Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-bob. Hayit namozi o‘qilgandan keyin imomning odamlarga qarab xutba aytmog‘i
- 18-bob. Namozgohga o‘rnatilgan bayroq
- 19-bob. Imomning hayit namozida xotinlarga va’z-nasihat aytmog‘i
- 20-bob. Xotin kishining hayit namoziga yopinib chiqishga paranjisi bo‘lmasa...
- 21-bob. Hayz ko‘rgan xotinlarning namozgohdan narida turmog‘i
- 23-bob. Hayit namozi xutbasida imom va odamlarning gapirmog‘i; Imomdan biror narsa to‘g‘risida so‘ralsa, javob beradirmi
- 24-bob. Hayit namozidan qaytayotganda borgan yo‘l qolib, boshqa yo‘ldan yurganlari
- 25-bob. Hayit namoziga ulgurmay qolgan erkaklar ham, namozgohga kela olmagan xotinlar ham, uyda va qishloqda qolganlar ham ikki rak’at namoz o‘qiydir
- 26-bob. Hayit namozidan avval va undan keyin namoz o‘qish mumkinmi
- 27-bob. Vitr haqidagi hadislar
- 28-bob. Vitr o‘qiladirgan vaqtlar
- 29-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlarini vitrga uyg‘otganlari
- 30-bob. Namozxon kechaoigi namozning oxirini vitr qilsin!
- 32-bob. Safarda vitr o‘qimoq
- 33-bob. Ruku’dan avval va ruku’dan keyin Qunut duosini o‘qimoq
- 34-bob. Olloh taolodan yomg‘ir so‘ramoq; Janob Rasulullohning yomg‘ir so‘rab iltijo qilganlari
- 35-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ilohi, ularga Yusuf alayhissalom davrlaridagidek qurg‘oqchilik (yillarini) yuborgil!» deb duoi bad
- 36-bob. Qahatchilik bo‘lganda odamlarning «Olloh taolodan yomg‘ir tilab bering!» deb imomga aytmog‘i
www.ziyouz.com kutubxonasi 191
turmushga chiqmagan) qizlarga ham, paranji yopinadirgan qizlarga ham hayit namozida qatnashmakni buyurishar erdi. Hayz ko‘rgan ayollar namozgohdan chetroqda turar erdilar»,- deydilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ro‘za hayiti yokim Qurbon hayiti kuni namozgohga chiqdim (men yosh bola erdim). Hayit namozini o‘qib bo‘lib, (erkaklarga) xutba aytdilar, so‘ng xotinlar oldiga borib, ularga ham va’z aytib, nasihat qildilar hamda ularni sadaqa bermakka da’vat qildilar».
Abu Sa’id: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga qarab xutba aytdilar»,- deydilar.
Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurbon hayitida ikki rak’at hayit namozi o‘qigach, bizga qarab: «Bizning bugun qiladirgan birinchi qurbonlig‘imiz - eng avvalo namoz o‘qimoqdir, keyin ersa, qo‘y so‘yib qurbonlik qilg‘aymiz. Kimki shunday qilg‘aydir, bizning sunnatimizni ado etgan bo‘lur, ammo kimki hayit namozidan avval qo‘y so‘ysa, o‘z oilasiga go‘sht tayyorlab bergan bo‘lur. Qurbonlikka buning hech aloqasi yo‘qdir!»-dedilar. Shunda bir kishi turib: «Yo Rasululloh, men hayit namozidan avval qo‘y so‘yib qo‘yibdirman. Menda yana ikki yashardan yoshroq bir echki bolasi bordir»,-dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’shani so‘ya qolg‘il, lekin bu sendan keyin biror kishiga ruxsat etilmag‘aydir! - dedilar.
Ibn Abbosdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga hayit namoziga borganmisiz?» - deb so‘rashdi. «Ha, borganman, lekin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yaqin odam bo‘lmaganimda namozga borolmagan bo‘lur erdim, chunkim men hali yosh bola erdim-da!» - dedilar Ibn Abbos, keyin yana davom etib, quyidagilarni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Kasir ibn Salt hovlisi yonida o‘rnatilgan bayroq yoniga kelib hayit namozini o‘qidilar, so‘ng erkaklarga xutba aytdilar. Keyin, xotinlar oldiga borib (yonlarida Bilol ham bor erdi), ularga ham va’z aytib, nasihat qildilar, ularni sadaqa bermakka da’vat etdilar. Xotinlarning qo‘llarini cho‘zib, Bilolning etagiga taqinchoqlarini sadaqa qilib tashlayotganlarini ko‘rdim. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bilol birlan birga uylariga qaytdilar».
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ro‘za hayitida o‘rinlaridan turib hayit namozini o‘qidilar, so‘ng xutba aytdilar. Xutba aytib bo‘lib, minbardan tushdilar va xotinlar oldiga bordilar. Bilolning qo‘liga suyanib turib, ularga va’z-nasihat qildilar. Xotinlar Bilolning etagiga sadaqa tashlay boshladilar. Men: «Fitri ro‘za berishganmidi, o‘shanda?»-deb Atodan so‘radim. Ato: «Yo‘q, fitri ro‘za ermas erdi, lekin o‘shanda xotinlar sirga va bilaguzuklarini sadaqa qilishgandi»,- dedi. «Ne deb
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 192
o‘ylaydirsiz, imom hozir ham o‘sha paytdagidek xotinlarga sadaqa bermakni buyurmog‘i va ularga va’z-nasihat qilmog‘i mumkinmi?» - deb so‘radim. «Ha, albatta, shunday qilmoqlari kerak, lekin imomlar nega bunday qilishmag‘aydir, bilmasman»,- dedi Ato».
Ibn Abbos naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr, Umar va Usmon birlan birga ham Ro‘za hayitlarida namoz o‘qiganman. Ularning hammalari ham hayit namozini xutbadan avval o‘qir erdilar, so‘ng xutba qilar erdilar. Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayit namoziga chiqdilar. O’sha kungi voqea haligacha ko‘z o‘ngimda. O’shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam erkaklarga qo‘llari birlan «O’tiringiz!» deb ishora qilgandilar, erkaklar safini oralab o‘tib, xotinlar oldiga borgandilar. Ul kishi birlan birga Bilol ham bor erdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ey payg‘ambar alayhissalom, agar mo‘‘min xotinlar senga bay’at (qasam) qilmakka kelsalar...» degan oyati karimani o‘qib: «Ey xotinlar, sizlar o‘sha va’dada turibsizlarmi?»-degandilar. Xotinlardan biri: «Ha, biz o‘sha so‘zda turibmiz»,- deb javob bergandi. Boshqa xotinlar ersa indamagandi. Rasululloh sallallohu alayxd va sallam: «Shunday erkan, unda sadaqa qilingiz!»- degandilar. Bilol ersa etagini ochib: «Ota- onam sizlarga fido bo‘lsin, marhamat qilingiz!» - degandi. Shunda xotinlar sirg‘alari bormi, uzuklari, bormi, hammasini Bilolning etagiga tashlagandi».
Abdurrazzoq: «Johiliya davrida uzuk va sirg‘alar katta-katta bo‘lar erdi»,-deydi. 20-bob. Xotin kishining hayit namoziga yopinib chiqishga paranjisi bo‘lmasa...
Hafsa binti Sirin rivoyat qiladirlar: «Hayit kuni ayollarimizning hayit namoziga chiqishlarini man’ qilar erdik. Bir vaqt bir ayol (Ummu Atiyya) kelib Baniy Xalaf qasriga tushdi. Men borib u bilan gaplashdim. Opasining eri Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam birlan birga 12 marta g‘azot qilgan erkan. Opasi ham eri birlan birga 6 ta g‘azotda qatnashgan erkan. O’sha rpasi: «Biz kasallarga qarar erdik, yaradorlarni davolar erdik. Bir kuni: «Yo Rasululloh, birontamizning yopinchig‘imiz bo‘lmasa, hayit kuni namozga chiqmasak, gunoh bo‘lmagaymi?» - debdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dugonasining yopinchig‘laridan birini olib tursin, yaxshilikka (hayit namoziga) qatnashsin va mo‘‘minlar birlan duo o‘qisin!»-debdilar. Ummu Atiyyadan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam falon narsalar haqida ne deganlar, eshitganmisiz?» -deb so‘radim, «Ha, otam. haqqi-hurmati, eshitganman (ul, Janob Rasulullohning nomlarini tilga olganda, ko‘pincha «otam haqqi-hurmati»,- deb qo‘yardi). Rasululloh sallallohu alayhi va sallam endigina bo‘yiga yetgan qizlarga ham, paranji yopinadirgan ayollarga ham, hayz ko‘rgan xotinlarga ham namozga chiqmoqni buyurar erdilar»,- dedi. «Xayz ko‘rgan xotinlarga hammi?» - deb so‘radim. Shunda u: «Ha, hayz ko‘rgan xotin Arafotga chiqmaydirmi? Yokim falon qilmaydirmi, yo piston qilmaydirmi? deya haj marosimlarini sanay ketdi».
Ummu Atiyya: «Bizga namozgohga chiqmakni buyurishar erdi, hayz ko‘rganlar ham, endigina bo‘yiga yetgan qizlar ham, paranji yopinadirgan ayollar ham, xammamiz chiqardik. Ammo, hayz ko‘rgan xotinlar namozgohdan chetda turib ishtirok etishdi»,- deydilar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 193
22-bob. Hayit kuni namozgohda qurbonlik qilmoq
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi' va sallam Qurbon hayiti kuni namozgohda (tuya, sigir yokim qo‘y) so‘yib qurbonlik qilur erdilar».
biror narsa to‘g‘risida so‘ralsa, javob beradirmi?
Barro ibn Ozib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurbon hayiti kuni namozdan so‘ng xutbaga chiqib: «Kimki biz singari namoz o‘qib, qurbonlik qilg‘aydir, ul shubhasiz to‘g‘ri qurbonlik qilibdir. Kimki qurbonlikka atalgan qo‘yni hayit namozidan avval so‘ygan ersa, ul qurbonlik ermas, go‘shtdir!» -dedilar. Shunda Abu Burda o‘rnidan turib: «Yo Rasululloh, Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, hayit namoziga chiqishdan oldin qurbonlikka atalgan qo‘yni, bugun yeb-ichadirgan kun deb tushunib, shoshib so‘yib qo‘yibman. Go‘shtidan o‘zim ham yedim, qo‘shnilarim va bola- chaqalarimga ham yedirdim»,- dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ul go‘shtga so‘yilgan qo‘ydir!»-dedilar. Abu Burda: «Menda bir yashar echki bor, ikki yashar qo‘ydan ham yaxshiroq, o‘shani so‘ysam, qurbonlikka o‘tg‘aydirmi?» - dedi. Janob Rasululloh: «Ha, bo‘lur, lekin bu sendan keyin biror kishiga ham ruxsat etilmag‘aydir!» -dedilar. Keyin, yana bunday deb qo‘shib qo‘ydilar: «Kimki hayit namozidan avval qurbonlik so‘ygan bo‘lsa, namozdan keyin o‘rniga boshqasini so‘ysin! Kimki so‘ymagan bo‘lsa, namozdan keyin «Bismilloh» deb so‘ysin!»
yurganlari
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurbon hayiti kuni hayit namozini o‘qib, keyin xutbaga chiqdilar. Kim namozdan avval qurbonlikni so‘yib qo‘ygan bo‘lsa, qaytadan so‘ymoqni buyurdilar. Shunda ansoriylardan bir kishi turib: «Yo Rasulalloh, mening qo‘shnilarim bor («ular muhtojroq yokim faqirroq»,- dedi), . shuning uchun men namozdan avval qurbonlikni so‘ydim. Menda yana bir yashar echkicha bor, u menga ikkita qo‘zidan ham afzal,- dedi. Rasululloh unga o‘sha echkini qurbonlik qilmoqni buyurdilar».
Jundub raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayit kuni namoz o‘qib, xutba qildilar, so‘ng qurbonlik so‘ydilar».
Jobir raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayit kuni namozga borgan yo‘l qolib, boshqa yo‘ldan qaytar erdilar».
olmagan xotinlar ham, uyda va qishloqda qolganlar ham ikki rak’at namoz o‘qiydir
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu kun (ya’ni, hayit) biz ahli islomlarning bayramimizdir!» - deb aytganlar.
Anas ibn Molik shahardan chetda yashovchi Ibn Abu Utba degan mavlosiga (ozod qilingan quliga) bola-chaqalarini yig‘moqni buyurdi, Ibn Abu Utba bola-chaqalarini Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 194
chaqirib kelgach, Anas shaharliklar qanday namoz o‘qib, takbir aytishsa, o‘shanday namoz o‘qib, takbir aytdi. «Qora xalq hayitda to‘planib,- deydi Ikrima,-mamlakat boshlig‘i o‘qigandek ikki rak’at namoz o‘qiydir». «Hayit namoziga ulgurmay qolgan odam ikki rak’at namoz o‘qiydir»,- deydi Ato.
Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr Oisha onamizning huzurlariga kirdilar. Oisha onamiz oldilarida ikki cho‘ri qiz, Mino kunlari bo‘lishiga qaramay, doira chalib o‘ynashar erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kiyimlariga burkanib yotar erdilar. Abu Bakr Siddiq cho‘rilarni koyib berdilar. Shunda Janob Rasululloh yuzlarini ochib: «Qo‘yabering ularni, ey Abu Bakr! Bu kunlar bayram kunlari, Minoga chiqadigan kunlar» - dedilar. Oisha onamiz: «Masjid hovlisida harbiy o‘yin o‘ynayotgan habashlarni tomosha qilayotganimda Janob Rasululloh meni pana qilib turganlarini eslayman. O’shanda (Umar) o‘yinni to‘xtatgan erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam esa Umarga: «Qo‘yabering, biz ularga ruxsat berdik, o‘ynaveringlar, ey Baniy Arfada!» degan erdilar»,- deydilar».
Abulmu’allo: «Ibn Abbos, hayit namozidan avval namoz o‘qish makruh, deb aytibdirlar, buni menga Sa’id aytdi»,- deydilar.
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ro‘za hayitida namozgohga chiqdilar va ikki rak’at hayit namozi o‘qidilar. Hayit namozidan avval ham, keyin ham boshqa namoz o‘qimadilar. O’shanda Janob Rasululloh birlan birga Bilol ham bor erdi».
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh' sallallohu alayhi va sallamdan tunda o‘qiladirgan namoz haqida so‘radi. Shunda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tungi namoz ikki rak’at-ikki rak’atdan o‘qilg‘aydir. Qaysi biringiz namozi bomdodning qazo bo‘lib qolishidan cho‘chisangiz, bir, rak’at o‘qingiz, shu o‘qiganingiz vitr bo‘lg‘aydir» ,— dedilar».
Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar vitr namozining birinchi rak’ati birlan ikkinchi rak’ati o‘rtasida ham salom berar, hatto biror hojatlari bo‘lsa, bajarib kelmakni buyurar erdilar».
Kurayb raziyallohu anhuga Ibn Abbos quyidagi hadisni aytib bergan erkaplar: «Bir kuni Maymuna xolamnikida tunab qoldim. Yostiqning ensiz tomoniga men, enli tomoniga ersa Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan xotinlari -Maymuna xolam bosh qo‘yib yotdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yarim kechagacha uxladilar. So‘ng, o‘rinlaridan turib uyquni ketkazish uchun yuzlarini qo‘llari birlan ishqadilar. Keyin, «Oli Imrbn» dan 10 oyat o‘qidilar, so‘ng o‘rinlaridan turib, osiqliq meshchani olib yaxshilab tahorat qildilar. Keyin, namozga turdilar. Men ham tahorat olib yonlariga borib turdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ng qo‘llari birlan qulog‘imni (erkalatib) ishqab qo‘ydilar, so‘ng ikki rak’at, keyin ikki rak’at, keyin ikki rak’at, keyin ikki rak’at, keyin ikki rak’at, keyin yana ikki rak’at namoz o‘qidilar. Keyin, bir rak’at vitr o‘qidilar, so‘ng muazzin kelguncha yonboshladilar. Muazzin kelgandan keyin o‘rinlaridan turib ikki rak’at Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 195
namoz o‘qidilar, keyin hujralaridan chiqib odamlar birlan ikki rak’at bomdod o‘qidilar ».
Abdulloh ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kechasigi namoz ikki rak’at-ikki rak’atdan o‘qilg‘aydir. Namozdan uyingga qaytging kelganda bir rak’at o‘qigil. O’sha yuqorida o‘qigan namozlaringning hammasi vitr bo‘lg‘aydir»,- dedilar. Qosim: «Balog‘atga yetganimizdan (ya’ni, masjidga chiqadigan bo‘lganimizdan) boshlab, odamlarning uch rak’atdan vitr o‘qiyotganini ko‘rdik. Bir rak’at o‘qishning ham, uch rak’at o‘qishning ham, menimcha hech bir zarari bo‘lmasa kerak»,- deydi».
Urva ibn Zubayrga Oisha onamiz bunday debdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘n bir rak’at vitr o‘qir erdilar (tunda o‘qiydirgan namoz nazarda tutilayotir). Sajda qilganlarida, siz 50 oyat o‘qimakka qancha vaqt sarf qilsangiz, o‘shancha muddat bosh ko‘tarmay turardilar. Namozi bomdodni o‘qishdan avval ikki rak’at sunnat o‘qir erdilar. So‘ng, muazzin kelib namozga chaqirguncha o‘ng qo‘llarini bosib yonboshlab yotar erdilar».
Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyquga yotishdan avval vitr o‘qimakni tavsiya qildilar»,- deydilar.
Anas ibn Sirin: «Ayting-chi, namozi bomdoddan avval o‘qiladirgan ikki rak’at sunnatni uzunroq qiroat qilayinmi?» - deb Ibn Umardan so‘rabdilar. Ibn Umar bunday deb javob beribdirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi ikki rak’at-ikki rak’at namoz va bir rak’at vitr o‘qir erdilar. Namozi bomdoddan avval ,ersa, tezlik birlan ikki rak’at namoz o‘qib olar erdilar».
Oisha onamiz: «Har kecha Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tong otargacha vitr o‘qir erdilar»,- deydilar.
uyg‘otganlari
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi namoz o‘qir erdilar. Men ersam, ul kishining ro‘paralarida ko‘ndalang bo‘lib to‘shakda yotar erdim. Qachon vitr o‘qiydirgan bo‘lsalar, meni uyg‘otar erdilar, men ham vitr o‘qir erdim».
Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:'«Kechasigi namozingizning oxirini vitr qilingiz!» deb aytganlar»,- deydilar.
Sa’id ibn Yasor rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar birlan birga Makka ko‘chalaridan birida ketayotgan erdim. Shunda tong otib qolmog‘idan qo‘rqib, otdan tushdim-da, vitr o‘qib oldim. Keyin, Abdullohga yetib oldim. Abdulloh menga: «Qaerda qolib ketding?»- dedi. Tong otib qolmog‘idan qo‘rqib, vitr o‘qib oldim, dedim. Abdulloh: «Bu borada
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 196
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan ibrat olsang bo‘lmaydirmi?!» - dedi. «Olloh haqqi, albatta shundoq»,-dedim. Abdulloh: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuya ustida ham vitr o‘qir erdilar»,-dedi».
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda qayoqqa qarab ketayotgan bo‘lsalar, o‘sha tomonga qarab ulov ustida imo-ishora birlan, kechasigi nafl namozlarini o‘qib ketaverar erdilar. Lekin, farz va vitr namozlarini ulov ustida o‘qimas erdilar».
Muhammad ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozida Duoi Qunutni o‘qirmidilar?» - deb Anasdan so‘rashdi. «Ha, o‘qir erdilar»,- dedilar. «Ruku’dan avval o‘qiganmilar?» - deyishdi yana. «Ruku’dan bir oz keyinroq»,- dedilar».
Osim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Anas ibn Molikdan Duoi Qunut to‘g‘risida so‘radim. «Qunut - shar’iy, bor narsa» ,— dedilar. «Ruku’dan avvalmi yokim keyinmi?» - dedim. «Ruku’dan avval» ,— dedilar. «Menga falonchi aytdikim, siz «Ruku’dan keyin» degan emishsiz?!» -dedim. «Yolg‘on aytibdir!-dedilar Anas ibn Molik, - gap shundakim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oygina ruku’dan keyin Qunut o‘qiganlar. O’shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yetmishga yaqin qorilarni mushrik qavmlardan biriga (islomga da’vat qilgani) yuborgan erdilar. Har ikki tomon o‘rtasida sulh tuzilganligiga qaramay, mushriklar qorilarni o‘ldirishgan erdi. Shu boisdan Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oy mobaynida besh vaqt namozning oxirgi rak’atlarida o‘ldirganlarni duoi bad qilib Qunut duosini o‘qigandilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oy davomida besh vaqt namozning oxirgi rak’atlarida Ra’l va Zakvon qabilalarini duoi bad qilib, Qunut duosini o‘qidilar». Anas raziyallohu anhu: «Qunut shom va bomdod namozlarida o‘qilar erdi»,-deydilar.
iltijo qilganlari
Ibod ibn Tamimning amakilari bunday degan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolodan yomg‘ir so‘ramoq uchun (namozgohga) chiqdilar, so‘ng ridolarini tanalariga yaxshilab o‘rab olib, iltijo qila boshladilar».
Abu Lurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har doim oxirgi rak’atdan bosh ko‘targanlarida: «Ilohi, Iyosh ibn Abu Rabi’aga najot bergil! Ilohi, Salama ibn Hishomga najot berg‘il! Ilohi, Valid ibn Validga najot berg‘il! Ilohi, zaif mo‘‘minlarga najot berg‘il! Ilohi, Muzar qabilasiga nisbatan azobingni kuchaytirib, ularga Yusuf
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 197
alayhissalom davrlaridagidek qurg‘oqchilik (yillarini) yuborg‘il!» - deb iltijo qilar erdilar. Keyin, yana: «Olloh taolo G’ifor (qabilasinyng) gunohlarini mag‘firat qilsin! Olloh taolo Aslam (qabilasiga) omonliq bersin!» - deb qo‘yar erdilar».
Ibn Abu az-Zinod: «Janob Rasululloh bu duolarning hammasini bomdod namozida aytar erdilar, deb otam aytgandilar»,- deydi.
Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas’udning huzurida o‘tirgan erdik. Shunda ul: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quraysh ahlining islomdan yuz o‘girganini ko‘rib, «Ilohi, Qurayshga yetti yil davomida Yusuf alayhissalom davrlaridagidek qahatchilik yuborg‘il!» deb duoi bad qilgandilar»,—dedi. Keyin, shundan so‘ng bo‘lgan voqealarni birma-bir hikoya qilib berdi: «Quraysh boshiga qahatchilik tushdi, o‘simliklarning barcha turi qurib, qovjirab ketdi. Qurayshliklar harom o‘lgan hayvonlarning hatto terisigacha yeb bitirishdi. Ochlikdan sillalari qurib, osmonga qarasalar, ko‘zlari tinib, boshlari aylanadirgan bo‘lib qoldi. Shunda Abu Sufyon Janob Rasululloh huzurlariga kelib: «Ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam, siz bizga Ollohga itoat qilmakni va qarindoshchilikka rioya qilmakni buyurg‘aysiz-ku! Qarindoshlaringiz bo‘lmish Quraysh ahli qahatchilik va ochlikdan halok bo‘lmoqda, ularning haqqiga Olloh taolodan najot tilab, duo qilingiz!» — dedilar. Shunda Janob Rasululloh Olloh taolo oyati karimasining «Osmonni tutun qoplaydirg‘an kunni kutg‘il!» degan joyidan, «... Biz qattiq jazolab (urib), qasos oladirg‘an kunni kutg‘il!» degan joyigacha o‘qidilar. (Mana, o‘zingiz bilursiz) osmonni tutun qoplaydirgan kun ham, qattiq jazolab (urib), o‘ch oladirg‘an kun ham bo‘lib o‘tdi. Ushanda Janob Rasululloh o‘qigan oyatlari—«Rum» surasining dastlabki oyatidir».
Abdulloh ibn Dinorga otalari quyidagicha rivoyat qilgan erkanlar: «Ibn Umarning «Ey Tangrim, beva-bechoralar va yetim-esirlar haqqi, yomg‘ir, yogdirg‘il!» degan mazmundagi Abu Tolib yozgan she’rni o‘qib iltijo qilayotganini eshitdim».
Solimga otasi Abdulloh ibn Umar bunday deb aytgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbarda turib yomg‘ir so‘rashlari bilanoq yuzlariga yomg‘ir tomchilay boshlaganini ko‘rganimda shoir Abu Tolibning «Ey Tangrim, beva-bechoralar va yetim-esirlar haqqi, yomg‘ir yog‘dirg‘il!» degan mazmundagi she’ri yodimga tushgan erdi shekilli».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hazrat Umar, qurg‘oqchilik bo‘lganda, Abbos ibn Abd ul-Mutallibni o‘rtaga qo‘yib Ollohdan yomg‘ir so‘rar erdilar. «Ilohiy, biz sendan payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamni o‘rtaga qo‘yib yomg‘ir so‘rar erdik, yomg‘ir berar erding. Endi biz Rasulullohning amakilarini o‘rtaga qo‘yib sendan yomg‘ir so‘raymiz, yomg‘ir berg‘il bizga!» deb iltijo qilur erdilar. So‘ng, Olloh taolo yomg‘ir yuborar erdi».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling