namozxon oyoq panjalari uchini qiblaga qaratg‘aydir 

 

Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday deb aytganlar»,— 



deydilar.  

 

130-bob. Namozxon sajdani to‘liq qilmasa... 

 

Huzayfa bir kishining chala ruku’ va sajda qilayotganini ko‘rib, namozni tugatgach: 



«Namoz o‘qimading!—dedi. Abu Voil: «Nazarimda, «Agar o‘lsang, Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam maslagidan boshqa yo‘lda o‘lgan bo‘lursen, deb ham aytgandi»,— 

deydilar.  

 

131-bob. Tananing yettita a’zosi bilan sajda qilmoq 

 

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tananing yettita 



a’zosi birlan sajda qilmoqni buyurib, sochni orqaga taramoqni hamda kiyimni (etag‘i, 

yengi, pochasi va boshqani) buklamoqni man’ qildilar. O’sha yettita a’zo: peshona, 2 

qo‘l, 2 tizza va 2 oyoqdir». 

 

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sochni orqaga 



taramay va kiyimni orqaga qaytarmay, yetti a’zo birlan sajda qilmoqqa buyurildik»,— 

deydilar». 

 

Barro ibn Ozib (u yolg‘on so‘zlamaydir) rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamga iqtido qilib namoz o‘qir erdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

«Sami’allohu liman hamidahu» deganlarida to sajdaga boshlarini qo‘ymagunlaricha 

birontamiz belni egmas erdik». 

 

132-bob. Burni bilan sajda qilmoq 

 

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «7 a’zo birlan 



— peshona (qo‘llari birlan burunlarini ko‘rsatdilar), 2 qo‘l, 2 tizza va 2 oyoq uchi birlan 

sajda qilmoqqa hamda sochni orqaga taramaslikka va kiyimni orqaga qaytarmaslikki 

buyurildim»,— dedilar». 

 

133-bob. Yer loy bo‘lgan vaqtda burun birlan sajda qilmoq 

 

Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Abu Sa’id al-Xudriyning huzuriga kirdim-da: «Biz birlan 



suhbatlashgani xurmo bog‘iga chiqmasmisiz?» — dedim. «Xo‘p»,— deb chiqdilar. «Bizga 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

162


Laylatulqadr to‘g‘risida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitganingizni aytib 

beringiz»,— dedim. Abu Sa’id: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning 

dastlabki 10 kunida masjiddan chiqmasdan ibodat qilmoqqa niyat qildilar, biz ham niyat 

qildik. Rasululloh sallallohu alayhi yu sallam qoshlariga Jabroil Alayhissalom kelib: «Siz 

so‘rayotgan narsaga hali vaqt ertadir»,— debdilar. Janob Rasululloh ikkinchi 10 kunlikda 

ham e’tikof qildilar. Biz ham u kishi birlan birga e’tikof qildik. Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallam qoshlariga Jabroil alayhissalom kelib: «Siz so‘rayotgan narsaga hali vaqt 

bordir»,— debdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning 20-kunida 

bomdodda xutbaga chiqib: «Kimki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 

e’tikof qilgan ersa, yana e’tikof qilsin, chunkim menga Laylatulqadr kechasining muddati 

aytilgan erdi, men uni unutdim. Ul oxirgi 10 kunlikning toq kechalaridan birida bo‘lmog‘i 

lozim. Men tushimda ko‘rsam, go‘yokim loyga sajda qilayotgan erkanman»,— dedilar. 

Masjidning tomiga xurmo shoxlari yopilgan erdi, osmonda bitta ham bulutni ko‘rmas 

erdik. Birdan osmonda bir kichik bulut paydo bo‘lib, ustimizga yomg‘ir yog‘di. Shunda 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qidilar, biz u kishiga iqtido qildik. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning peshonalari va burunlarining uchiga loy va suv 

tekkanini ko‘rdik. Bu birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘rgan tushlari 

isbot bo‘ldi». 

 

134-bob. Kiyimni bog‘lab va orqaga qaytarib olmoq 

 

Namozxon avrati ochilib qolmog‘idan qo‘rqsa, namozdan avval bog‘lab olg‘aydir. 



 

Sahl ibn Sahl: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan namoz o‘qiyotgan odamlar 

izorlari kichikligidan yelkalariga bog‘lab olar erdilar, ayollarga erkarlar to‘liq o‘tirib 

olmaguncha, sajdadan boshlarini ko‘tarmaslik buyurilgan erdi». 

 

135-bob. Namozxon (namozda) sochini orqaga qaytarmaydir 

 

Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tananing yetti a’zosi birlan sajda 



qilmoqqa hamda kiyim va sochni orqaga qaytarmaslikka buyurildilar»,— deydilar». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling