Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Namozxon (namozda) kiyimini orqaga qaytarmaydir
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 137-bob. Sajdada duo va tasbih aytmoq
- 138-bob. Ikki sajda o‘rtasida bir zum tin olmoq
- 139-bob. Namozxon sajdada bilaklarini yerga tekkizmaydir
- 140-bob. Namozxonning, toq rak’at qilganda, avval bir oz o‘tirib olib, keyin turmog‘i
- 141-bob. Namozxon rak’atdan turayotganda yerga qanday turaladi
- 143-bob. Tashahhudda o‘tirishning sunnati (qonun-qoidasi)
- 144-bob. Dastlabki tashahhudga o‘tirish farz ermas
- 145-bob. Dastlabki tashahhudga o‘tirmoq
- 146-bob. Oxirgi tashahhudga o‘tirmoqning vojibligi
- 147-bob. Namozda salom berishdan avval duo o‘qimoq
- 149-bob. Peshona va burniga tekkan loyni namozni o‘qib bo‘lmaguncha artmagan kishi
- 150-bob. Namoz o‘qib bo‘lgach, salom bermoq
- 151-bob. Iqtido qilg‘uvchi imom salom berganda salom beradir
- 152-bob. «Imomning salomiga alik qaytarmasa ham bo‘ladir, namozda berilgan salom kifoya qiladir»,— degan kishi
- 153-bob. Namozdan keyin zikr aytmoq
- 154-bob. Imom (namozdan so‘ng) salom bergach, odamlarga qarab o‘girilib o‘tiradir
- 155-bob. Imomning, salom bergandan keyin ham joynamoz ustida qolmog‘i
- 156-bob. Imom (namoz tugab, salom bergach) biror zarur narsani eslab namozxonlarni tark etishi mumkinmi
- 157-bob. Chap yokim o‘ng tomoni birlai namozxonlarga o‘girilib qaramoq
- 158-bob. Xom sarimsoq, xonaki va yovvoyi piyoz yeyish to‘g‘risida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Kimki ochilikdanmi yokim boshqa sababdanmi
136-bob. Namozxon (namozda) kiyimini orqaga qaytarmaydir
Ibn Abbos: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yetti a’zo birlan sajda qilmoqqa hamda sochim birlan kiyimimni orqaga qaytarmaslikka buyurildim, deb aytganlar»,— deydilar.
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’ va sajda qilganlarida «Subhonakallohumma, rabbano va bihamdika, Ollohummag‘-firli» degan duoni ko‘p o‘qir erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qur’ondagi («Fasabbih bihamdi rabbika vastag‘firhu») oyatni talqin qilib shunday der erdilar».
Molik ibn Huvayris sheriklariga: «Ey, sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qandoq namoz, o‘qiganlarini aytib berayinmi yo ko‘rsatib berayinmi?» — dedi. «Bu Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 163
namozdan tashqari vaqtda bo‘lgan erdi»,— deydilar Abu Qiloba. Molik o‘rnidan turib, takbir aytib namoz o‘qimoqqa kirishdi, keyin ruku’ qildi, so‘ng takbir aytib ruku’dan boshini ko‘tardi, keyin bir oz tin olib, sajda qildi, so‘ng sajdadan bosh ko‘tarib, bir oz tin oldi. Abu Qiloba: «Ul shayximiz Amr ibn Salamaga o‘xshab namoz o‘qidi»,— deydilar. «O’sha shayx namozda boshqalar qilmaydigan narsalarni qilar erdi, 3-nchi rak’atning oxiri v 4-nchi rak’atning boshlanishida bir oz tin olur erdi»,— deydilar Ayyub raziyallohu anhu. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida bir oy turdik,— deydilar Molik,— shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga: «Ahlingizga qaytsangiz, falon namozni falon vaqtda va falon namozni falon vaqtda o‘qingiz. Namoz vaqti bo‘lsa, oralaringizdan bir kishi azon aytsin, yoshi kattasi imom bo‘lsin!» — dedilar».
Barro ibn Ozib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajda, ruku’ va ikki sajda o‘rtasidagi o‘tirishga deyarli bir xil vaqt sarflar erdilar»,— deydilar.
Anas raziyallohu anhu: «Men, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan nechuk namoz o‘qigan bo‘lsalar, sizlar birlan ham xuddi shundoq namoz o‘qig‘aydirman»,— dedilar. «Anas namozda boshqalar qilmaydirgan harakatlarni qilar erdi, men sizlarning bundoq qilganingizni ko‘rmaganman. Ul ruku’dan bosh ko‘targanda va ikki sajda o‘rtasida bir oz tin olar erdi, hatto biz (sajdaga borish) esidan chiqib qoldimikin, deb o‘ylar erdik»,— deydilar Sobit raziyallohu anhu.
Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilaklarini yerga tekkizmay va biqinlariga siqib olmay sajda qilar erdilar»,— deydilar.
Anas ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga: «Urta miyona sajda qilingiz, bilaklaringizni haddan ziyod cho‘zib, it yotish qilmangiz! deb aytganlar»,— deydilar.
Molik ibn Huvayris Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qiyotganlarini ko‘rdi. Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam toq rak’at qilganlarida ham avval bir oz nafasni rostlab olib keyin turdilar.
Abu Qiloba raziyallohu anhu Ayyub raziyallohu anhuga bunday debdilar: «Molik ibn Huvayris mana shu masjidimizga kelib biz birlan namoz o‘qidilar. Ul kishi bizga: «O’zim namoz o‘qimoqchi bo‘lmasam-da, sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nechuk namoz o‘qiganlarini ko‘rsatib berayin»,— dedilar. «Janob Rasululloh qanday namoz o‘qir erkanlar? deb so‘radim»,— deydilar Ayyub. «Mana shu shayximiz singari o‘qir erkanlar»,— debdilar Abu Qiloba.
«Usha shayx (ruku’dan ruku’ga o‘tishda) to‘liq takbir aytar erdi. Ikkinchi sajdadan bosh ko‘targach, bir oz o‘tirib, keyin yerga tiranib turar erdi»,— deydilar Ayyub.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 164
142-bob. Namozxon 2-nchi rak’atdan turayotib takbir aytadir
Ibn Zubayr (rak’atdan) turayotib takbir aytar erdi. Sa’id ibn Hars rivoyat qiladirlar: «Abu Sa’id bizga namoz o‘qib berdi, takbirni ovoz chiqarib aytdi. Sajdaga borayotganda ham va undan bosh ko‘tarayotganda ham, ikkala rak’atdan turayotganda ham takbir aytdi. Keyin: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shunday namoz o‘qiyotganlarini ko‘rganman»,— dedi».
Mutarraf ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Imron birlan men Hazrat Aliga iqtido qilib namoz o‘qidik. Hazrat Ali sajda qilsalar ham, sajdadan bosh ko‘tarsalar ham, ikkala rak’atdan turayotganlarida ham takbir aytar erdilar. Salom bergandan so‘ng Imron mening qo‘limni ushlab turib: «Mana bu kishi biz birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallam singari namoz o‘qidi» yoki «Mana bu odamning namoz o‘qishi menga Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qishlarini eslatdi»,— dedi».
Ummu Dardo’ namozda erkak kishi singari o‘tirar erdi. U fiqh olimasi erdi. Abdulloh ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umarning chordana qurib tashahhudda o‘tirganlarini ko‘rdim. Yoshlik qilib men ham shunday qildim. Shunda Abdulloh ibn Umar menga: «Bunday qilmag‘il, namozning sunnatiga ko‘ra, o‘ng oyog‘ingni tiklab, chap oyog‘ingni bukib o‘tirmog‘ing lozim»,— dedilar. Men: «Siz chordana qurib o‘tiribsiz-ku!» — dedim. «Mening oyoqlarim yaramaydir»,— dedilar».
Muhammad ibn Amr ibn Ato rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bir jamoa sahobalari birlan birga o‘tirgan erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nechuk namoz o‘qiganlarini esladik. Shunda Abu Humayd As-So’idiy: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qanday namoz o‘qiganlarini hammangizdan ko‘ra ko‘proq bilurmen. Janob Rasululloh takbiri tahrima aytganlarida qo‘llarini yelka barobarida ko‘tardilar, ruku’ga borganlarida tizzalarini ushladilar, keyin qomatlarini rostladilar. Ruku’dan bosh ko‘targanlarida umurtqalarining har bir bo‘g‘ini joy-joyiga kelguncha qadlarini rostladilar. Keyin, bilaklarini yerga tekkizmay va biqinlariga siqib olmay hamda oyoq panjalarining uchlarini qiblaga qaratib sajda qildilar. Ikkinchi rak’atda o‘ng oyoqlarini tiklab, chap oyoqlarining ustiga o‘tirdilar. Oxirgi rak’atda ersa chap oyoqlarini oldinroqqa uzatib, o‘ng oyoqlarini tiklab, dumbalarini yerga qo‘yib o‘tirdilar».
Chunkim Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkinchi rak’atdan keyin o‘tirmasdan turib ketganlarida (sahobalar tasbih aytib eslatishganda) qaytib o‘tirmadilar.
Zuhriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Menga Abdurrahmon ibn Hurmuz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ular birlan peshin namozini o‘qiganlarini aytdi. Janob Rasululloh ikkinchi rak’atdan keyin o‘tirmasdan turib ketibdilar, odamlar ham u kishi birlan birga o‘rinlaridan turishibdi. Namoz tugagach, odamlar payg‘ambarimizning salom bermoqlarini kutishibdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa o‘tirgan Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 165
hollarida salom bermasdan takbir aytib, ikki marta sajda (sajdai sahv) qilibdilar, so‘ng salom beribdilar».
Abdulloh ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan peshin namozini o‘qidilar. (Ikkinchi rak’atdan keyin) tashahhudga o‘tirishlari lozim bo‘la turib, turib ketdilar. Namoz tugagach, o‘tirgan hollarida ikki marta sajda qildilar».
Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib namoz o‘qiganimizda: «Jabroil va Mikoilga salom, falonchi va pistonchiga salom»,— deb aytardik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga: «Olloh taoloning ismlaridan biri — salomdir. Qaysi biringiz namoz o‘qig‘aydirsiz, «Barcha madhu olqishlarimiz, toat-ibodatu ezgu amallarimiz Olloh taologa munosibdir, ey payg‘ambar alayhissalom, sizga Olloh taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin, bizga hamda hamma solih bandalarga ersa Olloh taoloning salomi bo‘lsin!»—deb aytingiz. Agar shundoq (hamma solih bandalarga) desangiz, yeru ko‘kdagi hamma solih bandalarga savobi tekkaydir»,— der erdilar. (Duoning davomi): «Ollohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik berg‘aydirmen, shuningdek Muhammad Ollohning bandasi hamda bizga yuborgan elchisidir, deb ham guvohlik berg‘aydirmen».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozda «Ollohumma inniy a’uzu bika min azobi qabrin va a’uzu bika min fitnat-il-Masihi-d- Dajjoli va a’uzu bika min fitnat-il-mahyo va fitnat-il-mamoti, Ollohumma inniy a’uzu bika min-al-ma’sami va-l-mag‘rami» degan duoni o‘qir erdilar (Duoning ma’nosi: «Ilohi, meni qabr azobidan, Dajjol fitnasidan saqlag‘il, tiriklikdayu o‘lim oldida bo‘ladigan fitnalardan asrag‘il! Ilohi, meni gunohkor va kishilardan qarzdor bo‘lmoqdan o‘zing asrag‘il!»). Shunda bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Nechun muncha, qarzdor qnlib qo‘ymag‘il, deb iltijo qilursiz?» — dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar kishi to‘layolmaydigan darajada qarzdor bo‘lib qolg‘aydir, doimo yolg‘on gapirg‘aydir, va’da qilsa, ustidan chiqmagaydir»,— dedilar».
Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz oxirida Dajjol fitnasidan asramoqni Ollohdan iltijo qilganlarini eshitdim»,— deydilar.
Abu Bakr Siddiq Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: Namozda o‘qiydirgan bir duo o‘rgating»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: . «Ilohi, men o‘z jonimga ko‘p zulm qildim, (bunday) gunohlarni sendan boshqa hech kim kechira olmag‘aydir, faqat o‘zing kechira olg‘aydirsan. Ilohi, fazlu marhamatingni darig‘ tutmay, meni mag‘firat qilg‘aysen, mendan rahmatingni ayamagaysen, Sen gunohlarni kechirg‘uvchi va bandalarni mag‘firat qiluvchi zotdirsen! degan duoni o‘qig‘il!» — dedilar. Mazkur duoning arabchasi: «Ollohumma inniy zalamtu nafsiy zulman kasiro va lo yag‘firu-z- zunuba illo anta, fag‘firliy mag‘firatan min indika varhamniy, innaka ant-al-g‘afurur- rahiym».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 166
148-bob. Tashahhuddan keyin o‘qishga duo tanlamoq
Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qiganimizda «Assalomu alallohi min ibodihi. Assalomu alo fulonin va fulonin» der erdik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Assalomu alallohi» demangiz, chunkim salom — Ollohning ismlaridan, At-Tahiyyotu lillohi vas-salavotu vat-tayyibot, assalomu alayka ayyu-han-nabiyyu va rahmatullohi va barakotuh. Assalomu alayno va alo ibodillohis-solihiyn» deb aytingiz. Agar siz shunday deb aytsangiz, osmondagi (yokim yeru osmon o‘rtasidagi) har bir solih bandaga savobi te'kkaydir (Duoning davomi: «Ashhadu alla iloha illallohu vashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu»), undan keyin duolardan o‘zingizga yoqqanini tanlab olib o‘qiyveringiz»,— dedilar».
Imom Buxoriy: «Humaydning namoz vaqtida peshonaga tekkan narsani (loy, changni) artib bo‘lmasligiga quyidagi hadisni dalil qilayotganining shohidi bo‘ldim»,— deydilar:
Abu Salama: «Abu Sa’id al-Xudriydan shul tug‘rida so‘radim»,—deydilar. Abu Sa’id al- Xudriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning loy joyda sajda qilayotganlarini, hatto peshonalariga tekkan loyni namoz tamom bo‘lmaguncha artmaganlarini ko‘rdim»,— deb javob beribdilar».
Ummu Salama onamiz Hind binti al-Harsga: «Rasululloh.sallallohu alayhi va sallam namozda salom berganlaridan keyin ham ayollar ketmay turishardi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham darrov ketib qolmas erdilar»,— deb aytgan erkanlar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, ayollarning erkaklar birlan aralash ketmasliklari, erkaklar ketib bo‘lgach, bemalol o‘zlari ketmoqlari uchun shunday qilgan bo‘lsalar kerak»,— deydilar Abu Shihob.
Ibn Umar raziyallohu anhu imom salom bergandan so‘ng orqadagilar ham salom bermog‘ini ma’qullar erdilar.
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qidik, salom berganlarida salom berdik»,— deydilar Atbon raziyallohu anhu.
berilgan salom kifoya qiladir»,— degan kishi
Mahmud ibn Rabi’ rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni yaxshi eslarmen, ul kishi uyimizga kelganlarida men yosh bola erdim, paqirdan bir xo‘plam suv olib, hazillashib yuzimga purkab yuborganlarini ham yaxshi eslarmen, Menga Mahmud Atbon ibn Molik quyidagi hadisni aytib bergan zrdilar: «Men o‘z qavmim bo‘lmish Baniy Solimga imomlik qilur erdim. Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Mening ko‘zim xira bo‘lib qoldi, yog‘ingarchilik bo‘lsa, masjidga borolmayotirman.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 167
Biznikiga borib, namoz o‘qib bersangiz, men siz namoz o‘qigan joyni o‘zimga namozgoh qilib olg‘ay erdim»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Inshoolloh, shundoq qilurmen»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan Abu Bakr Siddiq kun qizigan vaqtda menikiga keldilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kirishga ruxsat so‘radilar, men uyga taklif qilib, o‘tirishga joy ko‘rsatdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘tirmasdan: «Qaerda namoz o‘qib bermog‘imni istag‘aysen?»—dedilar. Men o‘zimga yoqqan joyni ko‘rsatdim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qishga kirishdilar, biz ul kishiga iqtido qildik. Janrb Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salom berganlarida, biz ham salom berdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozda qanday salom bersalar, shunday salom berdik, alik olmadik».
Ibn Abbosning ozod qilingan quli Abu Ma’bad: «Menga Ibn Abbos bunday degan erdilar»,— deydi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida odamlar farz namozidan so‘ng baland ovoz birlan zikr aytishur erdi, men buni yaxshi eslab qolganman».
Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozni tugatganlarini takbir aytganlaridan bilur erdim»,— deydilar (Namozdan so‘ng «Subhonalloh, Alhamdu lilloh, Ollohu akbar» deb zikr aytmoq).
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Faqirlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kelib: «Jannatning eng yaxshi joylari ham, dunyoning eng yaxshi ne’matlari ham boylarga tekkaydir. Biz qanday namoz o‘qisak va ro‘za tutsak, ular ham shunday namoz o‘qib, ro‘za tutishg‘aydir. Buning ustiga ular mol-dunyoga ham egadirlar. Mol- dunyolari bo‘lgach, haj qilishg‘aydir va sadaqalar berishg‘aydir»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga javoban: «Sizga boylar erishgan martabadan ham yuksakroq martabaga sazovor etadirgan bir narsani o‘rgatayinmi? Agar (mening aytganlarimni qilsangiz), sizdan yaxshiroq odam bo‘lmag‘aydir, siz erishgan martabaga hech kim erisha olmag‘aydir. Quloq solingiz, har bir farz namozidan so‘ng «Subhonalloh», «Alhamdu lilloh» va «Ollohu akbar» deb 33 martadan aytg‘aysiz»,— dedilar. Shu onda biz «Subhonalloh — 33 marta, Alhamdu lilloh — 33 marta, Ollohu akbar — 34 marta» deb o‘zaro tortishib qoldik. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirdik. Janob Rasululloh: «Subhonalloh, Alhamdu lilloh va Ollohu akbarning har birini 33 martadan aytg‘aysen, deb aytdilar»,— deydilar Abu Hurayra».
Mug‘ira Ibn Sho‘‘baning kotibi — Varrod raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Mug‘ira Muoviyaga atab bunday deb xat yozdirdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har bir farz namozidan so‘ng «Lo iloha illallohu vahdahu, lo shariyka lahu, lahu-l-mulku va lahu-l-hamdu va huva alo kulli shay’in qadiyr. Ollohumma lo moni’a limo a’tayta va lo mu’tiya limo mana’ta va lo yanfa’u zo-l-jaddi minka-l-jaddu» deb aytar erdilar».
Sumra Ibn Jundub naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘lsalar, bizga qarab o‘girilib o‘ltirar erdilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 168
Zayd ibn Xolid al-Juhaniy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hudaybiya degan joyda kechqurun yoqqan yomg‘ir nami ustida biz birlan bomdod namozini o‘qidilar. Namozdan so‘ng Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga o‘girilib: «Rabbingiz ne deydir, bilurmisiz?» — dedilar. Odamlar: «Olloh va uning Rasuli biladir»,— deyishdi, «Olloh: «Bandalarimdan ba’zilari menga ishonib mo‘‘min bo‘ldilar, ba’zilari ersa, menga ishonmay, kofir bo‘ldilar. Ammo, kimki bizning yomg‘irimizni Ollohning fazlu rahmatidan sodir bo‘ldi, desa, ul myonga iymon keltirib, sayyoralarni inkor qilgan bo‘lg‘aydir. Ammo, kimki falon sayyoraning undoq bo‘lmog‘i va piston sayyoraning mundoq bo‘lmog‘idan yomg‘ir yog‘di, desa, ul kofir bo‘lib, sayyoralarga sig‘ingan bo‘lur»,— deydi»,— dedilar Janob Rasululloh».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni xufton namozini o‘qishni yarim kechagacha kechiktirdilar. Namozdan so‘ng bizlarga o‘girilib: «Odamlar allaqachon namozlarini o‘qib bo‘lib yotdilar, ammo sizlar ersangiz hanuz joynamoz ustidasizlar»,— dedilar».
Nofi’ raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Ibn Umar, farz o‘qib bo‘lgandan keyin ham, joynamozdan jilmasdan nafl o‘qiyverar erdilar. Hazrat Abu Bakrning nevarasi Qosim ham shunday qilur erdi».
Abu Hurayra: «Imom farz o‘qigan joyda nafl o‘qimaydir, degan hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga noto‘g‘ri nisbat berishadi»,— deydilar.
Ummu Salama rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz tugab, salom berganlaridan so‘ng, xotinlar masjiddan chiqib ketar erdilar. Ular Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjiddan chiqqunlarigacha uylariga yetib olar erdilar».
Uqba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Madinada Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga namozda imomlik qildilar. Namoz tugab, salom berganlaridan so‘ng, odamlarni oralab o‘tib, xotinlaridan birining hujrasiga kirib ketdilar. Janob Rasulullohning shoshib turib ketganlari odamlarni xavotirga soldi. Bir ozdan keyin ul zot hujradan chiqib keldilar va shoshib turib ketganlarining boisini aytdilar: «Bizda bir oz tilla bor erdi, shu yodimga tushib qoldi. Fikrimni chalg‘itmasin, deb odamlarga ulashib bermoqni buyurdim».
Anas raziyallohu anhu o‘ng tomonlari birlan ham, chap tomonlari birlan ham nomozxonlarga o‘girilib qarayverar erdilar. Faqat bir tomoni birlan o‘girilib qaraydiganlarni qoralar erdilar.
Asvad raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas’ud: «Hech qaysingiz o‘zingizcha, faqat o‘ng tomon birlan o‘girilmoq lozim, deb aytib, shaytonga Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 169
namozingizdan nasiba ulashmangiz! Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning chap tomonlari birlan ham o‘girilganlarini ko‘p ko‘rganman»,— deydilar».
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar urushi ketayotgan kunlardan birida: «Kimki mana bu ko‘katdan, ya’ni sarimsoqdan yegan ersa, bizning namozgohimizga yaqinlashmasin!» — deb aytganlar».
Jobir ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki mana bu ko‘katdan yegan ersa (sarimsoqni ko‘rsatdilar), bizning masjidlarimizga kelmasin!»— deb aytganlar. Ato raziyallohu anhu: «Janob Rasululloh xom sarimsoqni aytdilarmi yokim pishganinimi?»— deb mendan so‘radilar. «Nazarimda, faqatgina xomini aytdilar»,— deb javob berdim».
Ato raziyallohu anhu Jobir ibn Abdullohdap eshitganlarini Ibn Shihobga bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki sarimsoq yokim piyoz yegaydir, bizdan ham, masjidimizdan ham nariroq yursin, uyida o‘tirsin!» — deydilar. Bir payt Janob Rasulullohga ko‘katlardan tayyorlangan taom keltirildi. Unda qanaqadir hid borligini sezib, nimala.rdan tayyorlanganligini so‘radilar. Uning ichidagi bor ko‘katlarni birma-bir aytib berishdi. So‘ng, Janob Rasululloh sahobalarni ovqatga taklif qildilar, lekin ular ul kishining o‘zlari yemaganlari uchun tortinishdi. Shunda Rasululloh: «Sizlar yeyaveringiz, menga bo‘lmaydir, chunkim men farishtalar birlan so‘zlashurmen, ular bu hidni yomon ko‘rishg‘aydir»,— dedilar».
Abdulaziz rivoyat qiladirlar: «Bir kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sarimsoq to‘g‘risida ne deganlar?»—deb Anasdan so‘radi. Anas: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki mana bu ko‘katni (sarimsoqni) yegaydir, bizga yaqinlashmasin va biz birlan birga namoz o‘qimasin!» deb aytganlar»,— dedi.
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling